Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.09.2006 yildagi PQ-459-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2010 YILLARDA YoLG‘IZ KEKSALAR, PENSIONER VA NOGIRONLARNI ANIQ IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VA ULARGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATIShNI YaNADA KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi 520-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2000—2005-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi doirasida jamiyatning ushbu muammoga e’tiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarildi, yolg‘iz keksa fuqarolarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib borishda davlat muassasalari bilan jamoat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik mustahkamlandi va kengaydi. 8 ming nafarga yaqin yolg‘iz pensioner va nogironlar yashab turgan 33 ta “Sahovat” va “Muruvvat” uylarining moddiy-texnika bazasi yaxshilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Homiylar va shifokorlar yili” Dasturini bajarish yuzasidan aholining ijtimoiy nochor, shu jumladan yolg‘iz keksa kishilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, 1,9 ming nafar yolg‘iz fuqarolarning uy va xonadonlari ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va keksalarga 5 mlrd. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Umuman olganda yolg‘iz keksalar, pensionyerlar, nogironlarga, shuningdek ko‘p bolali oilalarga berilgan ijtimoiy yordam hajmi 47 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va yangi ijtimoiy texnologiyalarni joriy etish asosida ularning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlarini yana ham to‘liqroq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2007—2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz nogironlar va keksa fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni davolash-profilaktika xizmati bilan qamrab olishni kengaytirish, gerontologiya va geriatriya sohasida ko‘rsatilayotgan yordam sifatini, shuningdek uy-joy — maishiy sharoitlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sahovat” va “Muruvvat” uylari, sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari, usul va texnologiyalarini tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tasdiqlangan Dasturni amalga oshirishda mas’ul ijrochilar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlarning bahamjihat faoliyatini ta’minlash bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ijro etilishini va yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasini muntazam ravishda ko‘rib chiqqan holda uni yaxshilash bo‘yicha tegishli qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha Dasturni amalga oshirish yakunlari va borishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili investitsiya dasturi va budjetni shakllantirishda, yolg‘iz fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga, ijtimoiy ta’minot tizimidagi obyektlarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga, keksalar va nogironlarning uy-internatlarini jihozlashga, shuningdek Dasturga kiritilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan zarur kapital qo‘yilmalar limiti va mablag‘larni nazarda tutsin. Bunda mazkur maqsadlarga homiylar mablag‘larini keng jalb etish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari darajasida ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dasturda nazarda tutilgan barcha tadbirlarning to‘liq va so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ—459-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 376-modda)