02.09.1993 yildagi 913-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi OʻRQ-439-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son — viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovi yakunlari boʻyicha amalga kiritiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi.
(1-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat boshligʻini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining (bundan buyon matnda partiya guruhlari deb yuritiladi) har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etadi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 30-apreldagi OʻRQ-1142-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 03/26/1142/0440-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi boʻyicha farmon qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi OʻRQ-439-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etadi.
(2-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 30-apreldagi OʻRQ-1142-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 03/26/1142/0440-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanga boʻysunadigan shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga boʻysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega boʻlib, bu xususda qabul qilingan qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil.
(2-moddaning toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-son Qonuniga asosan toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan – Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son – 2-moddaning oʻn uchinchi qismidagi norma — viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovi yakunlari boʻyicha amalga kiritiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunchiligi
(3-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda oʻzini oʻzi boshqarishni rivojlantirishga koʻmaklashadilar, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini yoʻnaltirib turadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur boʻlgan hollarda oʻz faoliyati toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasi boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar oʻtkazish, qoʻshimcha korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygʻunlashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida oʻzaro munosabatlar oʻrnatishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida (bundan buyon matnda Yagona elektron tizim deb yuritiladi) ishlab chiqiladi, kelishiladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hujjatlar, bundan normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan hujjatlar mustasno, agar shu hujjatning oʻzida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Yagona elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning Yagona elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi va hokim oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud boʻlib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq Oʻzbekiston Respublikasi mulkida boʻlgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasiga koʻra yaroqsiz deb topilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar mulkini, shuningdek viloyat, tuman va shaharga xoʻjalik yuritish uchun berilgan davlat mulki obyektlarini boshqarish tartibi ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yoʻlga solinadi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi oʻzlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyatini erkin yuritishga toʻsqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida oʻziga berilgan yoki qonunchilikka muvofiq oʻzi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini toʻliq amalga oshiradi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy budjetlarning mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega boʻlgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablagʻi hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qogʻozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki boʻlishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan budjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar.
(81-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalarining mablagʻlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turadi, olib qoʻyilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga koʻra sarflanadi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan doirada boshqaradi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida boʻlgan obyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishga haqli.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, tuman, shahar hokimi jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yer uchastkasini yoki uning bir qismini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi, hokim qonunchilikka muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal qiladi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xalq deputatlari Kengashini saylash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat boʻladi.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi OʻRQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar oʻtkazilmaydi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-modda. Xalq deputatlari Kengashining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi Kengashning vakolatlari muddatiga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi, shuningdek doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga raislik qiladi va Kengash sessiyasining ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri va xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Kotibiyatiga xalq deputatlari Kengashi ishini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar beradi, Kotibiyat xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining qarorlarini va Kengash sessiyasi bayonnomalarini imzolaydi, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining sessiyasini, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari ishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika taʼminotini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining birinchi sessiyasi xalq deputatlari Kengashi raisini saylashdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash uchun deputatlar orasidan xalq deputatlari Kengashiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiya deputatlaridan iborat siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etiladi. Siyosiy partiyalar vakillari guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar vakillari guruhining majlisida xalq deputatlari Kengashiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzodlar siyosiy partiyalar vakillari guruhining tavsiyasi asosida deputatlar orasidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs bir vaqtning oʻzida boshqa viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzod, agar u ovoz berish natijasida Kengash deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, uni xalq deputatlari Kengashi sessiyasida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisi ovoz berish orqali Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Kengash qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda sessiyada Kengashning doimiy komissiyalari raislaridan biri raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qaror sessiyada raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
(161 — 164-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son — viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovi yakunlari boʻyicha amalga kiritiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalaridir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli Kengashning faoliyatni jamoatchilik asosida amalga oshiradigan raisi, u yoʻqligida esa tegishli Kengashga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari tomonidan, zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Sessiya xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga yoki hokimning taklifiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi. Kengashning birinchi sessiyasini tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi raisi ochib beradi hamda u Kengash raisi saylanguniga qadar sessiyada raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida rais, u yoʻqligida esa tegishli Kengashga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari raislik qiladi. Agar bir nechta siyosiy partiya teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini egallasa, ularning oʻzaro kelishuviga koʻra tegishli partiyaning rahbari raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay Kengashning organlari tuziladi.
(17-modda birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan birinchi — toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son — viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovi yakunlari boʻyicha amalga kiritiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini oʻtkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan masalalar boʻyicha esa deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron ovoz berish tizimlari oʻrnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimidan foydalanilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son — viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovi yakunlari boʻyicha amalga kiritiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Xalq deputatlari Kengashining Ish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va oʻtkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni koʻrib chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish, Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish, Kengash tekshiruvini oʻtkazish, deputatlar soʻrovlarini yuborish, qarorlar loyihalarini koʻrib chiqish, ovoz berish, qarorlarni oʻqib eshittirish, sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning masʼuliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq belgilanadi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini roʻyobga chiqarish uchun koʻmaklashish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi oʻz vakolatlari muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlarida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashida muvaqqat komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-modda. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashabbusiga koʻra yoki Kengashning topshirigʻiga binoan Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yoʻnalishi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va ularni Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashi qarorlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari yuzasidan xulosalar hamda takliflar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining tavsiyasiga koʻra budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan maʼlumotlarni va ekspert xulosalarini, shuningdek boshqa axborotni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda qonun hujjatlarining va xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini, huquqning qoʻllanilish amaliyotini joylarga chiqqan holda oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini targʻib etish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy va muvaqqat komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati yuridik shaxs boʻlib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining tuzilmasi, nizomi, shtatlari, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga oid munosabatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari muddatiga bogʻliq boʻlmaydi, kotibiyat mudiri bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan Kengash raisi tomonidan tayinlanadi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
(20-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va oʻz nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-636-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-modda. Xalq deputatlari Kengashlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlari hududiy dasturlarning, Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
(201-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI. HOKIMLARNING VAKOLATLARI
(V bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning rahbariyati
(21-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman va shahar hokimi oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda oʻzi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan miqdorda birinchi oʻrinbosarga va oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari hamda oʻrinbosarlari hokim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1166-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar hokimining oʻrinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanga boʻysunuvchi shahar hokimining oʻrinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil29-avgustdagi OʻRQ-439-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimning oʻrinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yoʻqligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi oʻrinbosar yoki hokimning topshirigʻiga binoan uning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim, uning oʻrinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Hokimlarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini ijro etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va sogʻligʻini muhofaza qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini budjet soʻrovini tuzish uchun koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashlari sessiyalariga koʻrib chiqish uchun masalalar kiritadi, zarur hollarda Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida Kengashga taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini (bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno), agar ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashining va hokimning qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalarining ishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari Kengashiga taqdimnoma kiritadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini bekor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlarini bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqadi va takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi yil uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan moliya yili uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim qonunchilikda oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan rejalashtirish, budjet, moliya, hisobga olish, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish hamda mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, qishloq xoʻjaligi, yerdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yoʻl xoʻjaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylikni, huquq-tartibotni hamda xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kabi boshqa masalalarni ham hal etadi.
(211-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (hokimliklar) boshqarmalar, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari hokim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining tuzilmasi va shtatlari tegishli hokim tomonidan viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qoʻyiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, tumanga boʻysunadigan shahar ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARINING VAKOLATLARI
(VI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash;
(24-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(24-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini maʼlumot uchun qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarorlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;
(24-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimni va uning oʻrinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning oʻrinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;
(24-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi OʻRQ-367-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Xalq qabulxonalarining tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisidagi axborotini har chorakda eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishga qaratilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini har olti oyda eshitish;
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
(24-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini oʻzgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini eʼtirof etish va muddatidan oldin toʻxtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;
(24-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda ijro etuvchi hokimiyat boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish;
(24-modda birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli prokurorlarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitish;
(24-modda birinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
(24-modda birinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-870-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshliqlarining axborotini eshitish;
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish, Kengash tekshiruvini oʻtkazish, deputat soʻrovlarini yuborish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan Kengash qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning va quyi Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boʻlmagan qarorlarini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimning taqdimiga binoan hokimlikning tuzilmasini, shtatlarini va uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondini tasdiqlash kiradi.
(24-moddaning yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan yigirma birinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va olib qoʻyilgan yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini qonunda belgilangan hollarda va tartibda buzib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakilining inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini har yili eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini har yili eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrnatish va buzish (koʻchirish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan boshqa tashkiliy masalalarni va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat qilishga doir masalalarni hal etadi.
(24-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan sessiyasida eshitiladi. Mazkur sessiya viloyatlarda va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
(251-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning oʻrinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi.
(251-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi OʻRQ-439-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida berilgan baholar hamda belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(251-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.
(251-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda, jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida esa har olti oyda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, shuningdek jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi.
(252-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshliqlarining axborotini eshitish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yili tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyoti, huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
(253-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining boshliqlari har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
(253-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi.
(253-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(254-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
(255-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-870-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-modda. Kengash soʻrovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Kengash soʻrovini yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklif Kengashning deputatlari, doimiy va muvaqqat komissiyalari, partiya guruhlarining tashabbusi asosida Kengash sessiyasida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovining tashabbuskorlari tomonidan Kengash soʻrovi loyihasi tayyorlanib, u Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun Kengash raisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi loyihasiga uni asoslantiruvchi zarur materiallar ilova qilinadi. Kengash soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ogʻzaki yoki yozma) toʻgʻrisidagi talablar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi qaror Kengash deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining mansabdor shaxslari Kengash soʻroviga ogʻzaki javobni Kengash tomonidan belgilangan muddatda Kengash sessiyasida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari Kengashning soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻroviga javobda soʻrovda qoʻyilgan masalalarning har biri boʻyicha aniq va batafsil asoslantirilgan maʼlumotlar ochib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning soʻroviga javob soʻrov oʻz nomiga yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻroviga yozma javob Kengashning sessiyasida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning koʻchirma nusxalari javob Kengashning sessiyasida oʻqib eshittirilguniga qadar deputatlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovlariga javoblar Kengash sessiyasida muhokama qilinadi va uning yakunlari boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
(256-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-modda. Kengash tekshiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tekshiruvi tegishli hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Kengash qarori deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat Kengash tekshiruvining obyekti boʻlishi mumkin emas.
(257-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-modda. Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tekshiruvini oʻtkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya Kengash tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni komissiya ishiga jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlaridan, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining, nodavlat tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tekshiruvi natijalariga koʻra komissiyaning yakuniy hisoboti tayyorlanib, u Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
(258-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGASHI VA HOKIMNING FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNING KAFOLATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Kengashga tegishli taqdimnoma kiritadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno. Kengash hokimning taqdimnomasini bir oylik muddatda koʻrib chiqib, Kengash qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan hokimning taqdimnomasi qanoatlantirilmagan taqdirda, hokim Kengashning tegishli qarorini bekor qilish toʻgʻrisida yuqori turuvchi Kengashga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari oʻzining amal qilishini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan toʻxtatiladi yoki bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlarning qonunchilikka, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid boʻlgan hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻxtatiladi yoki bekor qilinadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan hujjatlar mustasno.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish nazarda tutilishi mumkin.
(261-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Yuqori turuvchi hokimiyat organlari qarorlarining quyi organlar uchun majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish va protest keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16 avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta koʻrib chiqilishi majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest bildirgan qarorlari shu hokimning oʻzi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
913-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2007-y., 15-son, 153-modda; 39-son, 399-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda, 20-son, 222-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 35-son, 914-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son; 01.05.2026-y., 03/26/1142/0440-son; 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)