Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 11.02.2013 yildagi X-237/02-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 YILDA HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-459-sonli va 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qarorlariga asosan ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17 va 22-moddalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholining (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek tumanning qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlaridan (ishbay narxlar) kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun ammo, amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdorining 15 foiziga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda (agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa) ish haqi toʻlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman bandlikka koʻmaklashuvchi markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasadagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori M.Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17 va 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 353-sonli Nizomning 23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 353-sonli Nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorlarda :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarining koʻpi bilan yetmish besh foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarining koʻpi bilan ellik foizi qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 353-sonli Nizomning 26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari zimmasiga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashayotgan fuqarolar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (tabel) har oyning 25-sanasiga qadar tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilib borish hamda ularga ish haqlarining toʻliq va oʻz vaqtida oyma-oy toʻlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori M.Azizov, nazorat qilib borish esa tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z.Baratov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. XAYITMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Nishon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-237/02-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 11-fevraldagi X-237/02-sonli qaroriga
1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon tumanida 2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Korxonalar nomi‎ Jalb qilinadiganlar soni‎ Haq toʻlanadigan jamoat ishlari turi‎ Ish mazmuni‎ Tashkil etish davri‎
1.‎ Nishon tuman obodonlashtirish boshqarmasi‎ 15‎ Shahar, posyolkalar, qishloq xoʻjaligi kooperativ (shirkat) xoʻjaligi va boshqa xoʻjaligi korxonalari, dam olish zonalari, korxonalarni obodonlashtirish‎ Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash, hududlarni tozalash, qishki yigʻishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yoʻq qilish, qorni va qor-muzni koʻchirish, yozgi yigʻishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash; hovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish: namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish, ishlab chiqarish hududlarini, yoʻllarni aylanma koʻprik va koʻpriklarni tozalash va qurish, hududlarni koʻkalamzorlashtirish; oʻtqazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sugʻorish, shakl berish, organik maʼdanli oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha oziqlantirish); elektr taʼminoti obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlar (elektr taʼminoti obyektlari, suv quvurlarini qurish va ulardan foydalanish); dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini koʻkalamzorlashtirish)‎ Yil davomida
2.‎ Tuman fermer xoʻjaliklarida‎ 25‎ Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar‎ Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish, paxta terish, oʻtash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar)‎ Yil davomida‎