Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.04.2022
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 167 va 168-moddalar; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 56, 153-modda; 2001-yil, № 12, 23-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-aprel,
474-II-son
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning bankrotligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
2-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat korxonalariga va notijorat tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish yuritayotgan yuridik shaxslar mustasno.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
kelishuv bitimi – taraflarning sud nizosini o‘zaro yon berish asosida tugatish to‘g‘risidagi bitimi;
kreditorlar – qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarish bo‘yicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno);
kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili – bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomili;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
majburiy to‘lovlar – davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
moratoriy – qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar majburiyati bajarilishini to‘xtatib turish;
pul majburiyati – qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati;
(3-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) – bankrotlik taomillarini o‘tkazish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
(3-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sudgacha sanatsiya qilish – qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar;
sud sanatsiyasi — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish va uning kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash taomili;
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash taomili;
tugatishga doir ish yuritish — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan taomil;
(3-moddaning o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
to‘lov qobiliyatini tiklash taomili — iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o‘z ichiga oladigan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi taomil;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdor – pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
qarzdor — pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs, agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa;
(3-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdor xodimlarining vakili – bankrotlik taomili o‘tkazilayotganda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat bergan shaxs;
qishloq xo‘jaligi korxonasi – qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar.
4-modda. Bankrotlik alomatlari
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi:
agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa — olti oy ichida bajarilmagan bo‘lsa;
agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik alomatlari hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
5-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 7, 8, 156, 185, 188-moddalariga qarang.
6-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Qarzdor va kreditor bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.
Majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi va uning hududiy organlari ega.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun mazkur Qonunning 25-moddasiga qarang.
7-modda. Qarzdorning iqtisodiy sudga murojaat etishi asoslari
Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda, qarzdor bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida bankrotlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
8-modda. Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining iqtisodiy sudga ariza berish majburiyati
Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat etishi shart:
(8-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan bo‘lsa;
qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yadi deb hisoblashga asoslar bo‘lsa.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirish imkonsizligi aniqlangan bo‘lsa, qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
9-modda. Qarzdorning arizasini iqtisodiy sudga berish majburiyatini bajarmaganlik uchun qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining javobgarligi
Qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan iqtisodiy sudga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi ushbu Qonun 8-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
10-modda. Kreditorlar va kreditorlarning yig‘ilishi
Bankrotlik taomillari qo‘llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tuziladigan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi himoya qiladi. Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qanoatlantirish maqsadida yakka tartibda murojaat qilishga haqli emas.
Hamma kreditorlar nomidan qarzdorga nisbatan barcha harakatlar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning o‘zi amalga oshiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarini saylash, qo‘mitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasining rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’qullash haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror.
Kreditorlar yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig‘ilishda o‘z vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘n kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti yig‘ilishni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, takroriy yig‘ilish hozir bo‘lgan kreditorlarning sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan ta’minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek majburiy sug‘urta va bank kreditlarini sug‘urtalash shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha kreditorlar;
uchinchi guruh — majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlar;
to‘rtinchi guruh — mehnat shartnomalariga ko‘ra mehnatga haq to‘lash va kompensatsiyalar to‘lash bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to‘lovlar hamda talablar bo‘yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari bo‘yicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar bo‘yicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu modda beshinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditor o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yig‘ilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek bankrotlik taomilini amalga oshirish chog‘ida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishida bayonnoma yuritiladi.
Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra kreditorlarning talablari reyestri;
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarining ro‘yxatga olish varaqlari;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga topshirilishi lozim.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
11-modda. Kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor etish
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsga kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini ta’minlovchi boshqa usul bilan yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash imkoni bo‘lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda kreditorlar yig‘ilishi haqidagi xabarning rasmiy nashrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda e’lon qilinishi ana shunday shaxslarni tegishli ravishda xabardor etish deb e’tirof etiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandiga qarang.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
kreditorlar yig‘ilishining kun tartibi;
kreditorlar yig‘ilishi ko‘rib chiqadigan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish tartibi;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
(11-moddaning uchinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
12-modda. Kreditorlar yig‘ilishini chaqirish tartibi
Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisining tashabbusi bilan, kreditorlar qo‘mitasining, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoxud kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabda kreditorlar yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi lozim ko‘rilayotgan masalalar ta’riflangan bo‘lishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qo‘mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yig‘ilishi kun tartibining masalalari ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yig‘ilishi kreditorlar qo‘mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) o‘tkaziladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) o‘tkazishning iloji bo‘lmasa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
13-modda. Kreditorlar yig‘ilishining qaror qabul qilish tartibi
Ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishining qarori yig‘ilishda hozir bo‘lgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir kreditor kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra umumiy kreditorlik qarzidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Agar kreditorlarning yig‘ilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlarning zarur kvorumi bo‘lmasa, kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, ushbu takroriy yig‘ilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va yig‘ilishda hozir bo‘lgan kreditorlar sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yig‘ilishining qarori ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berishga haqli.
Sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko‘pchiligi ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozlari soni to‘planmagan taqdirda, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
14-modda. Kreditorlarning talablari reyestri
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Kreditorlarning talablari hisobi reyestrda O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari qonunchilikda belgilangan tartibda kreditorlarning talablari reyestrida hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditor talablarining aniqlangan miqdori, har bir talabning qondirilish navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 19-bandiga qarang.
Kreditor talablar bayon etilgan arizada o‘zi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan firmaning to‘liq nomini, joylashgan erini (pochta manzilini), pasportga oid ma’lumotlarini (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek bank rekvizitlarini (agar ular bo‘lsa) ko‘rsatishi shart.
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs o‘zi xususidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan o‘z talablarining miqdori va tarkibi o‘zgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisiga bir haftalik muddat ichida xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlar taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar bo‘lmaydi.
Kreditorlarga talablar reyestri bilan tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qondirilishining miqdori, tarkibi va navbati to‘g‘risida bunday talab olingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida kreditorlarning talablari reyestridan ko‘chirma yuborishi shart. Bunday ko‘chirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditor zimmasiga yuklanadi.
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
15-modda. Kreditorlar qo‘mitasi
Kreditorlar qo‘mitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari ustidan nazorat olib boradi.
Kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasining vazifalarini kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan kreditorlar yig‘ilishi zimmasiga yuklash nazarda tutilishi mumkin.
O‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda kreditorlar qo‘mitasi quyidagilarga haqli:
sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlik taomilining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etishni talab qilish;
sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berish;
(15-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etish uchun o‘z vakilini saylash;
ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Kreditorlar qo‘mitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
kreditorlar yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etishni kreditorlar yig‘ilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;
(15-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor bo‘lgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror.
Kreditorlar qo‘mitasining yig‘ilishida masalalarni hal etishda kreditorlar qo‘mitasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi. Kreditorlar qo‘mitasining a’zosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditorlar qo‘mitasining qarori kreditorlar qo‘mitasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kreditorlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
(15-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
16-modda. Kreditorlar qo‘mitasini saylash
Kreditorlar qo‘mitasining a’zolari kreditorlar yig‘ilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yig‘ilishining qaroriga binoan kreditorlar qo‘mitasi barcha a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir paytning o‘zida faqat kreditorlar qo‘mitasining barcha a’zolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.
Eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Kreditorlar qo‘mitasining a’zolari o‘z tarkibidan kreditorlar qo‘mitasining raisini saylashi mumkin.
Agar kreditorlar qo‘mitasida a’zolar besh kishidan ortiq bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasi raisi saylanishi shart.
17-modda. Manfaatdor shaxslar
Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan quyidagilar manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi:
qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe hisoblanuvchi yuridik shaxs;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67 va 68-moddalariga qarang.
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari).
Ushbu Qonunda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan manfaatdor shaxs deyilganda uning xotini (eri), ota-onasi, buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari hamda bolalari, nevaralari, chevaralari, evaralari, aka-uka va opa-singillarining bolalari, nevaralari, chevaralari, evaralari, xotinining (erining) ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari tushuniladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Sud boshqaruvchilariga, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq belgilanadi.
18-modda. Sud boshqaruvchilari
Oliy ma’lumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organida attestatsiyadan o‘tgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risida nizomga qarang.
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
qarzdor yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar, agar ularga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan bo‘lsa;
(18-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning o‘rnini qoplamagan shaxslar;
boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishiga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shug‘ullanishdan mahrum etilgan yoki bunday faoliyatga noloyiq deb topilgan shaxslar).
Iqtisodiy sud ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga binoan, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar bo‘lgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni bu vazifaga tayinlashni rad etishga yoki sud boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etishga haqli.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud boshqaruvchisi iqtisodiy sud tomonidan vazifaga tayinlangan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun o‘z javobgarligini qonunchilikda belgilanadigan tartibda sug‘urtalamog‘i kerak.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobiga (Sug‘urta) va “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan talablar bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
19-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Sud boshqaruvchisi quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
kreditorlar yig‘ilishini chaqirish;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qo‘mitasi chaqirilishini talab qilish;
oldindan davlat boji to‘lamay turib, da’vo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etish;
(19-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq haq olish;
o‘z vakolatlarini amalga oshirishni ta’minlash uchun boshqa shaxslarni shartnoma asosida ular faoliyatiga qarzdorning mablag‘lari hisobidan haq to‘lagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, jalb etish;
o‘z vazifasini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sudga ariza berish.
(19-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar ko‘rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni kreditorning talabiga ko‘ra o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va chora-tadbirlar ko‘rishi hamda ular haqida kreditorlar yig‘ilishiga, iqtisodiy sudga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
(19-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
iqtisodiy sud tomonidan belgilangan vazifalarni bajarishi;
(19-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, ularga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud boshqaruvchisi bankrotlik taomillarini o‘tkazayotganda qarzdor va kreditorlarning manfaatlarini ko‘zlab insof bilan va oqilona ish olib borishi shart.
20-modda. Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtirib turuvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat.
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari sud boshqaruvchilarining kasb-kor darajasi yuksaltirilishi hamda saqlab turilishiga, ularning manfaatlari himoya etilishiga ko‘maklashmog‘i lozim.
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari:
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va bu dasturlarni bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
o‘z a’zolarining ta’limini va kasb-kor darajasi oshirilishini tashkil etadi;
professional birlashmaga a’zo sud boshqaruvchilarining faoliyatini tahlil qilib boradi.
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
21-modda. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
Sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq yuklangan vazifalarning qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan tarzda bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi sud boshqaruvchisining o‘z vazifasini bajarishdan ozod etilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Qarzdor, kreditorlar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli.
22-modda. Sud boshqaruvchisiga haq to‘lash
Sud boshqaruvchisiga vazifasini bajarganligi uchun haq to‘lashning miqdori va tartibi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab to‘lanadigan qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin.
23-modda. Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi amalga oshiradi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bankrotlik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha bankrotlik taomillarida O‘zbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o‘tish tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari faoliyati tartibini tasdiqlaydi;
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarning mol-mulkini realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(24-moddaning yettinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
25-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining vakolatlari
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi:
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmay qolgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini yuritadi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
(25-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sud boshqaruvchilari attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish qanday borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;
(25-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
moliyaviy ahvoli monitoringi yuritilayotgan korxonalarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(25-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi haqidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
26-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari vakolatlari
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmay qolgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ko‘rsatmasiga binoan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
(26-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tegishli hududda joylashgan, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish qanday borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududdagi korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi;
(26-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari amalga oshirilayotganda, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda iqtisodiy sud muhokamasiga sud boshqaruvchiligiga nomzodlar taqdim etish huquqiga ega;
(26-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(26-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati
Bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi va uning hududiy boshqarmalariga ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar haqida ma’lumotlar taqdim etishlari, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining so‘roviga binoan korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
28-modda. Bankrotlik taomillari
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qo‘llaniladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
29-modda. Suddan tashqari bajariladigan taomillar
Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish (faoliyatini tugatish) bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Yuridik shaxsni tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—56-moddalarida nazarda tutilgan.
II BOB. SUDGAChA SANATSIYA QILISh
30-modda. Sudgacha sanatsiya qilish asosi
Sudgacha sanatsiya qilish bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgunga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdorning mol-mulki egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
31-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti va subyektlari
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor shaxsdir.
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning mol-mulki egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin.
32-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilish taomilida boshqa chora-tadbirlar ham bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazilayotganda qarzdorga uning xizmat ko‘rsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari to‘xtatib qo‘yilib, so‘mlarda va (yoki) valyutada ish yuritadigan sanatsiya hisobvarag‘i ochiladi. Sanatsiya hisobvarag‘ini ishlatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(32-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvarag‘ining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat № 1636, 03.11.2006-y.) qarang.
33-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish muddati
Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
34-modda. Davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilishni bekor qilish
Davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish uni o‘tkazishning belgilangan muddati tugaganligi yoki uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
III BOB. BANKROTLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI IQTISODIY SUDDA KO‘RISh
(III bob nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
35-modda. Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish asoslari
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 6-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan erdagi iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atiladi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
36-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e’tiboran;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi;
bankrotlik to‘g‘risidagi ish prokurorning arizasi asosida ko‘rilayotgan hollarda, prokuror.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda qarzdorning xodimlari vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning vakili, kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar bankrotlik to‘g‘risidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida iqtisodiy sudga soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
37-modda. Qarzdorning arizasi
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
(37-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi;
qarzdorning xodimlar hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to‘lanishi kerak bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash borasidagi qarz summasi;
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq summasi;
majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi;
kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdorga taalluqli, sudlarning ish yuritishiga qabul qilingan da’vo arizalari to‘g‘risidagi, shuningdek so‘zsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari, debitorlik qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik to‘g‘risidagi ishni to‘g‘ri hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar, shuningdek qarzdorda iltimosnomalar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatiladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘zini bankrot deb topish haqidagi arizasida uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kreditorlarga hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o‘z arizasidan nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza bergunga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo‘lsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining nusxasi yuboriladi.
38-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor to‘la hajmda qondirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
(38-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, uning kreditorlik va debitorlik qarzini izohlagan hamda kreditorlari va qarzdorlarining pochta manzillarini ko‘rsatgan holda;
so‘nggi hisobot kunidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi hujjatlar;
(38-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;
(38-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza berilgunga qadar qarzdor xodimlari yig‘ilishi o‘tkazilib, unda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan bo‘lsa, ana shu yig‘ilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxasi yoki talab darajasida tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.
39-modda. Kreditorning arizasi
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o‘zi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
(39-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik to‘g‘risidagi ishni to‘g‘ri hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar, shuningdek kreditorda iltimosnomalar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatilishi mumkin.
Kreditor qarzdorga o‘z arizasidan nusxa yuborishi shart.
40-modda. Kreditorlar talablarini birlashtirish
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi turli majburiyatlar bo‘yicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan bo‘lishi mumkin.
Kreditorlar qarzdorga bo‘lgan o‘z talablarini birlashtirishga hamda iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza o‘z talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
41-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar bo‘yicha qarzi borligini va uning miqdorini, kreditorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga arizani imzolagan shaxsning ariza berishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga, agar bor bo‘lsa, quyidagilar ham ilova qilinadi:
kreditorning qarzdorga bo‘lgan talablarini ko‘rib chiqqan sud qarori;
ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
42-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonani bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda, qarzdorning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi iqtisodiy sudga ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
(42-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
43-modda. Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning arizasi
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni majburiy to‘lovlar bo‘yicha bankrot deb topish to‘g‘risida iqtisodiy sudga beradigan arizasi ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar ko‘rilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
44-modda. Prokurorning arizasi
Prokuror qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga quyidagi hollarda murojaat etishga haqli:
bankrotlikning yashirilgan alomatlarini aniqlaganida;
kreditor manfaatlarini ko‘zlab.
Prokurorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
45-modda. Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani o‘z ish yuritishiga qabul qiladi.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilar ekan, kuzatuvni joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi iqtisodiy sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimning nusxasini o‘zining vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning o‘ziga yuklatiladi.
(45-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabr O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
Agar ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Agar qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qonunning 37 — 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va arizaga ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
(45-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
46-modda. Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar
Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar ko‘rishga haqli.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari iqtisodiy sud bitimlarni sud boshqaruvchisi roziligisiz tuzishni taqiqlab qo‘yishga, qarzdorga qimmatli qog‘ozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga topshirishni yuklashga hamda qarzdorning mol-mulki saqlanishini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga haqli.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tegishincha iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik taomillaridan birini joriy etish to‘g‘risida yoki iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar yoxud iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
Iqtisodiy sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgunga qadar kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli.
Iqtisodiy sudning kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
47-modda. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri
Iqtisodiy sudning kreditor, prokuror, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organdan qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ajrimini olgan kundan e’tiboran qarzdor besh kunlik muddat ichida iktisodiy sudga, arizachiga va bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko‘rsatilmagan barcha kreditorlarni o‘ziga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligidan xabardor qilishga haqli. Qarzdorning iqtisodiy sudga yuborayotgan yozma fikriga mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
(47-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan yozma fikrda O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Qarzdorning yozma fikri yo‘qligi bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilishiga monelik qilmaydi.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
48-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash sudya tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza tushgan kundan e’tiboran sudya o‘n kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorda e’tirozlar bo‘lsa, sudya qarzdorning e’tirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor e’tirozlari (muvaqqat boshqaruvchi iltimosnomalari) asosliligini tekshirishi bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning belgilangan muddatiga kamida bir oy muhlat qolganda o‘tkaziladi.
Iqtisodiy sud qarzdorning e’tirozlari asosliligini ko‘rib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki mazkur reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan qarzdorning e’tirozlari asossiz deb topilgan bo‘lsa, talablari miqdori va ularni qondirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda iqtisodiy sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.
(48-moddaning beshinchi — yettinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
49-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sudning majlisida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
50-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
(50-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim;
tashqi boshqaruvni joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim;
bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim;
qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi ajrim;
kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, darhol ijro etilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatining ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
51-modda. Qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror
Sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar bo‘lmaganda, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq to‘lash haqidagi ko‘rsatma aks ettirilishi lozim.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ustidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shu jumladan har qanday kreditorlardan biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotganligi ko‘rsatiladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
52-modda. Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
(52-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sud tomonidan kuzatuvni, sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish haqida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qarorlar, mazkur hujjatlarni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda e’lon qilinadi. Rasmiy nashrning tiraji, davriyligi va shunday ma’lumotlarni e’lon qilish muddati, ko‘rsatiladigan xizmatlarni moliyalashtirish tartibi hamda bunday xizmatlarning narxlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va istalgan manfaatdor shaxsning mazkur ma’lumotlardan erkin foydalana olishi uchun monelik qilmasligi lozim.
(52-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 160-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Ushbu Qonunga muvofiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli sud hujjati olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan rasmiy nashr manziliga yuboradi.
E’lon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish bu ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran yetti kun ichida amalga oshiriladi.
(52-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-300-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablag‘lari bo‘lmasa, bunday ma’lumotlarni e’lon qilish haqini to‘lashni sud boshqaruvchisi amalga oshiradi, bu mablag‘lar keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol-mulk bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan kreditor hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi ma’lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
(52-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
53-modda. Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda e’lon qilinishi shart.
Mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan yoki kreditorlar yig‘ilishi yoxud kreditorlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol-mulk bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik kishidan ortiq bo‘lsa yoki ularning sonini aniqlash mumkin bo‘lmasa, qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan har bir bankrotlik taomili boshlanishi haqidagi ma’lumotlar ham rasmiy nashrda e’lon qilinishi shart.
Kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi e’lon qilingan ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi lozim:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan bankrotlik taomili nomi, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishning tartib raqami;
(53-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tayinlangan sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bo‘yicha keyingi sud majlisining iqtisodiy sud tomonidan belgilangan sanasi;
(53-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa axborot.
54-modda. Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda;
iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda;
soxta bankrotlik aniqlanganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Qarzdorda yetarli miqdorda likvid mol-mulk borligidan shohidlik beruvchi dalillar bo‘lgan taqdirda iqtisodiy sud qarzdorning iltimosnomasiga binoan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatda qondirishni taklif etishga haqli, bu muddat o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
55-modda. Qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv joriy etilganligi oqibati bo‘lgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos bo‘ladi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
56-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish asoslari
Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi:
(56-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sud sanatsiyasi jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda;
tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda;
kelishuv bitimi tuzilganda;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday bankrotlik taomili jarayonida qondirilganda.
Iqtisodiy sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
57-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatib turish
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turilishi mumkin.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatib turish iqtisodiy sud tomonidan sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda iqtisodiy sud ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatib turish iqtisodiy sud tomonidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarish uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
(57-moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
(57-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
58-modda. Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini taqsimlash
Sud xarajatlari, shu jumladan to‘lov kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan davlat boji bo‘yicha xarajatlar, ma’lumotlarni ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda rasmiy nashrda e’lon qilish xarajatlari, shuningdek sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlari qarzdorning mol-mulkiga tegishli bo‘lib, ana shu mol-mulk hisobidan navbatdan tashqari qoplanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Iqtisodiy sud qarzdorning bankrotligi alomatlari yo‘qligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar iqtisodiy sudga kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli bo‘ladi va kreditorlar o‘rtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini taqsimlash tartibi iqtisodiy sudning bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida belgilanadi.
(58-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
59-modda. Arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish jarayonida sud boshqaruvchisi ushbu Qonunga muvofiq bergan arizalar, shu jumladan o‘zi bilan kreditorlar o‘rtasida, o‘zi bilan qarzdor o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar to‘g‘risida bergan arizalar, shuningdek kreditorlarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlari bu ariza va shikoyatlar olingan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatdan kechiktirmay iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ularning nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinmog‘i lozim. Mazkur arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun mazkur Qonunning 60-moddasiga qarang.
Quyidagilar:
mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori va tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar;
kreditorlar, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisi harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmasdan berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
(59-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
60-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud chiqargan ajrimlarni qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda qayta ko‘rilishi lozim.
(60-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish yuzasidan iqtisodiy sudning ajrimlari chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun o‘tgandan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ajrimiga apellatsiya shikoyati kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi va u iqtisodiy sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
61-modda. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari
Agar korxonaning ustav fondida davlat ulushi bo‘lsa, iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organini xabardor qiladi.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqidagi xabarni olgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi o‘z qarorini ma’lum qiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ish tugatiladi.
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishiga rozi bo‘lmagan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
IV BOB. KUZATUV
62-modda. Kuzatuvni joriy etish
Kuzatuv bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladi, ushbu Qonunga muvofiq bankrotlikning boshqa taomili qo‘llanilishi lozim bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan taqdirda iqtisodiy sudning arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimida kuzatuv joriy etilganligi ko‘rsatiladi.
(62-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 28-moddasi, 186-moddaning ikkinchi qismi va 189-moddaning ikkinchi qismiga qarang.
63-modda. Kuzatuvni joriy etish oqibatlari
Kuzatuv joriy etilgan paytdan e’tiboran:
mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, ish haqi bo‘yicha, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish bundan mustasno. Iqtisodiy sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi;
(63-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash taqiqlanadi;
muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda ushbu Qonunning 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan kreditorlarning talablarini qondirish navbati buzilsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarzdordan pul mablag‘larini olish to‘g‘risidagi talablar qarzdorga talablar qo‘yishning faqat ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qo‘yilishi mumkin.
64-modda. Kuzatuv jarayonida qarzdor vakolatlarining cheklanishi
Kuzatuvning joriy etilishi qarzdorning rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan cheklovlar bilan o‘z vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirayotgan boshqa boshqaruv organlarini chetlashtirish uchun asos hisoblanmaydi.
Qarzdorning boshqaruv organlari:
ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni;
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishlari mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas:
Qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) va tugatish to‘g‘risidagi qaror;
yuridik shaxslarni tuzish haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi qaror;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish to‘g‘risidagi qaror;
dividendlar to‘lash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi qaror;
qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qog‘ozlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror, aksiyalar chiqarish haqidagi qaror bundan mustasno;
ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish to‘g‘risidagi qaror.
65-modda. Muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadi.
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Iqtisodiy sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risidagi ajrimida unga to‘lanadigan haq miqdori va uni to‘lash tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Muvaqqat boshqaruvchiga to‘lanadigan haq miqdori kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida iqtisodiy sud tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Muvaqqat boshqaruvchining uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda iqtisodiy sud kreditorlar taklif etgan nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud muvaqqat boshqaruvchini bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi tayinlangunga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettiradi.
(65-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
66-modda. Muvaqqat boshqaruvchining huquqlari
Muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida, shuningdek qarzdor tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoki ijro etilgan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarining qo‘llanilishi haqida iqtisodiy sudga o‘z nomidan talablar qo‘yish;
(66-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
ushbu Qonunning 63-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv davrida kreditorlarning talablarini bajarishga e’tiroz bildirish;
kreditorlarning talablari bo‘yicha qarzdorning taqdim etilgan e’tirozlari asosliligi sudya tomonidan tekshirilishida ishtirok etish;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish haqidagi, shu jumladan muvaqqat boshqaruvchining roziligisiz ushbu Qonunning 64-moddasida nazarda tutilmagan bitimlar tuzishni taqiqlash haqidagi, mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish;
(66-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish;
(66-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni olish.
Muvaqqat boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(66-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishi shart.
67-modda. Muvaqqat boshqaruvchining majburiyatlari
Muvaqqat boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning kreditorlarini aniqlashi, kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirishi va o‘tkazishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tugagandan keyin, lekin iqtisodiy sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda iqtisodiy sudga o‘z faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning birinchi yig‘ilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
(67-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
68-modda. Kuzatuvni joriy etish haqida xabar qilish
Qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi o‘zi tayinlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida rasmiy nashrda ushbu Qonunning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilish uchun yuborishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini qo‘yadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv joriy etilganligiga oid xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
(68-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning rahbari qarzdorning xodimlarini, muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim chiqarilganligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
(68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini qo‘yadigan kreditorlardan tashqari kreditorlarga kuzatuv joriy etilganligini xabar qilish kreditor tomonidan shunday xabar olingan sanani belgilash imkoniyatini beradigan usulda kreditorga xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor qilish qarzdor xodimlarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini chaqirish yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud ta’sis hujjatlariga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
(68-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqargan iqtisodiy sudning nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana va bankrotlik to‘g‘risidagi ishning tartib raqami;
(68-moddaning yettinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tayinlangan muvaqqat boshqaruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili;
iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish yuzasidan belgilangan sud majlisining sanasi, vaqti va joyi;
(68-moddaning yettinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
xabarni jo‘natuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki qarzdor rahbarining) xohishiga ko‘ra boshqa axborot.
69-modda. Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish
Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini, sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki bo‘lsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini moliyaviy tahlil qilish, mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi takliflarni, bankrotlikning keyingi taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslarini tayyorlaydi.
Agar qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish natijasida qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini qoplash uchun yetarli emasligi aniqlansa, kreditorlar faqat sud xarajatlarini qoplash manbalari aniqlangan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
(69-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
70-modda. Kreditorlar talablarining miqdorini belgilash
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot rasmiy nashrda e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kreditorlar o‘z talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki shu talablarning asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda iqtisodiy sudga, qarzdorga va muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning aniqlangan deb topish uchun asosga ega bo‘lgan talablariga qarzdor o‘z e’tirozlarini iqtisodiy sudga quyidagi hollarda yuborishga haqli:
(70-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kreditorlar tomonidan talabni aniqlangan deb topish uchun asos tariqasida taqdim etilgan sud hujjatini bekor qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini o‘zgartiruvchi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bo‘lsa;
kreditor tomonidan talablarni aniqlangan deb topish uchun asos tariqasida taqdim etilgan hujjatni bekor qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi (qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar), xuddi shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turuvchi hujjat bo‘lsa;
kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar jumlasiga kiritish dalili tariqasida taqdim etilgan hujjat bo‘yicha qarzni uzish muddatlarini, tartibini va shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qarzdor va kreditor o‘rtasida bitim tuzilgan bo‘lsa;
qarzdor qarzni to‘liq yoki qisman uzgan bo‘lsa;
talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning o‘zgarganligiga dalillar bo‘lsa.
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq aniqlangan deb topiladigan talablariga o‘z e’tirozlarini, agar kreditorning talablarini aniqlanganlar jumlasiga kiritish dalili tariqasida o‘z qarzining qarzdor tomonidan tan olinganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etilgan bo‘lsa va muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish bo‘yicha harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzadi va (yoki) asossizdir deb hisoblash uchun yetarli asoslar bo‘lsa, iqtisodiy sudga yuborishga haqli.
(70-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining kreditorlar talablariga e’tirozlari tegishli talablar olingan paytdan e’tiboran bir haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning talablari, agar ular ustidan e’tirozlar tushgan bo‘lsa, iqtisodiy sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki bunday reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda e’tirozlar taqdim etilmagan talabi kreditorlarning talablari reyestriga kreditor tomonidan bildirilgan miqdorda kiritiladi.
(70-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi kerak. Mazkur talablar bankrotlikning keyingi taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
71-modda. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirish
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni (organlarni) xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish muvaqqat boshqaruvchi tomonidan ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida iqtisodiy sud chiqargan ajrimda iqtisodiy sud majlisini o‘tkazishning belgilangan sanasiga kamida besh kun muddat qolganida o‘tkazilishi lozim.
(71-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchilari talablari ushbu Qonun 70-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlardir.
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili va qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Kreditorlar yig‘ilishida mazkur shaxslarning yo‘qligi yig‘ilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
72-modda. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qaror;
(72-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
(72-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kreditorlar qo‘mitasining miqdoriy tarkibi, uning a’zolarini saylash to‘g‘risidagi qaror;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini ma’qullash to‘g‘risidagi qaror;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarga doir qaror.
73-modda. Kreditorlar birinchi yig‘ilishining sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarori
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining sud sanatsiyasini joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorida sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzishning ma’qullangan jadvali bo‘lishi kerak.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yig‘ilishi muvaqqat boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yig‘ilishining iqtisodiy sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
74-modda. Kreditorlar birinchi yig‘ilishining tashqi boshqaruvni joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarori
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorida tashqi boshqaruvning taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorida tugatishga doir ish yuritishning taklif qilinayotgan muddati va tugatuvchi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
75-modda. Kuzatuvni tugatish
Iqtisodiy sud kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yig‘ilishida bankrotlik taomillaridan birini qo‘llash haqida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa yoki iqtisodiy sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 10-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud bankrotlik alomatlari bo‘lgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Agar kreditorlarning birinchi yig‘ilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa yoxud iqtisodiy sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni uzish jadvaliga muvofiq ta’minoti taqdim etilgan taqdirda sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatuvchi boshqaruvchi tayinlangunga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga to‘la hajmda yuklatiladi.
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan e’tiboran kuzatuv tugatiladi.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
V BOB. SUD SANATSIYASI
76-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmog‘i lozim.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishlari shart.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni uzish jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bayonnomasi uning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga murojaat etish uchun ovoz bergan muassislari (ishtirokchilari) hamda bu shaxslar tomonidan qarzni uzish jadvali qarzdor tomonidan ijro etilishini ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rsatilgan holda ilova qilinmog‘i lozim.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga qarzni uzish jadvali va qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan ta’minlanishiga oid dalillar ilova qilinmog‘i lozim.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risida kreditorlarning yig‘ilishiga bir necha shaxs iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan ta’minlanishi ular o‘rtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
(76-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
77-modda. Qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishini ta’minlash
Qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishi qonunchilikda nazarda tutilgan usullarda ta’minlanishi mumkin.
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-bobiga (Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash) qarang.
Qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarish yuzasidan majburiyatlari sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran ta’minlangan deb hisoblanadi.
(77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Majburiyatlarni bajarish ta’minoti berilganligi to‘g‘risidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, yozma shaklda tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yig‘ilishining (kreditorlar qo‘mitasining) vakili, iqtisodiy sudning tashabbusi bilan sud sanatsiyasi joriy etilganda esa muvaqqat boshqaruvchi, boshqa tarafdan qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishi ta’minotini bergan shaxslar (bundan buyon matnda majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar deb yuritiladi) imzolaydi.
(77-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minoti miqdori qarzdor majburiyatlarining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi masala yuzasidan kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi oldidan oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra balansda aks ettirilgan miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq bo‘lishi kerak.
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi ta’minotining predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Qarzni uzish jadvaliga o‘zgartishlar kiritilganligi, shuningdek qarzdorga nisbatan bankrotlikning yangi taomili joriy etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minotini tugatish uchun asos bo‘lmaydi.
78-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish tartibi
Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida joriy etiladi, ushbu Qonun 75-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimida sud sanatsiyasining muddati ko‘rsatilishi, unda iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Sud sanatsiyasi ko‘pi bilan yigirma to‘rt oy muddatga joriy etiladi.
(78-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
79-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish oqibatlari
Sud sanatsiyasi o‘tkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari o‘z vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradilar.
Sud sanatsiyasi joriy etilgan paytda:
kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;
sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar, to‘lanishi lozim bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.
Qarzni uzish jadvaliga muvofiq qondirilishi lozim bo‘lgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorning talablari summasiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday qanoatlantirish ro‘y bermasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilish paytigacha kreditorning talablari summasiga qo‘shib yozilishi lozim.
(79-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar yig‘ilishining, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning, kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan iltimosnomasiga binoan iqtisodiy sud qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirishga haqli. Bunday hollarda iqtisodiy sud qarzdorning rahbari vazifasini ijro etishni sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasiga yuklashga haqli. Iqtisodiy sud qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(79-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) va tugatish haqida qaror qabul qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas:
ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xo‘jalik shirkatlari hamda mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qo‘shish yoki bunday mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlar;
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulkini tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlar;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlar;
agar muayyan bitimlarni tuzishdan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki kreditorlar qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor bo‘ladigan bo‘lsa, ayni ana shunday bitimlar.
(79-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning bitimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.
(79-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida tuzilgan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:
shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini ta’minlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan va qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
80-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yig‘ilishi yoki majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
(80-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi joriy etilgan paytdan e’tiboran va sud sanatsiyasi tugagunga qadar yoki muddatidan ilgari tugatilgunga qadar faoliyat yuritadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi o‘z vazifasini bajarishdan arizasiga binoan yoki kreditorlar yig‘ilishining yoxud majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda iqtisodiy sud tomonidan ozod qilinishi mumkin. Iqtisodiy sudning sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini o‘z vazifasidan ayni bir paytda yangi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
(80-moddaning uchinchii qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud sanatsiyasi paytida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishning tugatilishi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa hamda tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan bo‘lsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki tugatish boshqaruvchisiga o‘tkaziladigan paytga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
(80-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
81-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati to‘g‘risida va sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi hamda qarzni uzish jadvali bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilish;
qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablag‘lari o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini talab qilish;
qarzdor tomonidan mol-mulkning inventarizatsiyasi o‘tkazilgan taqdirda unda ishtirok etish;
kreditorlar joriy talablarini qarzdor o‘z vaqtida bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ushbu Qonun 79-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olish hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etish;
ushbu Qonunning 59 va 70-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qarzdorning kreditorlar talablarini tan olish yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlash bo‘yicha harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berish;
ushbu Qonun 79-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish haqidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga o‘tkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish.
(81-moddaning birinchi qismi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(81-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi:
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yig‘ilishini chaqirishi;
qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni uzish jadvali bajarilishi jarayoni haqidagi hisobotlarni ko‘rib chiqishi hamda kreditorlarning yig‘ilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi haqida kreditorlar yig‘ilishiga va kreditorlar qo‘mitasiga, shuningdek agar korxona ustav fondida davlat ulushi bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
83-modda. Sud sanatsiyasi rejasi va qarzni uzish jadvali
Qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlangan sud sanatsiyasi rejasida qarzni uzish jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi lozim. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yig‘ilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozi to‘planmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Sud sanatsiyasi rejasi qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishini nazarda tutishi mumkin. Qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish ushbu Qonunning 110 va 111-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzni uzish jadvali barcha kreditorlar oldidagi qarzning uzilishini nazarda tutishi kerak. Qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
(83-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning sud sanatsiyasi jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlari yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirish ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdor qarzni uzish jadvalini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
84-modda. Sanatsiya rejasiga va qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish
Qarzdor sanatsiya rejasini va (yoki) qarzni uzish jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda uzilmaganda), u qarzni uzish jadvaliga kiritish mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlarni ma’qullash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan talablarni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran ikki hafta muddat ichida kreditorlarga murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning ko‘chirma nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay shu iltimosnoma asosida kreditorlar yig‘ilishini chaqiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining sanatsiya rejasiga va (yoki) qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhdagi kreditorlarning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kreditorlar yig‘ilishi qarzni uzish jadvalidagi o‘zgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida o‘z vaqtida xabar qilinmagan va qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qo‘shilgan kreditorning talablari yoki majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv jarayonida boshlangan talablar iqtisodiy sudning ajrimiga ko‘ra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Iqtisodiy sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
85-modda. Sud sanatsiyasining muddatidan ilgari tamomlanishi
Kreditorlarning qarzni uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddati o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida ushbu Qonunning 87-moddasida nazarda tutilgan tartibda iqtisodiy sudga hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
(85-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi talablari qarzni uzish jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini ko‘rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.
(85-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari asosida iqtisodiy sud:
(85-moddaning uchinchii qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatadi;
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish yoki mazkur hisobotni tasdiqlashni rad etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(85-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
86-modda. Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan aniq-ravshan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ikki hafta ichida sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kreditorlar yig‘ilishini chaqirishi shart.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning rahbari kreditorlar yig‘ilishiga qarzni uzish jadvali va sud sanatsiyasi rejasi bajarilishining yakunlari to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va zararlari haqidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori ko‘rsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yig‘ilishiga qarzdor rahbarining hisoboti yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etadi.
Kreditorlar yig‘ilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot bo‘yicha xulosasini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra tashqi boshqaruvni joriy etish haqida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasining nusxasi, shuningdek kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sud kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi asosida tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(86-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
87-modda. Sud sanatsiyasining tamomlanishi
Sud sanatsiyasining belgilangan muddati tugashiga kamida o‘n besh kun qolganida qarzdorning rahbari o‘tkazilgan sud sanatsiyasi natijalari to‘g‘risida iqtisodiy sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur hisobotga qarzdorning so‘nggi sanadagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, qarzdorning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbari hisoboti bo‘yicha xulosasi, talablari qanoatlantirilmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi lozim. Qarzdor rahbarining o‘tkazilgan sud sanatsiyasi natijalari to‘g‘risidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi talablari qarzni uzish jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining o‘tkazilgan sud sanatsiyasi natijalari haqidagi hisobotini ko‘rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor rahbarining o‘tkazilgan sud sanatsiyasi natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari asosida iqtisodiy sud:
(87-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi;
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Iqtisodiy sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida ajrim yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
(87-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
88-modda. Majburiyatlarning ta’minot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi
Kreditorlarning ta’minot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini talab qilish huquqi iqtisodiy sud sanatsiyasini tugatish yoki tamomlash to‘g‘risida ajrim chiqargan paytdan e’tiboran yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarga nisbatan talablar kreditorlar yig‘ilishining (kreditorlar qo‘mitasining) vakili yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
(88-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablag‘lari kreditorlar bilan hisob-kitob qilish maqsadida qarzdorning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 133, 134 va 138-moddalariga qarang.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlar talablarining qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan e’tiboran kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
89-modda. Ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobot
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun belgilangan muddat o‘tgach, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning majburiyatlarni shaxslar tomonidan ta’minot berilgan holda bajarishi yakunlari to‘g‘risida iqtisodiy sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi. Hisobotga doir talablar, shuningdek uni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi ushbu Qonunning 116 va 117-moddalarida belgilanadi.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini, kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari asosida iqtisodiy sud:
(89-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan bo‘lsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi;
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
90-modda. Ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan shu ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qondirish uchun iqtisodiy sud belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruvni joriy etish uchun asoslar bo‘lmagan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan shu ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qondirish uchun iqtisodiy sud belgilagan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga qarang.
VI BOB. TAShQI BOShQARUV
91-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish tartibi
Agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.
Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz oydan oshmasligi kerak.
Agar sud sanatsiyasi joriy etilgan sanadan to iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi masalani ko‘rib chiqishigacha o‘n sakkiz oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.
(91-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
92-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish oqibatlari
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran:
qarzdorning rahbari o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarishi shart;
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o‘tadi, ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) o‘tadigan vakolatlar bundan mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi shart;
(92-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida qo‘llanilishi mumkin;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari yuzasidan kreditorlar talablarining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi, ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilishidan oldin, mazkur tartib-taomil joriy etilgandan keyin olingan hosilga, mahsulotga va qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan olingan daromadlarga nisbatan kreditorning o‘z talablarini bajarish ta’minoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
(92-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlarga qarzdor to‘lashi shart bo‘lgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek yetkazilgan zarar summalari tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda to‘lash uchun taqdim etilishi mumkin.
93-modda. Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy
Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy to‘lovlarga tatbiq etiladi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati mobaynida:
undiruv so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha undiruvga yo‘l qo‘yilmaydi;
pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar qo‘llanilmaydi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar bundan mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlar talablarining summasiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan e’tiboran bir navbatdagi talablarga va iqtisodiy sud tomonidan shu navbat talablari bo‘yicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblab chiqarilgan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini to‘lash bilan bir vaqtda to‘lanishi lozim.
(93-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Moratoriy tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 102-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi kreditorlar talablariga ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga hamda mualliflik shartnomalari asosida haq to‘lashga doir talablariga, shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘lsa, ana shu fuqaroning talablariga tatbiq etilmaydi.
(93-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Kreditorning iltimosnomasiga binoan sud qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida mazkur kreditorning foydasiga qaysi pul majburiyatlari bo‘yicha mol-mulk berilgan bo‘lsa, o‘sha pul majburiyatlarini moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish to‘g‘risida, agar mol-mulk tashqi boshqaruvni amalga oshirish uchun zarur bo‘lmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
94-modda. Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi
Tashqi boshqaruvni joriy qilish haqida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni ma’qullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yig‘ilishiga har qanday kreditor tomonidan yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi tomonidan taklif etilishi mumkin.
Kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilishning ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq kreditorlarning eng ko‘p ovozini olgan shaxsning nomzodi iqtisodiy sudga taklif etiladi.
Iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qarori bo‘lmagan holda joriy etayotgan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqargan paytdan e’tiboran uch haftalik muddat ichida ko‘rib chiqish, ma’qullash va iqtisodiy sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yig‘ilishi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini tayinlaydi.
(94-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
95-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash
Tashqi boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi.
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni bo‘lmasa, iqtisodiy sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi.
(95-moddaning birinchi — uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
96-modda. Tashqi boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ozod etish
Tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan iqtisodiy sud quyidagi hollarda ozod etishi mumkin:
(96-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida. Bunday hollarda kreditorlar yig‘ilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qarori asosida;
uning o‘z arizasiga binoan;
ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(96-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasiga qarang.
Tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday ajrimning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
97-modda. Tashqi boshqaruvchining huquqlari
Tashqi boshqaruvchi rahbarlik vakolatlarini amalga oshiradi.
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
kreditorlar yig‘ilishini hamda kreditorlar qo‘mitasini chaqirish;
ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish;
qarzdor nomidan kelishuv bitimi tuzish;
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq haq olish;
agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘zining vazifalarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ularning faoliyatiga qarzdor mablag‘laridan haq to‘lagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish;
o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sudga ariza berish;
(97-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ushbu Qonunning 102-moddasida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini bajarish rad etilishini ma’lum qilish.
Qarzdor bankrotlikka olib borilganligi munosabati bilan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladigan uchinchi shaxslarga nisbatan tashqi boshqaruvchi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida talablar qo‘yishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 329-moddasiga qarang.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(97-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
98-modda. Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari
Tashqi boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulkini o‘z tasarrufiga qabul qilishi va uni inventarizatsiyadan o‘tkazishi;
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirish, aniqlash va qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rishi;
tashqi boshqaruvni o‘tkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun maxsus hisobvaraq ochishi;
tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va kreditorlar yig‘ilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi;
buxgalteriya, statistika hisobi va hisobdorligini yuritishi;
kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan belgilangan tartibda e’tirozlar bildirishi;
qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini ko‘rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
kreditorlar yig‘ilishiga tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida hisobotlar taqdim etishi shart;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi.
(98-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(98-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
99-modda. Kreditorlarning talablari
Kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini tashqi boshqaruv amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning pochta manzili bo‘yicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu modda to‘rtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb e’tirof etiladigan talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi hujjatlar ilova etilgan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha kreditorlarning talablari reyestriga tegishli talab olinganidan keyin uzog‘i bilan ikki hafta ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi ko‘rib chiqish natijalari haqida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar talablarini ko‘rib chiqishi natijalari yuzasidan e’tirozlarni bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sudga kreditor bu natijalardan xabardor bo‘lgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin.
(99-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda e’tirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qondirish navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
100-modda. Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish
Kreditorlarning tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlangan talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 99-moddasida belgilangan muddatlarda berilgan e’tirozlari iqtisodiy sud tomonidan mazkur e’tirozlar olingan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan e’tirozlar asosli deb topilgan bo‘lsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlar e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish chog‘ida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablarini ko‘rib chiqishda preyuditsial kuchga ega bo‘ladi.
(100-moddaning birinchi — uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor xodimlari vakilining mehnat haqi to‘lash va mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha qarzning miqdori va tarkibi to‘g‘risidagi e’tirozlari ham ushbu moddada belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
101-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish
Qarzdorning mol-mulki egasi yoki ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan tuziladi.
Yirik bitimlarga balans qiymati qarzdorning ko‘chmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keluvchi bitimlar kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb e’tirof etiladi.
102-modda. Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish
Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
(102-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Tashqi boshqaruvchi qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat barcha taraflar tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda rad etishga haqli:
(102-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdorning shartnomasini bajarish muqoyasa qilsa bo‘ladigan holatlarda tuziladigan ayni shunday shartnomalarga qiyoslanganda qarzdor uchun zarar keltiradigan bo‘lsa;
shartnoma uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga tuzilgan) yoki faqat uzoq istiqbolda qarzdor uchun ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa.
Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish faqat barcha taraflar tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga monelik qiluvchi boshqa holatlar bo‘lgan taqdirda ham bildirilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda shartnoma barcha taraflar tomonidan shunday shartnoma yuzasidan tashqi boshqaruvchining shartnomani bajarishdan bosh tortishi to‘g‘risidagi arizasi olingan paytdan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Shartnomani tuzgan taraflardan biri, agar unga nisbatan qarzdor rad qilishni bildirgan bo‘lsa, qarzdordan shartnomani bajarishdan bosh tortganlik oqibatida kelib chiqqan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.
103-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi
Qarzdor tuzgan bitim, shu jumladan uning tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar tuzgan bitimi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(103-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
Qarzdor bilan manfaatdor shaxs o‘rtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilgan bo‘lsa yoki zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor bilan muayyan kreditor yoki o‘zga shaxs o‘rtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitim qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha ayrim kreditorlarning talablari boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qondirilishiga olib kelsa, tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin yoki bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini to‘lash (ajratib berish) bilan bog‘liq bo‘lgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim bo‘yicha olingan barcha mol-mulk (pul mablag‘lari) esa qarzdorga qaytariladi. Bunday holda ishtirokchi ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq to‘rtinchi navbatdagi kreditor deb e’tirof etiladi
(103-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
104-modda. Qarzdorning tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari
Qarzdorning tashqi boshqaruv joriy etilishi jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining yigirma foizidan ortiqrog‘ini tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlarni istisno etganda, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi roziligi bilan tuzilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi normalari buzilgan holda tuzilgan bitimlar, agar ular ilgari qarzdorning tashqi boshqaruvchisi vazifasini bajargan shaxs tomonidan tuzilgan bo‘lsa, kreditorning, shuningdek yangi tayinlangan tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(104-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
105-modda. Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi
Qarzdorning iste’molga, shu jumladan mehnatga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlarining ko‘payishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi roziligi bilan qabul qilinishi mumkin, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(105-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
106-modda. Tashqi boshqaruv rejasi
Tashqi boshqaruvchi bu ishga tayinlanganidan keyin bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etishi kerak.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari to‘planmasa, iqtisodiy sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish to‘g‘risida ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilinadi.
(106-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash muddati.
Qarzdorning to‘lov qobiliyati ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan bankrotlik alomatlari bo‘lmagan taqdirda tiklangan deb e’tirof etiladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv jarayoni haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xo‘jalik faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi lozim, bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlarini qondirish va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning mol-mulkini sotib oluvchiga o‘tadigan hollar bundan mustasno.
107-modda. Tashqi boshqaruv rejasini ko‘rib chiqish
Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqiladi, yig‘ilish tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida yozma shaklda xabar qiladi hamda mazkur yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi.
Kreditorlar yig‘ilishida tashqi boshqaruvchi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Tashqi boshqaruv rejasi, agar yig‘ilishda ishtirok etayotgan kreditorlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, tasdiqlangan deb hisoblanadi.
Kreditorlar yig‘ilishi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
(107-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda tashqi boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ayni bir paytda tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzodni tasdiqlagan holda ozod qilish haqidagi tegishli iltimosnoma bilan iqtisodidy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror. Ushbu qarorda tashqi boshqaruvning yangi rejasini ko‘rib chiqish uchun kreditorlarning keyingi yig‘ilishi chaqiriladigan sana nazarda tutilgan bo‘lishi va bu muddat kreditorlar yig‘ilishi mazkur qarorni chiqargan kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi kerak.
(107-moddaning to‘rtinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar yig‘ilishida tasdiqlangan tashqi boshqaruv rejasi va kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
(107-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar ushbu moddaning birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarda iqtisodiy sudga tashqi boshqaruv rejasi taqdim etilmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
(107-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
108-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish
Kreditorlarning yig‘ilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv muddati belgilangan dastlabki muhlatdan ortiq bo‘lsa, agar tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun yetarli asoslar bo‘lsa, iqtisodiy sud tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muhlat ushbu Qonunning 91-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi lozim.
(108-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
109-modda. Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
debitorlik qarzlarini undirish;
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish;
uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini bajarishi;
qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish;
qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;
qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining taqdimnomasiga binoan ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaning faoliyat ko‘rsatmayotgan obyektlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida iqtisodiy sud ajrim chiqarishi mumkin.
(109-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
110-modda. Qarzdorning korxonasini (biznesini) sotish
Kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, binolari, inshootlari, uskunalari, inventari, xomashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari), uning tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlar o‘zga shaxslarga o‘tkaziladi, boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan o‘tkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘lanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(110-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan, xaridor o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Korxona (biznes) sotilayotganida korxona (biznes) sotilayotgan paytda amal qilib turgan barcha mehnat shartnomalari o‘z kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa korxonani (biznesni) sotib oluvchi ixtiyoriga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonani (biznesni) sotish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kimoshdi savdosini o‘tkazish shakli va shartlari kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(110-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-15-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Agar korxona (biznes) tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk bo‘lsa, korxonani (biznesni) sotish qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan korxonani (biznesni) sotishda boshlang‘ich narx, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonaning mol-mulkini baholovchi tashkilot o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
(110-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kimoshdi savdosini o‘tkazish shartlarida korxonani (biznesni) sotishdan tushgan pul mablag‘larini qarzdor tashqi boshqaruv muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin olishini nazarda tutish kerak.
Tashqi boshqaruvchi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish ko‘radi yoki ushbu maqsad uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etib, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘laydi. Kimoshdi savdosini o‘tkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tashqi boshqaruvchiga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lishi mumkin emas.
Tashqi boshqaruvchi korxona (biznes) ochiq kimoshdi savdosida sotilishi to‘g‘risidagi e’lonni rasmiy nashrda kimoshdi savdosi o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin e’lon qilishi shart. E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
korxona (biznes) to‘g‘risidagi ma’lumotlar va u bilan tanishish tartibi;
kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun talabnomalar berish muddatlari, vaqti va joyi;
korxonani (biznesni) sotishning boshlang‘ich narxi;
kimoshdi savdosini o‘tkazish va uning yakunlarini chiqarish vaqti hamda joyi;
oldi-sotdi shartnomasini tuzish va to‘lovlar shartlari hamda muddatlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa ma’lumotlar.
(110-modda o‘n birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Agar e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda bitta ham talabnoma olinmagan bo‘lsa yoki bitta ishtirokchidan talabnoma olingan bo‘lsa, korxonani (biznesni) sotish bo‘yicha kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi va ushbu moddaning sakkizinchi — o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda takroriy kimoshdi savdosi o‘tkaziladi. Agar korxona (biznes) birinchi kimoshdi savdosida sotilmagan bo‘lsa ham takroriy kimoshdi savdosi o‘tkaziladi.
Takroriy kim oshdi savdosini o‘tkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish to‘g‘risidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan e’tiboran o‘n besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran kamida o‘n besh kunlik muddat o‘tgach, o‘tkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga ko‘ra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
(110-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-300-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasi kimoshdi savdosi g‘olibi bilan tashqi boshqaruvchi o‘rtasida kimoshdi savdosi yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay tuziladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari to‘g‘risida bayonnoma imzolaydi, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs kimoshdi savdosi bayonnomasini yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda o‘zi to‘lagan zakalatdan mahrum bo‘ladi. Zakalat summasi kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni o‘tkazishga ketgan chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdor mol-mulkining tarkibiga kiritiladi.
Agar korxona (biznes) ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda sotilmagan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi, ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga binoan korxonani (biznesni) ommaviy oferta vositasida kimoshdi savdosiga qo‘yishi va rasmiy nashrda ommaviy oferta to‘g‘risidagi taklif e’lon qilingach, kamida o‘n besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasini tuzishi mumkin.
(110-moddaning o‘n beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-300-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hollarda tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilishi lozim.
(110-moddaning o‘n oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni taklif etadi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, iqtisodiy sud tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(110-moddaning o‘n yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa tugatish massasini tashkil etadi hamda ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.
111-modda. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruvchi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkning bir qismini ochiq kimoshdi savdosida sotishni boshlashga haqli.
(111-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-15-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishi qarzdorning o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishini imkonsiz qilib qo‘ymasligi kerak.
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi o‘tkazish orqali realizatsiya qilinadi.
Kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan mol-mulkning bir qismini sotishda boshlang‘ich narx, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulkini baholovchi tashkilot o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
(111-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish bo‘yicha kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdor mol-mulkining bir qismini kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan, xaridor o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Tashqi boshqaruv jarayonida tashqi boshqaruvchi qarzdorning arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo va tayyor mahsuloti qoldiqlarini kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan, kimoshdi savdosi o‘tkazmagan holda oldi-sotdi shartnomalari asosida sotishga haqli.
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan summa tugatish massasini tashkil etadi hamda ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanishi kerak.
112-modda. Qarzdorning talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish
Qarzdorning talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish tashqi boshqaruvchi tomonidan, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lsa yoki talab qilish huquqlari kimoshdi savdosida sotilmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi talab qilish huquqlarining sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini belgilaydi.
113-modda. Qarzdor majburiyatlarining qarzdor mol-mulkining egasi yoki uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv tugagunga qadar istagan vaqtda kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la qondirishga haqli.
Qarzdorning pul majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan bajarilishiga, bunday bajarish kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la qanoatlantirgan taqdirda, yo‘l qo‘yiladi.
Kreditorning o‘zi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlarini buzganligi, xuddi shuningdek ijroni ta’minlashdan boshqacha tarzda bosh tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin bo‘lmaganda, pul mablag‘lari qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.
114-modda. Qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish
Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor aksiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ustav fondini ko‘paytirish imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan qarzdorning aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining iltimosnomasiga binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan bo‘lsa, kiritilishi mumkin.
(114-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdor aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini uning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar qarzdorning ustav fondini uning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi masalani hal qilishda e’lon qilingan aksiyalarning qarzdor ustavida belgilangan miqdorini ko‘paytirish qismiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa, unda qarzdorning ustaviga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ustav fondini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
(114-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasining oltinchi qismiga qarang.
Qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish asosan ochiq obuna bo‘yicha ularning haqini faqat pul mablag‘lari bilan to‘lagan holda amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning aksiyadorlari qarzdorning joylashtiriladigan aksiyalarini aksiyadorlik jamiyatining o‘zlariga tegishli aksiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar.
Qo‘shimcha aksiyalar aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirilayotgan aksiyalarning nominal qiymatidan past bo‘lmagan narxda joylashtiriladi, bunda joylashtirilayotgan aksiyalarning hammasini mazkur narxda sotish barcha kreditorlarning talablarini to‘la qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘lari to‘planishiga olib kelishi shart. Aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirish narxi qarzdorning tashqi boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi va kreditorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi. Qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun qarzdorning aksiyadorlariga beriladigan muddat kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat aksiyalarni joylashtirish boshlanadigan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kam bo‘lishi mumkin emas.
Qarzdorning aksiyadorlari o‘rtasida joylashtirilmagan qo‘shimcha aksiyalar tashqi boshqaruvchi tomonidan ochiq kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari qarzdorning aksiyadorlari bo‘lmagan, qarzdorning yangi emissiyadagi aksiyalarini sotib olgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga sotib olingan aksiyalar summasida o‘z talablarini bildirishga haqli.
(114-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
115-modda. Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish qarzdorning mol-mulki asosida bitta aksiyadorlik jamiyatini yoki bir nechta ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
(115-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish imkoniyati, agar shunday qaror qabul qilinishi uchun barcha kreditorlar ovoz bergan bo‘lsalar, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
Qarzdorning mol-mulki asosida bitta aksiyadorlik jamiyatini yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish haqida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining qarori asosida tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
(115-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Agar tashqi boshqaruv rejasida bitta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lsa, uning ustav fondiga qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan barcha mol-mulki, shu jumladan mulkiy huquqlari kiritiladi.
(115-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Agar tashqi boshqaruv rejasida bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning ustav fondlariga qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mol-mulki kiritiladi. Tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlariga qarzdorning haq tariqasida kiritilayotgan mol-mulki tarkibi tashqi boshqaruv rejasi bilan belgilanadi.
(115-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Tashkil etilayotgan jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot tomonidan qarzdor mol-mulki egasi yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organi takliflarini hisobga olgan holda aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi.
(115-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Qarzdorning aktivlari o‘rni almashtirilayotganda qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari, ish beruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatiga yoki aksiyadorlik jamiyatlariga o‘tkazilgan holda, o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalari qonunchilikda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.
(115-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga qarang.
Mol-mulkning baholash qiymati kreditorlar talablarining summasidan ortiq bo‘lsa, qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qarzdorning mol-mulki tarkibiga kiritiladi va bunday aksiyalar, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, ochiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin.
(115-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablag‘lari to‘planishini ta’minlashi kerak.
(115-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ochiq kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(115-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida sotish nazarda tutilishi mumkin.
(115-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Kreditorlarning talablarini qondirish ushbu Qonunning 133 va 134-moddalarida belgilangan navbat tartibida amalga oshirilishi lozim.
Qarzdor mol-mulkining baholash qiymati kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq talablar summasidan oshmasa, qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishni yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan taqdirda, kreditorlar yig‘ilishi mazkur qarorni qarzdorning barcha mol-mulkini aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatining ustav fondlariga qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligisiz kiritish yo‘li bilan qabul qilishi mumkin. Bunda mazkur jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot aniqlagan baholash qiymati asosida belgilanadi. Bunday hollarda qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish o‘tkazilgunga qadar tashqi boshqaruvchi tomonidan ish haqi bo‘yicha, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlar va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiy to‘lovlar va talablar bo‘yicha majburiyatlari bir xil — teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan, shuningdek jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulklariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari bo‘yicha qarzlar uzilishi shart.
(115-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondidagi aksiyalarni kreditorlar o‘rtasida taqsimlash kreditorlarning talablari reyestridagi o‘z ulushiga mutanosib ravishda, kreditorlarga aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari (aksiyadorlari) bo‘lish huquqi berilgan holda amalga oshiriladi.
(115-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tashqi boshqaruvchi ushbu Qonunning 142-moddasi talablariga muvofiq hisobot tayyorlaydi va ushbu Qonunning 144-moddasida belgilangan tartibda qarzdor korxonaning bankrotligi taomilini tugallaydi.
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish bankrotlik taomili qaysi bank, sug‘urtalovchi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisiga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu bank, sug‘urtalovchi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisiga nisbatan qo‘llanmaydi.
116-modda. Tashqi boshqaruvchining hisoboti
Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari to‘plangan taqdirda kreditorlar yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yig‘ilishi tomonidan hisobotni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, iqtisodiy sudga hisobot taqdim etishi shart.
(116-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar bo‘lishi kerak:
qarzdorning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi;
pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot;
qarzdorning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘lari bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning kreditorlik qarzini uzish imkoniyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yig‘ilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga o‘tish to‘g‘risidagi taklif;
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi taklif;
tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi taklif;
tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi taklif.
(116-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
117-modda. Tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish
Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagandan keyin o‘n kundan kechiktirmay yoki tashqi boshqaruvni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar yuzaga kelganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay yoxud kreditorlar yig‘ilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan kreditorlar yig‘ilishi chaqirilgan taqdirda bir oydan kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarni tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarga tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugashiga kamida o‘n besh kun qolganida yoki kreditorlar yig‘ilishini chaqirishning belgilangan sanasiga kamida o‘n kun qolganida tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan oldindan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
tashqi boshqaruvning belgilangan muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
(117-moddaning to‘rtinchi qismi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror.
118-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan keyin besh kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar yig‘ilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi lozim.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi. Iqtisodiy sudning majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga monelik qilmaydi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti, agar kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qanoatlantirilgan bo‘lsa yoki qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tilishi munosabati bilan kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa yoki kreditorlar yig‘ilishi tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa yoxud tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida iltimosnoma bergan bo‘lsa yoki kreditorlar bilan qarzdor o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan bo‘lsa yoxud kreditorlar yig‘ilishi tomonidan tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Iqtisodiy sud, agar quyidagilar aniqlangudek bo‘lsa, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi:
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablari qanoatlantirilmaganligi;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi alomatlari yo‘qligi;
muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asoslar yo‘qligi;
kelishuv bitimini tasdiqlash uchun monelik borligi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud, agar:
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar talablari qanoatlantirilgan bo‘lsa yoki kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqida;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruvni tugatish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qondirilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish haqida;
kreditorlar yig‘ilishining yoki tashqi boshqaruvchining muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi qondirilgan taqdirda, muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida;
tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma qondirilgan taqdirda, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish haqida;
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Kreditorlar yig‘ilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘lsa, shuningdek tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni iqtisodiy sud rad etgan yoki tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida taqdim etilmagan yoxud uning ushbu Qonun 117-moddasi to‘rtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qarorlaridan hech biri qabul qilinmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(118-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
119-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarish oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risida iqtisodiy sud chiqargan ajrimda kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish muddati belgilanadi, bu muddat mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran olti oydan oshmasligi lozim.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin tugatiladi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilinmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(119-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
120-modda. Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risida ajrim chiqarish oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Iqtisodiy sudning muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar belgilab qo‘yiladi:
talablari qondirilishi boshlanadigan kreditorlar talablarini qondirish navbati;
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran ikki oydan oshmasligi shart bo‘lgan muddati;
bunday navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish nisbatlari.
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qondirilishi lozim bo‘lgan talablari iqtisodiy sud tomonidan aniqlangan taqdirda, iqtisodiy sud kreditorlarning talablarini qondirish tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, kreditor muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan sanadan uning talablari tegishlicha to‘la yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga qadar to‘lanmagan summaga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida belgilangan miqdorda foizlar hisoblanishini talab qilishga haqli.
(120-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
121-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risidagi ajrim yoki muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
(121-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 133, 134 va 138-moddalariga qarang.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyati bajarilgan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
122-modda. Kreditorlar talablarining qanoatlantirilishi
Kreditorlarning qondirilgan talablari, shuningdek voz kechish haqi yoki majburiyatlarning yangilanishi yoxud pul majburiyatlari o‘zgacha tarzda tugatilganligi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan talablar hamda ushbu Qonunning 134 va 138-moddalariga muvofiq qondirilgan deb e’tirof etiladigan boshqa talablar qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
123-modda. Tashqi boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tartibi
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishning tugatilishi yoki iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi tashqi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
(123-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar tashqi boshqaruv kelishuv bitimi tuzilishi yoki kreditorlarning talablari qanoatlantirilishi bilan tamomlansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar saylangunga (tayinlangunga) qadar qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbarini saylash (tayinlash) to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun qarzdorning boshqaruv organini o‘z tashabbusi bilan chaqirishga haqli. Qarzdorning va qarzdor mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tiklanadi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisiga ishlarni topshirgunga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni unga topshirishi shart.
(123-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
VII BOB. TUGATIShGA DOIR ISh YURITISh
124-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Tugatishga doir ish yuritish muddati to‘qqiz oydan oshishi mumkin emas. Zarurat bo‘lganda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat ko‘pi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish uchun quyidagi holatlar asos bo‘lishi mumkin:
iqtisodiy sud ishini yuritishda qarzdor yuridik shaxsning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daxl qiluvchi ishning mavjudligi;
qarzdor yuridik shaxsning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 56-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaxslari tomonidan qarzdor yuridik shaxsning va uning kreditorlarining manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari bo‘yicha jinoyat ishining mavjudligi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 180, 181 va 1811-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
tugatish boshqaruvchisining tugatish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning ajrimida ko‘rsatilgan qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish zarur bo‘lganda;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi tomonidan aniqlangan qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish zarur bo‘lganda.
(124-modda uchinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yig‘ilishining va (yoki) tegishli davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga ko‘ra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan amalga oshirilishini ko‘rsatishi mumkin. Bunda qarzdor yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan shartnomalarini bajarishni to‘xtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan alohida kreditor yoki boshqa shaxs bilan tuzilgan bitim, agar bunday bitim bir kreditorning boshqa kreditor oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini afzalroq tarzda qanoatlantirishga olib kelsa, tugatish boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish taomili, agar ikki hisobot choragi yakunlariga ko‘ra faoliyatdan ketma-ket zarar ko‘rilgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topiladi.
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirishni bekor qilishi va tugatishga doir ish yuritishning umumiy taomiliga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
(124-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
125-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran:
(125-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq yoki uning mol-mulkini uchinchi shaxslar foydalanishi uchun topshirishga sabab bo‘luvchi bitimlar tuzishga faqat ushbu bobda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
qarzdorning barcha pul majburiyatlarini bajarish muddati, shuningdek kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi;
mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya va jarimalar hisoblash to‘xtatib turiladi;
(125-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-343-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
qarzdorning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiy toifaga (shu jumladan tijorat siriga) mansubligini yo‘qotadi;
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga doir barcha cheklovlar olib tashlanadi;
ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, majburiy to‘lovlar bo‘yicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin, mulk huquqini e’tirof etish, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talablar, shuningdek joriy to‘lovlar bo‘yicha talablar bundan mustasno.
Tugatishga doir ish yuritish boshlanishidan oldin, mazkur ish yuritish boshlangandan keyin olingan hosilga, mahsulotga va qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan olingan daromadlarga nisbatan kreditorning o‘z talablarini bajarish ta’minoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
(125-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisiga muvofiq ijro etilishi tugatilgan ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga o‘tkazilishi lozim. Qarzdorning barcha majburiyatlari bajarilishiga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida yo‘l qo‘yiladi.
(125-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan bo‘lsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi (qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi), qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish bo‘yicha mulkdorning vakolatlari tugatiladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
(125-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ushbu bobda belgilangan hollarda tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning ishtirokchilari (muassislari) bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlariga ega bo‘ladilar.
126-modda. Tugatish boshqaruvchisi
Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilayotganda tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin.
(126-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
127-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish tugatish boshqaruvchisi tomonidan ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida e’lon qilinayotgan ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
bankrot deb topilgan qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va boshqa rekvizitlari;
bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritayotgan iqtisodiy sudning nomi va ishning tartib raqami;
(127-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida iqtisodiy sud qaror qabul qilgan sana;
(127-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kreditorlar talablarini qo‘yishning belgilangan muddati, bu muddat mazkur e’lon chiqqan sanadan e’tiboran kamida bir oy bo‘lishi shart;
(127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-300-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
qarzdorga o‘z talablarini bildirishlari uchun kreditorlarning pochta manzili;
tugatish boshqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tugatish boshqaruvchisi boshqaruvchilikka tayinlangan paytdan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay rasmiy nashrda e’lon qilish uchun yuborishi lozim.
128-modda. Tugatish boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan e’tiboran qarzdorning ishlarini boshqarish hamda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha barcha vakolatlar uning zimmasiga o‘tadi.
Tugatish boshqaruvchisi quyidagilarga haqli:
qarzdorning mol-mulkini ushbu Qonunning 101-moddasiga muvofiq tasarruf etish;
xodimlar bilan, shu jumladan qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish;
qarzdorning shartnomalarini bajarishdan ushbu Qonunning 102-moddasida belgilangan tartibda bosh tortish;
tugatishga doir ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlar yig‘ilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olish;
(128-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdor tomonidan tuzilgan bitimlarni, agar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘lsa, haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’volar taqdim etish;
(128-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
qarzdorni bankrotlikka olib kelganligi munosabati bilan uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladigan uchinchi shaxslarga nisbatan talablar qo‘yish. Mazkur talablarning miqdori kreditorlar talablarining summasi bilan tugatish massasi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Undirilgan summalar tugatish massasiga qo‘shiladi va ulardan faqat kreditorlarning talablarini qondirish uchun ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida belgilangan navbat tartibida foydalanilishi mumkin.
(128-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatish boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(128-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatish boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulkini o‘z tasarrufiga qabul qilishi, uni inventarizatsiya qilishi va baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi, uning but saqlanishi choralarini ko‘rishi;
(128-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etishi;
kreditorlar yig‘ilishini va kreditorlar qo‘mitasini chaqirishi;
qarzdor oldidagi qarzlarni undirish choralarini ko‘rishi;
qarzdor tugatilganda uning xodimlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinajagi to‘g‘risida ularni xabardor etishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi va ularning talablarini ko‘rib chiqishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
(128-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirish, aniqlash va qaytarishga qaratilgan choralarni ko‘rishi;
qarzdorning qonunchilikka muvofiq saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarini saqlashga topshirishi shart.
(128-modda to‘rtinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Tugatish boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(128-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhr va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tugatish boshqaruvchisiga topshirilishini ta’minlaydi. Mazkur majburiyatni bajarishdan bosh tortilsa, qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi), shu jumladan qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(128-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
129-modda. Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
bankrotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kreditorlarning talablarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati;
bankrot mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligi;
sotilishi lozim bo‘lgan mol-mulk ro‘yxati;
mol-mulkni sotish sanasi, vaqti, joyi va usuli;
sud xarajatlarini to‘lash, tugatish boshqaruvchisiga, ekspertlar va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq to‘lash shartlari.
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi kreditorlar yig‘ilishi bilan kelishib olinishi kerak va reja, agar talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ma’qullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi ma’qullanmagan bo‘lsa, kreditorlar esa bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir rejasini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa, tugatish boshqaruvchisi o‘z rejasini tasdiqlaydi.
Agar qarzdorning o‘zi bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish tashabbuskori bo‘lsa, u o‘z tugatish rejasini taqdim etishga haqli.
Bankrot yuridik shaxsni tugatishning tasdiqlangan rejasi asosida mol-mulk sotiladi hamda kreditorlarning qarzdorga qo‘yadigan talablari ushbu Qonunning 133, 134, 135 va 169-moddalarida belgilangan tartibda qondiriladi.
130-modda. Tugatish massasi
Bankrot yuridik shaxsning barcha aktivlari, balanslarda ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, tugatish massasini shakllantiruvchi asosni tashkil etadi.
Tugatish massasiga quyidagilar kirmaydi:
qarzdor xodimlarining xususiy mulkidagi mol-mulk;
ishonchli boshqaruvdagi, qarzdor ijara huquqi asosida foydalanayotgan mol-mulk;
garov narsasi, ushbu Qonunning 133-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
qarzdorga javobgarlik asosida saqlash uchun berilgan tovarlar;
qonunchilikka muvofiq qarzdorning mulki bo‘lmagan boshqa mol-mulk.
(130-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning balansida belgilanganidan boshqa maqsadda, shu jumladan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari bo‘lsa, qarzdor bankrot deb e’lon qilingan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida ular qoldiq qiymati bo‘yicha tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga topshiriladi.
131-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va qiymatini belgilaydi. Tugatish boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotni va boshqa mutaxassislarni, ularning xizmatlari uchun haqni, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan haq to‘lashning boshqa manbai belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan to‘lagan holda, jalb etishga haqli. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaning mol-mulki baholanayotganda baholovchi tashkilot jalb etilishi shart. Qarzdorning kreditorlari yig‘ilishi yoki kreditorlari qo‘mitasi mazkur xizmatlar haqini to‘lash majburiyati yuklanadigan, qilgan xarajatlari keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari qoplanadigan shaxsni, agar uning o‘zi rozi bo‘lsa, tayinlashga haqli.
Agar tugatishga doir ish yuritish jarayonida haq to‘lash ko‘chmas mol-mulk bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, mazkur mol-mulk, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uni sotishdan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda o‘tkaziladi.
(131-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
132-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning hisobvaraqlari
Tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning so‘mda ish yuritadigan yagona va valyutada ish yuritadigan yagona hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda qarzdorning yagona hisobvaraqlari deb yuritiladi) foydalanishi shart. Qarzdorning bankdagi tugatishga doir ish yuritish boshlanayotgan paytda ma’lum bo‘lgan, shuningdek tugatishga doir ish yuritish jarayonida aniqlangan boshqa hisobvaraqlari aniqlanishi bilanoq tugatish boshqaruvchisi tomonidan yopilishi lozim. Qarzdorning ana shu hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari qoldig‘i qarzdorning yagona hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelib tushgan pul mablag‘lari ham qarzdorning yagona hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Qarzdorning yagona hisobvaraqlaridan kreditorlarga to‘lovlar ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi hamda quyidagilar to‘lanadi:
tugatish boshqaruvchisiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
qarzdorning kommunal xizmatlar va foydalanish xarajatlariga oid joriy to‘lovlari;
bankrotlik taomillari jarayonida yuzaga kelgan ma’lumotlarni e’lon qilish, shuningdek qarzdorning kreditorlarini xabardor qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning pul mablag‘laridan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotni kreditorlar yig‘ilishiga yoki kreditorlar qo‘mitasiga ularning talabiga binoan taqdim etadi.
133-modda. Kreditorlarning qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish
Kreditorlarning qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulk sotilganidan keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘larning qoldig‘i kreditorlarning talablarini ushbu Qonunning 134-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantirish uchun mo‘ljallanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkini sotishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmay qolsa, talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 134-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantirilishi kerak.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkini realizatsiya qilish bo‘yicha ochiq kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy ochiq kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga o‘z talablari hisobiga o‘tkazish uchun belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkining bozor qiymati kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablaridan ko‘p bo‘lsa, bunda yuzaga kelgan farqning o‘rni mazkur mol-mulkni o‘z talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi.
Agar qarzdorning butun mol-mulki majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida qabul qilingan bo‘lsa va mazkur mol-mulkni sotishdan tushgan summa kreditorlarning qarzdorning barcha mol-mulki bilan ta’minlangan talablari summasidan kam yoki unga teng bo‘lib qolsa, ushbu kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlarning o‘rni qoplanganidan va talablar qanoatlantirilganidan keyin hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha talablar qanoatlantirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(133-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
134-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish navbati
Navbatdan tashqari — sud xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, joriy kommunal to‘lovlar va foydalanish to‘lovlari, qarzdorning mol-mulkini sug‘urta qilish xarajatlari qoplanadi, shuningdek qarzdorning bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bo‘yicha talablar hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘lsa, shu fuqaroning talablari qondiriladi.
(134-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Birinchi navbatda — ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to‘lovlar hamda talablar bo‘yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari qondiriladi.
Ikkinchi navbatda majburiy to‘lovlar bo‘yicha, majburiy sug‘urta bo‘yicha, banklarning kreditlari va bank kreditlari sug‘urtasi bo‘yicha talablar, shuningdek kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlangan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi tufayli qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi borasidagi talablari hamda kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlanmagan talablari qanoatlantiriladi.
(134-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Uchinchi navbatda — aksiyalar egalarining hisoblangan dividendlar bo‘yicha talablari qondiriladi.
To‘rtinchi navbatda — qolgan barcha talablar qondiriladi.
Har qaysi keyingi navbat bo‘yicha talablar oldingi navbat talablari to‘la qanoatlantirilganidan keyin qondiriladi.
Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini to‘la qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim bo‘lgan summaga mutanosib ravishda qondiriladi.
Oxirgi to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida rasmiy nashrda maxsus xabar e’lon qilinadi.
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish xarajatlari to‘langanidan keyingi qoldig‘ini, shuningdek tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkni tugatilayotgan qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi oladi, ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mol-mulk yetmaganligi uchun qondirilmagan qarz majburiyatlari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
(134-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
135-modda. Qarzdorning mol-mulkini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi, ushbu mol-mulkni ochiq kimoshdi savdosida sotishga kirishadi.
(135-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-15-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak.
Agar tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi o‘z takliflarini kreditorlarga taqdim etgan paytdan e’tiboran bir oy ichida qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullanmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi yoxud tugatish boshqaruvchisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Mazkur kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish yakunlariga qarab iqtisodiy sud yo mol-mulkni sotish tartibi va muddatlarini (jadvalini) tasdiqlaydi, yoki tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qiladi.
(135-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida mol-mulkni sotish muddatlariga (jadvaliga) o‘zgartishlar kiritishni talab etuvchi holatlar yuzaga kelsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oylik muhlat ichida muddatlarni (jadvalni) o‘zgartirish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishi va kreditorlar yig‘ilishiga yoki kreditorlar qo‘mitasiga taqdim etishi shart.
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki faqat yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Yopiq kimoshdi savdosida qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirok etadilar.
Tugatish boshqaruvchisi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish ko‘rishi yoki kimoshdi savdosini o‘tkazishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Kimoshdi savdosini o‘tkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tugatish boshqaruvchisiga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lishi mumkin emas.
Qarzdorning korxonasini (biznesini) yoki mol-mulkining bir qismini sotish ushbu Qonunning 110 va 111-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qonunchilikda ayrim qarzdor korxonani (biznesni) yoki uning mol-mulki bir qismini banklarga sotishning yoki o‘tkazishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
(135-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
136-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning talab qilish huquqlarini sotish
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning talab qilish huquqlarini, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan qarzdorning talab qilish huquqlarini sotishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa, ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yishga haqli.
Qarzdorning talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 112-moddasida nazarda tutilgan normalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
137-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida, basharti shunday qaror qabul qilinishini yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan bo‘lsa, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qarzdorning aktivlari o‘rni almashtirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlarini joylashtirish uchun qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligi talab qilinmaydi.
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish ushbu Qonunning 115-moddasida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladi.
138-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar bilan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq hisob-kitob qiladi.
Pul mablag‘larini kreditorning hisobvarag‘iga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, unga tegishli summa qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) notarius yoki sud depozitiga tugatish boshqaruvchisi tomonidan o‘tkazilib, bu haqda kreditorga xabar qilinadi. Mazkur summa notarius yoki sud depozitiga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida kreditor tomonidan olinmasa, bu summa tegishincha notarius yoki sud tomonidan davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Tugatishga doir ish yuritishni boshlashning e’lon qilingan ma’lumotda belgilangan kreditorlar talablarini taqdim etish muddati tugaganidan keyin kreditorlar tomonidan bildirilgan talablar, shuningdek tugatishga doir ish yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar, ular qaysi muddatda taqdim etilganidan qat’i nazar, qarzdorning belgilangan muddatda bildirilgan kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulklaridan qondiriladi. Bunday talablarni qarzdorning kreditorlarning belgilangan muddatda bildirilgan talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkidan qondirish navbati ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Qondirilgan talablar, shuningdek voz kechish haqi to‘g‘risida bitimga erishilgan talablar yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan hisobga olinishi bildirilgan yoxud majburiyatlarni tugatishning boshqa asoslari bo‘lgan talablar kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari deb hisoblanadi. Talabni hisobga olish, shuningdek voz kechish haqi orqali talabni qanoatlantirishga faqat bildirilgan talablarni qondirishning navbati va nisbati prinsipiga rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Voz kechish haqi to‘g‘risida bitim imzolash yo‘li bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga mazkur bitim kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi bilan kelishilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Tugatishga doir ish yuritishda qarzdorning majburiyatlarini yangilash to‘g‘risida bitim tuzish yo‘li bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditorlarning qarzdor mol-mulki yetarli bo‘lmaganligi sababli qondirilmagan talablari ham qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi. Tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarning tan olinmagan talablari ham, agar kreditor iqtisodiy sudga murojaat etmagan bo‘lsa yoki bunday talablar iqtisodiy sud tomonidan asossiz deb topilgan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi.
(138-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlarning talablari reyestriga kreditorlar talablari qanoatlantirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi.
139-modda. Tugatish boshqaruvchisining faoliyatini nazorat qilish
Tugatish boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yig‘ilishiga yoki kreditorlar qo‘mitasiga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot, qarzdorning moliyaviy ahvoli hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdagi va ish yuritish jarayonidagi mol-mulki to‘g‘risida axborot, shuningdek, boshqa axborot taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisi hisobotida quyidagilar bo‘lishi kerak:
shakllantirilgan tugatish massasi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qilish jarayoni va yakunlari to‘g‘risidagi, qarzdorning mol-mulkini baholash jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning yagona hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larining summasi, mazkur tushumlarning manbai to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish jarayoni haqidagi ma’lumotlar, mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalar ko‘rsatilgan holda;
uchinchi shaxslarga nisbatan qarzni undirish haqida tugatish boshqaruvchisi tomonidan qo‘yilgan talablar, shu jumladan sud tartibida qo‘yilgan talablar miqdori va summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, shuningdek qarzdorning uchinchi shaxslar egaligida turgan mol-mulkini aniqlash va talab qilib olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortilishini bildirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning kreditorlarning talablari reyestrini yuritishga oid ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kreditorlarning reyestrga kiritilgan talablarining umumiy miqdorini va har bir navbat bo‘yicha talablari miqdorini alohida-alohida ko‘rsatgan holda;
qarzdorning tugatishga doir ish yuritish davrida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan xodimlari hamda qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomalari tugatishga doir ish yuritish davrida bekor qilingan xodimlarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning hisobvaraqlarini yopish bo‘yicha tugatish boshqaruvchisi amalga oshirgan ishlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tugatishga doir ish yuritishni o‘tkazish xarajatlarining summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning maqsadini ko‘rsatgan holda.
Tugatish boshqaruvchisining hisobotida qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritish jarayoni haqidagi boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak, ularning tarkibi tugatish boshqaruvchisining o‘zi tomonidan, shuningdek kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi yoxud iqtisodiy sud talablari bilan belgilanadi.
(139-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sudning talabiga binoan tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazishga taalluqli barcha ma’lumotlarni mazkur sudga taqdim etishi shart.
(139-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
140-modda. Tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod etish
Tugatish boshqaruvchisi o‘z vazifasini bajarishdan iqtisodiy sud tomonidan quyidagilarga ko‘ra ozod etilishi mumkin:
(140-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining iltimosnomasiga binoan yoxud bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida;
o‘z arizasiga binoan;
qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda.
(140-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasiga qarang.
Iqtisodiy sud tugatish boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish bilan bir vaqtda yangi tugatish boshqaruvchisini ushbu Qonunning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi.
(140-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(140-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
141-modda. Tashqi boshqaruvga o‘tish imkoniyati
Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi va (yoki) tashqi boshqaruv taomili joriy etilgan bo‘lmasa, tugatishga doir ish yuritish mobaynida esa qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar, shu jumladan moliyaviy tahlil ma’lumotlari bilan tasdiqlangan asoslar paydo bo‘lsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar aniqlangan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga o‘tish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish maqsadida qarzdorning kreditorlari yig‘ilishini chaqirishi shart.
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga o‘tish haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror shunday qarorni qabul qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqayotgan kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan paytdagi holatga ko‘ra qanoatlantirilmagan kreditorlar talablari umumiy miqdorining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga o‘tish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi kreditorlar yig‘ilishining qarorida tashqi boshqaruvning taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek bu nomzod haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
(141-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
142-modda. Tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritishni o‘tkazish natijalari haqidagi hisoboti
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sudga tugatishga doir ish yuritishni o‘tkazish natijalari haqida hisobot taqdim etishi shart.
(142-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatishga doir ish yuritishni o‘tkazish natijalari haqidagi hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
qarzdorning mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlarning talablari reyestri, kreditorlar talablarining qanoatlantirilgan miqdorini ko‘rsatgan holda;
kreditorlar talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
qarzdorning ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(142-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1421-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
143-modda. Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki
Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini uzish hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor tomonidan yozma xabarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi.
(143-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-300-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki, shuningdek qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki to‘g‘risida kreditorlar mazkur mol-mulkni o‘z talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda va agar qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida ariza taqdim etgan bo‘lmasa, mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi.
(143-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xabarnoma olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni qoplaydi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki qabul qilishdan bo‘yin tovlangan taqdirda tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulk qabul qilishga undash to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Iqtisodiy sud mol-mulk topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
(143-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki, agar kreditorlar mazkur mol-mulkni o‘z talablarini qanoatlantirish uchun bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritishning belgilangan muddatida qabul qilishni rad etgan bo‘lsa, davlat mulkiga o‘tadi hamda tugatish boshqaruvchisi uni mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga topshiradi. Iqtisodiy sud mol-mulk topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
(143-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
144-modda. Tugatishga doir ish yuritish taomilini tamomlash
Tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot ko‘rib chiqilganidan keyin iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi zimmasiga mazkur ajrimni yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga o‘n kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.
(144-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sudning ajrimi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi to‘g‘risida yozuv kiritilishi uchun asos bo‘ladi. Reyestrga tegishli yozuv iqtisodiy sudning mazkur ajrimi taqdim etilgan paytdan e’tiboran uch kundan kechiktirmay kiritilishi lozim.
(144-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.
VIII BOB. KELIShUV BITIMI
145-modda. Kelishuv bitimi tuzish tartibi
Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.
(145-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qarorni kreditorlar nomidan kreditorlar yig‘ilishi qabul qiladi. Kreditorlar yig‘ilishining kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qarori kreditorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va qaror, basharti qarzdorning garov bilan ta’minlangan mol-mulki majburiyatlari bo‘yicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Kreditor vakilining kelishuv bitimini tuzish masalasi haqida ovoz berish borasidagi vakolatlari uning ishonchnomasida alohida nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror qarzdor nomidan tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoxud qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan qabul qilinadi.
(145-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan uchinchi shaxslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu haqda ajrim chiqarilib, unda bankrotlik to‘g‘risida ish yuritishni tugatish ko‘rsatiladi. Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror ijro etilmasligi ko‘rsatiladi.
(145-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi qarzdor, kreditorlar, shuningdek kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxslar uchun iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ular uchun majburiy hisoblanadi. Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(145-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi tuzishni yoqlab ovoz bergan kreditor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan yoxud ovoz berishda qatnashmagan kreditorlar oldida qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatini bajarishga haqli. Bunday hollarda kreditor qarzdor uchun taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart, qarzdorning majburiyatlarini bajargan shaxsga kreditorning majburiyat bo‘yicha huquqlari o‘tadi.
Uchinchi shaxslar kelishuv bitimi bo‘yicha qarzdor tomonidan pul majburiyatlari qondirilishi va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyati bajarilishi kafilligini yoki kafolatini berishga, xuddi shuningdek uning lozim darajada bajarilishini boshqacha tarzda ta’minlashga haqli. Agar kelishuv bitimining sharti qarzdorning mol-mulkini uchinchi shaxs foydasiga o‘tkazishdan iborat bo‘lsa, bitim mazkur mol-mulk kreditorlarning talablari faqat uchinchi shaxs tomonidan qanoatlantirilishini ta’minlovchi garovga berilgan taqdirda tuzilishi mumkin.
146-modda. Bankrotlik taomillarida kelishuv bitimini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
Kuzatuv va sud sanatsiyasi chog‘ida qarzdorning kelishuv bitimini tuzishi to‘g‘risidagi qarorni uning rahbari, mazkur rahbar vazifasini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda esa sud boshqaruvchisi qabul qiladi.
Agar kelishuv bitimi qarzdor uchun qonunchilikka yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorning boshqaruv organlari qarori (ma’qullashi) asosida tuziladigan bitim hisoblansa, qarzdor nomidan kelishuv bitimini tuzish to‘g‘risidagi qaror tegishli qarordan (ma’qullashdan) keyin qabul qilinishi mumkin. Tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish taomillarida kelishuv bitimini tuzishda bunday qaror (ma’qullash) talab qilinmaydi.
(146-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorga, sud boshqaruvchisiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor uchinchi shaxslar ishtirokida kelishuv bitimi tuzilayotganda kelishuv bitimida uning manfaatdorlik nazarda tutilgan bitim ekanligi haqidagi, bunday manfaatdorlik xususiyati ko‘rsatilgan axborot bo‘lishi kerak. Kelishuv bitimi kreditorlarning bajarilish muddati bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgan sanada boshlangan talablariga nisbatan tatbiq etiladi, bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bundan mustasno.
147-modda. Kelishuv bitimining shakli
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi.
Qarzdor nomidan kelishuv bitimini tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs, qarzdorning rahbari yoki sud boshqaruvchisi imzolaydi. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini kreditorlar yig‘ilishi tomonidan vakolat berilgan shaxsning o‘zi imzolaydi.
(147-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Agar kelishuv bitimida uchinchi shaxslar ishtirok etayotgan bo‘lsa, ular nomidan kelishuv bitimini shu shaxslarning o‘zi yoki ularning vakillari imzolaydi.
148-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Kelishuv bitimida qarzdor pul majburiyatlarining miqdori, ularni bajarish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi va (yoki) voz kechish haqini berish, majburiyatlarni yangilash, qarzni kechish yo‘li bilan yoxud qarzdorning pul majburiyatlarini qonunchilikda nazarda tutilgan o‘zga usullar bilan tugatish to‘g‘risidagi qoidalar bo‘lishi kerak.
(148-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 33-bandiga qarang.
Kelishuv bitimida quyidagi shartlar ko‘rsatilishi mumkin:
pul majburiyatlarining to‘lovi kechiktirilganligi yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi to‘g‘risidagi shartlar;
qarzdorning talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish to‘g‘risidagi shartlar;
qarzdorning pul majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish to‘g‘risidagi shartlar;
qarzlardan siylov berish to‘g‘risidagi shartlar;
qonunchilikka muvofiq majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi shartlar;
kreditorlarning talablarini qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan qondirish to‘g‘risidagi shartlar.
(148-modda ikkinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 9-bobiga (Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash) qarang.
Kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan, shuningdek uni tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlar uchun kelishuv bitimining shartlari uni tuzishni yoqlab ovoz bergan, shu navbatning o‘zidagi kreditorlar uchun belgilangan shartlardan yomon bo‘lishi mumkin emas.
Agar kelishuv bitimida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi mol-mulk garovi saqlanib qoladi.
149-modda. Kelishuv bitimini iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlash shartlari
(149-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi faqat xarajatlar qoplanganidan va ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablar hamda ish haqini to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha talablar qondirilganidan keyin iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
(149-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi kelishuv bitimi imzolangan paytdan e’tiboran besh kun ichida iqtisodiy sudga kelishuv bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi ariza taqdim etishi kerak.
(149-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
kelishuv bitimining matni;
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi;
qarzdor kreditorlarining talablari reyestri;
ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar qoplanganligini va talablar qondirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma e’tirozlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa hujjatlar.
(149-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud kelishuv bitimi ko‘rib chiqiladigan sana haqida manfaatdor taraflarni xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga monelik qilmaydi.
(149-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
150-modda. Kelishuv bitimini iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlash oqibatlari
(150-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish jarayonida iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishning tugatilishiga asos bo‘ladi.
(150-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan paytdan e’tiboran sud boshqaruvchilarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdor yuridik shaxsning tashqi boshqaruvchisi va tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari tayinlangunga (saylangunga) qadar o‘z vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.
(150-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan e’tiboran tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi yoki uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni uzishga kirishadi.
(150-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
151-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning iqtisodiy sud tomonidan rad etilishi
Ushbu Qonunning 149-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash va talablarni qondirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda iqtisodiy sud kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi.
Iqtisodiy sud quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi:
kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda;
kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda;
uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda;
kelishuv bitimining shartlari qonunchilikka zid bo‘lganda.
(151-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
152-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning rad etilishi oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashning rad etilishi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan taqdirda bitim tuzilmagan deb hisoblanadi.
(152-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi yangi kelishuv bitimi tuzishga monelik qilmaydi.
(152-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
153-modda. Kelishuv bitimining haqiqiy emasligi
Qarzdor, kreditor, prokuror, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning arizasiga binoan kelishuv bitimi quyidagi hollarda iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
(153-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzallik berilishini yoki ayrim kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarga ega bo‘lsa;
bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘lsa.
(153-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
154-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topishning oqibatlari
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos bo‘ladi. Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(154-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kreditorlarning ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan, lekin kechiktirilishi va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga yo‘l qo‘yilgan talablari yoki qarzlardan siylov berilgan talablari bu talablarning qondirilmagan qismi bo‘yicha tiklanadi.
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi ushbu Qonun 149-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplangan xarajatlar va qondirilgan talablarni qarzdorga qaytarish majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
Bitimlarni haqiqiy emas deb topishning ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismida bitimlarni haqiqiy emas deb topishning qonunchilikda nazarda tutilgan oqibatlari kelib chiqadi.
(154-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114-moddasiga qarang.
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilganda qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash haqidagi xabar iqtisodiy sud tomonidan rasmiy nashrda qarzdorning mol-mulki hisobidan ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilinadi.
(154-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning kelishuv bitimi shartlari asosida hisob-kitob qilib bo‘lingan talablari, agar ushbu Qonunga zid kelmasa, qanoatlantirilgan deb hisoblanadi. Agar kreditorlarning talablari kelishuv bitimining muayyan kreditorlar ustunligini yoki boshqa kreditorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlariga muvofiq qondirilgan bo‘lsa, bunday kreditorlar kelishuv bitimini bajarish tartibida olgan barcha narsalarini qaytarishlari shart. Bunda mazkur talablar kreditorlarning talablari reyestrida tiklab qo‘yiladi.
155-modda. Kelishuv bitimini bajarmaslik oqibatlari
Kelishuv bitimi qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda kreditorlar kelishuv bitimida nazarda tutilgan hajmda, qonunchilikda belgilangan tartibda talablar taqdim etishga haqli.
(155-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 32-bandiga muvofiq agar qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan bo‘lsa, kreditorlar taalluqligiga ko‘ra umumiy yurisdiksiya sudiga yoki xo‘jalik sudiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksi talablari asosida da’vo arizasi berishga haqli.
Bankrotlik to‘g‘risida yangi ish qo‘zg‘atilgan taqdirda kelishuv bitimi qaysi kreditorlarga nisbatan tuzilgan bo‘lsa, shu kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlar asosida aniqlanadi.
IX BOB. QARZDOR YuRIDIK ShAXSLAR AYRIM TOIFALARI BANKROTLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1-§. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi
156-modda. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligining o‘ziga xos xususiyatlari
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
(156-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi va (yoki) tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, xo‘jalik boshqaruvi organi ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida e’tirof etiladi.
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 34-bandiga qarang.
157-modda. Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi
Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida, bunday qaror bo‘lmasa, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organining yoki vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning va xo‘jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan, ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan ta’minot bergan taqdirda, joriy etilishi mumkin.
(157-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tashqi boshqaruv rejasi shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona tomonidan mazkur rejani kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organi bilan, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshiruvchi korxonalar bo‘yicha esa vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora va xo‘jalik boshqaruvi organi bilan kelishib olingan bo‘lishi kerak.
Tegishincha mahalliy davlat hokimiyati organining hamda vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning, xo‘jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan ular tomonidan qarzdorning majburiyatlarni bajarishi ta’minoti ta’minlangan taqdirda, shu jumladan davlat kafolatlarini berish yo‘li bilan ta’minlanganda, iqtisodiy sud qarzdorning sud sanatsiyasiga o‘tishi to‘g‘risida, agar ilgari bunday taomil qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lmasa, qaror qabul qilishi mumkin.
(157-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
158-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish
Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi mahalliy davlat hokimiyati organining iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan uzog‘i bilan bir yil muhlatga uzaytirilishi mumkin.
(158-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona faoliyatiga investitsiya kiritish, xodimlarni ishga joylashtirish, yangi ish joylarini yaratish yo‘li bilan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari bilan korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash rejasi tashqi boshqaruvni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan ko‘proq muhlatga uzaytirish uchun asos bo‘ladi.
Tegishincha mahalliy davlat hokimiyati organining, vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning hamda xo‘jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari yuzasidan kafillik berish sharti bilan shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruv muddati besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda qarzdor va uning kafili kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlardan kechikmay kirishishi shart.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmasligi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun asos bo‘ladi.
159-modda. Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxonani hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxonani sotish shartlari
Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxona hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxona tashqi boshqaruv chog‘ida kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi korxonani hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish tanlov yoki auksion o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shaharni tashkil etuvchi korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
shaharni tashkil etuvchi korxona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan xodimlarning kamida yetmish foizi uchun ish joylarini saqlab qolish;
shaharni tashkil etuvchi korxonaning faoliyat sohasi o‘zgartirilgan taqdirda mazkur xodimlarni qayta o‘qitish yoki ishga joylashtirish borasida xaridorning majburiyatlari.
Davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi korxona mulkiy majmuasining hamda safarbarlik maqsadidagi mol-mulkning belgilangan maqsadi saqlab qolinishini ta’minlash;
qarzdorning davlat mudofaasiga oid buyurtmalar, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi sohasidagi ehtiyojlarini ta’minlashga doir ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq shartnomalarni bajarish.
Tabiiy monopoliyalarning subyekti bo‘lgan korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikning tartibga solish predmeti bo‘lgan tovarlar yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha qarzdorning majburiyatlarini sotib oluvchi o‘z zimmasiga olishga roziligi, ishlab chiqarilayotgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) iste’molchilarning erkin foydalana olishi ta’minlanganligi;
(159-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
agar qarzdorning faoliyati litsenziyalanishi lozim bo‘lsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun xaridorda litsenziya bo‘lishi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Tanlovning mazkur moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilmagan shartlari faqat kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi mumkin.
Agar shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona tanlov shartlarida sotilmagan bo‘lsa, korxona auksionda sotiladi.
Agar davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonaning mol-mulki tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk bo‘lsa, bunday korxonani sotish yopiq kimoshdi savdosida tanlov shaklida amalga oshiriladi, bunday savdoda qonunga muvofiq faqat mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
Davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi sotilayotgan korxonaning muomaladan chiqarilgan mol-mulki mol-mulkning egasiga u shunday mol-mulk mavjudligi haqida tashqi boshqaruvchi tomonidan xabardor qilingan paytdan e’tiboran uch oydan kechiktirmay topshiriladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari kimoshdi savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonani kimoshdi savdosini o‘tkazish natijasida belgilangan narx bo‘yicha sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organi kimoshdi savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan korxonani kimoshdi savdosini o‘tkazish natijasida belgilangan narx bo‘yicha sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
160-modda. Shaharni tashkil etuvchi bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning mol-mulkini sotish
Shaharni tashkil etuvchi bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning mol-mulki sotilayotganida tugatish boshqaruvchisi korxonani dastlabki kimoshdi savdosida sotishga mulkiy majmua sifatida taklif etishi lozim.
Agar shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxonaning mol-mulki mulkiy majmua sifatida sotilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 111-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan qarzdor korxonaning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish jarayonida foydalanadigan mol-mulki kimoshdi savdosiga faqat mulkiy majmua sifatida qo‘yiladi.
Tugatuvchi boshqaruvchi, agar tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan qarzdor korxona tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish shartnomalari bajarilishining to‘xtatilishi aholining hayotiy faoliyati yoki ishlab chiqarishning uzluksiz turkumiga asoslangan korxonalar faoliyati sharoitini buzadigan bo‘lsa, bunday shartnomalar bajarilishini ta’minlashi shart.
Tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan qarzdor korxonani tugatishga doir ish yuritish iqtisodiy sudning qarori qabul qilingan va tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan e’tiboran kechi bilan olti oy ichida tamomlanishi kerak. Agar mazkur muddat tugaganidan keyin korxonaning mol-mulki sotilmay qolsa, tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishining qaroriga binoan, yig‘ilish rad etgan taqdirda esa mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga binoan ushbu Qonunning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aktivlar o‘rnini almashtirish yo‘li bilan tugatishga doir ish yuritishni tamomlaydi.
(160-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
2-§. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining bankrotligi
161-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari bankrotligining o‘ziga xos xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgunga qadar ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda sudgacha sanatsiya qilish qo‘llanilishi mumkin.
(161-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Sudgacha sanatsiya qilish muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlar tufayli qishloq xo‘jaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir bo‘lgan bo‘lsa, sudgacha sanatsiya qilish muddati o‘n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar bo‘lishi mumkin.
162-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonasida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv yetishtirilgan tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar bo‘lgan muddatga joriy etiladi. Bunda kuzatuv taomili muddati uch oydan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari muddati esa ushbu Qonun 91-moddasining uchinchi qismida belgilangan muhlatdan oshib ketmasligi lozim.
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlar tufayli qishloq xo‘jaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir bo‘lgan bo‘lsa, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv muddati o‘n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish, ushbu Qonunning 86-moddasi talablariga muvofiq, faqat qishloq xo‘jaligi ishlarining tegishli davri tugashi muddatini hamda yetishtirilgan tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtni inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklariga va yuridik shaxsni tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklariga nisbatan tashqi boshqaruv taomili joriy etilmaydi.
163-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotishning (ulardan o‘zganing foydasiga voz kechishning) o‘ziga xos xususiyatlari
Qarzdorning mol-mulkini sotishda (undan o‘zganing foydasiga voz kechishda) sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari qishloq xo‘jaligi korxonasini dastlabki kimoshdi savdosida sotishga mulkiy majmua sifatida qo‘ymog‘i lozim.
Qarzdorning mol-mulkini sotib olishda imtiyozli huquqqa, shuningdek, yerga egalik qilish huquqiga qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan va qarzdorning yer uchastkasiga bevosita tutash yer uchastkasiga egalik qiluvchi shaxslar ega bo‘ladilar. Sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mazkur mol-mulkni, shuningdek mulkiy huquqlarni sotishda (ulardan o‘zganing foydasiga voz kechishda) mazkur mol-mulk va mulkiy huquqlar qiymatini baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi hamda shaxslarga mol-mulkni baholangan qiymatida taklif etishi shart.
(163-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bir oy ichida qishloq xo‘jaligi korxonasining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotib olish istagini bildirmasalar, sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mol-mulk qonunchilikka muvofiq realizatsiya qilinishini amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasi bankrotlik oqibatida tugatilgan taqdirda mazkur korxonaga berilgan yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi yoki o‘zga shaxsga o‘tishi mumkin.
(163-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6-bobiga (Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar) qarang.
3-§. Banklarning bankrotligi
164-modda. Bankni bankrot deb topish asosi
Bankni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun iqtisodiy sud bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qaytarib olinganidan keyin qabul qiladi.
(164-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
165-modda. Bankning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
Qarzdor bank kreditorlarning talablarini qondirishga qodir bo‘lmagan taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
(165-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Banklarni tugatish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat № 626, 11.02.1999-y.) qarang.
Bankka tashqi boshqaruv joriy etilmaydi.
Bankning bankrotligi to‘g‘risidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ham ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi va “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-sentabrdagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
4-§. Sug‘urtalovchining bankrotligi
166-modda. Sug‘urtalovchining bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
Sug‘urtalovchining bankrotligi to‘g‘risidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, sug‘urta faoliyatini tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
167-modda. Sug‘urtalovchining mulkiy majmuasini sotish
Sug‘urtalovchining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv jarayonida ushbu Qonunning 110-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Faqat sug‘urtalovchining o‘zi sug‘urtalovchining mulkiy majmuasini sotib oluvchi bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv jarayonida sotilgan taqdirda sug‘urtalovchining mulkiy majmuasi sotilayotgan sanadagi sug‘urta hodisasi yuzaga kelmagan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaxsga o‘tadi.
Tugatishga doir ish yuritish o‘tkazilayotganida sug‘urtalovchining mulkiy majmuasi sotib oluvchi faqat sug‘urtalovchi bankrot deb topilgan sanaga qadar sug‘urta hodisasi yuzaga kelmagan sug‘urta shartnomalarini o‘z zimmasiga olishga rozi bo‘lganda sotilishi mumkin.
168-modda. Sug‘urtalovchi bankrot bo‘lgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talab qilish huquqi
Bankni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun iqtisodiy sud bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qaytarib olinganidan keyin qabul qiladi.
(168-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sug‘urta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor qilingan shartnomalar bo‘yicha sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofotining sug‘urta shartnomasining amal qiladigan muddati bilan bu shartnoma amal qilgan muddat o‘rtasidagi farqqa mutanosib tarzdagi qismi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaytarilishini talab qilishga haqli.
(168-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sug‘urta qildiruvchilar (naf oluvchilar) iqtisodiy sud sug‘urtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilgunga qadar sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) to‘lanishini tugatish boshqaruvchisidan talab qilishga haqli.
(168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
169-modda. Sug‘urtalovchining kreditorlari talablarini qondirish
Iqtisodiy sud sug‘urtalovchini bankrot deb topgan taqdirda kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qondiriladi:
(169-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
birinchi navbatda – sug‘urta qildiruvchilarning hayotni sug‘urta qilish sohasidagi majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha talablari;
ikkinchi navbatda – sug‘urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha talablari;
uchinchi navbatda – boshqa sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
to‘rtinchi navbatda – majburiy to‘lovlarni nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha talablar. Mazkur talablar to‘la qondirilganidan keyin ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar va jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha talablari qondiriladi;
beshinchi navbatda – sug‘urtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
5-§. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi
170-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi to‘g‘risidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi.
(170-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi taomillarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari qonunda belgilab qo‘yilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining oldini olish va ularning to‘lov qobiliyatini tiklashning sudgacha taomillarini o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(170-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun mazkur Qonunning 2-bobiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
171-modda. Sud boshqaruvchilariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun sud boshqaruvchisi sifatida attestatsiyadan o‘tishi, shuningdek unda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi bo‘lishi kerak.
(171-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandiga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
172-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar mazkur ishtirokchiga nisbatan bankrotlik taomillari qo‘llanilayotganida uning mijozlari qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning topshiriqlari bo‘yicha tuzadigan, bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin investorlar tomonidan tasdiqlangan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
173-modda. Kuzatuv, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari
Kuzatuv joriy etilgan paytdan e’tiboran muvaqqat boshqaruvchi o‘zi tayinlangan paytdan boshlab o‘n kunlik muddat ichida o‘zlariga qarashli qimmatli qog‘ozlarni qimmatli qog‘ozlar bozorining qarzdor professional ishtirokchisiga boshqaruvga topshirgan qimmatli qog‘ozlar bozorining investorlariga bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi va muvaqqat boshqaruvchi o‘z huquqini amalga oshira boshlaganligi haqida xabarnoma yuborishi shart. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining tasarrufida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.
Tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish joriy etilgan paytdan e’tiboran mijozlarning qolgan qimmatli qog‘ozlari, agar tashqi boshqaruvchining yoki tugatish boshqaruvchisining mijozlar bilan kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mijozlarga qaytarilishi lozim.
Agar mijozlarning o‘zlariga qarashli bir turdagi (bir emitent chiqargan, bir toifadagi, bir tipdagi, bir seriyadagi) qimmatli qog‘ozlarni qaytarish xususidagi talablari qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ixtiyoridagi mazkur qimmatli qog‘ozlar miqdoridan ortiq bo‘lsa, mazkur qimmatli qog‘ozlarni mijozlarga qaytarish mijozlarning talablariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Mijozlar talablarining qondirilmagan qismi pul majburiyatlari deb e’tirof etiladi va ushbu Qonunning VII bobida nazarda tutilgan tartibda qondiriladi (qanoatlantiriladi).
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining tashqi boshqaruvi chog‘ida tashqi boshqaruvchi o‘ziga mijozlar tomonidan boshqaruvga topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni mijozlarning roziligi bilan va ularning nomidan qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchisiga topshirishi mumkin.
X BOB. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORNING YOKI YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR MAQOMINI YO‘QOTGAN JISMONIY ShAXSNING BANKROTLIGI
(X bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
174-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs bankrotligining tartibga solinishi
Yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan, agar mazkur bobda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Qonunning I — III boblari qoidalari qo‘llaniladi.
(174-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
175-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs, kreditor, prokuror, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablar qo‘yadigan kreditorlar bundan mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablarni, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablarni qo‘yadigan kreditorlar o‘z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular bankrotlik taomili qo‘llanilayotganda bildirilmagan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi.
(175-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
176-modda. Qarzlarni uzish rejasi
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarzlarni uzish rejasi ilova qilinishi mumkin, rejaning nusxalari kreditorlarga va bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuboriladi.
(176-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kreditorlarning e’tirozi bo‘lmasa, iqtisodiy sud qarzlarni uzish rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritilishini uzog‘i bilan ikki oygacha muddatga to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
(176-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzlarni uzish rejasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
rejani amalga oshirish muddati;
qarzdor yoki uning oila a’zolari iste’moli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdori;
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda yuborish mo‘ljallanayotgan summa miqdori.
Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni uzish rejasini o‘zgartirishga, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini uzaytirishga yoki qisqartirishga, qarzdor yoki uning oila a’zolari iste’moli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
(176-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs qarzlarni uzish rejasini bajarganligi natijasida kreditorlarning talablari to‘la hajmda qanoatlantirilgan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilishi kerak.
(176-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
177-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulki
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulki tugatish massasiga kirmaydi.
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lgan nolikvid mol-mulkini yoki realizatsiya qilinishidan kelgan daromad kreditorlarning talablarini qondirishga mohiyatan ta’sir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.
(177-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning ushbu modda ikkinchi qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday mol-mulk ro‘yxati iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(177-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
178-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs bitimlarining haqiqiy emasligi
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘z mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqa usullarda berish bilan bog‘liq bitimlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlardir.
Kreditorning talabiga binoan iqtisodiy sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bitim predmeti bo‘lgan mol-mulkini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qo‘llaydi.
(178-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
179-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda uning mol-mulkini xatlaydi, qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bajarilishi xususida uchinchi shaxslar tomonidan asosli kafillik berilgan yoki kafolatlangan boshqa ta’minot taqdim etilgan taqdirda iqtisodiy sud mazkur qarzdorning iltimosnomasiga binoan uning mol-mulkini (mol-mulkining bir qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin.
(179-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga erishilishi uchun bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning arizasiga binoan uzog‘i bilan bir oy muddatga kechiktirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor fuqaroga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan meros ochilganligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lgan taqdirda, iqtisodiy sud yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish yuritishni meros taqdiri to‘g‘risidagi masala qonunda belgilangan tartibda hal qilingunga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari qondirilganligini ko‘rsatuvchi dalil-isbotlarni taqdim etmagan va belgilangan muddatda kelishuv bitimini tuzmagan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(179-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
180-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topishning oqibatlari
(180-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan paytdan e’tiboran:
(180-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha majburiyatlari bo‘yicha neustoyka (jarima, penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar bekor qilinadi;
qarzdordan barcha ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvlar bekor qilinadi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha, shuningdek hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha ijro hujjatlari bundan mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorni iqtisodiy sud barcha ma’lum kreditorlarga ular o‘z talablarini taqdim etadigan muddatni ko‘rsatgan holda yuboradi, bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Iqtisodiy sudning ana shunday qarorini yuborish qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
(180-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilgan paytdan e’tiboran mazkur tadbirkorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun mazkur tadbirkorga berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatiladi.
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaror nusxasini ayni shu shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olgan organga va litsenziyalovchi organga yuboradi.
(180-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish chog‘ida qo‘llanilmaydi.
(180-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
181-modda. Iqtisodiy sudning qarorini bajarish
Iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori hamda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun davlat ijrochisiga yuboriladi. Quyidagilarning mol-mulki, bundan ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulk mustasno, sotilishi kerak:
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning barcha mol-mulki;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan olingan mol-mulk. Bunda mol-mulkning, jismoniy shaxsning avvalgi tadbirkorlik faoliyati davrida olingan mol-mulkka kirishi-kirmasligi iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning ko‘chmas mol-mulkini yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur bo‘lganda iqtisodiy sud mazkur maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga to‘lanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bunday hollarda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek mavjud naqd pul mablag‘lari qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilgan iqtisodiy sudning depozitiga kiritiladi.
(181-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
182-modda. Kreditorlarning talablarini ko‘rib chiqish
Iqtisodiy sud ushbu Qonun 180-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda kreditorlar tomonidan bildirilgan talablarni ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish natijalari asosida iqtisodiy sud kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
183-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish tartibi
Iqtisodiy sud depozitiga kiritilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditorlarning talablarini qondirishdan oldin bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish va iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs qaysi fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘lsa, shu fuqaroning talablari qondiriladi.
(183-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Kreditorlarning talablari quyidagi navbat bo‘yicha qondiriladi:
birinchi navbatda — aliment undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek mehnatga haq to‘lashga oid va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga oid hisob-kitoblar nazarda tutilgan talablar;
ikkinchi navbatda — majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarining garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi va kreditorlarning garov bilan ta’minlanmagan talablari;
uchinchi navbatda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
(183-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Har qaysi navbat bo‘yicha talablar oldingi navbat talablari to‘la qondirilganidan keyin qondiriladi.
Iqtisodiy sudning depozitida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, bu mablag‘lar tegishli navbatdagi kreditorlar o‘rtasida ular talablarining summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(183-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
184-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod qilish
Bankrot deb topilgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin mazkur tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda kreditor tomonidan bildirilgan talablarni kelgusida bajarishdan ozod etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Kreditorlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablari, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi, iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan yoki qisman qanoatlantirilgan yoxud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganida bildirilmagan boshqa talablar o‘z kuchida qoladi va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi taomili tamomlanganidan keyin tegishincha to‘la hajmda yoki qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkning yashirilganligi yoki uning o‘z mol-mulkini uchinchi shaxslarga g‘ayriqonuniy tarzda berganligi faktlari aniqlangan taqdirda bankrotlik jarayonida talablari qondirilmagan kreditor undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish talabini taqdim etishga haqli. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bunday mol-mulki deganda uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan olingan mol-mulki tushunilishi kerak.
(184-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
XI BOB. BANKROTLIKNING SODDALAShTIRILGAN TAOMILLARI
1-§. Tugatilayotgan yuridik shaxs bankrotligining o‘ziga xos xususiyatlari
185-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi
Agar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) o‘z ustav fondini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
(185-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralarni ko‘rishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.
(185-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
186-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy sud tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilib, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
(186-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qo‘llanilmaydi.
Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga bo‘lgan o‘z talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi e’lon chiqarilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida unga taqdim etishga haqli.
187-modda. Yuridik shaxsni bankrotlik tartibida tugatishni rad etish oqibatlari
Ushbu Qonun 185-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilganligi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Ushbu Qonun 185-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar buzilishiga yo‘l qo‘ygan tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari yuzasidan qondirilmagan talablar bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
2-§. Hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligi
188-modda. Hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza berishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘z faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir bo‘lmagan va ularning turgan joyini (yashash joyini) aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qat’i nazar, kreditor, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ, shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin.
(188-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
189-modda. Hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
Iqtisodiy sud hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani o‘z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(189-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qo‘llanilmaydi.
Iqtisodiy sudning qarori bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qarorni olgan kundan e’tiboran bir haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etadi. Iqtisodiy sud tugatish boshqaruvchisini bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi xodimlari orasidan tayinlashi mumkin.
(189-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisi o‘zi aniqlagan barcha kreditorlarni hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi, ular bu xabarni olgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida tugatish boshqaruvchisiga o‘z talablarini taqdim etishlari mumkin.
Tugatish boshqaruvchisi hozir bo‘lmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda iqtisodiy sud mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga binoan bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda bankrotlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy taomillariga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
(189-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
XII BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
190-modda. Bankrotlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy harakatlar
Bankrotlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy harakatlar deyilganda qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining yoxud kreditorlar yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan harakatlari bilan bog‘liq qoidabuzarliklar tushuniladi.
G‘ayriqonuniy harakatlarga quyidagilar ham kiradi:
qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoxud bir qismini yashirish;
qarzdorning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq hisobga olishga oid har qanday hujjatini yashirish, yo‘q qilish, buzib ko‘rsatish, soxtalashtirish;
mol-mulkni (shu jumladan pul mablag‘larini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berib yuborish;
buxgalteriya hujjatlariga zarur yozuvlarni kiritmaslik;
qarzdorning kreditga olingan va haqi to‘lanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yo‘q qilish, garov sifatida qo‘yish;
mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining shaxsiy manfaatlarini yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligini oshirish;
aylanma mablag‘larni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;
kreditorlarga zarar yetkazish maqsadini ko‘zlagan holda qasddan bankrotlikka olib kelish;
kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarar ko‘rishi hisobiga afzalroq qondirish, shunday qondirishga rozilik berish;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatini bajarishdan qochish maqsadida qasddan o‘zini o‘zi tugatishi.
191-modda. Nizolarni hal qilish
Bankrotlik jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(191-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga qarang.
Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(192-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 375-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 40-son, 411-modda; 2012-y., 52-son, 584-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son; 01.01.2018-y., 03/18/455/0492-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)