O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-son, “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-yanvardagi PF-11-son, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son hamda “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi va “O‘zarxiv” agentligi faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;
“Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini takomillashtirish, ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlarning moliyaviy manbalarini belgilash;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining ishtirokisiz kompozit tarzda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida dehqon xo‘jaligini tashkil etish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-mart,
135-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi 35-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorida:
4, 7, 9 va 10-bandlardagi, 11-bandning uchinchi xatboshisidagi, 12-bandning uchinchi xatboshisidagi, 15-banddagi, 16-bandning yettinchi xatboshisidagi, 17-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 18 va 20-bandlardagi, 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 23-bandning uchinchi xatboshisidagi, 25 va 26-bandlardagi tegishli kelishikdagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3 va 5-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 3, 7, 11.1-bandlaridagi, 11.6-bandi birinchi xatboshisidagi va 11.12-bandidagi tegishli kelishikdagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori 6-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomning 63-bandi birinchi xatboshisidagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” so‘zlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 52-bandida:
“Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “davlat qo‘mitalari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 15-maydagi 97-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi ma’lumoti

Safar maqsadi, davlati, yoshi va hududi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan ketayotgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan fuqarolarining soni

Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasigacha

Statistika agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

.

9. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
34-bandning birinchi xatboshisidagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb yuritiladi)” so‘zlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36, 41-bandlardagi “Markaz” so‘zi “Institut” so‘zi bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizomning 22-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
“51. Olib qo‘yilgan mol-mulkning kontrafaktligi Adliya vazirligining, mol-mulk bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilganda esa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining belgilangan tartibda berilgan xulosasi asosida aniqlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktoriga; Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktoriga; Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktoriga; “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktoriga

2-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlariga, boshqarmalar bo‘limlari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga; yuridik texnikumlar direktorlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining o‘rinbosariga; Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining o‘rinbosarlariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” direktoriga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining o‘rinbosarlariga

”.

14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida:
a) 1-ilovaning 20-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 9-bandi o‘n uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” hamda “Moliya vazirligi” so‘zlari tegishlicha “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning 6-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 6-ilovaning 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-apreldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyuldagi 209-son qarorining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarni ijtimoiy muhofaza qilishni va ushbu lavozimga nomzodlarni o‘qitishning tashkiliy asoslarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 2-avgustdagi 216-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 43-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi va 13-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisidagi, 23-bandi ikkinchi xatboshisidagi va 25-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkidan samarali foydalanish va Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 2-martdagi 39-son qarorining 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-apreldagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo‘l transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi 3-kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining “Agentliklar” bo‘limi 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida:
9-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Elektron onlayn-auksion savdoda g‘olib bo‘lgan shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xo‘jaligini tashkil etishga doir ma’lumotlari real vaqt rejimida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali Tizimga kelib tushadi”;
16-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali jismoniy shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga, reyestrdan ko‘chirma “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyatiga yuboriladi”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-ilova quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin:
“141. Fermer xo‘jaligi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va o‘zgartirish yo‘li bilan qayta tashkil etilganligi) natijasida tugatilganda, bu haqida Tizim orqali kompozit tarzda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga xabarnoma yuboriladi”.
26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandidagi va Nizomga ilovaning “8-bosqich” pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/515/0733-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-iyundagi 445-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandidagi va 2-ilovaning 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 630-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda DPM deb ataladi)” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “DPM” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisidagi, 10-banddagi, 11-bandning birinchi xatboshisidagi va 12-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “DPM” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 20-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandidagi, 2-ilovaning 14-bandidagi va 3-ilovaning 29-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatida:
a) “4. Agentliklar” bo‘limida:
2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
“9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi”;
b) “6. Markazlar” bo‘limining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 23-yanvardagi 42-son qarorining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasining xorijga chiqadigan fuqarolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlaridan kelib tushadigan zarur axborotni Komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga har oy taqdim etsin”.
35. Vazirlar Mahkamasining “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarorida:
a) nomi va 1-banddan “boshqaruvi” so‘zi chiqarib tashlansin;
nomi, 1, 2, 20-bandlar, 21-bandning yettinchi xatboshisi, 23-band, 25-bandning birinchi xatboshisi, 27-bandning beshinchi xatboshisi, 33-band, 331-bandning birinchi xatboshisi, 332-band, 333-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari, 334-bandning birinchi xatboshisi, 335-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari, 336, 34, 36-bandlar, 37-bandning birinchi xatboshisi va 38-banddan “boshqaruvi” so‘zi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) — davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida tuziladigan bitim”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“manfaatlar to‘qnashuvi — davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari a’zolarining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi ularning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat”;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Davlat organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish, baholash hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorli aniqlash davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda — jamoatchilik kengashi) tomonidan aniqlanadi.
Davlat organlari tomonidan har yili sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi hamda o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori nazarda tutiladi.
Davlat organi tomonidan bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar ajratilishi mumkin”;
4-bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-bob. Tanlov o‘tkazish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi”;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan tanlov o‘tkazish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi”;
26-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar jamoatchilik kengashi a’zosi tanlovga loyiha taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotiga aloqador (nodavlat notijorat tashkiloti vakili (xodimi), rahbar organlarining a’zosi yoki ularning yaqin qarindoshi) bo‘lsa, ushbu loyihani ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash jarayonida jamoatchilik kengashi tarkibida bo‘lishni ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etadi yoki jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan majburan chetlashtiriladi”;
30-bandning ikkinchi xatboshisidan “boshqaruv” so‘zi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 51-bob bilan to‘ldirilsin:
“51-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi
301. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasi ushbu Nizomga 21-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
302. Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno) tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning ta’sirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida manfaatdor davlat organiga ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shakldagi loyiha taklifini kiritishi mumkin.
303. Loyiha taklifiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat ijtimoiy buyurtmasining zarurati va uni bajarishning batafsil tasnifi;
davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
nodavlat notijorat tashkiloti ustavi (nizomi)ning nusxasi;
qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalar) ham taqdim qilinishi mumkin.
304. Jamoatchilik kengashi kiritilgan loyiha taklifini o‘n ish kuni ichida quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqadi va baholaydi:
davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risidagi loyiha taklifining davlat organi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;
tegishli soha va tarmoqlardagi mavjud muammolarning dolzarbligi va aniq yoritilganligi;
muammolarning ta’sirchan yechimi bo‘yicha takliflarning ilmiy asoslanganligi, samaradorligi va noyobligi;
loyiha taklifini amalga oshirish xarajatining asoslantirilganligi;
nodavlat notijorat tashkilotining taqdim qilgan loyiha taklifini amalga oshirish qobiliyati.
Loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan har bir mezon bo‘yicha “1” balldan “5” ballgacha baholanadi.
To‘plangan ballar jami ballning 81 foizidan yuqorisini tashkil etsa, taklif ijobiy baholangan deb topiladi.
Agar jamoatchilik kengashi a’zosi loyiha taklifini taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotiga aloqador (nodavlat notijorat tashkiloti vakili (xodimi), rahbar organlarining a’zosi yoki ularning yaqin qarindoshi) bo‘lsa, ushbu loyihani ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash jarayonida jamoatchilik kengashi tarkibida bo‘lishni ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etadi yoki jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan majburan chetlashtiriladi.
305. Loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizomning 304-bandidagi har bir mezon bo‘yicha ijobiy baholangan taqdirda, bir ish kuni ichida uning tashabbuskoriga davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali ijtimoiy buyurtma berilishi to‘g‘risida jamoatchilik kengashining qarori qabul qilinadi.
306. Jamoatchilik kengashi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bayonnomasi jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan yuritiladi va jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bayonnomalarining saqlanishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi mas’uldir”;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.
Shartnomada davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilab beriladi.
Shartnoma to‘g‘risidagi axborot davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi tomonidan maxsus axborot portaliga shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan tanlov o‘tkazish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organi

Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va tanlov bo‘yicha hujjatlarni maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat organlarining xohishiga ko‘ra o‘zining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.

Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida 12 ish kuni va ko‘pi bilan 30 ish kunidan oldin

2-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti

Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat organiga taqdim etadi.

Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanagacha

3-bosqich

Jamoatchilik kengashi

1. Tanlov g‘olibini nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash natijalariga ko‘ra aniqlaydi.

10 ish kuni ichida

2. Jamoatchilik kengashi qarorini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat organi

Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va tanlovda g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

;

quyidagi mazmundagi 21 va 22-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
21-ILOVA
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti

Tashabbusli loyihani amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida davlat organiga loyiha taklifini kiritadi.

Yil davomida

2-bosqich

Jamoatchilik kengashi

1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan loyiha takliflarini ko‘rib chiqadi va baholaydi.

10 ish kuni ichida

2. Loyiha taklifi ijobiy baholangan taqdirda, ijtimoiy buyurtma berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Davlat organi

Nodavlat notijorat tashkiloti

Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
22-ILOVA

Tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida ___________________________________________________________ning

(nodavlat notijorat tashkilotining nomi)

LOYIHA TAKLIFI

Loyiha taklifi yuborilayotgan tashabbusli loyihaning mazmuni

Davlat tashkilotining nomi

Loyiha taklifining yo‘nalishi

Loyiha taklifining nomi

Loyiha taklifini taqdim etgan tashkilot nomi (ta’sis hujjatiga muvofiq)

Hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) nomi

Loyiha taklifini beruvchi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar (ariza beruvchining yuridik manzili, telefon, faks, elektron pochtasi)

Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa zarur ma’lumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan to‘liq ko‘rsatilishi lozim)

Tashkilot buxgalterining F.I.O., boshqa zarur ma’lumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan to‘liq ko‘rsatilishi lozim)

Tashkilotning tasdiqlangan shtat jadvalidagi lavozimlar soni

Loyiha taklifini amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi - tugatish sanasi)

So‘ralayotgan mablag‘ miqdori (so‘m)

Jalb qilinadigan mablag‘lar miqdori (so‘m)

Muammoning qo‘yilishi

(mavjud ijtimoiy muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq bo‘lmasligi lozim)

Loyiha taklifining maqsadi

(loyiha natijasida erishadigan ko‘pi bilan 3 ta asosiy maqsad)

Loyiha taklifining asosiy vazifalari

(loyiha taklifini amalga oshirish natijasida hal etiladigan ko‘pi bilan 3 ta asosiy vazifa)

Loyiha taklifini amalga oshirish shakli va mexanizmlari

(loyiha taklifini amalga oshirish usullari, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari)

Loyiha taklifini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

(erishiladigan samaraning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari hamda ta’siri)

Loyiha taklifini beruvchining mazkur sohadagi tajribasi

(talabgorning faoliyati, yutuqlari)

Hamkorlar va ularning vazifalari (talabgor va uning sheriklarining aniq vazifalari ko‘rsatilgan harakat rejasi)

Tashkilot va hamkorlarning qo‘shgan hissasi

(jalb etilayotgan mablag‘lar, resurslar, tashkilot va hamkorlarning moddiy va nomoddiy hissasi)

.

36. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
16-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
25-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada loyihalashtirish tashkiloti tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:

 

2. Manzili:

 

3. Telefon raqami:

 

4. Elektron pochta manzili:

 

5. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

 

 

;

“I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili:

4. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

3-ilovadagi “I. Kelishilayotgan gaz ta’minoti loyihasi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi uchinchi pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

”;
16-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada iste’molchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
24-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada loyihalashtirish tashkiloti tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:

2. Manzili:

3. Telefon raqami:

4. Elektron pochta manzili:

5. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

“I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili:

4. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

16-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada iste’molchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
25-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada iste’molchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:

2. Manzili:

3. Telefon raqami:

4. Elektron pochta manzili:

5. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

“I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili:

4. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

3-ilovadagi “I. Kelishilayotgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi uchinchi pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari”.
37. Vazirlar Mahkamasining “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-apreldagi 257-son qarorida:
a) 2-banddagi “Hay’atining qarori asosida” so‘zlari “raisining buyrug‘iga asosan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band qo‘yidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qo‘mita raisining buyrug‘iga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin”;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar”, ikkinchi satrda “qo‘mitasi raisi buyrug‘ining “ (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan”;
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“So‘nggi so‘zlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar”, ikkinchi satrda “qo‘mitasi raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ilovanin g 260-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 371-son qarori bilan tasdiqlangan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi oltinchi xatboshisidagi va 35-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma’lumotlarni tekshirishning ma’muriy reglamentining 1-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 946-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 22-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 960-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
45. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 29-noyabrdagi 972-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) fermer xo‘jaliklarini Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritish, reyestrdan chiqarish, reyestrga o‘zgartirish kiritish va reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi;
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari elektron ro‘yxati.
3. Davlat xizmatlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari yoki vakilining (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ixtiyoriy murojaatiga asosan bepul ko‘rsatiladi.
4. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini yaratish;
respublikadagi fermer xo‘jaliklarining holati va salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli jamlab borish;
fermer xo‘jaliklarining qonunchilik hujjatlarida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini yuritish imkoniyatini yaratish.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
5. Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
6. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
7. Fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ishlab turgan o‘z xususiy vositalarning asosiy ro‘yxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xo‘jaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar);
moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi hisobot.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakil orqali murojaat qilinganda vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma so‘rovnomaga ilova qilinadi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Reyestr Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
9. Reyestr ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib shakllantiriladi.
10. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari Reyestrga kiritilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida shunday o‘zgarishlarni asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda yetti ish kunidan kechiktirmasdan, ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
Bunda vakolatli organ so‘rovnomani ushbu Reglamentning 17-bandida belgilangan muddatda ko‘rib chiqadi va kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
11. Fermer xo‘jaligini Reyestrga kiritish yoki uni Reyestrdan chiqarish sanasi deb vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilingan sana hisoblanadi.
12. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
13. Fermer xo‘jaligi tomonidan tayyorlangan hujjatlarning nusxalari fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan lavozimi va imzolangan sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatlarga tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etadi:
fermer xo‘jaligi qonunchilik hujjatlarida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmaganda (fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritishda);
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda;
mazkur Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmaganda (fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritishda);
so‘rovnomaga ilova qilingan hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish rad etilganda vakolatli organ aniq sabablarni, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin besh ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
Rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng berilgan so‘rovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
15. Ariza beruvchi tomonidan Reyestrga kiritmaslikka asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilganda, hujjatlarni qabul qilishda takroran rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Ariza beruvchi tomonidan Reyestrga kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, vakolatli organ arxivida o‘n besh yil davomida saqlanadi.
17. Vakolatli organ uch ish kuni mobaynida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar ushbu Reglamentga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bu haqida qabul qilingan qaror asosida fermer xo‘jaligini Reyestrga kiritadi hamda ushbu Reglamentga 4-ilovadagi ma’lumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazi o‘n daqiqa mobaynida xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
19. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari quyidagi holatlarda Reyestrdan chiqariladi:
Reyestrdan ixtiyoriy chiqarish to‘g‘risida ariza berilganda;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tugatilganda;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va o‘zgartirish).
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holda ariza beruvchi ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan fermer xo‘jaligi tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi to‘g‘risida vakolatli organga kompozit tarzda xabarnoma yuboriladi.
20. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ushbu Reglamentning 19-bandiga asosan kelib tushgan arizaga (xabarnoma) muvofiq vakolatli organ qaroriga asosan bir ish kunida Reyestrdan chiqariladi va bu haqida Reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
21. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi Reyestrdan chiqarilgan kundan boshlab ushbu fermer xo‘jaligining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalik maqomi tugatiladi.
22. Ariza beruvchi fermer xo‘jaligi Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Vakolatli organ avtomatik tarzda ushbu Reglamentga 4-ilovadagi ma’lumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Bunda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumot taqdim etilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Vakolatli organ Reyestrni yuritishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro axborot almashinuvi bepul asosda, ularga Reyestrga kirish huquqini berish (zarurat bo‘lganda) orqali amalga oshiriladi.
24. Ushbu Reglament talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchilar

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlardaYIDXP) orqali murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Markaz xodimi so‘rovnomani to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

1. Fermer xo‘jaligini Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritadi (Reyestrga o‘zgartirish kiritadi) yoki Reyestrga kiritishni rad etadi.

1. 3 ish kunida

2. Fermer xo‘jaligini Reyestrdan chiqaradi.

2. 1 ish kunida

3. Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etadi.

3. Avtomatik tarzda

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani yuboradi.

1. 10 daqiqa ichida

2. YIDXP

2. YIDXP Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma yuboriladi.

2. Avtomatik tarzda

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida
SO‘ROVNOMA

I. Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Tashkilot nomi:

2. Joylashgan joyi (pochta manzili):

3. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR):

4. Kadastr raqami:

5. Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT):

6. Telefon raqami:

II. Fermer xo‘jaligi rahbari (vakili):

1. F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

III. So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:

a) fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritish uchun:

ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ishlab turgan o‘z xususiy vositalarning asosiy ro‘yxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xo‘jaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar);

moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi hisobot;

vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.

b) Reyestrga o‘zgartirish kiritish uchun:

o‘zgartirishlarni asoslantiruvchi hujjatlar;

vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.

v) Reyestrdan chiqarish va Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri

T/r

Ariza tushgan sana va vaqt

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi nomi

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining davlat ro‘yxatidan o‘tgan tartib raqami va sanasi

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi joylashgan joy

Ishlab turgan o‘z asosiy vositalari ro‘yxati

(ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar)

Yer uchastkasining konturlari

Yer uchastkasi kadastr raqami

1.

2.

3.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Fermer xo‘jaliklari Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA

Reyestrga kiritilgan sana _________________________

Kun, oy, yil ______________________________________

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi nomi _______________

Tashkiliy-huquqiy shakli __________________________

Pochta manzili __________________________________

STIR __________________________________________

Hujjatning haqiqiyligini

____________________________

tasdiqlovchi

Ma’lumotnomani bergan vakolatli organning nomi

QR-kod

 

 

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga o‘ting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

 

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlangan.

”.
46. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1027-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
47. Vazirlar Mahkamasining “Yuksalish” umummilliy harakati — nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-fevraldagi 124-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 33-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Madaniy meros jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi va 2-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
51. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
52. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 3-ilovaning 66-bandidagi va 5-ilovaning 66-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
53. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
54. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi arxivining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-maydagi 411-son qarorining 11-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
55. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro sirk san’ati” festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
56. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
57. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 587-son qarori bilan tasdiqlangan Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sug‘orish tik quduqlarini burg‘ilash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
58. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarorida:
30-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada talabgor tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. Talabgor — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

8. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

“II. Talabgor — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

8. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

30-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada talabgor tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. Talabgor — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

8. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

“II. Talabgor — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 9-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

9. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

30-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada talabgor tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. Talabgor — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

8. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

“II. Talabgor — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

8. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

.

59. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarorida:
37-bandning birinchi xatboshisidagi “uch ish kuni ichida” so‘zlari “avtomatik tarzda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashini fermer xo‘jaligi tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi”;
b) 2-ilova 16-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilardagi “tijorat tashkiloti” so‘zlaridan so‘ng “shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga fermer xo‘jaligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
60. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son qarorida 8-band hamda qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
61. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
62. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 311-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
64. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 20-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Davlat personallashtirish markazi deb ataladi)” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 22-banddagi “Davlat personallashtirish markazi” va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari tegishlicha “Personallashtirish agentligi” va “Raqamli texnologiyalar vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 39 va 40-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
65. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat personallashtirish markazi deb ataladi)” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-banddagi, 12-bandning birinchi xatboshisidagi, 15, 16, 18, 19, 21, 24, 27, 30 va 31-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1 va 3-bosqichlarning “Tadbirlar” ustunidagi “Davlat personallashtirish markaziga” so‘zlari “Personallashtirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning matnidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 8-fevraldagi 72-son qarorida:
a) 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomi va 1-banddagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, qisqartirilgan nomi — “O‘zarxiv” agentligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Agenstvo “Uzarxiv” pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agenstvo “Uzarxiv”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Agency “Uzarchive” under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agency “Uzarchive”;
yettinchi xatboshidagi “shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududiy boshqarmalar Agentlikka hisob beradi”;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning hududiy boshqarmalari va tegishli tuman (shahar) hokimliklariga” so‘zlari “Agentlikning hududiy boshqarmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Markaz” so‘zi chiqarib tashlansin;
13-bandning “v” kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
15-bandning o‘n beshinchi xatboshisidagi “davlat qo‘mitalari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
17-bandning o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilaridagi “Markaz” so‘zi chiqarib tashlansin;
24-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisidagi “va ularning filiallari, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
30-banddagi va 31-bandning birinchi xatboshisidagi “o‘rinbosarlari” so‘zi “o‘rinbosari” so‘zi bilan almashtirilsin;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Direktor bo‘lmagan vaqtda, uning vakolatlari o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi”;
33-bandning birinchi xatboshisidagi “tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari “adliya vaziri bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “adliya vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari direktorlari va uning o‘rinbosarlari, viloyat davlat arxivlari direktorlari hamda o‘rinbosarlari Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan mustaqil ravishda lavozimdan ozod etiladi”;
37-banddagi “qonun” so‘zi “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirilsin;
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Tuman, shahar davlat arxivlari direktorlari Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan mustaqil ravishda lavozimdan ozod etiladi.
Davlat arxivlarining filiallari direktorlari davlat arxivi direktori tomonidan tegishlicha Agentlikning arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat arxivi direktori tomonidan mustaqil ravishda lavozimdan ozod etiladi”;
39-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda” so‘zlari “Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy nizomlarga asosan ishlab chiqiladi va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
40-banddagi “Markaz va Jamg‘arma rahbarlari” so‘zlari “Jamg‘arma rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
41-banddagi “Markaz va Jamg‘arma nizomlari” so‘zlari “Jamg‘arma nizomi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
67. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
68. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi 129-son qarorining 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
69. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomning 9017-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
70. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi 155-son qarori bilan tasdiqlangan Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
71. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi 174-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi, 1-banddagi va 10-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Moliya vazirligining” hamda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining” so‘zlari tegishlicha “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat Agentlik direktori o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston milliy arxivlari direktorlarining asosli yozma murojaati asosida Jamg‘armani boshqarish Kengashi roziligi bilan amalga kiritiladi”;
31-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
nomidagi, 2 va 5-bosqichlarning “Mas’ullar” ustunidagi hamda 4-bosqichning “Chora-tadbirlar” ustuni 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichda:
“Mas’ullar” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, Moliya vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Chora-tadbirlar” ustunidagi “Moliya vazirligida” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
72. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 31-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Arizada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
b) 5-ilova quyidagi mazmundagi 12-band bilan to‘ldirilsin:
“12. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:_______________________”.
73. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan Parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan import qilingan bir kunlik nasldor jo‘jalar uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
74. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
75. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:
3-bandning ikkinchi xatboshisi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlaridan keyin “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tashkil etilgan elektron onlayn-auksion savdo natijasida yuzaga kelgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish”;
16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
1-ilovaning 2 va 4-bosqichlari “Subyektlar” ustuni “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlaridan keyin “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-ilova quyidagi mazmundagi “III. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:
26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
3-ilova quyidagi mazmundagi “IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR:

;

27-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
3-ilova quyidagi mazmundagi “IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR:

;

17-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

;

Oldingi tahrirga qarang.
(75-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
76. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarorining 5-bandida:
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2026-y., 09/26/372/0712-son)
78. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qaroriga 1-ilovaning 36 va 37-bandlaridagi hamda 2-ilovaning 57-bandidagi, 59-bandi ikkinchi xatboshisidagi va 62-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
79. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarorida:
3 va 12-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 3-bosqichi “Tadbirlar” ustuni 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
80. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
238-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
48-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
81. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 46-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 025 yil 7-oktabrdagi 629-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/629/0912-son)
83. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanishni nazorat qilish har yil yakuni bilan keyingi yilning 1-fevral kuniga qadar belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda 10-fevralga qadar amalga oshirilgan nazorat yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etiladi”.
84. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
85. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandidagi va Nizomga 1-ilovaning “X bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
86. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi 130-son qaroriga 2-ilovaning 25-bandidagi va 3-ilovaning 25-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
88. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-apreldagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 33-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
89. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 3-iyundagi 341-son qarorining 1-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi va qarorga ilovaning 15-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
90. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2021-yil 9-iyundagi 357-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
91. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilova 1-bosqichining “Tadbirlar” ustunidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
92. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qarori bilan tasdiqlangan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
93. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
94. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi va qarorga 1-ilovaning 33-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
95. Vazirlar Mahkamasining “Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat xaridlarida uzluksizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyuldagi 473-son qarorining 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
96. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 5-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
98. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(99-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
100. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 629-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 33-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
101. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
102. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi hamda qarorga 2-ilova nomidagi “hamda ma’lumotnoma olish uchun elektron ko‘rinishda ariza berish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(102-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
103. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Ikki yoki undan ortiq lotlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdoda g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga faqat bitta yer uchastkasi uchun bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdo natijalari bekor qilinadi hamda bekor qilingan lotlar bo‘yicha zakalat puli ishtirokchiga qaytariladi.
Elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Lot bo‘yicha taklif etilgan eng yuqori ijaraga olish qiymatining dastlabki 15 foiz miqdori 10 ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi tomonidan to‘langandan so‘ng unga operator tomonidan bir ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo natijalari to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun shakllantirilgan zakalat puli miqdori qo‘shib hisoblanadi hamda elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi tomonidan “bo‘lib-bo‘lib to‘lash” tanlangan taqdirda, to‘lov grafigiga asosan teng taqsimlanadi.
Agar elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi belgilangan muddatda lot qiymatining dastlabki 15 foizini to‘lamasa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) va (yoki) ijaraga olish shartnomasini imzolamasa, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda ish yuritiladi.
Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi jismoniy shaxs bo‘lsa, mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan muddatda o‘zining yagona ta’sischiligida tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni shaxsiy kabineti orqali savdo platformasiga kiritadi.
Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining ma’lumotlari (JSHSHIR, manzili) savdo platformasi orqali Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga real vaqt rejimida yuboriladi va Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga va reyestrdan ko‘chirma operatorga yuboriladi.
Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir elektron bayonnomada g‘olib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs ko‘rsatiladi”;
21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi va ijaraga beruvchi bayonnomaga asosan o‘n ish kuni ichida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi”;
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi
SXEMASI

Bosqich

Subyekt

Tadbir

Muddat

I. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yish tartibi

1-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

Tuman (shahar) hokimligi yoki Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — ijaraga beruvchi) nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

Yer uchastkasi davlat zaxirasiga olinib, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin

2-bosqich

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Ijaraga beruvchi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-ijara” AT orqali yuklab oladi hamda yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini belgilab berish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini belgilab, qabul qilingan qaror to‘g‘risida “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga ma’lum qiladi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

1. Elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yiladigan yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi va yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

2. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-ijara” AT orqali yuboradi.

3. Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga yuboradi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Uch ish kuni ichida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari,

Taqdim etilgan yer tuzish loyihasini elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.

Ijaraga beruvchi

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yish to‘g‘risidagi buyurtmani operatorga yuboradi.

Avtomatik tarzda

II. Elektron onlayn-auksion savdoni o‘tkazish tartibi

1-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (keyingi o‘rinlarda — operator

Elektron onlayn-auksion savdoni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma va lot haqidagi ma’lumotlarni, qishloq xo‘jaligi yer uchastkasining ijara shartnomasi loyihasini “E-auksion” elektron savdo platformasida e’lon qiladi.

Ikki ish kuni ichida

2-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxslar

(keyingi o‘rinlarda — ishtirokchi)

Belgilangan zakalat mablag‘larini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi va arizani yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Operator

1. Ishtirokchilar uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etadi.

2. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibini e’lon qiladi va bu haqda g‘olibning shaxsiy kabinetiga, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

III. Elektron onlayn-auksion savdo natijasini rasmiylashtirish va ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

1-bosqich

Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdoda tasdiqlangan narxning dastlabki 15 foizini to‘laydi.

O‘n ish kuni ichida

2-bosqich

Operator

1. Elektron onlayn-auksion savdo natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.

2. Bayonnoma qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi bilan birga elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

3. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi ma’lumotlari (JSHSHIR, manzili) tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi

1. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga va reyestrdan ko‘chirma operatorga yuboriladi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi va ijaraga beruvchi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi.

o‘n ish kuni ichida

5-bosqich

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasini Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmasiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy bo‘linmasi

1. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Reyestrdan ko‘chirmani “E-ijara” AT orqali “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalariga yuboradi.

Ikki ish kuni ichida

7-bosqich

O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Reyestrdan ko‘chirmani elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

2. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibiga yer uchastkasi chegarasini ko‘rsatib beradi va bu haqidagi ma’lumotni “E-ijara” ATga joylashtiradi.

Uch ish kuni ichida

;

3 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
104. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
38-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada murojaat etuvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
“I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 7-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

7. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

;

“II. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:

7. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:

.

105. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarorida:
a) 1-ilovaning 36-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 22-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
106. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 8-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
107. Vazirlar Mahkamasining “Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qaroriga 1-ilovaning 22-bandidagi va 2-ilovaning 18-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
108. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
109. Vazirlar Mahkamasining “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 18-yanvardagi 30-son qarorida:
a) 7-banddagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
110. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlashga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
111. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
112. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
113. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 32-bandida:
birinchi xatboshidagi “ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
114. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
115. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomning 32-bandida:
birinchi xatboshidagi “ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “unga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
116. Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-martdagi 129-son qarorida:
a) 1, 2 va 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida ma’lumotlar bazalaridan foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
6. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
10. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
11. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
13. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
14. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
15. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
16. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
17. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
18. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
19. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi
20. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
22. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
26. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
27. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
28. “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ
29. AT “Xalq banki”.
Izoh. Real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasidan foydalanishga ruxsat dasturiy kompleks funksiyalarga va ma’lumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi”.
117. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-martdagi 145-son qarorida:
a) 4-bandning “v” kichik bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 59-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
118. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
119. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarorida:
18-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

;

13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi”;
29-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

;

10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi”;
23-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

;

22-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

;

11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi”;
22-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi “VIII. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

VIII. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

;

12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi”.
26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi;
2-ilova quyidagi mazmundagi “V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

V. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

.

120. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-apreldagi 208-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) buyurtmanomalar yuborish”;
b) 3-bandning to‘rtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “hududiy jamoat fondlariga” so‘zlari “uning hududiy bo‘linmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “hududiy jamoat fondlari” so‘zlari “uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektron portalda Ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha
TASHKILIY SXEMA

Adliya vazirligi, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birga

7

Davlat organlari va tashkilotlari

6

Elektron portal

5

Fuqarolik jamiyati institutlari

1

4

2

3

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari

1. Davlat organlari va tashkilotlari ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari; budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lonlar; loyihalar, tuzilgan hamkorlik bitimlari, memorandumlar hamda berilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari bo‘yicha ma’lumotlar; Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga yuboriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi ma’lumotlarni elektron portalga joylashtiradi.
2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari davlat granti va ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lonlar.
3. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari davlat granti tanlovlarning natijalari, loyihalarni amalga oshirish jarayoni va natijalari, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha ma’lumotlarni elektron portalga joylashtiradi.
4. Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalariga takliflarni, e’lon qilingan tanlovlarda ishtirok etish uchun arizani davlat organlari hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga elektron portal orqali yuboradi.
5. Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflarni davlat organlari va tashkilotlariga elektron portal orqali yuboradi.
6. Davlat organlari va tashkilotlari ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflarni fuqarolik jamiyati institutlariga elektron portal orqali yuboradi.
7. Adliya vazirligi ijtimoiy sheriklikni elektron portal orqali amalga oshirish tartibiga rioya etilishining nazorati va doimiy monitoringini amalga oshiradi, amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalarning yagona elektron reyestrini joriy etadi va doimiy ravishda yangilab boradi”.
121. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
122. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
123. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 306-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 39-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
124. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
125. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
126. Vazirlar Mahkamasining “Uzumchilik, bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 10-iyundagi 327-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandidagi, 2-ilovaning 27-bandidagi, 3-ilovaning 25-bandidagi va 4-ilovaning 25-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
127. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-iyuldagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning 26-bandidagi “Moliya vazirligi huzurida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
128. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga 1-ilova 29-bandidagi hamda 3-ilova 29-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
129. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
130. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarini bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
131. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
132. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandidagi, 2-ilovaning 43-bandidagi va 4-ilovaning 11-bandidagi “Moliya vazirligining” so‘zlari chiqarib tashlansin.
133. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
134. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qarori bilan tasdiqlangan Eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
135. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 468-son qarori bilan tasdiqlangan Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda:
4-band “Toshkent shahar boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazuvchilari” so‘zlaridan keyin “sug‘urta tashkilotlari, avtomototransport vositalarini realizatsiya qiluvchi rasmiy dilerlik korxonalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi 91 va 92-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“91. Avtomototransport vositalarini realizatsiya qiluvchi rasmiy dilerlik korxonalari avtomototransport vositalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzgan taqdirda, ushbu shartnoma predmeti bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yadi, shuningdek, sotib oluvchi tomonidan majburiyatlar bajarilganda taqiqni bekor qiladi hamda bu haqidagi ma’lumotlarni elektron ma’lumotlar bankiga kiritadi.
92. Tegishli majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun mol-mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, sug‘urta tashkilotlari ushbu mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yadi, shuningdek, majburiyatlar bajarilganda taqiqni bekor qiladi hamda bu haqidagi ma’lumotlarni elektron ma’lumotlar bankiga kiritadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 09/26/184/0387-son)
137. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 513-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 31-bandidagi va Reglamentga 1-ilovaning “9-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
138. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarorida:
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmasi deganda qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma’muriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi”;
6-band “ularga o‘xshashligini” so‘zlaridan keyin “hamda O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida” Qonuniga muvofiqligini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilganda tugatuvchi o‘zining tugatuvchi etib belgilanganligini Tizim vositasida kelishadi, tugatuvchi yuridik shaxsning direktori bo‘lgan holat bundan mustasno”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
8-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni;
“Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘zsuvta’minot” AJlarning hududiy tashkilotlarini”.
139. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
140. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandi uchinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
141. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 627-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
142. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 628-son qarori bilan tasdiqlangan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning 18-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(143-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
144. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yagona elektron axborot tizimi (YAEAT) — Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini yuritish elektron tizimi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Reyestrga kirish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa, mustaqil ravishda ushbu nizomga 2-ilovaga muvofiq arizani elektron shaklda to‘ldiradi”;
o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorga taalluqli boshqa ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli axborot tizimlaridan elektron shaklda avtomatik so‘rab olinadi”;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“Ariza beruvchilar tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, vakolatli organ talabgorga 10 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Bunda ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan bo‘lsa, vakolatli organ uning shaxsiy kabinetiga kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida asoslantirilgan xabarnoma yuboradi yoki ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etgan bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazi uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “avtomatik ravishda” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazi yoki ariza beruvchining YIDXPdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Vakolatli organ sertifikatning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin ariza beruvchini Elektron hukumat doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
11-bandning o‘n birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
23-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan sertifikatni yoki Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (o‘zi murojaat etgan taqdirda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (bevosita murojaat etgan taqdirda) yuboradi”;
quyidagi mazmundagi 231-band bilan to‘ldirilsin:
“231. Davlat xizmatlari markazi sertifikat yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga sertifikat yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron yoki qog‘oz shaklda berishi shart”;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Reyestrga kiritish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda mazkur Nizomning 25-bandida belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.
Reyestrga kiritish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
Reyestrga kiritish uchun to‘lov to‘langanligini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi 261-band bilan to‘ldirilsin:
“261. Reyestrga kiritish hamda sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun arizalarni ko‘rib chiqish uchun undiriladigan to‘lovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda:
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Ariza beruvchilar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin”;
quyidagi mazmundagi 40 — 42-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“40. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
41. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Nizom talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sertifikat olish va Reyestrga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi”;
6-bosqich “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kengash tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, sertifikat rasmiylashtiriladi va ariza beruvchi Reyestrga kiritadi va o‘z veb-saytida bu haqida e’lon joylashtiradi.
2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan sertifikatni yoki Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (o‘zi murojaat etgan taqdirda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (bevosita murojaat etgan taqdirda) yuboradi”;
quyidagi mazmundagi 7-bosqich bilan to‘ldirilsin:

7-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Sertifikat yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga sertifikat yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron yoki qog‘oz shaklda beradi.

10 daqiqa mobaynida

;

2-ilova nomidagi “ARIZA” so‘zi “SO‘ROVNOMA” so‘zi bilan almashtirilsin.
145. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
146. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki bozorda bug‘doy narxi barqarorligini ta’minlash uchun bug‘doyni xarid qilish va birja savdolari orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
147. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 45-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
148. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
149. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi nizomning 22-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
150. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “O‘zbekiston-Yaponiya markazi” loyihasini (V bosqich) amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 22-avgustdagi 413-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa” so‘zlari “Fuqarolik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
151. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 516-son qarori bilan tasdiqlangan Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
152. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 15-bandning uchinchi xatboshisidagi hamda 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 30-banddagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” so‘zlari “Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
153. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
19-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
3-ilova quyidagi mazmundagi “IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

IV. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

JSHSHIR

.

154. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “27” raqami “35” raqami bilan almashtirilsin;
b) 14-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi talabiga asosan tegishli ma’lumotnomaga o‘zining muhrini bosib, mas’ul xodimning imzosini qo‘yib berishi shart.
So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
4-pozitsiyaning ikkinchi ustuni to‘rtinchi xatboshisidagi “o‘zbek/rus” so‘zlari “o‘zbek/rus/ingliz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning ikkinchi ustunidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning ikkinchi ustunining to‘rtinchi xatboshisidagi “o‘zbek/rus” so‘zlari “o‘zbek/rus/ingliz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning ikkinchi ustunidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5 — 7, 9, 13, 22, 23 hamda 26-ilovalarning 5-pozitsiyasi ikkinchi ustunidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 12-ilovaning 5-pozitsiyasi ikkinchi ustunida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida (har bir shaxs uchun)”;
“a” va “b” kichik bandlarning uchinchi xatboshisidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 14 va 15-ilovalarning 5-pozitsiyasi ikkinchi ustunidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning ikkinchi ustunidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning ikkinchi ustuni quyidagi mazmundagi 3-kichik band bilan to‘ldirilsin:
“3. Ariza beruvchi ma’lumotnoma yuborilganidan so‘ng o‘n ish kuni ichida to‘lov to‘lamasdan va ilgari yuborilgan so‘rovnoma raqamini ko‘rsatgan holda, oldingi so‘rovnomada ko‘rsatilgan arxiv hujjatlari chegara yillarini o‘zgartirish imkoniyati bilan faqat bir marta takroriy so‘rovnoma yuborishi mumkin.
Takroriy so‘rovnoma bo‘yicha davlat xizmati mazkur Ma’muriy reglamentda hamda ushbu Pasportda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rsatiladi”;
i) 19-ilovaning 7-pozitsiyasi ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu ma’lumotnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun taqdim etiladi va kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab o‘n ikki oy davomida amal qiladi.
Agar bitta oila so‘nggi o‘n ikki oy davomida ketma-ket “Yagona reyestr” AT orqali bir necha marotaba:
kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunda ma’lumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlanadi;
kam ta’minlangan deb e’tirof etilmagan bo‘lsa, bunda ma’lumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilmagan oydan keyingi oyning birinchi sanasida yakunlanadi”;
2-pozitsiyaning ikkinchi ustunidagi “jismoniy shaxslar” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning ikkinchi ustunida:
“5 foizi” so‘zlari “4 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” va “b” kichik bandlarning uchinchi xatboshisidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” so‘zlariga almashtirilsin;
l) quyidagi mazmundagi 28 — 35-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
28-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

STIR;

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Texnikaning davlat raqami belgisi;

texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami;

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi.

Yig‘im miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

20 foizi — respublika budjetiga;

qolgan mablag‘lar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

20 foizi — Respublika budjetiga;

qolgan mablag‘lar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7.

Izoh

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari — idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha turdagi traktorlar (g‘ildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), o‘ziyurar mashinalar (o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi mashinalari, o‘ziyurar melioratsiya hamda yo‘l-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xo‘jaligi, yo‘l-qurilish, melioratsiya va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urug‘ni qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari.

Ma’lumotnoma texnikaga oid quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:

texnika to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan, nomi, rusumi, zavod raqami, texnik pasporti yoki guvohnomasi seriyasi va raqami, davlat raqami belgisi, dvigatel quvvati, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, shuningdek, alohida belgilar yoki o‘zgargan agregatlar haqida ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa);

texnikaga nisbatan taqiqning mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

Inspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, texnikaning ro‘yxatda turganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qo‘shimcha ma’lumotlar kiritishi mumkin.

Ma’lumotnoma huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, sudlarga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli tashkilotlarga bepul taqdim etiladi.

Sud boshqaruvchisining so‘rovnomasiga muvofiq ma’lumotnoma berish uchun oldindan to‘lov undirilmaydi. Belgilangan to‘lovning o‘rni sud boshqaruvchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
29-ILOVA
To‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risida ma’lumotnomani berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risida ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7.

Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
30-ILOVA
Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnomani berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ (lar)

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari).

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

STIR.

Ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7.

Izoh

Ariza beruvchilar faqat o‘zlariga tegishli avtotransport vositalari haqida axborotlarni olishlari mumkin.

Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

Umumiy ma’lumot:

rangi;

ishlab chiqarilgan yili;

turi;

kuzov/shassi raqami;

to‘la vazni (kg);

yuksiz vazni (kg);

dvigatel raqami;

yonilg‘i turi;

oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi berilgan sana;

oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi amal qilish muddati;

sug‘urta polisi:

sug‘urta seriya va raqami;

sug‘urta turi;

sug‘urtaning amal qilish muddati;

haydovchilar;

sug‘urta hodisasi;

avtotransport texnik ko‘rigi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
31-ILOVA
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv ma’lumotnomalarini berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari

(JSHSHIR ma’lumotlari);

notarial idora;

notarial harakat turi;

notarial harakatning reyestr raqami;

hujjat tasdiqlangan sana;

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

2. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa);

marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda — marhumning o‘limi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;

ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa — uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Arxiv hujjatlarini berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:

notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;

notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;

arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida;

arxiv ma’lumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida.

Yig‘im miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga o‘tkaziladi;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga o‘tkaziladi.

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Vakolatli organ tomonidan quyidagi muddatlar mobaynida arxiv hujjatini berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi:

a) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati — 5 ish kuni;

b) notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma — 2 ish kuni;

v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar — 2 ish kuni;

g) arxiv ma’lumotnomalari — 1 ish kuni.

7.

Izoh

YIDXP orqali murojaat qilinganda, arxiv hujjati elektron shaklda vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchining elektron pochtasiga yuboriladi. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari ariza beruvchining talabiga ko‘ra qog‘oz shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda kuryerlik xizmati orqali yuborilishi mumkin.

Arxiv hujjatlari notarial arxivda mavjud bo‘lmasligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
32-ILOVA
Gidrometeorologik ma’lumotlarni berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Gidrometeorologik ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi

STIR;

pochta manzili;

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Ma’lumot so‘ralayotgan hudud;

gidrometereologik ma’lumot turi;

ma’lumotnoma olishdan ko‘zlangan maqsad;

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Gidrometeorologik ma’lumotdagi iqlimiy ko‘rsatkichning 1 ta qiymati uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

Yig‘im miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda:

18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;

11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablag‘lar — vakolatli organga o‘tkaziladi.

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

10 kun

7.

Izoh

Olingan gidrometeorologik ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim qilish, qayta sotish yoki tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
33-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumotnoma berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);

yashash manzili;

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi

STIR;

pochta manzili;

elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

2. Nomoddiy madaniy meros obyektining nomi;

nomoddiy madaniy meros obyektining qisqacha tavsifi;

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

2 ish kuni

7.

Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
34-ILOVA
Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnomani berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari).

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

STIR.

2. Hudud;

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7.

Izoh

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga
35-ILOVA
Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
PASPORTI

1.

Davlat xizmati nomi

Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxs

3.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

1. So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari).

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:

to‘liq nomi;

STIR.

2. Xo‘jalik jamiyatining to‘liq nomi va STIR;

ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

5.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati

Real vaqt rejimida

7.

Izoh

.

155. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
22-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilova quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:”;
3-ilova quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
“5. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:”;
6-ilova quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:”.
156. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovitkichli sig‘imlar uyushmasiga a’zo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sig‘imlarni qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
157. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlagan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona ma’muriy reglamentining 36-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”.
158. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 75-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
159. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risidagi nizomning 32-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Tijorat banklariga joylashtirilgan Jamg‘armaning kredit resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat hamda tijorat banki tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar har oyda kamida bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring qilganligi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganiladi”.
160. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlagan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentining 17-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”.
161. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 59-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi hamda 4-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “To‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 21-iyuldagi 304-son qaroriga ilovaning 59-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qaroriga 6-ilovaning 11-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 14.08.2025-y., 09/25/515/0733-son; 09.10.2025-y., 09/25/629/0912-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son; 20.04.2026-y., 09/26/184/0387-son; 09.07.2026-y., 09/26/372/0712-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)