Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda soliq organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Ushbu qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-avgust,
704-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari ― yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda tijorat tashkilotlari deb ataladi) ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyektlari ― jismoniy shaxslar faoliyatini toʻxtatish tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya-xoʻjalik faoliyati ― tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat koʻrsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bogʻliq faoliyati;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ― Davlat xizmatlari markazlari;
tugatish ― roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda davlat reyestri deb ataladi) tadbirkorlik subyektini tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni qayd etish;
toʻxtatish ― yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining faoliyatini oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda toʻxtatishi;
tugatuvchi ― tijorat tashkiloti muassisi(lari) (qatnashchilari) yoki u(lar) tomonidan tayinlangan shaxs(lar) (tugatish komissiyasi). Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning faoliyatini toʻxtatish uchun belgilangan tartibda tayinlangan jismoniy shaxs ham tugatuvchining vakolatlaridan foydalanadi;
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) ― tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini taʼminlash tizimi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/664/1007-son)
4. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, ularning yuridik shaxs hisoblanadigan alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻlgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qoʻllanmaydi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
5. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.
6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.
7. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish uning qaroriga (arizasiga) koʻra amalga oshiriladi.
8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning davlat reyestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.
9. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tugatishning, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa toʻxtatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Bunda, tadbirkorlik subyektining moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha boshlangan tekshiruv (taftish) belgilangan tartibda yakuniga yetkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2-bob. Tugatuvchining vakolatlari va ularni toʻxtatish
10. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaxs unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek,tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud boʻlsa)va boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha topshirishi shart.
11. Tugatuvchi:
a) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va tijorat tashkilotining kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
b) tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
v) ishonchnomasiz tijorat tashkiloti nomidan vakillik qiladi, tijorat tashkilotining moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
g) tijorat tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
d) ushbu Nizomda oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek, muassislar (qatnashchilar) qaroriga koʻra berilgan taqdirda boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;
12. Tugatuvchi vazifalarini bajarish tugatish komissiyasiga yuklangan taqdirda, tijorat tashkiloti faoliyatini boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi va tugatish komissiyasi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Tugatish komissiyasi majlislarini oʻtkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini taʼminlaydi.
14. Tugatuvchining vakolatlari:
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda ― tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
b) tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganda ― tugatish ishlari toʻxtatilganligi va tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda;
v) tadbirkorlik subyekti bankrot deb eʼtirof etilganda ― tadbirkorlik subyekti bankrot deb eʼtirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida sud qarori qabul qilingan kunda;
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda ― muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda toʻxtatiladi. Ushbu holatda tijorat tashkilotining barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddatda roʻyxat boʻyicha topshiriladi.
3-bob. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish
15. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan tijorat tashkilotlarini ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
16. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay:
Oldingi tahrirga qarang.
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga — oʻzi kelgan holda yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini. Bunda tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi Internet jahon axborot tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilganda, tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini Tizim vositasida kelishadi, tugatuvchi tijorat tashkilotining direktori boʻlgan holat bundan mustasno;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
b) tijorat tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaragʻi deb ataladi), xizmat koʻrsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan bankka:
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qoʻyilgan kartochkalarning ikki nusxasini;
v) tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga ― ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
Oldingi tahrirga qarang.
g) tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
(16-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi uch ish kunidan kechikmay soliq xizmati organlariga balansida markirovkalanadigan tovarlari mavjud boʻlgan qoldiqlari toʻgʻrisidagi xabarnomani joʻnatadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
17. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish toʻgʻrisida qaror tushgandan soʻng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritadi hamda bu toʻgʻrisida Tizim orqali quyidagi organlarni xabardor qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtgan joydagi soliq xizmati va statistika organlarini;
(17-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimini (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi);
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va roʻyxatdan oʻtkaziladigan boshqa texnika vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
(17-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Hududgaztaʼminot”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Oʻzsuvtaʼminot” AJlarning hududiy tashkilotlari;
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
b) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlon joylashtiradi, eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
tijorat tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek, tijorat tashkilotining tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);
tijorat tashkilotining joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va roʻyxatdan oʻtkazgan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, raqami);
kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning “a” kichik bandi uchinchi ― yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan organlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida oʻzlarining maʼlumotlar bazasida tijorat tashkiloti toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
(17-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
18. Quyidagilar:
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish toʻxtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va yigʻimlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va toʻlanadi, ushbu xatboshida koʻrsatilganlar bundan mustasno;
(18-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
tijorat tashkilotining taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitimlar faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
barcha majburiyatlarni, shuningdek, muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisobvaragʻiga va ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirigʻiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qarori bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma.
2-son kartotekaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyiladi.
Tijorat tashkilotining milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamgʻariladigan hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan ushbu hisobvaraqlar yopilib, hisobvaraqdagi milliy valyuta qoldiqlarini asosiy hisobvaragʻiga, xorijiy valyuta qoldiqlarini xorijiy valyutada ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
19. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻradi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) yil boshidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;
(19-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi toʻgʻrisida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Byuroning tuman (shahar) boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tugatilayotgan tijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan, soliq maslahatchilari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish istagini bildirgan tijorat tashkilotida soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Tekshirishda tijorat tashkilotining oxirgi tekshirish oʻtkazilgan sanadan boshlab (tijorat tashkilotini tekshirish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan boʻlsa ― davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab) tijorat tashkilotini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davr mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tijorat tashkilotining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Tekshirish yakuniga koʻra soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi hollarda tijorat tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan;
oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan, budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan, muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan hamda “xavfni tahlil qilish” elektron tizimi baholash natijalariga koʻra soliq xavfi darajasi past boʻlgan. Bunda tadbirkorlik subyektlarining aktivlari va passivlari chiqib ketishi boʻyicha yuzaga keladigan soliq majburiyatlari toʻliq bajarilgan va soliq qarzi mavjud boʻlmaganda soliq xizmati organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Tizim orqali avtomat tarzda xulosa taqdim etiladi.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach tugatuvchi soliq xizmati organi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek, tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oraliq tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
23. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida tasdiqnomani olgan holda har qaysi kreditorlarni ularning talablari eʼtirof etilganligi yoki rad qilinganligi, eʼtirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda xabardor qiladi.
24. Oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat boʻyicha pul summalarini toʻlash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda ― fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari boʻyicha pul toʻlovlariga doir talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat tashkiloti tegishli vaqtbay toʻlovlarni soqit qilish yoʻli bilan javob beradigan talablarini qondirish;
ikkinchi navbatda ― Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar;
uchinchi navbatda ― boshqa kreditorlarning talablari.
25. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan taʼminlangan talablarini qondirish tijorat tashkilotining garovga qoʻyilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar qoldigʻi kreditorlar talablarini Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan navbat boʻyicha qondirish uchun yoʻnaltiriladi.
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda talablarning qolgan qismi Nizomning 24-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondiriladi.
26. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
tijorat tashkiloti mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq koʻrsatib oʻtilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega boʻlgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
27. Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etiladi.
28. Garovga qoʻyilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi eʼtirof etilgan talablarni toʻlash hisobiga qoʻshiladi, baholash summasi bilan talab miqdori oʻrtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil boʻlgan tafovut besh ish kuni muddatida kreditor tomonidan toʻlanadi.
29. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan tijorat tashkilotining bankdagi hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda, tugatuvchi tijorat tashkilotini toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Xoʻjalik yurituvchi subyekt bankrot deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
31. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yigʻimlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari boʻyicha hisoblangan summalar toʻlangandan keyin;
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar boʻyicha huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar boʻyicha huquqlarga ega boʻlgan muassislar (qatnashchilar) oʻrtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va tugatuvchi tomonidan bir ish kuni mobaynida soliq xizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga soʻrov yuboradi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin soliq xizmati organi tijorat tashkilotining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitor va kreditor qarzi, mol-mulki, tayyor mahsulot qoldiqlari va boshqa aktivlari mavjud boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitor va kreditor qarzi, mol-mulki, tayyor mahsulot qoldiqlari va boshqa aktivlari yoʻqligi toʻgʻrisida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Byuro tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga uch ish kuni mobaynida xabarnoma yuborishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Soliq xizmati organi tomonidan tijorat tashkilotining soliqlar va yigʻimlardan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida taqdim etilgan xulosasi, shuningdek, ijrosi taʼminlanmagan tegishli hujjat ish yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka uni yopish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli bulgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvaragʻi yopilganligi haqida maʼlumotnoma beradi, shuningdek, tijorat tashkilotlarining asosiy xisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Tijorat tashkilotining hisobvaraqlari xatlangan boʻlsa, ularning yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka boʻyicha qarzdorlikni toʻlash (qaytarish) va xatlashni bekor qilish choralarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari ixtiyoriy tugatilayotgan tijorat tashkilotining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotni soliq organlaridan elektron soʻrov orqali tekshirib olishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Yagona milliy arxiv axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (agar mavjud boʻlsa) taqdim etadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
36. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 32 — 34-bandlari ijrosi taʼminlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi.
Nizomning 32 — 34-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar Tizimda mavjud boʻlmasa yoki 35-banddagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali joʻnatiladi. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar qaytariladi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin avtomatik tarzda:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisida soliq xizmati va statistika organlarini hamda tijorat banklarini Tizim orqali xabardor qiladi;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashini fermer xoʻjaligi tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
38. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻliq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida soliq xizmati va statistika organlariga hamda tijorat banklariga ixtiyoriy tugatish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
39. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 38-bandida koʻrsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek, ixtiyoriy tugatish va tijorat tashkiloti faoliyatini tiklash tartiboti toʻxtatilganda ushbu Nizomning 18-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qoʻllanmaydi hamda barcha tegishli toʻlovlar ularni hisoblab yozish toʻxtatib qoʻyilgan davr uchun toʻliq hajmda undiriladi.
4-bob. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish
40. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish:
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yigʻimlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ― ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
qatʼiy belgilangan soliqlarni toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish toʻgʻrisida uning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi. Bunda tijorat banklari tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotni soliq organlaridan elektron soʻrov orqali tekshirib olishi mumkin.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy toʻxtatish toʻgʻrisida ariza kelib tushgandan soʻng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti-jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi yoʻqligini tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi.
Bunda soliq xizmati organi soʻrovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabarnoma yuboradi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Tizim orqali quyidagi hujjatlar kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi:
ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisidagi tijorat bankining maʼlumotnomasi;
soliq xizmati organining ushbu Nizom 42-bandida nazarda tutilgan xabarnomasi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
44. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan soʻng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv davlat reyestriga kiritilgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ uch ish kunida:
soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida Tizim orqali xabardor qiladi;
“Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali litsenziya va ruxsatnomalarni bergan organlarga xabarnoma yuboriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
46. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining toʻxtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
47. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs, tugatuvchi oʻzlari tayyorlagan, roʻyxatdan oʻtkazgan organga va soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning toʻgʻriligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan, oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tugatuvchi

Tugatuvchi tayinlangandan keyin tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaxs tomonidan unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek, tijorat tashkilotining muhri (agar mavjud boʻlsa), shtamplari va boshqa mol-mulkini topshirish.

3 (uch) ish kunida

2-bosqich

Tugatuvchi

Ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qaror nusxasini taqdim etish.

1 (bir) ish kunida

3-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Tugatish toʻgʻrisida qaror olinganidan soʻng tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritish va bu toʻgʻrisida Tizim orqali tegishli idora va tashkilotlarni xabardor qilish xamda oʻzining rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlonni joylashtirish.

1 (bir) ish kunida

4-bosqich

Idora va tashkilotlar

Ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab oʻzlarining maʼlumotlar bazasida tijorat tashkiloti toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etish.

5 (besh) ish kunida

5-bosqich

Majburiy ijro byurosi

Roʻyxatdan oʻtkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab ish yuritishda ijro hujjatini davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallash va belgilangan tartibda tugatishni ijro etish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuborish.

10 (oʻn) kun

6-bosqich

Soliq xizmati organlari

Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab tijorat tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishish, yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan, soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish istagini bildirgan hamda moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydigan tijorat tashkilotlardan tashqari.

3 (uch) ish kunida

7-bosqich

Tugatuvchi

Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin barcha kreditorlarni ularning talablari eʼtirof etilganligi yoki rad qilinganligi, eʼtirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda xabardor qilish.

5 (besh) ish kunida

8-bosqich

Tugatuvchi

Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi eʼtirof etilgan talablarni toʻlash hisobiga qoʻshish, baholash summasi bilan talab miqdori oʻrtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil boʻlgan tafovutni kreditordan qabul qilib olish.

5 (besh) ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

8a-bosqich

 

Tugatuvchi

 

Tugatish balansini tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlangandan soliq xizmati organiga topshiradi.

 

1 (bir) ish kunida

9-bosqich

Soliq xizmati organlari

Tugatish balansi qabul qilingandan keyin tijorat tashkilotining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitor va kreditor qarzi, mol-mulki, tayyor mahsulot qoldiqlari va boshqa aktivlari boʻlmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosani tugatuvchiga xamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborish.

1 (bir) ish kunida

10-bosqich

Majburiy ijro byurosi

Bajarilmagan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabarnoma yuborish.

3 (uch) ish kunida

11-bosqich

Tugatuvchi

Soliq xizmati organi va Majburiy ijro byurosining xabarnomasi olingandan keyin tijorat tashkilotining asosiy hisobvaragʻi ochilgan tijorat bankiga uni yopish toʻgʻrisida murojaat qilish va tijorat banklari tomonidan tijorat tashkilotiga tegishli boʻlgan hisobvaraq yopilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani olish.

1 (bir) ish kunida

12-bosqich

Tugatuvchi

Asosiy hisobvaragʻi yopilgandan keyin davlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshirish.

3 (uch) ish kunida

13-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Barcha hujjatlar olingandan keyin Tizim orqali tekshirish xamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish.

2 (ikki) ish kunida

14-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Qaror qabul qilingan kundan keyin uni tugatuvchiga berish yeki pochta orqali joʻnatish. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplarni qaytarish.

1 (bir) ish kunida

15-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qilish.

3 (uch) ish kunida

16-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga kadar barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatishni toʻxtatish xamda soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabar berish xamda yopilgan bank hisobvaraqlarini qayta tiklash.

1 (bir) ish kunida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
2-ILOVA
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob.Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda tijorat tashkiloti deb ataladi) hamda faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan (keyingi oʻrinlarda davlat reyestri deb ataladi) chiqarish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 11-may)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya-xoʻjalik faoliyati — tijorat tashkilotining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat koʻrsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bogʻliq faoliyati;
harakatsiz holatga oʻtkazish — moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari koʻrilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar qoʻllaniladigan chora;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazlari;
tugatish — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat reyestriga tijorat tashkilotini tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni qayd etish;
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyatni vaqtincha toʻxtatib turish — yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatni boshlash yoki amalga oshirishda moliyaviy mablagʻlar (oʻz mablagʻlari, kredit kabilar) mavjud emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra faoliyatini bir yil muddatgacha boʻlgan davrda vaqtincha toʻxtatish;
Markaziy maʼlumotlar bazasi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son. Oltinchi xatboshining kuchga kirish sanasi — 2026-yil 11-may)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini taʼminlovchi tizim.
3. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, ularning yuridik shaxslari hisoblanadigan alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻlgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qoʻllanmaydi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
4. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini davlat reyestridan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tijorat tashkilotlarini moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb eʼtirof etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab uch oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochmaganligi;
bank hisobvaraqlarini ochgan, biroq olti oy mobaynida:
moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha bank hisobvaraqlariga mablagʻlar tushirmaganligi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirmaganligi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa yoki marketpleys toʻlov tizimidan foydalanilmaganligi;
tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmaganligi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga olti oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari tushmaganda, tijorat banklari uch ish kuni ichida ular hisobga qoʻyilgan joydagi soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliq qoʻmitasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya kanali orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maʼlumot taqdim etadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Bunda soliq xizmati organiga maʼlumot taqdim etilgandan soʻng tijorat tashkilotining bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlari tushganda, tijorat banklari tomonidan ushbu oʻzgarish boʻyicha bir ish kuni mobaynida qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Soliq xizmati organi tijorat banklaridan maʼlumot kelib tushgach va (yoki) ushbu Nizomning 5-bandi talablari boʻyicha soliq organlarining Markaziy maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar asosida uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotlari faollik holatini faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartiradi hamda ushbu tashkilotlar toʻgʻrisida Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va roʻyxatdan oʻtgan joydagi statistika organlarini xabardor qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soliq xizmati organi ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslar boʻyicha:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
a) quyidagilarni:
tijorat tashkiloti haqiqatda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulki shu jumladan, raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar qoldiqlari mavjudligini;
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
yuridik va faoliyat koʻrsatish manzilida mavjudligini;
tijorat tashkilotining barcha qarzdorliklari (2-son kartotekasi) tahlilini;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi mavjudligini;
(8-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
b) muassislarining (qatnashchilarining) turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb qilish choralarini koʻradi;
v) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif etadi. Tijorat tashkiloti oʻn ish kunida ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) Markaziy maʼlumotlar bazasida mavjud hamda boshqa organlar, muassasalar va tashkilotlardan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini axborot tizimlari orqali tekshiruvdan oldingi tahlildan oʻtkazadi.
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3-bob. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini harakatsiz holatga oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tijorat tashkilotining soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki mavjud boʻlmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini tugatish jarayoniga jalb etish imkoni boʻlmaganda, davlat soliq xizmati organlari Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻn ish kunida tijorat tashkilotini harakatsiz holatga oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ:
soliq xizmati organlarining taqdimnomasi kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritadi;
uch ish kunida:
tijorat tashkilotining harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-saytida eʼlonni joylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga), tijorat banklariga Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
11. Tijorat banklari harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlarini bir ish kunida yopib, pul mablagʻlarini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkilotlariga kelib tushgan mablagʻlar ularning harakatsiz depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Ushbu tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga qoʻyilgan talablar harakatsiz depozit hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan tahlillar va oʻrganishlar natijasida soliq qarzdorliklari aniqlangan taqdirda,ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
Soliqlar boʻyicha qarzdorliklari undirilgan tijorat tashkilotlari boʻyicha ish yuritish ushbu Nizomning 9-bandi asosida davom ettiriladi.
13. Tijorat tashkilotining debitorlik-kreditorlik qarzdorliklarini undirish manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Tijorat tashkiloti faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar toifasiga oʻtkazilgandan keyin soliq xizmati organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish toʻxtatiladi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
14. Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkiloti faoliyati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi holatlarda:
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat tashkilotining muassisi(lari), uning qonuniy vakillari yoki vorisi bir yilda tijorat tashkiloti faoliyatini davom ettirish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilgan taqdirda — muassisi(lar), qonuniy vakil yoki vorislarning qaroriga asosan;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 11-may)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat tashkiloti sud yoki ijro ishi yuritish jarayoniga daʼvogar yoxud javobgar sifatida eʼtirof etilgan yoki unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda, qayta tiklanadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Bunda tijorat tashkiloti yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning faoliyati qayta tiklanganligi toʻgʻrisida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat tashkiloti faoliyati qayta tiklangan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bu haqda tijorat banklarini, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligini Tizim orqali xabardor qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdgai 348-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
15. Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkilotini javobgar yoki daʼvogar sifatida eʼtirof etgan organ (mansabdor shaxs) bu haqida uch ish kunida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilishi shart.
4-bob. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini davlat reyestridan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tijorat tashkilotlari harakatsiz holatda saqlanishiga bir yil toʻlganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 11-may)
harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkilotlari faoliyati tiklanmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch ish kunida davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi hamda tovar belgisining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani (agar mavjud boʻlsa) bekor qiladi. Agar ularni topish imkoni mavjud boʻlmasa, uch ish kunida bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga olish organi veb-saytida eʼlon qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tijorat tashkiloti, shuningdek, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga fermer xoʻjaligi davlat reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabarnoma yuboradi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat reyestriga tugatish haqida yozuv kiritilgandan soʻng tijorat tashkilotini tugatish yakunlangan, tijorat tashkiloti, shuningdek, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga fermer xoʻjaligi esa mavjud emas deb hisoblanadi.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
17. Davlat reyestridan chiqarilgan tijorat tashkilotining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar tijorat banklari tomonidan besh ish kunida tijorat tashkilotlarining pul mablagʻlarini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga tegishli tijorat banki tomonidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Harakatsiz holatda turgan tijorat tashkiloti davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng uning soliq va yigʻimlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalari mahalliy budjetlarning daromadi hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish
181. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish:
qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻini toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida qayta tiklanmagan taqdirda va soliq qarzi mavjud boʻlmaganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan;
soliqlar va yigʻimlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish — ushbu Nizomning 2 — 4-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
182. Faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish soliq xizmati organining xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
183. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Tizim orqali quyidagi hujjatlar (maʼlumotlar) kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektini davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisidagi tijorat bankining maʼlumotnomasi;
soliq xizmati organining xabarnomasi;
yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining muhri, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) topshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
184. Davlat reyestridan chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar tijorat banklari tomonidan besh ish kunida milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarda jamlanadi hamda hisobvaraq ochilgan bank joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga tegishli tijorat banki tomonidan oʻtkaziladi.
185. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng uning soliq va yigʻimlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalari mahalliy budjetlarning daromadi hisoblanadi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 11-may)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti, tugatuvchi oʻzlari tayyorlagan, roʻyxatdan oʻtkazgan organga va soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning toʻgʻriligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-avgustdagi 348-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son)
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan, oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tijorat banklari

Bank hisobvaraqlariga olti oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari tushmagan hollarda tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliq qoʻmitasining integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etish.

3 (uch) ish kunida

2-bosqich

Soliq xizmati organlari

Tijorat banklaridan maʼlumot tushgan va (yoki) ushbu Nizomning 5-bandi talablari boʻyicha soliq organlarining Markaziy maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar asosida tijorat tashkilotlari faollik holatini faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartirish va bu toʻgʻrisida Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat statistika organlarini xabardor qilish.

3 (uch) ish kunida

4-bosqich

Soliq xizmati organlari

Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkiloti muassislariga (qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif qilish va ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etan, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibda tugatish tadbirlarini boshlash.

10 (oʻn) i kunida

5-bosqich

Soliq xizmati organlari

Tijorat tashkilotining soliq yigʻimlar boʻyicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki mavjud boʻlmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini tugatish jarayoniga jalb etish imkoni boʻlmaganda, Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tijorat tashkilotini harakatsiz holatga oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma yuborish.

10 (oʻn) ish kunida

6-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Tijorat tashkilotining harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻzining rasmiy saytida eʼlonni joylashtirish;

tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga) Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.

3 (uch) ish kunida

7-bosqich

Tijorat banki

Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkilotining hisobvaraqlarini yopish va pul mablagʻlarini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish.

1 (bir) ish kunida

8-bosqich

Sud organlari va Majburiy ijro byurosi

Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tijorat tashkiloti javobgar yoki daʼvogar sifatida eʼtirof etilganda bu haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilish.

3 (uch) ish kunida

9-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Tijorat tashkiloti harakatsiz rejimda saqlanishiga bir yil toʻlganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va bu haqida davlat reyestriga tegishli yozuv xamda Tizimga tegishli oʻzgartirish kiritish.

3 (uch) ish kunida

10-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

(Davlat xizmatlari markazi)

Tijorat tashkilotining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va tovar belgisining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bekor qilish. Agar ularni topish imkoni mavjud boʻlmasa, bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy saytda eʼlon qilish.

3 (uch) ish kunida

11-bosqich

Tijorat banki

Davlat reyestridan chiqarilgan tijorat Tashkilotining tijorat banki hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlash va hisobvaraq ochilgan tijorat banki joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga oʻtkazish.

5 (besh) ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son. 9-bosqich pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunininng kuchga kirish sanasi — 2026-yil 11-may)
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bank hisobvaraqlariga olti oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari kelib tushmagan tijorat tashkiloti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)

T/r

Maʼlumot turlari

Izoh

1.

Tijorat tashkilotining toʻliq nomi

2.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

3.

Pochta manzili

4.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankning nomi

5.

Bank hisob raqami

6.

Hisob raqamdagi qoldiq pul mablagʻlari miqdor

7.

Hisob raqam ochilgan sana

8.

Hisob raqam toʻxtatilgan sana

9.

Tijorat tashkilotining kreditor, debitor qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari (mavjud boʻlsa)

10.

Kartoteka 2 qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)

Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
21-ILOVA
Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kichik tadbirkorlik subyekti — qonunchilik hujjatlarida belgilangan mezonlarga javob beradigan mikrofirmalar va kichik korxonalar;
faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyekti — moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotganligi sababli qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlari tomonidan faollik holati faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartirilgan tijorat tashkiloti;
moliya-xoʻjalik faoliyati — tijorat tashkilotining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va xizmat koʻrsatish, shuningdek, buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan bogʻliq faoliyati.
3. Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
4. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda soliq inspeksiyalari har oyda hisobot oyining birinchi sanasiga faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini tasdiqlaydilar.
5. Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari bir ish kuni ichida faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatida koʻrsatilgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisiga (bundan buyon matnda tuman (shahar) hokimining yordamchisi deb yuritiladi) elektron tarzda kuzatuv xati bilan taqdim etadilar.
Bunda tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan yuborilgan kuzatuv xati toʻgʻridan-toʻgʻri hokim yordamchisining “online-mahalla” elektron platformasiga kelib tushadi.
3-bob. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
6. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini olgan kundan boshlab oʻn ish kunida korxona rahbari va (yoki) taʼsischilari (ishtirokchilari) ishtirokida faoliyat yuritmaslik sabablarini oʻrganadi hamda yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi jadvalni toʻldiradi.
7. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi oʻrganish jarayonida korxonaning faoliyat koʻrsatishi uchun bino va yer uchastkasi ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish hamda ulardan foydalanish, faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun ruxsatnoma va litsenziyalar olish yoki kredit ajratilishi lozim boʻlsa:
mahalladagi boʻsh bino va yer uchastkalarini aniqlab, ularni tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda berish (realizatsiya qilish) boʻyicha tegishli tashkilotlarga uch ish kunida takliflar kiritadi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun litsenziya yoki ruxsatnomalar olish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etadi;
oʻzining vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish uchun bir ish kunida “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritadi;
tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik yuritish boʻyicha tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni tuman (shahar) hokimiga kiritadi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kredit va subsidiyalar ajratish boʻyicha tavsiyanoma beradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni amalga oshiradi.
8. Tuman (shahar) hokimining yordamchisi tomonidan oʻn besh ish kunida korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablari koʻrsatilgan holda ular faoliyatini tiklash boʻyicha tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosariga axborot va takliflar kiritiladi.
4-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
9. Tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari tomonidan korxonalar rahbarlari va (yoki) taʼsischilari (ishtirokchilari), vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari, bank va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash yuzasidan besh ish kunida har bir korxona kesimida yoʻl xaritasi ishlab chiqiladi hamda ishlab chiqilgan yoʻl xaritalari tuman (shahar) hokimi tomonidan bir ish kunida tasdiqlanadi.
10. Yoʻl xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan har oʻn kunda yoʻl xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimiga axborot kiritib boriladi.
12. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan har oy yakuni bilan faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga axborot kiritiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Tuman (shahar) hokimi yordamchisining oʻziga yuklatilgan vazifalari ijrosi va ular yuzasidan vakolatli organlarga kiritgan murojaatlarini tezkor koʻrib chiqilishini nazorat qilish tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Tuman (shahar) hokimi yordamchisi tomonidan kiritilgan takliflarning va (yoki) murojaatlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik va masʼuliyat vakolatli organlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik korxonalarning faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda soliq inspeksiyalari

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini tasdiqlaydi.

Har oyda, hisobot oyining birinchi sanasiga

2-bosqich

Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatida koʻrsatilgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahallaga biriktirilgan tuman (shahar) hokimining yordamchisiga taqdim etadi.

Tasdiqlangan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimining yordamchisi

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari rahbari va (yoki) taʼsischilari (ishtirokchilari) ishtirokida faoliyat yuritmaslik sabablarini oʻrganadi.

Roʻyxat olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunida

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimining yordamchisi

Korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablari koʻrsatilgan holda ularning faoliyatini tiklash boʻyicha tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosariga axborot va takliflar kiritadi.

Oʻn besh ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari

Korxonalar rahbarlari va (yoki) taʼsischilari (ishtirokchilari), vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari, bank va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tiklash yuzasidan har bir korxona kesimida yoʻl xaritasini ishlab chiqadi.

Besh ish kunida

Ishlab chiqilgan yoʻl xaritalari tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi

Yoʻl xaritasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimiga axborot kiritadi.

Har oʻn kunda

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga axborot kiritadi.

Har oy yakuni bilan

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

T/r

STIR

Korxona nomi

Yuridik shaxs joylashgan mahalla

Yuridik shaxsning manzili

Korxona rahbari

Taʼsischilar

Faoliyat koʻrsatmayotgan muddati

F.I.O

Telefon raqami

F.I.Sh

Telefon raqami

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Korxonaning faoliyat yuritmaslik sabablari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

T/r

STIR

Nomi

Faoliyat koʻrsatmayotgan muddati

Yuridik shaxsning manzili

Tiklash istagi yoʻq

Tiklash istagi bor

shundan, iqtisodiy qiyinchilik sabablari boʻyicha

Aylanma mablagʻi yetarli emas

Kredit olishda muammo mavjud

Yer, bino, ofis va ishlab chiqarish binosi olishda muammo mavjud

Tovar va xizmatlariga talab kamaygan

Elektr, gaz, suv va kommunikatsiya yoʻqligi

Soliq qarzini toʻlash imkoniyati yoʻq

Litsenziya yoki ruxsatnoma olishdagi muammo

Boshqa muammo

(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (“Oʻzbekiston Respublikasi HT”, 1999-y., 7-son, 35-modda.).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda) 1-ilovaning 23-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori)” 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 23-son, 237-modda) ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 52-son, 523-modda) 3-ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” 2012-yil 26-apreldagi OʻRQ-327-son Qonuni)” 2012-yil 19-iyuldagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 29-son, 339-modda) ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 25-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori)” 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 100-modda) ilovaning 2-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2017-yil 18-maydagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 372-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda) ilovaning 10-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/664/1007-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 10.08.2023-y., 09/23/348/0582-son; 17.08.2023-y., 09/23/387/0621-son; 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)