1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlar davlat xizmatlari deb ataladi) koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblansin:
davlat xizmatlari koʻrsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni koʻrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik oʻrnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
2. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq.
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
4. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
oʻn kun muddatda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda YIDXPda:
davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini;
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan tijorat takliflarini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda toʻlovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobi yuritilishini taʼminlasinlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni koʻllasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 2-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) gaz tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi isteʼmolchilarning gaz tarmoqlariga ulanayotgan yangi va qoʻshimcha gaz isteʼmoli jihozlariga, shuningdek, gaz taʼminoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari oʻzgarishiga olib keladigan ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgartirilayotganda tatbiq etiladi.
Ushbu Reglament talablari isteʼmolchilarning 1,2 MPa bosimdan yuqori boʻlgan gaz tarmoqlariga ulanishiga tatbiq etilmaydi.
3. Tabiiy gazni gaz taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
gaz taʼminoti shartnomasini tuzish;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Maishiy isteʼmolchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xoʻjaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlarini gaz tarmoqlariga ulash jarayonida texnik shart ishlab chiqish talab etilmaydi hamda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari (hududiy gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishilmasdan) qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun asos boʻladi.
Bunda loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlarini hududiy gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
41. Quyidagi hollarda texnik shartlar hamda gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi texnik shart mavjud boʻlib (gaz isteʼmoli jihozlari, gaz taʼminoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari va ulanish nuqtasini oʻzgartirmasdan) begonalashtirilganda va ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgarganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish priborini oʻrnatish, plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori oʻrnatilishi talab etilmasa, hududiy gaz taʼminoti tashkiloti (keyingi oʻrinlarda HGTT deb ataladi) tomonidan elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (isteʼmolchi oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) faqat gaz taʼminoti shartnomasi yuboriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
5. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
gaz taʼminoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
gaz taʼminoti shartnomasini tuzadi;
tabiiy gazni yetkazib berishni amalga oshiradi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” DI deb ataladi) sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslarning gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar beradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, HGTT, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
7. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Isteʼmolchilar gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
9. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Zarur hollarda soʻrovnomada ulanish nazarda tutilayotgan gaz kommunikatsiyalari balansda saqlovchilarining roziligi mavjudligi haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, gaz taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yigʻimning 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
111. Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGTTning bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGTTning bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada gaz isteʼmolining yuklama hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, HGK xodimlari obyektni joyiga chiqib oʻrganadilar yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan isteʼmolchining telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlanib obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda HGTTga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. HGTT soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan texnik shartlarni tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimlari tomonidan taqdim etiladigan oʻrganish xulosasiga asosan ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
HGTT loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, HGTT oʻzining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va tegishli xarajatlarining kalkulyatsiyasini aniq koʻrsatadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng real vaqt rejimida isteʼmolchiga beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
17. Isteʼmolchining obyekti joylashgan hududda quvvati HGK tomonidan isteʼmolchiga tabiiy gazni yetkazib berishni taʼminlaydigan gaz taqsimoti tarmogʻining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslarga koʻra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
19. Gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga ega.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomaga gaz taʼminoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun HGTTga avtomatik tarzda yuboriladi.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
22. Gaz taʼminoti loyihasi HGTT tomonidan ishlab chiqilgan hollarda gaz taʼminoti loyihasini kelishish talab etilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
23. HGTT soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni ichida gaz taʼminoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan gaz taʼminoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
24. Gaz taʼminoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi gaz taʼminoti loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra gaz taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Gaz taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Gaz taʼminoti loyihasini takroran koʻrib chiqishda HGTT tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach HGTT tomonidan gaz taʼminoti loyihasi avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat etganda) elektron shaklda yuboriladi.
Agar gaz taʼminoti loyihasi boʻyicha HGTT tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda loyihalash tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik XGTT zimmasiga yuklatiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomada loyihalashtirish tashkiloti tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
26. Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar HGTT yoki tegishli litsenziyaga ega boʻlgan boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Isteʼmolchilar (tegishli litsenziyaga ega boʻlish sharti bilan) qurilish-montaj ishlarini mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini oʻtkazish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
4-§. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish
28. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
29. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
30. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
31. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Isteʼmolchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, HGTT tomonidan yangi abonent raqami gaz taʼminoti shartnomasida koʻrsatiladi. Shuningdek, isteʼmolchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JSHSHIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yoʻli bilan aniqlashlari mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
32. HGTT soʻrovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
33. Tabiiy gazni hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida HGTT rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasini, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat ichida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
35. Isteʼmolchi rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasi tushgandan soʻng besh ish kuni mobaynida uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan gaz taʼminoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) HGTTga yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
36. Isteʼmolchi gaz taʼminoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda gaz taʼminoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
37. Tabiiy gazni yetkazib berish HGTT tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
38. Gaz isteʼmoli jihozlarni sozlash-ishga tushirish ishlari hamda ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-§. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish
39. Yiliga 100 000 gacha kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun, sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish talab etilmaydi.
40. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar “Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, gaz taʼminoti loyihalarini kelishish va tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
42. Davlat xizmatlari markazlari, HGTT, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
43. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
44. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
45. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shart?arni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani HGTTga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
HGTT
1. QR-kodli texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali yuborish.
2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Texnik shartlarni, shuningdek HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini isteʼmolchiga berish.
Real vaqt rejimida
II. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olgandan soʻng)
2-bosqich
HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari
Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyiha tashkiloti
Gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani va gaz taʼminoti loyihasini HGTTga kelishish uchun yuborish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
HGTT
1. Gaz taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish.
2. Gaz taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Isteʼmolchi
HGTT yoki boshqa qurilish-monta? tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishilgandan soʻng)
7-bosqich
HGTT yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
III. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish
1-bosqich
Isteʼmolchi
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj ishlari tugatilganidan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani HGTTga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
HGTT
1. Tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali gaz taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchilarga YIDXP orqali yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Isteʼmolchini gaz taʼminoti shartnomasi rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Isteʼmolchi
1. Rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasini tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan gaz taʼminoti shartnomasini HGTTga Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
HGTT
1. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish.
1. Oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni
2. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish
2. Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni
IV. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish
1-bosqich
“Sanoatgeokontexiazorat” DI
Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.
Belgilangan muddatlarda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
1. gaz taʼminoti shartnomasi tuzilgan sanasi va raqami:
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
IV. Rozilik toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Gaz kommunikatsiyalarini balansda saqlovchilar — yuridik shaxslarning nomi, gaz kommunikatsiyalarini balansda saqlovchilar — jismoniy shaxslarning F.I.O.
Raqam
Sana
1.
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Gaz taʼminoti loyihasini hududiy gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishish uchun
SOʻROVNOMA
I. Kelishilayotgan gaz taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
Loyiha tashkilotining nomi:
Telefon raqami:
Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
Gaz taʼminoti loyihasi:
Loyihalash tashkilotining ERI
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun
SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Gaz taʼminoti ulanadigan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Obyektning manzili:
2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?
Xa
(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)
Yoʻq
(abonentning shaxsiy raqami mavjud)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
muvofiq __________________________________________ manzilida
(obyektning manzili)
joylashgan obyekt boʻyicha gaz taʼminoti loyihasi kelishildi.
Hujjatning
haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 3-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi yangi yoki amaldagi obyektlarda shartnomaviy oʻlchamlarga nisbatan issiqlik yuklamasi oʻzgarganda (ortganda yoki kamayganda) rekonstruksiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulashga tatbiq etiladi.
3. Issiqlik energiyasini issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
4. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida binoning arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi oʻrinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmogʻiga ulash toʻgʻrisidagi dalolatnomani (keyingi oʻrinlarda Dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirish va tasdiqlash.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
41. Quyidagi hollarda texnik shart, issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish hamda kelishish talab etilmaydi:
maishiy isteʼmolchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylarda;
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi texnik shart mavjud boʻlib begonalashtirilganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda;
issiqlikdan foydalanish hajmlari oʻzgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini oʻrnatish, plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori oʻrnatilishi talab etilmasa, issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga tizim orqali faqat issiqlik taʼminoti shartnomasi yuboriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
5. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) Issiqlik taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda issiqlik taʼminoti korxonasi deb ataladi) huzuridagi issiqlik tarmoqlariga yuridik va jismoniy shaxslarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ulash xizmatlarini koʻrsatish xizmati:
issiqlik taʼminoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
Dalolatnomani rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi) isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlaydi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
6. Davlat xizmatlari markazlari, “Oʻzenergoinspeksiya”, issiqlik taʼminoti korxonalari, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
7. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
9. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, issiqlik taʼminoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulashda Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
111. Jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulashda taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Oʻzenergoinspeksiya va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Oʻzenergoinspeksiya va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi.
(12-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada issiqlik isteʼmolining yuklama hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, issiqlik taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan obyekt joyiga chiqib oʻrganiladi yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmi aniqlanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik taʼminoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda issiqlik taʼminoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
Issiqlik taʼminoti korxonasi qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalar loyihalarini ham yuborishi mumkin. Bunda, issiqlik taʼminoti korxonasi oʻzining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulyatsiyasini aniq koʻrsatadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda issiqlik taʼminoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng real vaqt rejimida isteʼmolchiga beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomada isteʼmolchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
17. Ulanish yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyati mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslarga koʻra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
3-§. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
19. Issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarishga shartnomalar tuzadi.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomaga issiqlik taʼminoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun issiqlik taʼminoti korxonasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni ichida issiqlik taʼminoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan issiqlik taʼminoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Issiqlik taʼminoti korxonasi QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
23. Issiqlik taʼminoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi issiqlik taʼminoti loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra issiqlik taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Issiqlik taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Issiqlik taʼminoti loyihasini takroran koʻrib chiqishda issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
24. QR-kodli xulosa tasdiqlangach Issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali yuboriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomada loyihalashtirish tashkiloti tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
25. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti korxonalari yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
26. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
261. Agar issiqlik taʼminoti korxonasi belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirmasa yoxud asoslantirilgan rad javobini bermasa, xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik issiqlik taʼminoti korxonasi zimmasiga yuklatiladi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
4-§. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash dalolatnomasini rasmiylashtirish va tasdiqlash tartibi
(4-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
27. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari yoki isteʼmolchilar qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan soʻng issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun YIDXPda yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan va isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun avtomatik ravishda “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuboriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
28. “Oʻzdavenergonazorat” DI joyning oʻziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini oʻrganadi, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshiradi.
29. “Oʻzenergoinspeksiya” bildirishnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
291. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda Dalolatnoma deb ataladi) tuzilib, unda isteʼmolchi elektr qurilmalari foydalanishga tayyorligi (tayyor emasligi) toʻgʻrisida yozuv qayd etiladi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
30. Isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalarini montaj qilishda aniqlangan kamchiliklar, texnik shartlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, issiqlik energiyasi qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi Dalolatnomani imzolashni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli Dalolatnomani imzolashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi bildirishnoma “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari mavjud qoidabuzarliklarni bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega boʻlgan muddat “Oʻzenergoinspeksiya”ning qoidabuzarliklar mavjudligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya”ning Dalolatnomani imzolashni rad etishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng ushbu tashkilotlar “Oʻzenergoinspeksiya”ga issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini qaytadan koʻrikdan oʻtkazish uchun joylarga chiqish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuboradi.
“Oʻzenergoinspeksiya” soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda qayta texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishni takroran koʻrib chiqishda “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
(30-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
31. “Oʻzenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan soʻng isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolashga tayyorligi toʻgʻrisidagi soʻrovnomani issiqlik taʼminoti korxonasi, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga, shuningdek, isteʼmolchiga (elektron koʻrinishda murojaat etganda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
(5-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish “Oʻzenergoinspeksiya”ni isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
33. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
34. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
35. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik taʼminoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda issiqlik taʼminoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Isteʼmolchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, Issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan yangi abonent raqami issiqlik taʼminoti shartnomasida koʻrsatiladi. Shuningdek, isteʼmolchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JSHSHIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yoʻli bilan aniqlashlari mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
36. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
37. Issiqlik taʼminoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan rasmiylashtirilgan issiqlik taʼminoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
Bir vaqtning oʻzida issiqlik taʼminoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni YIDXP orqali “Oʻzenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan kelishadi.
Dalolatnomani imzolanishi issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan yuqorida keltirilgan barcha tomonlar xabardor qilingan paytdan boshlab ikki kalendar kunidan oshmasligi lozim.
Dalolatnoma yuqorida keltirilgan tomonlarning barcha vakillari tomonidan belgilangan muddatdan kechikmasdan imzolanadi.
Agar Reglamentning ushbu bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng Dalolatnomani qayd etilgan tomonlar imzolamasa, Dalolatnoma kelishilgan deb hisoblanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
371. Dalolatnoma mazkur Reglamentning 37-bandida koʻrsatilgan tomonlar uni imzolagach, issiqlik taʼminoti korxonasining rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
38. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan issiqlik taʼminoti shartnomasi tushganidan soʻng real vaqt rejimida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
39. Isteʼmolchi rasmiylashtirilgan issiqlik taʼminoti shartnomasi tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik taʼminoti shartnomasi issiqlik taʼminoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
40. Isteʼmolchi issiqlik taʼminoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda issiqlik taʼminoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
41. Issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
42. Ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
43. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, issiqlik taʼminoti loyihalarini kelishish, isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlash va issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
44. Davlat xizmatlari markazlari, issiqlik taʼminoti korxonalari, “Oʻzenergoinspeksiya”, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
45. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
46. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
47. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.
2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod qoʻyilgan texnik shartlarni, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini isteʼmolchiga berish.
Real vaqt rejimida
II. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olgandan soʻng)
2-bosqich
Loyihalash tashkilotlari
Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi
1. Issiqlik taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish.
2. Issiqlik taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Isteʼmolchi
Issiqlik taʼminoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishilgandan soʻng)
7-bosqich
Issiqlik taʼminoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
III. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun dalolatnoma rasmiylashtirish
1-bosqich
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari tugaganidan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”
1. Joyning oʻziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini oʻrganish, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshirish.
2. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun QR-kod qoʻyilgan dalolatnomani rasmiylashtirish.
3. QR-kod qoʻyilgan dalolatnomani Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga yuborish.
2 ish kuni mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
qoʻshimcha issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash
ulanish nuqtalarini oʻzgartirish
III. Avval ulanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. tuzilgan issiqlik taʼminoti shartnomasining raqami va sanasi:
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Issiqlik taʼminoti loyihasini issiqlik taʼminoti korxonasi bilan kelishish uchun
SUROVNOMA
I. Kelishilayotgan gaz taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
Loyiha tashkilotining nomi:
Telefon raqami:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
Issiqlik taʼminoti loyihasi:
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilish uchun
SUROVNOMA
I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1, F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
Issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilinadigan obyekt joylashuvi (indeks, manzil, moʻljal):
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun
SUROVNOMA
I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs tOʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Issiqlik taʼminoti ulanadigan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Obyektning manzili:
2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?
Ha
(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)
Yoʻq
(abonentning shaxsiy raqami mavjud)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlarining tomonidan, YIDXP orqali yuborgan 20___ yil “___” ______ ___-son soʻrovnoma maʼlumotlariga muvofiq tuzildi.
Isteʼmolchi tashkilot vakili (yuridik shaxslar uchun)
______________________ (lavozimi)
_______________(F.I.O.)
yoki issiqlik qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili
_____________________ (F.I.O.)
ishtirokida mansabdor shaxs _____________________________________________________________
(hududiy boʻlim nomi, lavozimi)
tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqadi va issiqlik qurilmalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.
1. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan issiqlik qurilmalar:_____________________
1.2.4. Issiqlikdan foydalanish qurilmasi, issiqlik tarmogʻi, taqsimlash punkti (MTP, SHTP), texnik va mualliflik nazorati egasining “___”_____________ _____ y.dagi imzosi bilan tasdiqlangan pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng foydalanishga ruxsat beriladi:
1.2.5. Issiqlik isteʼmolining ichki tizimi qabul qilish dalolatnomasi bilan taqdim etiladi:
isitish, “______” _________ ____y.dagi ; IST “______” _________ ____y.dagi;
shamollatish “______” ___________ ______y.dagi;
texnologik ehtiyoj “______” _________ ____y.dagi
1.2.6. Issiqlik qurilmasi ulangan issiqli tarmogʻi tashkilotining 20__ y. “____” _____dagi maʼlumotnomasi _______________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
2. Issiqlik qurilmasini koʻrib chiqishda va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi:
2.1. Issiqlik qurilmani ekspluatatsiya qilishni tashkil etish:
2.1.1. Issiqlik qurilmasi ekspluatatsiya qilish ____________________________________ _____________________________________________________________ tomonidan amalga oshiriladi.
(isteʼmolchi tashkilotning yoki issiqlik qurilmasi egasining n�mi (kerakligining tagiga chizing))
2.1.2. Issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxs ________________________________________________
20 ____ y. “____”_________dagi ____- son buyruq bilan tayinlangan.
20____ y. “____”________dagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda TEQQ va HTQ bilimlar tekshiruvidan oʻtgan, jurnaldagi _____________________ — son yozuvi.
2.1.3. Issiqlik texnik xodimlarining soni va malakasi boʻyicha muvofiqligi _____________________________________________________________________________________
2.1.4. Issiqlik qurilmasining pasportlari___________________________________________________
2.2. Issiqlik qurilmalarining texnik holati (TEQQ va TQ ga muvofiqligi)
2.2.1. Issiqlik tarmoqlari________________________________________________________________
2.2.2. Issiqlik punktlari ________________________________________________________________
Isteʼmolchining M.Sh. yoki Issiqlik qurilmasining egasi (jismoniy shaxslar uchun)___________________
(F.I.O., telefon raqami
“_____”________________ 20_____ y.
________________________________ (imzo)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 8-ILOVA
Issiqlik taʼminoti loyihasiga muvofiq hisoblangan quvvat ____ kVt.
Quyidagi bilan tasdiqlanadiki, isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmasi va issiqlik tarmogʻining issiqlik taʼminoti korxonasining issiqlik (bugʻ) tarmogʻiga ulash qonunchilikka muvofiq bajarilgan.
Tomonlarning imzolari:
issiqlik taʼminoti korxonasidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
Oʻzenergoinspeksiyadan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
Arizachidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 4-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etiladi:
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga;
loyiha-smeta hujjatlarida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan obyektlarga.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
3. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzmasdan suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish taqiqlanadi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
5. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) suv quvurlari va kanalizatsiya xoʻjaligi tashkiloti (keyingi oʻrinlarda SQKX tashkiloti deb ataladi):
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va kelishadi, agar loyiha ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti boʻlsa;
(5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
suvni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi;
suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilishni amalga oshiradi;
b) loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra);
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
6. Davlat xizmatlari markazlari, SQKX tashkilotlari, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Quyidagi hollarda texnik shartlar, suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
maishiy isteʼmolchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xoʻjaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlarida;
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi texnik shart mavjud boʻlib begonalashtirilganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda;
ulanish nuqtalari oʻzgarganda, suvdan foydalanish hajmlari oʻzgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini oʻrnatish, plombalash va suv taʼminoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi. Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori oʻrnatilishi talab etilmasa, SQKX tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga tizim orqali faqat suv taʼminoti shartnomasi yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
7. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Isteʼmolchilar suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olishga Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Ichimlik suv taʼminoti obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (oʻlchash vositalari oʻrnatilib, ichimlik suv uy hoʻjaligigacha yetkazilgan taqdirda), isteʼmolchining ixtiyoriga koʻra SQKX bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish va suvni hisobga olish priborini plombalash amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son)
9. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Zarur hollarda soʻrovnomada ulanish nazarda tutilayotgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilarning roziligi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
(9-bandning uchinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
111. Jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob varagʻiga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash isteʼmolining yuklama hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, SQKX tashkiloti xodimlari obyektni joyiga chiqib oʻrganadilar yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgach real vaqt rejimida uni SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
16. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
SQKX tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, SQKX tashkiloti oʻzining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulyatsiyasini aniq koʻrsatadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng real vaqt rejimida isteʼmolchiga beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomada isteʼmolchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
17. Isteʼmolchining obyekti joylashgan hududda quvvati SQKX tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga suvni yetkazib berish va undan oqova suvlarini qabul qilishni taʼminlaydigan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslarga koʻra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar isteʼmolchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari ilova qilingan holda loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
3-§. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
19. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun isteʼmolchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini amalga oshirishga shartnomalar tuzish huquqiga ega.
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomaga suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga avtomatik tarzda yuboriladi.
22. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi SQKX tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hollarda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish talab etilmaydi.
23. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
SQKX tashkiloti QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
Xulosani tasdiqlash SQKX tashkilotining ERIsi bilan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
24. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini takroran koʻrib chiqishda SQKX tashkiloti tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach SQKX tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Agar SQKX tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik SQKX tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Soʻrovnomada isteʼmolchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
26. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Isteʼmolchilar qurilish-montaj ishlarini (tegishli litsenziyaga ega boʻlish sharti bilan) mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
4-§. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish, shuningdek, suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish
28. Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
29. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Bunda, soʻrovnomada SQKX tashkiloti tomonidan tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish muddati koʻrsatiladi.
Isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
30. Isteʼmolchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
31. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni SQKX tashkilotiga suvni hisobga olish priborini plombalash va suv taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga yuboriladi.
Isteʼmolchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, SQKX tashkiloti tomonidan yangi abonent raqami suv taʼminoti shartnomasida koʻrsatiladi. Shuningdek, isteʼmolchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JSHSHIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yoʻli bilan ham aniqlashlari mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
32. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy suvni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda ikki nusxada isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida dalolatnoma tuzadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
33. Suvni hisobga olish pribori plombalangan kunning oʻzida SQKX tashkiloti rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani, suvni hisobga olish priborini plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma kelib tushgandan real vaqt rejimida bu haqida isteʼmolchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
35. Isteʼmolchi rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
36. Isteʼmolchi suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
37. Suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni SQKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
38. Ulash hamda suv quvurlari kirish tarmoqlarini yuvish, kanalizatsiya quvurlarini ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihalarini kelishish, suvni hisobga olish priborini plombalash toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
40. Davlat xizmatlari markazlari, SQKX tashkilotlari, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan isteʼmolchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
41. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
42. Isteʼmolchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
43. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.
2. Loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
QR-kod qoʻyilgan texnik shartlarni, shuningdek, SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini isteʼmolchiga berish.
Real vaqt rejimida
II. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Isteʼmolchi
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga koʻra
(texnik shartlarni olgandan soʻng)
2-bosqich
SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.
Xohishiga koʻra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga yuborish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish.
2. Kelishilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Isteʼmolchi
SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra
(loyiha kelishilgandan soʻng)
7-bosqich
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
III. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish hamda suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish
1-bosqich
Isteʼmolchi
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga koʻra
(qurilish-montaj ishlari tugatilganidan soʻng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun soʻrovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Suvni hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali rasmiylashtirilgan va plombalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Isteʼmolchini suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Isteʼmolchi
1. Rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
SQKX tashkiloti
Suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilishni amalga oshirish.
Isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
1. suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgan sana va raqami:
(ulangan boʻlsa toʻldiriladi)
IV. Rozilik toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilar — yuridik shaxslarning nomi, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilar — jismoniy shaxslarning F.I.O.
Raqam
Sana
1.
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari kelgusida loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda oʻz tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun
SOʻROVNOMA
I. Kelishilayotgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
Loyiha tashkilotining nomi:
Telefon raqami:
Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi:
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun
SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Suvga ulanadigan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Obyektning manzili:
2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?
Xa
(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)
Yoʻq
(abonentning shaxsiy raqami mavjud)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
muvofiq __________________________________________ manzilida
(obyektning manzili)
joylashgan obyekt boʻyicha suv taʼminoti loyihasi kelishildi.
Hujjatning
haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Energiya taʼminoti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 5-martdagi 52-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 21-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 2-oktabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 87-modda).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ–2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 37-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 13-bandi.