1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.06.00.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (shuningdek, 03.02.08.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandchning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda tasdiqlanishini, Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini oʻn kun muddatda taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qaroriga 3-ILOVA
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati, notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma, arxiv hujjatlaridan nusxalar, mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar va arxiv maʼlumotlarini berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmati olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelgan holda murojaat etadi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza beruvchi davlat xizmatlari olish uchun soʻrovnomani elektron tarzda mustaqil ravishda, platformada joylashtirilgan maʼlumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
7. Soʻrovnomaga:
pasport nusxasi;
ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda — ishonchnoma nusxasi;
marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda — marhumning oʻlimi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxoʻr boʻlganda — vasiyatnoma va marhumning oʻlimi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa — uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinishi lozim.
Ariza beruvchi tomonidan YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda hujjatlarning asli talab etilmaydi. Bunda ushbu maʼlumotlar idoraviy notarial arxiv xodimlari tomonidan soʻrov yuborish va idoralararo elektron hamkorlik orqali tekshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
8. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
9. Soʻrovnomada ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatilganligi, shuningdek tegishli hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
11. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
12. Soʻrovnoma tushgandan soʻng vakolatli organ tomonidan quyidagi muddatlar mobaynida arxiv hujjatini berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi:
a) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati — soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida;
b) notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma-soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida;
v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar — soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
g) arxiv maʼlumotnomalari — soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida.
13. Vakolatli organ arxiv hujjatini berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda 10 daqiqa mobaynida Davlat xizmatlari markaziga arxiv hujjatlarini berish uchun toʻlanadigan toʻlov summasini koʻrsatgan holda elektron tarzda xabarnoma va arxiv hujjatlarini yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda xabarnoma ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
14. Arxiv hujjatlarini berish uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida;
notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida;
arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida;
arxiv maʼlumotnomalari berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida.
(14-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Gerbli (maxsus) blankalarda notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatlari berilganda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yigʻimi undiriladi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlash axborot — kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
15. Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
8,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
16. Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma tushganidan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
17. YIDXP orqali murojaat qilinganda arxiv hujjati elektron shaklda vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchining elektron pochtasiga yuboriladi. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari ariza beruvchining talabiga koʻra qogʻoz shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda kuryerlik xizmati orqali yuborilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
18. Arxiv hujjatlari notarial arxivda mavjud boʻlmasa, koʻrsatilgan xizmatlar uchun ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilmasa, davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olgan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
22. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Arxiv hujjatlarini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.
2. Belgilangan toʻlovni amalga oshirish.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.
10 daqiqada
3-bosqich
Vakolatli organ
Arxiv hujjatini rasmiylashtirish, uni oʻzining ERIsi bilan tasdiqlash va murojaatni qabul qilish manbasidan kelib chiqib, tegishliligi boʻyicha Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborish.
Reglamentda belgilangan tartibda
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Arxiv hujjatini berish haqida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ariza beruvchini xabardor qilish.
2. Ariza beruvchiga uning soʻroviga asosan elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida oʻzining muhrini bosgan holda berish.
10 daqiqada
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________(sana)
________________ (t/r)
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
2. Ismi (hamma oʻzgartirishlar koʻrsatilgan holda):
3. Otasining ismi (hamma oʻzgartirishlar koʻrsatilgan holda):
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) (mavjud boʻlganda):
5. Jinsi:
6. Yashash manzili:
7. Telefon raqami:
8. Ariza beruvchi nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi uchinchi shaxs haqidagi maʼlumot
9. Notarial idora:
10. Hujjat tasdiqlangan sana:
11. Notarial harakatning reyestr raqami:
12. Notarial harakat turi:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi:
2. Ishonchnoma nusxasi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda):
3. Qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar (marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda):
4. Vasiyatnoma va oʻlim haqida guvohnoma (ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxoʻr boʻlgan taqdirda):
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qaroriga 5-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida:
16-bandning birinchi xatboshisidagi “FHDY organida” soʻzlari “FHDY organi tomonidan bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37-banddagi “FHDY organi tomonidan” soʻzlari “FHDY organi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
38-banddagi “FHDY organi tomonidan” soʻzlari “FHDY organi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali” soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/134/2621-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son; 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)