1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2021-yil 10-apreldan boshlab:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi masʼuliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga (keyingi oʻrinlarda — Qaror) muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi. Bunda:
Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan “Ishga marhamat” monomarkazlariga oʻquv-metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ular tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, jumladan, kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga, xorijiy tillarga oʻqitish, ichki va tashqi mehnat bozorida bandlikka koʻmaklashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
“Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular uchun kasb-hunar, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish boʻyicha oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish maqsadida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat boʻlgan “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik taʼminlash boshqarmasi tashkil etiladi.
2. Quyidagi taʼlim muassasalarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki hafta muddatda berilsin:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Nukus kommunal xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bir qismi va Angor politexnika kasb-hunar kolleji;
Transport vazirligining Andijon transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bir qismi;
Namangan viloyati hokimligi operativ boshqaruvidagi sobiq “Karbonam” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bino va inshootlari.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarda tashkil etilayotgan aholini kasb-hunarga oʻqitish maskanlariga berilayotgan bino va inshootlarni (yoki ularning bir qismini) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining kasb-hunarga oʻqitish markazlariga tekin foydalanish uchun ajratsin hamda zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
4. Quyidagilar:
“Ishga marhamat” monomarkazlarining maqomi, maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish hamda moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
kasb-hunarga oʻqitish markazlari maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, ularni moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining kasb-hunarga oʻqitish markazlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
ishsiz hamda ish qidirayotgan shaxslarni mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarining aholi bandligini taʼminlashda ishtirokini qoʻllab-quvvatlash tartibini nazarda tutuvchi “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarini saqlash, qayta taʼmirlash, asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash hamda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalarining ish haqlarini toʻlash uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda 150 mlrd soʻm mablagʻ ajratilganligi inobatga olinsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarini qurish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari buyurtmachisi hisoblanadi, shuningdek qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
“Ishga marhamat” monomarkazlari oʻquv jarayonida foydalanishi uchun asbob-uskuna va jihozlar Ishchi kasblarni ommalashtirish va rivojlantirish assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan) talablari asosida (WorldSkills standartlari asosida) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan xarid qilinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021-yil avgustga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlovlarni shaffoflik va xolislik tamoyillariga asosan baholash, grantlar ijrosini monitoring qilish hamda natijadorligini aniqlashni “onlayn” rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi elektron dasturiy taʼminot ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Bunda “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkazish ishlari ushbu qaror bilan tashkil etilgan Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Belgilansinki:
tanlov tashkilotchilari tanlov gʻoliblari aniqlangandan keyin uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tanlov gʻoliblarini ular tomonidan bino va inshootga zarurat boʻlgan taqdirda, oʻn besh kun muddatda ijara toʻlovlari bevosita tanlov gʻolibi tomonidan toʻlanishi sharti bilan maqbul shart-sharoitlarga ega binolar bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
tanlov gʻoliblariga grant ajratish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
a) jamoat ishlarida, shuningdek, bandlikni taʼminlash boʻyicha subsidiya ajratilishida shaffoflikni taʼminlash, suiisteʼmolliklarning oldini olish maqsadida jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va bandlikni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratilayotgan fuqarolarning biometrik avtorizatsiya hamda GPS-trekking tizimlarini joriy etish;
b) mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya qilish), jumladan, ular bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish asosida ijtimoiy, psixologik va boshqa sinab koʻrish usullaridan foydalangan holda har bir shaxsning sogʻligini, kasbiy qiziqishini, qobiliyatini, shaxsiy xususiyatlarini oʻrganib, kasb-hunarga moyilligini aniqlash, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash, mehnat jamoasida ishlash koʻnikmalariga oʻrgatish, mehnat faolligini oshirishga ragʻbatlantirish maqsadida autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarni jalb etish;
psixolog mutaxassislar mehnatiga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlash;
v) 2021-yil 1-mayga qadar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarini ishga joylashtirishga yoʻllanma berilayotgan ishsizlarning elektron anketasi va shaxsiy rezyumesini shakllantirish maqsadida zarur jihoz va moslamalar (raqamli fotokamera va planshet) bilan taʼminlash;
g) mazkur bandning “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan jihoz va moslamalarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
hududda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda vaqtincha yashash joyiga ega boʻlgan fuqarolar ushbu hududda joylashgan mehnat organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinishi mumkin. Bunda ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish qidirayotgan shaxslarga taqdim etiladigan barcha bandlik xizmatlari turi va shaklidan qatʼi nazar, koʻrsatiladi hamda uning xarajatlari xizmat koʻrsatayotgan mehnat organlarining xarajatlar smetasida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 6-oktabrdagi 75/2023-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglament.
mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdagi hamda vaqtincha yashash joyiga ega boʻlgan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish qonunchilik hujjatlari hamda mazkur qarorda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxslarni ishga joylashtirish 5-ilovaga muvofiq shakllardagi ishga joylashtirishga doir yoʻllanma va ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma berish orqali amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021-yil 1-mayga qadar mehnat organlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish maqsadida Vazirlik markaziy apparati huzurida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etsin. Bunda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati Situatsion tezkor markaz faoliyatini tashkil etish va yuritish uchun masʼul etib belgilansin;
b) Situatsion tezkor markazni tashkil etish va kerakli uskunalarni xarid qilish Jahon bankining “Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida jalb etilayotgan kreditlar hisobidan amalga oshirilsin;
v) quyidagilar Situatsion tezkor markazning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:
jismoniy va yuridik shaxslarga bandlik sohasida xizmatlar koʻrsatishda shaffof tizimni yaratish;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarni fuqarolar tomonidan baholash imkoniyatini yaratish.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-aprel,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
1-ILOVA
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari (keyingi oʻrinlarda — monomarkaz) maqomi, maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Monomarkazlar ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi davlat muassasasi hisoblanadi.
Monomarkazlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi monomarkazlari tizimidan iborat.
3. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan monomarkazlarga oʻquv-metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ular tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, jumladan, kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga, xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
4. Monomarkazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular uchun kasb-hunar, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish boʻyicha oʻquv-metodik materiallar Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi tarkibidagi monomarkazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik taʼminlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi.
5. Monomarkazlarning xodimlari malakasini oshirishni tashkil etish Vazirlik tizimidagi mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida amalga oshiriladi. Bunda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari malaka oshirish jarayoniga jalb etiladi va malaka oshirish jarayonida amaliyot mashgʻulotlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida olib boriladi.
6. Monomarkazlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlikning qarorlariga, mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
7. Monomarkazlar ustavi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
8. Monomarkazlarni moddiy-texnik taʼminlash va saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat jamgʻarmasi) mablagʻlari, xoʻjalik faoliyati natijasida tushgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
9. Monomarkazlarning tarkibiy tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, oʻqituvchi va boshqa xodimlarning mehnatiga haq toʻlash tizimi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda Toshkent shahar “Ishga marhamat” monomarkaziningamaldagixodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimi saqlab qolinadi hamda yangidan tashkil etilayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlari xodimlariga ham tatbiq etiladi.
10. Monomarkazlar faoliyati hududiy jihatdan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
11. Monomarkazlarning oʻquv-metodik faoliyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda muvofiqlashtiriladi.
12. Monomarkazlar yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlariga ega boʻladi, oʻz nomidan shartnomalar tuzadi, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, yuklangan majburiyatlarni bajaradi hamda sud, arbitraj organlarida daʼvogar va javobgar boʻladi.
2-bob. Monomarkazlarining maqsadlari va vazifalari
13. Monomarkazlarining asosiy maqsadi ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka va xorijiy tillarga oʻqitish, shuningdek, belgilangan tartibda xorijga vaqtincha ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni oldindan moslashtirish, shu jumladan, ularni kasb-hunar, tadbirkorlik va chet tillariga oʻqitishdan iborat.
14. Quyidagilar monomarkazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
band boʻlmagan aholini servis va xizmat koʻrsatish, texnika, umumqurilish, qishloq xoʻjaligi sohalari, raqamli texnologiyalar boʻyicha hamda ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan boshqa kasblarga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish;
texnikum, kollej yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kasb-hunarga oʻqitish;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
xorijiy tillarga oʻqitish;
tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish;
ishchi kasblarini rivojlantirish va ommalashtirish;
xorijiy ish beruvchilarning talablariga asosan ishchi kuchini tayyorlash;
kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat, malaka va koʻnikmalar, shaxsiy va kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish, ular bilan oldindan moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish, xorijda ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun monomarkazlar tomonidan xorijiy tajribaga, kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga va xorijiy tillarga oʻqitishning innovatsion texnologiyalari joriy etish, jumladan:
monomarkazlarda kasb-hunarga oʻqitish jarayoniga yuqori malakali oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalarini jalb etish, zarur hollarda WorldSkills va boshqa xalqaro standartlarga asosan ularning malakasini oshirib borishni taʼminlash;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlari asosida qisqa muddatlarda zamonaviy kasbiy koʻnikmalarga oʻqitishning samarali innovatsion dasturlarini ishlab chiqish;
monomarkazlar bitiruvchilarining kasbiy malakasini milliy va WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek, baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga mamlakat hududida va xalqaro darajada tan olinadigan Skills pasporti berilishini yoʻlga qoʻyish va ularni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestriga oʻrnatilgan tartibda kiritish;
kasb-hunarga oʻqitish va bilim va koʻnikmalarni baholashga doir turli tanlovlar oʻtkazish, WorldSkills standartlari asosida ishchi kasblar boʻyicha milliy va mintaqaviy chempionatlarni oʻtkazish;
taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan, hududlarning asosan qishloq va chekka joylari, chegara hududlarini qamrab olgan holda ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, ayniqsa, kambagʻal fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga, xorijiy tillar yoki tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni zimmasiga olgan, oʻquv dasturi va qoʻllanmalariga ega, oʻqish jarayonida axborot-kommunikatsiya vositalaridan va innovatsion oʻqitish uslublaridan keng foydalanadigan nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalari bilan hamkorlik qilish;
band boʻlmagan aholini ish bilan taʼminlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish;
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash;
aholini monomarkazlarda kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tadbirkorlik asoslariga va xorijiy tillarga oʻqitish, bilim va koʻnikmalarni baholash, ishga joylashtirishga koʻmaklashish va xorijga vaqtincha ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni tayyorlash masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam targʻibot-tashviqot va axborot-tushuntirish tadbirlari amalga oshiriladi.
3-bob. Monomarkazlarning huquq va majburiyatlari
15. Monomarkazlar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz nomidan vakolati doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar, kelishuvlar va boshqa huquqiy hujjatlar tuzish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ushbu Nizomga zid boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirish;
oʻqitish sifati, oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, xodimlarning boshqa toifalarining mehnat faoliyati samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirish, sohaga ilgʻor mehnat, oʻquv-metodik tajribalarni joriy etish maqsadida turli tanlovlar, tadbirlar, reklama faoliyati, ommaviy-axborot vositalarida koʻrsatuvlar, eshittirishlar, chiqishlar tashkil qilish;
budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish maqsadida oʻquv jarayonlari davomida tayyorlangan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotish;
oʻquv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
oʻquvchilarga xalqaro darajadagi sertifikatni (guvohnoma, diplom va boshqa hujjatlar) berish;
oʻquv jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) oʻz hududida joylashgan koʻrgazmali pavilyonlar va yarmarkalar hamda elektron tijorat orqali namoyish qilish va sotish (tushgan mablagʻlarni oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va ularni ragʻbatlantirish uchun sarflashga yoʻnaltirish sharti bilan);
oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni aholiga sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy-texnik bazani rivojlantirishga va oʻqitish jarayonini zamonaviy oʻquv-texnik vositalar, mebellar bilan jihozlashga, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirishga sarflash;
monomarkazlarda hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda “lbr-migrtin” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolarni Davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish buyurtmachi hamda oʻquv markazi oʻrtasida belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi.
Davlat jamgʻarmasi va oʻz mablagʻlaridan samarali foydalanishi hamda mablagʻ bilan taʼminlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar oʻz mablagʻlarini, homiy xayriyalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi mumkin.
Monomarkazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Monomarkazlar:
qonunchilik hujjatlari, Vazirlikning hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni bajarishi;
ishsiz va kambagʻal aholida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish uchun olti oydan oshmaydigan oʻqitishni tashkil etishi hamda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish borasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi;
fuqarolarni ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy kasb standartlari, oʻquv dasturlari, darsliklar va boshqa oʻquv-metodik materiallar asosida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishi;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻqituvchilar va muhandis-ustalar malakasini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida muntazam oshirib borishi;
mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan oʻquv va mehnat sharoitlarini yaratishi mumkin.
Monomarkazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
4-bob. Monomarkazlarni boshqarish
17. Monomarkazga Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan (tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari tavsiyasiga koʻra) lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Monomarkaz direktorining Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
18. Direktor:
monomarkaz faoliyatiga rahbarlik qiladi va zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻrinbosarlari vakolatlarini oʻrnatilgan tartibda belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, monomarkaz tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyat uchun javobgarligini belgilaydi;
qonunchilik hujjatlariga asosan monomarkaz nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;
monomarkaz tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
monomarkaz tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
monomarkaz oʻqituvchilari, muhandis-ustalari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
monomarkaz xodimlari va oʻquvchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
monomarkazning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
monomarkazning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarini tashkil etayotgan xususiy investorlarga davlat yordami sifatida koʻrsatish maqsadida nodavlat kasb-hunarga oʻqitish tashkilotlarini tashkil etish uchun monomarkazning binolari yoki ularning bir qismini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra boʻsh turgan boshqa binolar yoki ularning bir qismini operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beradi;
monomarkazning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari uchun asosiy ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlar belgilash orqali monomarkaz oʻqituvchilari, muhandis-ustalari va boshqa xodimlarini Davlat jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan ragʻbatlantirish masalalarini hal etadi;
mehnat qonunchiligiga asosan xodimlarga jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligi uchun intizomiy jazo choralarini belgilaydi.
5-bob. Monomarkazlarning tuzilishi
19. Monomarkazlarining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
20. Monomarkazlar faoliyatiga taalluqli ilmiy va oʻquv-metodik masalalarni koʻrib chiqish uchun direktor huzurida kollegial organ hisoblangan Oʻquv-metodik kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etiladi.
Kengash tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi. Direktor Kengash raisi hisoblanadi. Kengash tarkibiga Vazirlik tizimining tajribali xodimlari, hamkor tashkilotlarning mutasaddi vakillari, Monomarkaz direktori oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Kengash kotibi, tajribali oʻqituvchilar va muhandis-ustalar kiradi.
21. Kengash:
yillik ish rejasini va boshqa tegishli hujjatlarni tasdiqlaydi;
budjetdan tashqari mablagʻlar tushumi va sarf-xarajat hisobotlarini koʻrib chiqadi;
oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish, moddiy-texnik bazadan unumli foydalanish masalalarini koʻrib chiqadi;
ustaxonalar, oʻquv xonalari, binolar va jihozlarning sanitariya-gigiyenik holati, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, xodimlar salomatligini himoya qilish masalalarini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
fuqarolarni oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, bitiruv malaka imtihonlarini topshirish va kasb-hunarga oʻqitishni yakunlash yuzasidan tegishli boʻlinmalar rahbarlari, oʻqituvchilar va muhandis-ustalar hisobotlarini eshitadi;
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
direktor oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, oʻqituvchilar, muhandis-ustalar va boshqa xodimlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni eshitadi;
kasb-hunarga oʻqitishning ilgʻor oʻquv-metodik, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini koʻradi;
oʻquvchilarni kursdan chetlashtirish, oʻqishga tiklash, bitiruvchilarga oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar, shu jumladan, ularning dublikatini berish masalalarini koʻrib chiqadi;
yuqori malakali oʻqituvchilar va muhandis-ustalar ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;
oʻz vakolati doirasida ichki hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish va monomarkazlar faoliyatini tartibga solishning boshqa masalalarini hal qiladi.
Kengash faoliyati masalalari monomarkaz ustavida belgilanadi.
22. Monomarkazlar tarkibida kasaba uyushmasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoatchilik tuzilmalari tashkil etilishi mumkin.
6-bob. Monomarkazlarning faoliyatini tashkil etish
1-§. Kasb-hunarga, tadbirkorlikka, xorijiy tillarga oʻqitish
23. Monomarkazda hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga asosan bepul amalga oshiriladi.
24. Ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgandan tashqari shaxslarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish fuqarolarning oʻz mablagʻlari, buyurtmachilar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
25. Kasb-hunarga, tadbirkorlikka, xorijiy tillarga oʻqitish, qayta tayyorlash va malaka oshirish yil davomida uzluksiz, oʻqitish jarayonini boshlash esa guruhlar oʻquvchilar bilan toʻldirilish holatiga koʻra amalga oshiriladi. Oʻqitish rejasida kasb yoʻnalishlari (kasblar, mutaxassisliklar, ixtisosliklar yoki malaka turlari) va boshqa zarur oʻqitish parametrlari koʻrsatiladi.
Oʻqitish rejasining asosiy koʻrsatkichlari (kasbiy yoʻnalishlar va bilim va koʻnikmalarni baholash parametrlari boʻyicha) aholini kasb-hunarga oʻqitish imkoniyatlaridan xabardor qilish, ayniqsa, aholining ishsiz, band boʻlmagan va kambagʻal toifalari uchun belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy kafolatlarni roʻyobga chiqarish imkoniyatlarini ehtiyojmand fuqarolarga yetkazish maqsadlarida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib boriladi.
26. Kasb-hunarga oʻqitish quyidagi turlar boʻyicha amalga oshiriladi:
uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni oʻttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi;
oʻrta muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi;
qisqa muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi;
ishlab chiqarishda kasb-hunarga oʻqitish — oʻquv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning oʻzida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bir nafar oʻquvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasb-hunarga tayyorlashdan (stajirovkadan) oʻtishi yigirma besh haftagacha davom etadi;
maqsadli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi.
Uzoq muddatli va oʻrta muddatli kasb-hunarga oʻqitish monomarkaz, ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Agar ishsiz shaxs oʻqish tugagach, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha mehnat faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish majburiyatini hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, oʻrta muddatli oʻqitishga doir shartnoma tuzilayotganda ish beruvchining ishtirok etishi talab qilinmaydi.
Bunday holatda oʻqitish monomarkaz, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan ijtimoiy shartnomaga asosan tashkil etiladi.
27. Oʻqitish jarayonida oʻquvchilar oʻqish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha boʻlinmalarga birlashtiriladi.
Guruhlarni oʻquvchilar bilan toʻldirish monomarkazlar rahbariyati tomonidan mustaqil belgilanadi, biroq har bir guruhdagi oʻquvchilar soni oʻqitish yoʻnalishlari xususiyatlaridan kelib chiqib, yigirma nafardan oshmasligi kerak.
Oʻqitish muddatlari, oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyoti davomiyligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida belgilanadi.
28. Bunda kasb-hunarga oʻqitishni amalga oshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat boʻladi:
oʻquvchilar bilimlari, malakasi va koʻnikmalarining tegishli kasbiy faoliyat (kasblar, mutaxassisliklar) turlari boʻyicha belgilangan kasb standartlariga mosligini taʼminlash;
olingan nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlash hamda oʻquvchilarda tegishli kasbiy faoliyat (kasblar) turlari boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarning shakllanishini taʼminlash;
oʻquvchilarning bilim darajasi va amaliy koʻnikmalarini baholash.
29. Monomarkazlarning oʻquv dasturlari tegishli kasbiy faoliyat (kasblar, mutaxassisliklar) yoʻnalishlari boʻyicha zarur mavzularni oʻz ichiga oladi.
Oʻquvchilarning ishlab chiqarish va oʻqitish amaliyotini tashkil qilish va oʻtkazish oʻqitishning zamonaviy innovatsion uslublarini qoʻllagan holda, kasbiy taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlikka va xorijiy tillarga oʻqitish alohida oʻqitish kurslari yoki modul tizimida — kasb-hunarga oʻqitishga qoʻshib olib boriladi.
30. Monomarkazlar bitiruvchilarining kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek, baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti beriladi.
Bunda kasbiy malakasi tasdiqlangan bitiruvchilarning yagona reyestri yuritiladi.
Monomarkazlar tomonidan bitiruvchilarga belgilangan shakl va talablarga muvofiq boʻlgan:
oʻqishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat;
kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti beriladi.
Monomarkaz tomonidan bitiruvchilarga berilgan oʻqishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat hamda Skills pasporti oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtiriladi hamda egallagan bilimlarni mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi, biroq taʼlimning keyingi turini davom ettirish uchun asos hisoblanmaydi.
2-§. Bilim, koʻnikma va malakani baholash
31. Monomarkazlarda aholining bilim, koʻnikma va malaka darajasini baholash uchun tashkil etiladigan Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabgorlarning bilim, koʻnikma va malakasini milliy va xalqaro (Worldskills va boshqa) standartlarga muvofiq mustaqil va xolis baholash;
keng va tor ixtisosliklar boʻyicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish;
talabgorning mavjud bilim, koʻnikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlash;
kasb malakalari boʻyicha normativ hujjatlar va standartlarni ishlab chiqishda qatnashish.
Kompetensiyalarni baholash markazi oʻz faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun taalluqli boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
32. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi tarkibidagi Kompetensiyalarni baholash markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar monomarkazlarida fuqarolarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash uchun zarur boʻlgan metodik hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqadi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi monomarkazlar hamda kasb-hunarga oʻqitish tashkilotlarida bilim, koʻnikma va malakani baholash talablariga rioya qilinishini muvofiqlashtiradi.
3-§. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarga koʻmaklashish
33. Monomarkazda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarni tayyorlash boʻyicha quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
kasb-hunarga oʻqitish;
xorijiy tillarga oʻqitish;
xorijiy davlatlarning qonunchiligi va mehnat qilish sharoitlarini oʻrgatish va boshqa kerakli maʼlumotlar berish boʻyicha moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
xorijda ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, kredit olish, sugʻurta polisini va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
Monomarkazlarda xorijga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasb-hunarga yoʻnaltirish markazlari tashkil etilishi mumkin.
34. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarni tayyorlash xarajatlari:
Davlat jamgʻarmasi;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi;
xorijiy ish beruvchilar yoki ularning vakillari mablagʻlari;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari;
fuqarolarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
7-bob. Monomarkazlar xodimlari
35. Monomarkazlarda oʻqituvchilar, muhandis-ustalar, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlar faoliyat yuritadi.
36. Monomarkazlar xodimlarini ishga qabul qilish mos lavozimlar (kasblar) boʻyicha kasb standartlariga (lavozim talablariga, kasb-malaka maʼlumotnomalariga) koʻra qonunchilik hujjatlariga binoan amalga oshiriladi.
37. Belgilangan talablarga muvofiq kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy talablarga javob beradigan oʻqituvchilar va muhandis-ustalar monomarkazlarda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.
38. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari oʻrindoshlik asosida yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash shartlari asosida Monomarkazlarning kasb-hunarga oʻqitish va boshqa faoliyat yoʻnalishlariga jalb etilishi mumkin.
8-bob. Monomarkazlarning mol-mulki va ularni moliyalashtirish
39. Monomarkazlar faoliyatini moliyalashtirish Davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlari taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Shartnoma asosida fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tadbirkorlik va xorijiy tillarga oʻqitish, xorijga ishchi kuchini tayyorlash, Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar tegishlicha Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari bilan kelishilgan holda kasb-hunarga oʻqitish markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, oʻquv-metodik faoliyatini takomillashtirish, oʻquv qurollari va xom ashyo xarid qilish hamda xodimlarni ragʻbatlantirish uchun sarflanishi mumkin.
40. Monomarkazlarning tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, oʻqituvchi va boshqa xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ustama, ragʻbatlantirish va mukofotlash miqdori Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
41. Monomarkazlarning oʻqitish xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
mehnat organlari yoʻllanmasi bilan yuborilgan ishsiz fuqarolarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar — Davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
boshqa fuqarolar uchun — fuqarolarning oʻz mablagʻlari yoki oʻz ishchilarining kasbiy malakasini oshirish uchun (kasb-hunarga oʻqitish, qayta oʻqitishga) yuborgan ish beruvchilar yoki yangi ishchilarni kasb-hunarga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Monomarkazlarda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy, oʻquv-metodik, dasturiy-elektron va boshqa koʻrinishdagi mahsulotlarga mualliflik huquqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinadi.
43. Monomarkazlarni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining kasb-hunarga oʻqitish markazlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kasb-hunarga oʻqitish markazlarining (keyingi oʻrinlarda — kasb-hunarga oʻqitish markaz) maqomi, maqsadlari va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Kasb-hunarga oʻqitish markazi mustaqil yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan kasb-hunarga oʻqitish muassasasi hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, banklarda hisobvaragʻiga va boshqa hisobvaraqlarga ega boʻladi.
3. Kasb-hunarga oʻqitish markazi davlat muassasasi hisoblanadi, ularning faoliyati ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini baholash va tasdiqlash, tadbirkorlik va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Kasb-hunarga oʻqitish markazi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni ham amalga oshirishlari mumkin.
4. Kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) qarorlari, mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
Kasb-hunarga oʻqitish markazining ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Kasb-hunarga oʻqitish markazining kasbga oʻqitish jarayonini tashkil qilish, kasb-hunarga oʻqitish markazlariga oʻqishga qabul qilish va malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-maydagi 287-son qarori asosida amalga oshiriladi.
6. Kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan bitiruvchilarga berilgan oʻqishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat hamda Skills pasporti oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilib, egallagan bilimlarni mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi, biroq taʼlimning keyingi turini davom ettirish uchun asos hisoblanmaydi.
7. Kasb-hunarga oʻqitish markazi negizida chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari tashkil etilishi mumkin.
Chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari chet elga joʻnab ketayotgan fuqarolarni xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar va xorijiy tillar boʻyicha qisqa muddatli oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish, shuningdek, professional kompetensiyasini test sinovdan oʻtkazish va tasdiqlash ishlarining tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi.
2-bob. Kasb-hunarga oʻqitish markazining maqsad va asosiy vazifalari
mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda, ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ishsiz va band boʻlmagan aholini tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish;
talabgorlarning kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini ixtiyoriy, xolis va mustaqil baholash;
ishchi kasblarini rivojlantirish va ommalashtirish;
xorijga ishchi kuchini tayyorlash;
ishsiz va band boʻlmagan aholini kasbga yoʻnaltirish.
9. Quyidagilar kasb-hunarga oʻqitish markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha sifatli kasb-hunarga oʻqitish, qayta oʻqish va malaka oshirishni taʼminlash;
shaxsning intellektual va kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
iqtisodiyot tarmoqlari subyektlarining joriy va istiqboldagi kadrlar(ga) va ularning kasbiy koʻnikmalariga boʻlgan talabini muntazam oʻrganib borish;
kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha mehnat faoliyati bilan mashgʻul boʻlish uchun bilimlar va yuqori sifatli kasbiy tayyorgarlikni taʼminlovchi kasb standartlari doirasida kasb-hunarga oʻqitish dasturlarini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarini kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar bilan taʼminlash;
xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketmoqchi boʻlganlarni tayyorlash;
kasbiy faoliyatning (kasblarning) tegishli turlari boʻyicha oʻquv-metodik hujjatlar va kasb standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
3-bob. Kasb-hunarga oʻqitish markazining huquq va majburiyatlari
10. Kasb-hunarga oʻqitish markazi:
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻz faoliyati ixtisosligiga muvofiq ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini baholash va tasdiqlash, tadbirkorlik va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish sohasida shartnoma asosida pulli xizmatlar koʻrsatish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq xarajatlar va haq toʻlash miqdorini belgilash;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi koʻrsatmasiga muvofiq ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish jarayonini takomillashtirish maqsadida kasb-hunarga oʻqitish markazida yangi kasb (mutaxassislik) yoʻnalishlarini ochish yoxud mehnat bozori ehtiyoji koʻrsatkichlari darajasi past boʻlgan kasb (mutaxassislik) yoʻnalishlari boʻyicha faoliyatni tugatish;
oʻquv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
oʻquvchilarga xalqaro darajadagi sertifikatni (guvohnoma, diplom va boshqa hujjatlarni) berish;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda kasbiy mahorat tanlovlarini oʻtkazish;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
kasb-hunarga oʻqitish markazining oʻqituvchilari, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari tarkibi va oʻquvchilarni almashish, qoʻshma tadbirlar, uchrashuvlar, tajriba almashish, stajirovka, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha xorijiy korxona va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
ish beruvchi tashkilotlarga oʻquvchilarni amaliyot oʻtash, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tajriba almashishga (malaka oshirishga) yuborish, kasbiy koʻnikmalarni egallashning dual tizimini joriy etish hamda hamkorlikning boshqa shakllari boʻyicha shartnomalar tuzish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini baholash va tasdiqlash, tadbirkorlik va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasb-hunarga oʻqitish markazi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Kasb-hunarga oʻqitish markazi:
kasb-hunarga oʻqitish va oʻquv jarayonlariga tayyorgarlikni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, pedagog-xodimlar jamoasi, boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning oʻz faoliyatiga oid topshiriqlarning bajarilishini, shu jumladan, oʻquvchilar tomonidan oʻz majburiyatlari doirasida tanlagan kasb-hunar turlari boʻyicha oʻquv dasturlarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirishini taʼminlash;
belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlangan oʻquv dasturlari va oʻquv rejasini, oʻquv va amaliyot jadvalini ishlab chiqish;
oʻquv va amaliyot mashgʻulotlari jarayoni oʻtkazilayotgan davrda oʻquvchilar hamda pedagog-xodimlar jamoasi, boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi, texnik xodimlar hamda boshqa tegishli mutaxassislarning mehnat xavfsizligini taʼminlash;
moddiy-texnika bazasi va mol-mulkning saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlashga majbur.
Kasb-hunarga oʻqitish markaziga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Kasb-hunarga oʻqitish markaziniboshqarish
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy mehnat organlari kasb-hunarga oʻqitish markazlariga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazi kasb-hunarga oʻqitish markazlari ishini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va oʻquv-metodik jihatdan taʼminlaydi.
14. Kasb-hunarga oʻqitish markaziga Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Kasb-hunarga oʻqitish markazi direktorining Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
15. Direktor:
kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning oʻqishi va amaliyot oʻtashi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi;
kasb-hunarga oʻqitish markazi nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifoda etadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
kasb-hunarga oʻqitish markazi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, oʻquv muassasasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻquvchilari va xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, oʻquv-amaliyot va kasbga yoʻnaltirish ishlarini takomillashtirish, malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan butlash hamda kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyati boʻyicha ayrim masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi;
oʻqituvchi, boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi, texnik va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Kasb-hunarga oʻqitish markazi huzurida kollegial organ hisoblanadigan Oʻquv-metodik kengash tashkil etiladi.
Oʻquv-metodik kengashning asosiy vazifa va funksiyalari kasb-hunarga oʻqitish markazining ustavida belgilanadi.
Kasb-hunarga oʻqitish markazining rahbar va mutaxassis xodimlariga, shu jumladan oʻqituvchilari, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va boshqa xodimlariga qoʻyiladigan lavozim malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy mehnat organlari tomonidan belgilanadi.
5-bob. Kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish va kasb-hunarga oʻqitish jarayoni qatnashchilari
17. Kasb-hunarga oʻqitish markazida hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga asosan bepul amalga oshiriladi.
18. Mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgandan tashqari shaxslarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish fuqarolarning oʻz mablagʻlari, buyurtmachilar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
19. Kasb-hunarga oʻqitish quyidagi turlar boʻyicha amalga oshiriladi:
uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni oʻttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi;
oʻrta muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi;
qisqa muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi;
ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish — oʻquv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning oʻzida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bir nafar oʻquvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasbga tayyorlashdan (stajirovkadan) oʻtishi yigirma besh haftagacha davom etadi;
maqsadli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi.
Uzoq muddatli hamda oʻrta muddatli kasbga oʻqitish kasb-hunarga oʻqitish markazi, ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Agar ishsiz shaxs oʻqish tugagach, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha mehnat faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish majburiyatini hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, oʻrta muddatli oʻqitishga doir shartnoma tuzilayotganda ish beruvchining ishtirok etishi talab qilinmaydi.
Bunday holatda kasb-hunarga oʻqitish kasb-hunarga oʻqitish markazi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan ijtimoiy shartnomaga asosan tashkil etiladi.
20. Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tarkibi va ish beruvchilar kasb-hunarga oʻqitish markazi taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
21. Kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻquvchilari oʻquv markazining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart.
22. Kasb-hunarga oʻqitish markaziga qabul qilingan oʻquvchilar:
kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqish;
tashkilotlarda egallayotgan kasbiy koʻnikmalariga mos boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha amaliyot oʻtash;
kasb-hunarga oʻqitish markazining moddiy-texnik bazasi va mol-mulkidan foydalanish;
oʻquvchilar turar joyida yashash;
belgilangan tartibda oʻqishni boshqa oʻquv markaziga koʻchirishga haqli.
23. Mahalliy mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda yoʻllanma asosida yuborilgan oʻquvchilarga oʻqish davrida stipendiya toʻlanishi hamda ushbu davrni mehnat stajiga qoʻshish fuqarolarga (ishsizlarga) davlat tomonidan moddiy yordam berishga oid kafolatlar hisoblanadi.
24. Oʻqituvchilar tarkibini, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi, texnik va boshqa xodimlarni kasb-hunarga oʻqitish markaziga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining huquqlari va vazifalari qonunchilik hujjatlariga va kasb-hunarga oʻqitish markazi ustaviga muvofiq belgilanadi.
6-bob. Kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini moliyaviy va moddiy taʼminlash
26. Kasb-hunarga oʻqitish markazining faoliyati:
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyati va ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
shartnoma asosida fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tadbirkorlik va xorijiy tillarga oʻqitish faoliyatidan tushgan mablagʻlar;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari va grantlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
27. Kasb-hunarga oʻqitish markazi belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
28. Kasb-hunarga oʻqitish markazi tarkibiy tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, oʻqituvchi va boshqa barcha xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ustama, ragʻbatlantirish va mukofotlash miqdori Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Shartnoma asosida fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tadbirkorlik va xorijiy tillarga oʻqitish hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari bilan kelishilgan holda, kasb-hunarga oʻqitish markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oʻquv-metodik faoliyatini takomillashtirish, oʻquv qurollari va xom ashyo xarid qilish, xodimlarni ragʻbatlantirish uchun sarflanishi mumkin.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/369/0513-son)
29. Kasb-hunarga oʻqitish markazi tasdiqlangan yoʻnalishlarga (mutaxassisliklarga) muvofiq oʻquv jarayoni uchun asbob-uskuna va jihozlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinadi.
30. Oʻquv jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) ushbu markazlarga oʻz hududida joylashgan koʻrgazmali pavilyonlar va yarmarkalar hamda elektron tijorat orqali namoyish qilish va sotishga (tushgan mablagʻlarni oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va ularni ragʻbatlantirish uchun sarflashga yoʻnaltirish sharti bilan) ruxsat etiladi.
31. Kasb-hunarga oʻqitish markazi mablagʻlari, binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa tovar-moddiy qiymatliklari kasb-hunarga oʻqitish markaziga biriktirilgan mulk hisoblanadi va ulardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadi.
32. Kasb-hunarga oʻqitish markazining ayrim yoʻnalishlarini (kasb, ixtisosliklarini) nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish, ularni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha maxsus ustaxonalarni qoʻshimcha jihozlash Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
33. Kasb-hunarga oʻqitish markazi belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
34. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarining tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, oʻqituvchi va boshqa xodimlarning mehnatiga haq toʻlash tartibi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Bunda rahbarlar, xodimlar va oʻqituvchilar mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining rahbarlari, xodimlari va oʻqituvchilariga tenglashtiriladi.
7-bob. Kasb-hunarga oʻqitish maskanlari faoliyatini tashkil etish tartibi
35. Kasb-hunarga oʻqitish maskanlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi oʻquv markazlari filiallari (tarkibiy boʻlinmalari) (keyingi oʻrinlarda — maskanlar) sifatida tashkil etiladi.
Maskanlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari buyruqlariga muvofiq ushbu hududdagi kasb-hunarga oʻqitish markazlariga alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinma sifatida biriktiriladi.
36. Maskanlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan mahalla guzarlari, taʼlim muassasalari yoki hududdagi boshqa tashkilotlar binolaridagi alohida joylarda tashkil etiladi.
37. Maskanlarda mehnat bozori ehtiyojlari asosida murakkab jihoz va koʻnikma talab etilmaydigan yoʻnalishlar (tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik asoslari hamda boshqa kasb va mutaxassisliklar) boʻyicha uch oydan oshmagan, shuningdek, oʻqitish quvvati bir vaqtning oʻzida 15 kishidan oshmagan holda qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
38. Oʻquv kurslariga mehnat organlari yoʻllanmasi asosida yuborilgan ishsiz shaxslar belgilangan tartibda bepul oʻqitiladi, shuningdek, ushbu toifaga kirmaydigan aholi qatlami uchun oʻquv kurslari pulli asosda tashkil etilishi ham mumkin.
39. Maskanlarda oʻqitiladigan yoʻnalishlar (mutaxassisliklar), ularning oʻquv reja va dasturlari, dars jadvallari va oʻquv jarayoniga tegishli boshqa hujjatlar maskanga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari koʻrsatmasiga muvofiq tasdiqlanadi.
40. Maskanlarda kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini amalga oshiradigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari maskanlar joylashgan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar yoki markazdagi taʼlim ustalari orasidan tanlab olinadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktirilgan oʻquv markaziga ishga qabul qilinadi.
41. Maskanlarda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish taʼlimi ustalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi koʻrsatmasiga asosan boshqa muassasalarda malaka oshiradi.
42. Maskanlarga ular biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi umumiy rahbarlik qiladi hamda ularning faoliyati yuzasidan barcha masalalarni muvofiqlashtirib boradi.
43. Maskanlarni tamomlagan bitiruvchilarga maskanlar biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazlarining tegishli oʻqishni tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat) beriladi.
44. Maskanlarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, ularga jihoz, asbob-uskuna, oʻquv qurollari, xom ashyo, konselyariya mollari hamda oʻquv jarayoniga tegishli boshqa barcha moddiy qimmatliklarni xarid qilish, saqlash va boshqa xarajatlar ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi talabnomasi asosida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manba mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
45. Maskanlardagi mavjud jihoz, asbob-uskuna, oʻquv qurollari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazining mol-mulki hisoblanadi.
Ushbu mol-mulkni asrab-avaylash va undan samarali foydalanish boʻyicha moddiy javobgar shaxs ushbu maskanlarda oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish taʼlimi ustasidir.
46. Maskanlarning mol-mulki va boshqa moddiy qimmatliklarini saqlash, asrab-avaylash boʻyicha ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazlari barcha chora-tadbirlarni, shu jumladan, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi signalizatsiya, videokuzatuv, yoritish tizimi, temir panjarali oyna oʻrnatish hamda boshqa ishlarni tashkil etadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maskanlar mol-mulki va boshqa moddiy qimmatliklarini saqlash uchun qorovul va farrosh shtatlari maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan taʼminlanadi.
47. Maskanlarda oʻquv jarayonlarini tashkil etish va olib borish tartib-taomillari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻriqnomalari, ichki tartib-qoidalar va maskanlar faoliyatiga doir boshqa ichki hujjatlar ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
48. Maskanlar faoliyati ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga oʻqitish markazining xarajatlar smetasi asosida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, oʻqish uchun toʻlovlar, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar hisobidan moliyaviy taʼminlanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
49. Kasb-hunarga oʻqitish markazlari va maskanlarni qayta tashkil etish hamda tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
3-ILOVA
Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mahalliy mehnat organlarida belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan (keyingi oʻrinlarda — ishsiz shaxslar) hamda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan (keyingi oʻrinlarda — ish qidirayotgan shaxslar), shuningdek, “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan shaxslar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ishsiz va ish qidirayotgan, shu jumladan “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kirgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish (keyingi oʻrinlarda — kasb-hunarga oʻqitish) quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
kasbi (mutaxassisligi) mavjud boʻlmaganda;
mavjud kasbiy koʻnikmalariga maqbul ish yoʻqligi sababli kasbni (mutaxassislikni) oʻzgartirish zarur boʻlganda;
kasbiy koʻnikmalari mavjud boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi, kasbiga (mutaxassisligiga) doir talablar oʻzgartirilganligi bois malaka oshirishi zarur boʻlganda;
avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish bajarish qobiliyati yoʻqotilganda.
3. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish quyidagi oʻquv muassasalarida (tashkilotlarda) amalga oshirilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari;
professional taʼlim tashkilotlari;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻquv markazlari va boʻlinmalari;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tashkilotlari hamda ularning huzuridagi oʻquv markazlari;
taʼlim faoliyatini amalga oshirish boʻyicha tegishli tartibda ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan tashkilotlar;
shogirdlarga kasb oʻrgatish imkoniyatlariga ega boʻlgan “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan hunarmandlarning “Usta-shogird” maktablari.
4. Kasb-hunarga oʻqitish jarayoni oʻquv muassasasi yoki korxonaning ish oʻrnida amalga oshirilishi mumkin. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga tashkilotlarning ish oʻrnida koʻpi bilan har oʻn nafar oʻquvchilarga ushbu tashkilotning tajribali bir nafar xodimi — ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchisini biriktirgan holda oʻqitishga yoʻl qoʻyiladi.
Ishlab chiqarish sohasida taʼlim jarayoni oʻquv ustaxonalarida, oʻquv amaliyot-mashq maydonchalarida va bitiruvchilar ishga joylashtirilishi uchun moʻljallangan tashkilotlarning ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu maqsadlarda har bir oʻquvchiga ishlab chiqarish taʼlimini boshlashdan oldin zarur asbob, uskuna, ashyolar bilan jihozlangan ish oʻrni ajratib beriladi.
Agar oʻquv muassasasining zarur oʻquv-moddiy bazasi boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqarish sohasida taʼlim jarayoni tashkilotlarning ish oʻrinlarida amalga oshiriladi. Lekin, oʻquv muassasasi kasb-hunarga oʻqitish jarayonini monitoring qilib boradi, tashkilotning malakaviy komissiyasi tarkibida ishtirok etadi va baholaydi, oʻqish yakuni bilan oʻquv muassasasining oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjati (sertifikat, guvohnoma, diplom) beriladi.
5. Pensiya turidan qatʼi nazar, pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ularning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehnat organlarida roʻyxatga olinib, kasb-hunarga oʻqitishga muhtoj boʻlsalar, ularni kasb-hunarga oʻqitish mumkin.
Ushbu toifadagi fuqarolar ishsiz deb eʼtirof etilmaydilar. Biroq, mahalliy mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinish huquqini saqlab qoladilar. Bunda ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha zarur xizmatlar (kasb-hunarga oʻqitish davrida stipendiya toʻlashdan tashqari) koʻrsatiladi.
2-bob. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini tashkil etish tartibi
6. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
7. Mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan hamda kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan taqdirda, qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Nizomga muvofiq ushbu shaxs ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab kasb-hunarga oʻqitishga yuboriladi.
8. Mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganlar uchun maqbul keladigan ishga doir takliflar mavjud boʻlmagan va ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ish qidirayotgan shaxs ishsiz deb eʼtirof etiladi va kasb-hunarga oʻqitish uchun yuborilishi mumkin.
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni taʼminlaydi;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini shakllantiradi;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish uchun toʻlab beriladigan toʻlov miqdorini belgilaydi;
kasb-hunarga oʻqitish faoliyati uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy bazani yaratadi;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitadi, shu jumladan, ularga kasbiy maslahatlar beradi;
tizimdagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va umumiy boshqaruvni amalga oshiradi, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantiradi;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish masalalari yuzasidan xalqaro va hududlararo hamkorlikka koʻmaklashadi;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishning oʻquv-metodik taʼminotini tashkil etishni taʼminlaydi.
10. Hududiy mehnat organlari:
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarini ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etishga doir faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish masalalari boʻyicha uslubiy taʼminlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish tashkilotlari oʻrtasida ishsiz va ish qidirayotgan, shu jumladan, mehnat migrantlari va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish uchun tanlov oʻtkazadi va oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun grant ajratadi.
11. Mehnat organlarining mutaxassislari ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarga kasb tanlash va kasbiy taʼlim olish imkoniyatlariga doir bepul maslahatlar beradi.
Mehnat organlariga murojaat qilgan shaxslarga kasbiy maslahatlar asosan mehnat bozorining talablarini — ishchi xodimlardan yuksak saviya, ijodiy tashabbus, zamonaviy iqtisodiy fikrlash, ishning yangi uslub va koʻnikmalarini egallash talablarini qoʻygan holda, yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish, ijtimoiy, psixologik va boshqa sinab koʻrish (test) usullaridan foydalanib, tegishli kasbga tayyorlashga doir hujjatlarni, mehnat daftarchasidagi yozuvlar va boshqalarni oʻrganish, har bir shaxsning sogʻligini, kasbiy qiziqishini, qobiliyatini, shaxsiy xususiyatlarini unga tavsiya qilingan yoki oʻzi tanlangan kasbning xususiyatlariga, taʼlim shakli va oʻrniga muvofiqligini aniqlash maqsadida beriladi.
Kasbiy maslahat berish orqali yordam koʻrsatishda ayrim aholi guruhlariga — yoshlar, xotin-qizlar, kambagʻal oilalar aʼzolari, chet elga ketish istagidagi va u yerdan qaytib kelgan mehnat migrantlari, nogironligi boʻlgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslar ustuvor tartibda kasb-hunarga oʻqitishdan oʻtish huquqiga ega.
12. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
oʻqitishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
oʻqitish oʻrnini aniqlash;
oʻqitish va bandlikka koʻmaklashish yuzasidan shartnomalar tuzish;
oʻquv guruhlarini butlash va kasbga tayyorlashga yoʻllash;
kasbiy taʼlim jarayoni;
kasbiy taʼlim jarayonini nazorat qilish;
kasbiy tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslardan malakaviy imtihon olish;
kasbga oʻqitishga doir ishlarni hisobga olish va statistik hisobot.
13. Kasb-hunarga oʻqitishga boʻlgan ehtiyoj mehnat bozorida ishchi kuchiga kasbiy-malakaviy kesimdagi talabni va hududning rivojlanish istiqbollarini inobatga olib, ishsiz va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni ishga joylashtirishning maqbul variantlarini izlab topish orqali aniqlanadi.
14. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasb-hunarga oʻqitish mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan oʻquv muassasalari (tashkilotlar) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi.
Mehnat organlari tuzilgan shartnomalar asosida kasb-hunarga oʻqitishga muhtoj boʻlgan shaxslarga belgilangan shakldagi kasbga oʻqitishga yoʻllanmalarni beradi, oʻquv muassasalari esa ularning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
15. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish kursli shaklda hamda yakka tartibda tashkil qilinishi mumkin.
16. Kasb-hunarga oʻqitish kursli shaklda tashkil etilganda, odatda, oʻquv guruhlaridagi tinglovchilar soni besh nafardan yigirma nafargacha boʻlishi mumkin.
17. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni yakka tartibda kasb-hunarga oʻqitishda ishlab chiqarish sohasida taʼlim jarayoni asosiy ishidan ozod qilinmagan malakali ishchi — ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchisi rahbarligida tashkilotning ish oʻrnida amalga oshiriladi.
Ishsiz aholini milliy hunarmandchilikning tarixan shakllangan anʼanalari asosida “Usta-shogird” maktablarida xalq hunarmandchiligining “Usta-shogird” anʼanasiga muvofiq kasb-hunar koʻnikmalarini oʻrgatish ham yakka tartibdagi kasb-hunarga oʻqitish turiga kiradi.
Yakka tartibda kasb-hunarga oʻrgatishda oʻquvchi nazariy bilimlar kursini oʻqituvchilardan maslahatlar (konsultatsiyalar) olish yoʻli bilan va mustaqil ravishda oʻrganishi ham mumkin.
18. Milliy va badiiy hunarmandchilik kasblariga faqat “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan va yakka tartibda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkor ustalarning maktablarida amalga oʻrgatiladi.
19. Milliy hunarmandchilik kasblarini oʻrgatadigan xalq ustalari “Usta-shogird” usulida kasb-hunarga oʻrgatishda oʻzlarining imkoniyatlariga qarab, taʼlim oluvchi shogirdlarning sonini ixtiyoriy ravishda belgilashlari mumkin, biroq ularning umumiy soni oʻn kishidan koʻp boʻlmasligi lozim.
20. Mehnat organlari joylarda faoliyat koʻrsatayotgan hunarmandlar haqida batafsil maʼlumotlar toʻplab, ularning imkoniyatlari, istaklarini inobatga olgan holda ish yuritadilar. Bu maʼlumotlar majmuasi muntazam ravishda toʻldirilib boriladi.
21. Ustalarning ish oʻrinlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha shogirdlarga beriladigan yoʻriqlarni hisobga olib borish daftari ochiladi. Shogirdlar xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha yoʻriq olganliklari toʻgʻrisida ushbu daftarga imzo chekadilar.
22. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish quyidagi oʻqitish muddatlari boʻyicha amalga oshiriladi:
uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni oʻttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi;
oʻrta muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi;
qisqa muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi;
ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish — oʻquv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning oʻzida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bir nafar oʻquvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasbga tayyorlashdan (stajirovkadan) oʻtishi yigirma besh haftagacha davom etadi;
maqsadli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi.
23. Ishsiz shaxslarni uzoq muddatli hamda oʻrta muddatli kasb-hunarga oʻqitishda mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan oʻquv muassasalari (tashkilotlar), ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Agar ishsiz shaxs oʻqish tugagach, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha mehnat faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish majburiyatini hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, oʻrta muddatli oʻqitishga doir shartnoma tuzilayotganda ish beruvchining ishtirok etishi talab qilinmaydi.
Bunda mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi muassasalar (tashkilotlar) mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan ijtimoiy shartnomaga asosan tashkil etiladi.
Ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishda ular bilan ishga joylashtirish boʻyicha shartnoma tuzish talab etilmaydi.
24. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan oʻquv muassasalari (tashkilotlari) bilan kelishilgan holda kunduzgi, kechki va onlayn shaklda amalga oshirilishi mumkin.
25. Ilgʻor ish tajribasini chuqur oʻrganish maqsadida kambagʻal oilalarning oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining soʻnggi bosqichida oʻqiyotgan bitiruvchi farzandlari tashkilotlarga stajirovkaga yuboriladi.
Bunda stajirovka mahalliy mehnat organlari yoʻllanmasi hamda uch tomonlama tuziladigan shartnomaga muvofiq oʻquvchini kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirish sharti asosida stajirovkadan oʻtishi yigirma besh haftagacha davom etishi mumkin.
Stajirovka oʻtayotgan bitiruvchilarga stajirovka davrida har oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlab beriladi.
26. Ishchi (mutaxassis)lar jumlasidan boʻlgan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarning kasbiy mahoratini oshirish va keyinchalik ularni ishga joylashtirish, ularda mavjud boʻlgan kasblar boʻyicha ushbu guruhdagi fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab va ishlab chiqarish talablariga, ishga joylashtirish imkoniyatlariga muvofiq yuqoriroq tarif razryadlarini (klass, toifa) egallash, ilgʻor texnika va texnologiyalarni, yangi jihoz va materiallarni oʻrganish maqsadida ularning malakasini oshirish tashkil qilinadi.
27. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishning belgilangan tartibda tashkil etilganligi, oʻquvchilar davomati hamda oʻquv jarayonlarining ish beruvchi talabiga muvofiqligi va uning sifati ustidan monitoring hududiy mehnat organlarining tegishli mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
28. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish jarayoni oʻquv jarayoni tashkil qilingan muassasada (tashkilotda) yakuniy malaka imtihonini joriy tartibda topshirish bilan yakunlanadi.
Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarning zarur tayyorgarligi boʻlgan hollarda yakuniy malaka imtihonlari, shuningdek, kasb va tegishli malaka darajasini olish uchun kompetensiyalarni baholash boʻyicha imtihonlarning belgilangan muddatdan oldin topshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Malaka imtihonlari komissiyasining tarkibiga oʻqishga yoʻllanma bergan mehnat organining vakili ham kiritilishi mumkin.
29. Kasb-hunarga oʻqitish jarayonidan oʻtgan va yakuniy malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga oʻquv jarayonini tashkil qilgan muassasa (tashkilot)lar tomonidan oʻqishni tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat, guvohnoma, diplom va boshqalar) beriladi.
30. Mehnat organlari tomonidan kasb-hunarga oʻqitish uchun yuborilgan va oʻqishni yakunlagan shaxslarning elektron mehnat daftarchasida xodimlar mehnat stajini hisobga olish boʻyicha yozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladi. Bunda koʻrsatilgan kasb-hunarga oʻqitish davri mehnat stajiga qoʻshiladi.
31. Kasb-hunarga oʻqitishni amalga oshirayotgan muassasa (tashkilot)lar texnika xavfsizligi qoidalari bilan oʻquvchilarni tanishtirish, oʻquvchilar davomatining hisobga olish, bitiruv malaka imtihonlari bayonnomalarini rasmiylashtirish va oʻqishni tamomlagan bitiruvchiga oʻqishni tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjatni berish majburiyatini oladi.
32. Ishsiz va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni taʼminlay oladigan oʻquv tashkilotlarining roʻyxati hududiy mehnat organlari tomonidan belgilanadi.
33. Mahalliy mehnat organlari tomonidan kasb-hunarga oʻqitish uchun boshqa hududlarga yoʻllangan oʻquvchilar yotoqxonaga (mehmonxonaga) joylashtirilishi mumkin.
3-bob. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni moliyalashtirish
34. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga moliyalashtiriladi.
35. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlashga yoʻllagan mahalliy mehnat organlari kasb-hunarga oʻqitish kursi narxi belgilangan shartnoma hamda oʻquvchilar davomati toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotga muvofiq kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini amalga oshirgan oʻquv muassasalarining hisobraqamiga pul mablagʻlarini har oyda oʻtkazib beradilar.
36. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish uchun moʻljallangan sarf-xarajatlar quyidagilardan iborat boʻladi:
oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (yoʻriqchilari) va usta-hunarmandlarning mehnatiga haq toʻlash;
kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi muassasada (tashkilotda) tuzilgan yakuniy malaka imtihonlari komissiyasi aʼzolarining mehnatiga haq toʻlash;
boshqa hududlardan kelib oʻqiyotgan shaxslarning transport va turar-joy bilan bogʻliq xarajatlar;
oʻqish davrida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda stipendiyalar toʻlash (ish qidirayotgan shaxslar bundan mustasno);
oʻquv jarayoni uchun sarflanadigan kommunal (elektr energiyasi, suv, gaz va boshqalar) va xom ashyo xarajatlari;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil qilish va amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish uchun xarajatlar smetasi joriy tartibda mehnat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Ishsiz shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish davrida stipendiya toʻlash tartibi
37. Ishsiz shaxslarga mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasi asosida kasb-hunarga oʻqitish davrida stipendiya toʻlanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qoʻshilishi kafolatlanadi.
Ish qidirayotgan shaxslar kasb-hunarga oʻqitish uchun yuborilganda, ushbu davrda ularga stipendiya toʻlanmaydi hamda ushbu davr umumiy mehnat stajiga qoʻshilmaydi.
Agar pensiyaning turidan qatʼi nazar, pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlganlar mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan va kasb-hunar oʻrganishga muhtoj boʻlsalar, ularga kasb-hunarga oʻqitish davrida stipendiya toʻlanmaydi, lekin ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha zarur xizmatlar koʻrsatilishi lozim.
38. Oʻqish yakunlangandan soʻng bitiruvchilar oʻqishga yuborgan mehnat organlariga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq oʻqishni bitirganligini tasdiqlovchi varaqani topshiradilar.
39. Kasb-hunarga oʻqitilayotgan ishsiz shaxslarga stipendiyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda toʻlanadi.
40. Oʻquv mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmayotgan, oʻzlashtirmayotgan yoki mehnat va jamoat tartibini buzayotgan shaxslarning oʻqishni davom ettirishlari toʻgʻrisidagi masala oʻquv tashkilotining rahbariyati va mahalliy mehnat organlari vakillari bilan birgalikda hal qilinadi. Surunkasiga va sababsiz oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmayotgan yoki jamoat tartibini buzganligi, jinoyat sodir qilganligi tufayli hibsga olingan shaxslarga stipendiyalar toʻlash mahalliy mehnat organi va oʻquv muassasasi qabul qilgan qaror asosida toʻxtatib qoʻyiladi.
41. Oʻqishni tugatgan ishsiz shaxs oʻquv dasturida koʻzda tutilgan yakuniy malaka imtihonlarida nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarining talabga javob bera olmasligi tufayli topshira olmasa, unga stipendiya toʻlanmasdan, qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkaziladi va qayta yakuniy malaka imtihoni olinadi.
42. Oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagan va tegishli hujjat olgan bitiruvchi ishga joylasha olmasa, u mehnat organlariga kelishi va unga egallagan kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ishga joylashish yuzasidan yordam koʻrsatilishi lozim.
43. Ishsiz shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqishni tugatgandan keyin ishga joylashish yoki oʻzini oʻzi band qilish imkoni boʻlmasa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
44. Mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan kasb-hunarga oʻqitish muddatlari mobaynida kasb-hunarga oʻqitishdan oʻtgan ishsiz shaxslar oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (shartnoma boʻyicha ishga joylashtiruvchi korxonaning tugatilishi, shtatlar sonining qisqartirilishi, texnologiyalarning oʻzgarishi va boshqalar) ishga joylasha olmasalar, ularni joriy yil mobaynida mehnat organlarida yana ishsiz deb eʼtirof etib, oʻzlari tanlagan kasblar boʻyicha oʻqishga yuborish mumkin.
Bitiruvchi ishsiz shaxslar uzrsiz sabablarga koʻra tanlagan kasblari boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasdan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan joriy yil mobaynida takroran kasbga oʻqish istagini bildirsalar, bunday shaxslarni kasbiy taʼlim yakunidan keyin 6 oy oʻtgandan soʻng qaytadan kasbiy tayyorgarlikka yoʻllash mumkin.
441. Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni ragʻbatlantirish uchun har bir mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxs uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan kasb-hunarga oʻqish davrida har oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida ragʻbatlantirish toʻlovi toʻlab beriladi. Bunda:
aholining bandligiga koʻmaklashish markazlari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga oʻqitish maqsadida davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltiradi;
nogironligi boʻlgan shaxslarga ragʻbatlantirish toʻlovini toʻlash haqidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks ettiriladi;
ragʻbatlantirish toʻlovi oʻn ikki oylik davr ichida oʻqish davrining koʻpi bilan yigirma olti kalendar haftasi davomida Xalq banki va uning filiallari tomonidan tegishli qaydnomaga asosan toʻlab beriladi;
toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun toʻlov toʻlanishi kerak boʻlgan kalendar oydagi kunlar sonining toʻliq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda toʻlanadi;
davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqishdan chetlatsa, bu haqda 3 kunlik muddatda aholini bandligiga koʻmaklashish markazlarini rasmiy ogohlantirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
aholini bandligiga koʻmaklashish markazlariga oʻqishdan chetlatilganlik toʻgʻrisida xat kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunida ragʻbatlantirish toʻlovini toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
oʻquv kurslari uzrli sabablarga koʻra qoldirgan taqdirda ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilmaydi.
(441-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/596/0923-son)
5-bob. Oʻzini oʻzi band qilganlar hamda “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish tartibi
45. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan va tashkil etilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan fuqarolar mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingandan yoxud ishsiz shaxs sifatida eʼtirof etilgandan soʻng kasb-hunarga oʻqitish uchun yuboriladi.
Bunda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingandan yoxud ishsiz shaxs sifatida eʼtirof etilgandan soʻng kasb-hunarga oʻqitish qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
46. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mazkur Nizomning 3-bandida qayd etilgan oʻquv muassasa (tashkilot)larida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasb-hunarga oʻqitilishi mumkin.
Bunda mehnat organlari tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinmaydilar hamda ishsiz deb eʼtirof etilmaydilar, ammo mehnat organlari yoʻllanmasi asosida oʻquv muassasa (korxona, tashkilot)larga kasb-hunarga oʻqitish uchun yuboriladilar.
4-bob. Yakunlovchi qoida
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ishsiz va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
I. Fuqaro ________________________________________________________
familiyasi, ismi, otasining ismi
________________________________________ kasbiy tayyorgarlikdan oʻtdi.
Malaka imtihonlari komissiyasining qaroriga binoan ____ yil “___”
_____________da unga _________________________ malakasi va ______son guvohnoma berildi.
II . Fuqaro _____________________________________________________________
familiyasi, ismi, otasining ismi
__________________________________________________ sabablarga koʻra (oʻqishga kelmadi) oʻqishni ___________________ sanadan toʻxtatib qoʻydi, oʻqilgan soatlar ________________ soat.
Sizga sarf qilinmagan mablagʻlarning qoldiq summasi joʻnatildi ___________________________________________________________________ soʻm.
(soʻz bilan)
Toʻlov varaqalarining raqami va sanasi.
Oʻquv markazining rahbari
Imzo
Sanasi
Bosh hisobchi
Imzo
Sanasi
M.Oʻ.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
4-ILOVA
“Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish hamda tanlov gʻoliblariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan grant ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
grant — hududlardagi ishsiz va band boʻlmagan aholi, birinchi navbatda, kambagʻal oilalar aʼzolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun tanlov ishtirokchisiga tanlov asosida ajratiladigan mablagʻlar;
kasbga tayyorlash dasturi — ishsiz va band boʻlmagan aholi, birinchi navbatda, kambagʻal oilalar aʼzolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarni bir (yoki bir necha) kasb-hunarlarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoxud tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan dastur loyihasi;
tanlov komissiyasi — tanlov ishtirokchisi tomonidan yuborilgan kasb-hunarga tayyorlash dasturlarini koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash maqsadida tanlov tashkilotchilari huzurida tuziladigan komissiya.
3. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalari tanlovning ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda — tanlov ishtirokchilari) hisoblanadi.
4. Tashkil etish koʻlamiga koʻra tanlov respublika hamda viloyat miqyosda oʻtkaziladi. Bunda mazkur Nizomda belgilangan tartibga muvofiq bir marta oʻtkaziladigan tanlovda kasbga tayyorlash dasturiga muvofiq qamrab olinadigan qishloq va chekka joylarda hamda chegara hududlarida yashovchi ishsiz va band boʻlmagan aholi, ayniqsa, kambagʻal oilalar aʼzolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarning soni:
500 nafargachani tashkil etsa — tanlov viloyat miqyosida;
500 nafardan koʻp boʻlsa — tanlov respublika miqyosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
5. Tanlov respublika miqyosida oʻtkaziladigan tanlovning respublika tashkilotchisi tomonidan, viloyat miqyosida oʻtkaziladigan tanlovning viloyat tashkilotchisi tomonidan mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi.
6. Tanlovning respublika tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) hamda viloyat tashkilotchilari — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — tanlov tashkilotchilari) hisoblanadi.
7. Respublika va viloyat miqyosida oʻtkaziladigan tanlov uchun bir martalik ajratiladigan grant miqdori tanlovda qamrab olinadigan har bir shaxsga nisbatan bir oy uchun toʻgʻri keladigan mablagʻ bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan oshmasligi shart.
8. Tanlov gʻoliblari tanlov komissiyasi tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha aniqlanadi.
2-bob. Tanlov komissiyasi
9. Tanlov tashkilotchilariga tanlov ishtirokchisidan tushgan kasb-hunarga tayyorlash dasturlarini koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash maqsadida tanlov tashkilotchilari huzurida komissiya raisi, uning oʻrinbosari va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuziladi.
Tanlov komissiyasi tarkibi tanlov tashkilotchisi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
10. Tanlov komissiyasi majlisini uning raisi boshqaradi. Tanlov komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.
Tanlov komissiyasi majlisi undagi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11. Respublika miqyosida oʻtkaziladigan tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari, viloyat miqyosida oʻtkaziladigan tanlovda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi boshliqlari tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi.
12. Tanlov komissiyasi raisi:
tanlov komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
rais oʻrinbosari va aʼzolar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
tanlov komissiyasi majlislarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
tanlov komissiyasi majlislari kun tartibini tasdiqlaydi;
tanlov komissiyasining samarali va shaffof ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
13. Tanlov komissiyasi quyidagi tarkibda tuziladi:
a) respublika miqyosida oʻtkaziladigan tanlov komissiyasi raisi oʻrinbosari — Koʻnikma, muvofiqlik va malakani baholash milliy tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi (1 nafar);
respublika miqyosida oʻtkaziladigan tanlov komissiyasi aʼzolari:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshligʻi (1 nafar);
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vakili (1 nafar);
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi vakili (1 nafar);
(13-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Yoshlar ishlari agentligi vakili (1 nafar);
tanlov tashkilotchisi tasarrufidagi “Ishga marhamat” monomarkazi va Kasb-hunarga oʻqitish markazlari vakillari (2 nafar);
(13-band “a” kichik bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
b) viloyat miqyosida oʻtkaziladigan tanlov komissiyasi raisi oʻrinbosari — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari Kasbga qayta oʻqitishni tashkil etish shuʼbasi mudiri (1 nafar);
viloyat miqyosida oʻtkaziladigan tanlov komissiyasi aʼzolari:
tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi samarali va maqsadli foydalanish shuʼbasi mudiri (1 nafar);
tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlarining vakili (1 nafar);
tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining vakili (1 nafar);
(13-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Yoshlar ishlari agentligining tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining vakili (1 nafar);
tanlov tashkilotchisi tasarrufidagi “Ishga marhamat” monomarkazi va Kasb-hunarga oʻqitish markazlari vakillari (1 nafar);
tanlovda qamrab olinadigan hududlarni inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklardan vakillar (har bir mahalliy hokimliklardan 1 nafardan);
tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining vakili (1 nafar).
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
14. Tanlov komissiyasining majlisi uning aʼzolariga avvaldan yozma xabarnoma tarqatish yoʻli bilan chaqiriladi. Xabarnomada majlisni oʻtkazish kuni, vaqti va muhokama qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar koʻrsatiladi.
15. Tanlov komissiyasi aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida belgilangandan boshqacha tarkibda tuzilishi ham mumkin.
16. Tanlov komissiyasi aʼzolari quyidagi hollarda tanlov komissiyasi tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
oʻz arizasiga koʻra;
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda;
vafot etgan taqdirda.
17. Tanlov komissiyasi majlislari ochiq tarzda oʻtkaziladi.
18. Tanlov komissiyasi majlislariga davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlardan soha mutaxassislari va ekspertlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
19. Tanlov komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi qarori majlisda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
20. Tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
tanlov ishtirokchilarining kasbga tayyorlash dasturlarini oʻrganish va baholash;
tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan kasbga tayyorlash dasturlarini maʼqullash yoki rad qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
majlis oʻtkazish boʻyicha qarorlar qabul qilish.
21. Tanlov komissiyasi mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi hamda tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan kasbga tayyorlash dasturi va boshqa hujjatlarni oʻrganish davomida maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi shart.
3-bob. Tanlovni oʻtkazish haqida xabardor qilish tartibi
22. Tanlov tashkilotchilari tomonidan tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlon tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida 10 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda hamda tanlov tashkilotchilarining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
23. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
tanlovning umumiy tavsifi;
tanlov tashkilotchisining nomi va manzili;
tanlov uchun ajratilgan mablagʻ miqdori va uni moliyalashtirish manbai;
tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan asosiy shartlar;
loyihani amalga oshirish muddatlari;
tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishning manzili, oxirgi kuni va vaqti.
24. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar tanlov tashkilotchilariga ariza beruvchi tanlov ishtirokchisi tomonidan bevosita, pochta orqali va elektron shaklda berilishi mumkin.
25. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan hujjatlari qabul qilinmaydi hamda koʻrib chiqilmaydi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari
26. Tanlov ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha berilgan ketma-ketlikka asosan tashkil etiladi va oʻtkaziladi va quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish;
tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish, umumlashtirish va tanlov komissiyasiga taqdim etish;
mazkur Nizomda belgilangan mezonlar boʻyicha tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan kasbga tayyorlash dasturlarini baholash va gʻoliblarni aniqlash;
tanlov gʻoliblari bilan kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish uchun grant ajratish boʻyicha shartnoma imzolash;
tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
tanlov gʻoliblarini, zarur hollarda ijara toʻlovlari bevosita tanlov gʻolibi tomonidan toʻlanishi sharti bilan maqbul shart-sharoitlarga ega binolar bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
tanlovning oʻtishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish;
grant mablagʻlarining samarali sarflanishi yuzasidan monitoring olib borish;
hisobotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish.
27. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ishtirokchilari tanlov tashkilotchilariga quyidagi hujjatlarni (kasbga oʻqitish dasturini) taqdim etadilar:
tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
kasbga tayyorlash dasturi doirasida grantni amalga oshirish boʻyicha yuqoridagi masalalar nazarda tutilgan batafsil taqdimot;
kasbga tayyorlash dasturi (loyihani amalga oshirishning batafsil tasnifi, loyihani amalga oshirish boʻyicha qamrab olinadigan hudud (tuman, shahar, shaharcha, qishloq aholi punkti, mahalla, koʻcha nomi) kasb-hunarga oʻqitish sohasidagi tajribasi, ilgari grantlar asosidagi faoliyatda qatnashganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi hamda boshqa maʼlumotlar);
(27-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
kadrlar (oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari) tarkibi va ularning malaka darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mavjud moddiy-texnika bazasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot (kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakani oshirish faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanilayotgan bino-inshootlar, jihozlar va oʻquv qurollari soni, ularning tasnifi va qiymati);
tanlov ishtirokchisi tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (erishgan yutuqlari, oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy materiallari va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.
Tanlov tashkilotchilari tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni mobaynida roʻyxatga oladi, umumlashtiradi va tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
28. Kasbga tayyorlash dasturida loyihani amalga oshirish shakli, mexanizmi, davriyligi, boshlanish va tugash vaqti hamda loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natija aniq, bosqichma-bosqich va tushunarli yoritilgan boʻlishi lozim.
29. Tanlov ishtirokchisi (nodavlat taʼlim tashkiloti rahbari yoki uning nomidan ish koʻruvchi ishonchli vakil) tanlov oʻtkaziladigan kuni tanlov komissiyasi oldida oʻzining kasbga tayyorlash dasturi haqida 10 — 30 daqiqalik taqdimot qiladi.
Ushbu taqdimotda kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish boʻyicha natijadorlikka yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar, shu jumladan, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarga asosan kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish imkoniyatlari aks ettiriladi.
30. Tanlov gʻolibi nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan kasbga tayyorlash dasturlarini koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash natijalariga koʻra aniqlanadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan kasbga tayyorlash dasturlarini koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash tanlov komissiyasiga mazkur Nizomga muvofiq kasbga tayyorlash dasturlari toʻliq va kamchiliklarsiz kelib tushgandan soʻng 7 ish kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
Belgilangan muddatda tanlov komissiyasi majlisi uchun undagi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi yigʻilmagan taqdirda, tanlov boshqa kunga qoldirilishi mumkin, lekin komissiyaning qoldirilgan majlisi koʻpi bilan 5 ish kunida qayta chaqirilishi lozim.
31. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan kasbga tayyorlash dasturlari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:
a) Kasbga tayyorlash dasturining sifati — 30 ballgacha:
natijasi daromadli mehnat bilan band boʻlish imkoniyatini yaratib beruvchi mehnat bozorida talab boʻlgan kasblar hamda ushbu kasblar boʻyicha oʻzining oʻquv (reja) dasturi va qoʻllanmalariga egaligi — 5 ballgacha;
kadrlar (oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, trenerlar) tarkibi va ularning malaka darajasi — 5 ballgacha;
tanlov ishtirokchisining mazkur sohadagi tajribasi va erishgan yutuqlari — 10 ballgacha;
oʻqitish jarayonida xalqaro andozalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligi — 10 ballgacha.
b) oʻquv-moddiy bazasining mavjudligi — 20 ballgacha:
bino-inshootlar — 5 ballgacha;
jihozlar, asbob-uskunalar, oʻquv qurollari, texnika xavfsizligi shartlarining mavjudligi — 15 ballgacha;
v) loyihani amalga oshirish samaradorligi va natijadorligi darajasining yuqoriligi — 40 ballgacha:
har bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan sarf-xarajat miqdorining kamligi — 15 ballgacha;
chekka va chegara hududlarida, shuningdek, qishloq joylarida yashovchi ishsiz va band boʻlmagan aholi, ayniqsa, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi, kambagʻal oilalar aʼzolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarning jami kasb-hunarga tayyorlanadiganlarga nisbatan yuqori ulushda qamrab olinishi — 15 ballgacha;
bandlikni taʼminlash koʻrsatkichining yuqoriligi (ish beruvchilar buyurtmasi asosida ishga joylashtirish, oʻzini oʻzi band qilish, tadbirkor sifatida oʻz biznesini boshlashi va bandlikning boshqa rasmiy shakllari) — 20 ballgacha.
32. Qoida tariqasida:
kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirishning umumiy muddati koʻpi bilan 50 haftadan, shuningdek, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarining davomiyligi:
uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni 30 haftadan 40 haftagacha;
oʻrta muddatli oʻqitish — 5 haftadan 25 haftagacha;
qisqa muddatli oʻqitish — 4 haftagacha davom etadi.
33. Kasbga tayyorlash dasturlarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra tanlov komissiyasi aʼzolari har bir loyiha boʻyicha baholash mezonlariga muvofiq baholash varaqasiga tegishli ballarni qoʻyadi.
34. Baholash varaqalaridagi ballar komissiya kotibi tomonidan hisoblab chiqiladi va tanlov komissiyasi raisiga taqdim etiladi.
35. Tanlov komissiyasi raisi tomonidan hisoblangan ballarning toʻgʻri va haqqoniyligi koʻzdan kechiriladi hamda jamlangan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumot tanlov komissiyasi aʼzolariga eʼlon qilinadi.
36. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan tanlov ishtirokchisi tanlovda gʻolib deb topiladi.
37. Tanlov natijasiga koʻra tanlov ishtirokchilarining ballari teng boʻlgan taqdirda, ular oʻrtasida ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida qayta tanlov oʻtkaziladi.
38. Tanlov komissiyasi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Tanlov komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi tanlov komissiyasi kotibi tomonidan olib boriladi hamda tanlov komissiyasi raisi, kotibi va tanlov komissiyasi yigʻilishida ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
39. Tanlov komissiyasi yigʻilishning bayonnomalari belgilangan tartibda tanlov tashkilotchisi tomonidan saqlanadi.
40. Tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumot tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida tanlov tashkilotchisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
5-bob. Grant ajratish tartibi
41. Tanlov gʻolibi aniqlangandan soʻng uch ish kuni davomida tanlov tashkilotchisi hamda tanlovda gʻolib deb topilgan tanlov ishtirokchisi oʻrtasida kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish uchun grant ajratish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Ushbu shartnoma tanlov tashkilotchisi va tanlovda gʻolib deb topilgan tanlov ishtirokchisining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilaydi.
42. Shartnomada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirishning maqsadi;
kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish muddatlari;
qamrab olinadigan hudud, aholi toifasi, oʻqitiladigan kasblar, kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish mexanizmi, grant doirasida qoʻllaniladigan oʻquv qoʻllanmalari va dasturlari, foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya vositalari va innovatsion oʻqitish uslublarining tavsifi;
kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish uchun ajratilgan grant miqdori;
mablagʻ bilan taʼminlash muddatlari;
ajratilgan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanganlik yuzasidan nazorat shakllari;
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarni berish muddatlari va shakllari.
43. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan tanlov ishtirokchisi shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlovni oʻtkazish davomida oʻz faoliyatini tugatgan boʻlsa, tugatish, qayta tashkil etish jarayonida boʻlsa yoki qonunchilikda belgilangan tartibda bankrot deb eʼtirof etilgan boʻlsa, tanlov tashkilotchilari kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirish uchun belgilangan grant mablagʻlarini tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnomani imzolashni taklif etishga haqli.
6-bob. Grant mablagʻlarining samarali sarflanishi yuzasidan monitoring oʻtkazish va natijasiga koʻra mukofotlash tartibi
44. Tanlov tashkilotchilari tanlovda gʻolib deb topilgan tanlov ishtirokchisiga ajratilgan grantlar evaziga kasbga tayyorlash dasturining samarali amalga oshirilishi boʻyicha monitoringini olib boradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni (koʻrsatilayotgan xizmatlarni) hamda uning alohida bosqichlarini joyiga chiqqan holda monitoring qilishga haqli.
45. Tanlov tashkilotchilari kasbga tayyorlash dasturining samarali amalga oshirilishi boʻyicha monitoring oʻtkazishda tanlov tashkilotchilarining tizim idoralari, shu jumladan, tasarrufdagi kasb-hunarga oʻqitish markazlari, “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda boshqa soha vakillarini ekspert sifatida jalb qilishga haqli.
46. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hisobot maʼlumotlarining haqqoniyligi oʻtkazilgan monitoring natijalari, hududlardagi tegishli vakolatli organlardan, shu jumladan, hududiy soliq xizmati organlari hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan olingan maʼlumotlar asosida tahlil qilib boriladi.
47. Mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda kasbga oʻqitish dasturi doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslari bitiruvchilarining rasmiy bandligi taʼminlangan taqdirda, har bir rasmiy bandligi taʼminlangan shaxslar uchun tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin. Bunda:
tanlov ishtirokchisi ixtiyoriga koʻra mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda kasbga oʻqitish dasturi doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslari bitiruvchilarining rasmiy bandligi (ishga joylashganligi, oʻzini oʻzi band qilganligi, tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganligi va rasmiy bandlikning boshqa shakllari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilingan bir martalik pul mukofoti olish toʻgʻrisidagi soʻrov xati oʻquv kurslari tamomlangandan soʻng 15 kun muddatda tanlov tashkilotchisiga taqdim etiladi.
tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hisobot maʼlumotlariga binoan rasmiy bandligi taʼminlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monitoring natijasida shakllantirilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash natijasida oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, tanlov tashkilotchilarining monitoring oʻtkazgan masʼul tarkibiy boʻlinmasi boshligʻining asoslangan bildirishnomasiga binoan grant olgan tanlov ishtirokchisi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash uchun tavsiya etilishi mumkin.
48. Tanlov tashkilotchisi tanlov ishtirokchisi tomonidan bitiruvchilarning rasmiy bandlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilingan xat kiritilgan kundan boshlab 45 kun mabaynida bitiruvchilarning rasmiy bandlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligini oʻrganib chiqadi.
49. Tanlov tashkilotchisi tomonidan maʼlumotlarni mazkur Nizom 46 va 48-bandlariga muvofiq tartibda koʻrib chiqish, tahlil qilish va haqqoniyligini oʻrganish natijasiga koʻra:
agar ushbu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa, rasmiy bandligi taʼminlangan har bir fuqaro uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash uchun tavsiya etiladi;
agar maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmasa, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlashni rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan xat uch kun muddatda tanlov ishtirokchisiga yuboriladi.
50. Bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash tanlov tashkilotchisining monitoring oʻtkazgan masʼul tarkibiy boʻlinmasi boshligʻining asoslangan bildirishnomasiga binoan tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari boshliqlarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
51. Bir martalik pul mukofoti belgilangan tartibda tanlov ishtirokchisining hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
52. Bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mazkur Nizomga muvofiq tanlov oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
7-bob. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash dasturi doirasida kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish
53. Mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda ishsiz va ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganlarni mazkur Nizomga muvofiq kasbga tayyorlash dasturi doirasida kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. Kasbga tayyorlash dasturini amalga oshirishda oʻquv kurslari bitiruvchilarining bandligiga koʻmaklashish maqsadida mehnat organlari tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi mumkin:
a) tadbirkorlikka jalb etish va oʻzini oʻzi band qilganlik uchun davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi subsidiyalardan istalgan bir turini olishi:
bunda mehnat organlaridan ishsiz va ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganlarni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun;
mehnat organlaridan ishsiz va ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan shaxslarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida ijaraga olingan bino va inshootning ijara toʻlovini qoplash uchun subsidiya ajratish;
b) oʻz biznesini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma berish, bunda mehnat organlarida ishsiz sifatida roʻyxatga olingan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari rahbarlari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlash boʻyicha tavsiyanomaga asosan tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan garov taʼminotisiz imtiyozli shartlarda kredit ajratish.
55. Kasbga tayyorlash dasturi doirasida oʻquv kurslari bitiruvchilariga oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarorida nazarda tutilgan tartibda mikroqarzlar (mikrokreditlar) ajratiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
56. Tanlovda gʻolib deb topilgan tanlov ishtirokchisi mazkur Nizomga muvofiq ajratilgan grantlardan belgilangan tartibda maqsadli foydalanish uchun masʼuldir.
57. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish ketma-ketligi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tanlov tashkilotchilari
Tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish.
Tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida 10 kun oldin
2-bosqich
Tanlov ishtirokchilari
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va kasbga tayyorlash dasturini tanlov komissiyasiga taqdim etish.
Tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan muddatda
3-bosqich
Tanlov tashkilotchilari
Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan arizalarni roʻyxatga olish, umumlashtirish va tanlov komissiyasiga taqdim etish.
3 ish kunida
4-bosqich
Tanlov tashkilotchilari
Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan kasbga tayyorlash dasturlarini baholash va gʻoliblarni aniqlash.
Kasbga tayyorlash dasturi kelib tushgandan soʻng 7 ish kuni ichida
5-bosqich
Tanlov tashkilotchisi va tanlov gʻolibi
Tanlovda gʻolib deb topilgan tanlov ishtirokchilari bilan grant ajratish boʻyicha shartnoma tuzish.
3 ish kuni ichida
6-bosqich
Tanlov tashkilotchilari
Tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish.
tanlov gʻolibi aniqlangandan keyin 3 kun muddatda
7-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Tanlov gʻoliblarini, ular tomonidan bino-inshootga zarurat boʻlgan taqdirda, ijara toʻlovlari bevosita ular tomonidan toʻlanishi sharti bilan maqbul shart-sharoitlarga ega binolar bilan taʼminlash choralari koʻrish.
Tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda
8-bosqich
Tanlov tashkilotchilari
1. Tanlovning oʻtishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi tashkil etish;
2. Grant mablagʻlarini samarali sarflanishi yuzasidan monitoring olib borish;
doimiy
9-bosqich
Tanlov tashkilotchilari
Tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar asosida grantlarni amalga oshirish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish.
doimiy
Natijadorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan tanlov ishtirokchilarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.
koʻrsatkichlar tahlili asosida bir martalik
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
5-ILOVA
ISHGA JOYLASHTIRISHGA DOIR YOʻLLANMA
Sana: _____-____-____
№ ________________________________
Tashkilot nomi: ____________________________________________________________________ Tashkilot joylashgan joy (pochta manzili): ______________________________________________ Tashkilot telefon raqami _______________ elektron pochta manzili _________________________ Vakansiya eʼlon qilingan sana: 20___ yil “___” _______________ Fuqaro ____________________________________________________________________________________ Telefon raqami _________________________ elektron pochta manzili ________________________________ 1. ______________________________________ Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32 va 34-moddalariga muvofiq ish qidiruvchi fuqaroga _______________________________________________ kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ishga joylashtirishga doir yoʻllanma berildi.
2. Mazkur fuqaro “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga muvofiq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrniga ishga qabul qilinishi lozim.
3. Ishga joylashtirishga doir yoʻllanma asosida ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashtirish tartibiga muvofiq Siz quyidagilarga amal qilishingiz kerak: tashkilot ish qidirayotgan shaxsni yoʻllanma boʻyicha ishga qabul qilgan va u bilan mehnat shartnomasini tuzgan taqdirda, yoʻllanma taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yoʻllanma bergan Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga (keyingi oʻrinlarda — ABKM) ushbu shaxs ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga yoʻllanmaning yirtib olinadigan talonini yuborilishi shart; ishga joylashtirish rad etilgan taqdirda, yirtib olinadigan talonda rad etish sabablarining asosi koʻrsatiladi va yirtib olinadigan talon ishga joylashtirishga doir yoʻllanmani bergan ABKMga taqdim etish uchun ish qidirayotgan shaxsga qaytarib beriladi.
Izoh. Agar ishga joylashtirish uchun yuborilayotgan shaxs “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 38-moddasida belgilangan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga kirmasa, mazkur yoʻllanmaning 2-bandi ustidan chiziladi. — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — — —
YOʻLLANMANING QIRQIB OLINADIGAN TALONI № _________________
20___ yil “___” _______________
1. Fuqaro ___________________________________________________________ _______________________ ____________________________________________ tashkilotiga __________________________ lavozimiga ________-son mehnat shartnomasi asosida _______________ soʻmlik oylik ish haqi bilan ishga qabul qilindi. Ishga joylashtirish uchun asos: ________ yil “____”_______________________ _______ -son buyruq. 2. Fuqaro ________________________________________________ni ________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(sababini batafsil koʻrsating)
munosabati bilan ishga qabul qilish rad etildi.
Tashkilot rahbari
______________
__________________________
M.Oʻ.
(imzo)
F.I.O.
Izoh: Ishga qabul qilinganda — qirqib olinadigan talonning 1-bandi toʻldiriladi. Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda — qirqib olinadigan talonning 2-bandi toʻldiriladi.
ISHGA JOYLASHISHGA KOʻMAKLASHISH YUZASIDAN MUROJAATNOMA
Sana: _____-____-____
№ ________________________________
Tashkilot nomi: ____________________________________________________________________ Tashkilot joylashgan joy (pochta manzili): ______________________________________________ Tashkilot telefon raqami _______________ elektron pochta manzili _________________________ Vakansiya eʼlon qilingan sana: 20___ yil “___” _______________ Fuqaro ____________________________________________________________________________________ Telefon raqami _________________________ elektron pochta manzili ________________________________ 1. __________________________________ Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32 va 34-moddalariga muvofiq ish qidiruvchi fuqaroning _______________________________ kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ishga joylashishiga koʻmaklashish uchun murojaatnoma berildi.
2. Ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma asosida ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashtirish tartibiga muvofiq Sizga quyidagilar maʼlum qilinadi: ish qidirayotgan shaxs ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma boʻyicha ishga qabul qilgan va u bilan mehnat shartnomasini tuzgan taqdirda, mazkur shaxsning ishga joylashishiga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma bergan Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda — ABKM) xabardor qilinadi; ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma elektron shaklda yuborilgan taqdirda, ABKMga mazkur shaxs ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborot elektron shaklda yuboriladi; ABKM tomonidan berilgan ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma boʻyicha ishga joylashtirish rad etilgan taqdirda, ishga joylashtirishni rad etish sabablari haqida ABKM xabardor qilinadi.
1. Fuqaro _______________________________________________________, ___________________________ _________________________________________ tashkilotiga ________________________ lavozimiga ________-son mehnat shartnomasi asosida _______________ soʻmlik oylik ish haqi bilan ishga qabul qilindi. Ishga joylashtirish uchun asos: ________ yil “____”_______________________ _______ -son buyruq. 2. Fuqaro _______________________________________________ ni ________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(sababini batafsil koʻrsating)
munosabati bilan ishga qabul qilish rad etildi.
Tashkilot rahbari
______________
__________________________
M.Oʻ.
(imzo)
F.I.O.
Izoh: Ishga qabul qilinganda — qirqib olinadigan talonning 1-bandi toʻldiriladi. Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda — qirqib olinadigan talonning 2-bandi toʻldiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻkdumaloq neftgazkondensati konini, Mingbuloq neft konini oʻzlashtirishni, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodining hamda Gazli-Nukus quvuri qurilishini tezlashtirish toʻgʻrisida” 1993-yil avgustdagi 389-son qarorining 18-bandi ikkinchi xatboshining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻkdumaloq konini oʻzlashtirishda, Gazli-Nukus gaz quvuri trassasi, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodi hamda Navoiy viloyatidagi Zafarobod neft quyish estakadasida bevosita band boʻlgan barcha toifadagi xodimlarning ish haqlariga suvsizlik va choʻl sharoitlari uchun qoʻshimcha 1,7 koeffitsiyent toʻlanishi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi rus tilida qabul qilingan 147-son qaroriga 3-ilova nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Razryadi i tarifnie koeffitsiyenti po oplate truda po YETS rukovodyashix rabotnikov i spetsialistov sentralnogo apparata Ministerstva finansov, Ministerstva ekonomicheskogo razvitiya i sokrasheniya bednosti, Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy, Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli, Ministerstva yustitsii, Ministerstva transporta, Ministerstva oboroni i Generalnogo shtaba Voorujennix Sil (v chasti grajdanskogo personala), Gosudarstvennogo komiteta po statistike, Antimonopolnogo komiteta, Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami, Agentstva po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan, Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po razvitiyu turizma, Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po oboronnoy promishlennosti”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami toʻgʻrisida” 1996-yil 18-noyabrdagi 403-son qarorida:
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomda:
“1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda — boshqaruv organlari) hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar”;
“6. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi xoʻjalik organi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzenergoinspeksiya”) energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr qurilmalarida (keyingi oʻrinlarda — nazorat ostidagi obyektlar) nazorat qiladi”;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat mehnat texnika nazoratchisiga” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy mehnat organlari) Davlat mehnat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlardagi “davlat mehnat texnika nazoratchisi” hamda “bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi” soʻzlari tegishli ravishda “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektori” hamda “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat texnik inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga hamda tekshirish materiallari bilan birga korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga va hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboradi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzenergonazorat” agentliklari” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Boshqa joylarga yuborilgan” soʻzlaridan keyin “tekshirish materiallari,” soʻzlari qoʻshilsin;
6-banddagi “(bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining” soʻzlari “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat mehnat texnik inspektorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzenergonazorat” agentliklari organi” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasi (ATMM)da”, “profilaktoriyalari (DMP va TMP)da” va “vakili” soʻzlari tegishli ravishda “muassasasida (keyingi oʻrinlarda — ATMM)”, “profilaktoriyalarida (keyingi oʻrinlarda — DMP va TMP)” va “vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish — mazkur Nizomga muvofiq maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv.
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning oʻzida ikki va undan ziyod xodimlar bilan salomatlikka yetkazilgan zararning ogʻirligi darajasidan qatʼi nazar, yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;
oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir baxtsiz hodisalar;
oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.
2. Guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa toʻgʻrisida ish beruvchi darhol sxemaga binoan (3-ilova) quyidagilarga xabar berishi kerak:
hududiy mehnat organining davlat mehnat inspeksiyasiga;
yuqori turuvchi xoʻjalik organiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining mahalliy organiga va “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan boʻlsa;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga.
3. Guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish maxsus vakolatli organ bilan oldindan kelishilmagan va xabardor etmagan holda maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va uch kishigacha oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisani hududiy mehnat organi buyrugʻiga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi;
rais — hududiy mehnat organining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi vakili yoxud “Oʻzenergoinspeksiya” vakili nazorati ostidagi korxona (obyekt) boʻyicha;
aʼzolar — yuqori turuvchi xoʻjalik organi vakili, ish beruvchi, II boʻlimning 7, 10, 11, 12 va 13-kichik bandlarida koʻzda tutilgan hollarda jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining vakili.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki “Oʻzenergoinspeksiya” organi nazorati ostidagi korxona (obyekt)larda yuz bergan guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisani tegishli hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki “Oʻzenergoinspeksiya” respublika yoki mahalliy organlari buyrugʻi asosida tuzilgan komissiya yuqori turuvchi xoʻjalik organi vakili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektor kiradi.
Guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar yuz berganda, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari tarkibida ish beruvchining buyrugʻi bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan N-1 shaklidagi dalolatnoma maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan soʻng bir kun ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
uch nafardan oʻn bir nafargacha inson sabab boʻlgan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaroriga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan oʻtkaziladi:
rais — Oʻzbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori;
aʼzolar — yuqori turuvchi organ rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki “Oʻzenergoinspeksiya” nazorati ostida boʻlgan tashkilot (obyekt)dagi baxtsiz hodisa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki “Oʻzenergoinspeksiya” organining buyrugʻi asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi organ rahbari ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi etib Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki “Oʻzenergoinspeksiyasi” organi rahbarlaridan biri tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori komissiya tarkibiga kiritiladi.
Oʻn bir nafar va undan ortiq insonning oʻlimiga sabab boʻlgan baxtsiz hodisalar Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi”;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “(Bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi” soʻzlari “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “(bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining” soʻzlari “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Maxsus tekshirish tugagandan soʻng oʻn besh kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat mehnat texnik inspektori, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi organi yoki “Oʻzenergoinspeksiya” organi nazoratchisi tekshirish materiallarini:
guruhli, oqibati oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir va oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga yuboradi;
maxsus tekshirish boʻyicha barcha materiallarning nusxalarini hududiy mehnat organiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, tegishli boshqaruv organi, tashkilotga va jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi;
Agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi tashkilot (obyekt)da yuz bergan boʻlsa, maxsus tekshirish materiallari nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki “Oʻzenergoinspeksiya” organiga yuboriladi”;
9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisiga” va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi davlat inspeksiyasining” soʻzlari tegishli ravishda “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektoriga” va “Oʻzenergoinspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat mehnat texnika nazoratchisiga” soʻzlari “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektoriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. N-1 shaklidagi dalolatnoma boʻyicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga hamda uch ish kuni ichida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi”;
2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Shuningdek, jabrlanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilishi lozim”;
5-banddagi “Oʻzenergonazorat” agentligi” va “(bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzenergoinspeksiya” va “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” va “bosh davlat mehnat” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzenergoinspeksiyasi” va “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “(bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi” soʻzlari “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Hududiy ichki ishlar organlari Davlat mehnat inspeksiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga hamda “Oʻzenergoinspeksiya”ga ishning borishi toʻgʻrisida axborot berib turadi”;
1-ilovadagi “bosh davlat mehnat texnika nazoratchisiga” soʻzlari “hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovadagi “(Bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining” hamda “(bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi” soʻzlari tegishli ravishda “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorining” hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
a) 6-ilovaning 30-bandidagi “eng kam oylik ish haqidan” soʻzlari “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun namunaviy mehnat shartnomasining 1.7.-bandidagi “eng kam oylik ish haqi miqdoridan” soʻzlari “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot tannarxini kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqi” soʻzlari “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bekor qilinishi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini olib qoʻyish hollari yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinganda shirkat aʼzolarining koʻrgan zararlari qonunda belgilangan tartibda toʻlanadi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(11-band Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisiga “miqdori” soʻzidan keyin “yoki eng koʻp miqdori” soʻzlari qoʻshilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish” soʻzlari “Mehnatni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “nogironlar” soʻzi “nogironligi boʻlgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan va ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish” soʻzlari “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov laboratoriyasi deb ataladi)” soʻzlari “belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maqullangan laboratoriyaga (keyingi oʻrinlarda — texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyasi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat koʻrsatuvchi tashkilot rahbaridan sertifikat talab etilmaydi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat koʻrsatuvchilarning akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyasi rahbari faqat mehnatni muhofaza qilish mutaxassisining malakaviy sertifikatiga ega shaxs boʻlishi kerak”;
30-bandning “a” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (akkreditatsiya attestatsiyasining sanasi va tartib raqami)” soʻzlari “texnik jihatdan malakaliligini maqullash toʻgʻrisidagi guvohnomasining sanasi va tartib raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Mehnat sharoitlarining gigiyenik meʼyorlarga muvofiqligini baholash doirasida ish oʻrinlarida mavjud omillar tegishli meʼyorlardan oshgan har bir holat boʻyicha tadbirlar rejasida ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanishi lozim”;
52-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ekspertizasi tegishli ariza kiritilgan sanadan boshlab yigirma besh kalendar kundan oshmagan muddatda belgilangan tartibda pul toʻlash orqali amalga oshiriladi.”;
58-banddagi “Nogironlar”, “nogironlarning” va “nogiron xodimga” soʻzlari tegishli ravishda “Nogironligi boʻlgan shaxslar”, “nogironligi boʻlgan shaxslarning” va “nogironligi boʻlgan shaxsga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
59-banddagi “Nogironlarning” soʻzi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “akkreditatsiya attestati” soʻzlari “texnik jihatdan malakaliligini maqullash toʻgʻrisidagi guvohnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“attestatsiya oʻtkazilgan korxonaning jami xodimlari shundan ayollar va nogironligi boʻlgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi”;
2-ilova nomiga “xaritasi” soʻzidan keyin “(ish joyi nomi)” soʻzlari qoʻshilsin;
7-ilova 2-bandidagi “akkreditatsiya attestatining” soʻzlari “texnik jihatdan malakaliligini maqullash toʻgʻrisidagi guvohnomasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi, 1, 3, 5, 36, 50 va 51-bandlardagi hamda IX boʻlim nomidagi “ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish” soʻzlari “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4. Talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, unga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy mehnat organlari) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha malaka sertifikati beriladi”;
“7. Imtihon komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, uning tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Imtihon komissiyasi tarkibiga hududiy mehnat organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Oʻzbekston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining hududiy birlashmalari rahbar va xodimlari, shuningdek, kelishilgan holda amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar kiritiladilar.
Hududiy mehnat organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi imtihon komissiyasining faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi organ (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ), hududiy mehnat organlarining boshliqlari — imtihon komissiyasining raisi, ishchi organ oʻrinbosari (mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha) — imtihon komissiyasi raisining oʻrinbosari, ishchi organining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat mehnat texnik inspektori — imtihon komissiyasining kotibi hisoblanadi”;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “10” va “50” raqamlari “3” va “6” raqamlari bilan almashtirilsin;
“52. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har uch yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va malaka oshirish dasturi boʻyicha kamida davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari shart.
Malaka oshirish kurslari shtatida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kamida uch nafar mutaxassisga ega boʻlgan taʼlim muassasalari tomonidan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va yangilash ularning bajarilayotgan vazifalar va funksiyalarga professional tayyorligini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladi”;
1-ilovadagi “Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish” soʻzlari “Mehnatni muhofaza qilish” soʻzlari bilan hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “hududiy mehnat organining boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-oktabrdagi 301-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 44-son, 539-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq aholi punktlari yerlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan,” soʻzlari “qonunchilik hujjatlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 55-modda):
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(15-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/819/1210-son)
“17. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi uchun toʻlov ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazgan tashkilot tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga yoki Ilmiy markazga toʻlanadi”;
“23. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq xulosa beriladi yoki rad etish sabablari asoslangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlarning buzilgan normalari va ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta kiritish muddatlari koʻrsatilgan holda aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish uchun ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallari attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotga qaytariladi.
Aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish muddatlari tuzatishlar kiritilishi zarur boʻlgan ish hajmini inobatga olinib, ammo oʻn kundan kam boʻlmagan muddatda belgilanadi.
Ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlar (xabarnomani laboratoriyaga taqdim etish sanasini hisobga olgan holda) oʻtib ketgandan keyin topshirilgan ariza va materiallar yangidan topshirilgan deb hisoblanadi va ular umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot aniqlangan nomunosiblikdan norozi boʻlsa, ularni bartaraf etish boʻyicha xabarnomani olgan kundan boshlab 5 kalendar kun ichida aniqlangan nomunosibliklarni asoslab va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlarning talablari koʻrsatilgan holda yozma rad etish xatini taqdim qilish huquqiga ega”;
“25. Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot qayta ishlash uchun attestatsiya hujjatlarining qaytarilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatlarda ish oʻrinlarining attestatsiya hujjatlarini qaytarish sabablari bartaraf etilgandan soʻng davlat ekspertizasiga qayta topshirish huquqiga ega. Bunda ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish materiallarini avval koʻrsatilmagan yangi sabablarni koʻrsatib, takroran qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat ekspertizasini qayta oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Davlat ekspertizasini qayta oʻtkazish oʻn kun ichida amalga oshiriladi.
Agar rad etish uchun asos boʻlgan sabablar attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa (ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasiga eʼtiroz berilgan xolatlar bundan mustasno), hujjatlar arizachiga qaytariladi. Bunda navbatdagi davlat ekspertizasiga ish oʻrinlari attestatsiyasi hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab oʻttiz kun oʻtgandan soʻng umumiy tartibda kiritilishi lozim”;
36-banddagi “akkreditatsiyalangan” soʻzi “akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilova 2-bandidagi “akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi attestatining” soʻzlari “akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullanganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida bajarilgan ishlar uchun kunlik tarif stavkalari boʻyicha mehnatga haq toʻlashning izohdagi “eng kam oylik ish haqi” soʻzlari “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini taʼminlash va ularni muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 67-bandidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/356/0619-son)
23. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“5. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutga oʻqishga kiruvchi nomzodlar uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki boʻlimga ajratilib, birinchi boʻlimga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi, ikkinchi boʻlimga bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan kiritiladi.
Test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining ikkinchi boʻlimida:
“Bojxona ishi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha — matematika, chet tili;
“Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha — tarix, chet tili fanlaridan test sinovlari oʻtkaziladi.
Test sinovlari topshiriladigan fanlar boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun ajratiladigan ballar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi”.
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʻlgan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob beradigan;
harbiy xizmatni oʻtamagan oʻn yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili oʻn yetti yoshga toʻladigan fuqarolar;
oʻn sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili oʻn sakkiz yoshga toʻladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega boʻlmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tanlov asosida qabul qilinadi.
Nomzodlarning boʻyi 165 sm.dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past boʻlmasligi lozim”.
v) 38-bandga quyidagi mazmundagi xatboshlar qoʻshilsin:
“Qabul yilida 11-sinf negizidagi umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tamomlagan nomzodlarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar aslini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar Qabul komissiyasiga yetkazishlari lozim.
Test sinovlariga tavsiya etilgan nomzodlar shuningdek, ularning mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan imtiyozlari (agarda mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar qabul yilining 1-iyuliga qadar Qabul komissiyasi tomonidan Davlat test markazining maxsus onlayn dasturiga kiritiladi”.
ikkinchi xatboshisidagi “iyuligacha boʻlgan vaqtda” soʻzlari “iyul kuni katta sigʻimdagi binolarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli joylarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar bilan taʼminlaydi, oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi”.
“55. Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi harajatlar qoplanadi:
test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq toʻlash;
test sinovlarini oʻtkazish jarayonida nomzodlar, Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan taʼminlash uchun mablagʻlar”.
“57. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalarining biriga ega boʻlgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu fan boʻyicha test sinovidan ozod etiladilar:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori”.
“61. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organlari (ichki ishlar organlari bundan mustasno) xodimlarining farzandlari Institutga dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining taqdimnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Maxsus kasbiy tanlov natijalari teng boʻlgan hamda ajratilgan besh foizli qabul kvotalari boʻyicha oxirgi oʻrinni egallashga daʼvogarlar orasida kasbiy tanlov bosqichining yakka tartibdagi yakuniy suhbat tadbirida eng yuqori natijaga ega boʻlgan nomzod mazkur imtiyozli oʻringa oʻqishga qabul qilinadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
Institutga nomzodlar qabuli uchun umumiy oʻrinlar soni tarkibida imtiyozli kvotalar doirasida vazirlik va idoralarga ajratiladigan oʻrinlar sonini belgilashda oʻrta arifmetik hisoblashdan foydalaniladi va quyidagilarga amal qilinadi:
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,5 — 0,99 oraligʻini tashkil esa, yaxlitlangan holda 1 ta qoʻshimcha oʻrin ajratiladi;
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,01 — 0,49 oraligʻini tashkil esa, yaxlitlangan holda qoʻshimcha oʻrin ajratilmaydi”.
z) 64-bandning birinchi xatboshisidagi “61 — 63-bandlarida” soʻzlari “61-bandi birinchi xatboshisi va 63-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
i) 67-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota va Milliy gvardiyaning xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlari farzandlariga ikki foizli kvota boʻyicha ajratilgan oʻrinlarga nomzodlar vazirlik va idoralar kesimida tanlovda ishtirok etadilar hamda oʻrinlar Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi.
Vazirlik va idoralar kesimida imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota va Milliy gvardiyaning hizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlariga ajratilgan ikki foizli kvota boʻyicha oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning test sinovlarida toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinlarda turuvchi nomzodning toʻplagan ballari bir xil boʻlgan taqdirda ular orasidan taʼlim yoʻnalishi fanlari boʻyicha eng koʻp ball toʻplagani oʻqishga qabul qilinadi”.
k) 6-ilovaning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Nomzodlarni individual-psixologik oʻrganish tadbirini kompyuter texnologiyalariga asoslangan maxsus avtomatlashtirilgan dastur yordamida ham oʻtkazish mumkin”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olishga moddiy yordam (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida);
yubiley va muhim sanalar munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash (bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdorida);
ovqatlanish qiymatini va shahar jamoat transportida yoʻlkirani qoplash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari (bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida);
vaqtinchalik qiyinchiliklar va oiladagi fojiali voqealar munosabati bilan xodimlarga moddiy yordam (bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida).”.
25. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorida:
a) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Temir rudasini, rangli metallar rudalarini qazib olish va boyitish:
1,682
07.29.0
Rangli metall rudalarini qazib olish
mavjud va qurilayotgan korxonalarda yer osti ishlarida (shu jumladan, kon-kapital ishlarida, sanoat razvedkasi, konlardagi va ochiq konlardagi drenaj ishlarida), marksheyderlik tashkilotlarida;
07.21.
Uran va toriy rudasini qazib olish
temir va rangli metall rudalarini qazib olish uchun mavjud va qurilayotgan korxonalarda yerosti ishlarida (shu jumladan, kon-kapital ishlarida, sanoat razvedkasi) va oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida kon-kimyo xom ashyosi qazib olish:
stavkalarning 1-guruhi boʻyicha**
1,854
stavkalarning 2-guruhi boʻyicha**;
2,059
ochiq kon ishlarida, uyumlarda, osma kanat yoʻllarida, rudalar shixtasida, draga va gidrav-likalarda, magnezit va kon-kimyo xom ashyosi qazib olishda;
1,423
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida ish olib boriladigan ishlab turgan konlardagi ochiq kon ishlarida;
1,520
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida ish olib boriladigan ishlab turgan konlardagi ochiq kon ishlarida;
1,914
ishlab turgan va qurilayotgan shaxtalar, konlar, ochiq konlar yuzalaridagi yerlarni rekultivatsiya qilish, rudalarni boyitish ishlarida.
Uran va toriy rudasini qazib olish:
1,914
yer osti ishlarida (shu jumladan, kon-kapital ishlarida, sanoat razvedkasi, konlardagi va ochiq konlardagi drenaj ishlarida), marksheyderlik tashkilotlarida;
2,339
yer osti ishlarida oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlaridagi kon-kimyo xom ashyosi qazib olish;
ochiq kon ishlarida, uyumlarda, osma kanat yoʻllarida, rudalar shixtasida, draga va gidravlikalarda, magnezit va kon-kimyo xom ashyosi qazib olishda.
1,423
”.
16-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
16.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish
20.11.0
20.12.0
20.13.0
20.14.0
20.15.1
20.15.2
20.16.0
20.17.0
20.20.0
20.30.0
20.41.0
20.42.0
20.52.0
20.53.0
20.59.0
20.60.0
Birlamchi shakllarda asosiy kimyoviy moddalar, oʻgʻitlar va azot birikmalari, plastmassalar va sintetik kauchuk ishlab chiqarish
Quyidagi sharoitlarda birlamchi shakllarda asosiy kimyoviy moddalar, oʻgʻitlar va azot birikmalari, plastmassalar va sintetik kauchuk ishlab chiqarish boʻyicha ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar:
normal mehnat sharoitlarida;
1,053
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida;
1,189
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida.
1,306
20.51.0
Portlovchi moddalar ishlab chiqarish
Portlovchi moddalar ishlab chiqarish boʻyicha ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy ishlab chiqarishning barcha turdagi ishlari:
normal mehnat sharoitlarida;
1,211
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida;
1,367
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida.
1,502
”.
19-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
19.
Metall boʻlmagan boshqa mineral mahsulotlar ishlab chiqarish
23.11.0
23.12.0
23.13.0
23.14.0
23.19.0
Shisha va shishadan yasalgan buyumlar ishlab chiqarish
Shisha va shishadan yasalgan buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy ishlab chiqarishning barcha turdagi ishlari:
normal mehnat sharoitlarida;
1,053
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida;
1,189
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida.
1,306
23.99.0
Boshqalar
Boshqa toifalarga kiritilmagan metall boʻlmagan boshqa mineral mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy ishlab chiqarishning barcha turdagi ishlari, ishlab chiqarishdagi nazoratchilar:
normal mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 3-guruhi boʻyicha;
1,228
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 2-guruhi boʻyicha;
1,306
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 1-guruhi boʻyicha.
1,443
”.
21 — 23-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
21.
Metallurgiya sanoati*
24.10.0
Choʻyan, poʻlat va temir qotishma ishlab chiqarish
Metallurgiya, prokat, temir qotishmali quvur, koks-kimyoviy, oʻtga chidamli ishlab chiqarishning asosiy sexlari ishchilari, ishlab chiqarishdagi nazoratchilar:
normal mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 3-guruhi boʻyicha;
1,228
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 2-guruhi boʻyicha;
1,306
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 1-guruhi boʻyicha.
1,443
Normal mehnat sharoitlarida qora metall parchalarini qayta ishlash korxonalari va sexlari
1,053
24.20.0
Poʻlat quvur, quvur oʻtkazgich, profil, fitinglar ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
24.31.0
24.32.0
24.33.0
24.34.0
Birlamchi ishlov berish yoʻli bilan boshqa poʻlat buyumlarni ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
24.41.0
24.42.0
24.43.0
24.44.0
24.45.0
Asosiy asl va rangli metallar ishlab chiqarish
Metallurgiya va kimyo-metallurgiya ishlab chiqarish, ruda aglomeratsiyasi, koʻmir va graft elektrodlari, qattiq qorishmalar, aluminiy, florid tuzlari ishlab chiqarish, rangli metallarni qayta ishlash, quvurlar va simlarni ishlab chiqarish, konstruksiyalar, qotishmalar, prokladkalar ishlab chiqarishning asosiy sexlari ishchilari:
stavkalarning 3-guruhi boʻyicha;
1,228
stavkalarning 2-guruhi boʻyicha;
1,306
stavkalarning 1-guruhi boʻyicha.
1,443
Normal mehnat sharoitlarida qora metall parchalarini qayta ishlash boʻyicha korxonalar, sexlar
1,053
24.51.0
24.52.0
24.53.0
24.54.0
Metall quyish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
22.
Mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish
25.50.0
Rolik list eguvchi mashinada list metallni roliklar bilan bolgʻalab yasash, presslash, qoliplash, profillash; kukun metallurgiyasi
Rolik list eguvchi mashinada list metallni roliklar bilan bolgʻalab yasash, presslash, qoliplash, profillash; kukun metallurgiya boʻyicha ishlar:
normal mehnat sharoitlarida;
1,228
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida;
1,306
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida.
1,443
25.11.0
Qurilish metall konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarish
1) Metallga ishlov berish dastgohlarida metall va boshqa materiallarni qirqib ishlov berish boʻyicha ishlar, metall va boshqa materiallarni qoliplash, asbob-uskunalarni tayyorlash va taʼmirlash ishlari.
1,131
2) Asosiy korxona va instrumental sexlar (uchastkalar) ishchilari tomonidan bajariladigan boshqa ishlar.
1,014
25.21.0
Radiatorlar va markaziy isitish qozonlari ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
25.29.0
Boshqa metall sisterna, rezervuar va konteynerlar ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
25.30.0
Markaziy isitish qozonlaridan tashqari bugʻ qozonlari ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
25.40.0
Qurol va oʻq- dorilar ishlab chiqarish
1) Metallga ishlov berish dastgohlarida metall va boshqa materiallarni qirqib ishlov berish boʻyicha ishlar, metall va boshqa materiallarni qoliplash, asboblar va jihozlarni tayyorlash va taʼmirlash ishlari;
1,131
2) Asosiy korxona va instrumental sexlar (uchastkalar) ishchilari tomonidan bajariladigan boshqa ishlar.
1,014
25.61.0
Metallarga ishlov berish va metallarni qoplamalar bilan qoplash
Metallarga ishlov berish va metallarni qoplamalar bilan qoplashda bevosita band boʻlgan ishchilar hamda metallarga ishlov berish va metallarni qoplamalar bilan qoplashga tayyorlash va xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan ishchilar, ishlab chiqarishdagi nazoratchilar:
normal mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 3-guruhi boʻyicha;
1,053
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 2-guruhi boʻyicha;
1,228
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 1-guruhi boʻyicha.
1,306
25.93.0
Simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarish
Simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarishda bevosita band boʻlgan ishchilar:
normal mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 3-guruhi boʻyicha;
1,053
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 2-guruhi boʻyicha;
1,228
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 1-guruhi boʻyicha.
1,306
25.94.0
Mahkamlash uchun va rezbali buyumlar ishlab chiqarish
Mahkamlash uchun va rezbali buyumlar ishlab chiqarishda bevosita band boʻlgan ishchilar:
normal mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 3-guruhi boʻyicha;
1,053
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 2-guruhi boʻyicha;
1,228
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida yoki stavkalarning 1-guruhi boʻyicha.
1,306
23.
Mashina va uskunalarni ishlab chiqarish
28.11.0
28.12.0
28.13.0
28.14.0
28.15.0
Umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish
1) Oʻta aniq va murakkab press-formalar, shtamplar, moslamalar, asbob-uskunalar, priborlar va uskunalar tayyorlovchi instrumental va boshqa sexlarning universal uskunasida band boʻlgan ishchi chilangar-asbobsozlar va dastgoh ishchilari. Oʻta murakkab mahsulot tayyorlash bilan band boʻlgan noyob uskunada ishlovchi dastgoh ishchilari. Oʻta murakkab va noyob uskunani taʼmirlovchi va unga xizmat koʻrsatuvchi chilangar-taʼmirlovchilar, sozlovchilar, elektr montyorlar va elektr mexaniklar;
1,267
2) Metallga ishlov berish dastgohlarida metallar va boshqa materiallarni qirqib, ularga ishlov berish boʻyicha dastgoh ishchilari. Metall va boshqa materiallarni qoliplash ishlari, asbob-uskunalarni tayyorlash va taʼmirlash ishlari. Asbob-uskunalar tayyorlash va taʼmirlash hamda texnik jihozlash ishlari. Gaz bilan kesish va elektr payvandlash ishlari;
1,170
3) Poʻlat, quyma temir va rangli metallardan quyma ehtiyot qismlar ishlab chiqarish:
normal mehnat sharoitlarida;
1,053
ogʻir va zararli mehnat sharoitlarida;
1,170
oʻta ogʻir va oʻta zararli mehnat sharoitlarida.
1,228
4) Asosiy ishlab chiqarishdagi boshqa ishlar.
1,053
28.21.0
28.22.0
28.23.0
28.24.0
28.25.0
28.29.0
Umumiy foydalanishga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalarni ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
28.30.0
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
28.41.0
28.49.0
Bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar va mexanik dastgohlar ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
28.91.0
28.92.0
28.93.0
28.94.0
28.95.0
28.96.0
28.99.0
Maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa texnika turlarini ishlab chiqarish
Oʻshaning oʻzi
Oʻshaning oʻzi
”.
25-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
25.
Elektr taʼminoti, gaz, bugʻ yetkazib berish va havoni konditsiyalash
35.11.1
35.11.2
Elektr energiyasini ishlab chiqarish
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi barcha mutaxassisliklar ishchilari, shu jumladan, yordamchi ishchilar.
1,126
35.12.0
35.13.0
Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash
Elektr tarmoqlari va podstansiyalar korxonalari ishchilari.
1,126
35.11.9
Atom elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi barcha ixtisoslikdagi ishchilar, shu jumladan, yordamchi ishchilar.
1,182
35.21.0
Gaz ishlab chiqarish
Normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda;
1,052
ogʻir va zararli mehnat sharoitlaridagi ishlarda;
1,189
oʻta ogʻir va zararli mehnat sharoitlaridagi ishlarda.
1,306
”.
34-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
34.
49.31.0
Shahar va shahar atrofiga qatnaydigan quruqlikdagi yoʻlovchi transporti
Avtotransport vositalari (avtomobillar), elektrtransport haydovchilari***
1,228
”.
quyidagi mazmundagi 53-pozitsiya qoʻshilsin:
“
53.
Boshqa faoliyat turlari
Suv inshootlarida bevosita band boʻlgan traktorist-haydovchilar;
1,053
suvni kimyoviy tozalash, suv sathini oʻlchash va tartibga solish, mineral xom ashyoning namunalarini olish ishlari;
1,053
Metall buyumlarning, kimyoviy tarkibini va fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash va xom ashyolarni, oʻta chidamli buyumlar, yoqilgʻi-moylash materiallarini va boshqa materiallarni nazorat qilish, sertifikatlash sinovlari va ishlab chiqarishdan metall mahsulotlarini nazorat qilish boʻyicha ishlar.
“* Metallurgiya sanoatida texnologik ishlar va ishlab chiqarish turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan tarmoq koeffitsiyentlari mehnat sharoitiga koʻra yoki jamoa shartnomasida belgilangan ish haqi shartlariga qarab stavkalar guruhiga asosan qoʻllaniladi.
** Ishchilarga ish haqi toʻlash stavkalari guruhlari korxonalar tomonidan texnologik jarayondagi kasbning ahamiyatiga, ishni bajarishdagi uning murakkabligi va sharoitlariga qarab jamoa shartnomasida belgilanadi.
*** Tarmoq koeffitsiyenti iqtisodiy faoliyat turidan qatʼi nazar yer ustida harakatlanadigan avtomobil va elektr yer usti transporti haydovchilarining tarif stavkasiga tatbiq etiladi.”.