Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni
Aholi bandligi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek mazkur Qonunning 17-bobiga muvofiq mehnat faoliyatiga jalb etiladigan chet ellik fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 11-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda aholi bandligi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari — ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan va ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar;
band boʻlmagan aholi (band boʻlmagan shaxslar) — haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
“Bandlik xizmati” axborot tizimi — mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan elektron axborot tizimi;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning axborot bazasi;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
ishsizlik — mehnat bozorida talabga ega boʻlmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavjudligi;
ishsizlik nafaqasi — ishsiz shaxslarni davlat tomonidan kafolatlangan tarzda pul shaklida qoʻllab-quvvatlash turi;
ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish oʻrinlarini ajratish;
ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi — ish beruvchilarga ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish uchun talab etiladigan tashkiliy-texnik shartlarga muvofiq, muayyan sondagi ish oʻrinlarini tashkil etish uchun beriladigan buyurtma;
Oldingi tahrirga qarang.
ish oʻrinlarining eng kam soni — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soniga nisbatan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan foizlarda belgilanadigan ish oʻrinlarining eng kam soni;
(3-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
ish qidirayotgan shaxs — ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxs;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi — mehnat bozorining malakali xodimlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojlari hamda malakali ishchi kuchiga oid takliflar taʼlim va kasbga oʻqitish tizimi tomonidan maqbul tarzda kelishib olinishini taʼminlovchi huquqiy va institutsional jihatdan tartibga solish mexanizmlari yigʻindisi;
kasbiy standart — malaka va bilimning darajasiga, mehnatning mazmuniga, sifatiga va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan, asosiy mehnat vazifalari tavsifini va ularni bajarish shartlarini oʻz ichiga olgan standart;
malaka — xodimning yoki ish izlovchining tegishli kasb (mutaxassislik) boʻyicha unga mehnat vazifalarini sifatli bajarish imkonini beradigan tayyorgarlik darajasi, uning bilim, mahorat va koʻnikmalar saviyasi;
malakani baholash — xodim yoki ish izlovchi malakasining kasbiy standart talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomili;
maqbul keladigan ish — fuqaro bajarishga qodir boʻlgan, fuqaroning olgan maʼlumoti yoʻnalishi va ixtisosligiga, malakasiga, kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga, sogʻligʻining holatiga koʻra mos keladigan, yashash joyini oʻzgartirishini nazarda tutmaydigan, uning doimiy yashash joyidan unchalik uzoq boʻlmagan hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqini kafolatlaydigan ish;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy mehnat organlari deb yuritiladi), tumanlarning (shaharlarning) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (bundan buyon matnda mahalliy mehnat organlari deb yuritiladi);
(3-moddaning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
mehnat resurslari — mehnatga layoqatli yoshdagi, mehnatga layoqatli aholi hamda band boʻlgan, mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar;
mehnat resurslari balansi — mehnat resurslarining sonini va tarkibini, shuningdek ularning band boʻlgan, band boʻlmagan va iqtisodiy jihatdan faol boʻlmagan aholiga taqsimlanishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimi;
pensiyaoldi yoshi — shaxsning davlat tomonidan belgilangan pensiyaga chiqish yoshidan ikki yil oldingi yoshga toʻlishi;
haq toʻlanadigan jamoat ishlari — buyurtmachilar-ish beruvchilar — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, qoida tariqasida, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yoʻnalishga ega boʻlgan hamda ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning vaqtincha bandligini taʼminlash uchun mahalliy mehnat organlari tomonidan beriladigan ishga joylashtirishga doir yoʻllanmalar boʻyicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlari;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi — mehnat bozori va bandlik, mehnat resurslari balansi, tashkil etilayotgan ish oʻrinlari haqidagi xolis, muntazam yangilab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan, ish beruvchilar va xodimlarga mehnat munosabatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, ishga joylashishning shaxsga doir tarixi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlari, xodimlarning son va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish hamda saqlash uchun maydoncha taqdim etadigan elektron axborot tizimi.
4-modda. Bandlik
Oldingi tahrirga qarang.
Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, oʻz shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bogʻliq boʻlgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarga oʻzining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan, shu jumladan haq toʻlanadigan ishni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish boʻyicha mutlaq huquq tegishlidir.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Quyidagi fuqarolar band deb hisoblanadi:
mehnat shartnomasi boʻyicha haq evaziga toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shugʻullanayotgan, shuningdek haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega boʻlgan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
kasalligi, taʼtilda boʻlishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish toʻxtatib turilganligi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq vaqtincha ish joyida boʻlmagan xodimning ish oʻrni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida boʻlmagan fuqarolar;
(4-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
haq toʻlanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni oʻtayotgan fuqarolar;
oʻzini ish bilan mustaqil ravishda taʼminlayotgan fuqarolar, shu jumladan hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining aʼzolari, fermer xoʻjaliklarining aʼzolari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
(4-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasi.
5-modda. Aholi bandligi sohasidagi asosiy prinsiplar
Aholi bandligi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
bandlik turini tanlashning ixtiyoriyligi va erkinligi;
aholi bandligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi;
shaffoflik va ochiqlik;
ishsizlikdan himoya qilish va ishga joylashishda, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan hamda malaka oshirishdan oʻtishda koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish, mustaqil ish izlash va ishga joylashish uchun huquqni taʼminlash;
kasb egallash va ishga kirishdagi, mehnat qilish va bandlikni taʼminlash sharoitlaridagi, mehnatga haq toʻlashdagi, xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishdagi imkoniyatlar tengligining kafolati;
majburiy mehnatni taqiqlash, yaʼni biron-bir jazo qoʻllash tahdidi bilan ish bajarishga majburlashni taqiqlash.
2-bob. Aholi bandligi sohasini tartibga solish
6-modda. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish va aholi bandligiga koʻmaklashish, shu jumladan ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini hamda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish orqali koʻmaklashish;
ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, ishsizlikni kamaytirish choralarini koʻrish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
yoshlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yoshlarni, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirish;
(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
aholi bandligi sohasida zamonaviy kasbiy standartlarni joriy etish, mehnatni normalashtirish hamda mehnatga haq toʻlash mexanizmlarini takomillashtirish;
aholi bandligi sohasida ayollar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni taʼminlash;
ishga joylashtirish jarayonlariga ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish, aholining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishida koʻmaklashish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ularning huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
aholi bandligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholi bandligiga koʻmaklashish, shuningdek ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
aholi daromadlarining oʻsishini taʼminlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni ragʻbatlantirish boʻyicha choralarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;
(7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini va mehnat sharoitlarini yaxshilash choralarini koʻradi;
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
8-modda. Aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organidir.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
aholi bandligi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
aholi bandligi sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi;
(8-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi;
tarmoqlar va hududlar kesimida ish oʻrinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishida koʻmaklashish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ularning huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelganidan keyin reintegratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshiradi;
aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatadi;
ishga joylashishga muhtoj boʻlgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi;
ishga joylashtirish jarayonlariga ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etadi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining ishlashini taʼminlaydi;
aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratadi;
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrini, Kasbiy standartlarning milliy registrini, Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestrini, Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registrini shakllantiradi hamda yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5052-sonli Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (bundan buyon matnda Migratsiya agentligi deb yuritiladi):
(9-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
mehnat migrantlarini jalb qilish uchun oʻz mamlakatining vakolatli organlarida rasman roʻyxatga olingan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan chet el ish beruvchilari bilan bitimlar tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun chet el ish beruvchilari bilan shartnomalar tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish shart-sharoitlari monitoringi va nazoratini amalga oshiradi;
mehnat migrantlari ishga joylashtiriladigan davlatda ularga xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam boʻlmagan darajada ish haqini taʼminlash normalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ishga joylashtiriladigan davlatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini taʼminlash normalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Migratsiya agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
10-modda. Hududiy va mahalliy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
Hududiy mehnat organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning aholi bandligi sohasidagi faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
aholi bandligiga koʻmaklashishga doir hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi;
tegishli hududda tarmoqlar va tumanlar (shaharlar) kesimida ish oʻrinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
tegishli hududda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuzilmasiga kiradigan ishsiz shaxslarni va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlariga, “Ishga marhamat” monomarkazlariga (bundan buyon matnda kasbga oʻqitish markazlari deb yuritiladi), boshqa oʻquv muassasalariga, tashkilotlarga, shu jumladan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan nodavlat kasb-hunar taʼlimi markazlariga (bundan buyon matnda kasb-hunar taʼlimi muassasalari deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar ajratadi;
(10-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(10-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahalliy mehnat organlari:
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish yuzasidan choralar koʻradi;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzadi;
ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga oladi, ularni ishsiz shaxslar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ularga yordam koʻrsatadi, ishsiz shaxslarga ishsizlik nafaqalarini tayinlaydi hamda toʻlaydi;
aholi bandligiga koʻmaklashishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, ularning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi, shuningdek aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun tashkilotlarga yuboradi;
(10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiyalar tayinlaydi;
(10-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga) qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar ajratish uchun talabnomalar shakllantiradi;
(10-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan aholi bandligi sohasida hamkorlik qiladi;
ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
tegishli hududda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etadi;
kovorking-markazlarining va mahalliy mehnat organlari huzuridagi “Mehnat guzari” ishsiz aholi bandligiga koʻmaklashish mahalla markazlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(10-modda ikkinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
mehnat bozorini rivojlantirishni, aholi bandligini taʼminlaydigan tuzilmaviy, moliyaviy, kredit, investitsiyaga oid va soliq siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
mehnat bozori va aholi bandligiga oid tahliliy tadqiqotlarni, prognozlashni, bu sohadagi davlat statistika hisobini va hisobotini amalga oshiradi;
aholi bandligi sohasidagi tarmoq dasturlarini, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
tegishli davlat kafolatlarini, shuningdek fuqarolarning aholi bandligi sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlaydi;
qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etilishiga, mehnat sharoitlari yaxshilanishiga koʻmaklashadi;
belgilangan tartibda kasbiy standartlarni va malaka talablarini ishlab chiqadi hamda keyinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
12-modda. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy ijro hokimiyati organlari:
tegishli hududda aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;
aholi bandligiga koʻmaklashishga doir hududiy dasturlarni, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va ish oʻrinlarini tashkil etishga doir hududiy investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini taʼminlaydi;
ish oʻrinlari tashkil etilishini va aholi bandligining oʻsishini ragʻbatlantirish, ishsizlik darajasini kamaytirish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
aholi bandligiga koʻmaklashishga doir dasturlar prognoz parametrlarining bajarilishini taʼminlaydi;
yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy jamgʻarmalar faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish choralarini koʻradi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkilotlarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni, tomorqa xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishlarini, kasanachilikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
(12-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-681-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
(12-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
eng kam ish oʻrinlari sonini belgilaydi;
mehnat bozorini barqarorlashtirishga, shu jumladan xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishining oldini olishga, ustuvor rivojlantirish hududlarini aniqlashga koʻmaklashadigan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Ish beruvchilarning aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishi
Oʻzbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etadi:
ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda, shuningdek xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotni har bir xodimni koʻrsatgan holda, ular ishdan ozod etilishidan kamida ikki oy oldin “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda mahalliy mehnat organlariga taqdim etish;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi shartnomalar va kelishuvlar shartlarini bajarish;
xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash orqali moliyaviy ajratmalar ajratish;
aholi bandligiga koʻmaklashishga doir dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga ularning mehnatiga haq toʻlash uchun mablagʻlarning oʻrnini Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan toʻliq yoki qisman qoplagan holda jalb etish.
(13-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga koʻra “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasiga kiritiladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotda ishdan ozod etiladigan xodimlarning shaxsiy roʻyxati ishdan ozod etiladigan har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnatiga haq toʻlash miqdori, shuningdek xodimlarni ozod etishni amalga oshirish moʻljallangan muddatlar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchilarning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish oʻrinlarining belgilangan eng kam miqdoridan ortiq qoʻshimcha ish oʻrinlarini tashkil etish, shuningdek ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun tashkil etilgan yoki zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarini qisqartirish yoki tugatish kasaba uyushmalari yoxud xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
14-modda. Xususiy bandlik agentliklarining aholi bandligiga koʻmaklashishda ishtirok etishi
Xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ish tanlash hamda ishga joylashtirish, ish beruvchilarga kadrlarni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini taqdim etadi.
Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini koʻrsatadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar uchun ish tanlash;
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish;
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
15-modda. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar
Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar aholining ishga joylashishiga koʻmaklashishga doir ishlarni mahalliy mehnat organlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bajaruvchi jismoniy shaxslardir.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishga joylashtirish boʻyicha agentlarga aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda miqdorlarda ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar amalga oshiriladi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
16-modda. Autstaffing xizmatlari
Autstaffing ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yoʻli bilan koʻrsatiladigan xizmatlar turidir.
Autstaffing xizmatlari ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Xodimlar autstaffing xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq mehnat vazifalarini ular ish beruvchi tomonidan qaysi yuridik shaxsga yuborilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxsning manfaatlarini koʻzlab, uning boshqaruvi va nazorati ostida amalga oshiradi. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar autstaffing xizmatlari koʻrsatish huquqiga ega. Ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlarini ular mehnat vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida bajarish uchun yuborish bilan bogʻliq autstaffing xizmatlari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Autstaffing xizmatlari koʻrsatish tartibi va autstaffing xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining aholi bandligini taʼminlashda ishtirok etishi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, bandlikni taʼminlash boʻyicha, shu jumladan yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va mavjudlarini saqlab qolish, tashkilotlar faoliyatini yaxshilash, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan boʻshatilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni taklif etish huquqiga ega.
Ish beruvchi kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning manfaatlarini ifodalovchi kasaba uyushmalari birlashmasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan boʻshatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan boʻshatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatilish haqidagi qarorini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasida yoki kelishuvda nazarda tutilgan hollarda, tegishli kasaba uyushmasining yoki boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining oldindan berilgan roziligisiz mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan tugatishga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi boshqa tadbirlarda ham “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishi mumkin.
18-modda. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq boʻlgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida boʻlinmasini) tugatish;
b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
oʻttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;
oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;
toʻqson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorlarni mahalliy mehnat organlarining taqdimnomalari boʻyicha yoki mustaqil ravishda olti oygacha muddatga toʻxtatib turishi mumkin, bunda bir vaqtning oʻzida ushbu kechiktirish tufayli koʻrilgan zarar tashkilotlarga qisman yoki toʻliq kompensatsiya qilinadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Mahalliy mehnat organlari ishdan ommaviy ravishda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarga ishga joylashish va bandlikni taʼminlashda, shu jumladan bepul kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish orqali koʻmaklashadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
3-bob. Subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Subsidiyalar
Subsidiya bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun vazirliklar va idoralarning mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmakdir.
Subsidiyalarning turlari va ularni taqdim etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
20-modda. Grantlar
Grant ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Grantlar kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga) quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash xarajatlarini;
kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlarini, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni.
Grantlar fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari, xorijiy tillar va kasbga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga), shuningdek ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga ham ajratiladi.
Grant ajratilishi uchun talabnoma mehnat bozorining ehtiyojlari hisobga olingan holda, mahalliy mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va hududiy mehnat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Talabnomaga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtishni xohlovchi shaxslarning roʻyxati ilova qilinadi.
Grant asosida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) amalga oshirishi mumkin.
Kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malaka oshirishni moliyalashtirish hududiy mehnat organlari hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
21-modda. Kredit liniyalari
Kredit liniyalari tijorat bankiga tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun faqat maqsadli asosda, kredit summasini bankning balansida aks ettirgan holda ajratiladigan mablagʻlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan kredit liniyalari tijorat banklarida keyinchalik ular tomonidan yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar ajratish uchun ochiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari hisobidan kredit liniyalari tijorat banklarida quyidagilar uchun:
tadbirkorlik subyektlarining barqaror ish oʻrinlari tashkil etilishini, ayniqsa qishloq joylarda tashkil etilishini nazarda tutuvchi faoliyatini kredit bilan qoʻllab-quvvatlash;
mehnat resurslari ortiq darajada boʻlgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi korxonalar tashkil etib, hududiy jamgʻarmalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini keyinchalik xususiy sheriklarga realizatsiya qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga binoan yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun ochiladi.
4-bob. Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi
22-modda. Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga, hududlarni kompleks rivojlantirishga doir dasturlarga va modernizatsiya qilishga doir tarmoq dasturlariga (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ish oʻrinlari sonining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlangan prognozi asosida shakllantiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Kelgusi yil uchun ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi rivojlantirishga doir dasturlarning aniq yoʻnaltirilgan qismiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun, shuningdek ishsiz shaxslarning va band boʻlmagan shaxslarning ishga joylashtirilishini taʼminlash uchun mehnat resurslarini jalb etish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi rivojlanish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanishi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari, jalb etilgan chet el investitsiyalari, tijorat banklarining kreditlari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan taʼminlanishi kerak.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlar rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining joriy holatini va istiqbollarini tahlil qilish natijalari asosida yuqori turuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlarini har yili 1-oktabrga qadar taqdim etadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari:
yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi yoki faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilishi;
xizmatlar koʻrsatish va servis sohasi yangi obyektlarining ishga tushirilishi, yangi uy-joy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishi;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hajmlarining kengaytirilishi;
aholi tadbirkorlik faolligining oʻsishi va yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishi;
xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishi munosabati bilan zarur ish oʻrinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro hokimiyati organlari ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kiritiladi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan shakllantirish tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlarning ishlab chiqarish (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hajmini kengaytirish va koʻpaytirish uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyoj tahlili asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek mahalliy ijro hokimiyati organlari ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari asosida ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini har yili 1-noyabrdan kechiktirmay koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasining har yili 20-noyabrga qadar koʻrib chiqilishini va Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi loyihasiga kiritilishini taʼminlaydi.
(23-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi loyihasini har yili 1-dekabrdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(23-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
24-modda. Davlat buyurtmasiga muvofiq ish oʻrinlari tashkil etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini olgan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan ssuda ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ssuda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan uch yilgacha boʻlgan muddatga, milliy valyutada beriladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Ssuda miqdori ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga koʻra tashkil etiladigan bitta ish oʻrni uchun hisoblaganda bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan oshib ketishi mumkin emas.
Ssuda ajratilishi uchun tashkilot:
ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga, shuningdek aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlariga kiritilgan boʻlishi;
soliq boʻyicha qarzdorlikka, tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kechiktirilgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ssuda ajratilishi toʻgʻrisidagi qarorni tayyorlash uchun tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(24-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
ssuda olish uchun arizani;
ssuda berilishi maqsadga muvofiqligining texnik-iqtisodiy asosi va uning qaytarilishi kafolatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
ssudaning qaytarilish taʼminoti, shu jumladan garov, kafillik, bank kafolati yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa taʼminot turini.
(24-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ssuda ajratish haqida yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(24-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ssuda berilishini quyidagi hollarda rad etishga haqli:
ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Ssuda berish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma bir ish kuni ichida yuboriladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Ssuda olishga doir imtiyozli huquq band boʻlmagan shaxslar uchun ish oʻrinlarini tashkil etayotgan, shuningdek ishsizlik darajasi barqaror tarzda yuqori boʻlgan hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlarga beriladi.
5-bob. Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatish
25-modda. Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari
Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ularning xohishiga koʻra xizmatlarning quyidagi turlari taklif etiladi:
aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sogʻligʻining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash;
zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga roʻyxati taqdim etilgan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan xotin-qizlarni yoʻllanma boʻyicha davlat tashkilotlariga (bundan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasi birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan lavozimlar mustasno) hamda davlat ulushi ellik foiz va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarga ishga joylashtirish;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1129-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborish;
(25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish;
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish;
kasbiy malakani baholash;
aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi xizmatlarni ham koʻrsatishi mumkin.
(25-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aholiga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan, shu jumladan mehnat bozori holati haqida xabardor qilish boʻyicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.
26-modda. Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatuvchi mahalliy mehnat organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari
Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatuvchi mahalliy mehnat organi xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
ish qidirayotgan shaxslardan va ishsiz shaxslardan ularning avvalgi mehnat faoliyatiga, maʼlumotiga, oilaviy ahvoliga, daromadlari (yashash uchun mablagʻlari) manbalariga taalluqli maʼlumotlarni hamda mahalliy mehnat organining ushbu shaxslarga nisbatan qabul qilinadigan qaroriga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish;
ish qidirayotgan shaxs va ishsiz shaxs tomonidan taqdim etilgan, ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlashga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda ishonchliligini tekshirish;
oʻz vakolati doirasida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tashkilotlardan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxslarga taalluqli maʼlumotlarni soʻrab olish;
ish qidirayotgan shaxsning va ishsiz shaxsning roziligi bilan uning uy xoʻjaligiga band boʻlmagan aholini hisobga olish maqsadida tashrif buyurish.
Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatuvchi mahalliy mehnat organining xodimlari:
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni tezroq ishga joylashtirish, shuningdek ularning ijtimoiy himoyalanganligini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni ishga solishi;
maslahat olish uchun mehnat organlariga murojaat etgan shaxslarni roʻyxatga olishni amalga oshirishi, “Bandlik xizmati” axborot tizimining zarur roʻyxatga olish hamda hisobga olish boʻlimlarini, shuningdek soʻrovnomani oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻldirishi;
shaxsga doir maʼlumotlarning va maslahat jarayonida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi, ulardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar bilan belgilangan tartibda muntazam uchrashuvlar (muloqotlar) oʻtkazishi shart.
27-modda. Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga maslahat berish
Mahalliy mehnat organlari xodimlari maslahat berish chogʻida ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga:
Oldingi tahrirga qarang.
aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik;
(27-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasi.
boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi, shu jumladan tegishli hududda joylashgan tashkilotlarda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlaridagi mehnatga haq toʻlash miqdori va boshqa mehnat sharoitlari;
yangidan tashkil etiladigan ish oʻrinlari va rivojlantirish dasturlari;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatlari hamda shartlari;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga taqdim etiladigan ijtimoiy kafolatlar va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning normalari;
(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga joylashtirish tartibi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi;
subsidiyalar va grantlar;
xususiy tadbirkorlik ishini tashkil etish imkoniyatlari, startap-loyihalarini qoʻllab-quvvatlash choralari, shuningdek namunaviy biznes-rejalar;
aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni mikrokreditlash dasturlari;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida uyushgan holda ishga olish boʻyicha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari;
xususiy bandlik agentliklari;
ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga mahalliy mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning boshqa turlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Murojaat etgan shaxsga u belgilagan masala boʻyicha toʻliq maʼlumot berish imkoni boʻlmagan taqdirda, mahalliy mehnat organining xodimi takroran maslahat berish kuni va vaqtini belgilashi kerak.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6-bob. Ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olish va hisobdan chiqarish
28-modda. Ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslarning toifalari
Quyidagilar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatga olinishi mumkin:
ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, oʻn olti yoshdan katta boʻlgan shaxslar;
oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha bekor qilinishi mumkin boʻlgan (mehnat shartnomasi kelgusida bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan) shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi xulosasiga koʻra mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega nogironligi boʻlgan shaxslar;
(28-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
yoshidan qatʼi nazar, mehnat faoliyatini qayta tiklamoqchi (davom ettirmoqchi) boʻlgan pensionerlar;
ish joyini yoki kasbini oʻzgartirishni xohlovchi shaxslar;
doimiy ish joyiga ega boʻlishni xohlovchi, bir martalik, vaqtincha va mavsumiy ishlarda band boʻlgan shaxslar;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarida va qishloq xoʻjaligida mavsumiy ishlarda ishtirok etishni xohlovchi shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga roʻyxati taqdim etilgan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan xotin-qizlar.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1129-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)
Ishga joylashishga muhtoj boʻlgan shaxslarning boshqa toifalari ham ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatga olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi
Ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olish mahalliy mehnat organining masʼul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organiga pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, maʼlumoti (mavjud boʻlgan taqdirda), ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda boshqa maʼlumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organlariga kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni yoki uning koʻchirma nusxasini (kasbi yoki kasbiy malakasi mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga roʻyxati taqdim etilgan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida oʻz murojaatisiz roʻyxatga olinadi. Bunday shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ish staji, maʼlumoti (mavjud boʻlgan taqdirda), ish haqi va boshqalar) hamda ularning yetarli bilim va koʻnikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mahalliy mehnat organlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1129-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)
Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi elektron soʻrov yuborish orqali masʼul tashkilotlardan quyidagi maʼlumotlarni olishi mumkin:
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalaridan — tavsiya etilayotgan mehnatning xususiyati va sharoitlari toʻgʻrisidagi xulosani (nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan);
sogʻliqni saqlash muassasalaridan — tibbiy xulosalarni va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni (sogʻligʻining holatiga koʻra mehnat faoliyatida cheklovlar mavjud boʻlgan shaxslarga nisbatan);
jazoni ijro etish muassasalaridan — shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan);
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan — bolalarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning koʻchirma nusxalarini (qaramogʻida bolalari boʻlgan shaxslarga nisbatan);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan — qonunchilikda belgilangan pensiyalarni olmayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
(29-modda beshinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan — qonunchilikda belgilangan nafaqalarni olmayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani.
(29-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)
Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi murojaat etgan shaxs haqiqatan fermer (dehqon) xoʻjaligi aʼzosi ekanligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan axborot soʻrab olishi mumkin.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
30-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni hisobdan chiqarish
Ish qidirayotgan shaxs mahalliy mehnat organida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida quyidagi hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
ishga joylashganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar olganda;
(30-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olinganda;
(30-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda;
doimiy yashash uchun boshqa joyga koʻchib oʻtganda;
mahalliy mehnat organiga uzrli sababsiz kelmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda;
ish qidirayotgan shaxs maqbul keladigan ishga doir takliflarni muntazam ravishda (ikki martadan koʻp) rad etganda;
ish qidirayotgan shaxs sifatida gʻayriqonuniy roʻyxatdan oʻtish fakti aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
sudning ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
(30-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda;
ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashtirish boʻyicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;
ish qidirayotgan shaxs vafot etganda.
Ushbu modda birinchi qismining toʻqqizinchi — oʻn birinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra hisobdan chiqarilgan shaxslar, ular mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun oʻtgach, ish qidirayotgan shaxslar sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega.
Ish qidirayotgan shaxsni mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.
7-bob. Ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish
31-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish shartlari
Mahalliy mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslarni ishga joylashtirish mahalliy mehnat organlari tomonidan ushbu Qonunning 32 va 34-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boshqa tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan tashkilotlarda, agar ushbu tashkilotlar transport qulayligi doirasida joylashgan boʻlsa, amalga oshirilishi mumkin.
Maqbul keladigan ishga doir taklifning soni, davriyligi va muddatlari hamda ish qidirayotgan shaxsga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berish cheklanmaydi.
Mahalliy mehnat organi ish qidirayotgan shaxsga boʻsh (vakant) ish oʻrinlari koʻpayishiga qarab, u ishga joylashguniga yoki hisobdan chiqarilguniga qadar maqbul keladigan ishni taklif etishi shart.
32-modda. Ish qidirayotgan shaxslarga ishga joylashtirishga doir yoʻllanma va ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma berish tartibi
Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va ish qidirayotgan shaxsning maqbul keladigan ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifga roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, mahalliy mehnat organi xodimi unga:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashkilotlariga (bundan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan lavozimlar mustasno), davlat ulushi ellik foiz va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarga, shuningdek mulkchilikning nodavlat shakliga ega tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga — ishga joylashtirishga doir yoʻllanma;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
mulkchilikning nodavlat shakliga ega tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga — ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma beradi.
Ishga joylashtirishga doir yoʻllanma va ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma, qoida tariqasida, mahalliy mehnat organining direktori yoki direktor oʻrinbosari tomonidan yohud kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorga biriktirilgan xodim tomonidan imzolanadi.
Ishga joylashtirishga doir yoʻllanma va ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma ish beruvchiga elektron tarzda, elektron raqamli imzodan foydalangan holda, shuningdek “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
33-modda. Maqbul keladigan ish
Dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega boʻlmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq toʻlanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan, yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat staji va avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish tajribasi inobatga olinadigan ish maqbul keladigan ish hisoblanadi.
Quyidagi hollarda ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas, agar:
ushbu ish yashash joyini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlsa;
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq boʻlsa va transportda qatnash jihatdan qulay boʻlmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatdan qulayligi (yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan uzoqligi) mazkur joydagi jamoat transporti tarmogʻining rivojlanganligi hisobga olingan holda hududiy mehnat organlari tomonidan belgilanadi;
taklif etilgan ishni rad etish sogʻliqning holatiga, yoshga va boshqa uzrli sabablarga koʻra mavjud boʻlgan qarshi koʻrsatmalar bilan asoslangan boʻlsa.
Ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan soʻng kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish topib berish imkoni boʻlmagan taqdirda, ishsiz shaxsning qobiliyati, sogʻligʻi holati, ilgarigi ish tajribasi va uning uchun qulay boʻlgan oʻqitish vositalari inobatga olingan holda kasbini (mutaxassisligini) oʻzgartirishini talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.
Mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan har bir shaxsga ushbu mehnat organi xodimi tomonidan uning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan, yoshini, sogʻligʻining holatini, mehnat stajini hamda avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish tajribasini hisobga oladigan maqbul keladigan ish (mavjud boʻlgan taqdirda) taklif etiladi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar uchun maqbul keladigan ishni qidirish mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari yoki zaxira qilingan ish oʻrinlari orasidan amalga oshiriladi.
Ish taklif etish va ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faqat maqbul keladigan ishga nisbatan amalga oshiriladi.
Ish qidirayotgan shaxsga maqbul keladigan ishga doir har bir taklif toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.
34-modda. Ishga joylashtirishga doir yoʻllanmalar va ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomalar asosida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish tartibi
Ish qidirayotgan shaxs ishga joylashishga doir yoʻllanmani yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomani olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay ishga joylashishga doir yoʻllanmada yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomada koʻrsatilgan manzilga murojaat etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilot (bundan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan lavozimlar mustasno) ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashtirishga doir yoʻllanma boʻyicha ishga qabul qilgan va u bilan mehnat shartnomasini tuzgan taqdirda, ishga joylashtirishga doir yoʻllanma taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yoʻllanma bergan mahalliy mehnat organiga ushbu shaxs ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga yoʻllanmaning yirtib olinadigan talonini yuborishi shart.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Agar ishga joylashtirishga doir yoʻllanma ish beruvchiga elektron tarzda yuborilgan boʻlsa, ish beruvchi mahalliy mehnat organiga yirtib olinadigan talon oʻrniga ishga joylashtirilganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda yuboradi.
Ishga joylashtirish rad etilgan taqdirda, yirtib olinadigan talonda rad etish sabablarining asosi koʻrsatiladi va yirtib olinadigan talon ishga joylashtirishga doir yoʻllanmani bergan mahalliy mehnat organiga taqdim etish uchun ish qidirayotgan shaxsga qaytarib beriladi.
Yirtib olinadigan talon ish beruvchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ish beruvchi mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ishga joylashtirishga doir yoʻllanma boʻyicha ishga joylashtirishni rad etgan taqdirda, ish qidirayotgan shaxs yirtib olinadigan talonni ushbu yoʻllanmani bergan mahalliy mehnat organiga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan xodimga uch kunlik muddatda qaytarib berishi shart.
Qaytarib berilgan yirtib olinadigan talon (talonning koʻchirma nusxasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ishga joylashtirishni rad etish sabablari mahalliy mehnat organi xodimi tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.
Mulkchilikning nodavlat shaklidagi tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma boʻyicha ishga qabul qilgan va u bilan mehnat shartnomasini tuzgan taqdirda, mazkur shaxsning ishga joylashishiga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma bergan mahalliy mehnat organini xabardor qiladi.
Ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma elektron tarzda yuborilgan taqdirda, mulkchilikning nodavlat shakliga ega tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari mahalliy mehnat organiga mazkur shaxs ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda yuboradi.
Mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma boʻyicha ishga joylashtirish rad etilgan taqdirda, mulkchilikning nodavlat shakliga ega tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari ishga joylashtirishni rad etish sabablari haqida mahalliy mehnat organini xabardor qiladi.
Maqbul keladigan ishga doir takliflar mavjud boʻlmagan va ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ish qidirayotgan shaxs ishsiz deb eʼtirof etiladi hamda unga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishga joylashtirishga doir yoʻllanma “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining talabnomasi asosida yuborilgan taqdirda, mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxs ishga qabul qilinganligi yoki uni ishga joylashtirish rad etilganligi yoxud bunday shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlanganligi haqida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga uch kun ichida xabarnoma yuboradi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1129-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)
8-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar
35-modda. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish
Mehnatga layoqatli yoshdagi shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganidan keyin oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini oladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan va shaxsiy mehnatga doir ishtirokiga asoslangan, ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida nazarda tutilgan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiradigan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinishi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganlik faktini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) berilgan holda, maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabar qilish tartibida amalga oshiriladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar oʻz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maqomini yoʻqotadi.
Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (frilansing) quyidagi huquqlarga ega:
xorijdagi norezidentlar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xorijiy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli axborot kiritmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga xorijiy valyutada toʻlov qabul qilish;
bitim (oferta) toʻgʻrisida ommaviy taklif qabul qilish yoki elektron xabarlar almashish yoxud hisobvaraq-fakturalar (invoys) qoʻyish, shu jumladan elektron shaklda qoʻyish orqali kontrakt tuzmasdan, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz shaxslarga toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi hamda tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtish davrida ushbu mablagʻlar hisobidan stipendiya olishi mumkin emas.
36-modda. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan 36-modda birinchi qismining chiqarilish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida amalda ishlab berilgan vaqtdan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlaydi, ushbu soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻliq yoʻnaltiriladi va shundan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqi miqdori aniqlanadi.
(36-moddasining matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
37-modda. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega boʻlingan paytdan eʼtiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda oʻzini oʻzi band qilish tartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qatʼi nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) qisqa muddatli kasbga oʻqishni, shuningdek tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishni bepul oʻtashi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni kasbga oʻqitishni tashkil etish va oʻqitish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Mahalliy mehnat organlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat asbob-anjomlarini (motokultivatorlar, oʻt oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari hamda boshqalarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli ijaraga berish punktlarini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga imtiyozli ijaraga berish uchun mehnat asbob-anjomlari, shaxsiy himoya vositalari va ish kiyimi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan olinadi.
(37-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
9-bob. Aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha kafolatlar
38-modda. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar
Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota yoki ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs), shuningdek koʻp bolali oilalardagi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar);
(38-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kollejlarni hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar;
(38-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
nogironligi boʻlgan shaxslar;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar;
odam savdosidan jabrlanganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar;
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar.
(38-modda ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
(38-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(38-modda ikkinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar orqali taʼminlanadi.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
39-modda. Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi, tashkilotlar tomonidan esa ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladi.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga muvofiq belgilanadigan ish oʻrinlari eng kam sonining jami soni tashkilotning roʻyxatdagi xodimlari oʻrtacha sonining yetti foizidan ortiqni (shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun uch foizidan kamini) tashkil etishi mumkin emas.
(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:
lavozimlarni hisobga olgan holda, kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy sonini 1-sentabrdan kech boʻlmagan muddatda belgilaydi;
kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 15-sentabrdan kech boʻlmagan muddatda mahalliy mehnat organiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organi tomonidan olingan maʼlumotlar asosida ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi takliflar shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar kesimida tegishli qaror qabul qilinishi uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga har yili 1-oktabrdan kechiktirmay kiritiladi.
(39-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan takliflar asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida har yili 1-noyabrdan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
(39-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy mehnat organlari zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni, zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga qoʻyiladigan talablar, ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisidagi, shuningdek xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining eng kam miqdorda ish oʻrinlarini tashkil etish haqidagi qarorlari bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilishi haqidagi axborotni joriy yilning 15-noyabridan kech boʻlmagan muddatda tashkilotlarning eʼtiboriga yetkazadi.
(39-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ushbu Qonun 38-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan toifadagi shaxslar tomonidan qoʻyiladigan oʻziga xos talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrni mazkur toifadagi shaxslar uchun, shu jumladan quyidagilar uchun tashkil etilgan ish oʻrni deb hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota yoki ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs), shuningdek koʻp bolali oilalardagi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) uchun — bolalarni tarbiyalash majburiyatlari va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
(39-modda sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga sogʻligʻining holatini hamda mehnat faoliyatiga doir belgilangan qarshi koʻrsatmalar hisobga olingan holda mehnat majburiyatlarini moneliksiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari.
Ushbu Qonun 38-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar joylashtirib boʻlingan ish oʻrinlari kelgusi davrga zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan mahalliy mehnat organining yoʻllanmasi boʻyicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishga nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv markazlari, koʻrsatib oʻtilgan toifadagi shaxslarning manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlar ham ularni mahalliy mehnat organlariga yuborish yoʻli bilan koʻmaklashishi mumkin boʻlib, mahalliy mehnat organlari bunday shaxslarning ishga joylashtirilishini taʼminlaydi. Bunda mazkur tashkilotlar kalendar yil boshlanishidan kamida besh oy oldin mahalliy mehnat organiga aniq tashkilotlar boʻyicha ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga, zarur hollarda, mahalliy mehnat organlaridan har bir tashkilot boʻyicha tashkil etilgan ish oʻrinlarining soni va xususiyati, shuningdek zaxiraga qoʻyiladigan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish huquqiga ega.
40-modda. Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarini saqlash shartlari
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari qisqartirilgan yoki tugatilgan hollarda tashkilot mahalliy mehnat organiga axborot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnat shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlar, xodimlar sonining oʻzgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish chogʻida, zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilgan shaxslar uchun ish oʻrinlari, agar ushbu shaxslarning soni xodimlar soni oʻzgargan kalendar yil uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan belgilangan zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonidan ortiq boʻlmasa, ustuvor tartibda saqlanadi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallagan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan boʻshaganda, tashkilot yangidan ochilgan boʻsh (vakant) ish oʻrni toʻgʻrisida mahalliy mehnat organini oʻn kunlik muddatda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilot xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga muvofiq oʻzi uchun ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladigan toifadagi shaxslarni ishga joylashtirishi shart.
(40-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Tashkilot zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining tayyorligini yil boshlanishidan oldin oʻn kundan kechiktirmay taʼminlashi, shuningdek bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart.
Ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu haqda mahalliy mehnat organi birinchi chorak tamom boʻlganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Tashkilotlar mahalliy mehnat organiga ishga joylashtirish toʻgʻrisida har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar axborot taqdim etadi.
Mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining ish oʻrinlarining eng kam sonini tashkil etishga doir qarorini bajarmaganlik, shuningdek zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etganlik uchun javobgarlik
(41-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini tashkil etishga doir qarorini bajarmaganlik, shuningdek zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga mahalliy mehnat organlari tomonidan yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etganlik Qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Javobgarlikka tortish zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
42-modda. Ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyishda ishtirok etadigan tashkilotlar uchun imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan subsidiyalar olish huquqiga ega boʻladi.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tumanlar (shaharlar) hokimlari belgilangan sondan ortiqcha zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlarga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa chora-tadbirlar uchun yashash uchun moʻljallanmagan joylarni birinchi navbatda ajratish orqali oʻz vakolatlari doirasida imtiyozlar belgilashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
10-bob. Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish
44-modda. Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish shartlari
Oʻn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʼtirof etiladi.
Agar ish qidirayotgan shaxsga u roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran dastlabki oʻn kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan boʻlsa yoki mahalliy mehnat organi mazkur shaxs ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan boʻlsa, shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn birinchi kundan kechiktirmay mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning oʻzida ishsizlik nafaqasi tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq hisoblanadi. Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi koʻrsatiladi.
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxs qabul qilingan qaror toʻgʻrisida mazkur qaror qabul qilinganidan keyin ikki kunlik muddatdan kechiktirmay yozma ravishda yoki telefon, elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Bunda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga uning huquq va majburiyatlari, mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan xodim huzuriga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun majburiy kelish sanasi, ishsizlik nafaqasini olish shartlari va joyi, shuningdek ishsiz shaxs uchun zarur boʻlgan boshqa axborot xabar qilinadi.
Shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish chogʻida mehnat daftarchasiga yozuv qayd etilmaydi.
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar bepul maslahat olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish xizmatlarini olish, shuningdek mahalliy mehnat organlari koʻmagida ishga joylashish huquqiga ega.
45-modda. Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar
Quyidagilar ishsiz deb eʼtirof etilmaydi:
taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar;
mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar;
taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan taʼlimning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlgan shaxslar (pensiya turidan qatʼi nazar);
(45-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;
ishini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, lekin mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;
(45-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
Ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs taklif etilgan ishni rad etgan paytdan yoki maqbul keladigan ish boʻyicha taklif olish uchun mahalliy mehnat organiga uzrli sababsiz kelmagan paytdan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun oʻtganidan keyingina ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega.
46-modda. Ishsiz shaxslarning kelishini hisobga olish
Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasini olish davrida bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organlariga kelishi shart. Kelish jadvali, sanasi va vaqti ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi mahalliy mehnat organi xodimi tomonidan ishsiz shaxsning mahalliy mehnat organiga kelishi qulayligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga kelganda mahalliy mehnat organining xodimi:
ishsiz shaxs bilan mazkur shaxsning ishsiz shaxs sifatida maqomini belgilashga va uni ishga joylashtirishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarda yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida suhbat oʻtkazadi;
ishsiz shaxsni mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisida, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtish yoki malakasini oshirish imkoniyatlari haqida, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
maqbul keladigan ish mavjud boʻlganda ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma beradi.
Mahalliy mehnat organi ishsiz shaxslarning oʻz vaqtida mahalliy mehnat organiga kelib turishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlariga kelishini hisobga olish ularning ish qidirish va ishga joylashishdagi faolligini oshirish, ularga mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi joriy axborotni taqdim etish, shuningdek ularning ishga joylashishiga va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning ular tomonidan oʻz vaqtida olinishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
47-modda. Ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash kafolatlari
Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
ishsizlik nafaqasi toʻlanishini;
mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya toʻlanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qoʻshilishini;
mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalarni olish imkoniyatini;
(47-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
mahalliy mehnat organlarining taklifiga koʻra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.
48-modda. Ishsiz shaxsni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asoslar
Ishsiz shaxs quyidagi hollarda mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarilishi mumkin:
ishga joylashganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya olganda;
(48-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokredit olganda;
(48-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlganda (pensiya turidan qatʼi nazar);
(48-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
shaxs doimiy yashash uchun boshqa joyga koʻchib oʻtganda;
uzrli sababsiz mahalliy mehnat organiga kelmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda;
maqbul keladigan ishga doir takliflarni muntazam ravishda (ikki martadan koʻp) rad etganda;
ishga joylashtirishga doir yoʻllanmani yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomani olishga kelishdan boʻyin tovlaganda;
shaxs qonunga xilof ravishda ishsiz shaxs deb eʼtirof etilganligi fakti aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
sudning ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
(48-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda;
ishsiz shaxs vafot etganda.
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra hisobdan chiqarilgan shaxslar ishsiz sifatida mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun oʻtgach mahalliy mehnat organiga ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ishsiz shaxsni mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarish mahalliy mehnat organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, buyruqda ishsiz shaxsni hisobdan chiqarish asosi, shuningdek shaxs hisobdan chiqariladigan sana koʻrsatiladi.
Ishsiz shaxsni mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.
49-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq koʻpi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga koʻchishni rad etganligi;
xodim sogʻligʻining holatiga koʻra, tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holati boʻyicha oʻziga qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa ishga oʻtishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;
texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish oʻzgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati oʻzgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganligi;
tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) qaroriga koʻra tugatilganligi yoxud taʼsis hujjatlari bilan shunga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs organining qaroriga koʻra tugatilganligi;
bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi;
sudning tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor oʻzgarganligi sababli tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalterga nisbatan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi boʻlmaganda esa — bosh buxgalter vazifalarini bajaruvchi xodimga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma boʻyicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida roʻyxatga olingan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbi boʻyicha qayta oʻqitilayotgan yoki malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlardan ishdan boʻshatilgan hamda mahalliy mehnat organining yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarni kompensatsiya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ish beruvchiga har bir xodim uchun olti oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda subsidiya ajratilishi mumkin.
(49-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasini ish beruvchi oʻquv kursi yakunlanganidan keyin besh ish kuni ichida mahalliy mehnat organiga taqdim etmagan hollarda, mahalliy mehnat organi xodimni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va uning malakasini oshirishga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun ajratilgan hamda ish beruvchi tashkilotga toʻlab berilgan subsidiyalarni qaytarish choralarini koʻradi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida yoki oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra kasb kasalligiga uchrash natijasida ishdan mahrum boʻlgan hamda ishga joylashishga va kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga muhtoj boʻlgan shaxslar boʻshatilgan xodimlarga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish oʻzgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati oʻzgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganligi yoxud tashkilot tugatilganligi munosabati bilan boʻshatilgan, ishsiz deb eʼtirof etilgan, qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonunchilikda belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil avval) pensiyaga chiqish huquqi beriladi.
(49-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Ish beruvchi bankrot deb topilganligi yoki tugatilganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar
(50-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi bankrot deb topilgan taqdirda, u bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan xodimlar ish haqi va oʻzlariga tegishli boshqa toʻlovlar xususida majburiyatlar boʻyicha oʻzlarining talablari qanoatlantirilishi uchun boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan ustuvor huquqdan foydalanadi.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Tugatilayotgan tashkilotlarning mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu Qonun 49-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Tashkilotlarning tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan boʻshatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatga olingan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan oʻtayotgan yoki malakasini oshirayotgan xodimlarga stipendiya mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida toʻlanadi.
11-bob. Ishsizlik nafaqasini toʻlash
51-modda. Ishsizlik nafaqasi
Belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash ishsiz shaxsning yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan birinchi kundan eʼtiboran hisoblanadi va toʻlanadi.
Ishsizlik nafaqasi oʻn ikki oylik davr ichida koʻpi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida toʻlanadi.
Joriy oyda ishsizlik nafaqasini toʻlash oʻtgan oy uchun amalga oshiriladi.
Toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun ishsizlik nafaqasini toʻlash chogʻida ishsizlik nafaqasi mazkur nafaqa toʻlanishi kerak boʻlgan ushbu kalendar oydagi kunlar sonining toʻliq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda toʻlanadi.
Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs kasal boʻlgan taqdirda ishsizlik nafaqasini ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga yetgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻz mehnat stajini hujjat bilan tasdiqlash imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxslarga ishsizlik nafaqasini tayinlash chogʻida ularga ilgari ishlamaganlar va birinchi marta ish qidirayotganlar sifatida qaraladi.
Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yoʻllanma (ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma) yoxud kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga yoʻllanma olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.
52-modda. Ishsizlik nafaqasining miqdori
Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yildagi oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foizda belgilanadi.
Ishsizlik nafaqalari quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) soʻnggi oʻn ikki oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlmagan va nafaqani hisoblash paytida Oʻzbekiston Respublikasida tarkib topgan oʻrtacha ish haqidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan hamda uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida;
ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.
Harbiy xizmatdan, ichki ishlar organlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi organlaridan va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralardan boʻshatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum boʻlgan shaxslar ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlar asosida ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshganda ishsizlik nafaqasining miqdori oshirish koeffitsiyentiga teng miqdorda koʻpayadi.
(52-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Har oy uchun (shu jumladan ishsizlik nafaqasi toʻlanadigan toʻliqsiz oylar uchun) ishsizlik nafaqasi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks ettiriladi.
53-modda. Tashkilotlardan boʻshatilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tashkilotlardan boʻshatilgan shaxslar uchun, agar ular mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, belgilangan uch oylik muddat tugaganidan keyin birinchi kundan eʼtiboran ishsizlik nafaqasi hisoblanadi.
Agar ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tashkilotdan boʻshatilgan shaxs mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtmagan, lekin unga uch oylik davr tugaganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan maqbul keladigan ish berilmagan boʻlsa, u ishsiz shaxs maqomiga ega boʻladi hamda unga mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan keyin kamida ikki oy muddat oʻtgach ishsizlik nafaqasi hisoblanadi. Ishdan boʻshatilayotgan shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etgan taqdirda, u ishsiz shaxs maqomiga ega boʻlmaydi va oʻttiz kalendar kundan soʻng umumiy asoslarda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olinadi.
54-modda. Mahalliy mehnat organlarini ishsizlik nafaqasini toʻlashga taʼsir koʻrsatadigan shartlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Ishsizlik nafaqasini olayotgan ishsiz shaxslar mahalliy mehnat organini quyidagilar toʻgʻrisida uch kunlik muddatdan kechiktirmay xabardor qilishi shart:
mustaqil ravishda ishga joylashganligi (mehnat shartnomasi tuzganligi);
Oldingi tahrirga qarang.
fermer yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga olganligi;
(54-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
tadbirkorlik faoliyati yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida boshqa har qanday faoliyat bilan shugʻullanishdan daromad olayotganligi;
tijorat bankidan, mikromoliya tashkilotidan yoki lizing kompaniyasidan kredit yoki lizing olganligi;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga mustaqil ravishda (mahalliy mehnat organi vositachiligisiz) kirganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlganligi (pensiya turidan qatʼi nazar);
(54-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
harbiy majburiyatlarni bajarganligi va harbiy xizmatga tayyorgarlik bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etganligi;
yashash joyi oʻzgarganligi;
ishsizlik nafaqasini toʻlash shartlari oʻzgarishiga sabab boʻladigan boshqa holatlar.
Mahalliy mehnat organlari ishsizlik nafaqasini toʻlash shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan va idoralararo hamkorlikning boshqa shakllaridan foydalangan holda, mustaqil ravishda axborot olishga haqlidir.
55-modda. Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish va toʻxtatib turish asoslari
Ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini aldov yoʻli bilan olganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya olganda;
(55-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishsiz shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olganda;
(55-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ishsiz shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda;
ishsiz shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ishsiz shaxs qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlganda (pensiya turidan qatʼi nazar);
(55-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ishsiz shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida vaqtincha bajariladigan ishga mahalliy mehnat organini bu haqda xabardor qilmay joylashganda;
ishsiz shaxs vafot etganda.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash yuqorida koʻrsatilgan hollardan biri yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran tugatiladi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga muntazam ravishda uzrli sabablarsiz kelmagan yoki belgilangan muddatlarda kelishdan boʻyin tovlagan yoxud ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoxud ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma olish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini toʻlash muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash davri tugaganligi yoki nafaqani toʻlash tugatilganligi ishsiz shaxslarni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asos boʻlmaydi.
Ishsiz shaxsning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan oʻtish taklifini rad etishiga maqbul ishni rad etish sifatida qaralmaydi va ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatishga sabab boʻlmaydi.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
ishsiz shaxs kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda — stipendiya toʻlangan holda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida;
ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursidan oʻtganda — bunday muassasada boʻlish davrida;
ishsiz shaxs haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotganda — bunday ishlarda ishtirok etish davrida.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash ishsiz shaxs belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda uch oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
56-modda. Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) tartibi
Mahalliy mehnat organining buyrugʻi ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) uchun asos boʻladi, unda ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) sababi va ishsizlik nafaqasini toʻlash tugatiladigan (toʻxtatib turiladigan) sana majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Ishsizlik nafaqasini toʻlash ushbu Qonun 55-moddasining birinchi qismida (beshinchi qismida) nazarda tutilgan tegishli ishonchli axborot olinganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan tugatiladi (toʻxtatib turiladi).
Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) toʻgʻrisida mahalliy mehnat organining xodimi tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimining tegishli boʻlimida va soʻrovnomada qayd etiladi, unda ishsizlik nafaqasini toʻlash tugatiladigan (toʻxtatib turilgan) sana, ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) sabablari, ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) uchun asos boʻlgan buyruqning sanasi va raqami koʻrsatiladi.
Mahalliy mehnat organi tomonidan chiqarilgan ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) toʻgʻrisidagi qaror ishsiz shaxsga yetkazilishi shart.
Hisoblangan, lekin belgilangan muddatda olinmagan ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsga kelgusi oyda toʻlanadi.
57-modda. Ishsizlik nafaqalarining ortiqcha toʻlangan summalarini ushlab qolish
Ishsizlik nafaqasining ortiqcha toʻlangan summalari ishsiz shaxsdan, agar ortiqcha toʻlov hisob-kitobdagi xato natijasida yoki ishsiz shaxs tomonidan suiisteʼmollik oqibatida sodir etilgan boʻlsagina, ushlab qolinishi mumkin. Ushlab qolishlar ishsizlik nafaqasining keyingi toʻlanishlari chogʻida amalga oshiriladi.
Hisob-kitobda yoʻl qoʻyilgan xato natijasida ortiqcha toʻlangan summani ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaror notoʻgʻri belgilangan miqdordagi ishsizlik nafaqasi oxirgi toʻlangan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Ishsiz shaxs tomonidan suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlgan ortiqcha toʻlangan summani ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaror biror-bir muddatlar bilan cheklanmagan holda qabul qilinadi.
Agar ishsizlik nafaqasini oluvchi ishsiz shaxs gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan boʻlsa va sudning yoki boshqa vakolatli organning qaroriga koʻra ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplangan holda avvalgi ishiga tiklangan boʻlsa, unga toʻlangan ishsizlik nafaqasi ushbu shaxs tomonidan toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda qaytariladi. Ushbu shaxs olingan ishsizlik nafaqasini ixtiyoriy ravishda qaytarishni rad etgan taqdirda toʻlangan ishsizlik nafaqalarining butun summasi ushbu shaxsdan sud tartibida undiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi va 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorlari.
58-modda. Ishsizlik nafaqalari tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyat qilish
Mahalliy mehnat organlarining ishsizlik nafaqalari tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlari, shu jumladan ularni tayinlashning toʻgʻriligi va toʻlash muddatlari haqidagi qarorlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat berilishi mumkin.
12-bob. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish
59-modda. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:
shaharlarning, tumanlarning, aholi punktlarining, mahallalarning hududlarini va boshqa hududlarni obodonlashtirish (koʻkalamzorlashtirish, yigʻishtirish, oqlash, ariqlarni, qabristonlarni, ziyoratgohlarni, madaniy obyektlarni tozalash va boshqalar);
uy-joy-kommunal obyektlar va boshqa infratuzilma obyektlari hududlariga tutash uy-joy fondining obyektlarini taʼmirlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
koʻchalarni, yoʻllarni va yoʻlkalarni taʼmirlash;
qishloq xoʻjaligi ishlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosilini yigʻib-terib olish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini taʼmirlash;
nogironligi boʻlgan shaxslarni, keksalarni, bemorlarni va boshqa shaxslarni parvarishlash;
sanoat tarmoqlari tashkilotlaridagi va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi ishlar;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarorlariga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(59-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining taklif etilayotgan turlari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning kasbiy koʻnikmalarini, ish tajribasini, yoshini, jinsini va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini, ish rejimini va mehnatni muhofaza qilishga oid zarur shart-sharoitlarni hisobga olishi kerak.
60-modda. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi
Buyurtmachilar-ish beruvchilar haq toʻlanadigan jamoat ishlarining zarur turlari va hajmlarini mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda belgilaydi.
Buyurtmachilar-ish beruvchilar haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etishga doir talabnomani mahalliy mehnat organlariga taqdim etadi.
Mahalliy mehnat organlari buyurtmachilar-ish beruvchilarning talabnomalarida koʻrsatilgan ishchi kuchiga boʻlgan talabni hisobga olgan holda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarning (bundan buyon matnda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar deb yuritiladi) roʻyxatlarini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi haq toʻlanadigan jamoat ishlari bajarilishini mahalliy mehnat organlarining umumlashtirilgan talabnomalari asosida moliyalashtiradi.
(60-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Mahalliy mehnat organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning roʻyxatini ilova qilgan holda buyurtmachilar-ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi.
Mahalliy mehnat organlari buyurtmachi-ish beruvchi bilan shartnoma tuzganidan soʻng haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun yoʻllanma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmachi-ish beruvchi haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish vaqtida mehnatni muhofaza qilishga doir lozim darajadagi shart-sharoitlarni qonunchilikka muvofiq taʼminlaydi.
(60-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga ish haqi toʻgʻri hisoblanishi va bajarilgan jamoat ishlarining haqiqiy hajmlari toʻgʻri hisobga olinishi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining haq toʻlanadigan jamoat ishlariga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi-ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
(60-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish monitoringini bir oyda bir marta joyning oʻziga chiqib oʻrganish orqali oʻtkazadi va tegishli monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini oʻtkazish tartibi buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
(60-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Buyurtmachi-ish beruvchi har oyda mahalliy mehnat organlariga haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etilganligini va ushbu ishlar hajmi bajarilganligini, ishlangan vaqt hisobini va haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga ish haqi hisoblanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organlari tasdiqlovchi hujjatlarni olganidan keyin haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha oʻrni qoplanadigan summani toʻlashga oid toʻlov hujjatlarini har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalariga yuboradi.
(60-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmachi-ish beruvchi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi. Ixtiyoriy asosda brigadalarga birlashgan shaxslar kompleks yoki ayrim turdagi haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajargan taqdirda shartnomada taraflarning majburiyatlari, ishlarning bajarilish hajmlari va muddatlari, mehnatni tashkil etish hamda unga haq toʻlash shakllari nazarda tutiladi.
(60-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish vaqti mehnat stajiga kiritiladi.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning pensiya taʼminoti olish va ularga vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlash huquqi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish uchun buyurtmachilar-ish beruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan olingan asosiy vositalar, mayda asbob-uskunalar va anjomlarni ijaraga berishni amalga oshiradi.
(60-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
61-modda. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun kamida ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga muddatli mehnat shartnomalari tuziladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha hududiy dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, jamoat ishlarida ishtirok etish uchun oʻn bir oygacha muddatga mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shu jumladan jamoatchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha), shuningdek koʻp kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari tomonidan (tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash boʻyicha) tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida mahalliy mehnat organining yoʻllanmalariga koʻra haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga oid xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplanadi. Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi va mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan koʻp boʻlishi mumkin emas hamda mahalliy mehnat organi tomonidan yuborilgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning oʻrni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan yuz foiz qoplanadi.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan (bundan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari mustasno) tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida mehnatga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning ellik foizigacha boʻlgan qismining oʻrni ish beruvchi bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan bir shaxs mehnatiga toʻlangan haqning oʻrnini Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplashning har oylik miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga har oyda haq toʻlash mehnat shartnomasi asosida belgilanadi.
(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan mehnatga haq toʻlash oʻrnini qoplashning har oylik miqdorini mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda belgilashi mumkin.
(61-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Ishsiz shaxsning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishi davrida unga ishsizlik nafaqasini toʻlash toʻxtatib turiladi va haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish tugagan kundan eʼtiboran tiklanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
13-bob. Ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
62-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish
Ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda mahalliy mehnat organining yoʻllanmasiga koʻra amalga oshirilishi mumkin:
kasbi (mutaxassisligi) mavjud boʻlmaganda;
mavjud kasbiy koʻnikmalariga mos maqbul ish yoʻqligi sababli kasbni (mutaxassislikni) oʻzgartirish zarur boʻlganda;
kasbiy koʻnikmalari mavjud boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi sababli, kasbiga (mutaxassisligiga) doir talablar oʻzgartirilganligi bois malaka oshirishi zarur boʻlganda;
avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish bajarish qobiliyati yoʻqotilganda.
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) amalga oshiriladi.
Ish qidirayotgan shaxslar, ishsiz shaxslar, shuningdek aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslar ustuvor tartibda kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtish huquqiga ega.
Kasbga oʻqitish markazlarini saqlash va moddiy-texnik jihatdan rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
63-modda. Kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga doir davlat buyurtmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga doir davlat buyurtmasi (bundan buyon matnda kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
(63-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi quyidagi maʼlumotlardan kelib chiqqan holda kelgusi yil uchun shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining demografik tahlili va demografik rivojlanish prognozlaridan;
ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning prognoz sonidan;
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga ehtiyoji boʻlgan shaxslarning prognoz sonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari sonining prognozidan;
(63-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kasbga oʻqitishga nisbatan ehtiyojning asosiy yoʻnalishlari prognozidan.
64-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari:
rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
yangi xizmat koʻrsatish va servis obyektlarini ishga tushirish, yangi uy-joylar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi hajmlarini oshirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini kengaytirish, yangi bogʻlar, tokzorlar barpo etish, chorva mollari sonini koʻpaytirish;
aholi tadbirkorlik faolligining oʻsishi, yangi tadbirkorlik, hunarmandchilik subyektlarini tashkil etish, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini va xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish, foydalanilmayotgan xonalarni va binolarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun investitsiya majburiyatlari hamda ijtimoiy majburiyatlar sharti bilan realizatsiya qilish va davlat mulki obyektlarini ijaraga berish munosabati bilan zarur ish oʻrinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi.
(64-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-980-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari hududlar kesimida, kasbga oʻqitishning har bir turi boʻyicha moliyalashtirishning prognoz hajmlari koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(64-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(64-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
65-modda. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish
Mahalliy mehnat organlari har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-oktabriga qadar kelgusi kalendar yil uchun moʻljallangan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitishga boʻlgan prognoz talabni shakllantiradi hamda hududiy mehnat organlariga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy mehnat organlari har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-noyabriga qadar kelgusi kalendar yil uchun moʻljallangan kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasining hajmi va yoʻnalishlari boʻyicha talabni shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadi.
(65-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar sonini, mehnat bozorining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining moliyalashtirish hajmlarini tahlil qilish asosida hududlar va kasbga oʻqitish turlari kesimida kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi.
(65-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
66-modda. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasining maʼlumotlar bazasini shakllantirish
Mehnat organlari kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasining maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va uni muntazam ravishda yangilab boradi.
Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi bilan integratsiya qilingan tegishli elektron platforma hamda dasturiy taʼminot orqali bajariladi.
Mazkur elektron platforma hamda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va muntazam ravishda qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
67-modda. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi turlari
Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi quyidagi turlar boʻyicha shakllantiriladi:
uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni oʻttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi;
oʻrta muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi;
qisqa muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi;
ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish — oʻquv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning oʻzida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bir nafar oʻquvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasbga tayyorlashdan (stajirovkadan) oʻtishi yigirma besh haftagacha davom etadi;
maqsadli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi.
Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish uchun toʻlov qiymatini va moliyalashtirish hajmlarini belgilashda bir nafar oʻquvchiga sarflanadigan xarajatlar mezon boʻladi.
68-modda. Uzoq muddatli oʻqitish
Ishsiz shaxslarni uzoq muddatli oʻqitish tarzidagi kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli oʻqitish oʻquv muassasasining quvvatidan va ixtisoslashuvidan, qabul qilish parametrlaridan hamda oʻqitishning davomiyligidan kelib chiqqan holda, kasbga oʻqitish markazi (kasb-hunar taʼlimi muassasasi), ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnoma asosida kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi.
69-modda. Oʻrta muddatli oʻqitish
Oʻrta muddatli oʻqitish tarzidagi kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻrta muddatli oʻqitish kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan mehnat organlari bilan kelishilgan holda ushbu markazlar mustaqil ravishda belgilaydigan davrlarda tashkil etiladi.
Mehnat organlari oʻqitishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha guruhlar shakllanishiga qarab tasdiqlangan kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasining hajmlari doirasida, shuningdek fuqarolar va ish beruvchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, kasbga oʻqitish markazlarining (kasb-hunar taʼlimi muassasalarining) takliflari asosida oʻrta muddatli oʻqitishga doir toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzadi.
Mehnat organlari, ishsiz shaxs, kasbga oʻqitish markazi (kasb-hunar taʼlimi muassasasi) hamda ishsiz shaxsni ishga joylashtirish (ishga qabul qilish) majburiyatini oʻz zimmasiga olgan ish beruvchi oʻrta muddatli oʻqitish uchun shartnoma taraflari sifatida ish yuritadi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ishsiz shaxsni ishga joylashtirish (ishga qabul qilish) majburiyatini olgan va shartnomani imzolagan ish beruvchining zimmasiga mazkur ishsiz shaxsni ishga joylashtirish (ishga qabul qilish) boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyat yuklatiladi.
Agar ishsiz shaxs oʻqish tugagach jismoniy va yuridik shaxslar uchun ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha mehnat faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish majburiyatini hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, oʻrta muddatli oʻqitishga doir shartnoma tuzilayotganda ish beruvchining ishtirok etishi talab qilinmaydi.
70-modda. Qisqa muddatli oʻqitish
Qisqa muddatli oʻqitish tarzidagi kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat organlari oʻqitishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha guruhlar shakllanishiga qarab qisqa muddatli oʻqitishga doir toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzadi.
Mehnat organi, ish qidirayotgan shaxs yoki ishsiz shaxs hamda kasbga oʻqitish markazi (kasb-hunar taʼlimi muassasasi) qisqa muddatli oʻqitishga doir shartnomaning taraflari sifatida ish yuritadi.
71-modda. Ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish
Ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish oʻquv jarayonini bevosita ish beruvchida tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchi kasbga tayyorlashni (stajirovkani) oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni belgilaydi, oʻquv dasturini, shuningdek kasbga tayyorlash (stajirovka) oʻtkaziladigan joyni tasdiqlaydi.
72-modda. Maqsadli oʻqitish
Oldingi tahrirga qarang.
Maqsadli oʻqitish kadrlarni maqsadli tayyorlashdan manfaatdor boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organining, xoʻjalik birlashmasining yoki tashkilotning buyurtmasiga koʻra amalga oshiriladi.
(72-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
73-modda. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida stipendiyalar toʻlash
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan, qoida tariqasida, yigirma olti kalendar haftagacha boʻlgan muddatga stipendiya toʻlanadi.
Stipendiya ishsiz shaxslarga quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) oxirgi oʻn ikki oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida tarkib topgan oʻrtacha ish haqidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslarga — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida;
birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetmish besh foizi miqdorida.
Stipendiyalarni toʻlash soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Stipendiyalar toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida va soʻrovnomada koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Stipendiya ishsiz deb eʼtirof etilmagan shaxslarga toʻlanmaydi.
(73-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Stipendiya ishsiz shaxsga buyruq asosida taʼlim muassasasiga qabul qilingan kundan eʼtiboran taʼlim muassasasi tomonidan hisoblanadi va toʻlanadi.
Joriy oydagi stipendiya toʻlovi oʻtgan oy uchun amalga oshiriladi.
Toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun stipendiyani toʻlash chogʻida stipendiya mazkur stipendiya toʻlanishi kerak boʻlgan ushbu kalendar oydagi kunlar soniga va toʻliq kalendar oydagi oʻqish kunlari soniga mutanosib miqdorda toʻlanadi.
Toʻliq kalendar oy uchun stipendiya toʻlovi ushbu kalendar oydagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda, agar oʻqish davri kalendar oy tugaguniga qadar tamomlangan boʻlsa, stipendiya taʼlim muassasasining oʻqishni tamomlash yoki oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan sanagacha hisoblanadi va toʻlanadi.
Stipendiyani olish davrida ishsiz shaxs kasal boʻlgan taqdirda stipendiyani ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga yetgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga asosan ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yoʻl qoʻyiladi.
(73-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuniga asosan oltinchi — oʻninchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
14-bob. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi
74-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining asosiy vazifalari
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish;
malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning kasbiy malakasini baholash hamda tasdiqlash;
malakani baholash markazlari tomonidan malaka pasporti berilishini taʼminlash;
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrini yaratish va uning amal qilishini taʼminlash;
band boʻlmagan aholi oʻrtasida malakani tasdiqlashning foydasi va afzalliklarini tushuntirish.
75-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining ishtirokchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining ishini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
(75-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi;
(75-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli vazirliklar va idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan tuziladigan kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari;
(75-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi;
kasbga oʻqitish markazlari;
malakani baholash markazlari;
ish beruvchilar;
xodimlar va kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxslar.
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimida ishtirok etish ixtiyoriydir.
Oldingi tahrirga qarang.
76-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
(76-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi):
(76-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi boshqa ishtirokchilarining malaka va bilimlarini baholashga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda Kasbiy bilimlarni rivojlantirish milliy tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan kasbga oʻqitish markazlarini va malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar beradi;
(76-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
malakani baholash markazlarining malakani baholash usullarini ishlab chiqishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
malakani baholash markazlari faoliyati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar, takliflar kiritadi.
(76-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika kengashi tarkibiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik birlashmalarining, kompaniyalarning, assotsiatsiyalarning, tashkilotlarning, kasaba uyushmalarining (ular birlashmalarining) hamda ilmiy hamjamiyatning vakillari kiradi.
(76-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Respublika kengashi tarkibiga chet ellik ekspertlar hamda chet el kompaniyalarining va Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning vakillari ham kirishi mumkin.
Respublika kengashi aʼzolari uning faoliyatida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Respublika kengashi ekspertlarni, shu jumladan xorijlik ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda uning faoliyati Reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(76-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Respublika kengashi faoliyatining moliyaviy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika kengashining ishchi organi vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tegishli boʻlinmasi bajaradi.
(76-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
77-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli vazirliklar va idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan tuziladigan kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari (bundan buyon matnda tarmoq kengashlari deb yuritiladi) oʻz vakolatlari doirasida:
(77-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar beradi;
kasbiy standartlarni koʻrib chiqadi, ularni dolzarblashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
kasbiy faoliyatning alohida turlari boʻyicha malaka darajasini baholash uslubiyotini tasdiqlaydi va unga malakani baholash markazlari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi.
Tarmoq kengashlari tarkibiga kasaba uyushmalarining (ular birlashmalarining), taʼlim tashkilotlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
Tarmoq kengashiga kasbiy faoliyatning bir necha turi boʻyicha vakolatlar berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bir necha tarmoq kengashlariga kasbiy faoliyatning ayni bir turi boʻyicha vakolatlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarmoq kengashlari faoliyatining moliyaviy taʼminoti tarmoq kengashlari tashkil etilgan vazirliklar, idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(77-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
78-modda. Kasbga oʻqitish markazlari
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari kasbga oʻqitish markazlaridir.
Kasbga oʻqitish markazlari oʻz faoliyatini ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni oʻqitish uchun kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, shuningdek oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi.
Oʻqitish uchun amalga oshiriladigan toʻlov miqdori kasbga oʻqitish markazlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
79-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitish markazlarida oʻqitish jarayonini tashkil etish
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga oʻqitish markazlarida oʻqitish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shaxslarni kasbga oʻqitish markaziga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Kasbga oʻqitish markazlaridagi oʻquv dasturlari kasb-hunar taʼlimi va ishlab chiqarishning oʻzaro aloqasini taʼminlash asosida amalga oshiriladi.
Kasbga oʻqitish markazlarida oʻquvchilar, qoida tariqasida, oʻquv kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashadi.
Oʻquv dasturlarining aniq mazmuni, oʻqish muddatlari, oʻquv jarayonining hamda ishlab chiqarish amaliyotining sifati ustidan nazorat qilish usullari va muddatlari kasbga oʻqitish markazi tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Mehnat organlari kasbga oʻqitish markazlaridan ular foydalanadigan oʻquv dasturlarini monitoring qilish maqsadida soʻrab olishga haqli.
80-modda. Yakuniy malaka imtihonlari va malakalarni berish tartibi
Kasbga oʻqitish markazlarida oʻqitish yakunlari boʻyicha yakuniy malaka imtihonlari oʻtkaziladi.
Yakuniy malaka imtihonlarini oʻtkazish uchun ish beruvchilar orasidan tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek kasbga oʻqitish markazlarining rahbarlari, oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari orasidan malaka komissiyalari tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi.
(80-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Yakuniy malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga:
uzoq muddatli oʻqishni oʻtaganda — diplomlar;
oʻrta muddatli va qisqa muddatli oʻqishni oʻtaganda — sertifikatlar beriladi.
Kasbga oʻqitish markazlarida oʻqitish yakunlari boʻyicha yakuniy malaka imtihoni bilan birga malakani baholash markazini shartnoma asosida jalb etgan holda ishchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish boʻyicha imtihon oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda malakani baholash markazi tomonidan oʻtkazilgan imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda diplom yoki sertifikat bilan birga malaka pasporti beriladi.
Kasbga oʻqitish markazi tomonidan berilgan diplom tegishli mutaxassislik va malaka boʻyicha ishlash huquqini beradi.
81-modda. Malakani baholash markazlari
Malakani baholash markazlari kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxslarning kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini baholashdan oʻtkazadi.
Malakani baholash markazlari mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning alohida tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladi.
Malakani baholash markazlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
shtatida (oʻrindoshlikka yoʻl qoʻyiladi) oliy maʼlumotli va ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazishga talabgor boʻlgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslaridan oʻtgan kamida bir nafar xodim boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz mulkida operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda moddiy-texnika bazasiga, shu jumladan ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazishga talabgor boʻlgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish uchun baholash vositalariga ega boʻlishi.
(81-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Malakani baholash markazlari:
kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxslarga malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash qoidalari hamda tartib-taomillari toʻgʻrisida zarur axborot taqdim etadi;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashni tashkil etadi hamda ishchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish boʻyicha imtihonni va, zarur boʻlganda, malaka sinov ishlarini oʻtkazish orqali ularni kasbiy standartlar talablariga muvofiqligi jihatidan baholashdan oʻtkazadi;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi, Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi malaka pasportini rasmiylashtiradi hamda beradi;
berilgan malaka pasportlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestriga kiritadi;
mehnat organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotni taqdim etadi.
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan va Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida malaka oshirish kursidan oʻtgan shaxs malakani baholash markazining direktori boʻlishi mumkin.
Malakani baholash markazining tashkiliy tuzilmasiga majburiy tartibda ekspert malaka komissiyasi kiritilishi kerak.
Malakani baholash markazlarining faoliyati:
muassislarning mablagʻlari;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazganlik uchun kiritiladigan toʻlov;
kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtiyoriy xayriyalar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari, homiylarning mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(81-modda yettinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazganlik uchun kiritiladigan toʻlov miqdori malakani baholash markazlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Malakani baholash markazlari oʻzi beradigan malaka pasportlarining fuqarolar vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan chet davlatlarda tan olinishi maqsadida malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organlar yoki tegishli chet davlatlarning ish beruvchilari bilan hamkorlik bitimlari tuzadi.
82-modda. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Malakani baholash markazlari oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida akkreditatsiya qilinadi.
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Bitta malakani baholash markazini kasbiy faoliyatning bir necha turlari (kasblar) boʻyicha akkreditatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(82-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Akkreditatsiyaga talabgor boʻlgan ariza beruvchi — malakani baholash markazi (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Respublika kengashiga quyidagilarni taqdim etadi:
akkreditatsiya olish uchun arizani;
ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazishga talabgor boʻlgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha oʻz shtatida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha qabul qilingan oliy maʼlumotli mutaxassis (mutaxassislar) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni;
oʻz mulkida xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan baholash vositalari, shuningdek malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun moʻljallangan moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni.
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan baholash vositalari hamda baholash usullari, shu jumladan onlayn test sinovlari uchun foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va dasturiy taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi.
(82-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Akkreditatsiya olish uchun ariza akkreditatsiya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida Respublika kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Respublika kengashi akkreditatsiya olish uchun arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida ariza beruvchini tegishli qaror qabul qilinganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Akkreditatsiya besh yil muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi quyidagi hollarda ariza beruvchi akkreditatsiya qilishni rad etishga haqli:
(82-modda toʻqqizinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
(82-modda toʻqqizinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
ariza beruvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarga va shartlarga muvofiq boʻlmaganda.
Akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qaror ariza beruvchiga rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat (oʻttiz kalendar kun ichida) koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Akkreditatsiya qilish rad etilgan taqdirda akkreditatsiya olish uchun arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ariza beruvchining akkreditatsiya olish uchun arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya olish uchun arizani takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
(82-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Takroran koʻrib chiqish natijalariga koʻra akkreditatsiya qilish rad etilgan taqdirda akkreditatsiya olish uchun arizalarni keyingi har bir koʻrib chiqishlar uchun ariza beruvchidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan toʻlov undiriladi.
Ariza beruvchining akkreditatsiya olish uchun arizasini takroran koʻrib chiqish chogʻida akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha akkreditatsiya qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Akkreditatsiya qilishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun berilgan muddat oʻtgach, ariza beruvchining akkreditatsiya olish uchun arizasi yangitdan taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda ariza beruvchi akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(82-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
83-modda. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish tartibi
Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash:
kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxsning tashabbusiga koʻra — ushbu shaxsning mablagʻlari hisobidan;
ish beruvchining yoʻllanmasiga koʻra — ish beruvchining mablagʻlari hisobidan;
kasbga oʻqitish markaziga xizmatlar koʻrsatish doirasida — kasbga oʻqitish markazining mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi.
Malakani baholashdan oʻtish uchun ish kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxs (ish beruvchi, kasbga oʻqitish markazi) tomonidan quyidagi hujjatlar malakani baholash markaziga bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etiladi:
ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
pasportga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaga yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga oid maʼlumotlar;
(83-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazganlik uchun xizmatlarga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining koʻchirma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
zarur boʻlganda, agar qonunchilikda nazarda tutilgan boʻlsa, kasbiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsat olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari.
(83-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ariza va u bilan qoʻshib topshiriladigan hujjatlar toʻplami malakani baholash markazida ular kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn yil davomida saqlanadi.
Malakani baholash markazi ariza beruvchini hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi, ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonni oʻtkazish sanasi, joyi, vaqti va tartib-taomillari toʻgʻrisida besh ish kuni ichida xabardor qiladi.
Ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonga uzrli sababga (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarga) koʻra kelmagan shaxs imtihonni malakani baholash markazi tomonidan belgilangan muddatda qayta topshirishga qoʻyiladi.
Shaxs ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonga uzrli sababsiz kelmagan taqdirda, ushbu shaxs uchun imtihon bekor qilinadi, ilgari amalga oshirilgan toʻlov esa qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish uchun moʻljallangan baholash vositalari hamda baholash usullari, shu jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va onlayn-sinov uchun dasturiy taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi.
(83-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
84-modda. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish natijalari
Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash natijalari besh balli tizim boʻyicha baholanadi.
Agar shaxs malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish yakunlariga koʻra uch va undan yuqori ball olsa, unga uch kunlik muddatda malaka pasporti, agar uchdan past ball olsa, malaka, bilim va koʻnikmalar baholashdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malakani baholash markazi tomonidan ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonni oʻtkazish yakunlariga koʻra qabul qilingan qarorlardan norozi boʻlgan shaxslar imtihondan oʻtish natijalari toʻgʻrisida oʻzlari xabardor qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kalendar kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yozma ravishda shikoyat berishga haqli.
(84-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonni oʻtkazish natijalari va malaka pasportlarini berish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi.
(84-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Berilgan malaka pasportlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestriga kiritiladi.
85-modda. Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yuritiladi.
(85-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslar milliy reyestrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va taʼminlab borish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tartib raqami;
identifikatsiya raqami (avtomatik ravishda hosil boʻladigan noyob raqam);
talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxsning) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxsning) pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar;
(85-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
malaka, bilim va koʻnikmalar baholashdan oʻtkazilgan kasb (mutaxassislik) (yoki tegishli chet tili);
malaka, bilim va koʻnikmalar baholashdan oʻtkazilgan kasb (mutaxassislik) kodi (bundan chet tilini bilishga doir imtihon topshirilgan hollar mustasno);
tegishli kasb (mutaxassislik) boʻyicha malaka, bilim va koʻnikmalarni yoki chet tilini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlat qonunchiligining bazaviy asoslarini bilish darajasini baholash;
(85-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chet davlatning tayanch madaniy-etnik asoslarini bilish darajasini baholash — mavjud boʻlgan taqdirda;
malakani baholash markazining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
telefon (faks) raqami;
rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonni topshirish sanasi va vaqti;
berilgan malaka pasportlari toʻgʻrisida axborot;
akkreditatsiya qilingan sana va akkreditatsiya raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilinayotgan axborot turlarini toʻldirishi mumkin.
(85-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestridagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda tanishish uchun ochiq boʻladi.
(85-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestri kasblar (mutaxassisliklar), chet tillarining turlari va boshqa belgilar boʻyicha ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilangan tartibda malakani baholash markazlari ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestriga elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda, himoyalangan tarzda foydalanish yoʻli bilan mustaqil ravishda kiritadi.
(85-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi malakani baholash markazlari tomonidan malakasi, bilimi va koʻnikmalari baholashdan oʻtkazilgan shaxslarning malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholash sifatini tekshirish, shu jumladan uchinchi tarafni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan tekshirish hamda tekshiruv yakunlariga koʻra malaka pasporti olgan shaxslarning Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrida boʻlishi toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
(85-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
86-modda. Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri yuritiladi.
(86-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri axborot-maʼlumotnoma xususiyatiga ega boʻlgan, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan avtomatlashtirilgan tizimdir va u malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning davlat tomonidan hisobga olinishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registrini yuritish uchun bevosita akkreditatsiya qilingan tashkilotdan kelib tushadigan maʼlumotlardan, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining, shuningdek zarur hollarda, soliq organlarining, davlat mulkini boshqarish organlarining hamda boshqa davlat organlarining maʼlumotlaridan foydalaniladi.
(86-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registridagi axborotdan hamma foydalanishi mumkin hamda u Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(86-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
87-modda. Malakani baholashdan oʻtkazish sifatiga va belgilangan talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Mehnat organlari malakani baholash markazlari tomonidan ushbu Qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malakani baholash markazlari mehnat organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyda hisobot taqdim etadi.
(87-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashga doir talablarga hamda shartlarga malakani baholash markazlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
(87-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash sifati boʻyicha talablarga rioya etilishiga doir tekshiruvlar oʻtkazish;
tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalar yuzasidan, shuningdek fuqarolar tomonidan kelib tushgan shikoyatlar toʻgʻrisida zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida, yoʻl qoʻyilgan aniq qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida malakani baholash markazlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlgan muddatlarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari boʻyicha qarorlar chiqarish va sudga murojaat qilish.
(87-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan talablar va shartlar malakani baholash markazi tomonidan buzilganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi ular tomonidan bajarilmaganligi faktlari aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi malakani baholash markazining akkreditatsiyasi amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish yoxud uning akkreditatsiyasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
(87-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Malakani baholash markazlarining faoliyati akkreditatsiyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda amalga oshirilgan, shuningdek akkreditatsiya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yoki sudning qaroriga koʻra malakani baholash markazlarining akkreditatsiyasi bekor qilinishi mumkin.
(87-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
88-modda. Milliy va tarmoqqa oid malaka doiralari
Milliy malaka doirasi sakkizta malaka darajasini oʻz ichiga oladi va har bir malaka darajasi uchun kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan koʻrsatkichlar tavsiflari — bilim, mahorat va koʻnikmalar, shaxsiy hamda kasbiy bilimlar, shuningdek malakaga erishish yoʻllari aniqlanadi.
Milliy malaka doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy malaka doirasi asosida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda tegishli malaka darajalarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tarmoqqa oid malaka doiralarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
(88-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
89-modda. Kasbiy standartlar va ularning loyihalarini ishlab chiqish tartibi
Kasbiy standartlar kadrlar malakasini, ularning bilim va koʻnikmalarini baholash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, tayyorlash va qayta tayyorlash uchun asos sifatida ishlab chiqiladi.
Kasbiy standartlar loyihalari:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan reja-jadvalga muvofiq;
(89-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tanlagan tashkilotlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan buyurtmasiga muvofiq;
(89-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
tashabbus tartibida — ish beruvchilarning birlashmalari, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, kasbiy assotsiatsiyalar, ilmiy tashkilotlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Kasbiy standartlar mazmuni va uni rasmiylashtirishga doir talablar Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasbiy standartlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(89-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
90-modda. Kasbiy standart loyihasini koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(90-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
kasbiy standart loyihasini avval belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xuddi shunday kasbiy standart mavjudligi (mavjud emasligi) yuzasidan tekshiradi;
kasbiy standart loyihasini oʻz rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiradi;
kasbiy standart loyihasining ekspertizasini amalga oshiradi, shu jumladan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiradi;
ijobiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirda, kasbiy standart loyihasini ekspert xulosasi bilan birga Respublika kengashiga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
kasbiy standart tasdiqlanganidan soʻng uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
kasbiy standart davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng tegishli axborotni ishlab chiquvchiga uch ish kuni davomida yuboradi.
Kasbiy standart loyihasini har qanday bosqichda koʻrib chiqish chogʻida bartaraf etiladigan kamchiliklar va fikr-mulohazalar aniqlangan taqdirda, oʻn kalendar kun ichida ishlab chiquvchiga loyihani maromiga yetkazish uchun fikr-mulohazalar va tavsiyalar yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasbiy standartning maromiga yetkazilgan loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan qayta kiritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yangidan kiritilgan loyiha sifatida koʻrib chiqiladi.
(90-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Kasbiy standart Respublika kengashining xulosasi asosida tasdiqlanadi.
91-modda. Kasbiy standartni qayta koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Kasbiy standartlarni qayta koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
(91-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Quyidagilar kasbiy standartni majburiy ravishda qayta koʻrib chiqish va almashtirish uchun asos boʻladi:
xodimning mehnat vazifalari, bilim va malakalari oʻzgarishiga sabab boʻlgan ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil etishdagi muhim oʻzgarishlar, yangi texnologiyalar va tashkiliy-texnik tadbirlarning joriy etilishi;
mehnat sharoitlariga doir notoʻgʻri belgilangan talablarning aniqlanishi;
ish beruvchilar va xodimlarning kasbiy standartni qayta koʻrib chiqish yoki almashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar bilan murojaat etishi.
Kasbiy standartni qayta koʻrib chiqish (almashtirish) boʻyicha ishlarni bajarishga iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari mutaxassislari jalb etiladi.
92-modda. Kasbiy standartlarning milliy registri
Oldingi tahrirga qarang.
Kasbiy standartlarning milliy registri Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yuritiladi.
(92-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Kasbiy standartlar milliy registrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va taʼminlab borish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Kasbiy standartlarning milliy registrini yuritish iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kasbiy standartlarni tasniflash asosida amalga oshiriladi.
15-bob. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini moliyalashtirish
93-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi yuridik shaxs tashkil etilmagan holda respublika va mahalliy darajalarda tuziladigan davlat maqsadli jamgʻarmasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari uning mustaqil balansida aks ettiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalari tomonidan ochiladigan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
(93-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy soliqdan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
(93-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektorlari, shuningdek mehnat sharoitlari davlat ekspertizasining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda qoʻllaniladigan maʼmuriy jazolar summalari;
(93-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʻlinmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar hamda xonalarni realizatsiya qilishdan kelib tushadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlar, bundan baholash va realizatsiya qilishga doir haqiqiy xarajatlar mustasno;
(93-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
barcha soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga taʼsischi tomonidan belgilanadigan miqdorda toʻlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda qoladigan sof foydaning bir qismi;
(93-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan va boshqa moliyaviy vositalardan tushadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(93-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan budjet ajratmalarining hajmlari har yili aniqlanadi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining daromadlari soliq solish obyekti boʻlmaydi va moliya yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining gʻazna hisobvaraqlaridagi boʻsh turgan mablagʻlar yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining defitsitini qoplash uchun yoʻnaltirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hududiy mehnat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlarini tasarruf etuvchilardir.
(93-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ijro etuvchi organi vazifalarini amalga oshiruvchi masʼul boʻlinmani belgilaydi.
(93-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hududiy hamda mahalliy mehnat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgar boʻladi.
(93-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(93-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
94-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
ishsizlik nafaqalarini, ishsiz shaxslar mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda koʻchib ketishi munosabati bilan kompensatsiyalar toʻlash, ishsiz shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni moliyalashtirish, shu jumladan grantlar va stipendiyalar ajratish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladigan bir martalik toʻlovlar uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga muddatidan ilgari pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining xarajatlari oʻrnini qoplash;
(94-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
kasbga oʻqitish markazlariga (keyinchalik xizmatlari uchun haq toʻlagan holda) kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini moliyalashtirish;
mehnat organlari va tasarrufidagi tashkilotlar, vaqtincha bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari, kasbga oʻqitish markazlari, malakani baholash markazlari uchun binolar va xonalarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, saqlab turish, qayta ixtisoslashtirish, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, shuningdek sotib olish;
kovorking-markazlarining, ishsiz shaxslarning bandligini qoʻllab-quvvatlash “Mahalla guzari” mahalla markazlarining tashkil etilishi va saqlanishini moliyalashtirish;
nogironligi boʻlgan shaxslar va boshqa aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslarning mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
bandlik, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash hamda unga haq toʻlash masalalari boʻyicha normativ-uslubiy va yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi materiallar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
aholining ayrim guruhlari oʻrtasida bandlik, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika hamda hududiy darajalarda sotsiologik tekshiruvlar, soʻrovnomalar oʻtkazish;
band boʻlmagan aholiga ishga joylashish boʻyicha yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash;
mehnat bozoridagi vaziyat keskin boʻlgan tumanlar va shaharlarda aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlari ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
ishga joylashtirish, aholi bandligini taʼminlash va mehnatni muhofaza qilish, boʻsh (vakant) ish oʻrinlarini hamda band boʻlmagan aholini hisobga olish sohasida axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish hamda texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat organlarining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy devonining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
(94-moddaning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
aholi bandligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishga yuborilgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash masalalariga doir xalqaro loyihalar hamda shartnomalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari boʻyicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(94-moddaning oʻn sakkizinchi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha kasbiy standartlar va malaka talablari ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
keyinchalik yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirishga banklar tomonidan kreditlar ajratilishi uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari boʻyicha resurslarni joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(94-moddaning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ishga belgilangan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarining eng kam sonidan ortiq miqdorda qabul qilgan tashkilotlarga bir yoʻla beriladigan subsidiyalar berish;
mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan xodimlarni kasbga oʻqitish va ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarni moliyalashtirish uchun ish beruvchilarga bir yoʻla beriladigan subsidiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida boshqa turdagi subsidiyalar berish;
(94-moddaning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga doir xarajatlarni moliyalashtirish uchun kasb-hunar taʼlimi muassasalariga grantlar ajratish;
kasbga oʻqitish markazlarida, kollejlarda va oliy taʼlim muassasalarida fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda xodimlarini, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari va aʼzolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish;
mehnat bozoridagi vaziyat keskin boʻlgan hududlarda ish oʻrinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarining ustav fondini shakllantirish (koʻpi bilan ellik foiz);
ish oʻrinlarini tashkil etish uchun davlat buyurtmasini olgan tashkilotlarga va ish oʻrinlari tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizidan koʻp boʻlmagan stavka boʻyicha ssudalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.
(94-moddaning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
95-modda. Yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari
Yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari (bundan buyon matnda hududiy jamgʻarma deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi.
Quyidagilar hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlarini shakllantirish manbalaridir:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan qirq foizgacha boʻlgan miqdordagi har choraklik tushumlar;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda begʻaraz yordami;
jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hamda norezidentlari boʻlgan xayriya qiluvchilarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(95-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining va boshqa vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
96-modda. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari
Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
tadbirkorlik subyektlarining barqaror ish oʻrinlari tashkil etilishini, ayniqsa qishloq joylarda tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarini keyinchalik kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish;
ishchi kuchi koʻp boʻlgan tumanlar va shaharlarda davlat-xususiy sheriklik shartlariga asosan koʻproq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi tashkilotlarni hududiy jamgʻarmalarning tuzilgan tashkilotlardagi ulushini keyinchalik xususiy sheriklarga realizatsiya qilish sharti bilan tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga koʻra ish oʻrinlarini tashkil etishga hamda aholi bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarining kamida ellik foizi asosan tumanlar va shaharlarda yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi kichik hamda mini-loyihalarni amalga oshirishga tijorat banklari tomonidan keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun mazkur banklarda kredit liniyalarini ochishga yoʻnaltiriladi.
Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar uchun ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari hamda parrandalar, qishloq xoʻjaligi ashyo-anjomlari va uskunalari, sugʻorish qurilmalari (nasoslar, artezian quduqlar va boshqalarni) sotib olish;
(96-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-681-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son)
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash hamda qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskunalar hamda xom ashyo sotib olish;
xizmatlar koʻrsatish sohasidagi, ayniqsa maishiy, taʼmirlash, taʼlim, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish hamda xizmatlarning talab yuqori boʻlgan boshqa turlari sohasidagi tashkilotlarni tashkil etish va jihozlash;
qishloq tumanlarida, ayniqsa xotin-qizlar oʻrtasida kasanachilikni rivojlantirish;
tumanlar va shaharlarning ishlab chiqarishga oid ixtisoslashuvini, mavjud mineral-xom ashyo, yer, qishloq xoʻjaligi resurslarini va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi
(97-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamoat ishlari jamgʻarmasi deb yuritiladi) yuridik shaxs huquqi asosida tuzilgan.
(97-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamoat ishlari jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamgʻarmalarining ixtiyoriy xayriyalari, boshqa xorijiy donorlarning mablagʻlari;
asosiy vositalar, mini-uskunalar va ashyo-anjomlar ijarasidan olinadigan daromadlar;
Jamoat ishlari jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(97-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan jamoat ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet ajratmalarining hajmlari har yili aniqlanadi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Jamoat ishlari jamgʻarmasi daromadlari soliq solish obyekti boʻlmaydi va moliya yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Vasiylik kengashi Jamoat ishlari jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organidir.
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi va kelib tushishini prognoz qilish boʻyicha hisobni yuritish hamda hisobotni tuzish qonunchilikda belgilangan tartibda Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(97-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vasiylik kengashining tarkibi, shuningdek Ijro etuvchi direksiyaning tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining, Iqtisodiyot va moliya vazirligining hamda boshqa vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
(97-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
98-modda. Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashni;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarida foydalanish, shu jumladan ularni jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga, bir martalik, vaqtincha yoki mavsumiy ishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ijara shartlari asosida berish orqali foydalanish uchun moʻljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va ashyo-anjomlarni olishni, shuningdek aholi bandligini taʼminlashni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida taʼminlashni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlarni amalga oshirishni;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun maxsus kiyim-bosh va xavfsizlik texnikasi vositalari olishni;
qishloq, kommunal xoʻjaligi, yoʻl-transport sohasidagi va aholi bandligiga koʻmaklashishga doir chora-tadbirlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan boshqa tarmoqlardagi infratuzilmani yaratish boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun subsidiyalar va grantlarni;
Jamoat ishlari jamgʻarmasini saqlashni, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlashni, binolarni, aloqa hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini saqlashni, xoʻjalik xarajatlarini va boshqa xarajatlarni;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish boʻyicha tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etishni, shuningdek ustav fondida ishtirok etish orqali ularning faoliyatiga koʻmaklashishni;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish masalalariga doir axborot materiallarini tayyorlash va eʼlon qilishni, koʻrgazmali axborot tayyorlashni, materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirishni;
Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarning ellik foizi hajmida ajratmalar qilishni.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat ishlari jamgʻarmasining xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning barcha shartlari tatbiq etiladi.
(98-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Jamoat ishlari jamgʻarmasining joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlarining qoldiqlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va keyingi yil uchun mablagʻlar ajratilayotganda hisobga olinadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
99-modda. Migratsiya jamgʻarmasi
Migratsiya jamgʻarmasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Migratsiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar;
chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berganlik uchun yigʻimlarning bir qismi;
Migratsiya jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik yordami, grant mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Migratsiya jamgʻarmasiga mablagʻlar toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini taʼminlash ustidan nazorat qilish, shuningdek mablagʻlarning shakllanishi va kelib tushishini prognoz qilish boʻyicha hisobni yuritish hamda hisobot tuzish Migratsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Migratsiya agentligining zimmasiga yuklatiladi.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
100-modda. Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnatga oid va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek ularga moddiy yordam koʻrsatish;
mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatish, basharti ushbu xizmatlar qiymatini ularning oʻz mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda;
mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mayib boʻlgan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish;
avval uyushgan holda tanlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonunchiligini buzganligi uchun chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, toʻlangan mablagʻlar oʻrnini keyinchalik mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek chet ellik ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga subsidiyalar berish;
fuqarolarni (yoshlarni) chet tillarga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlari faoliyatini tashkil etish va faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek malakali chet el pedagog kadrlarini mahalliy taʼlim tashkilotlariga jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga tayyorlash va chet tillarga oʻqitish, shuningdek ularning malakasini baholash;
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash doirasida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, shuningdek xorijga ketishga yoʻl chiptasini xarid qilish uchun kompensatsiya toʻlash;
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash doirasida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarining oʻrnini qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
Migratsiya agentligining chet eldagi vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ish bilan taʼminlanganlik holatini ular ishga joylashgan joylarga borgan holda monitoring qilib borish;
Migratsiya agentligi xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish va uning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan telefon orqali qoʻngʻiroqlarni qabul qilish markazi faoliyatini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
mehnat migrantlari uchun vaqtincha boʻlib turgan mamlakatlari va u yerdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish hamda pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan bogʻlanish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish va uni kelgusida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va mamlakatimiz hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi Yagona idoralararo elektron maʼlumotlar bazasini yaratish hamda uni kelgusida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
uyushgan holda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga oʻn million soʻmgacha mikrokreditlar ajratish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining va kasbiy koʻnikmalar markazlarining ellik nafar chet tili fani oʻqituvchisiga ellik million soʻmdan subsidiya berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning har bir yoʻnalishiga doir xarajatlarning limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(100-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
16-bob. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyati
101-modda. Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatiga doir huquqlari
Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish, mustaqil tarzda ish qidirish va ishga joylashish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
102-modda. Migratsiya agentligi tomonidan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar
(102-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Migratsiya agentligi fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish uchun quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga doir faoliyatni amalga oshiradi:
(102-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga temir yoʻl chiptalarini, aviachiptalarni sotib olishda va boshqa transport-logistika masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashish uchun zarur hujjatlar toʻplamini rasmiylashtirishda koʻmaklashish, shu jumladan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularga chet tillarni, ishlab chiqarishlardagi xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini oʻrgatish;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning talabnomalariga koʻra Migratsiya agentligi vakolatxonalarining ish jarayonida foydalanilmayotgan transport vositalarini jalb etish orqali transport xizmatlari koʻrsatish;
(102-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va chet ellik fuqarolarni mehmonxona sektorida joylashtirish yuzasidan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish.
103-modda. Yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning kasbiy bilimini tasdiqlash boʻyicha faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar:
(103-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Migratsiya agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish;
(103-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarning kasbiy bilimini, shu jumladan kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash boʻyicha faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan akkreditatsiya asosida amalga oshirishga haqlidir.
(103-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
104-modda. Fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish
Fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish (bundan buyon matnda uyushgan holda ishga qabul qilish deb yuritiladi) chet ellik ish beruvchilarning va (yoki) ular vakolat bergan, chet ellik xodimlarni ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi chet el tashkilotlarining talabnomalariga binoan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida uyushgan holda ishga joylashtirishni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmuidir.
Uyushgan holda ishga qabul qilish vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida fuqarolar bandligining boshqa shakllariga nisbatan ustuvor shaklidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Uyushgan holda ishga qabul qilish Migratsiya agentligi, shuningdek fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish uchun yuborish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega boʻlgan xususiy bandlik agentliklari (bundan buyon matnda yuboruvchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(104-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Yuboruvchi tashkilot fuqarolarni tanlashni amalga oshiradi hamda ularning oʻquv-tayyorgarlik, moslashtirish tadbirlaridan dastlabki tarzda oʻtkazilishini, shu jumladan:
chet ellik ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasi, yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishtirilishini;
fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini;
chiqish vizasini olish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishida koʻmaklashishni;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli chet tilini, ishga joylashtiriladigan davlatning anʼanalari va qonunchilikni oʻrganish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmni profilaktika qilish, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha qisqa muddatli kurslar amalga oshirilishini;
(104-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qilish jarayoni tashkil etilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Migratsiya agentligi tomonidan Xorijdagi ish beruvchilar reyestri yuritilib, u Migratsiya agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(104-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlar, mehnatga haq toʻlash shartlari borasidagi kelishib olingan talablar chet ellik ish beruvchi tomonidan taʼminlanmagan, ish beruvchi mehnat migrantini ishga joylashtirishni rad etgan taqdirda, yuboruvchi tashkilot fuqarolarning ijtimoiy va maishiy sharoitlarini, mehnatga haq toʻlash shartlarini yaxshilash, uni boshqa chet ellik ish beruvchiga ishga joylashtirish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishni taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning xususiy bandlik agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishi taʼminlanmagan taqdirda, Migratsiya agentligi fuqarolarning mazkur xususiy bandlik agentligining tijorat banklari depozitiga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi.
(104-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
105-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishga joylashtiriladigan davlatda himoya qilish:
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Migratsiya agentligi;
(105-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
yuboruvchi tashkilotlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida hamda fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
106-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganidan soʻng qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish
Mehnat organlari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganidan soʻng qaytgan fuqarolarni ular Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olgan kasbiy malaka va bilimlarni hisobga olgan holda, ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan xizmatlarni ularga koʻrsatish orqali ishga joylashtirishga koʻmaklashadi.
17-bob. Chet ellik fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati
107-modda. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet ellik fuqaro ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi hududida yollanib ishlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan beriladi.
(107-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
108-modda. Mehnat organlarining xorijiy ishchi kuchi jalb etilishini tartibga solish va qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha vakolatlari
(108-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnat organlari Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etish monitoringini tarmoqlar va hududlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.
Ushbu Qonun talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda tekshirish Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mehnat inspeksiyasi hamda uning hududiy boʻlinmalari quyidagilarni:
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar shartlariga, shuningdek mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholi bandligi, ish beruvchining fuqarolik majburiyatini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini;
(108-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chet ellik fuqarolarning kasbiy-malakaviy mansubligi tekshiruvini oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasi bilan birgalikda har chorakda yuqori malakali va malakali mutaxassislarning daromadlaridan toʻlangan soliqlar summalarini tekshirish amalga oshiriladi.
(108-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchilar va (yoki) chet ellik fuqarolar tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning shartlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi buzilganligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida mehnat organlari tomonidan tegishli koʻrsatmalar yuboriladi.
(108-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Koʻrsatmalarda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishning ularni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib muddatlari koʻrsatilishi kerak.
Aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining ish beruvchilarga va (yoki) chet ellik fuqarolarga berilgan koʻrsatmalarida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilishi tugatiladi.
109-modda. Yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashtirishning alohida tartibi
Quyidagi chet ellik fuqarolar yuqori malakali mutaxassislar deb eʼtirof etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar reytingida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida birinchi 1 000 oʻrinni egallovchi oliy taʼlim muassasalarini bitirganlar;
(109-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
talab qilingan mutaxassislik yoxud diplomidagi mutaxassislik boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlganlar;
Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb etish shartlarida yiliga oltmish ming AQSH dollari ekvivalentidagi summadan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi (mukofot puli) olishi nazarda tutilganlar.
Quyidagi chet ellik fuqarolar malakali mutaxassislar deb eʼtirof etiladi:
oliy maʼlumotga ega boʻlganlar;
talab qilingan mutaxassislik yoxud diplomidagi mutaxassislik boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlganlar;
Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb etish shartlarida yiliga oʻttiz ming AQSH dollari ekvivalentidagi summadan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi (mukofot puli) olishi nazarda tutilganlar.
110-modda. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish tartibi oʻziga nisbatan tatbiq etilmaydigan chet ellik fuqarolar
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish tartibi quyidagi chet ellik fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlariga, shuningdek diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan lavozimga tayinlanadiganlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining iltimosnomalariga koʻra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha muddatga jalb etiladigan mutaxassislarga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yoki tashkil etilayotgan xorijiy yoki qoʻshma korxonalar taʼsischilari boʻlgan, uch oygacha muddatga keladigan fuqarolarga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalariga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ilm-fan va madaniyat arboblariga;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlari doirasida taʼtil vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalari vakillariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlariga;
Prezident maktablariga, shuningdek oliy taʼlim muassasalariga ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqacha tartibi belgilangan shaxslarga.
111-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarni berish tartibi
Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani olish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat qiladi. Ish beruvchi tasdiqnomani elektron shaklda olish uchun YIDXP yoki onlayn-maydonchada roʻyxatdan oʻtadi.
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summalari soliq solish obyekti boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsan kelib murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan paytdan eʼtiboran bir soat ichida arizani Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli hududiy mehnat organiga yuboradi.
(111-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli hududiy mehnat organiga yuboriladi.
(111-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida hududiy mehnat organi:
chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligini ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligini hisobga olgan holda oʻrganadi;
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani elektron shaklda yuboradi.
(111-modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(111-modda yettinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning soni va mutaxassisliklari (lavozimlari) ish beruvchining ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiqligini oʻrganadi;
davlat xizmatlari markazlariga (shaxsan kelib murojaat qilinganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yigʻim miqdorini koʻrsatgan holda yuboradi.
Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun kuyidagi miqdorlardagi yigʻim toʻlovini besh ish kuni ichida amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek Prezident maktablariga va oliy taʼlim tashkilotlariga ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar hamda mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
(111-modda sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
malakali mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
vatandoshlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
boshqa chet ellik fuqarolar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma rasmiylashtirilgan kunda uni Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat qilinganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali yuboradi. Davlat xizmatlari markazi tasdiqnoma kelib tushgandan keyin bir soat ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma kelib tushgandan keyin bir soat ichida tasdiqnomani unga oʻz muhrini qoʻygan holda ish beruvchiga yuboradi.
(111-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
arizada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
tegishli hududiy mehnat organining chet ellik fuqarolarni jalb etish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjudligi;
jalb etilayotgan chet ellik fuqarolar soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) ish beruvchilarning ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiq emasligi;
jalb etilayotgan chet ellik fuqarolar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar olmagan holda mehnat shartnomasi boʻyicha ishga qabul qilinganligi faktining mavjudligi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berishni boshqa sabablarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
112-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishini tugatish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
chet ellik fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
chet ellik fuqaro bilan ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda;
yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchi tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan yangi yuzaga kelgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlgan taqdirda, uning oʻzgartirilishi, shuningdek qoʻshib yuborilishi mustasno;
ish beruvchi jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining chet ellik fuqarolarga berilgan koʻrsatmalarida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlar sud belgilagan muddatda chet ellik fuqarolar tomonidan bartaraf etilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
(112-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganidan soʻng yuqori malakali va malakali mutaxassislar oʻttiz ish kuni ichida yangi ish beruvchini topishga haqli. Ushbu davrda ularga avval berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar yigirma ish kuni oldin murojaat qiladi.
113-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilish muddati
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar uchun mehnat shartnomalarining amal qilish muddatiga, biroq koʻpi bilan uch yilga, cheksiz miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda koʻpi bilan uch yilga beriladi. Bunda yuqori malakali va malakali mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrindoshlik asosida ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olmagan holda oʻrindoshlik asosida ishlash huquqiga ega.
Boshqa chet ellik fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga, biroq koʻpi bilan bir yilga, cheksiz miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda koʻpi bilan bir yilga beriladi.
18-bob. Mehnat bozori va aholi bandligi infratuzilmasini rivojlantirishga doir axborot texnologiyalari
114-modda. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish
Mehnat bozori va aholi bandligi infratuzilmasini rivojlantirishga doir axborot texnologiyalari bandlikni tartibga solish sohasida vaqt, mehnat, quvvat hamda moddiy resurslar sarflanishini kamaytirish uchun axborot jarayonini samarali tashkil etishga doir maʼlumotlarni toʻplash, ularga ishlov berish va ularni uzatish vositalari hamda uslublarining majmuidir.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi quyidagilarni taʼminlaydi:
ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish tartib-taomillarini elektron roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirishni;
ish beruvchilarning tuzilmasi (shtat jadvali), shu jumladan mavjud va tashkil etiladigan ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq toʻlash shartlariga doir axborot toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirishni;
fuqarolarning elektron mehnat daftarchasida xodimlarning mehnat stajini hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan toʻlangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasi hisobvaraqlariga toʻlovlar haqidagi axborotga asoslangan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritishni;
aholi bandligi sohasida davlat siyosati olib borilishini muvofiqlashtirishni va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori koʻrsatkichlarining holati va surʼatlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etishni;
xodimlar hamda ishchilarning son va sifat jihatidan tarkibi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlari haqida avtomatik rejimda tuzilgan, shuningdek ish beruvchilarning ishga joylashish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan malakaviy va boshqa talablari toʻgʻrisidagi xolis, shaffof hamda dolzarb axborotni shakllantirishni;
mehnat resurslarining, shu bilan birga mehnat resurslarining toifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladigan balansini shakllantirishni;
mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasining, ishga joylashtirish dasturlari amalga oshirilishining oʻtkaziladigan tekshiruvlari, ish oʻrinlari attestatsiyasi, shuningdek Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga tegishli maʼlumotlar (axborot) toʻliq joylashtirilishini ekspertizadan oʻtkazish natijalari monitoringini yuritishni;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati, uyushgan mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi kelishuvga asosan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini yaratishni;
mehnat bozorining, ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifning rivojlanish prognozlarini shakllantirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan axborot resurslarini uygʻunlashtirishni.
(114-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(114-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
115-modda. Mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish
Har bir xodimning mehnat staji (shu jumladan lavozim mavqeyi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat taʼtillarida boʻlgan vaqt va uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan boshqa davrlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga taqdim etiladi.
Fuqarolarga mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat interaktiv xizmati YAIDPX orqali taqdim etiladi.
116-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-taʼminot kompleksida foydalaniladigan shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
19-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
117-modda. Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(117-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
118-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi bandligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(118-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
119-modda. Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
120-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Oldingi tahrirga qarang.
(120-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 175-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 511-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 176-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 854-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 238-modda);
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1086-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 161-modda) I boʻlimining 1-bandi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 70-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) IX boʻlimi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 616-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda);
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 617-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 98-modda);
8) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) II boʻlimi;
9) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 772-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) III boʻlimi;
10) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) II boʻlimi;
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 82-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) IV boʻlimi;
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 220-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 89-modda) II boʻlimi;
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 21-iyunda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-36-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda) 1-moddasi;
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-238-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda) 1-moddasi;
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-355-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 2-moddasi;
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 2-moddasi;
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-416-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 4-moddasi;
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 3-moddasi;
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyulda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-486-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda) 1-moddasi;
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-501-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda) 30-moddasining 1-bandi;
21) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-522-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 4-moddasi;
22) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-536-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 261-modda) 1-moddasi;
23) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-564-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 589-modda) 2-moddasi;
24) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-586-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 2-moddasi.
121-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
(121-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
122-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(122-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
(122-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-967-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son)
123-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-oktabr,
OʻRQ-642-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 02.10.2024-y., 03/24/967/0766-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son; 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son; 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son; 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)