Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son, “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-son farmonlarini bajarish yuzasidan hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek qishloqda bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
2. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yilda 4-ilovaga* muvofiq qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi.
*4-ilova berilmaydi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda:
mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda har bir viloyat va tuman uchun 2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqsinlar, qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor bersinlar;
mahalliy xususiyatlardan va mehnat resurslari mavjudligidan kelib chiqqan holda, mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan parametrlarga muvofiq qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishning doimiy monitoringini olib borsinlar.
4. Quyidagilar:
Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi 6-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma 9-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga namunaviy shartnoma 11-ilovaga muvofiq;
Xizmatlar koʻrsatishga (ishlarni bajarishga) namunaviy shartnoma 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi hamda Qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturining bajarilishini nazorat qilish Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasiga yuklansin.
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) amaliy monitoring oʻrnatsin va koʻrsatib oʻtilgan dasturlarning bajarilishini har chorakda oʻz majlislarida koʻrib borsin, zaruriyat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga dasturiy chora-tadbirlar va qoidalarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratilgan aniq takliflar kiritsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini televideniyeda va ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha maxsus eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-oktabr,
476-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-oktabrdagi
476-son qaroriga
6-ILOVA
Fermer xoʻjaligining
Namunaviy ustavi
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fermer xoʻjaligi oʻziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga koʻra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2. Fermer xoʻjaligi tuman (shahar) hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda boʻlmagan huquq va majburiyatlarga ega boʻlish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻlish huquqini oladi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Fermer xoʻjaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xoʻjaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishni taʼminlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlash yuzasidan majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 465 –– 467-moddalari.
Fermer xoʻjaligi rahbari fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
4. Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fermer xoʻjaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ustavda:
fermer xoʻjaligining nomi;
fermer xoʻjaligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
fermer xoʻjaligi joylashgan joy va uning pochta manzili;
fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
ustav fondining miqdori koʻrsatilishi kerak.
Fermer xoʻjaligining ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
6. Fermer xoʻjaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin hamda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
II. Fermer xoʻjaligining maqsadi, vazifalari va faoliyati
7. Tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yoʻli bilan daromad (foyda) olish, oʻzining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xoʻjaligining maqsadi hisoblanadi.
8. Fermer xoʻjaligining vazifalari quyidagilardan iborat:
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;
mustaqil ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar koʻrsatish;
veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish.
9. Fermer xoʻjaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan oʻz savdo shoxobchalari orqali sotish;
tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
III. Fermer xoʻjaligining huquq va majburiyatlari
10. Fermer xoʻjaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega boʻladi. Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biri boʻlib, tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xoʻjaligi xoʻjalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Fermer xoʻjaligi:
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlangan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan oʻz xohishiga koʻra isteʼmolchilarga sotish huquqiga ega boʻlish;
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xoʻjaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar koʻrsatishga shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak boʻlgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi oʻzining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablagʻlarini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini garovga qoʻyish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni taʼmirlash;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Fermer xoʻjaligi:
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni taʼminlashga;
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishga;
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;
paxta va boshoqli ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishga;
ushbu fermer xoʻjaligi aʼzo hisoblangan Suv isteʼmolchilari uyushmasi balansidagi sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi polosalar, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
yer uchastkasini ogʻirlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini taʼminlashga;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlashga;
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, oʻz xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni taʼminlashga majburdir.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(11, 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
IV. Fermer xoʻjaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ustavda fermer xoʻjaligining pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil boʻlishi mumkin boʻlgan ustav fondi miqdori koʻrsatiladi. Bunda fermer xoʻjaligining ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari majburiy tartibda kiritiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Agar fermer xoʻjaligi rahbari fermer xoʻjaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xoʻjaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.
Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish fermer xoʻjaligi rahbarining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
14. Fermer xoʻjaligi:
oʻziga qarashli xoʻjalik imoratlari, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xoʻjaligi balansida boʻlgan boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul mablagʻlari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
16. Fermer xoʻjaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
V. Fermer xoʻjaligini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
17. Fermer xoʻjaligining muassisi — fermer uning boshligʻi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, tegishli malakaga yoki qishloq xoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
18. Fermer xoʻjaligining rahbari:
fermer xoʻjaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi;
fermer xoʻjaligi faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ish koʻradi;
ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek fermer xoʻjaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
fermer xoʻjaligi xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
daromadni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi;
xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi toʻlanishini taʼminlaydi, mehnatga haq toʻlash miqdorini va moddiy ragʻbatlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasi.
fermer xoʻjaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Fermer xoʻjaligida yerdan va suv isteʼmoli
(VI boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Yer uchastkasining ijara muddati tamom boʻlgandan keyin fermer xoʻjaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini choʻzish) huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida oʻz oilasi aʼzolaridan biriga berishi mumkin”;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Fermer xoʻjaligi rahbari vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini choʻzish) huquqi qonun hujjatlariga muvofiq meros boʻyicha oʻtadi.
20. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Yer uchastkalarining oʻlchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritilgandan keyingina oʻzgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
22. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
23. Fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻrniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi, bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
24. Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
25. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq yagona yer soligʻi tariqasida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Fermer xoʻjaliklarining suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
27. Yer resurslarini, fermer xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga haq toʻlash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
VII. Fermer xoʻjaligida mehnat
28. Fermer xoʻjaligining faoliyati fermerning va mehnat shartnomasi boʻyicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
29. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida toʻlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
31. Fermer xoʻjaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qoʻshiladi.
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
VIII. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
32. Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob raqamidan mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
33. Qishloq xoʻjaligi ekinlari, shu jumladan paxta va gʻalla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xoʻjaligining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
34. Fermer xoʻjaliklari elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar yetkazib beruvchilar va fermer xoʻjaliklariga xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
35. Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan, elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xoʻjaligining ixtiyoriga oʻtadi.
Fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
X. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
36. Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida qoʻshilish, shu jumladan ulush (pay) asosida qoʻshilish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xoʻjaligining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiy hisoblanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 652-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2018-y., 09/18/652/1702-son)
XI. Fermer xoʻjaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish
37. Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Fermer xoʻjaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat koʻrsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli boʻlmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.
XII. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish
38. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 31 –– 33-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq elektron tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganda;
moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
fermer xoʻjaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etib, xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxoʻr boʻlmasa;
fermer xoʻjaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda, bundan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan fermer xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilgan hollar mustasno.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Fermer xoʻjaligi:
fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga binoan;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan;
moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi.
Fermer xoʻjaligini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-oktabrdagi
476-son qaroriga
9-ILOVA
Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash toʻgʻrisida
NAMUNAVIY SHARTNOMA

_______________ tumani‎

‎‎-son

200 ___ yil ________‎

__________________
‎(nomi)

fermer xoʻjaligi Ustav asosida faoliyat koʻrsatuvchi, ‎‎keyingi oʻrinlarda

“Ish beruvchi” deb yuritiladigan____________ orqali bir tomondan va keyingi oʻrinlarda‎
‎(F.I.O.)

“Xodim” deb yuritiladigan fuqaro‎‎ _________________ ikkinchi tomondan ushbu shartnomani ‎‎
‎‎(F.I.O.)

quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:‎‎

1. Xodim ___________

‎‎mutaxassisligi boʻyicha

___________________
(razryad koʻrsatiladi)‎

lozimiga qabul qilinadi. ‎

2. Shartnoma‎ ________________________________________________
‎(asosiy ish boʻyicha, oʻrindoshlik boʻyicha)

hisoblanadi.‎

3. Shartnoma muddati‎

‎‎‎_______________________________________________________
‎(muayyan muddatga, belgilanmagan muddatga) ‎

4. Shartnoma boʻyicha ishning boshlanishi‎‎ _________________________________________
‎(yil, kun, oy)

5. Xodimning majburiyatlari:
a) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xoʻjalik Ustavi talablariga, mehnat intizomiga rioya qilish, mehnat majburiyatlarini bajarish;
b) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
6. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) mehnatni tashkil etish va Xodimning mehnatini muhofaza qilish, uni texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat majburiyatlari, jamoa shartnomasi (u qabul qilingan boʻlsa) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) ish haqini belgilangan muddatlarda toʻlash;
v) Xodimni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq zarur inventarlar va boshqa muhofaza vositalari bilan taʼminlash;
g) Xodimning mehnat daftarchasini belgilangan tartibda yuritish;
d) qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
7. Ish tartibi:
ish vaqti tartibini fermer xoʻjaligi boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13-bobi (“Ish vaqti”).
Bunda bir yildagi ish vaqti jami hisoblangan ish vaqtidan, har kungi ishning davom etishi esa 12 soatdan oshishi mumkin emas.
8. Mehnatga haq toʻlash:

a) tomonlar belgilagan ish hajmi bajarilgan taqdirda Xodimga har oy

‎ uchun _____________________________ miqdorida mehnat ‎‎haqi belgilanadi;‎‎
(aniq summa koʻrsatiladi)
b) ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolishlar sababli Xodim uning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin. Bunda mehnatga haq toʻlash bajarilgan ishlar boʻyicha, lekin Xodimning ilgarigi ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi;
v) Ish beruvchi huquqlar va moliyaviy imkoniyatlar doirasida quyidagi qoʻshimcha toʻlovlarni (ustamalar, mukofotlar, ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlarni) belgilaydi:

________________________________________________________
‎________________________________________________________
(qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlarning nomi va miqdori)

g) Xodim bilan kelishuvga koʻra mehnatga haq toʻlash ham pul, ham natura tarzida amalga oshirilishi mumkin.
9. Xodimga har yilgi asosiy mehnat taʼtili ____ ish kuni (kamida 15 ish kuni) miqdorida va ____ish kuni miqdorida qoʻshimcha mehnat taʼtili belgilanadi.
10. Xodimga nisbatan davlat ijtimoiy sugʻurtasi qoʻllanadi.
11. Ish beruvchi mehnat intizomi va ushbu Shartnoma shartlari buzilganligi uchun Xodimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida koʻrsatilgan intizomiy tanbeh choralarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi talablarini bajargan holda qoʻllash huquqiga egadir.

‎‎Tomonlarning manzillari va imzolari:

Xodim

Ish beruvchi

Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-oktabrdagi
476-son qaroriga
11-ILOVA
Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga
NAMUNAVIY SHARTNOMA*
Oldingi tahrirga qarang.
* Moddiy-texnika resurslarining aniq turiga shartnoma namunasi manfaatdor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)

____________________________
‎(shartnoma tuzilgan joy)‎

№ ________________________‎

200___y. “ _____ ” ________________‎

_____________________________‎___________________ asosida ish koʻruvchi,
‎(fermer xoʻjaligi ustavi)‎

keyinchalik “Xoʻjalik” deb yuritiluvchi ‎________________________________
‎(fermer xoʻjaligi nomi)

nomidan fermer xoʻjaligi boshligʻi ‎___________________________________‎
‎(F.I.O.)

bir tomondan, va ‎___________________________________‎‎asosida ish koʻruvchi,
‎(ustav, qaror, ishonchnoma)‎

keyinchalik “Yetkazib beruvchi” deb ‎yuritiluvchi ___________________________
‎(korxona, tashkilot nomi)

nomidan ish koʻruvchi ‎_________________________________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)‎

‎‎ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

I. Shartnoma mavzusi
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka ____________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda – “Moddiy-texnika resurslari” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xoʻjalik” esa ularni qabul qilish va qiymatini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
“Moddiy-texnika resurslari”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:
“Yetkazib beruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;
“Moddiy-texnika resurslari” “Xoʻjalik”ning hisobiga transportda tashilganda “Yetkazib beruvchi”dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Yetkazib beruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat, assortimentdagi “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishini talab qilish;
zarur sifatga ega boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmagan taqdirda oʻz tanlashiga koʻra:
— zarur sifatga ega boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” shunga oʻxshash “Moddiy-texnika resurslari” bilan almashtirilishini;
— kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xoʻjalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplashni;
— bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Yetkazib beruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:
oʻz buyurtmanomasi boʻyicha yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Moddiy-texnika resurslari”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan narx boʻyicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab ___kun mobaynida haq toʻlash.
2.3. “Yetkazib beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oldindan haq toʻlanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xoʻjalikdan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.
2.4. “Yetkazib beruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xoʻjalik”ka “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;
agar “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish jarayonida “Yetkazib beruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Xoʻjalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni __ kun muddatda tekin tuzatib berish.
III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi

3.1. Mazkur shartnomaning bahosi ___________________ ‎soʻmni tashkil etadi.
‎(summa raqamlar va harflar bilan yoziladi)

Yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada koʻrsatilgan.‎
3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlarni “Yetkazib beruvchi” koʻtaradi.
Mahsulot “Xoʻjalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Yetkazib beruvchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham oʻz ichiga olgan holda amaldagi massa boʻyicha).
3.3. “Xoʻjalik” yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari” turkumi summasining _______ foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin ____ kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.

3.4. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun _______ yoʻli bilan ‎
‎(hisob-kitob shakli koʻrsatiladi)

naqd pulsiz tartibda hisob-kitob qilinadi.‎
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Moddiy-texnika resurslari” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana “Moddiy-texnika resurslari”ga haq toʻlash boʻyicha “Xoʻjalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xoʻjalik”ning roziligi bilan “Moddiy-texnika resurslari” muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va “Xoʻjalik” tomonidan qabul qilingan “Moddiy-texnika resurslari” uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak boʻlgan “Moddiy-texnika resurslari” hisobiga haq toʻlanadi va ular hisobiga oʻtkaziladi.
4.5. “Xoʻjalik” muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari”ning oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish “Xoʻjalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” bevosita “Xoʻjalik”ning masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” miqdori, ularning sifati koʻrsatiladi.
4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik”ning buyurtmanomasida koʻrsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada koʻrsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Yetkazib beruvchi” Xoʻjaliklarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berishning moʻljallanayotgan sanasigacha kamida 5 kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Yetkazib beruvchi”ning xodimi “Xoʻjalik”da qoladigan nusxaga sanani koʻrsatgan holda u qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
4.9. “Xoʻjalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini oʻzgartirishga haqlidir, bu haqda “Yetkazib beruvchi”ni buyurtmanomada koʻrsatilgan sana boshlanishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadval boʻyicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlaydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar oʻrtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
5.2. Yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari” sifati, miqdori “Yetkazib beruvchi” tomonidan notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Yetkazib beruvchi” yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi va hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari “Xoʻjalik”ka notoʻgʻri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.3. Agar yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
5.4. “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari yetkazib berilishi kerak boʻlgan “Moddiy-texnika resurslari”ning 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarimadan tashqari, “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmasligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.
5.5. “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmagan taqdirda “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.6. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmaganda “Xoʻjalik” “Yetkazib beruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bu kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
5.7. “Xoʻjalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xoʻjalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Yetkazib beruvchi”ning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.
“Yetkazib beruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Yetkazib beruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.
VI. Nizolarni hal etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
VII. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
(8.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8.4. Mazkur shartnoma, unga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) “Xoʻjalik” joylashgan joy boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
(8.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:
Oldingi tahrirga qarang.

“XOʻJALIK”‎

YETKAZIB BERUVCHI”‎

_____________________
‎_____________________

_________________________
‎_________________________‎

Soliq toʻlovchining
‎ identifikatsiya raqami ‎

Soliq toʻlovchining
‎ identifikatsiya raqami‎

_____________________
‎_____________________
‎_____________________
M.Oʻ. Fermer xoʻjaligi boshligʻining imzosi, F.I.O.‎

_____________________
‎ ‎_____________________
‎‎_____________________‎
M.Oʻ. imzo, lavozimi, F.I.O‎

‎‎Tuman fermerlar kengashining fermer xoʻjaliklarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh mutaxassisi

____________________‎

_____________________‎

(F.I.O)‎ ‎

(imzo)‎

‎‎200_ yil “___” _______________da _______raqami bilan
‎tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida ‎
‎“ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI”

‎‎_______________________________________________
‎(M.Oʻ. imzo, lavozimi, F.I.O.‎)

Yuristning xulosasi:‎

‎‎______________________________________________
‎______________________________________________
‎______________________________________________
‎________ (imzo) _________________________ (F.I.O.)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
‎‎

‎‎‎‎200__ yildagi “___”__________dagi
‎ ____-son shartnomaga ilova

Mineral oʻgʻitlar yetkazib berish jadvali

‎‏

‎‎Mahsulot
‎ning nomi‏
‎‎‎

Davlat
‎standarti, Texnik ‎shartlar ‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Bahosi, Soʻm‎‏

Summa, soʻm ‎‏

Yetkazib berishning
yillik hajmi‎‏‎

‎‎Shu jumladan oylar boʻyicha

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

Yetkazib beruvchi ________________ ‎‎
‎(imzo, muhr)

Xoʻjalik ______________________‎‎
‎(imzo, muhr)

‎‎

‎‎‎‎200__ yildagi “___”__________dagi
‎ ____-son shartnomaga ilova

Neft mahsulotlari yetkazib berish jadvali

№‎‏

‎‎Mahsulot
‎ning nomi‏
‎‎‎

Davlat
‎standarti,
‎Texnik shartlar

Oʻlchov‎ birligi‎‏

Bahosi, ‎Soʻm‎‏

Summa, soʻm ‎‏

Yetkazib
‎berishning
‎yillik
‎ hajmi‎‏‎

‎‎Shu jumladan oylar boʻyicha

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

Yetkazib beruvchi_______________________ ‎‎
‎(imzo, muhr)

Xoʻjalik ______________________‎‎
‎(imzo, muhr)

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-oktabrdagi
476-son qaroriga
12-ILOVA
Xizmatlar koʻrsatishga (ishlarni bajarishga)
NAMUNAVIY SHARTNOMA.*
Oldingi tahrirga qarang.
* “Xizmat”larning aniq turiga shartnoma namunasi manfaatdor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)

____________________________
‎(shartnoma tuzilgan joy)‎

№ ________________________‎

200___y. “ _____ ” ________________‎

_____________________________‎___________________ asosida ish koʻruvchi,
‎(fermer xoʻjaligi ustavi)‎

keyinchalik “Xoʻjalik” deb yuritiluvchi ‎________________________________
‎(fermer xoʻjaligi nomi)

nomidan fermer xoʻjaligi boshligʻi ‎___________________________________‎
‎(F.I.O.)

bir tomondan, va ‎___________________________________ ‎‎asosida ish koʻruvchi,
‎(ustav, qaror, ishonchnoma)‎

keyinchalik “Yetkazib beruvchi” deb ‎yuritiluvchi ___________________________
‎(korxona, tashkilot nomi)

nomidan ish koʻruvchi ‎_________________________________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)‎

‎‎ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

I. Shartnoma mavzusi
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Bajaruvchi” “Xoʻjalik”ka __________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda – “Xizmatlar” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xoʻjalik” ushbu “Xizmatlar”ni qabul qilish va qiymatini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
“Xizmatlar”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek ularni koʻrsatish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:
“Bajaruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;
“Bajaruvchi”dan “Xizmatlar” “Xoʻjalik”ning hisobiga transportda tashilganda transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Bajaruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan koʻrsatilishini buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifatga ega boʻlgan “Xizmatlar” koʻrsatilishini talab qilish;
zarur sifatga ega boʻlmagan “Xizmatlar” koʻrsatilgan taqdirda oʻz tanlashiga koʻra:
— zarur sifatga ega boʻlmagan “Xizmatlar” shunga oʻxshash “Xizmatlar” bilan almashtirilishini;
— “Xizmatlar”ning kamchiliklari bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xoʻjalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplashni;
— bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Bajaruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:
oʻz buyurtmanomasi boʻyicha koʻrsatilgan “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Xizmatlar”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan narx boʻyicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab ___kun mobaynida haq toʻlash.
2.3. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
koʻrsatilgan “Xizmatlar” uchun oldindan haq toʻlanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini “Xoʻjalik”dan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq koʻrsatilgan “Xizmatlar”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.
2.4. “Bajaruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xoʻjalik”ka “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda koʻrsatish;
agar “Xizmatlar”ni koʻrsatish jarayonida “Bajaruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Xoʻjalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni __ kun muddatda tekin tuzatib berish.
III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi

3.1. Mazkur shartnomaning bahosi _______________________ soʻmni tashkil etadi.
‎(summa raqamlar va harflar bilan yoziladi)

Yetkazib beriladigan “Xizmatlar”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada koʻrsatilgan. ‎‎
3.2. “Xoʻjalik” koʻrsatiladigan “Xizmatlar” turkumi summasining _______ foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Koʻrsatilgan “Xizmatlar” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin ____ kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.

3.3. Koʻrsatilgan “Xizmatlar” uchun _______________ yoʻli bilan naqd pulsiz tartibda ‎
‎(hisob-kitob shakli koʻrsatiladi)

hisob-kitob qilinadi. ‎ ‎
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Xizmatlar” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana “Xizmatlar”ga haq toʻlash boʻyicha “Xoʻjalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xoʻjalik”ning roziligi bilan “Xizmatlar” muddatidan oldin koʻrsatilishi mumkin. “Xoʻjalik” tomonidan koʻrsatilgan va qabul qilingan “Xizmatlar” uchun keyingi davrlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan “Xizmatlar” hisobiga haq toʻlanadi va ular hisobiga oʻtkaziladi.
4.5. “Xoʻjalik” muddatlar buzilgan holda koʻrsatilgan “Xizmatlar”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Xizmatlar” koʻrsatilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi koʻrsatilmagan “Xizmatlar” oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va koʻrsatilmagan “Xizmatlar”ning oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday “Xizmatlar” “Xoʻjalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Koʻrsatilgan “Xizmatlar” bevosita “Xoʻjalik”ning masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada koʻrsatilgan “Xizmatlar” miqdori, ularning sifati koʻrsatiladi.
4.8. Shartnomada nazarda tutilgan “Xizmatlar” koʻrsatilishi mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik”ning buyurtmanomasi koʻrsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada koʻrsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Bajaruvchi” Xoʻjaliklarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Xizmatlar”ning tegishli qismlarini koʻrsatish moʻljallanayotgan sanasigacha kamida 5 kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Bajaruvchi”ning xodimi “Xoʻjalik”da qoladigan nusxaga sanani koʻrsatgan holda u qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
4.9. “Xoʻjalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Xizmatlar”ning tegishli qismlarini koʻrsatish sanasini oʻzgartirishga haqlidir, bu haqda “Bajaruvchi”ni buyurtmanomada koʻrsatilgan sana boshlanishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Koʻrsatilayotgan “Xizmatlar” sifati, miqdori “Bajaruvchi” tomonidan notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Bajaruvchi” koʻrsatilayotgan “Xizmatlar”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi, hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari xoʻjalikka notoʻgʻri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
5.2. Agar koʻrsatilgan “Xizmatlar”ning sifati, assortimenti, navlari standart, texnik shartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon koʻrsatilgan, sifati zarur darajada boʻlmagan “Xizmatlar” qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
5.3. “Xizmatlar” koʻrsatish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Bajaruvchi” “Xoʻjalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari koʻrsatilishi kerak boʻlgan “Xizmatlar”ning 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarimadan tashqari, “Bajaruvchi” “Xoʻjalik”ka “Xizmatlar” koʻrsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.
5.4. Xizmatlar koʻrsatish kechiktirilgan yoki toʻliq koʻrsatilmagan taqdirda “Bajaruvchi” “Xoʻjalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan “Xizmatlar” qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Xizmatlar” koʻrsatish muddati kechiktirilishi yoki toʻliq koʻrsatilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.5. Koʻrsatilgan “Xizmatlar” uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmaganda “Xoʻjalik” “Bajaruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bu kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
5.6. “Xoʻjalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xoʻjalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Bajaruvchi”ning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi
“Bajaruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Bajaruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.7. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.
VI. Nizolarni hal etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
VII. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
(8.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8.4. Mazkur shartnoma, unga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) “Xoʻjalik” joylashgan joy boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
(8.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:
Oldingi tahrirga qarang.

“XOʻJALIK”‎

Bajaruvchi”‎

_____________________
‎_____________________

_________________________
‎_________________________‎

Soliq toʻlovchining
‎ identifikatsiya raqami ‎

Soliq toʻlovchining
‎ identifikatsiya raqami ‎

_____________________
‎_____________________
‎_____________________
M.Oʻ. Fermer xoʻjaligi boshligʻining imzosi, F.I.O.‎

_____________________
‎ ‎_____________________
‎‎_____________________‎
M.Oʻ. imzo, lavozimi, F.I.O‎

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaxassisi ‎‎

‎_____________________

___________________‎

‎(F.I.O)‎

(imzo)‎

‎‎200_ yil “___” _______________da _______raqami bilan
‎tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida ‎
‎“ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI”

‎‎_______________________________________________
‎(M.Oʻ. imzo, lavozimi, F.I.O.‎)

Yuristning xulosasi:‎

‎‎______________________________________________
‎______________________________________________
‎______________________________________________
‎________ (imzo) _________________________ (F.I.O.)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
‎‎

‎‎‎‎200__ yildagi “___”__________dagi
‎ ____-son shartnomaga ilova

Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) jadvali

‎‏

‎‎Mahsulot
‎ning nomi‏
‎‎‎

Davlat ‎standarti, Texnik ‎shartlar ‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Bahosi, Soʻm‎‏

Summa, soʻm ‎‏

Yetkazib berishning
yillik hajmi‎‏

‎‎Shu jumladan oylar boʻyicha

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

Yetkazib beruvchi ____________________ ‎‎
‎(imzo, muhr)

Xoʻjalik ______________________‎‎
‎(imzo, muhr)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 200-modda; 2004-y., 33-son, 370-modda, 52-son, 521-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2016-y., 6-son, 57-modda; 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 01.06.2018-y., 09/18/403/1286-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 13.08.2018-y., 09/18/652/1702-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 25.08.2020-y., 09/20/501/1205-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)