Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON QOʻSHIQ BAYRAMI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi PF-1550-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi har yilgi respublika qoʻshiq bayramini oʻtkazishni tashkil etsinlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga joylarda qoʻshiq koʻrik-tanlovini tayyorlash va yuqori saviyada oʻtkazishni taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari va tegishli hokimlarning oʻrinbosarlari rahbarligida komissiyalar tuzish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi oʻzlariga qarashli tashkilotlarning saralash koʻrik-tanlovlarini mustaqil oʻtkazadilar. Sarf-xarajatlar ichki mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
6. “Mahalla”, “Navroʻz”, “Kamolot”, “Oltin meros”, “Amir Temur” jamgʻarmalarining respublika qoʻshiq bayramining alohida qatnashchilarini taqdirlash uchun oʻz maxsus sovrinlari va pul mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
7. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, gazetalar va jurnallar tahririyatlari qoʻshiq bayrami tadbirlarini keng yoritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrik-tanlov gʻoliblarini 3-ilovaga muvofiq mukofotlash, shuningdek reklama mahsulotlari, sovrinlar, diplomlar va nishonlar tayyorlash, koʻrik-tanlovni oʻtkazish xarajatlarini qoplash uchun har yili mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha koʻrik-tanlovlarni, bayramni tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shuningdek, respublika yakunlovchi tanlovi qatnashchilarining safar xarajatlari mahalliy budjet va homiylarning mablagʻlari hisobidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-noyabr,
403-son
Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami toʻgʻrisida
NIZOM
Bayramning maqsad va vazifalari:
Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bagʻri keng, mehridaryo xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprogʻini, mustaqillikni koʻz qorachigʻiday asrab avaylash, buning uchun kerak boʻlsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qoʻshiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat tugʻdirish maqsadida oʻtkaziladi.
Bayramni oʻtkazish shartlari:
Bayram doirasida har yili ikki bosqichda qoʻshiq koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi:
1-bosqich (saralash)
Koʻrik-tanlovning birinchi bosqichi respublika tashkiliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Koʻrik-tanlovda qatnashishga tuman tashkilotlari va alohida ijrochilarning tavsiya-buyurtmanomalari boʻyicha professional, havaskorlik badiiy jamoalari, ansambllar va yakka ijrochilar, shuningdek, bolalar bogʻchalari, maktablar, oliy oʻquv yurtlari, harbiy qismlarning jamoalari, xorijiy ijodiy jamoalar va yakka ijrochilar qoʻyiladilar.
Koʻrik-tanlov qatnashchilarining yoshi cheklanmaydi.
Koʻrik-tanlov qatnashchilarining hujjatlari tegishli tashkiliy qoʻmitalar tomonidan belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Qatnashchilarning koʻrik-tanlovga kelishlari bilan bogʻliq barcha xarajatlarni tavsiya etuvchi tashkilotlar toʻlaydilar.
Tanlov jamoatchilik ishtirokida bir tur doirasida oʻtkaziladi.
Qatnashchilarning chiqishlari tartibi qurʼa tashlash yoʻli bilan quyidagi janrlar yoʻnalishi boʻyicha belgilanadi:
— maqom ijrosi;
— xor ijrosi;
— akademik ijro;
— folklor ijrosi;
— vokal-cholgʻu ijrosi.
Koʻrik-tanlov qatnashchilarining ijro mahoratini baholash uchun tegishli tashkiliy qoʻmitalar yetakchi sanʼat va madaniyat xodimlaridan iborat hayʼat tashkil etadilar, hayʼat tarkibi har yili qayta tasdiqlanadi.
Qoʻshiq musiqasining oʻziga xosligi, matnning yangiligi, mazmundorligi, Vatanga muhabbat va istiqlolga sadoqat gʻoyalarini badiiy yuksak saviyada aks ettirishi baholashning asosiy mezoni hisoblanadi.
Hayʼat taqdim etilgan asarlarni 10 balli tizim boʻyicha baholaydi.
Hayʼat qatnashchilar erishgan natijalarga bogʻliq ravishda belgilangan mukofotlar soni doirasida mukofotlarni musiqa, matn mualliflari va ijrochilar oʻrtasida teng nisbatda taqsimlaydi.
Joylarda oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlardagi mukofotlar soni va miqdorini tashkiliy qoʻmitalar mustaqil belgilaydilar, biroq ular respublika mukofotlaridan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hayʼat koʻrik-tanlov shartlariga toʻla javob beradigan qoʻshiqlar taqdim etilmagan hollarda ayrim mukofotlarni bermaslik huquqiga egadir.
Hayʼatning qarori uzil-kesil hisoblanadi hamda qayta koʻrib chiqilmaydi.
Qatnashchilarning chiqishlari dasturi:
Koʻrik-tanlov qatnashchilari tashkiliy qoʻmitalarga istalgan janr yoʻnalishidagi, tanlovning mavzu shartlariga javob beradigan faqat yangi qoʻshiqlarni taqdim etishlari zarur Ayni vaqtda yangi qoʻshiqlarning matn materiali mumtoz shoirlarning sheʼriy materiallariga ham, zamonaviy oʻzbek shoirlarining sheʼriy materiallariga ham asoslanishi mumkin.
Qoʻshiq koʻrik-tanlovi tuman, shahar gʻoliblari (birinchi—uchinchi oʻrinlarni egallaganlar) viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻrik-tanlovida qatnashish uchun tavsiya etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻrik-tanlovi gʻoliblari (birinchi—uchinchi oʻrinlarni egallaganlar) respublika qoʻshiqlar koʻrik-tanlovining yakunlovchi bosqichida qatnashish uchun tavsiya etiladi.
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida saralash qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida saralash qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi oʻtkazish jadvalini tartibga solish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi oʻzlariga qarashli tashkilotlarning saralash koʻrik-tanlovlarini mustaqil oʻtkazadilar, qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi qatnashchilari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq gʻoliblarni respublika qoʻshiqlar koʻrik-tanloviga umumiy asoslarda tavsiya etadilar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga barcha professional musiqa jamoalari va Toshkent shahrida yashovchi alohida ijrochilarning saralash koʻrik-tanlovini mustaqil oʻtkazish huquqi beriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Koʻrik-tanlovning qolgan barcha qatnashchilari saralash koʻrik tanlovidan mazkur Nizom shartlariga muvofiq oʻtadilar.
2-bosqich
Koʻrik-tanlovning 2-bosqichi Toshkent shahrida, avgust oyining uchinchi haftasi mobaynida oʻtkaziladi.
Respublika qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi sovrindorlari va qatnashchilarining yakunlovchi konserti har yili qoʻshiq bayrami kunida, avgust oyining uchinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
Buyurtmalar berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalari gʻolib qoʻshiqlar va ijrochilarning qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi yakunlovchi turida qatnashishi haqidagi taqdimnomalarni joriy yilning 20-iyulidan kechikmay quyidagi manzilga yuborishlari zarur: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-uy, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, tanlovlar va festivallar boʻlimiga.
(“Buyurtmalar berish tartibi” boʻlimining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
— yoʻllovchi tomonning tavsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(“Buyurtmalar berish tartibi” boʻlimining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
— qoʻshiq matni va nota materiali (klavir yoki partitura).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan kelgan qatnashuvchilarning Toshkent shahrida boʻlishlari bilan bogʻliq barcha xarajatlarni (har ikki tomonga borib-kelish kira haqi, mehmonxonada yashash, ovqatlanish, transport xarajatlari) tavsiya etuvchi tashkilotlar toʻlaydilar.
Gʻolib qoʻshiqlarni tanlovda eshitib koʻrish jamoat oldida oʻtkaziladi.
Qatnashchilarning chiqishlari tartibi qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Barcha qatnashchilar mualliflik huquqlariga rioya qilish, qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi toʻgʻrisidagi Nizomni bajarish toʻgʻrisidagi Bitimni imzolaydilar.
Chiqishlarni baholash uchun tashkiliy qoʻmita hayʼat tuzadi, uning tarkibiga Oʻzbekistonning yetakchi madaniyat va sanʼat arboblari kiradi.
Hayʼat tarkibi har yili yangilanib turadi
Mukofotlar
Respublika qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi gʻoliblari uchun quyidagi mukofotlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
| birinchi oʻrin uchun | — bazaviy hisoblash miqdorining 110 baravari miqdorida; |
| ikkinchi oʻrin uchun (uchta) | — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravari miqdorida; |
| uchinchi oʻrin uchun (uchta) | — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida; |
| ragʻbatlantiruvchi mukofotlar (uchta) | — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida |
(“Mukofotlar” boʻlimining ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hayʼat qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi qatnashchilariga Faxriy yorliqlar berish huquqiga egadir.
Davlat va jamoat tashkilotlari, turli jamgʻarmalar va hokazolar tanlov qatnashchilari uchun maxsus sovrinlar taʼsis etishlari mumkin, ular hayʼatning qaroriga koʻra topshiriladi.
Respublika qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi tashkiliy qoʻmitasi tanlov tamom boʻlgandan keyin tanlov sovrindorlari va ishtirokchilarining xayriya konsertlarini oʻtkazadi.
Tashkilotchilarning huquqlari
Respublika qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi quyidagi huquqlarni oʻzida qoldiradi:
1. Eshittirishga yoki eshittirish uchun boshqa tashkilotlarga joylashtirishga boʻlgan eksklyuziv huquqlar.
2. Audio va video mahsulotlar barcha turlarini (SD, kassetalar, filmlar, video-kassetalar) ishlab chiqarish va tarqatishga boʻlgan eksklyuziv huquqlar.
3. Tashkiliy qoʻmita nomiga reklama maqsadlari uchun yuboriladigan ayrim materiallardan foydalanishga eksklyuziv boʻlmagan huquq.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami Respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblarining mukofotlari
|
Mukofotlar |
Soni |
Miqdori (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan, baravar) |
|
|
Birinchi oʻrin |
1 |
110 |
|
|
Ikkinchi oʻrin |
3 |
80 |
|
|
Uchinchi oʻrin |
3 |
50 |
|
|
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin |
3 |
25 |
|
|
Jami |
10 |
|
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)