Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi bir oy muddatda quyidagilarni taʼminlasin:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash;
markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning Qoʻmitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish;
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari nizomlarini tasdiqlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
29-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi), uning tarkibiy boʻlinmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.
2. Davlat ekologiya qoʻmitasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi va hisobot beradi.
4. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutasidagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
7. Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, qisqartmasi — Davlat ekologiya qoʻmitasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayushey sredi, qisqartmasi — Goskomekologii;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The State Committee of the Republic of Uzbekistan for Ecology and Environment Protection, qisqartmasi — Committee for Ecology of the Republic of Uzbekistan.
8. Davlat ekologiya qoʻmitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7a-uy.
2-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasining tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar) boʻlimlari;
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi;
Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning filiallari;
Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazlari va ularning filiallari;
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti;
“Eko-energiya” ilmiy tatbiq etish markazi”;
Hisor davlat qoʻriqxonasi;
Zomin davlat qoʻriqxonasi;
Surxon davlat qoʻriqxonasi;
Nurota davlat qoʻriqxonasi;
Qizilqum davlat qoʻriqxonasi;
“Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi;
Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi;
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi;
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi;
Xorazm milliy tabiat bogʻi;
“Zarafshon” milliy tabiat bogʻi;
“Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻi;
“Borsa-kelmas” davlat buyurtma qoʻriqxonasi;
“Sayxun” davlat buyurtma qoʻriqxonasi;
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi;
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;
“Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigi;
Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va uning hududiy filiallari;
(9-band yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” DUK, ularning tuman (shahar)lardagi filiallari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
3-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
§ 1. Davlat ekologiya qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat ekologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;
atmosfera havosi, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targʻibot va taʼlim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish;
atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
(11-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-maydagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
hayvonot va oʻsimlik dunyosidan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, atmosfera havosi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion texnologiyalarni hamma yerda va keng miqyosda joriy etishni ragʻbatlantirish, shuningdek, aholining ekologik xavfsizligini taʼminlaydigan xoʻjalik faoliyatining atrof muhitga noxush taʼsirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
atrof muhitning holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlaydi;
atrof muhitga taʼsir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshoatlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilishlar uchun yer ajratishga doir materiallarni kelishishda qatnashadi;
davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik taʼminlash, standartlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta koʻrib chiqishni amalga oshiradi;
tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish boʻyicha ishlarni olib boradi;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik jihatdan taʼminlash borasida ish olib boradi, atrof muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi.
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash sohasida:
(11-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;
qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhitning holati va uni sogʻlomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
“Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi toʻplash shoxobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
chiqindilarni yigʻish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarning ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish sohasida:
(11-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi boʻyicha davlat nazoratini taʼminlaydi;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda yordam koʻrsatadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;
chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazorati sohasida:
(11-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
1) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
2) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chogʻida atrof muhitni ifloslanishdan, bulgʻanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻgʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash chogʻida atrof muhitni muhofaza qilish;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni ragʻbatlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan meʼyorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulgʻanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirgʻoq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa taʼsirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini taʼminlash;
3) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda ifloslangan va boshqa zararli taʼsirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi yagona respublika maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
4) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;
5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
6) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; texnikalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;
7) belgilangan tartibda:
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalarni;
(11-band “g” kichik bandi “7” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini;
oʻz vakolatlari doirasida xavfli yuklar tranzitiga xulosalarni;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga xulosalarni;
zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni beradi va hisobini yuritadi;
8) yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:
(11-bandning “e” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun har yilgi kvotalarni tasdiqlaydi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining nashr etilishini taʼminlaydi;
(11-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof muhitga koʻrsatadigan zararli taʼsirlarining (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;
(11-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli taʼsirlarning (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
(11-band “e” kichik bandining yetinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlari yuritilishini amalga oshiradi;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining atrof muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atrof muhit monitoringining maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit davlat monitoringi dasturini ishlab chiqadi va tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
j) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targʻibot va taʼlim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish sohasida:
(11-bandning “j” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va taʼlim tizimini tashkil etadi hamda rivojlantiradi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targʻib qilish ishlarining olib borilishini taʼminlaydi;
maxsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlaydi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ijtimoiy sheriklikni kengaytiradi, atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va koʻmaklashadi;
ekologik nazorat sohasida boshqa maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maxsus tayyorlashni tashkil etadi;
(11-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
z) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktika oʻtkazish sohasida:
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ushbu huquqbuzarliklarni aniqlaydi, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir boʻlish sabablarini bartaraf etadi;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi va ushbu maʼlumotlar tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
i) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini sohasida;
(11-bandning “i” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda respublikaning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yoʻlida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga koʻmaklashadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar berishda hamkorlik koʻrsatadi;
keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida aholi, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati institutlarini keng xabardor qilib boradi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
§ 2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining vazifalar va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
2) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash va muvofiqlashtirish;
3) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash boʻyicha choralarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
4) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;
5) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini tashkil etish;
6) oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
7) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targʻibot va taʼlim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish;
8) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish;
9) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash;
10) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
13. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
5) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining huquqiy taʼminotini amalga oshiradi;
6) Davlat ekologiya qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
7) hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
8) atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
9) resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion texnologiyalarni hamma yerda keng miqyosda joriy etishni ragʻbatlantirish, shuningdek, aholining ekologik xavfsizligini taʼminlaydigan xoʻjalik faoliyatining atrof muhitga noxush taʼsirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
10) atrof muhit holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi;
11) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi va kelishadi;
12) atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;
13) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;
14) “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi toʻplash shoxobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
15) chiqindilarni yigʻish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
16) qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhit holati va uni sogʻlomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
17) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi faoliyati yuzasidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi boʻyicha davlat nazoratini taʼminlaydi;
18) chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;
19) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi;
20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadi;
21) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;
22) chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;
23) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati yuzasidan davlat nazoratining amalga oshirilishini tashkil etadi;
24) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazorati olib borilishini muvofiqlashtiradi, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chogʻida atrof muhitni ifloslanishdan, bulgʻanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻgʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash chogʻida atrof muhitni muhofaza qilish;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni ragʻbatlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan meʼyorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulgʻanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirgʻoq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa taʼsirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini taʼminlash;
25) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yoʻl qoʻyiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun kiritilishida ishtirok etadi;
26) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarining undirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
27) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; texnikalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
28) belgilangan tartibda:
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalarni;
(13-band “28” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini;
oʻz vakolatlari doirasida xavfli yuklar tranzitiga xulosalarni;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga xulosalarni;
zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni beradi, nazorat qiladi va berilganlik boʻyicha maʼlumotlar hisobini yuritadi;
29) atrof muhitga taʼsir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
30) yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilish uchun yer ajratishga doir materiallarning kelishilishida mutaxassislarning qatnashishini tashkil etadi;
31) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilinishini va ijtimoiy sheriklikning kengaytirilishini taʼminlaydi, atrof muhitni muhofaza qilish faoliyatida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga metodik yordam beradi va koʻmaklashadi;
32) ekologik nazorat sohasida boshqa maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini maxsus tayyorlashni tashkil etadi;
33) davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik taʼminlash, standartlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
34) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta koʻrib chiqishni amalga oshiradi;
35) tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishi taʼminlanishini muvofiqlashtiradi;
36) ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;
37) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun yillik kvotalarni tasdiqlaydi;
38) yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobi amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
39) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
40) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof muhitga koʻrsatadigan zararli taʼsirining (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobini amalga oshiradi;
(13-bandning 40-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41) tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli taʼsirlarning (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
(13-bandning 41-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
42) oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlari yuritilishini muvofiqlashtiradi;
43) oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi amalga oshirilishini tashkil etadi;
44) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining atrof muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
45) atrof muhit monitoringining maʼlumotlar bazasi yuritilishini tashkil etadi;
46) Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit davlat monitoringi dasturining ishlab chiqilishini va tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bajarilishini amalga oshiradi;
47) atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishini tashkil etadi;
48) maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ekologik tarbiya va taʼlim tizimini rivojlantirishni tashkil etadi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targʻib qilish ishlarining olib borilishini taʼminlaydi;
49) maxsus vakolatli davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
50) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
51) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
52) huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda Davlat ekologiya qoʻmitasi mutaxassislarining ishtirokini tashkil etadi;
53) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
54) quyidagi statistik maʼlumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yuritadi:
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari hamda bunga imkon beruvchi shart-sharoitlar boʻyicha maʼlumotlarni;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar hisobini;
55) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa organ hamda muassasalar bilan hamkorlik qilinishini tashkil etadi;
56) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishini va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
57) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
58) odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda respublikaning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yoʻlida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
59) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradi;
60) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
61) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholini keng xabardor qilish boʻyicha faoliyatni tashkil etadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati qonunchilikka va rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
§ 3. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalarning vazifalar va funksiyalari
14. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirini oldini olish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda davlat boshqaruvi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
4) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va xususiy sherikchilik vakillarini jalb qilgan holda tizimni amalga oshirish;
6) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
7) tegishli hududlarda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
8) oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
9) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targʻibot va taʼlim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish;
10) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash;
11) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash.
(14-bandning 3 — 11-kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
15. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
1) hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradilar;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi vakolatiga tegishli yoki atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadilar va kelishadilar;
3) atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadilar;
4) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash boʻyicha takliflar kiritadilar;
5) aholini atrof muhit holati va uni sogʻlomlashtirish boʻyicha joylarda koʻrilayotgan choralarga doir maʼlumotlar bilan taʼminlaydilar;
6) chiqindilarni yigʻish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradilar;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda chiqindi toʻplash shoxobchalaridan foydalanish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalari boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
8) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar;
9) chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradilar;
10) joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadilar;
11) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradilar:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chogʻida atrof muhitni ifloslanishdan, bulgʻanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻgʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash chogʻida atrof muhitni muhofaza qilish;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni ragʻbatlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan meʼyorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulgʻanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirgʻoq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa taʼsirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini taʼminlash;
12) quyidagilar boʻyicha davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar:
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;
joylarda ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati;
belgilangan tartibda chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish;
13) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadilar;
14) tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradilar;
15) davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi, shu jumladan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; maʼlum turdagi qurilishlarga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq, xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativ loyihalari; texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida oʻtkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni;
16) belgilangan tartibda:
oʻz vakolatlari doirasida tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni import qilish va eksport qilish uchun ruxsatnomani;
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga xulosalarni beradilar va hisobini yuritadilar;
17) quyidagilar hisobini yuritadilar;
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlar;
zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
18) tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xavfsiz mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir majburiy talablar yuzasidan faoliyatni amalga oshiradilar;
19) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslangan va boshqa zararli taʼsirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi yagona hududiy maʼlumotlar bazasini shakllantiradilar va yuritadilar;
20) joylarda yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni koʻpaytirish va ularni saqlash boʻyicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini amalga oshiradilar;
21) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yurituvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
22) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalarning va ularning atrof- muhitga koʻrsatadigan zararli taʼsirining (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobini amalga oshiradilar;
(15-bandning 22-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23) joylarda tabiatdan foydalanuvchilar (tabiatdan maxsus foydalanish) tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni tashlash hamda boshqa zararli taʼsirlarning (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobi yuritilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari ishonchliligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
(15-bandning 23-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
24) oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrlarini yuritadilar;
25) joylarda atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshiradilar;
26) atrof muhit davlat monitoringi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadilar;
27) atrof muhit monitoringining hududiy maʼlumotlar bazasini yuritadilar;
28) hududiy atrof muhit monitoringi dasturini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
29) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash, unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir etilishini bartaraf etishni amalga oshiradilar;
30) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadilar va ushbu maʼlumotlar tahlilini amalga oshiradilar;
31) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladilar;
32) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida bilimlarni targʻib qilish ishlarini olib boradilar;
33) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradilar;
34) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
35) oʻz vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar;
36) odamlar salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratishga, ekologik muvozanatni saqlashga hamda hududning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi manfaati yoʻlida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga koʻmaklashadilar;
37) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradilar;
38) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;
39) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy aholini xabardor qilib boradilar.
Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari qonunchilikka hamda qoʻmita rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
§ 4. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining vazifalar va funksiyalari
16. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalar va funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tuman (shahar)da samarali bajarish;
2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
4) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni amalga oshirish;
5) atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
6) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targʻibot va taʼlim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
7) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash;
8) atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash;
(16-bandning 3 — 8-kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
17. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
1) shahar va tumanlarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash tadbirlarining ishlab chiqilishida ishtirok etadilar;
2) shahar va tumanlarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan, quyidagilarni amalga oshiradilar:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chogʻida atrof muhitni ifloslanishdan, bulgʻanishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻgʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllash chogʻida atrof muhitni muhofaza qilish;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;
ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni ragʻbatlantirish qoidalari;
suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining bajarilishini amalga oshirish;
suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan meʼyorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulgʻanish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirgʻoq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
vaqtincha foydalanishga berilgan, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa taʼsirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
oʻrmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklarining suvini muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini taʼminlash;
tuman (shahar) hududida ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati;
shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;
belgilangan tartibda chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish;
3) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatadilar;
4) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hududlardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar;
5) joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dasturlarni amalga oshiradilar;
6) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha profilaktikani, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklarni aniqlash, bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni va ularning sodir etilishini bartaraf etishni amalga oshiradilar;
7) atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadilar va maʼlumotlarni yuqori turuvchi hududiy boʻlinmaga taqdim etadilar hamda ushbu maʼlumotlar tahlilini amalga oshiradilar;
8) huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi va uni amalga oshiruvchi boshqa muassasalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladilar;
9) tegishli hududda atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradilar;
10) shahar va tuman aholisini atrof muhit holati va uni sogʻlomlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga doir maʼlumotlar bilan taʼminlaydilar;
11) joylarda chiqindilarni yigʻish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradilar;
12) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid maʼlumotlarni toʻplashni amalga oshiradilar, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritadilar;
13) quyidagilar hisobini yuritadilar;
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlar;
davlat ekologik ekspertizasi xulosalari;
zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
14) shahar va tuman miqyosida atrof muhit monitoringining maʼlumotlar bazasini yuritadilar;
15) shahar va tumanlarda atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi dasturini amalga oshirishda ishtirok etadilar;
16) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan ekologik xavfsizlikni taʼminlash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasida targʻibot ishlarini olib boradilar;
17) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, mahalliy ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, aholining atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish masalalari borasidagi xabardorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradilar;
18) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
19) oʻz vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar;
20) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar beradilar;
21) keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda tabiatni muhofaza qilish dasturlari va tadbirlarini amalga oshiradilar;
22) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida muhim vazifalarning amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy aholini xabardor qilib boradilar.
Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari qonunchilikka hamda qoʻmita rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
4-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning boʻlinmalarining huquqlari va javobgarligi
§ 1. Davlat ekologiya qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
18. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
2) vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
5) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistika maʼlumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish;
6) Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;
7) Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
8) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
9) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
10) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;
11) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
12) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish toʻgʻrisida daʼvolar qoʻzgʻash, shuningdek, undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;
13) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻxtatib turish (toʻxtatish) toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;
14) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish haqida qaror qabul qilish;
15) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan maʼlumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
16) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatmalar berish;
17) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek, ushbu maʼmuriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-son “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
18) atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish, toʻxtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida, shuningdek, atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
19) Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;
20) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
21) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman), yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
22) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
23) qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan majburiyatlarga muvofiq atrof muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining alohida toifadagi xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat qurolini olib yurish va saqlash;
(18-bandning 23-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi.
24) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish borasida Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan davlat ekologik nazorati sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazishni amalga oshirish;
25) tabiatdan oqilona foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda sugʻorish;
yigʻishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;
bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, taʼmirlash va saqlash;
aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, taʼmirlash va lozim darajada saqlash;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 26-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini taʼminlash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 27-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
19. Davlat ekologiya qoʻmitasi quyidagilar uchun javob beradi:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
4) soha (tarmoq)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
§ 2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
5) tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
6) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;
7) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati huzurida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
8) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish toʻgʻrisida daʼvolar qoʻzgʻash, shuningdek undirilgan summani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflash;
9) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻxtatib turish (toʻxtatish) toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;
10) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish haqida qaror qabul qilish;
11) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan maʼlumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
12) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatmalar berish;
13) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu maʼmuriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;
14) atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish, toʻxtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
15) Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;
16) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
17) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
18) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tegishli mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda sugʻorish;
yigʻishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;
bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, taʼmirlash va saqlash;
aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, taʼmirlash va lozim darajada saqlash;
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 19-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini taʼminlash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 20-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
21. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati quyidagilar uchun javob beradi:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalarining Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlashga doir ishini tashkil etish;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
§ 3. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalarning huquqlari va javobgarligi
22. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;
3) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
4) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish toʻgʻrisida daʼvolar qoʻzgʻash;
5) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻxtatib turish (toʻxtatish) toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga kiritish;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish haqida qaror qabul qilish;
7) atrof muhitga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi)ni uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish, bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt (post)lardan olingan maʼlumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
8) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatmalar berish;
9) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu maʼmuriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;
10) atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish, toʻxtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda sugʻorish;
yigʻishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;
bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, taʼmirlash va saqlash;
aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, taʼmirlash va lozim darajada saqlash;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 11 band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini taʼminlash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 12-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
23. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari quyidagilar uchun javob beradi:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
4) tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
6) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
§ 4. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
24. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
2) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
3) tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga shikast yetkazish, kamaytirish va ulardan nooqilona foydalanish natijasida atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslardan zararni undirib olish toʻgʻrisida daʼvolar qoʻzgʻash;
4) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatmalar berish;
5) oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek, ushbu maʼmuriy huquqbuzarliklar oqibatida tabiiy resurslar va atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
6) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilganda ularga quyidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni kiritish:
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish hamda sugʻorish;
yigʻishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;
bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, taʼmirlash va saqlash;
aholi uchun piyoda yoʻlaklarini barpo etish, taʼmirlash va lozim darajada saqlash.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan 6-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
25. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari quyidagilar uchun javob beradi:
1) oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
3) aholini, ayniqsa yoshlarni, tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tegishli hududda atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarning muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sogʻlomlashtirilishini taʼminlashga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tuman (shahar)ni rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
4) tuman (shahar)larda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari”ni samarali amalga oshirish;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
5-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
26. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasi, shuningdek, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
(26-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat ekologiya qoʻmitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
8) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Davlat ekologiya qoʻmitasi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
10) Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat ekologiya qoʻmitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
(26-bandning 13-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Davlat ekologiya qoʻmitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
16) Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
(26-bandning 16-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
17) Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
18) oʻz oʻrinbosarlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat ekologiya qoʻmitasining Hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
19) Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
20) Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
21) Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
22) Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
26) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan ishtirok etish;
28) Davlat ekologiya qoʻmitasining Hayʼat majlislarida raislik qilish;
29) zaruriyat boʻlganda, Davlat ekologiya qoʻmitasining, shuningdek hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
30) shtat birliklarining belgilangan soni asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining, shuningdek hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
31) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisida nizomlarni, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
32) Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
33) Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
34) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlarni tayyorlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;
35) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
36) budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining moddiy texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish.
27. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
5) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
6) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hayʼati qarorlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
10) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
(27-bandning 10-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
11) Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat ekologiya qoʻmitasining Hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
14) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga taqdim etish;
15) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
16) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
17) Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
18) davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
28. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
6) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hayʼati qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
11) tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
(28-bandning 11-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
12) Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
15) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
16) Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
17) davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyatiga takliflar kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
29. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davlat ekologiya qoʻmitasining hujjatlari bilan ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) boʻlinmalari va tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, hududiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
6) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hayʼati qarorlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
8) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning hududiy boʻlinmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
9) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
10) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
12) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
13) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
14) Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
15) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;
16) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
17) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
20) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat ekologiya qoʻmitasiga kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
22) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari manfaatlarini ifodalash;
30. Quyidagilar Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;
2) xodimlar oʻrtasida funksional va faoliyatning alohida yoʻnalishlari boʻyicha vazifalarni taqsimlash hamda ularning masʼullik darajasini belgilash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasi Hayʼati qarorlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
5) Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
6) tuman (shahar) boʻlinmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalar rahbarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tuman (shahar) boʻlinmalarida xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
8) Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
9) Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari xodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
10) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
11) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining manfaatlarini ifodalash.
6-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlarining javobgarligi
31. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
32. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining oʻzlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
33. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Davlat ekologiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari rahbarlari:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
35. Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari rahbarlari:
1) tuman (shahar) hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
§ 1. Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyati
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davlat ekologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
39. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
40. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi — Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari — bevosita Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar, koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.
Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining rahbar oʻrinbosarlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining nizom va ustavlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
41. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va ularning nazorat qilish yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosarlari, tegishli ravishda, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat inspektorlari hisoblanadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlari toifalari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha belgilanadi.
42. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 737-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining formali kiyimi va farqlash belgilari namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi.
43. Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
§ 2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
44. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
45. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;
2) Davlat ekeologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;
3) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va oʻrganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadilar;
5) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradilar;
6) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar.
46. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:
1) Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradilar;
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatiga axborot taqdim etadilar;
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradilar;
4) Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;
5) Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻgʻrisida axborot beradilar;
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradilar.
47. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
§ 3. Davlat ekologiya qoʻmitasining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
48. Davlat ekologiya qoʻmitasi oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
49. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
§ 4. Davlat ekologiya qoʻmitasining hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
51. Davlat ekologiya qoʻmitasida raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
52. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
ushbu Nizomda belgilangan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;
har chorakda va tizimli tarzda Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni taʼminlagan holda Hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Davlat ekologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.
Shuningdek, Hayʼat Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqishga haqlidir.
53. Hayʼat majlisiga Davlat ekologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
54. Hayʼat majlisida uning tarkibining yarmidan ortigʻi ishtirok etsa Hayʼat majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
55. Hayʼat qarorlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining buyrugʻi (Davlat ekologiya qoʻmitasining qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
56. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida xabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hayʼat aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.
57. Hayʼatning faoliyat yuritish tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
58. Davlat ekologiya qoʻmitasida Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.
Jamoatchilik maslahat kengashi tarkibiga ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.
Jamoatchilik maslahat kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
59. Davlat ekologiya qoʻmitasi Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish uchun fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarini jalb qilish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini, fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarining qonstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini olgʻa surish va qoʻllab-quvvatlash;
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasi (ekspertiza)dan oʻtkazish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning oʻtkazilishida va oʻsib kelayotgan avlodda tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish gʻoyasini shakllantirishda ishtirok etish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning mansabdor shaxslari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati (nazorat)ni amalga oshirish;
Davlat ekologiya qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish siyosati sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va faoliyati respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarining tabiatni muhofaza qilish tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashdagi tavsiyalarini ishlab chiqish;
biologik xilma-xillikni saqlab qolish va oqilona foydalanishga doir masalalar muhokamasiga fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik institutlarini hamda ommaviy axborot vositalarining vakillarini jalb etish.
8-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
60. Davlat ekologiya qoʻmitasi samaradorligi doimiy baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
62. Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:
Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;
Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
9-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
63. Davlat ekologiya qoʻmitasini, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
64. Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlarining lavozim maoshlariga ragʻbatlantiruvchi tusga ega har oylik ustama va qoʻshimcha haqlar Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.
65. Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
10-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berishi
66. Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Davlat ekologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
68. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
69. Davlat ekologiya qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlari toifalari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining bosh davlat inspektori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha bosh davlat inspektorlari.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining bosh davlat inspektori.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha bosh davlat inspektorlari.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliqlari — viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bosh davlat inspektorlari.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshliqlarining oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha bosh davlat inspektorlari.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari, inspeksiyalari boshliqlari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bosh davlat inspektorining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrinbosarlari.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari, inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim va shuʼba boshliqlari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining katta davlat inspektorlari.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boʻlim va inspeksiya boshliqlari, shuningdek, tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshliqlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bosh davlat inspektorlarining nazorat qilish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrinbosarlari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining bosh mutaxassislari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining boʻlim boshliqlari — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining katta davlat inspektorlari.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining yetakchi mutaxassislari va mutaxassislari, shuningdek, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining bosh va yetakchi mutaxassislari — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat inspektorlari.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh mutaxassislari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari katta davlat inspektorlari.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yetakchi mutaxassislari va mutaxassislari (I va II toifali) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari davlat inspektorlari.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi muhofaza etiladigan tabiiy hudud rahbari, rahbar oʻrinbosarlari, boʻlim va inspeksiya boshliqlari, bosh mutaxassislari, yetakchi mutaxassislari, mutaxassislari va inspektorlari — davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash xodimlari.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan quyidagi uch darajada:
tuman (shahar) darajasida — ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyasi;
viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari;
respublika darajasida — Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan yuritiladi”;
b) 15 — 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Tuman darajasida 2-t, 3-t, 4-t, 5-t,6-t, 7-t shakllar boʻyicha maʼlumotlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalariga (obyekt joylashgan joydagi) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rahbarlari* tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi.
6-t va 7-t shakllari boʻyicha maʼlumotlar yerlarni hisobga olish hujjatlari asosida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalari tomonidan tayyorlanadi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalari taqdim etilgan maʼlumotlar (hisobotlar)ning toʻgʻriligini aniqlaydilar, tuman (shahar) boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxatini tuzadilar (1-t yigʻma shakl), barcha kadastr materiallarini 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllar boʻyicha 1-martgacha tuman hokimliklari bilan kelishadilar va ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.
16. Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) darajasida olingan materiallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda 1-aprelgacha 1-0, 2-0, 3-0, 4-0, 5-0, 6-0 shakllar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi ga yuboriladi.
17. Respublika darajasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Davlat ekologiya qoʻmitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi tomonidan yuritiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 15-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“respublika darajasida — Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi”;
b) 17-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi:”;
v) 18-bandning uchinchi xatboshidagi “Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasiga” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlar egalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishi shart”;
d) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalarining rahbarlari javob beradilar”;
e) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish
SXEMASI
Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 53-bandi 5-kichik bandida:
birinchi xatboshidan “Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshigi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan davlat ekologik nazorati Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli ravishda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari, shuningdek ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan oʻtgan xodimlari Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 70-modda):
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Davlat ekologiya qoʻmitasining majmua buyurtma qoʻriqxonasi faoliyatini moliyalashtirish Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin”;
b) 7-banddagi “Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 39-son, 780-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 46-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha faoliyatning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) mazkur Qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-maydagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 80-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-iyundagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 98-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-iyundagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 99-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son qarori)” 2017-yil 1-oktabrdagi 782-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi “g” va “e” kichik bandlari, 27-bandi “b”, “d”, “j” va “z” kichik bandlari, “v” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi, “g” kichik bandning toʻrtinchi xatboshi, 35-bandining “b” kichik bandi, 55-bandi “v” kichik bandi, 70-bandi “b” kichik bandi va “v” kichik bandning uchinchi xatboshi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining davlat ekologik nazoratini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyuldagi 525-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 09.02.2021-y., 09/21/58/0095-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)