Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 27-maydagi 142-son qaroriga muvofiq hamda Ustyurt (platosining) tekisligining noyob biologik xilma-xilligini ishonchli muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq va Qoʻngʻirot tumanlari hududida joylashgan “Saygachiy” buyurtmaxonasi negizida tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasini (keyingi oʻrinlarda majmua buyurtma qoʻriqxonasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, majmua buyurtma qoʻriqxonasi Davlat ekologiya qoʻmitasining yuritishida boʻladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
4. Quyidagilar:
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan zonasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 13 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 3 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat ekologiya qoʻmitasining majmua buyurtma qoʻriqxonasi faoliyatini moliyalashtirish Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
6. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
majmua buyurtma qoʻriqxonasi ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining shtatlar jadvalini tasdiqlasin va uni malaka va maʼlumotga qoʻyiladigan talablarga muvofiq mutaxassislar bilan butlasin;
ushbu qarorning 8-bandida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini ajratsin hamda zarur materiallar bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat ekologiya qoʻmitasiga majmua buyurtma qoʻriqxonasining ijro etuvchi apparati xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek grant beruvchilardan olingan grant mablagʻlari, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda rekreatsion va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda belgilangan tartibda:
majmua buyurtma qoʻriqxonasining ijro etuvchi apparatini joylashtirish uchun Qoʻngʻirot tumanining Qoraqalpogʻiston posyolkasidan operativ boshqarish huquqi bilan bino (xona) ajratilishini;
majmua buyurtma qoʻriqxonasiga ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan infratuzilma obyektlarining keyinchalik tegishliligi va ulardan foydalanish masalalari hal etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda majmua buyurtma qoʻriqxonasi uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish va ajratish hujjatlari rasmiylashtirilishini;
yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-iyul,
238-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi (keyingi oʻrinlarda majmua buyurtma qoʻriqxonasi deb ataladi) umumdavlat ahamiyati molik muhofaza etiladigan tabiiy hudud hisoblanadi. Uning maqsadi alohida ekologik qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni oʻz hududida asl tabiiy holatda saqlashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Majmua buyurtma qoʻriqxonalar milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)
2. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining yerlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy obyektlari va majmualari, ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, xoʻjalik foydalanishidan chiqariladi.
3. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining yerlari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kiradi. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar majmua buyurtma qoʻriqxonasiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan doimiy foydalanish uchun ajratib beriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23 –– 244-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining yer uchastkalarini istisno hollarda jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
5. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududi rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalari va hududiy rejalashtirishni, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
6. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi.
7. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
II bob. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining vazifalari
8. Majmua buyurtma qoʻriqxonasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
oʻz hududidagi barcha tabiiy obyektlar va majmualarni asl tabiiy holatda saqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy atrof muhitni ilmiy tadqiq etish va monitoring olib borish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga koʻmaklashish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
biologik va landshaft xilma-xilligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) ekologik muvozanatni saqlab turish;
ekologik maʼrifat.
III bob. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining huquqiy maqomi
9. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi yuridik shaxs hisoblanadi va davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi.
10. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, oʻz nomi yozilgan shtampga hamda banklarda, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
11. Majmua buyurtma qoʻriqxonasii oʻzi boʻysunadigan davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oʻz ramzlariga (bayroqlar, vimpellar, emblemalar va shu kabilar) ega boʻlishga haqlidir.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida joylashgan tabiiy va tarixiy-madaniy majmua va obyektlar tasvirlaridan hamda ularning nomlari va ramzlaridan foydalanib bosma, esdalik sovgʻalar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish faqat majmua buyurtma qoʻriqxonasi bilan shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
IV bob. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini boshqarish
12. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini davlat tomonidan boshqarish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
13. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyati ustidan davlat va idoraviy nazorat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Yuritishida majmua buyurtma qoʻriqxonasi boʻlgan davlat organi:
hududiy joylashuviga qarab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda, majmua buyurtma qoʻriqxonasining direktorini (keyingi oʻrinlarda direktor deb ataladi) tayinlaydi;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyatini taʼminlash uchun mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari ajratadi;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
majmua buyurtma qoʻriqxonasini boshqarish rejalarini (keyingi oʻrinlarda boshqarish rejasi deb ataladi) tasdiqlaydi;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyati ustidan nazorat qiladi;
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Majmua buyurtma qoʻriqxonasiga direktor bevosita rahbarlik qiladi va majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyatini tashkil qilish hamda rejimini taʼminlash uchun javob beradi va uning ijro etuvchi apparatiga rahbarlik qiladi.
16. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi direktorining oʻrinbosari (mavjud boʻlganda) va bosh buxgalter majmua buyurtma qoʻriqxonasi boʻysunadigan davlat organi bilan kelishgan holda direktorning buyrugʻiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
17. Direktor qonun hujjatlari va ushbu Nizom asosida ish koʻrib, majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda majmua buyurtma qoʻriqxonasining manfaatlarini ishonchnomasiz himoya qiladi, shartnomalar tuzadi, majmua buyurtma qoʻriqxonasining mablagʻlari va mol-mulkini belgilangan tartibda tasarruf etadi, majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiiy obyektlari va majmualari, mol-mulkini muhofaza qilish, hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, majmua buyurtma qoʻriqxonasida moliyaviy, shartnomaviy va mehnat intizomiga amal qilinishi uchun javob beradi.
18. Direktor zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
tabiiy obyektlar va majmualar muhofazasini tashkil etish, tekshirish va aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun materiallarni belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish hamda majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida huquqbuzarlik sodir etilishi holati boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish;
tabiiy atrof muhit monitoringini olib borilishini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishiga koʻmaklashish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining mol-mulki, asbob-uskunalari, moddiy va boshqa boyliklari muhofaza qilinishini tashkil etish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasi xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat quroli va uning oʻq-dorilari, maxsus vositalar, formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus aslahalar va boshqa ishonib topshirilgan mol-mulk but saqlanishi, ular toʻgʻri kiyib yurilishi va qoʻllanilishini taʼminlash;
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
majmua buyurtma qoʻriqxonasining hududidan ruxsat etilgan faoliyat turlari uchun foydalanishni tashkil etish;
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
19. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar uning pasportida mavjud boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 2-iyundagi 137-son qaroriga muvofiq yuritiladi.
20. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyat yuritishi boshqarish rejasi asosida taʼminlanadi. Boshqarish rejasiga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi, uni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
21. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi bepul, belgilangan tartibda, tabiatni muhofaza qilish organlariga va oʻzi boʻysunadigan davlat organiga tabiiy atrof muhit monitoringini va tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining faoliyat yuritishi bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatiga cheklovlar oʻrnatish, rekreatsiya infratuzilmasini yaratish, pichan oʻrish va mol boqish joylari hamda boshqa shu kabi muhim masalalarni hal qilish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq joylarda oʻz vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda aholi vakillari majmua buyurtma qoʻriqxonasining Maslahat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Maslahat komissiyasi deb ataladi) tashkil qilinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
V bob. Ilmiy tadqiqotlar, atrof tabiiy muhiti monitoringini olib borish va majmua buyurtma qoʻriqxonasidagi rekreatsiya
23. Majmua buyurtma qoʻriqxonasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan koʻp yillik turgʻun kompleks tadqiqotlarni olib borish hamda ilmiy tashkilotlar, alohida olimlar, mutaxassislar, shu jumladan xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasida ilmiy-tadqiqot ishlari oʻz shtatidagi ilmiy xodimlar (mavjud boʻlganda) tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasida ilmiy tadqiqotlarga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ilmiy-texnik kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
24. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiiy obyektlari va majmualari monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringi davlat tizimi doirasida olib boriladi.
25. Majmua buyurtma qoʻriqxonasida rekreatsion faoliyat ham oʻz shtatidagi xodimlar, ham boshqa tashkilotlar va mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasidagi rekreatsion faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib-chiqish qoidalari talablariga muvofiq yuritiladi.
VI bob. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining hududi va rejimi
26. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi uchun buzilmagan yoki jiddiy buzilmagan tabiiy majmualar va ular oʻrtasidagi bogʻliqlarni tashkil etuvchi yaxlit ekologik tizimlarni (yirik landshaft birliklarini) qamrab oladigan juda keng hududlar ajratilishi lozim.
27. Atrofdagi hududlardan salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida majmua buyurtma qoʻriqxonasining chegaralari boʻylab qoʻriqlanadigan zona tashkil etiladi. Qoʻriqlanadigan zona majmua buyurtma qoʻriqxonasi bilan bir vaqtda tashkil etiladi. Qoʻriqlanadigan zonaning maydoni va chegaralari majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiiy obyektlari va majmualarini saqlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
28. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini makon-hudud jihatidan tuzishda uning hududi quyidagilarga:
hudud relyefi, kirish yoʻllari mavjudligi, majmua buyurtma qoʻriqxonasining chegaralari boʻylab aholi yashash punktlari mavjudligi va ularning maydoniga qarab belgilanadigan qoʻriqlashni va ilmiy ishlarni boshqarishni yaxshilash uchun texnik uchastkalarga;
landshaft elementlari boʻyicha — kvartallarga, ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish uchun kvartallar oʻz navbatida oʻsimliklar elementlari boʻyicha kichik uchastkalarga boʻlinadi.
Texnik uchastkalar, kvartallar va kichik uchastkalar hamda ular maydonlarining soni boshqarish rejasida belgilanadi.
29. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi va uning qoʻriqlanadigan zonasining yer uchastkasi(lari), kvartallar chegaralari, ilmiy infratuzilma va monitoring infratuzilmasi elementlari hamda ushbu Nizomning 36 va 37-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ajratiladigan (beriladigan) yerlar chegaralari joylarda anshlaglar, kvartal ustunlari va boshqa belgilar bilan belgilab qoʻyilishi lozim.
30. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida mahalliy sharoitga moslashtirish uchun oʻsimlik va hayvonlar turlarini va kenja turlarini joylashtirish, oʻsimliklar va landshaft qoplamasini oʻzgartirish, gidrogeologik rejimni oʻzgartirish va har qanday boshqa faoliyat yuritish taqiqlanadi, ushbu Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan faoliyat bundan mustasno.
31. Majmua buyurtma qoʻriqxonasida yongʻinga qarshi va biotexnik tadbirlar faqat uni boshqarish rejasiga muvofiq oʻtkaziladi.
32. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida zoologik, botanik va boshqa toʻplamlar uchun namunalarni yigʻish faqat ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan bogʻliq maqsadlarda ruxsat etiladi.
33. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining yerlari va boshqa tabiiy obyektlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish taqiqlanadi.
34. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan zonasi hududida majmua buyurtma qoʻriqxonasining muhofaza qilinadigan tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Qoʻriqlanadigan zonaning oʻlchamlari uning tashqarisida joylashgan obyektlarning salbiy taʼsiriga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlashi lozim.
Qoʻriqlanadigan zonaning rejimi u toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Ushbu zonada amalga oshirish uchun belgilanadigan faoliyat turlari ekologik ekspertiza xulosasi asosida taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
35. Zarur holatlarda qoʻriqlanadigan zonada joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yerni ijaraga oluvchilarga qonunga muvofiq yer uchastkalari saqlash vazifasi belgilanishi mumkin.
36. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida quyidagilarga ruxsat etiladi:
ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish;
rekreatsion faoliyat olib borish;
biologik xilma-xillik monitoringini olib borish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari va ilmiy xodimlarning yashashi uchun bino va inshootlar qurish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiat muzeylarini, shu jumladan ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyalarni joylashtirish.
37. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining hududida quyida koʻrsatilgan maqsadlar uchun quyidagi yer uchastkalari ajratiladi:
majmua buyurtma qoʻriqxonasining otlarini saqlash va shu kabi maqsadlarda;
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda pichan oʻrish va mol boqish, ozuqa maqsadlarda yovvoyi oʻsimliklarni gʻamlash (terish), uning qoʻriqlanadigan zonasida yashaydigan fuqarolar uchun yovvoyi dorivor va texnik xom ashyo oʻsimliklarini yigʻish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasi xodimlariga xizmatda foydalanish uchun yer ulushlarini berish, ayni vaqtda xodim pensiyaga chiqqanda yoki ishdan boʻshab ketganda uning xizmat yerlaridan foydalanish huquqi tugatiladi.
Yuqorida aytib oʻtilgan maqsadlar uchun ajratiladigan (beriladigan) yerlarning umumiy maydoni, yaylovlar almashtirilishi, oʻsimliklar gʻamlanishi va pichan oʻrilishi hisobga olingan holda mol boqish uchun zarur boʻlgan minimal maydondan kelib chiqib belgilanadi.
Bu yerlar majmua buyurtma qoʻriqxonasining chegaralari boʻylab joylashgan boʻlishi va uning maydonining 0,001 foizidan katta boʻlmasligi lozim. Bunday yerlarning maydoni va chegaralari boshqarish rejasini tayyorlashda aniqlanadi va direktor tomonidan Maslahat komissiyasi bilan birgalikda ushbu rejaga kiritiladi.
VII bob. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini qoʻriqlash
38. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini qoʻriqlash hamda uning hududida va qoʻriqlanadigan zonada rejimga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish ishlari majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
39. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida va uning qoʻriqlanadigan zonasida oʻsimliklar va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni tekshirish;
transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida va uning qoʻriqlanadigan zonasida qoida buzish holatlari aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan bayonnomalar tuzish, maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish, buyumlar va hujjatlarni hamda tabiatdan noqonuniy foydalanish mahsulotlarini olib qoʻyish, maʼmuriy jazo choralari koʻrish;
aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
yuridik va jismoniy shaxslarning majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududi va qoʻriqlanadigan zonadagi belgilangan rejimga rioya qilish borasidagi faoliyatlarini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat quroli va maxsus vositalarni olib yurish va qoʻllash hamda jismoniy kuch va xizmat itlaridan foydalanish;
(39-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
majmua buyurtma qoʻriqxonasi va qoʻriqlanadigan zona rejimini buzib olib borilayotgan tabiatdan foydalanish, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatni qonun hujjatlarida belgilangan holatlar va tartibda toʻxtatib qoʻyish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash xodimlari uchun moʻljallangan xizmat quroli va uning oʻq-dorilari, maxsus vositalar turlari, xillari (modellari), soni hamda ularni sotib olish, saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va foydalanish tartibi majmua buyurtma qoʻriqxonasi boʻysunadigan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Idoraviy harbiylashgan qoʻriqlash xizmatini maxsus vositalar, xizmat quroli va uning oʻq-dorilari bilan taʼminlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlov xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorlarining barcha huquq va imtiyozlaridan foydalanadilar.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasining direktori va uning oʻrinbosari (mavjud boʻlganda) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha katta inspektorlarga tenglashtiriladi, uning qoʻriqlash xizmati xodimlari esa — ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
42. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash xodimlari tasdiqlangan dasturlarga muvofiq xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlik kurslaridan oʻtadilar.
Kursning dasturi va uni oʻtkazish tartibi majmua buyurtma qoʻriqxonasi boʻysunadigan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
43. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash xodimlari belgilangan tartibda yagona namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, shu jumladan majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududiga jangarilar toʻdalari kirib kelishlari va oʻrnashib olishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlarni oʻtkazadilar.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
44. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining hududlarini qoʻriqlash ishlariga ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari jalb etilishi mumkin.
VIII bob. Yakunlovchi qoidalar
45. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining mol-mulkini unga belgilangan tartibda quyidagilar tomonidan topshirilgan bino va inshootlar, uskuna va jihozlar, pul mablagʻlari tashkil qiladi:
majmua buyurtma qoʻriqxonasi boʻysunuvchi davlat organi tomonidan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xayriya qilish sifatida.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasining mol-mulki unga operativ boshqarish huquqi asosida tegishli boʻladi.
46. Majmua buyurtma qoʻriqxonalari quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(46-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari mablagʻlari;
ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va maʼrifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashdan tushgan tushumlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻlja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
47. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi oʻzi boʻysunadigan davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq mablagʻlarni mustaqil tasarruf etadi.
48. Majmua buyurtma qoʻriqxonasi qonun hujjatlariga muvofiq yuritayotgan faoliyatni amalga oshirish boʻyicha hisobni yuritadi va hisobotlar topshiradi.
49. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish shtat jadvaliga va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining xodimlari uchun qonun hujjatlariga muvofiq hudud koeffitsiyentlari belgilanadi.
51. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining rejimini buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasiga yetkazilgan zararni qoplash uchun aybdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda mablagʻlar undiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 82-moddasi.
52. Majmua buyurtma qoʻriqxonasini tugatish va qayta tashkil qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Majmua buyurtma qoʻriqxonasini yengilroq rejimli toifadagi muhofaza etiladigan tabiiy hududga oʻtkazish maqsadida uni qayta tashkil etishga istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasiga doimiy foydalanish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
MAYDONI
|
Hududning nomi |
Ajratiladigan yerlar |
Yer turlari |
Maydoni, ga |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani |
Zaxira yerlar |
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar |
31 200,0 |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani |
Zaxira yerlar |
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar |
597 100,0 |
|
Jami ajratiladigan yer |
— |
— |
628 300,0 |
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi va uning qoʻriqlanadigan zonasining
CHEGARALARI
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan zonasi toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasining (keyingi oʻrinlarda majmua buyurtma qoʻriqxonasi deb ataladi) qoʻriqlanadigan zonasini u bilan chegaradosh, shu jumladan uning yer uchastkalari oraligʻidagi hududlar tashkil qiladi.
2. Qoʻriqlanadigan zonalar majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiiy obyektlari va majmualarini tutash hududlardagi xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat taʼsiridan saqlash va himoya qilish maqsadida tashkil etiladi.
3. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan zonasi maydoni 219 800 gektarni tashkil qiladi.
Majmua buyurtma qoʻriqxonaning qoʻriqlanadigan zonasi oʻlchamlari va uning chegaralari, davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida, majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiiy obyektlari va majmualarini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
4. Qoʻriqlanadigan zonada joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari olib qoʻyilishi mumkin emas. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer maydonlaridan foydalanishda qoʻriqlanadigan zonalar rejimiga amal qilishlari lozim. Istisno holatlarda, yuridik yoki jismoniy shaxs ushbu zonaning rejimini muntazam buzayotganda, ular maʼmuriy javobgarlikka tortilib va ushbu shaxslarga nisbatan boshqa huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgandan soʻng, ularning yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 38-moddaci.
5. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan zonasida quyidagilar amalga oshiriladi:
majmua buyurtma qoʻriqxonasining muhofaza qilinayotgan tabiiy obyektlari va majmualariga har qanday salbiy taʼsirning oldini olish va uni kamaytirish;
majmua buyurtma qoʻriqxonasining alohida uchastkalari oʻrtasidagi aloqani taʼminlash hisobiga faqat ushbu majmua buyurtma qoʻriqxonasi hududida qoʻriqlash, koʻpaytirish va tiklash ishlari yetarlicha samara bermaydigan hayvonlarning yashash va migratsiya qilish sharoitlarini yaxshilash;
majmua buyurtma qoʻriqxonasida muhofaza qilinayotgan oʻsimliklar va hayvonlar turlari uchun biotexnik tadbirlar oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoʻriqlanadigan zonalarni belgilash boʻyicha sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
II bob. Qoʻriqlanadigan zonaning rejimi
7. Qoʻriqlanadigan zona hududida quyidagi faoliyat turlari majmua buyurtma qoʻriqxonasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi:
yoʻllardan harakatlanish;
qoʻriqlanadigan zonada joylashgan kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
ekologik turizm, sayyohlarga xizmat koʻrsatish uchun bino va inshootlarni qurish;
geologik qidiruv ishlarini olib borish;
cheklangan miqdorda pichan oʻrish;
mol boqish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan oʻzi oʻsayotgan yoki yashayotgan muhitdan olib qoʻymasdan foydalanish.
Biotexnik tadbirlar majmua buyurtma qoʻrikxonasini boshqarish rejasiga (keyingi oʻrinlarda boshqarish rejasi deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
8. Majmua buyurtma qoʻriqxonasining tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy taʼsirni kamaytirish va oldini olish maqsadida qoʻriqlanadigan zonada quyidagi turdagi xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat olib borish cheklanadi:
foydali qazilmalarni qazib chiqarish;
gaz quvurlari va boshqa kommunikatsiyalar, xom ashyoni qayta ishlash va boshqa sanoat obyektlari qurish;
yangi yoʻllar yotqizish.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida faoliyatni cheklash doimiy yoki vaqtinchalik (bir yil, bir mavsum, bir davr) asosida belgilanadi.
9. Qoʻriqlanadigan zonada quyidagilar taqiqlanadi:
hayvonlarni ovlash va tutish, oʻsimliklarni yigʻish, boshqarish rejasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash.
10. Ushbu zonada cheklangan va taqiqlangan xoʻjalik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat roʻyxati majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan zonasiga kirish joyida oʻrnatiladi.
11. Qoʻriqlanadigan zonaning oʻlchamlari, chegaralari va rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan cheklangan xoʻjalik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat roʻyxati majmua buyurtma qoʻriqxonasining pasportiga kiritiladi.
12. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan tadbirlar boshqarish rejasi boʻyicha oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda boshqarish rejalari loyihalari yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va yer uchastkalari ijarachilari bilan kelishiladi.
Qoʻriqlanadigan zona hududida biotexnik tadbirlarni ishlab chiqish va oʻtkazish ishlari majmua buyurtma qoʻriqxonasi hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Sayyohlar turargohlarini, chodirlarni oʻrnatish, avtoulov turargohlarini joylashtirish, gulxanlarni yoqish va shu kabilar faqat maxsus ajratilgan uchastkalarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qoʻriqlanadigan zonaning rejimi majmua buyurtma qoʻriqxonasi qoʻriqlash xodimlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon qoʻriqchilari tomonidan taʼminlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoʻriqlanadigan zonaning rejimi taʼminlanishi ustidan nazorat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari va majmua buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlash xodimlari hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon qoʻriqchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
16. Qoʻriqlanadigan zonaning rejimini buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Qoʻriqlanadigan zona rejimini buzganlik sababli yetkazilgan zarar aybdor shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda qoplanishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 82-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 361-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)