1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) hamda Moliya vazirligining:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosfera havosiga chiqarib tashlovchi, ochiq suv havzalari va joylarning relyefiga oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi 55,1 mingta yuridik shaxs xatlovdan oʻtkazilganligi;
2020-yilda atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga 68,3 mlrd soʻm mablagʻ tushganligi;
ushbu mablagʻlarning 17,75 mlrd soʻmi Davlat budjetiga oʻtkazilganligi, qolgan mablagʻlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga, Davlat ekologiya qoʻmitasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga sarflanganligi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
a) quyidagilar:
turgʻun va koʻchma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya toʻlovlari) obyektlari hisoblanadi;
b) quyidagilar:
maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplash joylarida joylashtiriladigan xom ashyo resurslari razryadiga tegishli boʻlgan balansdan tashqari rudalar;
maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va soʻngra ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
texnika ekinlari va oʻsimliklarini sugʻorish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
ajratilgan yerda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzasini ochishdagi va qorishma jinslar;
konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yoʻldosh qatlam suvlari;
foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzogʻi bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari;
mineral oʻgʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzogʻi bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari kompensatsiya toʻlovi obyektlari hisoblanmaydi;
v) quyidagilar:
ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar kompensatsiya toʻlovchi subyektlar hisoblanadi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 15-iyuldan boshlab:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan 1 baravardan 5 baravargacha yoki undan ortiq (kam) boʻlganda kompensatsiya toʻlovchi subyektlar mos ravishda 1 baravardan 20 baravargacha koʻpaytirilgan (kamaytirilgan) miqdorda kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaydilar;
ekologik normativlar tasdiqlanmagan yoki ularning amal qilish muddati tugagan boʻlsa, atrof-muhitga yuqori (I toifa) va oʻrtacha (II toifa) darajada xavfli taʼsir koʻrsatadigan kompensatsiya toʻlovchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasiga nisbatan 20 baravar, shuningdek, past (III toifa) darajada taʼsir koʻrsatuvchi kompensatsiya toʻlovchi subyektlar 10 baravar koʻpaytirilgan miqdorda kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaydilar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik va oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari har bir modda boʻyicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar koʻpaytirilgan miqdorda toʻlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatib, oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻysin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar kompensatsiya toʻlovlari hisoblanishi va toʻlanishi bilan bogʻliq elektron axborot tizimini amaliyotga toʻliq joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-aprel,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchunkompensatsiya toʻlovlari — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va unga boshqa turdagi zararli taʼsirlar koʻrsatilganligi (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirish) uchun toʻlovlar;
kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy miqdori — kompensatsiya toʻlovlari atmosfera havosiga turgʻun va koʻchma manbalardan chiqarib tashlanadigan bir tonna yoki bir kilogramm hajmdagi ifloslantiruvchi moddalar, suv obyektlariga va joylarning relyefiga, kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizilgan bir tonna hajmidagi ifloslantiruvchi moddalar, joylashtirilgan bir tonna hajmidagi chiqindilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining amalda belgilangan koeffitsiyentlarida belgilanadi;
ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash va oqizish — xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida yer usti qatlamlariga hamda konlarga qattiq, suyuq va gazsimon ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi natijasida atrof-muhitning toʻsatdan ifloslanishiga va kutilmagan halokatlarga olib keladigan darajada atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, suv obyektlariga ularni oqizish;
ifloslantiruvchi moddalarning birvarakayiga tashlamalari va oqovalari — atmosfera havosiga, suv obyektlariga va joylarning relyefiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi manbalardan qisqa muddatda texnologik reglamentda nazarda tutilgan miqdordan keskin ravishda oshiqcha chiqariladigan tashlamalar va oqovalar;
chiqindilarni joylashtirish — chiqindilarni saqlash hamda ularni koʻmib tashlash bilan bogʻliq kompleks amaliy faoliyat;
oqova suvlar — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda suvdan foydalanishda uning tarkibi kimyoviy jihatdan oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan suvlar;
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtgan chiqindilarning hosil boʻlishi va joylashtirilishi, tashlamalar va oqova suvlarlar meʼyorlari.
2-bob. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarining obyektlari
3. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash (tashlamalar), oqova suvlarni oqizish (oqovalar)ning normativ va normativdan ortiqcha, avariya holatidagi tashlamalar va oqovalar hamda birvarakayiga tashlamalar, shuningdek, limit boʻyicha va limitdan tashqari joylashtirilgan chiqindilar massasi atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya toʻlovlari) obyekti hisoblanadi va u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
turgʻun va koʻchma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.
maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplash joylarida joylashtiriladigan xom ashyo resurslari razryadiga tegishli boʻlgan balansdan tashqari rudalar;
maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va soʻngra ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
texnika ekinlari va oʻsimliklarini sugʻorish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
ajratilgan yerda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzini ochishdagi va qorishma jinslar;
konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yoʻldosh qatlam suvlari;
foydali qazilmalar xom ashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzogʻi bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari;
mineral oʻgʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzogʻi bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.
3-bob. Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovchi subyektlar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;
yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — budjet tashkilotlari) hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirganligi uchun kompensatsiya toʻlovchi subyektlar hisoblanmaydi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
Budjet tashkilotlari hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari mazkur Nizomga muvofiq oʻzlarining asosiy faoliyatidan tashqari va atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa faoliyat bilan shugʻullanganda, undan olingan daromad manbalari hisobidan kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaydilar.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning birinchi, ikkinchi va uchinchi toifalariga mansub subyektlar (keyingi oʻrinlarda — I — III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar), ushbu Nizomning 4 — 7-boblarida keltirilgan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibiga amal qilgan holda ish yuritadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
4-bob. Kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibi
6. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini va oqovalarni normativ va normativdan ortiqcha chiqarganlik va oqizganlik, shuningdek, chiqindilarni belgilangan limit va limitdan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdori atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I — III toifalariga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan ushbu Nizomga 1, 2, 3, 4 va 5-ilovalarga asosan belgilangan bazaviy stavkalarga muvofiq, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari, oqovalari massasi chiqindilarni joylashtirish bilan bogʻliq aniq maʼlumotlar hamda tasdiqlangan ekologik normativlarga asoslangan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Xavflilik darajasi I (yuqori darajada xavfli), II (oʻrtacha darajada xavfli) va III (past darajada xavfli) toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar uchun toʻlovlar miqdori laboratoriya tahlillari asosida, agar atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarda nazoratning avtomatik tizimi joriy etilgan boʻlsa, bu holatda kompensatsiya toʻlovlari ushbu tizimning maʼlumotlari asosida hisoblanishi mumkin.
7. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini chiqarish, oqovalarini oqizish va chiqindilarni joylashtirishning aniq massasi I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan dastlabki hisob-kitoblar, shuningdek, vazirliklar va idoralarning laboratoriyalari, I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlarning ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa tashkilotlarning akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maʼqullangan (muvofiqligi maʼqullangan yoki malakaliligi Akkreditatsiya markazi tomonidan rasman tasdiqlangan) laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratlari natijasida olingan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Yuqorida qayd etilgan laboratoriyalar tomonidan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash maqsadida aniqlangan atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari va chiqindilar massalariga oid koʻrsatkichlar har xilligi aniqlangan taqdirda, davlat ekologik nazorati yoki atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini olib borgan laboratoriya natijalariga oid maʼlumotlar qabul qilinadi.
8. Atrof tabiiy muhitni belgilangan meʼyor darajasida ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun I — III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovining miqdori quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
(1) P=(Mn * R * BHM):Bk,
bunda:
P — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻmda;
Mn — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda;
R — atrof tabiiy muhitga chiqarilgan, oqizilgan ifloslantiruvchi moddalar va joylashtirilgan chiqindilarning bir tonnasi uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlardagi bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda;
Bk — ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishiga, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Normativ va amaldagi massa oʻrtasida baravarlik holati kattasi kichigiga boʻlingan holda baravarlik koeffitsiyenti aniqlanadi.
Bk quyidagi bogʻliqlikda aniqlanadi.
T/r
Ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan ortiq (kam) boʻlgan
Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishda tasdiqlangan ekologik normativlar (limitlar)dan oshirib yuborilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti koʻrsatkichlari (Bk)
1.
1,0 dan 1,0009 gacha
1,0
2.
1,001 dan 1,049 gacha
1,2
3.
1,05 dan 1,059 gacha
2,2
4.
1,06 dan 1,1 gacha
2,5
5.
1,11 dan 1,2 gacha
3,4
6.
1,21 dan 1,3 gacha
4,4
7.
1,31 dan 1,5 gacha
6,0
8.
1,51 dan 1,8 gacha
8,0
9.
1,81 dan 2,0 gacha
10,0
10.
2,1 dan 2,2 gacha
11,5
11.
2,21 dan 2,4 gacha
13,0
12.
2,41 dan 2,6 gacha
14,0
13.
2,61 dan 2,8 gacha
15,0
14.
2,81 dan 3,1 gacha
16,5
15.
3,11 dan 4,5 gacha
17,5
16.
4,51 dan 5,0 gacha
18,5
17.
5,0 dan ortiq
20,0
Ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari koʻpaytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda boʻyicha alohida tasdiqlangan ekologik normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishga oid tasdiqlangan ekologik normativlar kamaytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda boʻyicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi boʻyicha belgilangan meʼyorlardan ortiq holatlar aniqlanganda, toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovining miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(2) P = (Mn * R * BHM) + (Mno * R * BHM * Bk),
bunda:
P — atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻmda;
Mn — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda;
Mno — ifloslantiruvchi moddalarni tasdiqlangan ekologik normativdan ortiqcha hajmda atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish, tonna yoki kilogrammlarda;
R — bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda;
Bk — baravarlik koeffitsiyenti.
Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi uchun ekologik normativlarni tasdiqlamagan holda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(3) P = (Mf * R * BHM) * Shk
bunda:
Mf — atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasi;
R — bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda;
Shk — shartli koeffitsiyent, yaʼni ushbu belgi ostida korxonaning toifasidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan koʻrsatkichdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan hisoblash ishlari amalga oshiriladi.
9. Kompensatsiya toʻlovi summasini hisoblash uchun quyidagilar qoʻllaniladi:
atrof tabiiy muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari massasiga doir aniq maʼlumotlar;
atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni turlariga koʻra joylashtirishning hisobini yuritish boʻyicha dastlabki maʼlumotlar;
kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish sohasida belgilangan shakllarga muvofiq har yili taqdim etiladigan davlat statistik hisobotlari asosidagi aniq maʼlumotlar;
ifloslantiruvchi manbalarda uskuna-jihozlar vositasida bajarilgan ekologik nazorat, atrof-muhit monitoringi natijalari maʼlumotlari.
Hisobot davrida atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasini aniqlash mumkin boʻlmasa, shuningdek, ekologik normativlar tasdiqlanmagan taqdirda, ularning massasi ishlab chiqarishning texnologik reglamenti boʻyicha kutilayotgan yillik massadan kelib chiqib hisoblanadi.
10. Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishning I — III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar kompensatsiya toʻlovlarini mazkur Nizomning 6 — 8-bandlarida belgilangan tartibda hisob-kitob qilib, oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
11. Kompensatsiya toʻlovchi subyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari mavjud boʻlmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom boʻlganda, Nizomning 8-bandida keltirilgan 3-formula asosida kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitob qilinadi.
Bunda I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar uchun 20 (yigirma), III toifaga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar uchun 10 (oʻn) shartli koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
12. Motor yonilgʻisi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga normativda chiqarilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobi ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan, ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning toʻliq massasi uchun kompensatsiya toʻlovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
Agar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan kompensatsiya toʻlovchi subyektda davlat ekologik nazorati amalga oshirilishi mobaynida instrumental usul bilan avtotransport vositalarining ifloslantiruvchi moddalarini oʻlchash natijasida ular belgilangan normativlardan ortiq ekanligi aniqlansa, u holda normativdan necha baravar ortiqcha chiqarilganlik koʻrsatkichi aniqlanadi va hisobot yilida ushbu avtotransportning sarflangan yoqilgʻi massasiga hamda belgilangan bazaviy stavkaga koʻpaytirgan holda quyida keltirilgan formula asosida kompensatsiya toʻlovi hisoblanadi:
(4) P = Yh * Mim * R * BHM
bunda:
Yh — korxona tomonidan avtotransport vositasi uchun sarflangan yoqilgʻi hajmi miqdori, tonna yoki kilogrammlarda;
Mim — ifloslantiruvchi modda massasi, Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan bir tonna motor yoqilgʻisini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori turiga qarab olinadi;
R — bazaviy stavka;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda.
13. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplanadigan joylarga joylashtiriladigan normativdagi va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya toʻlovi ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Ishlab chiqarish oqova suvlarini chuqur yer osti gorizontlariga haydash yoʻli bilan joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari ushbu Nizomga muvofiq xavflilik darajasi toʻrtinchi toifaga mansub suyuq chiqindilar boʻyicha amalga oshiriladi.
15. Kon sanoatida foydali qazilma konlarining yuzasini ochish natijasida chiqarilgan xavfsiz togʻ jinslari massasini normativda va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) miqdorda vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtirganlik uchun ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.
5-bob. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish holatlarida kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibi
16. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlangan, oqizilgan va chiqindilar joylashtirilgan holatlarda ularning miqdori instrumental usulda aniqlanadi.
Agar atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish miqdorini instrumental usulda aniqlash mumkin boʻlmasa, ularning miqdori ishlab chiqarishning texnologik tartib-qoidasidan kelib chiqib hisob-kitob usuli bilan aniqlanadi.
17. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishda kompensatsiya toʻlovlari ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va noqonuniy ravishda chiqindilarni joylashtirish jarayoni yuzaga kelgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgunga qadar oʻtgan davr uchun zaharli moddalarning hamda chiqindilarning har bir turi uchun belgilangan kompensatsiya toʻlovlarining oʻn baravari miqdorida toʻlanadi.
18. Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korxonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi.
19. Ifloslantiruvchi moddalar saqlanadigan, toʻplanadigan yoki ularni tashuvchi tizimlardan, shu jumladan, avariya holati uchun hovuzlarning ajratilgan chegaralari doirasida suv obyektlariga yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar oqib chiqqan holatlarda, suv oʻtkazmaydigan qoplamaga ega boʻlmagan subyektlarda, ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya toʻlovlari suv obyektlariga, joy relyefiga avariya holatida oqizish sifatida toʻlanadi.
20. Ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik, oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari, ifloslantiruvchi moddalarni baravariga tashlash, oqizish sodir etilgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgungacha boʻlgan davrga, tasdiqlangan ekologik normativlarga muvofiq har bir modda boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan miqdorlariga oʻn baravar miqdorda toʻlanadi.
201. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni 9-bandining birinchi xatboshisida belgilangan muddatlarda atmosfera havosiga ustuvor turgʻun (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini va lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatmagan va (yoki) mavjudlarini modernizatsiya qilmagan, shuningdek, korxonaning sanitar himoya zonasini avtomat statsionar kuzatuv posti bilan jihozlamagan atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari besh baravarga oshirilgan holda toʻlanadi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
21. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida, birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni noqonuniy ravishda joylashtirganlik uchun hisoblangan summa, avariya, birvarakayiga chiqarish holatlari sodir etilganda aybdor boʻlgan shaxslardan qatʼi nazar, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, oqizish va joylashtirish obyektlari tasarrufida boʻlgan kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan qoplanadi.
6-bob. Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitoblarini rasmiylashtirish va ularni kelishish
22. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobi I — III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan, muvofiq tarzda, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq elektron yoki qogʻoz shaklida tuziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Agar hisobot elektron shaklda tuzilsa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlarining elektron bazasiga kiritilishi taʼminlanishi, qogʻoz shaklida boʻlsa u ikki nusxada tuzilib, hisob-kitoblarni solishtirish va kelishish uchun kompensatsiya toʻlovchi subyektlar joylashgan tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar — har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha;
III toifaga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar — har yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Hisob-kitoblar kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ular tushganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etishlari mumkin.
23. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organi masʼul shaxsi elektron shaklda taqdim qilingan kompensatsiya toʻlovlarining hisob-kitobi toʻgʻriligini tekshiradi. Bu holda ikki ish kuni ichida:
mavjud hujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan tekshirishda hisob-kitob toʻgʻri deb topilgan taqdirda, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosi bilan kompensatsiya toʻlovini amal oshirish uchun kompensatsiya toʻlovchi subyektga qaytariladi;
kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitoblarining notoʻgʻriligi aniqlangan holatlarda, masʼul shaxs elektron raqamli imzosi bilan ularni kompensatsiya toʻlovchi subyektga asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda takroran koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi qogʻoz shaklida taqdim qilingan kompensatsiya toʻlovlarining hisob-kitobi toʻgʻriligini aniqlaydi. Bu holda ikki ish kuni ichida:
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
tekshirilgan hisob-kitobning bir nusxasi masʼul shaxsning imzosi bilan kompensatsiya toʻlovchi subyektga qaytariladi;
kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitoblarining notoʻgʻriligi aniqlangan holatlarda masʼul shaxs ularni kompensatsiya toʻlovchi subyektga asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda takroran koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar aniqlangan kamchiliklarni ikki ish kuni ichida bartaraf qilib, kompensatsiya toʻlovi hisob-kitoblarini qayta koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etadi.
24. Hisob-kitoblarda koʻrsatilgan kompensatsiya toʻlovi summalari, muayyan davr uchun haqiqatda hisoblangan, shuningdek, toʻlangan avans kompensatsiya toʻlovlari summalari bilan solishtiriladi.
Hisoblangan va toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari oʻrtasida farq aniqlangan holatlarda, ushbu farq hisob-kitoblar tasdiqlangan sanadan eʼtiboran oʻn kun muddatda kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
Ortiqcha toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari toʻlangan kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni (penya va hokazo) qoplash yoki kelgusida toʻlanadigan toʻlovlar uchun avans kompensatsiya toʻlovi sifatida hisoblanadi.
25. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan kompensatsiya toʻlovi hisob-kitoblari kompensatsiya toʻlovchi subyektlarni kelishilgan hisob-kitoblarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Kompensatsiya toʻlovchi subyektlari faoliyatida davlat ekologik nazorati amalga oshirilganda va kelishilgan kompensatsiya toʻlovini notoʻgʻri hisoblash holati aniqlanganda, oxirgi tekshiruv sanasidan (uch kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddat) qayta hisob-kitob qilinadi, kelishiladi, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq penya hisoblangan holda toʻlov undiriladi.
7-bob. Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish tartibi va muddatlari
26. I va II toifaga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar har chorakda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi uchun hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha avans kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradilar.
Avans kompensatsiya toʻlovlari oldingi chorak maʼlumotlari boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha amaldagi oʻrtacha oylik massasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Tegishli chorak uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya toʻlovi summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʻlgan taqdirda, kompensatsiya toʻlovi har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha amalga oshiriladi. Bu holatda ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga normativ boʻyicha va normativdan ortiq chiqarish, oqizish va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish hisob-kitobi moliyaviy hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda, yiliga bir marta ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.
Hisobot yili tugagach avans toʻlovlari birinchi — uchinchi va toʻrtinchi chorak yakunlarini inobatga olgan holda yillik hisobot yuritilib, ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilganligining yil davomidagi haqiqiy massasiga muvofiq, qayta hisob kitob qilinib, yakuniy toʻlov qiymati hisoblab chiqiladi hamda toʻlovga qaratiladi.
27. III toifaga mansub kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 5-fevraligacha amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
28. Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar kompensatsiya toʻlovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish joyi (hududi) boʻyicha toʻlaydilar.
29. Kompensatsiya toʻlovlari kompensatsiya toʻlovchi subyektlar tomonidan gʻaznachilik hududiy organlarining tegishli tranzit hisobvaragʻiga yuboriladi, soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) Ekologiya, atrof-muhit muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
30. Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda, muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 (ellik) foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.
301. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni 9-bandining yettinchi xatboshisida belgilangan muddatda atmosfera havosiga ustuvor turgʻun (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini va lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatgan va (yoki) mavjudlarini modernizatsiya qilgan, korxonaning sanitar himoya zonasini avtomat statsionar kuzatuv posti bilan jihozlagan yoki shartnomaga asosan 15 foizdan ortiq toʻlovlarni amalga oshirgan atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini teng ulushlarda 36 oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
8-bob. Kompensatsiya toʻlovchi subyektlarning kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha huquq va majburiyatlari
31. Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy organlaridan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash va toʻlash masalalari boʻyicha bepul zarur maslahat va metodik yordam olish;
ortiqcha toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari yoki undirilgan penyalarni ushbu Nizomga muvofiq kelgusi davr hisobiga oʻtkazish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
kompensatsiya toʻlovlarini oʻz vaqtida hisoblash va toʻlash;
ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobi summalarini Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga kelishish uchun qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etish;
kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobi maʼlumotlarining haqqoniyligini taʼminlash, kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
ushbu Nizom talablariga rioya qilish.
Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
33. Kompensatsiya toʻlovchi subyektlar qayta tashkil etilganda kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha huquq va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga oʻtadi.
34. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash toʻlovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
9-bob. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlarining kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha huquq va majburiyatlari
35. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizomda belgilangan shakllar boʻyicha kompensatsiya toʻlovchi subyektlardan kompensatsiya toʻlovi hisoblarini talab qilish;
joylashgan joyidan qatʼi nazar atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi manbalarni, shu jumladan, ishlab chiqarish binolari, obyektlar, koʻchma manbalar, hududlarni koʻzdan kechirish, shuningdek, kompensatsiya toʻlovchi subyektlarga tegishli boʻlgan, atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi tashlamalarni joylashtirish joylarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazish;
kompensatsiya toʻlovchi subyektlarning axborotidan foydalangan holda tashlamalar, oqovalar va chiqindilar massasini hisoblash usuli bilan aniqlash;
kompensatsiya toʻlovchi subyektlardan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kerakli maʼlumotlarni talab qilish, hisob-kitoblarni tasdiqlaydigan maʼlumotlar, kompensatsiya toʻlovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish;
toʻlovlar boʻyicha qarzlarni, shuningdek, penyalarni qonunda belgilangan tartibda undirish;
kompensatsiya toʻlovlarining toʻgʻri hisob-kitob qilinishi tekshirish uchun malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
kompensatsiya toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq boʻlgan daʼvolarni sud organlariga taqdim etish.
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash va toʻlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
36. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
kompensatsiya toʻlovchi subyektlarga kompensatsiya toʻlovini hisob-kitob qilish masalalari boʻyicha maslahat va tegishli metodik yordamlar koʻrsatish hamda oʻquv seminarlarini oʻtkazish;
kompensatsiya toʻlovchi subyektlar boʻyicha tasdiqlangan ekologik normativlarga asosan yillik maʼlumotlar bazasini yangilab borish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilish va undirish sohasidagi talablar, qoidalar va boshqa masalalar yuzasidan kompensatsiya toʻlovchi subyektlarning soʻroviga asosan ularni bepul xabardor qilish.
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilish va undirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Ushbu Nizomning toʻgʻri qoʻllanishini nazorat qilish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
38. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari sohasida paydo boʻladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining
BAZAVIY STAVKASI
T/r
Ifloslantiruvchi moddalar nomi
Atmosfera havosiga bir tonna ifloslantiruvchi moddani chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi
1.
Azot ikki oksidi (azot dioksidi)
0,0889
2.
Azot oksidi
0,0599
3.
Akrilonitril
0,1520
4.
Akrolein
0,1520
5.
Benzoy aldegid (benzaldegid)
0,1140
6.
Moyli aldegid
0,3040
7.
Aluminiy oksidi
0,1140
8.
Ammiak
0,0889
9.
Ammoniy nitrat (ammiakli selitra)
0,0128
10.
Ammoniy sulfat
0,0240
11.
Ammoniy xlorid
0,0450
12.
Ammofos
0,0128
13.
Malein angidrid (bugʻlar, aerozol)
0,0910
14.
Oltingugurt angidrid (oltingugurt gazi, oltingugurt ikki oksidi)
0,0291
15.
Sirka angidridi
0,1520
16.
Fosfor angidrid
0,0910
17.
Ftalen angidrid (bugʻlar, aerozol)
0,0450
18.
Anilin
0,1520
19.
Atsetaldegid
0,4560
20.
Atseton
0,0130
21.
Atsetilen
0,0040
22.
Atsetofenon
1,5220
23.
Bariyli karbonat kislota (bariyga qayta hisoblaganda)
0,7099
24.
Oqsil maʼdanli qoʻshimchasi (BMD)
45,6480
25.
Oqsil vitaminli konsentrat changining oqsili
4,5650
26.
Benz(a)piren (3,4 — benzpiren)
45647,9330
27.
Benzin (neftli, kam oltingugurtli, uglerodga qayta hisoblaganda)
0,0040
28.
Slanetsli benzin (uglerodga qayta hisoblaganda)
0,0910
29.
Benzol
0,0450
30.
Gidroliz lignindan biostimulyator
0,0020
31.
1.3-butadiyen (divinil)
0,0050
32.
Butan
0,00002
33.
Butilatsetat
0,0450
34.
Vanadiy besh oksidi
1,7533
35.
Vanilin xlorid
0,9130
36.
Vodorod xlorid (tuz kislotasi)
0,0240
37.
Vodorod sianid (sinil kislotasi)
0,4560
38.
Volfram natriy (volframga qayta hisoblaganda)
0,0450
39.
Geksan
0,0001
40.
Koʻmir kislotasi diamini (karbamid, mochevina)
0,0240
41.
Dimetilamin
0,9130
42.
Dimetilformamid
0,0001
43.
2.4-dinitro-2-ftor-butilfenol (dinoseb, gebutoks)
0,9130
44.
0 — Dixlorbenzol
0,1520
45.
Temir oksidi (temirga qayta hisoblaganda)
0,1140
46.
Slanets kuli
0,0450
47.
Issiqlik elektrstansiyalarining koʻmir kuli (tarkibida 35 — 40% kalsiy oksidli, 3 mkm gacha va undan kam, ammo 97% dan kam boʻlmagan dispersiyaga ega)
0,2280
48.
Izopropil
0,0040
49.
Kaprolaktam (bugʻlar, aerozol)
0,0760
50.
Azot kislotasi
0,0310
51.
Bor kislotasi
0,2280
52.
Metakril kislota
0,4560
53.
Oltingugurt kislotasi
0,0450
54.
Sirka kislotasi
0,0760
55.
0-fosforli kislota
0,2280
56.
Metall kobalt, kobalt xlorid
4,5650
57.
Oltingugurt kislotali kobalt (kobaltga qayta hisoblaganda)
11,4120
58.
0-Krezol
0,1630
59.
M, P-Krezol
0,2280
60.
Amorfli kremniy ikki oksidi (aerosid — 175)
0,2280
61.
Ksilol
0,0240
62.
Magniy oksidi
0,0910
63.
Magniy xlorat
0,0140
64.
Elektrostansiyalarning mazut kuli (vanadiyga qayta hisoblaganda)
1,4184
65.
Marganets, marganets oksidi va boshqa birikmalar (marganets ikki oksidiga qayta hisoblaganda)
3,5065
66.
Mis oksid, mis xlorid (misga qayta hisoblaganda)
2,2820
67.
Oltingugurtli, oltingugurt kislotali, xlorli mis (misga qayta hisoblaganda)
4,5650
68.
Metan
0,0692
69.
Metilatsetat
0,0650
70.
Metilmerkaptan
507,1990
71.
Akril kislotaning metil efiri (metilakrilat)
0,4560
72.
2-metilfuran (metilfuran, silvan)
0,3040
73.
Molibden ikki sulfidi (molibdenga qayta hisoblaganda)
0,0450
74.
Etilenglikol monoizobutil efiri (butilsellozolv)
0,0140
75.
Monoetanolamin
0,4560
76.
Monoetilamin
0,4560
77.
Margimush, margimush angidrid va boshqa anorganik birikmalar (margimushga qayta hisoblaganda)
1,1683
78.
Natriy gidroksidi (kaustik soda, oʻtkir natriy)
0,4560
79.
Natriy karbonat (kalsinatsiyalangan soda)
0,1140
80.
Natriy silikat (natriy kremniy oksidi)
0,0140
81.
Natriy sulfat, sulfit, sulfit-sulfat tuzlari
0,0450
82.
Natriy tripolifosfat
0,0090
83.
Nikel, eriydigan tuzlar (nikelga qayta hisoblaganda)
22,8240
84.
Nikel oltingugurt oksidi, nikel oksidi (nikelga qayta hisoblaganda)
4,5650
85.
Nitrobenzol
0,5710
86.
Ozon
0,1169
87.
Odorant TMA (tabiiy merkaptanlar aralashmasi)
91,2960
88.
Qalay ikki oksidi, oksid, sulfat (qalayga qayta hisoblaganda)
0,2280
89.
Qalay xlorid (qalayga qayta hisoblaganda)
0,0910
90.
Paramolibden ammoniy (molibdenga qayta hisoblaganda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atmosfera havosiga bir tonna motor yoqilgʻisi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorining
bazaviy stavkasi (shaxsiy transportdan tashqari)
T/r
Motor yoqilgʻisi nomi
Atmosfera havosiga bir tonna ifloslantiruvchi moddani chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy stavkasi (belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdorida)
1.
Aviatsiya benzini
0,042
2.
Etillangan avtobenzin
0,09
3.
Etillanmagan avtobenzin
0,033
4.
Avtomobil dizel yonilgʻisi
0,033
5.
Teplovozlar uchun dizel yonilgʻisi
0,033
6.
Reaktiv yonilgʻi
0,024
7.
Siqilgan tabiiy gaz
0,022
8.
Suyultirilgan neft gazi
0,038
9.
Suv transporti uchun yonilgʻi (flot mazuti)
0,652
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Bir tonna motor yoqilgʻisini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar
MASSASI
T/r
Yoqilgʻi turlari
Ifloslantiruvchi moddalar massasi, kg
1.
Aviatsiya benzini
169,8
2.
Etillanmagan avtobenzin
788,0
3.
Etillangan avtobenzin
788,3
4.
Avtomobil dizel yonilgʻisi
208,5
5.
Teplovozlar uchun dizel yonilgʻisi
120,5
6.
Reaktiv yonilgʻi
178,5
7.
Suyultirilgan neft gazi
584,8
8.
Siqilgan tabiiy gaz
274,0
9.
Suv transporti uchun yonilgʻi (flot mazuti)
198,4
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv obyektlari, joy relyefi va kommunal-kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorining
BAZAVIY STAVKASI
T/r
Ifloslantiruvchi moddalar nomi
Bir tonna ifloslantiruvchi modda tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 4-ilovaning izoh qismining chiqarilish sanasi 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorining
Bir tonna chiqindini joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi
Xavflilik klassi I — yuqori xavfga ega
t
0,0813
Xavflilik klassi II — xavfli
t
0,0408
Xavflilik klassi III — oʻrtacha xavfli
t
0,0245
Xavflilik klassi IV — kam xavfli
t
0,0082
Xavflilik klassi V– deyarli xavfsiz,
shu jumladan:
qazib olish sanoati
t
0,0001
qayta ishlash sanoati
m.kub
0,0004
boshqalar
t
0,0022
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
Tashkilot (kompensatsiya toʻlovchi subyekt)ning shtampi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha ____________________________________________________________________________________________________________________________ tuman (shahar) Toʻlovchi _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(kompensatsiya toʻlovchi subyektning toʻliq nomi)
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Hisob-kitob uchun masʼul shaxs___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Tashkilot (kompensatsiya toʻlovchi subyekt)ning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami ___________________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Bank rekvizitlari _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(bank muassasasining nomi, kodi, hisobvaragʻi)
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ____ toifasiga taalluqli faoliyat turlari boʻyicha kompensatsiya toʻlovchi subyekti uchun 20____ yilda kompensatsiya toʻlovlari
Koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun ularning amal qilish muddati tugaganda yoki avariya boʻlganda baravarlik koeffitsiyentlari (birlik)
Kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻmda
Agarda, ekologik normativ doirasidan kam massa uchun xisoblanganda
1) (3*6*7:8)*9);
2) Tasdiqlangan meʼyordan yuqori boʻlganda, (3*6*7)+(4*6*7*8)*9);
3) Ekologik meʼyoriy hujjat boʻlmaganda, (4*6*7*8)*9);
4) Avariyali yoki birvarakayiga tashlamalar boʻlganda (5*6*7*8)*9).
Tasdiqlangan ekologik normativlar massasi
Tasdiqlangan ekologik normativlar doirasidagi massa
Tasdiqlangan ekologik normativlardan yuqori boʻlganda yoki ularning amal qilish muddati tugaganda, ekologik normativ mavjud boʻlmaganda hosil boʻlgan haqiqiy massa
Avariya holatida yoki birvarakayiga tashlamalar boʻlganda
3. Suv obyektlariga, joy relyefiga kommunal kanalizatsiya tizimiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash:
Jami:
4. Chiqindilarni atrof-muhitga joylashtirish
I darajadagi toksik — oʻta xavfli
II darajadagi toksik — yuqori xavfli
III darajadagi toksik — oʻrtacha xavfli
VI darajadagi toksik — kam xavfli
Boshqa notoksik chiqindilar
Jami:
Hammasi:
Penya
Toʻlanishi kerak
Tashkilot rahbari (kompensatsiya toʻlovchi subyekt)
_________________________________________
(imzo, F.I.O.)
Tashkilot bosh hisobchisi (kompensatsiya toʻlovchi subyekt)
_________________________________________
(imzo, F.I.O.)
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha hududiy
organning kompensatsiya toʻlovlari hisobi va ularning
tushumini nazorat qilish boʻlim boshligʻi
_________________________________________
(imzo, F.I.O.)
Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi
_________________________________________
(imzo, F.I.O.)
20_____ yil “____”
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qarorining 1-ilovasi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 243-bandi “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.