Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining buyrugʻi, 24.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3907
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI FUQARO AVIATSIYASI AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3907]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor T. NAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-n-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 29-iyundagi 6-n-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishiga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — nazorat qiluvchi organlar tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilikning buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil qilish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlari va maʼlumotlar bazasi tahlili natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 5-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning 1 — 5-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur Nizomning 1 — 5-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoni, 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil qilish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavfni tahlil qilish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar va yerusti qurilmalari yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar, inshootlar, maʼmuriy binolar, parvozlarni radiotexnik taʼminlash, texnik ishlar oʻtkazish boʻyicha nazorat zonalari va boshqa obyektlar tegishlicha jihozlanmaganligi, uzluksiz ishlamasligi, nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun yaroqli emasligi yoki sertifikatlash talablariga javob bermasligi
10
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining majburiy boʻlgan koʻrsatmalari va talabnomalarining bajarilmaganligi
10
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining uchishga yaroqliligi yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Koʻrsatkichlar
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Uchishga yaroqlilik boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan byulletenlarning bajarilmaganligi
10
2.
Uchishga yaroqlilik boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarning bajarilmaganligi
10
3.
Uchishga yaroqlilik boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan havo kemasining ishlab chiqaruvchining talablariga muvofiq jihozlanmaganligi
10
4.
Uchishga yaroqlilik boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan reglamentda koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlarining bajarilmaganligi
10
5.
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligining saqlanishini taʼminlamaslik
10
6.
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talab va shartlariga rioya qilmaslik
20
7.
Havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik boʻyicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat koʻrsatish dasturi ishlari boʻyicha hujjatlarning mavjud emasligi
10
8.
Havo kemasiga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik xizmat koʻrsatish dasturi va minimal jihozlar roʻyxati mavjud emasligi
10
9.
Berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasining mavjud emasligi
10
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi ekspuluatantlarining parvozlarini amalga oshirish yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Koʻrsatkichlar
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Ekspluatantning tashkiliy tuzilmani, boshqaruv va nazorat metodikasini oʻz ichiga oladigan yer ustida xizmat koʻrsatish tizimiga ega emasligi
10
2.
Ekspluatantning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy sugʻurtalanmaganligi
10
3.
Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi tarkibining muayyan vazifalar va javobgarliklar yuzasidan instruktajdan oʻtmaganligi
10
4.
Har bir foydalaniladigan havo kemasi ekipajining uchuvchilar tarkibi havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma bilan taʼminlanmaganligi
10
5.
Havo kemasi parvozga yaroqlilik meʼyorlariga asosan va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanmadagi foydalanish cheklanishlari doirasidaishlatilmasligi
10
6.
Ekspluatant tomonidan har bir havo kemasining parvozga yaroqli holatda saqlanishi taʼminlanmaganligi
10
7.
Ekspluatant tomonidan har bir havo kemasining rejalashtiriladigan parvoz uchun ishga yaroqli holda foydalanilishi hamda avariya uskunalariga ega boʻlishi taʼminlanmaganligi
10
8.
Ekspluatant tomonidan har bir havo kemasining fuqaro havo kemasi parvozga yaroqliligining amaldagi sertifikatiga ega boʻlishi taʼminlanmaganligi
10
9.
Ekspluatantning quyidagilar uchun masʼul boshqaruv xodimlariga ega emasligi:
Havo kemasidan aviatsiyada foydalanish va aviatsiya ishlarini tashkil etish qoidalariga rioya etish (fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining amaldagi guvohnomasi bilan);
havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va uning qoidalariga rioya etish;
parvozlarni tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishning operativ nazoratini taʼminlash;
havoda tashishlar va (yoki) aviatsiya ishlari taʼminlanishini tashkil etish;
aviatsiya xavfsizligini taʼminlash;
parvozlar xavfsizligini taʼminlash nazoratini tashkil etish.
10
10.
Ekspluatant havo kemasining ekipajini tashkil etuvchi, ekspluatantning belgilangan parvozlar dasturini bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlarga va havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasiga muvofiq havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va bajarish uchun texnik-muhandis xodimlarga ega emasligi
10
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchuvchisiz uchish apparat ekspuluatantlarining parvozlarini amalga oshirish yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Koʻrsatkichlar
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaning mavjud emasligi
10
2.
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari uchun ajratilmagan havo hududidan foydalanish
10
3.
Tegishli hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga xulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berilmaganligi
10
4.
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorining belgilangan talablarga javob bermasligi
10
5.
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar va ruxsatnomalarning belgilangan tartibda olinmaganligi
10
6.
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilmasligi
20
7.
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablarning buzilishi
20
8.
Suratga olingan materiallarni qaytarish tartibining buzilishi
10
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv xizmatini amalga oshirish yoʻnalishida tadbirkorlik subyekti faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Koʻrsatkichlar
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Aeroport (aerodrom) uchish-qoʻnish yoʻlagining yongʻindan himoya qilish darajasi talablariga javob bermasligi
10
2.
Aeroport (aerodrom)da uchish-qoʻnish yoʻlagining chetidan 1000 m masofada avariya kirish yoʻllarining mavjud emasligi
10
3.
Aerodromda avariya-qutqaruv guruhlari shaxsiy tarkibi va yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi bilan oʻquv mashqlari hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun jihozlangan sinfxona, poligon, tutun kamerasi, shuningdek hisobdan chiqarilgan samolyot fyuzelyajini oʻz ichiga olgan oʻquv-texnik bazaning mavjud emasligi
10
4.
Yongʻin-qutqaruv shtati xodimlari, yongʻin oʻchirish avtomobillari va boshqa avariya-qutqaruv vositalarini joylashtirish hamda ularning navbatchiligini taʼminlash uchun avariya-qutqaruv stansiyalari bilan jihozlanmaganligi
10
5.
Aerodromda belgilangan miqdorga nisbatan kamida ikki baravar koʻp boʻlgan koʻpik hosil qiluvchi zaxira hamda yongʻin oʻchirish avtomobillarini suv bilan qayta toʻldirish uchun kamida 2 ta punktning (suv havzalari, gidrantlar) mavjud emasligi
Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarining avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtmaganligi
10
8.
Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish boʻyicha choralar koʻrilmaganligi
20
9.
Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar tomonidan havo kemasi ekipaji tarkibidagi parvoz topshirigʻini mustaqil bajarish uchun belgilangan shartlargarioya qilinmaganligi
10
Jami ballar yigʻindisi
100
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2026 y., 10/26/3907/0780-son)