15.11.2022 yildagi 658-son
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan ruxsat beriladi.
10. Ariza beruvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha namunaviy shaklda ishlab chiqilgan qo‘llanmaga ega bo‘lishi shart.
a) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat olish uchun ariza;
21. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 19-bandi talablari bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosa to‘xtatiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan ro‘yxatga muvofiq tayyorlaydi.

Agentlikka hujjatlarni bevosita, pochta xizmatlari orqali yoki elektron shaklda ular qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma bilan birgalikda taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga binoan

2-bosqich

Agentlik

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi va ular darhol ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana qo‘yilgan holda beriladi (yuboriladi).

Hujjatlarni qabul qilish kunida

3-bosqich

Agentlik

1. Arizani hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik holatini baholaydi.

1. Ariza qabul qilingan sanadan boshlab o‘n ish kuni ichida

2. Hujjatlarni tekshirish va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik holatini tekshirish natijalariga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgani to‘g‘risida xulosa beradi (yuboradi) yoki rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kuni ichida

4-bosqich

Agentlik

Arizani qayta ko‘rib chiqadi. Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etsa, ariza beruvchiga shunday xulosani taqdim etadi. Bartaraf etilmagan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma bildirishnoma yuboriladi va bunda rad etishning asosli sabablari ko‘rsatiladi.

Rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ariza va ushbu sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda

“Kelishilgan”

“Tasdiqlayman”

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori

Rahbar

PARVOZLARNI AMALGA OShIRISh BO‘YIChA QO‘LLANMA

__________________________________________________

(ariza beruvchining to‘liq nomi)

Parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

a) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlarini tashkil etish tartibi va ularni amalga oshirish qoidalari;

b) parvozlarni amalga oshirishga aloqasi bo‘lgan xodimlarning majburiyatlari tavsiflangan yo‘riqnoma;

v) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish uchun mas’ul shaxs aniqlangan holda, har bir amalga oshiriladigan parvozning uchuvchisiz uchadigan apparatlari shaxsiy tarkibi;

g) O‘zbekiston Respublikasi hududida parvoz qilayotganda uchuvchisiz uchadigan apparatlar tomonidan havo hududidan foydalanish bo‘yicha ariza beruvchining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha yo‘riqnoma;

d) aviatsiya hodisasi yuz bergan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining harakat qilish tartibi;

e) uchuvchisiz uchadigan apparatga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash tartibi;

j) noqonuniy aralashuv harakatlarining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma;

z) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma;

i) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorini tayyorlash va uning malakasini oshirish dasturlari.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga

Ariza

______________________________________________________________________dan

(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini hisobga qo‘yish va ulardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa berishingizni;

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosaga o‘zgartirish kiritishingizni so‘rayman.


I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi ______________________________
2. Joylashgan joyi (pochta manzili) ___________________________________________
3. Telefon raqami/faks _____________________________________________________
4. Elektron manzili _______________________________________________________


II. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati haqida ma’lumot:

1. Nomlanishi (turi) _______________________________________________________
2. Belgilangan maqsadi ______________________________________________________
3. Seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar) _______________________
4. Ishlab chiqarilgan sana ___________________________________________________
5. Ishlab chiqaruvchining nomi _______________________________________________
6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy ___________________________________________
7. Maksimal uchish vazni ____________________________________________________
8. O‘rnatilgan dvigatellar turi _______________________________________________
9. O‘rnatilgan dvigatellar soni _______________________________________________
10. Dvigatel kuchi (tortish) __________________________________________________
11. Radioelektron vositalar (ko‘tarma uskuna, foydali og‘irlik) haqida ma’lumot ________________________________________________________________________
12. Vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruxsatnomasi ________________________________________________________________________
13. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati saqlanadigan manzili (joy) ________________________________________________________________________


III. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari operatorlari to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O. _________________________________________________________________
2. Maxsus tayyorgarligi to‘g‘risida ma’lumotlari _________________________________
3. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorining o‘z vazifalarini bajarishga yaroqliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa _________________________________
4. B�shqa ma’lumotlar ______________________________________________________


IV. Idoraviy vazifalar ro‘yxati:

1. _______________________________________________________________________
2. _______________________________________________________________________

Ariza beruvchi

_____________________

20__ y. “__” __________

(imzo, F.I.O.)

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida Xulosa.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan idoraviy vazifalarni bajarish maqsadida ekspluatatsiya qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

“O‘zaviatsiya” agentligi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat olish uchun ariza;

b) uchuvchisiz uchadigan apparatga mulk huquqi yoki boshqa shakldagi mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;

v) uchuvchisiz uchadigan apparat uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusxasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);

g) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qo‘llanma, yo‘riqnoma, texnik tavsif) nusxasi;

d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) sanoat usulida ishlab chiqarilganligi;

b) ishlab chiqaruvchi zavodning pasportiga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikatiga) ega bo‘lishi;

v) parvoz vaqtida maksimal og‘irligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatlari bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish og‘irligi 100 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati mavjud bo‘lishi lozim.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

4. O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga zarur ehtiyot choralariga rioya etilganda, faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq ruxsat berish tartibotlaridan o‘tgach hamda Bosh shtabning va Havo hududidan foydalanish boshqaruvining yagona tizimi organlaridan ruxsat olgandan so‘ng ruxsat beriladi. Ushbu faoliyat mutlaqo taqiqlanishi yoxud vaqtincha rejimlar yoki qisqa vaqt davom etadigan cheklovlarni kiritish yo‘li bilan cheklanishi mumkin.
5. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda Bosh shtabga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnoma taqdim qiladi. Rejalashtirilgan aerosuratga olish ishlaridan kelib chiqib, so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
7. Maxsus komissiyaning xulosasiga asosan Bosh shtab tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq maxsus ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuboriladi.

Bosqichlar

Mavzular

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga aerosuratga olish ishlarini o‘tkazish uchun so‘rov jo‘natadi

Ariza beruvchi ixtiyoriga ko‘ra

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganib chiqib, maxsus komissiya aerosuratga olish ishlariga maxsus ruxsatnoma beradi yoki sabablari ko‘rsatilgan holda berishni rad etadi

Besh kun ichida

3-bosqich

Ariza beruvchi

“O‘zaeronavigatsiya” markazi davlat unitar korxonasining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazining Fuqaro sektoriga parvozlarga buyurtmanomani ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi. Barcha ruxsat berish tartibotlari rasmiylashtirgandan so‘ng parvozlarni amalga oshiradi

Ariza beruvchi ixtiyoriga ko‘ra

4-bosqich

Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi

Uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida havo hududidan foydalanishga ruxsatnoma beradi, havo hududidan foydalanishni nazorat qiladi

Buyurtmanomani qabul qilish bilan va parvozlar tugashidan oldin

5-bosqich

Ariza beruvchi

Suratga olingan materiallarda namoyish qilinmaydigan obyektlar bor bo‘lsa, aerosuratga olingan materiallarni Qurolli Kuchlar Bosh shtabiga topshiradi

Aerosuratga olish ishlari tugagandan keyin

6-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Maxsus komissiya videotasvirlarni o‘rganib chiqib, ulardan foydalanishga ruxsat beradi (ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va bu haqda buyurtmachiga xabar beradi). Ko‘rsatib bo‘lmaydigan obyektlarni o‘z ichiga olgan materiallar qayta joylashtiradi (o‘chiradi)

Buyurtmachidan materiallar kelib tushgandan keyin 2 hafta o‘tgach

(uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun 2 kun muddat)

7-bosqich

Ariza beruvchi

Suratga olingan materiallarda maqsadga muvofiq foydalanadi

Ariza beruvchi ixtiyoriga ko‘ra

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI BOSh ShTABI RAHBARIGA

O‘zbekiston Respublikasi ________________________________ vazirligi (vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi) O‘zbekiston Respublikasi 20___ yil _____________gacha _____________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi.

Misol uchun: qishloq xo‘jaligi yerlarining monitoringi — 1:10 000, 25 000 kattalikdagi xaritani yaratish; joyning ortofotorejasi va 3D modelini yaratish hamda ______________ viloyatining _____________ tumanida iqtisodiy zona qurish bo‘yicha shaharsozlik vazifalarini hal etish va boshqalar) uchun _____________da (hudud, obyekt) aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Aerosuratga olish ishlarini har kuni _________dan _________gacha (vaqt) 20___ yil “____” __________dan gacha (baza — aeroport 20___ yil “____” ____________).

Aerosuratga olish ishlari ______________ (tashkilot nomi. Misol uchun: “SAR” aviakompaniyasi mutaxassislari, ________________ kompaniya vakillari (pasport ma’lumotlari) ______________ tomonidan (uchadigan apparat modeli va bort raqami, foto-video apparatura. Misol uchun: “SAR” aviakompaniyasi Toshkent sh.) maxsus jihozlangan, bort raqami ________ bo‘lgan An-2 samolyotidan “UltraCamX” raqamli aerokamera, “GeoScan 201Pro” modelidagi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan), _____________ metrdan _____________ metrgacha bo‘lgan balandlikdagi parvozlar paytida amalga oshiriladi.

Aerosuratga olish ishlarini ishlar kartogrammasiga muvofiq amalga oshirishga ruxsat berishingizni so‘raymiz. Suratga olish ishlarining amalga oshirilishi (yakunlashi) bo‘yicha suratga olingan barcha materiallar kelgusida ulardan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Bosh shtab huzuridagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi.

Ilovalar (rejalashtirilgan aerosuratga olish ishlariga muvofiq):

1. Rejalashtirilgan ish joylari to‘g‘risidagi ma’lumot _________ varaqlarda parvoz maydonlarning chegarasini belgilab, so‘ralayotgan havo hududining chegaralarini belgilash bilan ko‘rsatilgan.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining uchuvchisiz uchadigan apparati jihozlangan radioelektron jihozlardan (chastota parametrlari) foydalanishga berilgan ruxsatnomasining nusxasi _________ varaqda.

3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish uchun tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosalar nusxasi _________ varaqda.

4. Chegara zonasida (hududida) yoki rejim obyektlarida aerosuratga ishlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi _________ varaqda.

5. Yo‘riqnomaning nusxasi yoki tegishli organlarning asoslanishi rejim obyektlar joylashgan joylarda aerosuratga olishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida _________ varaqda.

6. Parvozni ta’minlash uchun boshqa ma’lumotlar.

_______________________

____________

_______________________

(boshliqning lavozimi)

(imzo)

(familiyasi va ismi)