14.06.2023 yildagi PF-94-son
ONLINE TRANSLATE

T/r

Qayta tashkil etilayotgan tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Tashkil etilayotgan tashkilotning taklif qilinayotgan to‘liq (rasmiy) nomi

Tashkil etilayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

Negizida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilmoqda.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi:

a) avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

b) avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropolitenda tashishlar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya etish yuzasidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.

2.

Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi.

3.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti.

Negizida Transport vazirligi huzurida ta’lim muassasasi shaklida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilmoqda.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi sohalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.

4.

Transport vazirligi huzuridagi O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi

5.

Transport vazirligi huzuridagi “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi” DUK

Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ etib qayta tashkil etilmoqda.

Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-sinov, loyihalash va ekspertiza ishlarini o‘tkazish, standartlash, sertifikatlashtirish va transport tizimini modellashtirish ishlarini amalga oshiradi va boshqa tijorat xizmatlarini ko‘rsatadi.

Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ faoliyati o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan Ustav bilan belgilanadi.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Transport sohasida tizim tashkilotlari va soha korxonalarini transformatsiya qilish hamda davlat boshqaruvini samarali tashkil etish

1.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatining huquqiy mexanizmlarini belgilash.

Bunda:

Transport vazirligining Temir yo‘l transportida avariya va halokatlarni tekshirish boshqarmasi, Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi, Daryo transporti bo‘limi hamda hududiy boshqarmalarning avtomobilda tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarining vazifa va funksiyalari hamda vakolatlari Transport nazorati inspeksiyasiga o‘tkazilishi;

Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining vazifa va funksiyalari hamda vakolatlari Transport nazorati inspeksiyasiga o‘tkazilishi;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirish va isloh qilish. Bunda:

temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatishda xususiy sektorga teng huquqli sharoitlar yaratish orqali raqobat muhitini rivojlantirish;

tarif siyosatini takomillashtirish va uni shaffofligini ta’minlash;

biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;

sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Transport vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosatini yuritish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida barcha rezident aviakompaniyalar uchun aviaqatnovlarni amalga oshirish va infratuzilmadan foydalanishda teng sharoitlar yaratish;

rezident aviakompaniyalarga xalqaro reyslarni amalga oshirishda mahalliy yo‘nalishlarda ham parvozlarni bajarish amaliyotini joriy etish;

mahalliy aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratishning mavjud tizimini xususiy rezident aviakompaniyalarga ham keng tatbiq etish orqali yo‘lovchilarga arzon narxlarda aviatashuv xizmatlarini ko‘rsatish va ichki aviatashuvlar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish;

parvozlar geografiyasini kengaytirish, respublikamizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirish va aviatsiya bozorini liberallashtirish maqsadida, “ochiq osmon” rejimi va havo erkinligini qo‘llash uchun xalqaro me’yorlarga muvofiq aviatsiya hukumatlari o‘rtasida kelishuvga erishish hamda rezident aviakompaniyalar manfaatlarini inobatga olgan holda teng huquqli imkoniyatlar yaratish;

respublika aeroportlarida yo‘lovchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda noaviatsion xizmat turlarini kengaytirish uchun zarur sharoitlar yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha Milliy tranzit strategiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Transport vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Transport nazorati inspeksiyasining vakolati doirasida transportda yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilishni kuchaytirish choralarini ko‘rish hamda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini Transport nazorati inspeksiyasiga o‘tkazish yuzasidan qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2023-yil oktyabr

Transport vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

vagon va konteynerlarni xarid qilishga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar uchun qo‘llaniladigan imtiyozlarni tatbiq etish;

xususiy operatorlarni vagonlardan ijara asosida foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2023-yil oktyabr

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari va Transport nazorati inspeksiyasining inspektorlarini Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) talablari asosida malakasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Transport vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. Transport sohasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish va raqamlashtirish darajasini oshirish

9.

Yirik xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, transport sohasida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarni auditdan o‘tkazish va raqamlashtirilmagan biznes jarayonlarni aniqlab, xalqaro tajriba asosida transport sohasini raqamlashtirish yagona konsepsiyasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

“Uzbekistan airports” AJ,

“Uzbekistan airways” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda aholining mobilligini oshirish hamda transport turlarini kengaytirish maqsadida hududlar bo‘yicha aholi oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning (shaxsga doir ma’lumotlarni inobatga olmagan holda) idoralararo elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyalari asosida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi infratuzilma obyektlarining elektron ID-reyestrini yuritish hamda geoaxborot ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Transport vazirligi,

Kadastr agentligi,

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

12.

Transport turlari harakati va avtomobil yo‘llarini onlayn kuzatish imkoniga ega transport situatsion markazini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Transport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Avtomobil yo‘l�ari qo‘mitasi

13.

Transport xizmati iste’molchilari bilan qayta aloqa o‘rnatish, transport sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilik taklif va e’tirozlari asosida amalga oshirish maqsadida “Mening transportim” mobil ilovasini ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Temir yo‘l infratuzilmasi, harakat tarkibi va temir yo‘l obyektlarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va yagona reyestr tizimini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Bunda:

birinchi bosqichda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar;

ikkinchi bosqichda vazirlik va idoralarga qarashli temir yo‘llar;

uchinchi bosqichda o‘zining temir yo‘llari va harakat tarkibiga ega yuridik shaxslarni mazkur tizimga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston davlatlari bilan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda “E-Permit” axborot tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Transport vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

16.

“Xavfli yuk” axborot tizimini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Transport vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

17.

Respublikada yuk tashuvlari va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali ta’minot zanjiri ishtirokchilari uchun “E-logistika” axborot tizimini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Transport vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi

18.

Shaharlararo-viloyatlararo avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish orqali onlayn rejimda harakat jadvallarini kuzatish tizimini joriy etish

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Parvoz jadvallarini idoralararo elektron kelishish tizimini ishlab chiqish.

Bunda, parvoz jadvallarini idoralararo kelishishni raqamlashtirish orqali amaldagi ortiqcha byurokratiyadan voz kechiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr

Transport vazirligi,

“Uzbekistan airports” AJ

20.

Yo‘lovchi va yuklar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar tizimini (API/PNR) yagona darcha tamoyili asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashtirgan holda xavflarni baholash orqali davlat nazoratini tashkil etish platformasini joriy etish. Bunda:

loyihani davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish;

Raqamli transport markazini davlat sherigi etib belgilash;

API/PNR ma’lumotlarni qabul qilishda tashuvchilarga har bir yo‘lovchi va yuk uchun yig‘im belgilash ko‘zda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil fevral

Transport vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Bojxona qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi

21.

Temir yo‘l transporti sohasini 2023 — 2025-yillarda raqamlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2023-yil avgust

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida “Yagona darcha” tizimini yanada takomillashtirish.

Bunda, tizimning tahliliy ma’lumotlarini shakllantirish modulini yaratish.

Qo‘shni davlatlar temir yo‘llari axborot tizimlari bilan elektron tashish hujjatlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Temir yo‘l transportida elektron chiptalar sotish tizimini takomillashtirish.

Bunda:

imtiyozli yo‘lovchilar (talabalar va pensionerlar)ga elektron chiptalar sotish imkoniyatini yaratish;

“Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan elektron chiptalar sotish tizimini integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Temir yo‘l deposi faoliyatini to‘liq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Aqlli depo” axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

“Temir yo‘l navigatsiyasi” yo‘lovchi poyezdlar harakatlanishining onlayn monitoringi axborot tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Temir yo‘l transportida sun’iy intellektdan foydalangan holda me’yordan ortiq yuk ortilgan yuk vagonlarini aniqlash axborot tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Poyezdlarning bajarilgan harakati grafigini tuzish axborot tizimini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

T/r

Ma’lumotni taqdim qiluvchi idoralar

Ma’lumot nomi

1.

Ichki ishlar vazirligi

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

texnik ko‘rikdan o‘tgan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

“E-ma’muriy ish” platformasidagi avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Respublikada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari va qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar.

2.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

Transport xizmatlari bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida hamda ular tomonidan soliq va boshqa yig‘imlarning to‘lanishi to‘g‘risida, shuningdek, avtotransport xizmatlari eksporti to‘g‘risida ma’lumotlar;

transport vositalarining ijara shartnomalari to‘g‘risida ma’lumotlar;

agregatorlar tizimini “Uztrans” tizimiga integratsiya qilgan holda yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxat ko‘rinishida);

milliy tashuvchilarning elektron hisobvaraq-fakturalariga muvofiq transport xizmatlaridan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar haydovchilarining mehnat staji, amaldagi ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

4.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi

Barcha transport turlarida yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

Transport infratuzilmalari va obyektlarini o‘z ichiga oluvchi Yagona geoaxborot ma’lumotlari.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Barcha transport vositalarida yuk va yo‘lovchi tashish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

s�hada ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi, yalpi qo‘shilgan qiymati va sohada ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid boshqa ma’lumotlar;

transport (tashish va saqlash) sohasi va sohaga oid fuqarolik obyektlarini qurishda band aholi soni hamda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi;

transport sohasidagi iste’mol narxlari indeksi va shunga oid boshqa ma’lumotlar.

7.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

8.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining yo‘llarni loyihalash va qurishga oid ma’lumotlari.

9.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

“Shaffof yo’l” tizimi ma’lumotlari.

10.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sug‘urtalangan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

transport korxonalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar va haydovchilarning sug‘urta ma’lumotlari.

11.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Yuk va yo‘lovchi tashishda mavjud tizimlar ma’lumotlari.

12.

“Uzbekistan Airways” AJ

Yuk va yo‘lovchi tashishda mavjud tizimlar ma’lumotlari.

13.

“Toshshahartransxizmat” AJ

Barcha mavjud tizimlar ma’lumotlari.

14.

“Uzbekistan Airports” AJ

Aeroportlarda yuk va yo‘lovchi tashishdagi ma’lumotlar;

uchish, qo‘nish va yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshidagi “5” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
a) 1-ilovaning 7-bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 3-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1 — 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Qo‘mita” so‘zi “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
b) 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: