Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 12.04.2006 yildagi O‘RQ-32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARINING ShIRKATLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 22-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda
ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi ko‘p kvartirali uylarda uy-joy fondini birgalikda boshqarish hamda uni saqlash, asrash va ta’mirlashni ta’minlash uchun ixtiyoriy birlashma sifatida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat xususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javob beradi va o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zosi shirkatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Shirkat faoliyatining asosiy vazifalari va prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat uy-joy fondini birgalikda boshqarish va uning saqlash, asrash va ta’mirlashni, ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulkidan (bundan buyon matnda umumiy mol-mulk deb yuritiladi) foydalanilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustaqillik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiqlik va oshkoralik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z ishini bozor mexanizmlariga muvofiq shartnoma asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar va ta’mirlash xizmatlari bozoridagi raqobat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy mulkdorlari oldida muntazam hisobot berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdoridir (bundan buyon matnda joy mulkdori deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdori umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdoridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmasiga olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo‘ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori bilan munosabatlari ular o‘rtasida majburiy tartibda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori shartnoma tuzishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, shirkat shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Shirkatlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat shirkatlarning va shirkat a’zolarining huquqlari ta’minlanishi hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, shirkatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlar faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan standartlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlarga haq to‘lash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy-kommunal sohasida xizmatlar ko‘rsatishda raqobatni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozlar va kreditlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni saqlash va kommunal xizmatlarga haq to‘lashda kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida dasturlar qabul qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Shirkatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shirkatlar bilan o‘zaro munosabatlari shirkatning o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshiruvchi, uy-joy mulkdorlari o‘zini o‘zi boshqarishining haqiqiy instituti sifatidagi maqomidan kelib chiqib, ortiqcha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatmagan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlar hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, ko‘p kvartirali uylarda yashovchilarning uy-joy fondida yashash qoidalariga rioya etishi masalalari hamda birgalikda hal etishni talab qiladigan boshqa masalalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Shirkatlar birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlar o‘z faoliyatini muvofiqlashtirib borish, tajriba almashish, umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish, shirkatlarning davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash hamda faoliyatining boshqa umumiy masalalarini hal etish maqsadida uyushmalarga (ittifoqlarga) birlashishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ham shirkatlarning uyushmalariga (ittifoqlariga) kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shirkatni tashkil etish. Shirkatning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Shirkatni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan bir nechta uydagi joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali har bir uydagi barcha joy mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘pi hozir bo‘lgan umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi istalgan joy mulkdorining tashabbusi bilan chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror, agar barcha joy mulkdorlarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ko‘p kvartirali yaqin, zich joylashgan bir nechta uydagi joy mulkdorlarini birlashtiradigan shirkat tashkil etilayotganda ana shu uylarning har biridagi joy mulkdorlarining ellik foizidan ko‘pining roziligi olingan bo‘lishi kerak. Joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishga yozma shaklda berilgan ovozlari, agar unda shirkatni tashkil etish masalasi bo‘yicha mulkdorning qarori va unga qarashli joy manzili ko‘rsatilgan bo‘lsa, hisobga olinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlarining tashkiliy umumiy yig‘ilishi, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatni tashkil etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning ustavini tasdiqlash to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat boshqaruvi raisi va a’zolarini saylash to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning taftish komissiyasini saylash to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlarining tashkiliy umumiy yig‘ilishida shirkatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlari tashkiliy umumiy yig‘ilishining ovoz berish natijalari hamda yozma shaklda berilgan ovozlar soni ko‘rsatilgan bayonnomasini yig‘ilish raisi va kotibi imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Shirkat ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning ustavida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning to‘liq nomi, faoliyatining sohasi va maqsadi, joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joy mulkdorlari shirkatga birlashgan ko‘p kvartirali uyning (uylarning) manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy badallarning miqdorlarini belgilash va shirkat a’zolari tomonidan ularni to‘lash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini hamda boshqa faoliyatini boshqarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning boshqarish organlari va taftish komissiyasining miqdor tarkibi hamda saylanish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning vakolatlari, qarorlar qabul qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat ustavida shirkat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Shirkatga a’zolik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar shirkat a’zolari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy boshqa shaxsga berilgan taqdirda, uning mulkdori — shirkat a’zosi yangi mulkdorni o‘zining shirkat a’zosi ekanligi hamda shirkat ustavida belgilangan huquq va majburiyatlarga egaligi, bu huquq va majburiyatlar yangi mulkdorga o‘tishi haqida xabardor qilib qo‘yishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat tashkil etilgan uydan joy olgan shaxslar o‘zlarida shu joyga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan e’tiboran shirkat a’zosi bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Shirkatga a’zolikning tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyga bo‘lgan mulk huquqi bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlarining ko‘pchiligi tomonidan shirkatdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat tugatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Shirkatning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash usulini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining majburiy badallari miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash, shuningdek kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tanlov asosida qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkdan, shirkatning yer uchastkasidan va mol-mulkidan foydalanish qoidalarini ustavda nazarda tutilgan tartibda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning kreditlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mol-mulkini, shu jumladan aylanma mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning joyi ichidagi umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, mulkdorning joyiga uning borligida kirish yoki avariya yuz bergan taqdirda belgilangan tartibda darhol kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulk olish, shirkatning mol-mulkini sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, balansdan chegirib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolariga ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘lari shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadigan maxsus fondlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat umumiy mol-mulkni asrashni ta’minlash maqsadida mulkdorlarning joylarini belgilangan tartibda qayta qurish, o‘zgartirish, qayta jihozlashni kelishib olishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat qonun hujjatlariga va shirkatning ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Shirkatning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulk, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulki belgilangan qoidalar, normalar hamda standartlarga muvofiq asralishi va saqlanishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatishi;
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining va joy mulkdorlari yig‘ilishlarining qarorlari bajarilishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy badallar va to‘lovlar o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejasini, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy uchun shunday rejani belgilashi va uning ijrosiga doir hisobot tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosiga doir hisobot tuzishi, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy bo‘yicha shunday smeta va hisobot tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkdan foydalanish shartlari va tartibi belgilanayotganda barcha shirkat a’zolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida va shirkat ustavida nazarda tutilgan hollarda, uchinchi shaxslar bilan umumiy mol-mulkni saqlash, unga egalik qilish hamda undan foydalanish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarda shirkat a’zolarining manfaatlarini ifodalashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning zimmasida qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatni qayta tashkil etish shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining shirkat a’zolarining ellik foizidan ko‘p ovozi bilan qabul qilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etilayotgan shirkatning mol-mulkini ajratib yoki bo‘lib berish shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat qayta tashkil etilayotganda umumiy mol-mulkka taalluqli texnik va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish-topshirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatni tugatish qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat tugatilayotganda shirkatning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki shirkat a’zolari o‘rtasida shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shirkatni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Shirkatning boshqarish organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi va shirkat boshqaruvi shirkatning boshqarish organlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkatning oliy organidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv shirkatning ijro etuvchi organi bo‘lib, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat ustavini tasdiqlash hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni va shirkat mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash usulini tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash ishlarining yillik rejasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolari majburiy badallarining miqdorini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzodni yoki boshqaruvchi tashkilotni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat boshqaruvi raisiga, a’zolariga va taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat xodimlarining, shu jumladan boshqaruvchining (ijrochi direktorning) ish haqi miqdorini va ularni taqdirlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning maxsus fondlarini tuzish va ulardan mablag‘lar sarflash tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkdan, shirkatning yer uchastkasidan va mol-mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining shirkat boshqaruvi raisi, a’zolari hamda taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta qurish, o‘zgartirish va qayta jihozlashni kelishib olish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni ijaraga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik binolari va boshqa binolarni qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz mablag‘lari olish, shu jumladan bank kreditlari olish, shuningdek bitta uydagi joy mulkdorlarining mablag‘larini shirkatdagi boshqa uyning ehtiyojlari uchun olib turish (qayta taqsimlash) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromaddan (foydadan) foydalanish yo‘nalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatlarning uyushmalariga (ittifoqlariga) va boshqa birlashmalarga kirish hamda ulardan chiqish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv raisi va boshqaruvchi (ijrochi direktor) shirkat a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etmagan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqaruv raisini chaqirib olish hamda boshqaruvchini (ijrochi direktori) lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflarini, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarini ko‘rib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va olib borish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi yiliga kamida bir marta shirkat ustavida belgilangan tartibda chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi moliya yili tugaganidan keyin oltmish kundan kechiktirmay chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi boshqaruvning, shirkatda kamida o‘n foiz ovozga ega bo‘lgan shirkat a’zolarining tashabbusiga, shuningdek taftish komissiyasining talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy, sana, vaqt, yig‘ilish kun tartibi haqida shirkat a’zolarini xabardor qilish shirkat ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi kun tartibiga umumiy mol-mulkni saqlash ishlarining rejalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, majburiy badallar miqdorlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash kiritilgan bo‘lsa, shirkat boshqaruvi umumiy yig‘ilish o‘tkazilguniga qadar shirkat a’zolariga mazkur hujjatlarning loyihalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart. Bunday tanishish tartibi shirkatning ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi, agar yig‘ilishda shirkat a’zolarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Bittadan ortiq uydagi joy mulkdorlarini birlashtirgan shirkatlardagi yig‘ilishda ko‘p kvartirali har bir uydagi joy mulkdorlarining yoki ular vakillarining kamida ellik foizi hozir bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadigan yig‘ilish raisi olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning har bir a’zosi umumiy yig‘ilishda bir ovozga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Shirkat a’zosining shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishidagi vakili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorining oddiy yozma shakldagi ishonchnomasiga ega bo‘lgan shaxs shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida shirkat a’zosining vakili bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zosining — jismoniy shaxsning ishonchnomasida uning pasportidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi. Shirkat a’zosining — yuridik shaxsning ishonchnomasi rahbarning imzosi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma shirkat a’zosining vakiliga shirkat a’zolarining bitta umumiy yig‘ilishida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan vaqt davomida barcha yig‘ilishlarida shirkat a’zosining nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab so‘zga chiqish hamda bitta yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan yoxud barcha hollarda ovoz berish vakolatini berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bir shaxs joy mulkdorlaridan bir nechtasining vakili bo‘lsa, u shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida manfaatlarini ifodalayotgan har bir shirkat a’zosining nomidan alohida-alohida ovoz beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar shirkat a’zolarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror qabul qilinayotganda yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha shirkat a’zosining qarori ko‘rsatilgan va imzosi qo‘yilgan holda yig‘ilishga yozma shaklda berilgan shirkat a’zolarining ovozlari hisobga olinishi shirkat ustavida belgilab qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror shirkatning barcha a’zolari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yig‘ilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yig‘ilishlari o‘tkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yig‘ilishi quyidagilarni tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash ishlari rejasining bir qismi sifatida har bir uydagi umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasining bir qismi sifatida har bir uydagi umumiy mol-mulkni saqlash bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar smetasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejalarining hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining ijrosiga doir hisobotni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlarining yig‘ilishi qabul qilgan qaror mazkur uydagi barcha joy mulkdorlari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Shirkat boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi shirkat a’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan tarkibda va muddatga umumiy yig‘ilish tomonidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi shirkat boshqaruvi raisi tomonidan shirkat ustavida belgilangan muddatlarda, lekin oyiga kamida bir marta chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvining majlisi unda boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvining a’zosi boshqaruv majlisida bir ovozga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvining qarorlari boshqaruv a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolari shirkat boshqaruvining majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Shirkat boshqaruvining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi shirkat faoliyatining barcha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilishga haqli, shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishini hamda joy mulkdorlari yig‘ilishini chaqirish va ularning o‘tkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash ishlari rejasining loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat ustavi talablarining va shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzodlarning yoki boshqaruvchi tashkilotning tanlov asosida tanlab olinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchilarni tanlov asosida tanlagan holda umumiy mol-mulkka, shirkatning mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash uchun buyurtmachi vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov g‘olibi bilan umumiy mol-mulkni va shirkat mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash uchun shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulk, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulki asralishi va saqlanishi ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalar, asbob-anjomlar va boshqa moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olish, ularni sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, shuningdek ularni shirkatning balansidan chegirib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritish, buxgalteriya hisobi va hisobotini, mablag‘lar tushumi hamda ularni sarflash hisobini shirkatdagi ko‘p kvartirali har bir uy bo‘yicha alohida-alohida yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolari belgilangan majburiy badallar va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashlari ustidan nazorat qilish hamda qarzdorlikni tugatish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning mablag‘larini shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan shirkat daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra shirkat boshqaruvining ayrim vakolatlari shartnomaga binoan boshqaruvchiga (ijrochi direktorga) yoki boshqaruvchi tashkilotga o‘tkazilishi mumkin. Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, oltinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vakolatlar boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlari tanlov asosida tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik tarmoqlari va boshqa umumiy mol-mulkka talab darajasida xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash ishlarining belgilangan normalar va talablarga muvofiq sifatli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning mablag‘laridan uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash uchun maqsadli foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining sanitariya holati talab darajasida bo‘lishi, obodonlashtirilishi va sug‘orish tarmog‘ining saqlanishi uchun shirkat a’zolari oldida javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejalarining bajarilishi, amalga oshirilgan hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar, majburiy badallar va to‘lovlarning yig‘imi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda) haqida shirkat a’zolari oldida muntazam ravishda, uch oyda kamida bir marta hisobot beradi. Hisobot taqdim etish shakli shirkatning barcha a’zolari uchun hisobotdan foydalanish erkinligini ta’minlashi kerak va u shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Shirkat boshqaruvi raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi raisi umumiy yig‘ilish tomonidan shirkat a’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning manfaatlarini ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining va shirkat boshqaruvining qarorlari bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining yoki shirkat boshqaruvining qarorlariga muvofiq moliyaviy hujjatlarni, shartnomalarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash usullari bo‘yicha, boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzod yoki boshqaruvchi tashkilot bo‘yicha boshqaruv tomonidan tayyorlangan takliflarni shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat xodimlarining ish haqi miqdori va ularni taqdirlash to‘g‘risidagi nizom, shirkatning boshqa nizomlari va qoidalari yuzasidan takliflarni shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga va ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq shirkat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi hamda ularni bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat boshqaruvi raisining ushbu modda ikkinchi qismining to‘rtinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vakolatlari boshqaruvchiga (ijrochi direktorga) yoki boshqaruvchi tashkilotga shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan shartnoma bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Shirkat taftish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan shirkat a’zolari orasidan kamida uch kishidan iborat tarkibda ko‘pi bilan ikki yil muddatga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida shirkat boshqaruvining a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat taftish komissiyasi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishiga shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida har yili hisobot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat taftish komissiyasining shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisoboti shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilguniga qadar uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi shirkatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Shirkatda mulk huquqi va mol-mulk
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Umumiy mol-mulk
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uyning umumiy joylari, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar umumiy mol-mulk hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulk joy mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkdan foydalanish huquqi joy mulkdorining umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushiga bog‘liq emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkning ayrim qismlari shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan tartibda shirkat a’zolariga yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkning ayrim qismlaridan faqat o‘z manfaatlari uchun foydalanuvchi shirkat a’zosi shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan miqdorda shirkatga haq to‘lashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Shirkat a’zolarining umumiy xarajatlari va majburiy badallari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni birgalikda zimmalariga olishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy xarajatlar shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va mol-mulkini saqlash bilan bog‘liq xarajatlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolari umumiy xarajatlarni qoplash uchun har oyda, qoida tariqasida, pul shaklida majburiy badallar to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolarining majburiy badallari miqdori shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi joy mulkdori tomonidan majburiy badallarning bir qismini to‘lashning pul shaklini uning umumiy xarajatlardagi ishtirokining boshqa turlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorning o‘ziga qarashli joydan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni umumiy xarajatlarda to‘liq yoki qisman ishtirok etishdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joy mulkdori o‘zining umumiy xarajatlardagi ishtiroki bo‘yicha majburiyatini ijara (arenda) shartnomasi asosida joyni ijaraga (arendaga) oluvchiga o‘tkazishi mumkin. Joy mulkdori majburiy badallar va to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar ijaraga (arendaga) oluvchiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida shirkatni xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat va uning a’zolari o‘rtasidagi umumiy mol-mulkni saqlash bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar ushbu Qonun hamda shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Shirkat a’zolarining majburiy to‘lovlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun to‘laydigan har oylik to‘lovlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati va ularning miqdori qonun hujjatlarida hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Umumiy mol-mulkni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkni saqlash umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini ta’minlashga qaratilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkni saqlash uni boshqarishni, texnik va sanitariya holatini saqlab turishni (xizmat ko‘rsatishni), ta’mirlashni hamda bu mol-mulkni asrashga va undan foydalanish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Umumiy mol-mulkni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkni boshqarish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning boshqarish organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchi (ijrochi direktor) — jismoniy shaxs, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchi tashkilot — har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot umumiy mol-mulkni shirkat bilan tuzilgan shartnoma asosida berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha faoliyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joy mulkdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchilar (yuridik yoki jismoniy shaxslar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudratchilar umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatishni va uni ta’mirlashni shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Shirkatning yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari shirkatga belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlar qayta tashkil etilganda, shuningdek joy mulkdorlari shirkat a’zoligidan chiqqanda (shirkatga a’zo bo‘lib kirganda), shirkatlarning yer uchastkalari chegaralari (o‘lchamlari) belgilangan tartibda o‘zgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat tarkibidan uning a’zolari — joy mulkdorlarining bir qismi chiqishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda yer uchastkasining bir qismi olib qo‘yilishi shirkatga yetkazilgan zararning o‘rni tegishli ravishda qoplangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shirkatning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatga taalluqli bo‘lmagan obyektlarni shirkatning yer uchastkasida joylashtirish shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining roziligi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning yangi quriladigan obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Shirkatning shirkat yer uchastkalarida joylashgan obyektlar mulkdorlari bilan munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning shirkat yer uchastkalarida joylashgan, alohida turgan obyektlar mulkdorlari bilan munosabatlari qonun hujjatlari asosida va mazkur mulkdorlar o‘rtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Shirkatning mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning mol-mulki pul mablag‘lari, binolar, inshootlar, uskunalar, asbob-anjomlar, transport vositalari hamda shirkat mablag‘lari hisobiga va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda olingan o‘zga mol-mulkdan, shuningdek shirkatning yer uchastkasidagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlaridan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatning pul mablag‘lari quyidagilardan tarkib topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining majburiy badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat a’zolarining ixtiyoriy badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar va tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlari shirkat a’zoligidan chiqqan taqdirda, bu ko‘p kvartirali uyni kapital ta’mirlash uchun joy mulkdorlari tomonidan mablag‘larni maqsadli jamg‘arish hisobiga to‘plangan shirkat pul mablag‘larining bir qismi yangi tuzilayotgan shirkatga belgilangan tartibda o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Shirkatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Ayrim qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi 761–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 113-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 762–I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 114-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ–32-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 158-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda)