Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2021 18.04.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1126
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 18.04.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1126
Kuchga kirish sanasi
28.04.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINI MILLIY VALYUTADA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 18-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1126]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 24-fevraldagi 3/3-sonli ““Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1126-6, 25.03.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi 74-son “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori H. Nurmurotovning mazkur masala bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Tijorat banklari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida Nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan 10 kundan so‘ng amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish rais o‘rinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6/1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
2002-yil 16-mart, 506-son
(6/1-son bayonnoma, 2002-yil 16-mart)
“TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 18-aprelidagi 178-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-martdagi 74-son qarori, hamda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan, ushbu nizomga muvofiq kreditning qaytarilishi, to‘lovliligi, ta’minlanganligi, muddatliligi va ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish shartlariga rioya etib, xatarlarni har tomonlama baholash va garov qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kreditlash subyektlari bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlarining uydan foydalanishni ta’minlash, uning saqlanishini birgalikda boshqarish va ta’minlash, umumiy foydalanishdagi obyektlarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlari, tartibini aniqlash, umumiy mulkdagi mol-mulkning lozim darajasidagi holatini ta’minlash maqsadidagi birlashmalar — uy-joy mulkdorlari shirkatlari (keyingi matnda — XUJMSh) chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. XUJMShga kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p xonadonli uylarning tomlari va/yoki uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlashga — mazkur ishlarning bajarilishi davriyligini hisobga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalarni (maxsus asbob-uskunalar va mexanizmlarni) xarid qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy atrofi hududlarini obodonlashtirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning muddatlari resurslarning mavjudligi va ularning qaytarilishi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llash imkoniyati bilan beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kreditlar, qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan joylardagi moliya organlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining tegishli bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan obyektni kapital ta’mirlashning loyiha-smetasi hujjatlari hamda manzil ro‘yxati, uy-joy jamg‘armasining kapital ta’mirini moliyalash manbalarini tushuntirgan holda moliyalash rejasi mavjud bo‘lganda, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda XUJMShning kreditlari, kapital ta’mirlashni moliyalashtirish rejasiga muvofiq, mablag‘larning yetishmaydigan qismiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. XUJMSh kreditlarini olish uchun bankka quyidagi hujjatlarini (kredit paketi) taqdim etishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit buyurtmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy mulkdorlari yig‘ilishining kredit olish zarurligi haqidagi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining bank hisob raqamiga pul tushumi (pul oqimi) xomcho‘ti albatta ko‘rsatilgan biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan, so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), shuningdek 90 kundan oshgan qarzdorlik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan kredit qaytarilishi ta’minoti shakllardan birini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Olingan kreditlarni qaytarmaslik xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk yoki qimmatbaho qog‘ozlar garovini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslarning kafilligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan kreditni qaytarmaslik xatarini sug‘urtalanganligi haqida sug‘urta polisini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) hokimliklari kafolatini.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega bo‘lgan, bank hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga e’timodli (ishonchli) kreditlar berish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kreditni qaytarilish ta’minotini shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har qanday mol-mulk, shu jumladan buyumlar, mulkiy huquqlar garovga qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar tomonidan likvidli mol-mulk, shu jumladan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari va boshqa qarz oluvchining likvidli aktivlari garov sifatida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qarz oluvchi oilasining normal hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy, kvartira, uy-jihozlari va asbob-anjomlar, kiyim-kechak va boshqa jihozlar garov predmeti bo‘la olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kafillik qarz oluvchi va kafil o‘rtasida yozma shaklda 3 (uch) nusxada tuziladigan kafillik shartnomasi bilan bank foydasiga rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida kafil va qarz oluvchi imzolaridan keyin ushbu kafillik bank tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risida bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan yozuv qayd etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kredit berish haqida qaror qabul qilishda bank mijozning kreditni qaytara olish qobiliyati bilan bir qatorda, kredit bitimining boshqa har xil jihatlarini, shu jumladan, taqdim etilgan ta’minotni xaridorgirligini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbari obro‘sini (oldingi ish joylari, malakasi, ilgari olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlanganligini va h.k.) e’tiborga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kredit berish haqida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat qilish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kredit berish va uni qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kreditlar alohida kredit hisobvarag‘idan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi. To‘lov topshiriqnomalariga ushbu kreditni olib boruvchi kredit bo‘limi xodimi tomonidan imzo qo‘yiladi. Bunda u kredit hisobvarag‘idan amalga oshiriladigan to‘lovlarning maqsadli yo‘nalishini qat’iy nazorat qilib borishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kredit hisobvarag‘idan kapital ta’mirlashni moliyalashtirish XUJMSh tomonidan bankka XUJMSh bilan pudratchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomadagi manzil dasturida ko‘zda tutilgan barcha ishlar hajmiga hamda obyektga ajratilgan mablag‘lar yoyilmasi ko‘rsatilgan shartnomaning alohida shartlari taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi:
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudrat tashkilotini tanlash tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qarz oluvchiga ajratiladigan kreditlar hisobi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) muvofiq tegishli balans hisobvaraqlarida yuritiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra ajratilgan kreditlar bo‘yicha alohida kredit hisobvaraqlarida muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va kreditlar to‘liq qaytarilgunga qadar ularning hisobi yuritiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditni qaytarish muddatlari, pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditni qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, qarzdorlik Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) belgilangan tartibda undirib olinadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshirib boradilar. Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalar (buyurtmalar)ga muvofiq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishini, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlari va yo‘qotishlarini, muomala xarajatlarini, foydasini, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasini, tovar-moddiy boyliklari zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larining aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatligi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini kredit yig‘majildida tizimlab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankka taqdim etilgan garovning holatiga va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanilishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq joyida o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital ta’mirlash va boshqa obodonlashtirish ishlarni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha, amalga oshiriladigan monitoring jarayonida bank kreditlangan obyektda bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‘lchovini kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan shartlar va muddatlarda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazorat o‘lchovi natijalari bo‘yicha bank tomonidan bajarilgan ishlar hajmi oshirib yozilganligi aniqlangan holda, bu summa bank tomonidan kredit shartnomasida belgilangan tartibda muddati o‘tgan kreditlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va undirib olinadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasida kreditdan maqsadga muvofiq foydalanmaganlik uchun, shu jumladan, bajarilgan ishlar hajmini oshirib ko‘rsatilganligi uchun, jarima sanksiyalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qarz oluvchi tomonidan qarz va unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan holda, bank quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlarning ikkilamchi hisob raqamlariga, shu jumladan, boshqa bankda ochilganlariga ham, ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lov talabnomalarini qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor tomonidan kredit bo‘yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda, bank, mazkur qarzlarni qaytarishni qarzdorlarning likvidli mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”ga muvofiq qaytarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tuman (shahar) hokimligining kafolati bilan shirkatlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tuman (shahar) hokimligidan undirish huquqiga ega.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1126-5, 24.01.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son)