Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2019 17.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1032
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 17.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1032
Kuchga kirish sanasi
27.05.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 17-mayda 1032-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-avgustdagi 93-sonli “Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1032-5, 23.08.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish yuzasidan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan 1999-yil 27-fevralda 28, 227/03-1, 014-0192-son bilan tasdiqlangan Aholi tomonidan uy-joy kommunal xizmatlar uchun to‘lovning to‘laligini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rag‘batlantirish tartibi (1999-yil 30-mart, ro‘yxat raqami 683) mazkur buyruq kuchga kirgan vaqtdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 27-apreldagi 38-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida” PF-2832-son Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomning amal qilishi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirishga, aholi tomonidan kommunal xizmatlar korxonalari tomonidan bajarilgan uy joy-kommunal xizmatlari (elektr bilan ta’minlash, gaz bilan ta’minlash, issiq suv ta’minoti va markaziy isitish tarmog‘i, suv ta’minoti va kanalizatsiya, sanitariya tozalashi) hamda umumiy mulkni saqlash majburiy badallari uchun o‘z vaqtida va to‘liq haq to‘lanishini ta’minlashda ularning rolini oshirishga yo‘naltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga ko‘maklashish maqsadida shartnomalar ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi aholidan ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga ko‘maklashish maqsadida shartnomalar ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar qo‘rg‘on, qishloq, ovul va mahalla fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan o‘zaro munosabatlari quyidagi masalalar bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan shartnoma asosida quriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan kommunal xizmatlar uchun aholidan olinadigan to‘lovlar prognozini belgilash hamda uni fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan umumiy mulkni saqlash majburiy badallari hamda kommunal xizmatlar uchun aholidan to‘lovlarining to‘liq tushishini ta’minlash; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun aholidan to‘lovlarni kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonaga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘zaro munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. TURARJOY-KOMMUNAL XIZMATLAR UChUN AXOLIDAN TO‘LOVLAR TUShIShINI PROGNOZLASh (BELGILASh) TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tushadigan to‘lovlar prognozi har oyda mazkur Nizomning 1-ilovasiga* muvofiq shaklda tegishli ravishda kommunal korxona va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan belgilanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hisob-kitob qilinadigan oyda ko‘rsatiladigan turarjoy-kommunal xizmatlar uchun amaldagi tariflar bo‘yicha belgilangan tartibda hisoblangan tegishli to‘lovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shartnoma tuzilgan paytdan keyin o‘tgan avvalgi oy uchun vujudga kelgan qarz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tushadigan to‘lovlar prognozi hisob-kitob oyining 10-kuniga qadar kommunal xizmatlar ko‘rsatiladigan korxona va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tushadigan to‘lovlar prognozi turarjoy fondining o‘sishi (kamayishi) hisobiga, aholining turarjoy-kommunal xizmatlardan foydalanishi darajasi o‘zgarganida va bu to‘lovlar tushishi hajmi, turarjoy-kommunal xizmatlar narxi (tariflar)ga ta’sir ko‘rsatganida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda turarjoy-kommunal xizmatlar uchun oldindan (o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr uchun) haq to‘lagan xususiy uy-joy mulkdorlari va turarjoy ijarachilari bu davrda tegishli narx (tariflar) oshganida qo‘shimcha to‘lovlar kiritishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATADIGAN KORXONALAR, XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARI VA FUQAROLAR O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARINING O‘ZARO MUNOSABATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ishlashda kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. To‘lovlarning to‘liq to‘lanishini ta’minlash maqsadida o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan birgalikda ishlash uchun (shartnoma tuzilganida) kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxona va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mas’ul vakili tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. To‘langan va to‘lanadigan to‘lovlarni to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalariga (yoki hisob daftariga) muntazam ravishda kiritadi va ularni tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar xizmatlar uchun joriy to‘lovlar bo‘yicha prognoz tushumlari quyidagi tartibda bajarish sharti bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 foiz bajarilganda — tushgan to‘lovlar summasidan 15 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foizdan ortiq bajarilganda — tushgan to‘lovlar summasidan 7 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat ko‘rsatadigan korxona va tashkilotlar kommunal xizmatlar uchun joriy to‘lovlar bo‘yicha prognoz tushumlari bajarilgan taqdirda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus schyotlariga ajratmalarni quyidagi tartibda amalga oshiradilar (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan shartnomalar tuzilgan taqdirda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 foiz bajarilganda — tushgan to‘lovlar summasidan 10 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foizdan ortiq bajarilganda — tushgan to‘lovlar summasidan 5 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi bo‘yicha topshiriq 100 foiz bajarilganda — elektr bilan ta’minlashning tuman (shahar) korxonalari tomonidan taqdim etilgan, topshiriq-ro‘yxatlarda ko‘rsatilgan iste’molchilardan muddati o‘tgan debitorlik qarzining undirilgan summasidan 2 foizgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan aholidan to‘lovlar to‘liq tushishini ta’minlashga ko‘maklashish uchun shartnoma tuzgan bo‘lsa, shirkatlar o‘zaro tuzilgan shartnomalarda belgilangan miqdorda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga mablag‘ o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatishning turli usullari bilan aholi orasida yashab o‘tilgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kuniga qadar ko‘rsatilgan turarjoy-kommunal xizmatlar uchun haq to‘lanishi zarurligi haqida tushuntirish ishlari olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonasi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan doimiy aloqani ta’minlash maqsadida o‘zini o‘zi boshqarish organi devonining tarkibidan mas’ul shaxs tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun qarzi bo‘lgan oilalar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalarni aniqlaydi va ularga umumiy mulkni saqlash badallari va ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashda tegishli yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalardan (yoki shartnoma tuzilgan bo‘lsa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan) tushgan mablag‘ni quyidagi tartibda yo‘naltiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foizi turarjoy-kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzlarni so‘ndirishga, shu jumladan kam ta’minlangan oilalarga xizmatlar uchun hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘maklashishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foizi o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini, bajarilgan turar-joy-kommunal xizmatlar uchun aholidan to‘lovlar to‘liq olinishini ta’minlashdagi ishtirokidan kelib chiqib, rag‘batlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi turarjoylarni ta’mirlash, mahallalar, qo‘rg‘onlar, qishloq va ovullarni obodonlashtirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar o‘z-o‘zlarini boshqarish organlarining muayyan xodimlarini rag‘batlantirish miqdori Fuqarolari yig‘ini kengashi qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yil yakuni bo‘yicha ko‘rsatilgan mablag‘larning tushishi va taqsimlanishi haqidagi hisobot qo‘rg‘on, qishloq, ovul va mahalla Fuqarolari yig‘ini tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashda ko‘maklashishga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni aniqlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 8-son, 101-modda) amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash, shu jumladan kam ta’minlangan oilalarga xizmatlar uchun hisob-kitob qilishda ko‘maklashish faqat oilada kommunal xizmatlar uchun qarz bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yordam oluvchining roziligi bilan kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan tegishli korxona yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining hisob-kitob varag‘iga qarzni so‘ndirish uchun mablag‘ o‘tkazishi mumkin. Oila turarjoy-kommunal xizmatlarni to‘lash bo‘yicha qarzni so‘ndirishdan voz kechsa, oilaga mablag‘ to‘lanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan haq bo‘yicha qarz bo‘lmasa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalardan kelgan mablag‘ni tegishli ulushda o‘z xodimlarini rag‘batlantirish, hududni obodonlashtirish va turarjoylarni ta’mirlashga yo‘naltirish haqida qaror chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har oyda kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonasiga turarjoy-kommunal xizmatlar uchun qarzlarni qoplash bo‘yicha oilalarga ko‘rsatilgan yordam haqida ma’lumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan kelgan pul mablag‘lari tushumi va sarflanishining hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Har chorakda ular uchun belgilangan muddatlarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga* muvofiq kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalardan pul mablag‘larining tushishi va ularning sarflanishi haqida hisobot tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tushgan mablag‘ning 60 foizini turarjoy-kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzlarni so‘ndirishga, shu jumladan (fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishib) kam ta’minlangan oilalarga xizmatlar uchun hisob-kitob qilishda ko‘maklashishga, 15 foizini o‘z xodimlarini rag‘batlantirishga va 25 foizini xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga bog‘lab qo‘yilgan turarjoylarni ta’mirlash va hududni ko‘kalamzorlashtirishga yo‘naltirish tavsiya qilinadi. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan haq bo‘yicha qarz bo‘lmasa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalardan tushgan mablag‘ni tegishli ulushda o‘z xodimlarini rag‘batlantirish, hududni obodonlashtirish va turarjoylarni ta’mirlashga sarflash haqida qaror chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. PUL MABLAG‘LARI TUShIShI VA ULARNI O‘TKAZISh XISOBINI YuRITISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonalari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar tushishi hisobini xizmat ko‘rsatadigan bankdan kelgan to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar kelgan tushumlar to‘liq solishtiriladi va ikkala tomondan to‘lov tushishi prognozi bajarilganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tasdiqlaydigan hujjatlar va to‘lovlar tushishi haqidagi ma’lumotlar asosida 1-ilovaga muvofiq shaklda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (yoki shartnoma tuzilgan bo‘lsa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati)ning maxsus hisobvarag‘iga tegishli summani o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga kommunal xizmatlar uchun aholi to‘lovlari tushumlaridan ajratmalar xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga xizmat qiladigan banklar aholining turarjoy-kommunal xizmatlar uchun to‘lovlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MABLAG‘LARDAN MAQSADLI FOYDALANISh USTIDAN NAZORAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va ularning joylardagi organlari belgilangan tartibda kommunal xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga) mablag‘larning to‘g‘ri o‘tkazilishi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan mablag‘lar mazkur Nizomga muvofiq maqsadli foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimiyatlari ijtimoiy imtiyozlar belgilashda oshkoralik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilinishi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan mablag‘lar qat’iy maqsadga ko‘ra sarflanishi ustidan doimiy nazorat tizimini o‘rnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi va O‘zbekiston “Mahalla” respublika jamg‘armasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A. ABIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori U.A. XOLMUHAMMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” fondining raisi Sh.I. DJALILOV