24.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3906
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrugʻi, 24.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3906
Kuchga kirish sanasi
25.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3906]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor A. BURXANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 1-iyuldagi 95-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, sud, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlariga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi — davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini belgilangan mezonlar asosida baholash va sertifikatlashtirish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi mezonlariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh — davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi), davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari deb yuritiladi) xodimlari, tegishli taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, ekspertlar va mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantiriladigan guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash dasturi — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi mezonlari asosida baholash uchun belgilangan talablar majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga koʻra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etishga masʼul davlat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sertifikatlashtirishni oʻtkazishga tayyorgarlik va uni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilgan korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi doirasida ularning korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyati baholanadi va baholash natijalariga koʻra sertifikatlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhni shakllantirish va uning tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish hajmi va maqsadlaridan kelib chiqib baholash dasturini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash dasturiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini masofadan turib va (yoki) joyiga chiqqan holda baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalari boʻyicha ishchi guruh xulosasini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Reja-grafik Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, har yili mart oyida Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dastlabki bosqichda reja-grafik ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq quyidagi asoslardan kelib chiqib shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid jinoyatchilik darajasining oʻtgan yilga nisbatan oshganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan sohaga oid soʻrovnoma natijalariga koʻra, aholining mazkur soha faoliyatidan noroziligi aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaviy xavf darajasi yuqori boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmagan hollarda, davlat organlari va tashkilotlari bosqichma-bosqich sertifikatlashtirishdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini baholash uchun ishchi guruh reja-grafikda belgilangan baholash muddati boshlanishidan kamida 10 ish kuni oldin Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan Agentlik xodimlari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari, tegishli taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, shuningdek ekspertlar va mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Faoliyati baholanayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari ishchi guruh faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, shu jumladan uni zarur xonalar, moddiy-texnik va aloqa vositalari bilan taʼminlaydi hamda oʻz vakolati doirasida boshqa tashkiliy choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh Agentlikning masʼul tarmoq xodimi rahbarligida kamida yetti nafardan iborat toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqib baholash dasturini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va tashkiloti faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hamda ichki hujjatlarni oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash uchun zarur maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar bilan suhbatlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi guruh rahbari ishchi guruh aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda baholash jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baholash jarayonining qonuniy, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun ishchi guruh rahbari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholash va sertifikatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyati ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan baholash dasturiga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyati baholash dasturiga muvofiq ishchi guruh aʼzolari tomonidan masofadan turib va (yoki) joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini baholash baholash dasturiga asosan ularning funksional xususiyatlaridan kelib chiqib, koʻpi bilan 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Baholash dasturi quyidagi mezonlar asosida ishlab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi yoʻnalish — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy veb-saytning ishchi holatda boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va muddatlarga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi yoʻnalish — davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik kengashlari faoliyati orqali jamoatchilik nazoratini taʼminlash, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik kengashining tashkil etilganligi, uning tarkibi va aʼzolari sonining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik kengashi tomonidan rasmiy tarzda kiritilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik kengashi faoliyati uchun zarur moddiy-texnik va tashkiliy sharoitlar yaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik kengashi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi yoʻnalish — korrupsiyaviy xavflarni boshqarish tizimining samaradorligi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki idoraviy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson omilini qisqartirish va davlat tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) raqamlashtirilganligi, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratining yoʻlga qoʻyilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va tashkiloti faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) tartibga solish choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va tashkiloti xodimlari va jismoniy shaxslar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaning maksimal darajada cheklanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy veb-sayt va boshqa ommaviy axborot vositalarida davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonining soddalashtirilganligi, asossiz cheklovlarning, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarning bekor qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi yoʻnalish — xodimlarning xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylik, adolatlilik va shaffoflikni taʼminlash choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadigan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik) ustidan samarali ichki nazoratning yoʻlga qoʻyilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan taʼsir oʻtkazishning oldini oluvchi choralarning belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va boshqa suiisteʼmolchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi yoʻnalish — manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarining joriy etilganligi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning muntazam toʻldirilishi hamda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin qarindoshlarning bevosita boʻysunuv munosabatlarida ishlashi (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimlar bundan mustasno) hamda fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha aloqador shaxslarni jalb etish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biri boshqasiga boʻysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratida boʻlgan tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning tijorat tashkilotlarining taʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) boʻlishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomaladagi aksiyalarining oʻn foizigacha egalik qilish hollari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki tashkiloti nazoratidagi tadbirkorlik subyektining aksiyalari yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy va huquqiy choralarning belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi yoʻnalish — korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki mexanizmlarning joriy etilganligi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiya toʻgʻrisida xabar berish uchun moʻljallangan aloqa kanallarining ishlashi hamda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish tartibining joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovgʻalarni qabul qilish, hisobga olish va tasarruf etish tartibining amaliyotga joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring qilish va nazorat qilish boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet, budjetdan tashqari hamda boshqa mablagʻlardan foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining amalga oshirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni, shu jumladan maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish kafolati yetarliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi yoʻnalish — korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining shtat birliklari soni davlat organi va tashkilotining shtat birliklari hamda faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib shakllantirilganligi, shuningdek uning zarur moddiy-texnik va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholash dasturida nazarda tutilgan mezonlar davlat organi yoki tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli, vazifa va funksiyalari xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan mezon boʻyicha baholashni amalga oshirish obyektiv sabablarga koʻra imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu mezon mazkur davlat organi yoki tashkilotiga nisbatan “qoʻllanilmaydi” deb belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “qoʻllanilmaydi” deb belgilangan mezon qonunchilik hujjatlari, davlat organi yoki tashkilotining ustavi, nizomi, vazifa va funksiyalari yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar asosida baholash boshlanishidan oldin ishchi guruh tomonidan asoslantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash dasturida nazarda tutilgan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda baholash natijalariga koʻra ularning faoliyati “yaxshi”, “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Baholash natijalariga koʻra davlat organlari va tashkilotlari faoliyati quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81 balldan 100 ballgacha — “yaxshi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 balldan 81 ballgacha — “qoniqarli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 balldan kam — “qoniqarsiz”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yakuniy ball baholash dasturida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha toʻplangan ballar yigʻindisi asosida aniqlanadi. Bunda har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi yoʻnalish — 14 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi yoʻnalish — 14 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi yoʻnalish — 16 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi yoʻnalish — 14 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi yoʻnalish — 14 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi yoʻnalish — 14 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi yoʻnalish — 14 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Har bir yoʻnalish boʻyicha maksimal ball mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan baholash yoʻnalishlari va indikatorlari boʻyicha belgilangan ballar yigʻindisi asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Baholash dasturida bir yoki bir nechta mezon “qoʻllanilmaydi” deb belgilangan taqdirda, yakuniy ball quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAB = (TB / MB) × 100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAB — yakuniy ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TB — mezonlar boʻyicha toʻplangan ballar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MB — mezonlar boʻyicha maksimal ballarning yigʻindisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar va ishchi guruh xulosasi ishchi guruh rahbari tomonidan imzolanadi hamda sertifikatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun shu kunning oʻzida Agentlikka kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishchi guruh xulosasi faoliyati baholanayotgan davlat organi yoki tashkilotining birinchi rahbariga tanishtiriladi. Eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, ular xulosada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Baholash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan ishchi guruh xulosasida har bir mezon boʻyicha ishchi guruh aʼzolari tomonidan berilgan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati asosida hisoblangan yakuniy ball koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir indikator boʻyicha belgilangan talab toʻliq bajarilgan taqdirda mazkur indikator uchun nazarda tutilgan maksimal ball, talab bajarilmagan taqdirda esa nol ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Baholash natijalariga koʻra faoliyati “yaxshi” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat Agentlik tomonidan beriladi. Sertifikat uch yil muddat davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh xulosasiga asosan faoliyati “qoniqarli” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oydan oshmagan muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etgan davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilganligi toʻgʻrisida sertifikat taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan, shuningdek, “qoniqarli” deb baholanib, aniqlangan kamchiliklarni belgilangan qoʻshimcha muddatlarda bartaraf etmagan davlat organlari va tashkilotlari toʻgʻridan-toʻgʻri sertifikat olmagan deb baholanadi. Bunday holat tashkilot rahbarlariga nisbatan tizim joriy etilgan kunga qadar ragʻbatlantirish xususiyatiga ega barcha toʻlovlarni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilganligi toʻgʻrisida beriladigan sertifikat faoliyati baholangan davlat organi va (yoki) tashkilotining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan davlat organi va (yoki) tashkiloti huzuridagi tashkilotlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan kamida besh nafar aʼzodan iborat Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, shuningdek mustaqil ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatni baholashda bevosita ishtirok etgan ishchi guruh aʼzolari, baholash materiallarini tayyorlagan shaxslar, shuningdek apellyatsiya natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor shaxslar Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Baholash natijalaridan norozi boʻlgan davlat organi yoki tashkiloti baholash yakunlari boʻyicha ishchi guruh rahbari tomonidan imzolangan tegishli xulosa sanasidan boshlab oʻttiz kalendar kun ichida Agentlikka yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya bergan davlat organi yoki tashkilotini apellyatsiya koʻrib chiqilishidan kamida ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida, apellyatsiya shikoyati bergan davlat organi yoki tashkiloti rahbari yoki uning vakolatli vakili ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Qaror majlisda ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellyatsiya komissiyasi eʼtiroz bildirilgan mezonlar boʻyicha baholash materiallari, taqdim etilgan dalillar va ballarni hisoblashning toʻgʻriligini tekshiradi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida yangi baholash mezonlarini qoʻllashga, qayta baholashga qaratilgan savollar berishga, shuningdek apellyatsiya bergan davlat organi yoki tashkilotining joriy ballari yoki umumiy natijasini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasining quyidagi qarorlaridan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnomada majlis oʻtkazilgan sana va joy, ishtirok etgan komissiya aʼzolari, apellyatsiyaning mazmuni, oʻrganilgan materiallar va dalillar, ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror va uning asoslari, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Apellyatsiya komissiyasining qarori apellyatsiya bergan davlat organi yoki tashkilotiga qaror qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilinadi, qaror va bayonnomaning koʻchirma nusxasi esa bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Apellyatsiya komissiyasining qarori ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Baholash jarayonida taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik baholash oʻtkazilayotgan davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish boʻyicha tasdiqlanadigan reja-jadvalning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish muddatlari

 

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentabr

Oktabr

Noyabr

Dekabr

I. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlari

1.

2.

II. Korrupsiyaga oid jinoyatchilik darajasi oʻtgan yilga nisbatan oshgan davlat organlari va tashkilotlari

3.

4.

III. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan sohaga doir soʻrovnoma natijalariga koʻra, aholi norozi boʻlib kelayotgan davlat organlari va tashkilotlari

5.

6.

IV. Korrupsiya xavflari yuqori boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari

7.

8.

V. Boshqa davlat organlari va tashkilotlari

9.

10.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash yoʻnalishlari hamda indikator koʻrsatkichlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari nomi

Ball

1-bob. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash

14

1.

Rasmiy veb-saytning ishchi holatda boʻlishi

6

2.

Ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va muddatlarga rioya qilinishi

8

2-bob. Davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik kengashlari faoliyati orqali jamoatchilik nazoratini taʼminlash

14

3.

Jamoatchilik kengashining tashkil etilganligi, uning tarkibi va aʼzolari sonining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining ishtiroki

4

4.

Jamoatchilik kengashi tomonidan rasmiy tarzda kiritilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi

4

5.

Jamoatchilik kengashi faoliyati uchun zarur moddiy-texnik va tashkiliy sharoitlar yaratilganligi

3

6.

Jamoatchilik kengashi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi

3

3-bob. III. Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish tizimining samaradorligi

16

7.

Normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki idoraviy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilganligi

3

8.

Inson omilini qisqartirish va davlat tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) raqamlashtirilganligi, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratining yoʻlga qoʻyilganligi

2

9.

Davlat organi va tashkiloti faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) tartibga solish choralarining koʻrilganligi

4

10.

Davlat organi va tashkiloti xodimlari va jismoniy shaxslar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaning maksimal darajada cheklanganligi

2

11.

Rasmiy veb-sayt va boshqa ommaviy axborot vositalarida davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilganligi

2

12.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonining soddalashtirilganligi, asossiz cheklovlarning, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarning bekor qilinganligi

3

4-bob. Xodimlarning xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash

14

13.

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylik, adolatlilik va shaffoflikni taʼminlash choralarining koʻrilganligi

3,5

14.

Davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadigan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik) ustidan samarali ichki nazoratning yoʻlga qoʻyilganligi

3,5

15.

Davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan taʼsir oʻtkazishning oldini oluvchi choralarning belgilanganligi

3,5

16.

Xodimlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va boshqa suiisteʼmolchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarining koʻrilganligi

3,5

5-bob. Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarining joriy etilganligi

14

17.

Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning muntazam toʻldirilishi hamda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining mavjudligi

3

18.

Yaqin qarindoshlarning bevosita boʻysunuv munosabatlarida ishlashi (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimlar bundan mustasno) hamda fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha aloqador shaxslarni jalb etish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi

2,5

19.

Biri boshqasiga boʻysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratida boʻlgan tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi

2

20.

Xodimning tijorat tashkilotlarining taʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) boʻlishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomaladagi aksiyalarining oʻn foizigacha egalik qilish hollari mustasno

2

21.

Xodimning oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki tashkiloti nazoratidagi tadbirkorlik subyektining aksiyalari yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi

2

22.

Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy va huquqiy choralarning belgilanganligi

2,5

6-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki mexanizmlarning joriy etilganligi

14

23.

Korrupsiya toʻgʻrisida xabar berish uchun moʻljallangan aloqa kanallarining ishlashi hamda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish tartibining joriy etilganligi

3

24.

Sovgʻalarni qabul qilish, hisobga olish va tasarruf etish tartibining amaliyotga joriy etilganligi

2

25.

Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring qilish va nazorat qilish boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilganligi

2

26.

Budjet, budjetdan tashqari hamda boshqa mablagʻlardan foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining amalga oshirilganligi

2

27.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni, shu jumladan maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining koʻrilganligi

2

28.

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi

1,5

29.

Korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish kafolati yetarliligi

1,5

7-bob. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi

14

30.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining shtat birliklari soni davlat organi va tashkilotining shtat birliklari hamda faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib shakllantirilganligi, shuningdek uning zarur moddiy-texnik va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligi

8

31.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilganligi

6

JAMI

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilganligi boʻyicha

SERTIFIKAT

_____________________________________________________________________________________________________________________________

(Tashkilot nomi)

_____________________________________________________________________________________________________________________________

(Sertifikatning amal qilish muddati)

“_____” ball.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

________________________________

(rahbarning F.I.O)

QR-kod (matrik shtrix kod)

______________________

(sertifikat raqami)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 10/26/3906/0782-son)