Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 16.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2754
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2754-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 12-noyabrdagi 64-sonli ““Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2754-4, 27.11.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor A. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 4-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-sonli buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi 298-sonli “2020-yilgacha boʻlgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MTSO deb yuritiladi) — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Menejment tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish ariza beruvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli malakaga ega boʻlgan maslahatchini jalb etish orqali amalga oshiriladi. Bunda maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishga arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishni oʻtkazishga shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun auditorlar guruhini shakllantirish va tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlari auditini oʻtkazish va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtkazish va berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sertifikatlashtirish MTSO tomonidan sertifikatlashtirishga arizaga asosan amalga oshiriladi. MTSO ni tanlash ariza beruvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi MTSO ga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda sertifikatlashtirishga ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MTSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, soʻngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MTSO elektron shakldagi sertifikatlashtirishga ariza olingani toʻgʻrisida ariza beruvchini shu kunning oʻzida xabardor qilinishini taʼminlaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sertifikatlashtirishga arizaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat boʻyicha qoʻllanmani (agar mavjud boʻlsa);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimi sohasi boʻyicha siyosat va maqsadlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimining ishlashi uchun zarur boʻlgan jarayonlarning tavsifini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimining muvofiqligiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan xavflarning tavsifini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalillarni oʻz ichiga olgan hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sertifikatlashtirishga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. MTSO sertifikatlashtirishga arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijalari boʻyicha 3 kun mobaynida sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishga arizaga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning soxtaligi yoki notoʻgʻriligining aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishga arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng qayta sertifikatlashtirishga ariza berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sertifikatlashtirishga ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 3 kun ichida MTSO va ariza beruvchi oʻrtasida sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi uning natijalaridan qatʼi nazar, sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan miqdorda va tartibda amalga oshiriladi. Bunda sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi sertifikatlashtirish boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining birinchi toʻlovidan soʻng 10 kun ichida, biroq shartnoma tuzilgandan soʻng 20 kundan kechiktirmay MTSO sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha auditorlar guruhini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha auditorlar guruhining shaxsiy tarkibi, aʼzolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek sertifikatlashtirishni oʻtkazish muddatlari va joyi MTSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha auditorlar guruhini sifat boʻyicha ekspert-auditor boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Menejment tizimlari hujjatlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari boʻyicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTSO nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek masʼul xodimning bogʻlanish maʼlumotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini koʻrsatgan holda identifikatsiyasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 30 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili boʻyicha xulosa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda qoʻshimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nomuvofiqliklar mavjud boʻlmaganda yoki ular bartaraf etilgandan soʻng MTSO tomonidan ariza beruvchi bilan kelishilgan holda menejment tizimlari auditini oʻtkazish muddati belgilanadi. Bunda menejment tizimlari auditi menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgan yoki nomuvofiqliklar bayonnomasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida boshlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Menejment tizimlari auditi ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Menejment tizimlari auditini oʻtkazish uchun MTSO tomonidan reja tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Menejment tizimlari auditi ariza beruvchi joylashgan joyida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Menejment tizimlari auditi va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzish 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Menejment tizimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari auditi natijalari boʻyicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Menejment tizimlari auditi natijalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTSO nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek masʼul xodimning bogʻlanish maʼlumotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini koʻrsatgan holda identifikatsiyasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish boʻyicha asoslangan qaror qabul qilish imkonini beruvchi menejment tizimlari auditi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi kuzatuvlar, yozuvlar va dalillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 60 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlari auditi boʻyicha xulosa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda qoʻshimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻtkazilgan sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha MTSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Muvofiqlik sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 kun ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi va ariza beruvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan kundan boshlab 3 yilni tashkil qiladi.
(30-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Muvofiqlik sertifikati blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MTSO ga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda MTSO ushbu qaror qabul qilingan kuni ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror menejment tizimlari hujjatlarining tahlilida ham, menejment tizimlari auditida ham qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili yoki menejment tizimlari auditida aniqlangan nomuvofiqliklarning tegishli hisobotlarda belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi amalga oshirilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlarining ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar toʻplamlari, shu jumladan sertifikatlashtirishga arizalar, hisobotlar, menejment tizimlari auditi rejalari, MTSO rahbarlarining qarorlari va muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari MTSO da 4 yil davomida saqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda ariza beruvchi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Avval berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar 30 kun mobaynida sertifikatlashtirishga ariza berilganda, menejment tizimi hujjatlarining tahlili va uning natijalari boʻyicha hisobot tuzishdan tashqari ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayta sertifikatlashtirish oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazorati sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO yoki inspeksiya organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash haqidagi qaror inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turiladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimi sertifikatlashtirilgan tashkilot (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki inspeksiya nazoratini talab etiladigan muddatda oʻtkazishga ruxsat bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot ixtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.
(39-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) asosan toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya nazorati natijalariga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilishi natijasida — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatini amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda tashkilot tomonidan bartaraf etilmaganda;
(40-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar tashkilot tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati oʻtganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Muvofiqlik sertifikati muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sud tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya nazorati natijalariga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. MTSO ning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot MTSO, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
(44-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. MTSO yoki Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tashkilot muvofiqlik sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilganda, tugatilganda yoki u bekor qilinganda sertifikatlashtirilgan menejment tizimi mavjudligi toʻgʻrisida eʼlon qilish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga talabgor tashkilot muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya nazorati natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirishda avval berilgan muvofiqlik sertifikatining qolgan muddatiga yangi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Bunda yangi muvofiqlik sertifikati avval berilgan muvofiqlik sertifikatini uni bergan MTSO ga qaytarilgandan soʻng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida avval berilgan muvofiqlik sertifikati keyinchalik Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. MTSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi toʻxtatib turilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga mazkur maʼlumotni taqdim qilib boradi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruriyat boʻlganda MTSO dan sertifikatlashtirish boʻyicha hujjatlar nusxalarini soʻrab olishi mumkin.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. MTSO oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida ariza beruvchi yoki tashkilot toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 214-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi rahbariga _______________________________
_______________________________________________________________________________ da (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar)
oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan
_________________________________________________________________________________ (tashkiliy tuzilmaning joylashishi koʻrsatilgan holda menejment tizimining soʻralgan sohasi nomi)
menejment tizimini sertifikatlashtirishingizni soʻrayman.
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor boʻlgan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
toʻliq nomi:
qisqartirilgan nomi:
yuqori turuvchi tashkilotning nomi, shu jumladan mazkur yuridik shaxs uning tarkibiga kirsa:
pochta manzili:
telefon:
elektron pochta manzili:
STIR:
IFUT:
bank rekvizitlari
bank nomi:
bank hisob raqami:
xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO:
shtat birliklarining umumiy soni:
shu jumladan
boshqaruv xodimlari:
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar:
texnik xodimlar:
menejment tizimiga masʼul boʻlgan shaxsning F.I.O., lavozimi, bogʻlanish maʼlumotlari:
Menejment tizimi haqidagi umumiy maʼlumotlar
menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etish sanasi:
menejment tizimi tatbiq etiladigan mahsulot yoki xizmatlar:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki koʻrsatilayotgan xizmatlar yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar nomi:
avval oʻtkazilgan menejment tizimini sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
menejment tizimlarini sertifikatlashtirishda asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning nomi:
muvofiqlik sertifikatining blank raqami va roʻyxatga olish raqami:
muvofiqlik sertifikati berilgan sana:
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:
Ariza beruvchi
_____________ (imzo)
____________________ (F.I.O.)
_____________ (sana)
(1-ilova Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 21-sentabrdagi 561-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-1, 23.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 456-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(old tomoni)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH MILLIY TIZIMI NATSIONALNAYA SISTEMA SERTIFIKATSII RESPUBLIKI UZBEKISTAN
(menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining nomi va manzili, muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridagi raqami) (naimenovaniye i adres organa po sertifikatsii sistem menedjmenta, № v Gosudarstvennom reyestre organov po otsenke sootvetstviya)
№ _____________________
(blank raqami) (№ blanka)
MUVOFIQLIK SERTIFIKATI SERTIFIKAT SOOTVETSTVIYA
(milliy muvofiqlik belgisi) (natsionalniy znak sootvetstviya)
Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida quyidagi raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi: Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre natsionalnoy sistemi sertifikatsii za №: berilgan sana: data vidachi: amal qilish muddati: deystvitelen do:
menejment tizimini trebovaniyam, ustanovlennim v (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda) (normativno-pravovix aktax i normativnix dokumentax v oblasti texnicheskogo regulirovaniya) belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
va quyidagi sohalarda tatbiq etiladi: i primenyayetsya v sleduyushix oblastyax:
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining rahbari Rukovoditel organa po sertifikatsii sistem menedjmenta
____________ (imzo) (podpis)
___________________ (F.I.O.)
M.Oʻ. M.P.
Maxsus belgilar uchun/Dlya spetsialnix otmetok
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(orqa tomoni)
NATIONAL SYSTEM OF CERTIFICATION OF UZBEKISTAN (name and address of management system certification body, №: in the state register of conformity assessment bodies)
№ _____________________
(form number)
CERTIFICATE OF CONFORMITY
(national mark of conformity)
Registered in the State register of the national certification system №
date of issue:
valid till:
Certificate of conformity certifies that management system (name of a company)
address: additional information:
complies with the requirements of (name of normative-legal documents and regulatory documents in the field of technical regulations)
and will be implemented in the following areas:
Nead of management system certification body
____________ (signature)
___________________ (full name)
(stamp)
For special marks
(2-ilova Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda; 2016-y., 38-son, 456-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)