21.04.2025 yildagi PQ-147-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari ishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ustuvor vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va yakunlari bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish bo‘yicha taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, davlat xaridlari bo‘yicha preventiv o‘rganishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) elektron hisobot taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) tegishli soha va tarmoqda korrupsiyaviy xavf-xatarlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni amalga oshirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beruvchi situatsion markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish va joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga (kuzatuv kengashi mavjud bo‘lmagan hollarda korxona rahbariga) bo‘ysunadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari va tarkibiy tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari tomonidan tayinlanadi hamda faoliyati ular tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Agentlikning taqdimnomalari ular faoliyat olib borayotgan tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Hisob palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili davlat organlari va tashkilotlarida mazkur minimal mezonlarga asosan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari tashkil etilishini monitoring qilib, natijalari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha huquqiy eksperiment
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zsuvta’minot” AJning (keyingi o‘rinlarda — eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbari lavozimiga Agentlik xodimlari tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka bo‘ysunadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Huquqiy eksperiment doirasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari shtat birliklari huquqiy eksperiment davrida Agentlikka o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur shtat birliklari uchun Agentlikning bo‘lim boshlig‘iga belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari qo‘llanadi. Bunda ushbu lavozim uchun mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shuningdek, Agentlikda va eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarda ushbu lavozim uchun to‘lanadigan ish haqi o‘rtasidagi tafovut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirliklarida faoliyat yurituvchi Agentlik xodimlari uchun — Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zsuvta’minot” AJda faoliyat yurituvchi Agentlik xodimlari uchun — Agentlikning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik (A. Burxanov) eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi xodimlari faoliyatining huquqiy eksperiment davomidagi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) huquqiy eksperimentning amalga oshirilishi haqida har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ikki oy muddatda huquqiy eksperimentni amalga oshirish jarayonini tartibga solish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) huquqiy eksperimentning natijalarini tahlil qilish asosida 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu tizimni boshqa davlat organlari va tashkilotlariga ham tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari malakasini oshirish va ular faoliyatining samaradorligini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ilk marta lavozimga tayinlangan mas’ul xodimlari quyidagi tartibda ikki haftalik stajirovkadan o‘tishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining rahbarlari va xodimlari — Agentlikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hududiy bo‘linma va tarkibiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul xodimlari — davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ularning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari uchun har yili korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini hamda ularning qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash va baholash tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) uch oy muddatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining kasbiy standartlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2025-yil 1-iyulga qadar “E-anticor.uz” elektron platformasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reyestrini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar haqidagi hisobotni elektron shaklda taqdim etish, anonim so‘rovnomalar o‘tkazib, natijalarini jamoatchilikka e’lon qilish imkonini beruvchi elektron modulni ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash natijalari bo‘yicha har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Moliyaviy resurslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “E-anticor.uz” elektron platformasini funksional kengaytirishga qaratilgan modulni yaratish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro va milliy donorlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad, vazifalari, undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik (A. Burxanov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-147-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MINIMAL MEZONLARI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mavjud shtat birliklari va tizim tashkilotlari soni

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi minimal shtat birligi soni*

Markaziy apparatda shtat birligi soni

Tizimda hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘linmalar va tarkibiy tashkilotlar (qo‘mita, agentlik, inspeksiya, markaz, muassasalar va respublika darajasidagi boshqa tashkilotlar) mavjudligi

1.

150 gacha

Mavjud emas

1 ta xodim

Mavjud

Markaziy apparatda 2 ta xodimdan iborat bo‘lim va har bir hududiy bo‘linma** va tarkibiy tashkilotlarda*** 1 tadan xodim

2.

150400 gacha

Mavjud emas

Markaziy apparatda 2 ta xodimdan iborat bo‘lim

Mavjud

Markaziy apparatda 3 ta xodimdan iborat bo‘lim va har bir hududiy bo‘linma** va tarkibiy tashkilotlarda*** 1 tadan xodim

3.

400 va undan ortiq

Mavjud emas

Markaziy apparatda 3 ta xodimdan iborat bo‘lim

Mavjud

Markaziy apparatda 4 ta xodimdan iborat bo‘lim va har bir hududiy bo‘linma** va tarkibiy tashkilotlarda*** 1 tadan xodim****

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari uchun ushbu minimal mezonlarda nazarda tutilganidan ko‘proq shtat birliklarini belgilashi mumkin. Bunda belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 7 va undan ortiq bo‘lgan hollarda boshqarma, 2 va undan ortiq bo‘lgan hollarda bo‘lim tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Agar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) bo‘linmasida umumiy shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa, ushbu hududiy bo‘linmaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Agar davlat organlari va tashkilotlarining tizimidagi tarkibiy tashkilotning shtatlar soni 100 ta va undan kam bo‘lsa hamda tarkibiy tashkilotning o‘zida hududiy yoki tarkibiy tashkilotlar mavjud bo‘lmasa, ushbu tarkibiy tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati davlat organi va tashkilotining markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Agar tizimdagi tarkibiy tashkilotning umumiy shtatlari soni (hududiy bo‘linma va tarkibiy tashkilotlarining shtat birligi bilan birgalikda) 400 va undan ortiq bo‘lsa, yuqoridagi jadvalga asosan minimal mezonlar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi 4-kichik bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish holatini baholaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarori 11-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning o‘n birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-bandning ikkinchi xatboshisidan “Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 10-ilovaning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-332-son qarori 2-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markazga kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan chet elda ishlab chiqarilgan axborot qurilma, uskunalar, barcha turdagi axborot tizimlari, mobil ilovalar va boshqa dasturiy ta’minotlarni xarid qilish bo‘yicha loyihalar “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasining ijobiy qarori taqdim etilganidan keyin ko‘rib chiqiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-avgustdagi “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi PQ-356-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini berish, uni tayyorlash hamda “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobini chop etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Savdo-sanoat palatasining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)