1-ILOVA
2-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Ijro muddati |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I. Komissiya faoliyatini tashkil etish | ||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Davlat organi va tashkiloti rahbari |
|
1. Davlat organlari va tashkilotlarida Odob-axloq komissiyalarini (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) Komissiya raisi, kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda, umumiy soni kamida besh nafardan kam boʻlmagan miqdorda toq sonda shakllantirish. 2. Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan davlat xizmatchilarini kiritish. 3. Komissiya tarkibini tasdiqlash. |
|
Ikki hafta muddatda |
|
| ||||||
|
4. Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda oʻzgartirish kiritiladi. |
Zaruratga koʻra | |||||
|
|
|
|
||||
|
2-bosqich |
|
Komissiya raisi |
|
Komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislarini chaqiradi va oʻtkazadi majlisiga raislik qiladi. Komissiya nomidan ish yuritadi, Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi axborot bilan soʻzga chiqadi. Davlat organi va tashkiloti rahbariga Komissiya faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. |
|
Maʼlumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab |
|
|
|
|
|
|
| |
|
Komissiyaning kotibi |
|
Kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi. Komissiyaning aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi. Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi, navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi. Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga joʻnatilishini taʼminlaydi. |
|
Majlisdan kamida ikki kun oldin keyin bir kun muddatda | ||
|
|
|
|
||||
|
II. Odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarini koʻrish | ||||||
|
|
|
|
||||
|
1-bosqich |
Komissiya |
|
Komissiya muntazam ravishda davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi profilaktik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi: davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sogʻlom maʼnaviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish; davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlash, yaʼni halollikni ularning ongiga singdirish, maʼrifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish kayfiyatini shakllantirish; davlat organi va tashkilotida taniqli ziyolilar, ijodkorlar, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi, shuningdek diniy sohaning koʻzga koʻringan namoyondalari, oʻz sohasida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uchrashuvlar tashkil qilib borish; davlat organi va tashkilotida xodimlarining kasbiy va boshqaruv koʻnikmalari oʻsishini, shuningdek ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini taʼminlash maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy oshirish ishlarini taʼminlash; davlat xizmatchilarining iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash maqsadida iqtisodiy va huquqiy oʻqishlar tashkil etish; yangi ishga qabul qilingan davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilish borasida stajirovkadan oʻtkazish va ular bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilish; davlat xizmatchilarini malaka oshirish kurslariga, xalqaro seminarlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlarga yuborish, ular tomonidan oʻz kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib berish. |
|
Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan choraklik ish rejalari asosida | |
|
|
|
|
||||
|
2-bosqich |
Komissiya |
|
Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarining natijadorligini Komissiya yigʻilishida muhokama qiladi. |
|
Har yili yakunlari boʻyicha | |
|
|
|
|
||||
|
III. Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish | ||||||
|
|
|
|
||||
|
1-bosqich |
Komissiya |
|
Komissiya davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzilishlari bilan bogʻliq masalalarni: davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirigʻiga koʻra; huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan; davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan; oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqadi. |
|
Zaruratga koʻra | |
|
|
|
|
||||
|
2-bosqich |
Komissiya raisi va aʼzolari |
|
Komissiya majlisida: kun tartibidagi masala oʻqib eshittiriladi; davlat organi va tashkiloti rahbarining topshirigʻi yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaat oʻqib eshittiriladi; odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilar tushuntirishlari eshitiladi. |
|
Majlis oʻtkaziladigan kun | |
|
|
| |||||
|
Davlat xizmatchisi |
|
Oʻzining huquqi, shaʼni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obroʻsiga daxl qiladigan murojaat boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻzini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli. |
| |||
|
|
|
|
||||
|
3-bosqich |
Komissiya |
|
1. Majlis yakuni boʻyicha davlat xizmatchisining harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 2. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy taʼsir choralari qoʻllaydi: ogohlantirish; uzr soʻrash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish; davlat organi va tashkilotining kengaytirilgan majlisida tanbeh berish. 3. Davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun davlat organi va tashkiloti rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin. 4. Qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilgan davlat xizmatchisiga va davlat organi va tashkiloti rahbariga yozma ravishda maʼlum qiladi. |
|
Majlis oʻtkaziladigan kun | |
|
|
|
|
||||
|
4-bosqich |
Komissiya |
|
|
Zaruratga koʻra | ||
|
|
|
|
||||
|
5-bosqich |
Davlat xizmatchisi |
|
Komissiyaning qarori ustidan davlat organi va tashkiloti rahbariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin. |
|
Zaruratga koʻra | |
3-ILOVA