23.06.2025 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlar tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotida vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)ning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʻlib, uning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno (Qonunning 1-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat muassasasi deganda davlat mulkini tasarruf etuvchisi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijorat xususiyatiga ega boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va toʻliq yoki qisman davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyaviy taʼminlanadigan tashkilot, nodavlat notijorat tashkiloti deganda esa jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini oʻzi boshqaradigan tashkilot tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi)ning 210-moddasi va Qonun 6-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar IPKda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda iqtisodiy sud (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qarzdor — yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi, shuningdek, qarzdor — jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi (IPKning 36-moddasi, Qonun 6-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qarzdor jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi deganda, uning doimiy yoki asosan yashab turgan joy tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, chet ellik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi qarzdorning davlat roʻyxatidan oʻtgan yoki yashash joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan sudga tegishlilik qoidalari buzilgan holda berilgan ariza IPK 155-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgandan keyin ushbu ish qoʻzgʻatilgunga qadar qarzdor — yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi, qarzdor — jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi oʻzgarganligi aniqlansa, sudlar IPK 39-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan ishni koʻrib chiqish uchun sudlovga tegishlilik boʻyicha tegishli sudga oʻtkazishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgandan keyin qarzdor — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi, qarzdor — jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi oʻzgarsa, ish mazkur sud tomonidan mazmunan koʻriladi (IPK 39-moddasining birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. IPK 211-moddasining birinchi qismiga koʻra, qarzdor, kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa manfaatdor shaxslar deganda, soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyatlarini bajarmagan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli boʻlgan davlat soliq va bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va yigʻimlarning undirilishi ustidan nazorat olib boruvchi boshqa vakolatli organlar, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan — toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tushunilishi kerak (Qonun 7-moddasining uchinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, IPK 148-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan prokurorning, davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari boʻyicha sud tomonidan ish qoʻzgʻatish haqidagi qoida, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarga qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, ushbu shaxslar qarzdor, kreditor yoki davlat soliq va bojxona xizmati organlari manfaatlarida qarzdorni toʻlovga qobiliyatsizligi haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda, ariza IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi, ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa — IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat soliq va bojxona xizmati organi va vakolatli davlat organining qarzdorni toʻlovga qobiliyatsizligi haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizalari sud tomonidan davlat boji toʻlovisiz ish yuritishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan sud boshqaruvchisi ham toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida daʼvo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat qilganda, davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun 23-moddasining birinchi qismida ham shunga oʻxshash norma mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, ushbu shaxslarni pochta xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish qonunchilikda nazarda tutilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar IPK 155-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli, Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda esa, qarzdor (yuridik shaxsning rahbari, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi, jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) bunday ariza bilan sudga murojaat etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonun qarzdor va kreditor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkinligini nazarda tutadi (Qonun 7-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada toʻlovga qobiliyatsizlikning biror bir tartib-taomilini qoʻllash nazarda tutilmaganligi arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish uchun asos boʻlmasligini sudlar inobatga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish koʻrsatilmagan boʻlib, qarzdorni bankrot yoki toʻlovga qobiliyatsiz deb topish koʻrsatilganligi ham arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qarzdor yoki kreditorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga Qonunning 40, 43, 198-moddalari va IPKning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar IPKning 155-moddasi va Qonunning 46-moddasining oltinchi qismiga asosan qaytariladi, ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy boʻlgan va arizaga Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollar bundan mustasno. Bunday holatda ariza sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor yuridik shaxsning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi haqidagi qarori ham ilova qilinadi (Qonun 40-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, Qonun 9-moddasi birinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari, shuningdek ikkinchi qismining mazmunidan kelib chiqib, qonunning ushbu normalarida belgilangan asoslarga koʻra sudga ariza bilan murojaat qilish uchun qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) yoki mol-mulki egasining unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi majburiy hisoblanmaydi va arizaga bunday qarorni ilova qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qonun 12-moddasining sakkizinchi qismiga koʻra, agar kreditorlar yigʻilishida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud muvaqqat boshqaruvchining qarzdorning faoliyatini tiklash uchun imkoniyat mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasini inobatga olgan holda, qarzdorga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda inobatga olish lozimki, Qonun 92-moddasining uchinchi qismi va 108-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgandagina sud qarzdorga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, davlat soliq va bojxona xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berish uchun soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarzni undirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar asos boʻlishi va shu sababli arizaga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarzni undirishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligiga oid dalillar ilova qilinishi kerak (Qonun 37-moddasining oltinchi qismi, 45-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlovga qobiliyatsizlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4146-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisida soliq xizmati organlari soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlikni undirish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ijro hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, agar davlat soliq xizmati organining qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizasiga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlikni undirish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ijro hujjatlarini qaytarish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori ilova qilinmagan boʻlsa, ariza Qonun 46-moddasining oltinchi qismi va IPK 155-moddasi birinchi qismining 7-bandiga asosan qaytariladi, ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa — u IPK 107-moddasining 5-bandiga asosan koʻrmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoida davlat bojxona xizmati organining arizasiga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qonun 12-moddasining birinchi qismiga muvofiq, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi va sud qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini yakka tartibda qanoatlantirish maqsadida murojaat qilishga haqli emas, bundan mulk huquqini eʼtirof etish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash, huquqiy taʼsir choralari qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgandan keyin qarzdordan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza berilgunga qadar vujudga kelgan qarzni undirish haqida kreditorning daʼvo arizasi (sud buyrugʻi berish haqidagi ariza) sudga kelib tushsa, IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan daʼvo arizasi (ariza)ni ish yuritishga qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar koʻrsatilgan holatlar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, IPK 107-moddasining 9-bandiga asosan daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoida qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida birinchi instansiya sudida ishni koʻrish jarayonida javobgarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza sudga berilgan va u sud tomonidan ish yuritishga qabul qilingan holatga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, kreditorlar yigʻilishining qarori ustidan nafaqat ovoz berishda ishtirok etmagan yoki tegishli qarorga qarshi ovoz bergan kreditor, balki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan ham shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza kreditor va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs qabul qilingan qaror haqida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ariza Qonunning 60-moddasida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar qoʻmitasining qarori ustidan ham shu tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek, Qonunning 60-moddasida nazarda tutilgan boshqa ariza (shikoyat)dan arizachi voz kechgan taqdirda, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining 6-bandiga mos holda tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari kerakki, kreditorlar yigʻilishida yoki kreditorlar qoʻmitasida qarzdor xodimlarining vakili, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishga haqli. Biroq, ularning ishtirok etmaganligi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi qarorini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, Qonunning 38-moddasida koʻrsatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chunonchi, Qonunga muvofiq quyidagilar ham toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida sudga berilgan ariza asosida subsidiar javobgarlikka tortilayotgan shaxs (Qonun 72-moddasining birinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonasining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda — mahalliy davlat hokimiyati organi (Qonun 177-moddasining ikkinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (Qonunning 181-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda — sugʻurta faoliyatini tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (Qonunning 182-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi (Qonunning 186-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulush kiritish asosidagi qurilish boʻyicha quruvchining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda — qurilish faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi (Qonun 190-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.1. Qonun 38-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ham toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etishi mumkin, yaʼni, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etishi uchun u vakil sifatida saylanganligi toʻgʻrisida qarzdor xodimlarining yigʻilish bayonnomasi, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili uchun esa — muassislar (ishtirokchilar)ning yigʻilish bayonnomasi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudya toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bilan bir vaqtda kuzatuv taomilini joriy etish masalasini hal qilishi lozim (Qonunning 49 va 78-moddalari). Kuzatuv taomili joriy etilganligi arizani ish yuritishga qabul qilish va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi sudning ajrimida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulki mavjud boʻlgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilinganda, unda muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatiladi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatilmagan boʻlsa, sud arizachidan yoki vakolatli davlat organidan yoxud sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasidan tegishli nomzodni taqdim etishni soʻraydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv taomili qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish maqsadida qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza qabul qilingan paytdan eʼtiboran keyingi tartib-taomilga qadar qoʻllaniladi. Ushbu vazifalarning bajarilishi muvaqqat boshqaruvchi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoidalar jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorni, shuningdek, soddalashtirilgan tartib-taomil boʻyicha qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ishlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash sudya tomonidan Qonunning 49-moddasida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda IPKning 19-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etishda, sudya bunday ariza bilan sudga murojaat qilish uchun Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, sudya Qonun 46-moddasining beshinchi qismiga asosan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etadi. Agar mazkur holat toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin aniqlansa, sud qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi (Qonun 55-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Qonunning 195-moddasida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlmasa, jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza ham Qonun 46-moddasining beshinchi qismiga asosan ish yuritishga qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud majlisida toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish sud raisi tomonidan Qonunning 50-moddasiga asosan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish muddatlari hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani koʻrib chiqishda qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qonun 22-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq, oliy maʼlumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan va vakolatli davlat organida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek ushbu talablarga javob beradigan hamda fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan advokatlar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi sud boshqaruvchilarning yagona reyestrini yuritadi va undagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga idoralararo maʼlumot almashinuvi asosida elektron tarzda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisini tayinlash masalasini hal etishda sud attestat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona reyestrdan olishi va ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qarzdorga yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar, ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotganda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning oʻrnini qoplamagan shaxslar, vakolatli davlat organi qarori bilan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati tugatilgan (bekor qilingan) va (yoki) vaqtincha toʻxtatib turilgan (vaqtincha toʻxtatib turilgan muddatga) shaxslar, oʻziga nisbatan boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar) sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan asoslarga koʻra, sud boshqaruvchisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni sud bu vazifaga tayinlashni rad etishi yoki sud boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, qarzdor va kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar deganda, Qonunning 21-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qonun hujjatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganlik, shuningdek Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar sud boshqaruvchisining vazifasini bajarishdan ozod qilish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish masalasini sud majlisida hal etilishini nazarda tutmaydi. Biroq, sud ushbu masalani sud majlisida ham koʻrib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilinishi bilan ayni bir paytda sud yangi sud boshqaruvchisini Qonunda belgilangan tartibda tayinlaydi. Sudning ushbu ajrimi bilan vazifasidan ozod qilingan sud boshqaruvchisi zimmasiga yangi tayinlangan sud boshqaruvchisiga unda mavjud boʻlgan hujjatlarni topshirish majburiyati yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ayni bir paytda yangi sud boshqaruvchisini tayinlagan holda sud boshqaruvchisini oʻz vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sud boshqaruvchisining noqonuniy harakati (harakatsizligi) natijasida qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda, mazkur zarar sud boshqaruvchisidan sud tartibida undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday ish doirasida qoʻllaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin (Qonun 38-moddasining uchinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza oʻtkazish natijasida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlik yashirilishi yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari aniqlanganda, sudlar IPK 200-moddasining beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, sud boshqaruvchisi soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va choralar koʻrishi hamda bunday alomatlar aniqlanganligi haqida kreditorlar yigʻilishiga, sudga, vakolatli davlat organiga, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash Qoidalarining (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) 9-bandiga binoan, qarzdorning arizasiga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida iqtisodiy sud tomonidan ish qoʻzgʻatishning barcha holatlarida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan qarzdorning arizasiga asosan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va kuzatuv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrim bilan muvaqqat boshqaruvchisi zimmasiga soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etish vazifasi yuklash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarning 21-bandiga muvofiq, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish alomatlari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, Qoidalarning 25-bandiga koʻra, qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb eʼtirof etilgan hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangandan keyin, qarzdor uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan yoxud uning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda alomatlash imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari asosida toʻlovga qobiliyatsizlikni keltirib chiqarilishini taxmin qilish asoslari mavjud boʻlganda tugatish boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sud boshqaruvchisiga haq toʻlash miqdori va tartibi kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi hamda sudning ajrimi yoki hal qiluv qarori bilan tasdiqlanadi, Qonun 26-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisi haqining miqdorini belgilashda qarzdor mol-mulkining qiymati va uning amalga oshiradigan ishlari hajmi hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab Qonunda belgilangan hollarda va miqdorda qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sud boshqaruvchisining haqi va qoʻshimcha haq qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishi lozimki, Qonun 59-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari aniqlanmaganligi munosabati bilan uni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, sud xarajatlari, shu jumladan toʻlov muddati kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan davlat boji boʻyicha xarajatlar, Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlari sudga qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli boʻladi va kreditorlar oʻrtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoida qarzdorning mol-mulki mavjud boʻlmagan yoki ushbu xarajatlarni qoplashga yetarli boʻlmagan holda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 160-sonli qarorining 1-bandiga muvofiq “Biznes-Daily “Birja” iqtisodiy gazetasi va (yoki) vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun kreditorlar Qonun 87-moddasining birinchi qismida belgilangan tartib va muddatlarda oʻz talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Bunda, kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarning miqdori sud tomonidan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilish sanasiga belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning talablari reyestriga qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilingunga va toʻlovga qobiliyatsizlikning tegishli tartib-taomilini joriy etishga qadar ijro muddati kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorni toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilingandan keyin vujudga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaydi va qarzdorning ular oldidagi majburiyatlari navbatdan tashqari bajariladi. Bunda majburiyat deganda, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinganidan keyin tuzilgan bitim boʻyicha majburiyat, shuningdek oldin tuzilgan bitim boʻyicha bajarish muddati arizani sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinganidan keyin vujudga kelgan majburiyat yoki qarzdorda muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatining vujudga kelishi uchun voqea sodir boʻlganligi tushuniladi (masalan, mol-mulkni topshirish, pul mablagʻlarini toʻlash va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning talablari reyestriga qarzdor va (yoki) sud boshqaruvchisi tomonidan tan olingan yoxud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari (hal qiluv qarori, qaror, hukm, ajrim, sud buyrugʻi) bilan tasdiqlangan, shuningdek davlat organlarining hujjatlari bilan aniqlangan talablar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning talablari reyestriga, asosiy qarzdan tashqari yuqoridagi hujjatlar bilan tasdiqlangan neustoyka (jarima, penya), shuningdek, iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar (foizlar) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgunga qadar vujudga kelgan, ammo qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilingandan keyin bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlarning miqdori tegishli toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili (sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv) joriy etilgan sanaga belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangandan soʻng pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar miqdori pul majburiyatlarini bajarish va majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati yuzaga kelganidan qatʼi nazar, tugatishga doir ish yuritish boshlangan sanaga belgilanadi, Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun 18-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, kreditorlar talablarining hisobi reyestrda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari kreditorlarning talablari reyestrida, agar kreditor va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan kun deganda, toʻlovga qobiliyatsizlikning tegishli tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqida kreditorlar yigʻilishi qarori qabul qilingan sana tushunilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan, shuningdek toʻlovga qobiliyatsizlikning tegishli tartib-taomili joriy etilgandan soʻng bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar va yigʻimlar joriy toʻlovlar hisoblanadi va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. IPKning 101 va 102-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga, yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda ham toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatib turiladi. Bunday holatda, sudning qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha chiqarilgan sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan yoki tergov harakatlari tugagandan soʻng toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishi lozimki, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish nafaqat Qonun 51-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlaridan biri qabul qilinguniga qadar, balki apellyatsiya (kassatsiya) shikoyati (protesti) hamda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar ham toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganda, sud Qonun 51-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlarini chiqarishga haqli emas. Bunda sud tomonidan joriy etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili davom ettiriladi, sud boshqaruvchisida esa oʻz vazifasini bajarayotganligi uchun haq olish huquqi saqlanib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qonunning 51-moddasiga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning qarorlari va ajrimlari darhol ijro etiladi. Lekin, ularning ustidan IPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, Qonun 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra chiqarilgan sud ajrimi, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda ajrim, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari Qonunda nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, IPKda belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida chiqargan, IPKda nazarda tutilmagan ajrimlari ustidan faqat Qonunda belgilangan hollarda va tartibda shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin, Qonunning 51-moddasi, 95-moddasining ikkinchi qismi, 108-moddasining ikkinchi qismi va 140-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan ajrimlar bundan mustasno, ular ustidan IPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Qonunning 60-moddasida koʻrsatilgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sudning ajrimlari ustidan Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Koʻrsatilgan ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) ular chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan ajrim ustidan kassatsiya shikoyati ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida beriladi (Qonunning 61-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan ham shu tartibda shikoyat berish (protest keltirish) mumkin (Qonun 17-moddasining beshinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchilarini tayinlash (ozod qilish, almashtirish) toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan Qonunda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Agar sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilishi bilan bir paytda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi tayinlangan, tugatish boshqaruvchisi esa qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash bilan bir paytda tayinlangan boʻlib, ularni tayinlash toʻgʻrisida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi sudning ajrimida yoxud qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar Qonunda nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining sud boshqaruvchisini tayinlashga doir qismi ustidan shikoyat berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, sudning tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). Biroq, bunday ajrim IPKning 327-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, shu jumladan tugatishga doir ish yuritish tamomlanganidan keyin qarzdorning mol-mulki aniqlansa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga muvofiq yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqidagi ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, sudning ajrimida tugatishga doir ish yuritish tiklanganligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qonunning 55-moddasiga muvofiq, sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganda, sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda, soxta toʻlovga qobiliyatsizlik aniqlanganda va Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar qarzdor oʻzining arizasiga asosan sud tomonidan bankrot deb topilgan boʻlib, tugatishga doir ish yuritish jarayonida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, ushbu holat sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga muvofiq yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin. Sudning hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ishni belgilangan umumiy tartibda koʻrish natijasi boʻyicha qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qonun 55-moddasining uchinchi qismiga binoan, qarzdorda yetarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda sud qarzdorning iltimosnomasiga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, qarzdor sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlarning talablarini qanoatlantirmagan va Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda, agar toʻlovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qonunning 57-moddasiga binoan, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganda, kelishuv bitimi tuzilganda va u sud tomonidan tasdiqlanganda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili jarayonida qondirilganda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish iqtisodiy sudning ajrimi bilan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, kuzatuv tartib-taomili jarayonida kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari qondirilganda, sud Qonun 55-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga asosan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sudning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori mavjud boʻlsa yoki qarzdor korxona tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tegishlicha IPK 110-moddasining 2 yoki 4-bandlariga asosan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish Qonun 62-moddasining uchinchi qismiga asosan ham tugatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30.1. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlsa, sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor qilishi lozim. Vakolatli davlat organi bunday xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida sudga sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz fikrini taqdim qilishi shart (Qonunning 62-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi sudga kelib tushganda, muvaqqat boshqaruvchi Qonunning 15-moddasida belgilangan tartibda kreditorlarning yigʻilishini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining sudgacha sanatsiya qilishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berish haqidagi kreditorlar yigʻilishining qarori yigʻilishda hozir boʻlgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar yigʻilishining bunday qaror qabul qilishi Qonun 62-moddasining uchinchi qismiga asosan ish yuritishni tugatish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vakolatli davlat organi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz fikrini sudga taqdim qilmasa, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish muhokamasi Qonunda belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30.2. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, tugatishga doir ish yuritish jarayonida reyestrga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari qondirilganda va qarzdorning xoʻjalik faoliyatini davom ettirishga imkoniyati mavjud boʻlganda, tugatish boshqaruvchisi taqdim etgan hisobotni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va unda qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani koʻrmasdan qoldiradi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa (IPK 107-moddasining 3-bandiga asosan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligiga oid dalillar ilova qilinmagan va ariza sud tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa (IPK 107-moddasining 5-bandiga asosan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan shaxsning birinchi sud majlisiga kelmaganligi va ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida ariza bermaganligi IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq arizani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlmaydi, toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bitimlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi)da nazarda tutilgan asoslardan tashqari Qonunning 63 — 66-moddalari, 120-moddasining ikkinchi qismi, 140-moddasining yettinchi qismi, 169-moddasi, 219-moddasining beshinchi qismi va 231-moddasining birinchi qismida belgilangan asoslar boʻyicha ham sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisi, talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlar, shuningdek nizolashilayotgan bitim bilan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yoki huquqlari va qonuniy manfaatlariga taʼsir qiladigan shaxslar qarzdor tomonidan tuzilgan bitimni (nizoli yoki oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan) haqiqiy emas deb topish va (yoki) uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday daʼvolar boʻyicha daʼvo muddati mazkur shaxslar bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasidan tashqari, protsessual qonunchilikda belgilangan ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 63-moddasi qoidalariga koʻra bitimlar, agar ular qarzdor yoki uning vakili tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgunga qadar uch yil ichida tuzilgan boʻlsa va agar Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday bitimlar toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgandan keyin ham nizolashilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilishidan oldingi oʻttiz olti oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushni toʻlash (ajratib berish) bilan bogʻliq bitim ham sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, Qonunda yirik bitimlar va sud boshqaruvchisi, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligisiz tuzilgan manfaatdorlik mavjud boʻlgan bitimlar yuzasidan ham nizolashish imkoniyati nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, balans qiymati qarzdorning koʻchmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻprogʻini tashkil etadigan boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keladigan bitimlar yirik bitimlarga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb eʼtirof etiladi. (Qonun 118-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning rahbari, tugatish komissiyasi aʼzolari yoki tugatuvchi qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan sudga murojaat etishi shart boʻlib, ular sudga bu haqidagi ariza bilan murojaat etmaganda (Qonunning 10-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor tuzgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan va ushbu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllangan taqdirda mol-mulk qiymatini qaytarish mumkin boʻlmaganda (Qonun 67-moddasining toʻrtinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki egasining yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda (FK 48-moddasining uchinchi qismi, Qonun 70-moddasining birinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi bir nechta shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari kreditorlarning talablarini toʻliq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qoʻysa (Qonun 70-moddasining uchinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun Qonun 107-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatda bajarilmaganligi (Qonun 107-moddasining ikkinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan quruvchining muassislari (ishtirokchilari), mulkdori va (yoki) rahbarlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) (Qonunning 193-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33.1. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, subsidiar javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlganda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasi yoki undan tashqari sudga tegishli ariza berish huquqiga ega (Qonunning 71 va 76-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33.2. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida berilgan subsidiar javobgarlikka tortish haqidagi ariza Qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi (Qonunning 73-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ajrim chiqaradi, unda subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan umumiy summa, shu jumladan Qonun 74-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning har biri foydasiga va qolgan qismi boʻyicha qarzdor foydasiga undiriladigan summa koʻrsatiladi. Ajrimga asosan sud hujjatini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etish jarayonida kelib tushgan pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltiriladi (Qonun 75-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33.3. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasidan tashqari subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi ariza toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxs subsidiar javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran uch yil ichida, biroq, sudning qarzdorni tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimi chiqarilganidan keyin uch yildan kechiktirmay sudga taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33.4. Agar subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi ariza toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasidan tashqari berilgan boʻlsa va unda qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortishdan manfaatdor boʻlgan shaxslar koʻrsatilmagan boʻlsa, sud bunday arizani harakatsiz qoldiradi va manfaatdor shaxslarni aniqlash maqsadida arizachiga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish materiallari bilan tanishish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sud ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) manfaatdor shaxslarni aniqlash maqsadida va ularning roʻyxatini, rekvizitlari koʻrsatilgan holda sudga taqdim etish uchun toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish hujjatlari bilan tanishish huquqi haqida xabardor qiladi va buning uchun oqilona muddat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar belgilangan muddatda daʼvogar (arizachi) manfaatdor shaxslarning roʻyxatini sudga taqdim qilmasa, sud ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qonun 92-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar kreditorlarning birinchi yigʻilishida toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini qoʻllash haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa yoki sudga ularning qarorlaridan hech biri Qonunning 16-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, sud doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻlgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisidagi masalani kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari kerakki, taqdim etilgan materiallarni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi va unda qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisidagi masalani kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqish uchun muddat belgilanadi. Agar sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar yigʻilishi tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini qoʻllash haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa yoxud sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan boʻlsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qonunga koʻra, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan sudga taqdim etiladi (Qonun 97-moddasining birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kreditorlarning yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etilmasa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sudning soʻroviga asosan vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Qonun 100-moddasining yigirmanchi va yigirma birinchi qismlariga muvofiq, agar biror-bir kreditor qarzdorning qarzlaridan toʻliq yoki qisman ozod etilishiga yoki ularning oʻzgartirilishiga qarshi boʻlsa, qolgan kreditorlar unga talabni kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq sotib olish boʻyicha taklif berishga haqli va u qolgan kreditorlar tomonidan taklif etilgan shartlarni qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kreditorlarning taklifida talabni kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq sotib olish uchun muddat koʻrsatilishi lozim. Agar kreditor koʻrsatilgan muddatda qolgan kreditorlar tomonidan taklif etilgan shartlarni qabul qilmasa, u qarzdorni qarzlardan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni oʻzgartirish bilan rozi boʻlgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, Qonunning 149-moddasiga koʻra, qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulk elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilganidan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va (yoki) takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorlarga oʻz talablari hisobiga oʻtkazish uchun belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkining bozor qiymati kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan talablaridan koʻp boʻlsa, bunda yuzaga kelgan farqning oʻrni mazkur mol-mulkni oʻz talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasining birinchi qismiga muvofiq, baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga koʻra mazkur baholash obyekti ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday norma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining 76-bandida ham qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi savdo amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, garovdagi mol-mulk mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorlarga oʻz talablari hisobiga oʻtkazish uchun belgilangan tartibda soʻnggi kimoshdi savdosida belgilangan narxda qabul qilish uchun taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qonun 108-moddasining birinchi qismiga binoan, agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa, vakolatli davlat organining arizasi asosida sud tomonidan joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi boshqaruv oʻn ikki oydan (kam emas) yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etilishi mumkin. Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati oʻttiz oydan oshmasligi lozim. Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi joriy etilmagan boʻlsa, tashqi boshqaruvning eng koʻp muddati yigirma toʻrt oydan oshmasligi shart (shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddatning qisqartirilishiga yoki uzaytirilishiga Qonun 108-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar doirasida kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, vakolatli davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan yoʻl qoʻyiladi. Tashqi boshqaruv muddatini qisqartirish yoki uzaytirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qonunning 110-moddasiga muvofiq, kreditorlar talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy toʻlovlarga tatbiq etiladi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy qilinganidan keyin vujudga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin bajarish muddati boshlangan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablarga moratoriy tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qonunning 140-moddasiga muvofiq, tugatishga doir ish yuritish muddati oʻn ikki oydan oshishi mumkin emas. Shundan kelib chiqib, sudning bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida tugatish boshqaruvchisi tomonidan tugatishga doir ish yuritish natijalari haqidagi hisobotni taqdim etishning aniq muddatini belgilash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda Qonun 140-moddasining uchinchi qismida sanab oʻtilgan holatlar mavjud boʻlsa, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan bu muddat koʻpi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qonun 141-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshiga muvofiq sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga oʻtkazilishi lozim. Sud xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari ham sud tomonidan tugatish boshqaruvchisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan kundan eʼtiboran unga qarzdorning ishlarini boshqarish va qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha barcha vakolatlar oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) shu jumladan, qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor tugatish boshqaruvchisi tayinlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tugatish boshqaruvchisiga topshirilishini taʼminlaydi (Qonun 144-moddasining oltinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor jismoniy shaxs moliyaviy boshqaruvchisi tayinlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻz egaligidagi barcha mol-mulklarni, shu jumladan bunday mol-mulklar boʻyicha mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni moliyaviy boshqaruvchisiga topshirishi shart, qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklar bundan mustasno (Qonun 219-moddasining oltinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortilgan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) va qarzdor jismoniy shaxs zimmasiga Qonun 144-moddasining oltinchi qismi va 219-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan mol-mulk va hujjatlarni topshirish majburiyatini yuklash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Tugatish boshqaruvchisining ushbu mazmundagi arizasi u sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha ajrim chiqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ajrimining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Kreditorlar talablarini qondirish tartibi (navbati) Qonunning 150, 185, 192, 221, 236-moddalarida belgilangan. Bunda, har qaysi keyingi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning mol-mulki yetarli boʻlmaganligi sababli qondirilmagan kreditorlarning talablari ham qanoatlantirilgan deb hisoblanadi, qarzdor majburiyatlari boshqa shaxslar tomonidan taʼminlangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning tugatish boshqaruvchisi tomonidan tan olinmagan talablari ham, agar kreditor sudga murojaat qilmagan boʻlsa yoki bunday talablar sud tomonidan asossiz deb topilgan boʻlsa, qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan soʻnggi savdoda belgilangan narxda kreditorlarga kreditorlik qarzlarini toʻlash hisobiga qabul qilish uchun taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kreditorning ijro organi tugatish boshqaruvchisini ushbu masalani qonunda yoki kreditorning ustavida belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritilishi lozimligi toʻgʻrisida xabardor qilsa, sud boshqaruvchisi kreditorga kuzatuv kengashi yoki muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishi qarorini taqdim qilish uchun oqilona muddat beradi. Kreditor tomonidan qarorni belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik bersa va mol-mulkining qiymati kreditorning talablaridan koʻp boʻlsa, yuzaga kelgan farqning oʻrni mazkur mol-mulkni oʻz talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditor tomonidan pul shaklida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar mazkur mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan yoki belgilangan muddatda ulardan xabar kelmagan taqdirda tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organini mol-mulkni balansga olish haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organi mol-mulkni qabul qilishni rad etgan yoki uni qabul qilishdan boʻyin tovlagan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga undash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan tugatish boshqaruvchisining arizasi u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha ajrim chiqarilishi lozim. Sudning ajrimi bilan mahalliy davlat hokimiyati organining zimmasiga qarzdorning mol-mulkini qabul qilish majburiyati yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan sudning ajrimini bajarishdan boʻyin tovlangan taqdirda sudning ajrimi uning asosida berilgan ijro varaqasiga asosan davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43.1. Qonunga muvofiq, tugatish boshqaruvchisi debitorlik qarzlarini undirish choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, debitorlik qarzlarini undirish huquqi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi oʻtkazish orqali realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan debitorlik qarzlarini undirish huquqi tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini toʻlash hisobiga qabul qilishni taklif etiladi. Kreditorlar mazkur huquqini oʻz talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishga rozilik bildirganida, debitorlik qarzlarini undirish huquqi talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi kelishuvga asosan kreditorlarga oʻtadi (FKning 23-bobi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qonunning 158-moddasiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, zarur hollarda, sud tomonidan IPK 168-moddasining birinchi qismi talablariga rioya etilgan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Tugatish boshqaruvchisining hisoboti asosli deb topilgan taqdirda, sud tugatishga doir ish yuritishni tamomlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, hisobot asossiz deb topilgan taqdirda esa, sud tugatishga doir ish yuritishni tamomlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunday holatda tugatishga doir ish yuritishni tamomlash masalasi kamchiliklar bartaraf etilib, yangi hisobot taqdim etilgandan soʻng koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki kreditorlar tomonidan qabul qilinganda sudning tugatishga doir ish yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi ajrimida kreditorlarning nomi va ular tomonidan kreditorlik qarzlarini toʻlash hisobiga qabul qilingan mol-mulk koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonun 232-moddasining birinchi qismiga muvofiq qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganda, sudya shuningdek uning mol-mulkini xatlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi kerak, bundan qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarining barcha talablari toʻliq qanoatlantirilgandan va hisob-kitoblar tugagandan keyin sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning barcha kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun mol-mulki yetarli boʻlmagan hollarda, davlat ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37 va 39-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasini sudga qaytaradi. Sud ijro varaqasini qaytarish haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqqandan keyin tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud tomonidan Qonun 234-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tayinlangan boʻlsa, u holda tugatishga doir ish yuritish Qonunning 160-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tamomlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Yuridik shaxslarning ayrim toifalari, yakka tartibdagi tadbirkor, jismoniy shaxs, tugatilayotgan yuridik shaxs va hozir boʻlmagan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotganda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Qonunning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bekor qilingan va qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilinganda, sudlar hal qiluv qarorida qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklanganligi hamda tugatish boshqaruvchisi hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida buxgalteriya va boshqa hujjatlar, muhr va shtamplar, moddiy va boshqa qimmatliklarni qarzdorning boshqaruv organiga topshirilishi kerakligini koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Qonunga muvofiq, tuzilgan kelishuv bitimining shartlari faqat uni tuzish haqida qaror qabul qilgan kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanaga kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning talablari reyestriga talablari kiritilmagan kreditorlar, kelishuv bitimi tasdiqlangan va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatilgandan soʻng, kelishuv bitimi shartlarini hisobga olmagan holda, oʻz talablarini umumiy tartibda taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar eʼtiborga olishi kerakki, kelishuv bitimini tuzish masalasi koʻrilayotgan kreditorlar yigʻilishida birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovozga ega va qaror, basharti kreditorlar yigʻilishida ishtirok etayotgan ushbu guruhlar kreditorlarining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida sud ajrim chiqaradi va unda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatilganligi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv bitimi tuzilgan taqdirda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining bajarilishi, shuningdek kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriyning amal qilishi tugatiladi (Qonun 225-moddasining toʻrtinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kuzatuv taomilida qarzdor — yuridik shaxs boshqaruv organining vakolatlari sudning ajrimi bilan tugatilgan va muvaqqat boshqaruvchining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, qarzdor nomidan kelishuv bitimi muvaqqat boshqaruvchi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan kelishuv bitimi tasdiqlanganda, sudning ajrimida Qonun 161-moddasining beshinchi qismiga asosan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish esa IPK 110-moddasining 7-bandiga asosan tugatilishi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ish haqi boʻyicha qarzning mavjudligi sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmaganda, kreditorlar ishning taalluqliligi qoidalariga rioya qilgan holda sudga daʼvo arizasi berishga haqli. Bunda kreditorlarning talablari miqdori kelishuv bitimi shartlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv bitimining shartlari buzilganligi munosabati bilan jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi haqidagi ish yuritish qayta tiklangan taqdirda, jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etiladi (Qonun 225-moddasining oltinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida yangi ish qoʻzgʻatilgan taqdirda kelishuv bitimi qaysi kreditorlarga nisbatan tuzilgan boʻlsa, oʻsha kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Qarzdorga qarzni toʻlash muddatini uzaytirish, boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish va (yoki) kreditorlarga tegishli qarzni kamaytirish yoʻli bilan moliyaviy yordam koʻrsatilishi qarzdorning moliyaviy ahvolini toʻlovga qobiliyatsizlikning boshqa taomilida tiklash boʻyicha chora sifatida emas, balki kelishuv bitimining predmeti sifatida qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Shaharni tashkil etuvchi va unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga rioya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Qonunning 194-moddasiga muvofiq, agar Qonun 14-bobining maxsus normalarida jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligini tartibga soluvchi boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan Qonun 1, 2, 3, 5, 6 va 7-boblarining tegishli umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 227-moddasiga muvofiq, agar Qonun 15-bobining maxsus normalarida yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligini tartibga soluvchi boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi bilan bogʻliq munosabatlarga Qonunning 1, 2, 4 va 5-boblarida nazarda tutilgan umumiy xarakterga ega qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 15-bobi qoidalari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan majburiyatlari boʻyicha yuzaga kelgan toʻlovga qobiliyatsizligi munosabatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, jismoniy shaxsning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish Qonunning 195 va 228-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlgan taqdirdagina sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida, yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda esa ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartib-taomillar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 219 va 230-moddalariga muvofiq, qarzdor jismoniy shaxsning, shu jumladan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar kreditorlarning mulkiy manfaatlari va qarzdorning konstitutsiyaviy, shu jumladan, shaxsiy huquqlari oʻrtasidagi adolatli muvozanatni taʼminlash zarurligini inobatga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qarzdorni toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan taomili boʻyicha bankrot deb topish (tugatilayotgan yoki hozir boʻlmagan qarzdor) haqidagi arizani qabul qilishga kreditorlik qarzlarining miqdori ahamiyatga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun 238-moddasining mazmunidan kelib chiqib, tugatilayotgan qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilinganda, ushbu moddaning matnida toʻgʻridan-toʻgʻri bu haqda koʻrsatilmagan boʻlsa ham, arizaga qarzdorni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizaga qarzdorni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilinmagan boʻlsa, bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, qarzdorni tugatish toʻgʻrisidagi qaror esa toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir boʻlmagan va ularning joylashgan yerini (yashash joyini) aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, hozir boʻlmagan qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan kreditor, vakolatli davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ sudga murojaat qilishi mumkin (Qonunning 241-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berilganda, qarzdor — oʻz faoliyatini tugatgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxs rahbarining hozir boʻlmaganligini, shuningdek ularning turar joyini aniqlashning imkoniyati yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar sudga taqdim etilishi kerak. Bunday dalillar manzil maʼlumot byurosi tomonidan shaxsning roʻyxatdan chiqib, boshqa hududga ketganligi haqida berilgan maʼlumotnoma, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati vakillari ishtirokida shaxsning roʻyxatga olingan manzilda yashamasligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqat qarzdor rahbarining yoʻqligi, balki xoʻjalik yurituvchi subyekt mol-mulkining yoʻqligini ham hozir boʻlmagan qarzdor sifatida tushunish lozim. Bu holat qarzdor — yuridik shaxs turgan joyi (pochta manzili) boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati, turar joy yoki noturar joyning mulkdori vakillari va (yoki) sud boshqaruvchisi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma yoxud qarzdorning mol-mulki mavjud emasligi sababli ijro hujjatini ijrosiz qaytarish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori bilan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqida ariza taqdim etilganda tugatish boshqaruvchisining nomzodi arizachi tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozir boʻlmagan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda tugatish boshqaruvchiligiga nomzodni vakolatli davlat organi sudning hal qiluv qarori olingan kundan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish boshqaruvchisi hozir boʻlmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda tugatish boshqaruvchisining iltimosnomasiga koʻra sud toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini tugatish va Qonunda nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlikning umumiy tartib-taomillariga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin (Qonun 242-moddasining beshinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozir boʻlmagan qarzdorning mol-mulki deganda, uning tasarrufidagi begonalashtirilishi mumkin boʻlgan barcha moddiy va nomoddiy fuqarolik huquqlari obyektlari (shu jumladan, qimmatli qogʻozlar, yer, debitorlik qarzlari) tushunilishi lozim. Debitorlik qarzi mavjudligining aniqlanganligi soddalashtirilgan tartib-taomilni tugatish va toʻlovga qobiliyatsizlikning umumiy tartib-taomillariga oʻtish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga ushbu toifadagi ishlarni koʻrish yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-son