06.07.2021 yildagi PQ-5177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar korrupsiyaga, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etganligining huquqiy oqibatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda oʻtkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ularni lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2021-yil 1-avgustdan boshlab davlat xaridlari sohasida shaffoflik va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida davlat xaridlari sohasida oʻtkazilayotgan tender (tanlash) natijalarini majburiy tarzda ochiq eʼlon qilish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Agentlik va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda aks ettirilishi lozim boʻlgan korrupsiyaga qarshi shartlarni ishlab chiqsin va tender (tanlash) shaklida oʻtkaziladigan davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik 2021-yil 1-dekabrdan boshlab har yil yakuni boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni eʼlon qilish amaliyotini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-dekabrga qadar daromad va mol-mulk deklaratsiyalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish, shuningdek, 2022-yil davomida uni soliq, bojxona, davlat kadastri va boshqa tegishli organlar maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvarga qadar mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali integratsiyalashgan Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar benefitsiarlar reyestrini yuritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilish sohasida shaffoflik va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qurilish vazirligi 2021-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hamda davlat organlari va tashkilotlari mablagʻlari hisobidan qurilish-pudrat shartnomasi uchun oʻtkaziladigan tender (tanlash)ni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining maʼlumot almashinuvini taʼminlagan holda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida elektron tarzda oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va loyiha tashkilotlari reytingi hamda tender savdolaridagi baholash mezonlari va metodikasini qayta koʻrib chiqib, ularning ochiqligini taʼminlasin hamda qurilish tashkilotlari toifalari va narx boʻyicha taklifni baholash mexanizmini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tender tizimida maʼlumotlarning haqqoniyligini avtomatik ravishda tekshirish va baholash mexanizmini ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab xarid komissiyasining maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish va ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish vakolatlari bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yoʻl qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasiga shaffoflik standartlarini joriy qilish maqsadida 2022-yil 1-yanvarga qadar avtomobil yoʻllari sohasiga tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan “SNAFFOF YOʻL” onlayn axborot platformasini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu platforma doirasida avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlarining interaktiv onlayn-xaritasi ishlab chiqilsin hamda unda keyingi yilda quriladigan va taʼmirlanadigan yoʻl uchastkalarini aniqlash va ularni xaritaga joylash hamda buni jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Transport vazirligi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandning ijrosi boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik, Adliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2022-yil 1-yanvardan boshlab “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilarini muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va odob-axloq qoidalari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarda oʻqitish tizimini joriy etsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tizim doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatchilarini oʻqitish tuman darajasida hududiy adliya boʻlimlarida, viloyat darajasida hududiy oliy taʼlim muassasalarida, respublika darajasida Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallarida amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron oʻquv platformasi ishga tushirilib, u orqali davlat xizmatchilarini masofadan turib oʻqitish hamda xususiy sektor vakillari va aholining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini oshirish yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul etib Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev, Agentlik direktori A.E. Burxanov va Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5177-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 07/21/5177/0644-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)