ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi faoliyatini samarali tashkil etish |
|||||
|
1. |
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Virtual akademiya)da oʻqitishni tashkil etish tartibini tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil sentyabr |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni �uhofaza qilish akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yuritish tartibini tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil oktyabr |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantirish, yillik oʻqitish reja-grafigini tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil oktyabr |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
4. |
Tinglovchilarning bilimlarni oʻzlashtirishi natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, oʻquv kurslarini tamomlagan shaxslarning reyestrini yuritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
5. |
Virtual akademiyada oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilish tartibini belgilash. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil sentyabr |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
6. |
Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga taqdim etiladigan sertifikat namunasini tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2024-yil sentyabr |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
7. |
Virtual akademiyada taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun oʻquv dasturlarini tasdiqlash. |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2024-yil oktyabr |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
8. |
Taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun oʻquv kontentini ishlab chiqish va doimiy yangilab borilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil oktyabr |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
|
|||||
|
Doimiy |
|||||
|
9. |
Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida: sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilish choralarini koʻrish; oʻquv materiallarini davlat tiliga tarjima qilish (multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni dublyaj qilish) va Virtual akademiyaga joylashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
10. |
Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻquv jarayonini tashkil etish, shu jumladan oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqib, kurslar haqidagi maʼlumotlarni Virtual akademiyada joylashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
11. |
Virtual akademiya elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2025-yil 1-yanvarga qadar |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
12. |
Virtual akademiyadagi oʻquv jarayoniga davlat organlari va tashkilotlarining, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
13. |
Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashini, oʻquv kontenti va materiallari bilan muntazam toʻldirilishi va yangilab borilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
14. |
Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda oʻz xodimlarining Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borish ishlarini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Vazirlik va idoralar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
15. |
Davlat ishtirokidagi korxonalar xodimlarini Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Davlat ishtirokidagi korxonalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
|
16. |
Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot va takliflarni tayyorlab, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har yil yakuni boʻyicha |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
II. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish |
|||||
|
17. |
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har yili noyabr-dekabr |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari |
|
18. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini Agentlikka taqdim etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har yili |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari |
|
19. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy-amaliy ishlanmalar va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda yuritish tartibini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
- |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
|
|||||
|
Keyinchalik doimiy |
|||||
|
20. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni maqsadli va sifatli amalga oshirish, natijalarini ommalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga takliflar kiritib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
|
21. |
Yoshlar orasida Virtual akademiya imkoniyatlarini keng targʻib qilish orqali jalb qilingan yoshlar sonini oshirib borish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
Doimiy |
- |
Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
III. Virtual akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash |
|||||
|
22. |
Virtual akademiyada oʻqitishni tashkil etish uchun qoʻshimcha zamonaviy uskunalar, serverlar va boshqa jihozlarni xarid qilish va oʻrnatish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-2025-yillar |
Xalqaro donorlarning mablagʻlari |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
|
|||||
|
Keyinchalik zaruratga koʻra |
|||||
|
23. |
Korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
24. |
Virtual akademiyaning samarali ishlashi uchun mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy elektron nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Xalqaro donorlarning mablagʻlari |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
|
|
|||||
|
Keyinchalik doimiy |
|||||
|
25. |
Virtual akademiyani Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Xalqaro donorlarning mablagʻlari |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiya�ar agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
|
26. |
Virtual akademiyani sifatli oʻquv kontenti va materiallari bilan taʼminlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining multimedia studiyasini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Xalqaro donorlarning mablagʻlari, toʻlov-shartnomadan tushgan mablagʻlar |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
27. |
Virtual akademiyada oʻqitish va malaka oshirish oʻquv dasturlarini kontingent uchun moslashtirish va oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Xalqaro donorlarning mablagʻlari, toʻlov-shartnomadan tushgan mablagʻlar |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
28. |
Virtual akademiyaning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish; Virtual akademiyaning faoliyatini tashkil etuvchi oʻqituvchi-xodimlarning malakasini oshirish va oʻqitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish; oʻqituvchi-xodimlarni xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Xalqaro donorlarning mablagʻlari |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |