ILOVA
|
T/r |
Tartibga solish predmeti |
Amalga oshirish shakli |
Havolaki norma |
Mas’ul ijrochilar |
Ijro muddati |
|
1. “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-427-son, 06.04.2017-yil) |
|||||
|
1. |
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash tartibini belgilash. |
Sudyalar oliy kengashi qarori |
24-moddaning uchinchi qismi: Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron so‘rov dasturidan foydalanilishi mumkin. |
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi |
2024-yil 1-aprel |
|
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘RQ-460-son, 22.01.2018-yil) |
|||||
|
2. |
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash tartibini belgilash. |
Qonun |
76-moddaning uchinchi qismi: Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash qonunda belgilangan tartibdanotariuslar tomonidan amalga oshiriladi. |
Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
3. “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-515-son, 14.01.2019-yil) |
|||||
|
3. |
Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish choralarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
5-moddaning sakkizinchi qismi: Himoya qilinuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari va boshqa organlar zimmasiga yuklatiladi. |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2024-yil 1-oktabr |
|
4. “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-546-son, 01.07.2019-yil) |
|||||
|
4. |
Hisob palatasining budjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
45-moddaning ikkinchi qismi: Hisob palatasida budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etiladi, undan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2024-yil 1-aprel |
|
5. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-635-son, 28.08.2020-yil) |
|||||
|
5. |
Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
12-moddaning beshinchi qismi: Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2024-yil 1-may |
|
6. |
Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
15-moddaning to‘rtinchi qismi: Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
7. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-641-son, 15.10.2020-yil) |
|||||
|
8. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxatini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
36-moddaning yettinchi qismi: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirilishini ta’minlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2024-yil 1-iyul |
|
8. “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son, 20.10.2020-yil) |
|||||
|
9. |
Autstaffing xizmatlari ko‘rsatish tartibi va autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar turlarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
16-moddaning beshinchi qismi: Autstaffing xizmatlari ko‘rsatish tartibi va autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
9. “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-644-son, 27.10.2020-yil) |
|||||
|
10. |
Majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishning shaklini tasdiqlash. |
Ichki idoraviy hujjat |
26-moddaning uchinchi qismi: Majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishning shakli O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
Ichki ishlar vazirligi |
2024-yil 1-may |
|
11. |
Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
31-modda: Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
12. |
Majburiy davolanayotgan shaxslar uchun ovqatlanish va moddiy-maishiy ta’minot normalarini belgilash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
33-moddaning beshinchi qismi: Majburiy davolanayotgan shaxslar uchun ovqatlanish va moddiy-maishiy ta’minot normalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
13. |
Majburiy davolanayotgan shaxslardan ashyolarni olib qo‘yish tartibini hamda saqlanishi taqiqlanadigan ashyolar ro‘yxatini tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
33-moddaning oltinchi qismi: Majburiy davolanayotgan shaxslarga pul mablag‘larini, moddiy qimmatliklarni va saqlanishi taqiqlangan ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ashyolarni yonida saqlashga ruxsat berilmaydi. Olib qo‘yilgan pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar va saqlanishi taqiqlangan ashyolar qarindoshlariga qaytariladi, qarindoshlari yo‘q bo‘lgan taqdirda esa, majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasasining saqlash xonasiga topshirilib, bu yerda ularning but saqlanishi ta’minlanadi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2024-yil 1-iyul |
|
10. “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-690, 12.05.2021-yil) |
|||||
|
14. |
Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanishga ruxsat etiladigan shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
29-moddaning beshinchi qismi: Yagona reyestrdan foydalanishga mazkur reyestrdagi axborotning maxfiyligi ta’minlangan holda, faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan shaxslarga ruxsat etiladi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2024-yil 1-may |
|
11. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-710-son, 23.08.2021-yil) |
|||||
|
15. |
Qimmatbaho metallar yombilarini, qimmatbaho toshlarni noyob toifasiga kiritish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
21-moddaning ikkinchi qismi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq noyob toifasiga kiritilishi lozim bo‘lgan qimmatbaho metallar yombilari hamda qimmatbaho toshlar sanoat usulida va oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan vakolatli davlat organiga ustuvor tartibda sotib olish uchun taklif etilishi kerak. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
2024-yil 1-may |
|
16. |
Qimmatbaho toshlarni identifikatsiya qilish tartibini belgilash. |
Ichki idoraviy hujjat |
26-moddaning birinchi qismi: Qimmatbaho toshlarning xususiyatlari qimmatbaho toshlarni saralash, ularni birlamchi tasniflash va dastlabki baholash (qimmatbaho toshlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan yoki ular O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan taqdirda) jarayonida, shuningdek qimmatbaho toshlardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarish tugatilganda aniqlanadi. Qimmatbaho toshlarni identifikatsiya qilish tartibi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgilanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
2024-yil 1-may |
|
17. |
Qimmatbaho toshlarni qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz deb topish tartibi va mezonlarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
26-moddaning sakkizinchi qismi: Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘lgan qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish-texnika ahamiyatidagi mahsulot sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda cheklovlarsiz foydalaniladi. Qimmatbaho toshlarni qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz deb topish mezonlari hamda tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
2024-yil 1-iyun |
|
18. |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bitimlar haqidagi ma’lumotlarni Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga taqdim etish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
26-moddaning to‘qqizinchi qismi: Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlari tuzayotgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga bunday bitimlar hisobini yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
2024-yil 1-iyun |
|
19. |
Asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qo‘llash hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
33-moddaning to‘rtinchi qismi: Asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qo‘llash hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
2024-yil 1-avgust |
|
20. |
Metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamg‘alarining izlari yoki buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi belgilar mavjudligi ustidan nazorat qilish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
55-moddaning birinchi qismi: O‘zbekiston Respublikasi hududiga tijorat maqsadlarida olib kiriladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar chet davlatlar asillik darajasini belgilash palatalarining metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamg‘alarining aniq izlariga yoki buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi boshqa belgilarga ega bo‘lishi kerak, bundan jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mazkur turdagi tovarlar uchun qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Bunda metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamg‘alarining izlari yoki buyumning asillik darajasini ko‘rsatuvchi boshqa belgilar mavjudligi ustidan nazorat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
2024-yil 1-avgust |
|
12. “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-731, 26.11.2021-yil) |
|||||
|
21. |
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xabarnoma yubormasdan noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish hollarini aniqlash tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
21-moddaning ikkinchi qismi: Vakolatli davlat organi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xabarnoma yubormasdan noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish hollarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini o‘tkazadi. |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
2024-yil 1-avgust |
|
13. “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘RQ-737-son, 15.12.2021-yil) |
|||||
|
22. |
Favqulodda holat rejimini buzayotgan va favqulodda holat joriy etilgan hududda yashamaydigan shaxslarni ushbu hududdan chiqarib yuborish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
13-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi: favqulodda holat rejimini buzayotgan va favqulodda holat joriy etilgan hududda yashamaydigan shaxslarni belgilangan tartibda ushbu hududdan tashqariga o‘z hisobidan chiqarib yuborish, ularda mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa xarajatlarning o‘rnini keyinchalik sud tartibida ushbu shaxslardan undirgan holda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan chiqarib yuborish. |
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
2024-yil 1-avgust |
|
23. |
Favqulodda holatning amal qilish davrida hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar to‘lashga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni Davlat komissiyasi va hudud komendanti tomonidan tasarruf etish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
31-moddaning ikkinchi qismi: Favqulodda holatning amal qilish davrida Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar to‘lashga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni belgilangan tartibda tasarruf etish vazifalari topshirilishi mumkin. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2024-yil 1-avgust |
|
14. “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-763, 12.04.2022-yil) |
|||||
|
24. |
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
34-moddaning to‘rtinchi qismi: Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi. |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2024-yil 1-may |
|
15. “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-764, 15.04.2022-yil) |
|||||
|
25. |
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
19-moddaning ikkinchi qismi: Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. |
Davlat xavfsizlik xizmati |
2024-yil 1-avgust |
|
26. |
Attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari va ularning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
20-moddaning ikkinchi qismi: Attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi. |
Davlat xavfsizlik xizmati |
2024-yil 1-avgust |
|
27. |
Attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari va ularning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
20-moddaning uchinchi qismi: Axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. |
Davlat xavfsizlik xizmati |
2024-yil 1-avgust |
|
28. |
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritilishi shart bo‘lgan kiberxavfsizlik obyektlarining toifalarini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
27-moddaning ikkinchi qismi: Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritilishi shart bo‘lgan kiberxavfsizlik obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi. |
Davlat xavfsizlik xizmati |
2024-yil 1-dekabr |
|
16. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-768-son, 11.05.2022-yil) |
|||||
|
29. |
Tirik donorni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
12-moddaning oltinchi qismi: Tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
30. |
Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
21-moddaning ikkinchi qismi: Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2024-yil 1-iyul |
|
17. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-788-son, 08.08.2022-yil) |
|||||
|
31. |
Tanlov o‘tkazilmagan holda egallanishi mumkin bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxatini tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
27-modda: Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib bo‘yicha egallash mustasno. |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
2024-yil 1-may |
|
18. “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-793-son, 12.10.2022-yil) |
|||||
|
32. |
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
28-moddaning to‘rtinchi qismi: Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
19. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘RQ-798-son, 28.10.2022-yil) |
|||||
|
33. |
Homilador ayollarni antenatal (tug‘uruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
403-moddaning ikkinchi qismi: Homilador ayollarni antenatal (tug‘uruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2024-yil 1-avgust |
|
20. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-819-son, 27.02.2023-yil) |
|||||
|
34. |
Texnik reglamentlar, standartlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari to‘g‘risida xabardor qilish tartibini va tartib-taomillarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
20-moddaning ikkinchi qismi: Texnik reglamentlar, standartlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari to‘g‘risida xabardor qilish tartibi va tartib-taomillari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2024-yil 1-avgust |
|
35. |
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
26-moddaning o‘n uchinchi qismi: Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2024-yil 1-avgust |
|
36. |
Majburiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
33-moddaning birinchi qismi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majburiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi. |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2024-yil 1-sentabr |
|
37. |
Mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga va mazkur mahsulotdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani davlat tilida ishlab chiqishga doir talablarni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
33-moddaning uchinchi qismi: Maxsus vakolatli davlat organi mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga va mazkur mahsulotdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani davlat tilida ishlab chiqishga doir talablarni belgilaydi. |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2024-yil 1-oktabr |
|
21. “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-836-son, 29.04.2023-yil) |
|||||
|
38. |
Davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni baholash uslubiyatini tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
21-moddaning yettinchi qismi: Davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni baholash uslubiyati vakolatli organ tomonidan belgilanadi. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2024-yil 1-iyun |
|
22. “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-848-son, 16.06.2023-yil) |
|||||
|
39. |
Kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
11-moddaning oltinchi qismi: Agar kam ta’minlangan shaxs mahkum bo‘lib qolgan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi. |
Adliya vazirligi |
2024-yil 1-iyul |
|
23. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-865-son, 30.08.2023-yil) |
|||||
|
40. |
Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibi va sug‘urta obyektlarining ro‘yxatini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
26-moddaning ikkinchi qismi: Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibi va sug‘urta obyektlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
2024-yil 1-iyun |
|
41. |
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning sug‘urta summasidan ortig‘ining o‘rnini qoplash tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
27-moddaning uchinchi qismi: Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning sug‘urta summasidan ortig‘ining o‘rnini qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
2024-yil 1-iyul |