30.08.2023 yildagi O‘RQ-865-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 4-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 4-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari — suv omborlari toʻgʻonlari, daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi toʻgʻonlar, daryolarning oʻzanlarini toʻsuvchi inshootlar, suv olish, suv oʻtkazish, suv tashlash hamda qirgʻoqlarni himoya qilish inshootlari, gidroelektrostansiyalar, nasos stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini konservatsiyalash — gidrotexnika inshootlarini qurishni yoki ulardan foydalanishni vaqtincha toʻxtatgan holda ularni saqlab turishga doir chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi — gidrotexnika inshootlarining fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va qonuniy manfaatlari, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki, atrof-muhit va xoʻjalik obyektlari himoya qilinishini taʼminlash imkonini beruvchi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi — gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini asoslovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi mezonlari — gidrotexnika inshootlari holatining va ulardan foydalanish shartlarining gidrotexnika inshootlari avariyasi xavfining yoʻl qoʻyiladigan darajasiga muvofiq boʻlgan miqdor va sifat koʻrsatkichlarining cheklangan qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi tashkilot — balansida gidrotexnika inshooti mavjud boʻlgan yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan tashkilot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilishning, shuningdek atrof-muhitni himoya qilishning ustuvorligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Gidrotexnika inshootlarining tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining loyiha koʻrsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda taʼsir koʻrsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga boʻlinadi. Gidrotexnika inshootlarining tasnifidan kelib chiqqan holda gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlashning asosiy talablari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (bundan buyon matnda favqulodda vaziyatlar deb yuritiladi) yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, amaliy va innovatsion loyihalar natijalarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan gidrotexnika inshootlarining roʻyxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etadi va taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari xavfsizligining davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga doir loyihaoldi, loyiha hujjatlarini, shuningdek ulardan foydalanish qoidalarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi mezonlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolarning, soylarning oʻzanlarida, gidrotexnika inshootlariga tutash boʻlgan yuqori va quyi hududlarda suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xoʻjalik faoliyati yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatini yoxud boshqa faoliyatini, agar bu faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatsa, taqiqlaydi, toʻxtatib turadi yoki cheklaydi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini taqiqlash, toʻxtatib turish yoki cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan ularning faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar, pandemiyalar, shuningdek aholining hayoti va sogʻligi, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki uchun haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruriyati munosabati bilan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki cheklash hollari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining qoʻriqlanishi, shuningdek ularning xavfsizlik deklaratsiyasiga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar xavfi darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish hamda qurish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan hollarda, loyihalashtirish va qurishga doir litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish haqida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlariga moneliksiz kiradi, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashga taalluqli barcha hujjatlar va materiallar bilan tanishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari xavfsizligi taʼminlanishining davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish chogʻida gidrotexnika inshootidan foydalanuvchini, loyiha hamda pudrat tashkilotlarini, shuningdek manfaatdor vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatishda ishtirok etadi, shuningdek tegishli xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va diagnostika ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz nazorati ostidagi gidrotexnika inshootlarining tekshiruvini bir yil ichida kamida ikki marta amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan gidrotexnika inshootlarining davlat nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalariga muvofiq ularning xavfsiz ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini modernizatsiya qilish, qurish, rekonstruksiya qilishga doir ishlarning sifatli boʻlishini taʼminlaydi, shuningdek loyihalarning davlat ekspertizasini hamda ularga ilmiy-texnika hujjatlari ilova qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida fan-texnika yutuqlarining amaliyotga tizimli ravishda joriy etilishini tashkil qiladi, taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, chet el investitsiyalari va texnik yordam mablagʻlarini jalb etadi, loyihalashtirish va davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun malakali chet el ekspertlarini hamda konsalting tashkilotlarini jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarning, qurilish materiallarining hamda ilgʻor xorijiy tajribaning qoʻllanilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlari toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, aholini va hududlarni himoya qilish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqishda foydalanuvchi tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarini qurishga doir loyiha hujjatlarining favqulodda vaziyatlar talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transchegaraviy ahamiyatga ega gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish boʻyicha avariya-qutqaruv ishlarida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan prognozlar boʻyicha gidrotexnika inshootlaridagi ehtimol tutilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholining hayoti va sogʻligʻini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, moddiy va madaniy qimmatliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish hamda ularning zararli taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishda shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, milliy standartlarga, qurilish ishlari texnologiyalariga, qurilish materiallarining va buyumlarining sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish va qurish sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini sinflarga boʻlish normalari va qoidalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini qurishda buyurtmachi tashkilotning texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirishga doir ishlari, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlar tekshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini seysmik jihatdan zaiflik darajasi boʻyicha tasniflashda, shuningdek ularning instrumental-texnik tekshiruvida hamda zilzilabardoshligini oshirishga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari loyihalarining davlat ekspertizasini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining loyihalashtirilishi va qurilishi jarayonida ishlarning sifati ustidan tekshiruv hamda texnik nazorat amalga oshirilishini taʼminlaydi, qurilish jarayonida kamchiliklar va nuqsonlar aniqlangan hollarda esa ularni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanadigan obyektlarda gidrotexnika inshootlarining qoʻriqlanishini shartnoma asosida taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanadigan obyektlardagi gidrotexnika inshootlarida obyektning ichki rejimiga va nazorat rejimiga rioya etilishini taʼminlaydi, jamoat tartibini saqlashda, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda hamda ularning oqibatlarini tugatishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining qoʻriqlanadigan obyektlarida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va ularning oldini olishga qonunchilikda belgilangan tartibda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining qoʻriqlanadigan obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini tajovuzlardan himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini qoʻriqlashga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida gidrotexnika inshootlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish chogʻida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga, shuningdek normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida sanoat xavfsizligi talablarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalar sertifikatlashtirilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish haqida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanishda va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan avariyalari xavfi toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan tartibda mablagʻlar ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash yuzasidan foydalanuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, buyurtmachi tashkilotlarning, loyiha va pudrat tashkilotlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Foydalanuvchi tashkilotlarning gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilishda ishtirok etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning tasdiqlangan loyihaga muvofiq bajarilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida xavf yuzaga kelganda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining hududiga kirish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarning (shaxslarning) gidrotexnika inshootlariga kirishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlardan gidrotexnika inshootlarini qoʻriqlash talablariga rioya etilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan gidrotexnika inshootlari hududida xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya etilishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni taʼmirlash, tiklash, rekonstruksiya qilish, yakunlangan ishlarni qabul qilish, konservatsiyalash, gidrotexnika inshootlarini foydalanishdan chiqarish hamda tugatish chogʻida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya himoya hududlari loyiha koʻrsatkichlariga muvofiq aniqlanishini hamda belgilanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining holati, shuningdek ularga nisbatan tabiiy-texnogen taʼsirlar ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini baholashni ularga nisbatan barcha zararli taʼsirlarni hisobga olgan holda amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi mezonlari ishlab chiqilishini va ularga oʻz vaqtida aniqliklar kiritilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini monitoring qilish va gidrotexnika inshootlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish chogʻida zamonaviy axborot texnologiyalaridan hamda tezkor aloqa vositalaridan foydalanilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari xavfsizligining pasayishi sabablarining doimiy tahlilini oʻtkazishi, ularning texnik jihatdan soz holatda boʻlishini taʼminlashi, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek gidrotexnika inshootlarida avariyalarning oldini olishga doir tadbirlar ishlab chiqilishini va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining muntazam tekshiruvlari oʻtkazilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanishni tashkil etish chogʻida xodimlarning malakasi belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq boʻlishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyat xavfi yuzaga kelishi mumkinligi yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi toʻgʻrisida xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimi doimiy shay holatda boʻlishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholini gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi masalalari boʻyicha xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlik qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini oshirish uchun ularni zamonaviy uskunalar, nazorat-oʻlchov va kuzatuv asboblari bilan jihozlashi, shuningdek raqamli texnologiyalarni joriy etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi xavfi yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi toʻgʻrisida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni, shuningdek aholini darhol xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining nazorat-oʻlchov va kuzatuv asboblari ishlash holatida saqlanishini, ularning takomillashtirilishini, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish uchun ajratiladigan mablagʻlarni birinchi navbatda ularning xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish chogʻida ishlarni tasdiqlangan gidrotexnika inshootlaridan foydalanish normalari va qoidalariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga hamda seysmik xavfsizlik taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlashga oid qismida maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalarini bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Buyurtmachi tashkilotlarning gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida buyurtmachi tashkilotlar gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, konservatsiyalash va tugatish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlashi, shuningdek ularning davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlashi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishi, shuningdek gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish davrida davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarni bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida obyektlarning roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nazorat va monitoringni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha talablariga muvofiq ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilishi hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada nazarda tutilgan ishlar tugallanganidan keyin gidrotexnika inshootlarining oʻz vaqtida foydalanishga qabul qilinishini belgilangan tartibda taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilish chogʻida ularning zilzilabardoshligiga doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning kafolatli davri mobaynida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga mazkur sohadagi ixtisoslashgan nufuzli loyiha tashkilotlarining jalb etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I, II va III sinfga mansub gidrotexnika inshootlarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish chogʻida mualliflik va geotexnik nazoratni tashkil etishi hamda taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I va II sinfga mansub gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish hamda ekspertizadan oʻtkazish chogʻida ilmiy muassasalarning va taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, chet el kompaniyalarining yuqori malakali mutaxassislarini ekspertlar sifatida jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi nazorati ostidagi gidrotexnika inshootlariga oʻrnatilgan texnik qurilmalarni qoʻllash uchun ruxsatnoma olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender yoki tanlov hujjatlarida ishtirokchilarga gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasidagi amaliy tajriba, qurilish uskunalari, laboratoriyalar, mashinalar va mexanizmlar, shuningdek malakali mutaxassislar mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talablarni belgilashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, konservatsiyalash va tugatish chogʻida buyurtmachi tashkilotlarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Loyiha tashkilotlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida loyiha tashkilotlari gidrotexnika inshootlarini qurishni, rekonstruksiya qilishni, taʼmirlashni, konservatsiyalash va tugatishni loyihalashtirish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga, “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlarida yuqori samarali mashinalar va mexanizmlar, zamonaviy qurilish materiallari, texnologiyalari hamda uskunalari qoʻllanilishini nazarda tutishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini buyurtmachi tashkilotning talabnomasiga koʻra ishlab chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasida, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasida ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish chogʻida muhandislik-geologik qidiruv ishlarining sifatli bajarilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani bajarishda shartnomaga asosan mualliflik nazoratini amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish chogʻida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi mezonlarini inobatga olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarini qurishni, rekonstruksiya qilishni, taʼmirlashni, konservatsiyalash va tugatishni loyihalashtirish chogʻida loyiha tashkilotlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Pudrat tashkilotlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida pudrat tashkilotlari gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, konservatsiyalash va tugatish loyihalarini amalga oshirish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada nazarda tutilgan ishlarning loyiha talablariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davrida nazorat hujjatlari yuritilishini, loyiha tashkilotlarining va buyurtmachi tashkilotning, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarining, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalari bajarilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish chogʻida buyurtmachi tashkilotga ijro hujjatlarini, qurilish materiallari va uskunalarining tegishli muvofiqlik sertifikatlarini hamda texnik pasportlarini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish jarayonida, shuningdek foydalanishning kafolatli davrida mualliflik va texnik nazorat natijasida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishga oid tavakkalchiliklar xavfini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishi, qurilish davrida obyektning qoʻriqlanishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, konservatsiyalash va tugatish loyihalarini amalga oshirish chogʻida pudrat tashkilotlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashga doir asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashga nisbatan quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashga doir normativ hujjatlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini deklaratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflilik darajasi yuqori boʻlgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirishga, qurishga va ulardan foydalanishga doir faoliyatni litsenziyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning uzluksizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan ularning xavfsizlik mezonlarini belgilash, gidrotexnika inshootlarining holatini nazorat qilish maqsadida ularni zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlash, gidrotexnika inshootlariga zarur malakaga ega boʻlgan xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini eng koʻp darajada kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organining hamda foydalanuvchi tashkilotlarning xavfsizlikni taʼminlashga doir koʻrsatmalari gidrotexnika inshootlari hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarini bir vaqtning oʻzida (muvoziy) loyihalashtirish va qurish, rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarini bir vaqtning oʻzida (muvoziy) loyihalashtirilgan holda qurish mudofaa qobiliyatini hamda davlat xavfsizligini, aholining hayoti va sogʻligʻi, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki xavfsizligini taʼminlashga doir tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan alohida hollarda, shuningdek moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Gidrotexnika inshootlaridagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud vaziyatlar va muammolar loyihada toʻgʻri baholanganligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifati va toʻliqligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik, gidrologik va gidrogeologik maʼlumotlarning sifatini oʻrganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan loyihaviy yechimning toʻgʻriligini, yakuniy yechimning ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, yuqori samarali mashinalar va mexanizmlar, zamonaviy qurilish materiallari, texnologiyalari hamda uskunalari qoʻllanilganligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribadan foydalanilganligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarining xavfsiz ishlashi, shuningdek atrof-muhitga taʼsirining baholanganligini, muhofaza zonalari va sohil boʻyi mintaqalarining belgilanganligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlashga taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va olimlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi nazoratidagi gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan, qolgan barcha gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri esa foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastrini yuritish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastrini yuritishda qoʻllaniladigan shakllar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, shuningdek konservatsiyalash, tugatish davrida — foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlarini foydalanishga topshirishda — buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlar va buyurtmachi tashkilotlar gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasini maxsus vakolatli davlat organiga davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasining maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi gidrotexnika inshootlarini davlat kadastriga kiritish hamda ularni foydalanishga topshirishga yoki ularni foydalanishdan chiqarishga, rekonstruksiya qilishga, kapital taʼmirlashga, tiklashga yoki konservatsiyalashga ruxsatnoma olish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasining davlat ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasining davlat ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladi va uning huzurida tashkil etilgan Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat ekspertizasi xulosasiga asosan gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida, tegishli ruxsatnoma berish haqida yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organining ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Gidrotexnika inshootlarini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlarning, loyiha va pudrat tashkilotlarining gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash yoki konservatsiyalash boʻyicha faoliyati gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash normalari va qoidalariga rioya etilishi maqsadida vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarini tekshirish chogʻida foydalanuvchi tashkilotlar, loyiha va pudrat tashkilotlari tekshiruvchilarga barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi, ularning gidrotexnika inshootlari joylashgan hududga moneliksiz kirishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish hamda ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari ulardan shoshilinch tarzda foydalanish maqsadida foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan oldindan yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari oziq-ovqat mahsulotlarining, kiyim-kechaklarning, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning, tibbiy texnikaning, qurilish materiallarining, neft mahsulotlarining, umumiy va yakka himoyalanish vositalarining, avariyadan himoyalanishga doir boshqa vositalarning maxsus zaxiralarini, shu jumladan moddiy resurslarni, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chogʻidagi kutilmagan xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun moʻljallangan mablagʻlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari daxlsiz hisoblanadi hamda moddiy boyliklarni har yili inventarizatsiyadan oʻtkazish chogʻida normadan ortiqcha qoldiq hisobotga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish tartibi va Sugʻurta obyektlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurta summasi doirasida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning sugʻurta summasidan ortigʻining oʻrnini qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transchegaraviy taʼsir koʻrsatadigan yoki transchegaraviy zarar yetkazishga qodir boʻlgan transchegaraviy gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi yoki yuzaga kelishi mumkinligi toʻgʻrisida chet davlatlarni xabardor qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida xalqaro yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hollarda uning oqibatlarini bartaraf etish, aholining hayoti va sogʻligʻini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida xalqaro yordam berish va olish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“76-modda. Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida)” degan soʻzlar “76-moddasida (suv xoʻjaligi obyektlarini shikastlantirish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq qismida)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 826-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 223-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 827-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 224-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 447-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) XXIII boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 26-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 112-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 26 va 27-moddalari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-865-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)