15.03.2021 yildagi PQ-5025-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda norma ijodkorligi faoliyatining sifatini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga jamoatchilikni keng jalb qilgan holda chuqur oʻylangan hamda hisob-kitob qilingan qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi yangi innovatsion “aqlli tartibga solish” usullarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tartibga solish taʼsirini baholash tizimi joriy etilishi doirasida muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishda kelib tushgan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotga kiritilishi hamda majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdim etilishi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida eʼlon qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik muhokamasidan oʻtmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qiluvchi organlar tomonidan majburiy tartibda ishlab chiquvchilarga qaytarilishi shartligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha ularni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishdan oldin manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan har tomonlama koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik muhokamasi jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli eʼtirozlarini keltirib chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha ekspertlar va keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari ishtirokida anjumanlarning oʻtkazilishini talab qiladi hamda ushbu loyihalarni ishlab chiquvchilarga qayta ishlash uchun qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, tartibga solish taʼsirini baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi:
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qoʻshimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qoʻshimcha majburiyatlar yoxud qoʻshimcha xarajatlar joriy qilishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga har qanday turdagi davlat yordamini, shu jumladan, imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek, yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni;
(2-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat loyihasini rejalashtirish va ishlab chiqish jarayonida hamda qabul qilingandan keyin tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazishning uch bosqichli tartibi joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish rejasi har yili ishlab chiqilishi va jamoatchilik muhokamasidan oʻtganidan keyin 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi (huquqiy monitoring) normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish bilan birga amalga oshirilishi va uning natijalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazishda inobatga olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazilgan tartibga solish taʼsirini muqobil baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga sudlarda koʻrilgan ishlar materiallari, sud, tergov va huquqni qoʻllash amaliyoti va statistik hisobini umumlashtirish natijalarini inobatga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish boʻyicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish taʼsirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish boʻyicha faoliyati monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan (koʻrmasdan qoldirilgan) taqdirda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash uchun masʼul xodimlari roʻyxatini shakllantiradi, ularning malaka va koʻnikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun oʻquv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlarini tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali hamda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini jamoatchilikka normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish jarayonini kuzatib borish imkoniyatini yaratish hamda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilganligi haqida xabar ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinishini nazarda tutgan holda takomillashtirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish jarayoniga foyda va xarajatlarni avtomatlashtirilgan tahlil qiluvchi elektron dasturni joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 15-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida tasdiqlangan rejalar asosida davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda masʼul xodimlari uchun ushbu qarorga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazishning mohiyati va tartibini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etib borish amaliyotini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazishning uslubiyoti, muhokama ishtirokchilari uchun soʻrovnomalar va tegishli hisobot shakllarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarga 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlarning huquq va manfaatlariga taʼsir koʻrsatuvchi hujjatlarini (ularning loyihalarini) tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholi va tadbirkorlar tomonidan koʻtarilayotgan masalalar tahlili asosida har yili oʻzlarining hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazib borish hamda uning natijalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5025-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchi — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish taʼsirini baholash (keyingi oʻrinlarda — TSTB) — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish vositasi — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi (rioya etilishi) majburiy boʻlgan talablar yoki boshqa cheklovlar yoxud ularga taʼsir koʻrsatadigan boshqa choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tomonlar — oʻrganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlar olishi mumkin boʻlgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (yuzaga kelgan) bevosita va bilvosita xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsir — normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlar, talablar, taqiq va boshqa cheklovlarga rioya qilishda manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bevosita yoki bilvosita foyda va xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soddalashtirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kengaytirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTB natijalari boʻyicha xulosa — TSTB hisobotini koʻrib chiqish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tegishli sohaga taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha xulosa beruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. TSTB muayyan sohada vujudga kelgan muammo, kelib chiqqan ijobiy va salbiy oqibatlar hamda muammoni hal qilishga qaratilgan yechimlar va ularning afzallik va kamchiliklarini, sohaga davlat aralashuvining zaruratini aniqlash, shuningdek, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha ularning tartibga solish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat majburiy tarzda TSTBdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini TSTBdan oʻtkazish ikki bosqichda loyiha ishlab chiqilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda hamda loyihani ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan quyidagi tartibga solish vositalari joriy etilishi nazarda tutilgan hollarda soddalashtirilgan tartibda TSTB oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash yoki ularni oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarga rioya qilish yoki ularni bajarishni taʼminlash bilan bogʻliq taʼsir choralarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning taʼsir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish yoxud ularni bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soddalashtirilgan TSTB natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsir darajasi yuqori deb topilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kengaytirilgan tartibda TSTBdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek TSTB sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning takliflariga koʻra ham kengaytirilgan TSTBdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasini TSTBdan, shu jumladan, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish majburiy hisoblanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat loyihasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni belgilashga qaratilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishni nazarda tutsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nazarda tutilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan hollarda ishlab chiquvchi loyihaning tushuntirish xatida TSTBdan oʻtkazish rad etilganligini asoslashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olsa, ular jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilmasdan TSTBdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar TSTBdan oʻtkazish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistik maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yigʻilishlar materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarning natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTBdan oʻtkazish doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan oʻtkazish ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlanadigan uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTB natijalari yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB hisoboti tayyorlanadi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish uchun soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasini TSTBdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish hamda TSTB boʻyicha ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organi va tashkilotlarining strategik rejalashtirish va metodologiya boʻlinmasi zimmasiga, bunday boʻlinma mavjud boʻlmagan hollarda qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yoki metodik taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmalar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va TSTBdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Loyihani soddalashtirilgan tartibda TSTBdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tartibga solish vositalarini joriy etishni nazarda tutuvchi loyihalar ishlab chiqilishidan oldin loyihaning konsepsiyasi asosida soddalashtirilgan tartibda TSTBdan oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Loyihaning konsepsiyasida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani ishlab chiqish asosi va zarurati (maqsad va vazifalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning mazmuni (asosiy qoidalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish vositalari (talab, cheklov va javobgarlik, imtiyoz va preferensiyalar).
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlab chiquvchi soddalashtirilgan TSTB natijalari yuzasidan hisobot tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soddalashtirilgan TSTB hisobotida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo tavsifi, shu jumladan muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va subyektlar tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aralashuvining zarurati, maqsadi va muammoni hal qilish yoki uning salbiy taʼsirini kamaytirish bilan bogʻliq xatarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammoni hal qilishning muqobil usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil usullarning ijobiy va salbiy taʼsirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Loyihani kengaytirilgan tartibda TSTBdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hollarda loyiha yuzasidan kengaytirilgan tartibda TSTB oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengaytirilgan TSTB hisobotida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinishi kerak boʻlgan muammo tahlili va davlat aralashuvining zarurati (sabablari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammoni hal qilishda muqobil usullar, ularning afzalliklari hamda kamchiliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish taʼsir koʻrsatadigan subyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir muqobil usulning miqdoriy va sifat tahlili, shu jumladan foyda va xarajat tahlili, tegishli sohalarga (raqobat, ijtimoiy soha, atrof-muhit) taʼsirlari va qoʻllashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari xavfi va qiyosiy tahlil yordamida tanlangan maqbul usulni joriy etishning maqsadga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur chora-tadbirlar va kutilayotgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning yoki unda belgilangan tartibga solish vositalarining amal qilishi taklif qilingan davrni asoslash (amal qilish muddati mavjud boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Loyiha va TSTB hisobotini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. TSTB jarayonida muammolarni tahlil qilish, maʼlumotlar va dalillarni yigʻish, muqobil usullarni aniqlash va tartibga solish vositalari joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zaruratini baholash maqsadida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilishi, shuningdek, muammoni hal qilishning muqobil usullari soha mutaxassislari (ekspertlari) bilan muhokama qilinishi (keyingi oʻrinlarda — ekspertlar muhokamasi) zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi loyihalar va TSTB hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlari hamda ularning birlashmalari ishtirokida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarni ishlab chiqishda, shu jumladan, TSTBdan oʻtkazishda, maʼlumot yigʻish (soʻrov, fokus guruh muhokamalari va boshqa) jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — ilmiy tashkilotlar), shuningdek, maslahat (konsalting) xizmatini koʻrsatadigan tashkilotlar va soha mutaxassislari (ekspertlari) shartnoma asosida keng jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekspertlar muhokamasi natijalari asosida loyiha va TSTB hisoboti qayta ishlanadi, tegishli materiallar Adliya vazirligiga hamda qaror qabul qiluvchi organlarga loyiha va TSTB hisobotini kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Loyiha va TSTB hisobotini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Loyihalarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ekspertlar muhokamasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish yakunlari asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB hisoboti ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (keyingi oʻrinlarda — Portal) joylashtirilishi orqali oʻzi belgilagan, lekin 15 kundan kam boʻlmagan muddatda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Loyiha va TSTB hisoboti boʻyicha asoslangan takliflar jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan Portalning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan loyihaning tartibga solish taʼsirini muqobil baholash amalga oshirilishi va baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosalar loyihani ishlab chiquvchi davlat organiga taqdim etilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan oʻtkazilgan loyihaning tartibga solish taʼsirini muqobil baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan maʼlumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB hisobotini loyiha muhokamasi muddati yakunlangandan soʻng 5 kundan kam boʻlmagan muddatga Portalga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha maʼlumotnoma TSTB oʻtkazishning barcha jarayonlarida TSTB hisobotiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamoatchilik muhokamasi asosida loyihani qayta ishlashda loyiha matni jamoatchilik muhokamasiga kiritilganidan tubdan farq qilsa, xususan, uning konseptual qoidalari oʻzgartirilgan taqdirda, loyiha va TSTB hisoboti jamoatchilik muhokamasiga takroran joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishlab chiquvchi oʻz tashabbusi bilan yoki Adliya vazirligi talabiga muvofiq jamoatchilik muhokamasi davomida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan yoki aholining asosli eʼtirozlarini keltirib chiqargan loyiha va TSTB hisoboti yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu loyihaning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha matbuot anjumanlari va brifinglarni oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Loyiha va TSTB hisobotini xulosa beruvchi organlar bilan kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Loyiha va kengaytirilgan TSTB hisoboti, shuningdek, TSTB yuzasidan xulosa berish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar loyihaning tegishli sohaga taʼsirini oʻrganish uchun xulosa beruvchi organlarga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali idoralararo kelishuv bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va kengaytirilgan TSTB hisoboti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri jihatidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan raqobatga taʼsiri jihatidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan atrof-muhitga taʼsiri jihatidan oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taʼsirini oʻrganish tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelishish jarayonida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa beruvchi organlar zaruratga koʻra, loyiha va kengaytirilgan TSTB hisobotini oʻzaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xulosa beruvchi organlar kengaytirilgan TSTB hisobotini oʻrganish jarayonida ishlab chiquvchidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kengaytirilgan TSTB natijalari boʻyicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 ish kuni mobaynida loyihaning maqsadga muvofiqligi, qayta koʻrib chiqish lozimligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Soddalashtirilgan TSTB hisobotini dastlabki xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishlab chiquvchi loyihaning konsepsiyasi va soddalashtirilgan TSTB hisobotini ushbu Nizomda belgilangan maʼlumotlar bilan birgalikda, oʻtkazilgan TSTBning sifati hamda loyiha boʻyicha kengaytirilgan TSTB oʻtkazish zaruratini aniqlash yuzasidan dastlabki xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB oʻtkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, davlat aralashuvining zarurati, muammoni tanlangan tartibga solish usuli bilan hal etish asosliligini hamda loyihani kengaytirilgan TSTBdan oʻtkazish zarurati mavjudligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Adliya vazirligi soddalashtirilgan TSTB hisobotini oʻrganish jarayonida ishlab chiquvchidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Adliya vazirligi tomonidan 10 ish kuni mobaynida soddalashtirilgan TSTB hisoboti koʻrib chiqiladi hamda baholash natijalari yuzasidan quyidagi xulosalardan biri taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha soddalashtirilgan TSTB hisoboti asosida ishlab chiqilishi mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha iqtisodiy, ijtimoiy sohaga yoki atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilganligi bois kengaytirilgan tartibda TSTBdan oʻtkazilgan holda ishlab chiqilishi zarurligi haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda oʻtkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan oʻtkazish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda soddalashtirilgan TSTB hisobotini ishlab chiquvchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Loyiha va TSTB hisobotini Adliya vazirligiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Soddalashtirilgan TSTBdan, idoralararo kelishuvdan, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgandan soʻng qayta ishlangan loyiha va TSTB hisoboti, shuningdek, kengaytirilgan TSTBdan oʻtkazilgan loyihalar yuzasidan xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari boʻyicha xulosasi va ushbu Nizomda koʻrsatilgan boshqa zarur materiallar, ularni belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish hamda amalga oshirilgan TSTB sifatini oʻrganish uchun ishlab chiquvchi tomonidan Adliya vazirligiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Loyiha va kengaytirilgan TSTB hisoboti xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari boʻyicha xulosalari mavjud boʻlgandagina Adliya vazirligiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan loyihani TSTBdan oʻtkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, loyihada manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq, javobgarlik choralari va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosliligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda oʻtkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan oʻtkazish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda loyiha, TSTB hisoboti va TSTB natijalari boʻyicha xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB oʻtkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga toʻliq rioya etilgan holda oʻtkazilgan taqdirda, Adliya vazirligi tomonidan loyihada manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosli yoki asosli emasligini nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ishlab chiquvchi tomonidan loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda unga TSTB hisoboti, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasi natijasi boʻyicha maʼlumot, xulosa beruvchi organlar va Adliya vazirligining xulosalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. TSTB doirasiga tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, kengaytirilgan tartibda TSTBdan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi majburiy ravishda ular kuchga kirgandan soʻng har yili monitoringdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi tomonidan belgilangan shakldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish rejasi (keyingi oʻrinlarda — monitoring rejasi) tayyorlanadi va loyiha qabul qilinguniga qadar boʻlgan barcha bosqichlarda unga ilova qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring rejasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini TSTBdan oʻtkazish jarayonida vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning monitoringi monitoring rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Quyidagilar monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTBdan oʻtkazish uchun statistik maʼlumotlarni toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qoʻllash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi holatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat ijrosi boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring rejasining shakli va monitoring oʻtkazish uslubiyoti Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Monitoring Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar TSTBdan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihasi ishlab chiqilishida TSTBdan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning4-bandida koʻrsatilgan holatlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi, maqsadi va kutilgan natijalarga erishilganligini aniqlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun kuchga kirgan kundan boshlab besh yil oʻtib, keyinchalik har besh yilda masʼul davlat organi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunosti hujjatlari kuchga kirgan kundan boshlab uch yil oʻtib, keyinchalik har uch yilda masʼul davlat organi tomonidan TSTBdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish ishlab chiquvchi yoki davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish rejasiga (keyingi oʻrinlarda — TSTBdan oʻtkazish rejasi) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-fevralga qadar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTBdan oʻtkazish rejasi loyihasiga takliflarni shakllantiradi va birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Adliya vazirligi har yili 10-fevralga qadar davlat organlari va tashkilotlari takliflari asosida TSTBdan oʻtkazish rejasi loyihasini ishlab chiqadi hamda jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddatda Portalga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida asoslangan maʼlumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTBdan oʻtkazish rejasini har yili 1-martga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. TSTBdan oʻtkazish rejasi har yili 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror shaklida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan TSTBdan oʻtkazish rejasini Portalga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringi doirasida aniqlangan maʼlumotlar normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazishda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ishlab chiquvchi TSTBdan oʻtkazish rejasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazadi va natijasi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB hisobotlarini tayyorlaydi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. TSTB jarayonida maʼlumotlar va dalillarni yigʻish, tartibga solish vositasining samaradorligi, shu jumladan uning natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qoʻllanilishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash maqsadida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilishi, shuningdek, soha mutaxassislari (ekspertlari) bilan muhokamalar amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. TSTB hisobotida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB hisoboti va TSTB natijalari boʻyicha xulosalar (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat manfaatlariga taʼsir koʻrsatgan subyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solishning maqsadlariga erishilganligi va samaradorligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tomonlar uchun normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan xarajatlarning tahlili va taqqoslash natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning toʻliqligi, normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida qarama-qarshiliklar mavjudligi, ulardagi bir-birini takrorlovchi va kollizion normalar, normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllashning yagona amaliyoti mavjudligi (yoʻqligi)ga oid maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlar soni va mazmuni (takliflar, arizalar, shikoyatlar), normativ-huquqiy hujjatning amal qilish sohasidagi qayd etilgan huquqbuzarliklarning soni va xarakteri, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish holatlariga oid maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi toʻgʻrisida xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. TSTB hisobotida normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan kelib chiqqan oqibatning ijobiy, salbiy taʼsiri yoki taʼsir mavjud emasligining aniq tavsifi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. TSTB hisoboti ishlab chiquvchi tomonidan Portalga joylashtirilishi orqali 10 kun muddatda majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini muqobil baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari va manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida asoslangan maʼlumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTB hisobotini jamoatchilik muhokamasi muddati yakunlangandan soʻng 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatda Portalga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha maʼlumotnoma TSTB oʻtkazish barcha jarayonlarida TSTB hisobotiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. TSTB hisobotini xulosa beruvchi organlar bilan kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha qayta ishlangan TSTB hisoboti tegishli sohaga taʼsirini oʻrganish uchun xulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. TSTB hisoboti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri jihatidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan raqobat muhitiga taʼsiri jihatidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan atrof-muhitga taʼsiri jihatidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taʼsiri jihatidan oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa beruvchi organlar zaruratga koʻra, TSTB hisobotini oʻzaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Xulosa beruvchi organlar TSTB hisobotini oʻrganish jarayonida ishlab chiquvchidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. TSTB natijalari boʻyicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 ish kuni mobaynida TSTB natijalari toʻgʻrisida xulosalar rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. TSTB hisobotini Adliya vazirligiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilgandan va TSTB natijalari boʻyicha xulosalar olingandan soʻng qayta ishlangan TSTB hisoboti TSTB sifatini oʻrganish uchun Adliya vazirligiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni, manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi)ni oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda oʻtkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan oʻtkazish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda TSTB hisoboti va xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB hisoboti ushbu Nizom talablariga toʻliq rioya etilgan holda tayyorlangan taqdirda, Adliya vazirligi 10 ish kuni mobaynida tartibga solish maqsadlariga erishilganligi, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar, manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi) toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va ishlab chiquvchiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. TSTB natijalari boʻyicha yakuniy maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Adliya vazirligi TSTBdan oʻtkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda normativ-huquqiy hujjatlarning TSTBdan oʻtkazilishi holatini tahlil qiladi va uning natijalari boʻyicha TSTBdan oʻtkazish rejasining bajarilishi holati, TSTB hisobotlarining umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud boʻlsa) nazarda tutuvchi axborot-tahliliy maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Vazirlar Mahkamasi axborot-tahliliy maʼlumotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi yoki tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Hukumatga kiritish yuzasidan vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. TSTB va monitoring oʻtkazilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. TSTB ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda oʻtkazilishi Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Adliya vazirligi tartibga solish taʼsirini baholash, shu jumladan, monitoring sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish taʼsirini baholash va monitoring sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish boʻyicha faoliyatini tahlil qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTB oʻtkazish va monitoring olib borishda ishtirok etadi, shuningdek, davriyligidan qatʼi nazar normativ-huquqiy hujjatlarni TSTB va monitoringdan oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish boʻyicha faoliyati monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan hollarda (koʻrmasdan qoldirilgan) mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish yakunlari boʻyicha oʻz vaqtida taqdim etilmagan, notoʻgʻri, ishonchsiz yoki toʻliq boʻlmagan axborot taqdim etilgan taqdirda, ularga monitoringni oʻtkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash uchun masʼul xodimlari roʻyxatini shakllantiradi, ularning malaka va koʻnikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun oʻquv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Adliya vazirligi har yili mamlakatda TSTB tizimining holati toʻgʻrisida axborot tayyorlab, uni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. TSTBdan oʻtkazish jarayonlariga ilmiy-taʼlim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, chet ellik mutaxassislar, shuningdek, amaliyotchi-mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. TSTBdan oʻtkazayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va TSTBga masʼul xodimlari amalga oshirilgan hisob-kitoblar hamda taqdim etilgan maʼlumot, hisobot va xulosalarning asoslanganligi va sifati uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(ilova matni Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 07/21/5025/0208-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son; 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)