05.07.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3444
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 05.07.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3444
Kuchga kirish sanasi
06.07.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3444]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 16-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 9-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini majburiy tartibda tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishish hamda yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tayinlash va undan ozod etishga taqdim etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) adliya organlari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash, shuningdek yuridik xizmat xodimlarini noqonuniy taʼsir koʻrsatishdan himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovka stajyorning kasbiy bilimlari, oʻquv va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash va shakllantirish, shuningdek ishning oʻziga xosligi, tayinlanayotgan lavozimi boʻyicha funksional vazifalarini sifatli bajarishi uchun ilgʻor tajribani egallab olishini taʼminlash maqsadida oʻtaladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga nomzodlar hamda yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar mazkur Nizomga asosan adliya organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi hamda stajirovkadan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kelishish va stajirovka jarayonlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uchun — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga adliya organlari bilan kelishilib lavozimga tayinlangan xodimlar kelgusida ushbu tashkilotning yuridik xizmatidagi lavozimi oʻzgarganda, shu jumladan ushbu xodimlar davlat organlari va tashkilotlari qayta tashkil etilishi yoki tashkiliy boʻysunuvi oʻzgarishi munosabati bilan teng lavozimga tayinlanganda yoki yuridik xizmatidagi lavozimi oʻzgarganda adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi, yuridik xizmat rahbari va uning oʻrinbosari lavozimi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3622, 2025-yil 2-may) asosan davlat organlari va tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli maʼlumotni adliya organiga yuborishi lozim.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3444-1, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/3444-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari adliya organlari bilan lavozimiga tayinlanishi kelishilgan kundan boshlab bir yil davomida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga oʻtganda adliya organlari bilan suhbatdan oʻtkazilmasdan kelishilishiga yoʻl qoʻyiladi, yuridik xizmat rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmat xodimlari hamda ular bilan kelishib lavozimga tayinlangan yuridik xizmat xodimlari adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalalarini kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash masalasini kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi maʼlumotnomasi va yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini koʻrib chiqishda nomzod bilan suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi. Komissiyalar tarkibi tegishli adliya organi rahbari tomonidan kamida besh kishidan, yaʼni rais, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning soha boʻyicha masʼul oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va adliya boshqarmasi boshligʻi komissiya raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiyalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalar, shuningdek yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning stajirovka oʻtashi va uning tashkil etilishi ishchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari (bundan buyon matnda ishchi organlar deb yuritiladi) ishchi organ hisoblanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3444-1, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/3444-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kelishish hujjatlar tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi organ tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin suhbat oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida ishchi organ tomonidan kamchiliklar koʻrsatilgan holda nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hujjatlarni koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishda ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar takroran taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya ishida aʼzolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning aʼzosi ish joyida boʻlmagan taqdirda uning oʻrniga uning vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat jarayonidagi nomzodga beriladigan savollar va ularning javoblari, komissiya aʼzolari tomonidan nomzodga qoʻyilgan ballar hamda suhbatning umumiy natijalari “Yurist-adliya” elektron tizimida qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya aʼzolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Bunda, ushbu qaror komissiya majlisida hozir boʻlgan aʼzolarning “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali berilgan ballari natijasi boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari nomzodni boshqa lavozimga tayinlash haqida tavsiya berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar Komissiyaning ishchi organini yozma xabardor qilishlari lozim. Komissiyaning ishchi organini suhbatga kela olmasligi toʻgʻrisida yozma xabar bergan nomzodlar Komissiyaning navbatdagi yigʻilishida suhbatga qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbatga kelmagan va komissiya ishchi organini yozma xabardor qilmagan nomzodlar suhbatdan oʻtmagan deb topiladi va bu haqda ishchi organ tomonidan nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Suhbat natijalariga koʻra nomzodning suhbatdan oʻtganligi yoki oʻtmaganligi holati boʻyicha ishchi organ uch ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar bir oydan soʻng, umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga suhbatdan uch marotaba oʻta olmagan nomzodlar uch oydan soʻng umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimidan ozod etishni kelishish uchun davlat organi va tashkiloti tomonidan adliya organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va tashkiloti rahbarining yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnomasi, ushbu taqdimnomada xodimni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmat xodimining arizasi — mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish sabablarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish mazkur Nizomda belgilangan yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish tartibida amalga oshiriladi. Bunda xodim bilan suhbat ishchi organ tomonidan zarur deb topilgan hollardagina oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan boʻlsa, mazkur masalaning komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishning kelishilganligi yoki kelishilmaganligi (sabablari koʻrsatilgan holda) haqida tegishli adliya organi tomonidan davlat organi va tashkiloti yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Zarur hollarda, adliya organlari tomonidan yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish masalasiga doir qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi hamda yuridik xizmat xodimi bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmat xodimining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqmaydigan ishlarni bajarmaganligi yoki uni oʻziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarganligi uchun taʼqib qilinganligi holati aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizomning 25-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat organi va tashkilotida tegishli adliya organi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻlgan holat oʻz isbotini topganda, tegishli adliya organi davlat organi va tashkilotining aybdor mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat organlari va tashkilotlari tugatilganda hamda yuridik xizmat shtat birligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qisqartirilganda yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning stajirovka oʻtashi va uning tashkil etilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat organlari va tashkilotlari rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan oʻtkazishni soʻrab u lavozimga tayinlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli adliya organiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organi murojaat kelib tushgandan soʻng, bir oy muddat ichida stajirovkani tashkil qilishi va uni oʻtash boʻyicha aniq muddatni koʻrsatgan holda tashkilot rahbarini stajirovka boshlanishidan kamida bir hafta oldin yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Stajyorni belgilangan muddatda stajirovkadan oʻtish uchun yuborish majburiyati davlat organlari va tashkilotlari rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Stajirovka ishchi organlar tomonidan tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Stajyorga metodik yordam koʻrsatish hamda uning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun adliya organlarining malakali va tajribali mutaxassislari orasidan stajirovka rahbari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Stajirovka rahbari kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Stajirovka rahbari tomonidan har bir stajyor uchun u tomondan bajariladigan ishlar mazmuni va muddati koʻrsatilgan stajirovkadan oʻtish rejasi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovkadan oʻtish rejasi ishchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Stajirovkadan oʻtish rejasida stajyor tomonidan yuridik xizmat xodimining funksional vazifalari va ularni bajarishda bilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti, normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish, shartnomaviy-huquqiy va daʼvo ishlarni yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini oʻrganish bilan bogʻliq tadbirlar belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Stajirovkadan oʻtish muddati ikki haftani tashkil etadi va stajirovkadan oʻtishdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Stajirovkadan oʻtishning birinchi kunida stajirovka rahbari stajyorni stajirovkadan oʻtish rejasi, muddatlari, ichki mehnat tartib va kasb etikasi hamda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek ish rejimining xususiyatlari bilan tanishtiradi hamda stajyorga stajirovkadan oʻtishi uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Stajirovka rahbari stajirovka davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajyorga stajirovkadan oʻtish rejasida belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajyorning kasbiy bilimi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun unga tegishli tavsiyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkadan oʻtish rejasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi va sifatini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajyorning ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Stajyor stajirovkadan oʻtish davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkani tashkil etish va undan oʻtish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkadan oʻtish rejasida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni stajirovka uchun belgilangan muddat ichida, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan hujjatlar namunalari va boshqa muhim materiallar toʻplamini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovkadan oʻtish yakunlari boʻyicha hisobot tayyorlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli adliya organlarida oʻrnatilgan tartib qoidalarga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Stajyor stajirovkadan oʻtish vaqtida yuridik xizmat xodimining funksional vazifalari va ularni bajarishda bilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti, normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish, shartnomaviy-huquqiy va daʼvo ishlarni yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini oʻrganishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Stajyor stajirovkadan oʻtish rejasida belgilangan tadbirlarni bajarib boʻlgach, u boʻyicha yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot stajyor tomonidan imzolanadi hamda stajirovka rahbari tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Stajirovka rahbari tomonidan hisobotni qabul qilishda stajyorning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarni qanchalik oʻzlashtirganligini baholash uchun u bilan ishchi organlar xodimlari ishtirokida suhbat oʻtkaziladi va uning hisoboti muhokama qilinadi. Muhokama jarayonida stajyorga zimmasiga yuklatilgan uning kasbi bilan bogʻliq vazifalarni amaliyotda qoʻllashga doir tavsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijasi ishchi organlar tomonidan rasmiylashtiriladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari tomonidan stajyorga nisbatan tavsifnoma tuziladi va unda stajyorning stajirovkadan oʻtish rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni qanchalik oʻzlashtirganligi, tartib-intizomi, stajirovka davomida u tomonidan egallangan kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalar aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajyorning tegishli adliya organida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilmaganligi, stajirovkadan oʻtish rejasida koʻrsatilgan tadbirlarni toʻliq bajarmaganligi, stajirovkaga uzrli sabablarsiz kelmaganligi ham tavsifnomada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tavsifnoma ishchi organlar rahbarlari tomonidan imzolanadi va adliya organining yoʻllanma xati orqali stajyorni yuborgan davlat organi yoki tashkilotiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish hamda stajirovka oʻtash bilan bogʻliq barcha hujjatlar tegishli adliya organida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ishchi organlar xodimlari tomonidan stajyorga stajirovkadan oʻtish rejasi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifa va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

NAMUNA

MAʼLUMOTNOMA

3x4 sm oʻlchamli
fotosurat uchun joy

Azizov Aziz Azizovich

2021-yil 14-sentabrdan

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti

Tugʻilgan yili:

22.10.1982

Tugʻilgan joyi:

Surxondaryo viloyati,

Termiz shahri

Millati:

oʻzbek

Partiyaviyligi:

yoʻq

Pasport seriyasi, raqami, uni bergan organ va berilgan vaqti:

AA 0445566, 27.11.2012

Toshkent shahar,

Shayhontoxur tumani IIB

Maʼlumoti:

oliy

Tamomlagan:

2015-y. Oʻzbekiston Milliy universiteti (kunduzgi)

2017-y. Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)

Oliy maʼlumot toʻgʻrisida diplom haqidagi maʼlumotlar (diplom seriyasi, raqami, berilgan vaqti va oliy taʼlim muassasasining nomi:

B № 050898, 11.06.2015,

Oʻzbekiston Milliy universiteti

Ilmiy darajasi:

yoʻq

Ilmiy unvoni:

yoʻq

Qaysi chet tillarini biladi:

rus va ingliz tillari

Harbiy (maxsus) unvoni:

2-darajali yurist

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yoʻq

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning aʼzosimi (toʻliq koʻrsatilishi lozim): yoʻq

MEHNAT FAOLIYATI

2011 — 2015 yy.

Oʻzbekiston Milliy universitetining talabasi

2015 — 2017 yy.

04.09.2015-y

22.05.2017-y

Toshkent davlat yuridik universitetining magistranti

Toshkent davlat yuridik universitetining kotib ish yurituvchisi

22.05.2017-y

29.03.2018-y

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi

29.03.2018-y

14.04.2018-y

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik departamenti katta yuriskonsulti

14.04.2018-y

10.07.2020-y

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh yuriskonsulti

10.07.2020-y

05.10.2021-y

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Yuridik byuro boshligʻi

05.10.2021 — h.v.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh yuriskonsulti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning yaqin qarindoshlari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.O.

Qarindoshligi

Tugʻilgan yili va joyi

Ish joyi va lavozimi

Yashash joyi

Yaqin qarindoshlarimning roʻyxatini toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman:

Nomzod: _________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 7-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 40-mh-son “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2862, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 138-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864, 2017-yil 28-fevral).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-maydagi 296-mh-son “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2862-1, 2018-yil 25-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2862-1/1275-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-yanvardagi 16-mh-son “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-1, 2018-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2864-1/0539-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-son “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-2, 2018-yil 8-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-fevraldagi 77-mh-son “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-3, 2019-yil 26-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 10/19/2864-3/2679-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-4, 2022-yil 7-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2023-y., 10/23/3444/0454-son; 26.05.2025-y., 10/25/3444-1/0466-son)