Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3444-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 9-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3444, 2023-yil 5-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2023-y., 10/23/3444/0454-son) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-may,
11-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning oltinchi xatboshisidagi “(roʻyxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 3622, 2025-yil 2-may)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar” degan soʻzlar “Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/3444-1/0466-son)