1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3622]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 39-mh-son “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 137-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-maydagi 295-mh-son “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2861-1, 2018-yil 25-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2861-1/1278-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 1-maydagi 10-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini (bundan buyon matnda maʼlumotlar bazasi deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish, shuningdek unga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari va ularning xodimlarini hisobga olish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) rasmiy hamda “Yurist.adliya.uz” veb-saytlarida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bazasini yaratish va uning yangilab turilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik va hududiy adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan yuridik xizmatlar xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, ulardan yuridik xizmat faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish hamda unga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yuridik xizmat xodimlariga oid maʼlumotlar “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼlumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va hududiy adliya organlaridagi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilari tomonidan shakllantiriladi va muntazam ravishda elektron shaklda davlat tilida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot Vazirlikka, tuman (shahar) hokimliklari va viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat organlari va tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning yanvar oyi 10-sanasiga qadar tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni yozma va elektron shaklda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan maʼlumotlar yil davomida oʻzgargan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli maʼlumotni adliya organiga yuborishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Yurist-adliya” elektron tizimidagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun masʼuliyat tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek hududiy adliya organlaridagi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmatlar xodimlari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT

T/r
F.I.O
Tugʻilgan yili va oyi
Tamomlagan
taʼlim muassasasi va vaqti
Lavozim
(ish joyi koʻrsatilgan holda)
Martaba darajasi (berilgan vaqti)
Ish joyi manzili va yuridik xizmat xodimining elektron pochtasi
Xizmat va uyali telefon raqami
Egallab turgan lavozimga qabul qilingan vaqt
Yuridik mutaxassislik boʻyicha ish staji
Shundan yuridik xizmatdagi ish staji
(9-ustundan)
Yuridik kadrlarni qayta tayyorash va malakasini oshirish institutida malakasini oshirgan vaqti (sertifikatning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati koʻrsatilgan holda)
Attestatsiyadan oʻtgan vaqti
(guvohnomaning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati koʻrsatilgan holda)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
1.
2.
3.
....
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

mazkur shaklning 6 va 7-ustunlaridagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, bu haqda yuridik xizmat xodimi tomonidan bir ish kuni ichida tegishli adliya organiga ogʻzaki ravishda maʼlum qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha maʼlumotlar qogʻoz hamda elektron shaklda taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmat xodimlarining maʼlumotnomalari (obyektivkalari) mazkur shaklga ilova qilgan holda taqdim etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Davlat organi va tashkilotining nomi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlarga asosan tashkil etiladigan yuridik xizmat shtat birliklari soni
Haqiqatda tashkil etilgan yuridik xizmat shtat birliklari soni
Shtat birliklarida ishlayotgan yuridik xizmat xodimlari soni
Yuridik xizmatdagi boʻsh ish oʻrinlari soni
Boʻsh ish oʻrinlaridagi lavozimlarning oylik maoshi
Yuridik xizmat xodimlari boʻsh ish oʻrinlarining lavozimlari
Yuridik departament
(aniq koʻrsatiladi)
Boshqarma boshligʻi
(aniq koʻrsatiladi)
Yuridik boʻlim
(aniq koʻrsatiladi)
Byuro boshligʻi
(aniq koʻrsatiladi)
Bosh yuriskonsult (aniq koʻrsatiladi)
Yetakchi, katta yuriskonsult (aniq koʻrsatiladi)
Katta yuriskonsult (aniq koʻrsatiladi)
Yuriskonsult (aniq koʻrsatiladi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
1.
2.
3.
....
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha maʼlumotlar qogʻoz hamda elektron shaklda taqdim etilishi shart.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 10/25/3622/0415-son)