1-ILOVA
1-ILOVA
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
| 1-bosqich | Ariza beruvchilar | Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi. | Oʻz xohishiga koʻra | |||
| 2-bosqich | 1. Davlat xizmatlari markazi 2. YIDXP | 1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi. 2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi. | 1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada 2. Real vaqt rejimida | |||
| 3-bosqich | Vakolatli organ | 1. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi. 2. Maʼlumotnoma rasmiylashtirishni rad etadi. | Tegishli davlat xizmati pasportining 6-bandida belgilangan muddatlarda | |||
| 4-bosqich | Davlat xizmatlari markazi | QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani ariza beruvchilarga taqdim etadi. | 10 daqiqa ichida | |||
2-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini, bolalari, aka-ukalari va opa-singillari) |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi. Yigʻim miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 49,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); tegishli Ruhiy kasalliklar dispanseri shaxsiy hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli Ruhiy kasalliklar dispanseri shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. Izoh | Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish xizmatidan foydalanishi mumkin. |
3-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini, bolalari, aka-ukalari va opa-singillari) |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi. Yigʻim miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 49,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli Narkologiya dispanseri shaxsiy hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli Narkologiya dispanseri shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. Izoh | Mazkur davlat xizmatidan foydalanish vaqtida ariza beruvchi kompozit shaklda ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish xizmatidan foydalanishi mumkin. |
4-ILOVA
|
1. Davlat xizmati nomi |
Harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma |
|
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxs jismoniy shaxs |
|
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) |
Mudofaa ishlari boʻlimlari |
|
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar |
1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Nomiga harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish soʻralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR), yashash manzili. |
|
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bepul |
|
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati |
3 ish kuni |
|
7. Izoh |
Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxslarga maʼlumotnoma berilmaydi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv boʻyicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan boʻlsa; chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda toʻlamagan boʻlsa. |
5-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarosi (shu jumladan MDH davlatlari fuqarosi) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs) Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini, bolalari, aka-ukalari va opa-singillari) |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 28,125 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining hisobvaragʻiga; qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 2 ish kuni |
7. Izoh |
6-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Manzil-maʼlumot axborotlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma (manzil-maʼlumot axborotlarini (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, roʻyxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumot) |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdori. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi; qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 28,125 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining hisobvaragʻiga; qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida) |
7. Izoh | Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlardan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadlarida foydalaniladi. |
7-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organi Xorijda doimiy yashayotgan shaxs uchun — konsullik muassasasi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1.Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi; Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami); qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi. 2. Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma; shaxsini tasdiqlovchi hujjat; maʼlumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham koʻrsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi; notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Maʼlumotnoma berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga; qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga; b) YIDXP orqali murojaat etganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga; qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 1 oy |
7. Izoh | Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga davlat xizmatini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar vazirlikning axborot tizimlarining ishchi holatda boʻlishini taʼminlashga, moddiy-texnik bazasini yangilashga va takomillashtirishga hamda xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi. Mazkur pasport Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali berish tartibini belgilaydi. Konsullik muassasalari orqali ushbu maʼlumotnoma belgilangan tartibda olinadi. Vakolatli organ “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali uch ish kuni ichida soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboriladi. 1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi soʻrovi boʻyicha ham aniqlanishi mumkin. 2. Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo boʻlganda, ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv oʻtkazish uchun tegishli davlat organlariga soʻrovnoma yuboradi. Tekshiruv yakunlari boʻyicha xulosa beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi olib qoʻyilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, u oʻzining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Xulosalar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. |
8-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ (lar) | Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; sodir boʻlgan yongʻin obyekt haqidagi maʼlumotlar (manzil va tegishliligi); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIRi; sodir boʻlgan yongʻin obyekt haqidagi maʼlumotlar (manzil va tegishliligi). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 1 ish kuni |
7. Izoh |
9-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Koʻchmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; kadastr raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIRi; kadastr raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga; qolgan mablagʻlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 3 ish kuni |
7. Izoh |
10-ILOVA
|
1. Davlat xizmati nomi |
Soliqlar va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
|
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi |
Yuridik va jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
|
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi |
|
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar |
1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIRi. Ariza beruvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; (JSH SHIR maʼlumotlari). 2. Soliq obyektining kadastr raqamlari. 3. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
|
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bepul |
|
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati |
Real vaqt rejimida |
|
7. Izoh |
Davlat xizmati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali ham koʻrsatiladi. |
11-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ (lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; obyektning kadastr raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | real vaqt rejimida |
7.Izoh |
12-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Shaxsning nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) hamda yuridik shaxslar |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; (JSHSHIR). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); oila aʼzolarining (er-xotin, ota-ona va bolalar) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi, raqami hamda JSHSHIR maʼlumotlari).* Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIR. 2. Koʻchmas mulk haqida maʼlumot: maʼlumotnomaning hudud kesimida yoki respublika boʻyicha boʻlishi; obyekt joylashgan manzil; maʼlumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr). 3. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Nomiga maʼlumotnoma berish soʻralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) va yashash manzili. |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun quyidagi miqdorda yigʻim undiriladi: jismoniy shaxsning nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida (har bir shaxs uchun); yuridik shaxsning nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida (har bir shaxs uchun). Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlarning 80 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlarning 80 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Shaxslarning nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud boʻlganda 2 ish kuni shaxslarning nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud boʻlmaganda real vaqt rejimida |
7. | Izoh | * Jismoniy shaxs oʻz ixtiyoriga koʻra oila aʼzolarining nomida koʻchmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishi mumkin. Bunda xar bitta maʼlumoti kiritilgan shaxs uchun alohida yigʻim undiriladi. |
13-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; koʻchmas mulkning kadastr raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida) |
7. Izoh | Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi: bino va inshootlarning joylashgan manzili; bino va inshootlarning kadastr raqami; bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi; bino va inshootlarning umumiy maydoni; bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni; bino va inshootlarning huquq egasi (egalari); bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar turi; bino va inshootlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi; cheklanish mavjudligi; bino va inshootlarning kadastr qiymati. |
14-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); ashyoning yoʻqolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIRi; ashyoning yoʻqolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Nomiga maʼlumotnoma berish soʻralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) va yashash manzili. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori. Yigʻim quyidagicha taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda: 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisob raqamiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | real vaqt rejimida |
7. Izoh | 1. Pasport qoidalari jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yoʻqolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Yoʻqolgan ashyo egasi yoki uning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʻqolgan ashyolarini topish boʻyicha notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz murojaat qilishi mumkin. 3. Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun avval yoʻqotilganlik haqida xabar berish xizmatidan foydalanish talab etiladi. |
15-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | “Avtomobil tarixi” haqida maʼlumotnoma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; avtotransport vositasining davlat raqami belgisi; avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumoti (seriyasi va raqami). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIRi; avtotransport vositasining davlat raqami belgisi; avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumoti (seriyasi va raqami). | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdori. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markaziga kelib, veb-saytlar yoki boshqa onlayn platformalar orqali murojaat etilganda: 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga; 30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Izoh | 1. “Avtomobil tarixi” haqidagi maʼlumotlar avtotransport vositasiga doir quyidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi: avtotransport vositasining agregat maʼlumotlari (davlat raqami belgisi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, rusumi (modeli), ishlab chiqarilgan yili, turi, kuzov (shassi) raqami, toʻla (yuksiz) vazni, dvigatel raqami va quvvati, yonilgʻi turi, rangi, oʻrindiqlar soni, alohida belgilari yoki oʻzgargan agregat maʼlumotlari (mavjud boʻlsa); bosib oʻtgan masofasi (mavjud boʻlsa); fuqarolik-huquqiy shartnoma (bitim)lar tuzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya, meros, oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar); yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi (mavjud boʻlsa); avtotransport vositasi ishtirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar (mavjud boʻlsa); avtotransport vositasining garovda ekanligi haqidagi (mavjud boʻlsa); avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi; bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtgan sana toʻgʻrisidagi maʼlumot (agar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtgan boʻlsa); avtotransport vositasiga yoʻlovchi tashish boʻyicha litsenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi maʼlumotlar. Vakolatli organ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda “Avtomobil tarixi” haqidagi maʼlumotlari qoʻshimcha maʼlumotlar kiritishi mumkin. 2. Ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan istalgan “Avtomobil tarixi” haqidagi maʼlumotlarni olishga yoʻl qoʻyiladi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi, mudofaa va davlat xavfsizlik xizmati sohasidagi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno.
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
16-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Mavzuli soʻrovlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma | ||||||||||||
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar | ||||||||||||
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari | ||||||||||||
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi) (yuridik shaxs uchun toʻliq nomi);* pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari) (yuridik shaxs uchun STIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman; soʻralayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil koʻrsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qoʻshimcha maʼlumotlar (agar boʻlsa). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; STIR; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami; arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman; soʻralayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil koʻrsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qoʻshimcha maʼlumotlar (agar boʻlsa). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).* Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinishi bundan mustasno. * “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. | ||||||||||||
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli tartibda “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli tartibda “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga. | ||||||||||||
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Umumiy tartibda — 20 ish kuni; tezlashtirilgan tartibda — 2 ish kuni. | ||||||||||||
7. Izoh | 2. Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. 3. Ariza beruvchi maʼlumotnoma yuborilganidan soʻng oʻn ish kuni ichida toʻlov toʻlamasdan va ilgari yuborilgan soʻrovnoma raqamini koʻrsatgan holda, oldingi soʻrovnomada koʻrsatilgan arxiv hujjatlari chegara yillarini oʻzgartirish imkoniyati bilan faqat bir marta takroriy soʻrovnoma yuborishi mumkin. Takroriy soʻrovnoma boʻyicha davlat xizmati mazkur Maʼmuriy reglamentda hamda ushbu Pasportda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrsatiladi. | ||||||||||||
17-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Oliy, oʻrta maxsus, kasbiy (professional, kasb-hunar) taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman; ariza beruvchining oʻqiganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻqishga qabul qilingan sana, oʻqish tugatilgan sana, taʼlim muassasasining oʻqigan davrdagi nomi, taʼlim muassasaning hozirgi nomi (agar mavjud boʻlsa). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinishi bundan mustasno. 1-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 2-bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 2 ish kuni |
7. Izoh |
18-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi: | Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: | Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ (lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); maʼlumotnomani olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; ariza beruvchining mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ish joyi va lavozimi; ishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruq raqami va sanasi; mehnat shartnomasi bekor qilinganligi boʻyicha buyruq raqami va sanasi; ish haqini tasdiqlash lozim boʻlgan yillar; ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi (agar mavjud boʻlsa); tashkilotning nomi oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa); homiladorlik va tugʻish taʼtil yillari. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinishi bundan mustasno. 1-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 2-bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Umumiy tartibda — bepul; tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. Ushbu toʻlov toʻliqligicha “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati: | Ish stajini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — umumiy tartibda 5 ish kunidan, tezlashtirilgan tartibda 3 ish kunidan; ish haqini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — umumiy tartibda 20 ish kunidan, tezlashtirilgan tartibda 10 ish kunidan oshmagan muddatda |
7. Izoh: | 1. Soʻralayotgan maʼlumot boshqa davlat arxivida mavjud boʻlganda, soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida tegishli davlat arxiviga yuboriladi. Bunda tezlashtirilgan tartibda davlat xizmatini koʻrsatish muddatiga 2 ish kuni qoʻshiladi. 2. Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. |
19-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. Izoh | Ushbu maʼlumotnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun taqdim etiladi va oila Ijtimoiy reyestrda boʻlgan davrida amal qiladi. |
20-ILOVA
|
1. Davlat xizmati nomi |
Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma |
|
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi |
Jismoniy shaxslar |
|
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
|
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar |
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. |
|
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bepul |
|
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati |
Real vaqt rejimida |
|
7. Izoh |
21-ILOVA
| 1. Davlat xizmati nomi | Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
| 2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar |
| 3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
| 4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); boshlangʻich davr; yakuniy davr; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. |
| 5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
| 6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
| 7. Izoh |
22-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi rasmiy statistika sohasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlanadigan yigʻma statistika maʼlumotlarini taqdim etish |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); soʻralayotgan statistika maʼlumotlari boʻyicha talab (nomi, davri va boshqalar); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; tashkiliy-huquqiy shakli; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; pochta manzili; STIRi; bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi); soʻralayotgan statistika maʼlumotlari boʻyicha talab (nomi, davri va boshqalar). 2. Yuridik va jismoniy (jismoniy shaxs boʻlganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma) shaxs vakillari uchun ishonchnoma. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Soʻrovnomaga asosan taqdim etiladigan har bir statistika maʼlumotini shakllantirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 foizi. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Oʻn ish kuni (toʻrt ish kunidan oshmagan muddatda soʻrovnomaga koʻra maʼlumotning mavjudligi va qiymatini maʼlum qiladi hamda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng olti ish kunidan oshmagan muddatda soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etadi). |
7. Izoh | Davlat xizmati doirasida statistika dasturi va statistika faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflagichlar asosida shakllantiriladigan statistika maʼlumotlari, shuningdek, ochiq manbalarda eʼlon qilinadigan maʼlumotlar taqdim etiladi. Quyidagi holatlar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi: tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan, shuningdek, individual maʼlumotlarni soʻrash; shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika maʼlumotlarini soʻrash. Ushbu Pasport Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ hujjatlar asosida vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilot va muassasalarga belgilangan tartibda va statistika dasturida belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan statistika maʼlumotlariga, shuningdek, vakolatli organga bevosita yoki boshqa manbalar orqali kelgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
23-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi oʻrinlarda — KTYADR) bazasidan maʼlumotlarni taqdim etish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; tashkiliy-huquqiy shakli; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; joylashgan joyi (pochta manzili); STIRi; bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi). | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | KTYADR bazasidan har bir tashkilot boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlar uchun: tashkilot soni 100 tagacha boʻlganda, BHMning 2,0 foizi miqdorida; tashkilot soni 100 tadan 10 000 tagacha boʻlganda, BHMning 1,0 foiz miqdorida; tashkilot soni 10 000 tadan ortiq boʻlganda, BHMning 0,5 foizi miqdorida. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Izoh | KTYADR bazasida davlat organlari va tashkilotlarning yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼmuriy maʼlumotlaridan foydalangan holda, statistika tasniflagichlariga asosan shakllantirilgan roʻyxat asosida maʼlumotlar taqdim etiladi. maʼmuriy maʼlumotlar — davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq shakllantiriladigan maʼlumotlar; tasniflash — rasmiy statistika sohasida qabul qilingan usullar va belgilarga muvofiq obyektlar toʻplamini oʻxshashligi yoki farqi boʻyicha alohida kichik toʻplamlarga ajratish. Quyidagi tasniflagichlar yordamida tegishli tashkilotning xususiyatlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar shakllantiriladi: iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga muvofiq tashkilot amalga oshiradigan iqtisodiy faoliyat turi; maʼmuriy-hududiy obyektni belgilash tizimiga (keyingi oʻrinlarda — MHOBT) muvofiq tashkilot joylashgan hudud; tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflagichiga muvofiq tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli. KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish xizmati doirasida quyidagi roʻyxat asosida maʼlumotlar olinishi mumkin. Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish xizmati doirasida taqdim etiladigan maʼlumotlar ROʻYXATI
Bunda maʼlumotlar yuridik shaxslarning faollik holati (faoliyat koʻrsatayotgan, faoliyat koʻrsatmayotgan va tugatilgan) boʻyicha taqdim etiladi. Foydalanuvchilar bevosita vakolatli organning axborot resurslari yordamida real vaqt rejimida soʻralayotgan alohida yuridik shaxsning STIR raqamini kiritib, mazkur bandda keltirilgan maʼlumotlarni bepul olishlari mumkin. |
24-ILOVA
|
1. Davlat xizmati nomi |
Doimiy yashash joyida roʻyxatdan oʻtib yashovchilar toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish |
|
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi |
Jismoniy shaxslar |
|
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ (lar): |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
|
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar |
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; kadastr raqami; doimiy yashash manzili. |
|
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bepul |
|
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati |
Real vaqt rejimida |
|
7. Izoh |
25-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Kredit tarixini olish |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | jismoniy va yuridik shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | “Kredit byurolari” |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bir yil ichida birinchi marta xizmatdan foydalanish — bepul, keyingilari uchun — BHMning 4 foizi miqdori. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati: | Real vaqt rejimida |
7. Izoh: |
26-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv maʼlumotnomalari (tugʻilish, nikoh, nikohdan ajralish, oʻlim, yolgʻiz ona, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismi oʻzgartirilganligi, farzandlikka olingani, dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilganligi toʻgʻrisida) |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy adliya boshqarmalari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; maʼlumotnomani olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi, otasining ismi; maʼlumotnoma turi (tugʻilish, nikoh, nikohdan ajralish, oʻlim, yolgʻiz ona, otalikni belgilash, maʼlumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa maʼlumotlar); dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil va sana: talab etilayotgan maʼlumotlar qayd etilishi mumkin boʻlgan davr; dalolatnoma yozuvi qayd etilgan hudud (hudud nomi yoki respublika miqyosida). 3. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar: uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilinayotganda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma (chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan boʻlishi lozim); tegishli holatlarda marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; qonuniy vakil boʻlsa, buni tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Umumiy tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi. tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi; Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etilganda — yigʻim Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Umumiy tartibda — 2 ish kuni; tezlashtirilgan tartibda — 1 ish kuni. |
7. Izoh | Davlat xizmatlari markazi orqali farzandlikka olingani haqidagi maʼlumotnoma farzandlikka oluvchilar shaxsan murojaat etganda beriladi. Notariuslar tomonidan kompozit xizmat sifatida doimiy yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berilishi mumkin. Bunda mazkur davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlarining xizmat koʻrsatish tizimi orqali koʻrsatiladi. |
27-ILOVA
|
1. Davlat xizmati nomi |
Doimiy yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
|
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi |
Jismoniy shaxslar |
|
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
|
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar |
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. |
|
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bepul |
|
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati |
Real vaqt rejimida |
|
7. Izoh |
28-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari roʻyxatda turganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami. Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; STIR; elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Texnikaning davlat raqami belgisi; texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi. Yigʻim miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 20 foizi — respublika budjetiga; qolgan mablagʻlar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); 20 foizi — Respublika budjetiga; qolgan mablagʻlar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar melioratsiya hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, melioratsiya va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari. Maʼlumotnoma texnikaga oid quyidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi: texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan, nomi, rusumi, zavod raqami, texnik pasporti yoki guvohnomasi seriyasi va raqami, davlat raqami belgisi, dvigatel quvvati, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, shuningdek, alohida belgilar yoki oʻzgargan agregatlar haqida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa); texnikaga nisbatan taqiqning mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumot. Inspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, texnikaning roʻyxatda turganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻshimcha maʼlumotlar kiritishi mumkin. Maʼlumotnoma huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, sudlarga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli tashkilotlarga bepul taqdim etiladi. Sud boshqaruvchisining soʻrovnomasiga muvofiq maʼlumotnoma berish uchun oldindan toʻlov undirilmaydi. Belgilangan toʻlovning oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi. |
29-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh |
30-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Avtotransport vositalari haqida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ (lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; STIR. Maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli avtotransport vositalari haqida axborotlarni olishlari mumkin. Avtotransport vositalari haqida maʼlumotnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi: Umumiy maʼlumot: rangi; ishlab chiqarilgan yili; turi; kuzov/shassi raqami; toʻla vazni (kg); yuksiz vazni (kg); dvigatel raqami; yonilgʻi turi; oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi berilgan sana; oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi amal qilish muddati; sugʻurta polisi: sugʻurta seriya va raqami; sugʻurta turi; sugʻurtaning amal qilish muddati; haydovchilar; sugʻurta hodisasi; avtotransport texnik koʻrigi. |
31-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada quyidagilar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); notarial idora; notarial harakat turi; notarial harakatning reyestr raqami; hujjat tasdiqlangan sana; elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). 2. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa); marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda — marhumning oʻlimi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxoʻr boʻlganda — vasiyatnoma va marhumning oʻlimi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa — uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi. |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Arxiv hujjatlarini berish uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi: notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida; notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida; arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida; arxiv maʼlumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida. Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilganda, yuqoridagi umumiy toʻlovlardan tashqari BHMning 1 baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi. Tezlashtirilgan tartibda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun undiriladigan qoʻshimcha toʻlov mazkur pasportning 5-pozitsiyasida belgilangan tartibda taqsimlanadi va vakolatli organga oʻtadigan qismi idoraviy notarial arxivlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va idoraviy notarial arxivlarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi. Yigʻim miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi. |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Vakolatli organ tomonidan quyidagi muddatlar mobaynida arxiv hujjatini berish yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi: a) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati — 5 ish kuni; b) notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma — 2 ish kuni; v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar — 2 ish kuni; g) arxiv maʼlumotnomalari — 1 ish kuni. Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilganda: a) notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati — 2 ish kuni; b) notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestr kitobidan koʻchirma — 1 ish kuni; v) arxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek, mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar — 1 ish kuni. |
7. | Izoh | YIDXP orqali murojaat qilinganda, arxiv hujjati elektron shaklda vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchining elektron pochtasiga yuboriladi. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari ariza beruvchining talabiga koʻra qogʻoz shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda kuryerlik xizmati orqali yuborilishi mumkin. Gerbli (maxsus) blankalarda notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatlari berilganda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yigʻimi undiriladi. Arxiv hujjatlari notarial arxivda mavjud boʻlmasligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Notariuslar tomonidan kompozit xizmat sifatida arxiv hujjatlari berilishi mumkin. Bunda mazkur davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlarining xizmat koʻrsatish tizimi orqali koʻrsatiladi. |
32-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Gidrometeorologik maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); yashash manzili; elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami; Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi STIR; pochta manzili; elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Maʼlumot soʻralayotgan hudud; gidrometereologik maʼlumot turi; maʼlumotnoma olishdan koʻzlangan maqsad; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Gidrometeorologik maʼlumotdagi iqlimiy koʻrsatkichning 1 ta qiymati uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi. Yigʻim miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi. |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 10 kun |
7. | Izoh | Olingan gidrometeorologik maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim qilish, qayta sotish yoki tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
33-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti roʻyxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); yashash manzili; elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami; Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi STIR; pochta manzili; elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) va telefon raqami. 2. Nomoddiy madaniy meros obyektining nomi; nomoddiy madaniy meros obyektining qisqacha tavsifi; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 2 ish kuni |
7. | Izoh |
34-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Boʻsh turgan davlat obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; STIR. 2. Hudud; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh |
35-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Xoʻjalik jamiyatining toʻlovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; STIR. 2. Xoʻjalik jamiyatining toʻliq nomi va STIR; maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | |
36-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Kredit bitimini tuzishda taqiq mavjudligi yoki bunday taqiq olib tashlangani toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Kredit byurolari |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Arizada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati: | Real vaqt rejimida |
7. Izoh: | Mazkur xizmat kredit byurolarining rasmiy veb-sayti orqali ham koʻrsatiladi. |
37-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Moddiy madaniy meros obyekti davlat kadastriga kiritilgani yoki kiritilmagani haqida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; (JSHSHIR). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIR. 2. Moddiy madaniy meros obyekti haqida maʼlumot: moddiy madaniy meros obyekti nomi: joylashgan manzili. 3. Davlat organlari, yuridik va jismoniy (jismoniy shaxs boʻlganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma) shaxs vakillari uchun ishonchnoma. |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh |
38-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibiga muzey ashyolarini kiritilgani yoki kiritilmagani haqida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; (JSHSHIR). Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIR. 2. Milliy muzey fondi haqida maʼlumot: muzey ashyolari va kolleksiyalari nomi: muzey ashyolari va kolleksiyalari raqami. 3. Yuridik va jismoniy (jismoniy shaxs boʻlganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma) shaxs vakillari uchun ishonchnoma. |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh |
39-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Oʻqish joyidan (oliy taʼlim muassasasidan) maʼlumotnoma olish |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oliy taʼlim tashkilotlari |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). 2. Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Ushbu Pasport oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchining oʻqish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida mavjud boʻlmagan taqdirda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. |
40-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Oʻqish joyidan (akademik litsey va professional taʼlim muassasalaridan) maʼlumotnoma olish |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oliy taʼlim tashkilotlari |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). 2. Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Ushbu Pasport oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchining oʻqish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. |
41-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Akademik maʼlumotnoma (transkript) (oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun) |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oliy taʼlim tashkilotlari |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). 2. Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Ushbu Pasport oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchining akademik maʼlumotlari (transkript) “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. |
42-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqidagi maʼlumotnoma (oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun) |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oliy taʼlim muassasalari |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). 2. Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Ushbu Pasport oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchining hisoblangan stipendiyalari haqida maʼlumotlar “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. |
43-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Akademik maʼlumotnoma (transkript) (kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun) |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Kasbiy taʼlim tashkilotlari |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). 2. Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Ushbu Pasport oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchining akademik maʼlumotlari (transkript) “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida mavjud boʻlmagan taqdirda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi. |
44-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Fuqarolarning “Ayollar daftari”ga kiritilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning yoki oila aʼzolarining (er-xotin, ota-ona va bolalar)* maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | * Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra oila aʼzolarining (er-xotin, ota-ona va bolalar) “Ayollar daftari”ga kiritilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishi mumkin. |
45-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Fuqarolarning “Temir daftar”ga kiritilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning yoki oila aʼzolarining (er-xotin, ota-ona va bolalar)* maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | * Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra oila aʼzolarining (er-xotin, ota-ona va bolalar) “Temir daftar”ga kiritilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishi mumkin. |
46-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Fuqarolarning “Yoshlar daftar”ga kiritilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki ularning oila aʼzolari (er-xotin, ota-ona va bolalar) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh |
47-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs (xususiylashtirilgan turar joy mulkdori, uning oila aʼzolari yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulkdor nomidan vakillik qilish vakolati berilgan shaxs, shuningdek, xususiylashtirishga rozilik bergan shaxs) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Tuman (shahar) hokimligi Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat muassasasi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). Hujjat soʻralayotgan shaxsning yoki oila aʼzolarining (er-xotin, ota-ona va bolalar)* maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR). 2. Xususiylashtirilgan turar joy toʻgʻrisida maʼlumotlar: turarjoy kadastr raqami; turarjoy manzili. 3. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Pasport qoidalari notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqida maʼlumotnoma olishga nisbatan tatbiq etilmaydi. * jismoniy shaxs oʻz ixtiyoriga koʻra oila aʼzolarining alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergani toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishi mumkin. |
48-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh |
49-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Hisoblangan ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). 2. Hisoblangan ish haqi davri (yil, oy) 3. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Hisoblangan ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma shaxsning faqatgina Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida mavjud maʼlumotlari asosida taqdim etiladi. |
50-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi maʼlumotlari: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. | Izoh | Mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnoma xodimning faqatgina “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud maʼlumotlari asosida taqdim etiladi. |
52-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Issiqliktaʼminoti” AJ va “VEOLIA ENERGY TASNKENT” MCHJ XK |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; kadastr raqami; Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; telefon raqami; STIR; kadastr raqami; abonent hisobraqami (mavjud boʻlsa). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Real vaqt rejimida |
7. Izoh | Ariza beruvchining xohishiga koʻra bir vaqtning oʻzida bir yoki bir nechta kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga soʻrov yuborish imkoniyati yaratiladi. |
53-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Aliment toʻlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi; biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami. |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 3 ish kuni |
7. | Izoh | |
54-ILOVA
1. | Davlat xizmati nomi | Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi hisobga olingani haqida maʼlumotnoma |
2. | Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Yuridik shaxslar |
3. | Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
4. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | xavfli ishlab chiqarish obyektining toʻliq nomi; xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzil (toʻliq koʻrsatiladi); sanoat xavfsizligi deklaratsiya ishlab chiqilgan xavfli ishlab chiqarish obyektining davlat reyestridagi hisobga olish raqami; foydalanuvchi tashkilotning toʻliq nomi; xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning STIRi; foydalanuvchi tashkilotning yuridik va pochta manzillari, telefon raqami |
5. | Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bepul |
6. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 3 ish kuni |
7. | Izoh | - |
|
55-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash. |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari). |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari. |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);* tugʻilgan yili va sanasi; doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil;* farzandlarining tugʻilgan yili va sanasi (bir necha nafar boʻlsa ketma-ketlikda toʻldiriladi): pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman; mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ish joyi va lavozimi nomi, ishga qabul qilingan va ishdan boʻshagan yillar, homiladorlik va tugʻish taʼtil yillari (imkon qadar) va agar boʻlsa qoʻshimcha maʼlumotlar). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).* Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. * “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan boʻshaganligi boʻyicha yozuvlarni tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — ““Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilganda mazkur bandda belgilangan miqdorga (soʻralgan barcha tashkilotni hisobga olgan holda) bazaviy hisoblash miqdorining 50 % qoʻshimcha haq undiriladi va ushbu qoʻshimcha haq toʻliqligicha “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Umumiy tartibda — 10 ish kuni; tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni. |
7. Izoh | 1. Soʻralayotgan maʼlumot boshqa davlat arxivida mavjud boʻlganda, soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida tegishli davlat arxiviga yuboriladi. Bunda tezlashtirilgan tartibda davlat xizmatini koʻrsatish muddatiga 2 ish kuni qoʻshiladi. 2. Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. Agar davlat xizmatini tezkor koʻrsatish boʻyicha ariza masʼul davlat arxivi tomonidan tegishli muddatlarda koʻrsatilmasa, toʻlangan qoʻshimcha haq 2 ish kuni davomida “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qaytariladi. |
56-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish). | ||||||||||||||||||||||||
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar. | ||||||||||||||||||||||||
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari. | ||||||||||||||||||||||||
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);* pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIR. 2. Hujjatga oid boʻlgan maʼlumotlar: arxiv nomi; fondning nomi; yigʻmajild raqami; hujjatning sanasi; hujjatning qisqacha tavsifi. 3. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).* Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. * “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalardan elektron nusxa olish uchun YIGʻIM MIQDORI
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 1 ish kuni. | ||||||||||||||||||||||||
7. Izoh | Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. |
57-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish. |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxslar. |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari. |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi;* pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); elektron manzili (mavjud boʻlsa); telefon raqami; oʻquv zallaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar (asosiy maqsad (ilmiy, genealogik, mavzuli va boshqalar): mavzu nomi va davriyligi; qaysi arxiv oʻquv zalidan foydalanadi. 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa). Ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa — bu haqidagi maʼlumot arizada koʻrsatiladi. * “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli tartibda “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli tartibda “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 1 ish kuni. |
7. Izoh | 1. Ushbu pasport talablari: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (voyaga yetmagan shaxslar uchun ularning ota-onasi yoki vasiylariga) tatbiq etiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlariga asosan tadqiqot olib boruvchi foydalanuvchilar uchun tatbiq etilmaydi. 2. Ruxsatnoma belgilangan shaklga muvofiq taqdim etiladi. 3. Ariza beruvchi sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs ekanligi maʼlum boʻlishi, ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi, mavzuga doir hujjatlar mavjud emasligi, arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi. 4. Soʻrovnoma rad etilganda yoki ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. 5. Ruxsatnoma bir yil muddatga foydalanish uchun amal qiladi. Agarda mavzuga doir arxiv hujjatlari restavratsiyaga muhtoj boʻlganda yoki boshqa foydalanuvchi tomonidan foydalanayotgan boʻlgan taqdirda, oʻquv zalidan foydalanishni boshlash muddati ruxsatnomada belgilanishi mumkin. 6. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga yigirma ish kunidan kam muddat qolganida murojaat qiladi. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu pasportga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi. 7. Davlat arxivlarining oʻquv zallari qoidalarini buzish ruxsatnomani bekor qilishga asos boʻlishi mumkin. Bu haqida qaror arxiv rahbariyati tomonidan qabul qilinadi. |
58-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlari aslini berish. |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy shaxs. |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari. |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi);* pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); yashash manzili; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; Shaxsiy hujjatni olish usuli (davlat arxividan olib ketish, pochta manzilga yuborish); oʻqigan taʼlim muassasasi yoki faoliyat yuritgan tashkilot (shaxsiy hujjat qoldirilgan tashkilot) nomi. Ariza beruvchining shaxsiy hujjati nomi (mehnat daftarcha, shahodatnoma, diplom, boshqa turdagi shaxsiy hujjat). 2. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).* Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. * “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli tartibda “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — tegishli tartibda “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | 10 ish kuni. |
7. Izoh | 1. Mazkur pasport qoidalari davlat arxivlariga tugatilgan tashkilotlar tomonidan topshirilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Agar shaxsiy hujjatning egasi vafot etgan boʻlsa, uning yaqin qarindoshi (ota-onasi, eri yoki turmush oʻrtogʻi va bolalari) davlat xizmatidan foydalanishi mumkin. 3. Shaxsiy hujjat mavjudligi toʻgʻrisida ariza beruvchi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi. Shaxsiy hujjat arxivda mavjud boʻlmasligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. 4. Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli shaxsiy hujjat aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. 5. Ariza beruvchi shaxsiy hujjatni davlat arxividan olib ketadi yoki shaxsiy hujjat ariza beruvchining talabiga koʻra kuryerlik xizmati orqali yuborilishi mumkin. Shaxsiy hujjatni davlat arxivi manzilidan ariza beruvchining manziliga yetkazib berish muddati davlat xizmatini koʻrsatish muddatiga kiritilmaydi. Pochta aloqasi orqali yetkazilgan davlat xizmatlarining natijasi uchun toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan qoplanadi. |
59-ILOVA
1. Davlat xizmati nomi | Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish. |
2. Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi | Jismoniy va yuridik shaxslar. |
3. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar) | Oʻzbekiston Milliy arxivi. |
4. Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar | 1. Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);* pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari); maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus); elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun: toʻliq nomi; elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; STIR. 2. Hujjatga oid boʻlgan maʼlumotlar: fondning nomi; yigʻmajild raqami; hujjatning sanasi; hujjatning qisqacha tavsifi. 3. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).* Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. * “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | 1 ta annotatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,47 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Milliy arxivining hisobvaragʻiga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Milliy arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilganda mazkur bandda belgilangan narxga 50 % qoʻshimcha haq undiriladi. |
6. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati | Umumiy tartibda — 3 ish kuni; tezlashtirilgan tartibda — 2 ish kuni. |
7. Izoh | Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi. Agar davlat xizmatini tezkor bajarish boʻyicha ariza Oʻzbekiston Milliy arxivi tomonidan tegishli muddatlarda koʻrsatilmasa, toʻlangan qoʻshimcha haq 1 ish kuni mobaynida mazkur arxivning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qaytariladi. |
2-ILOVA