10.07.2014 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan kiritilgan koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ilovada qayd etilgan koʻchmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat xizmatlari qiymatidan 10 foizi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat xizmatlarining nomi

Ishlar narxi

I. Koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga hamda koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

2.

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

3.

Umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan 5 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari

4.

Umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan 15 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari

5.

Umumiy maydoni 15 000 kvadrat metrdan 50 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari

6.

Umumiy maydoni 50 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk

Bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari

7.

Mulkdor oʻzgarmagan holda koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

8.

Mulkdor oʻzgarmagan holda koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

9.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

II. Koʻchmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

2.

Yakka tartibdagi turar joy

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

III. Yer uchastkalariga va koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.

Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlganda, yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bepul

2.

Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlmaganda, yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

3.

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

4.

Noturar joy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

5.

Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

6.

Koʻp yillik dov-daraxtlar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi

IV. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

1.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari

2.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

3.

Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 300 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

4.

Yuridik shaxslarning turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

5.

Jismoniy shaxslarning noturar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

6.

Yuridik shaxslarning noturar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

7.

Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

8.

Jismoniy shaxslarning noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

9.

Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

10.

Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaligi bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

11.

Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaligi bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

12.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

13.

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni, bepul foydalanish huquqini, koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (garov xati elektron shaklda rasmiylashtirilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 0,625 baravari)

14.

Mulkida turar joy borligi (yoʻqligi) haqida maʼlumotnoma berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

(har bir fuqaro uchun)

15.

Koʻchmas mulkka oid kadastr maʼlumotlarini taqdim etish

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

(davlat organlari uchun bepul)

16.

Shahodatnomaga ega boʻlgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yigʻmajildiga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish

a) obyekt 100 kvadrat metrgacha boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari;

b) obyekt 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrgacha boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 baravari;

v) obyekt 250 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrgacha boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari;

g) obyekt 500 kvadrat metrdan yuqori boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari

17.

Jismoniy shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari

18.

Yuridik shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan koʻchirmalar

Bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari

19.

Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

(davlat organlari uchun bepul)

20.

Davlat reyestridan yangilangan elektron koʻchirmani yuklab olish

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi

V. Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish

1.

Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni oʻzgartirish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

VI. Koʻchmas mulkni boʻlish, birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

1.

Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

2.

Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qoʻshilgan qiymat soligʻi olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻimlar undirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda (yangidan kadastr pasportini shakllantirish, kadastr baholash ishlari bajarilishi talab etilganda belgilangan summaning 50 foizi undiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar joy koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan koʻchirma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar joy koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hamda huquq boshqa shaxsga oʻtgan hollar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat haqiqiy emas deb topilishi natijasida oldingi huquq egasining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqi tiklangan taqdirda, ushbu huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladi va ularning narxi ushbu Nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 25 foizini, Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim Ijtimoiy reyestrning:
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman boʻysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda — 0,8.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sud boshqaruvchilari uchun davlat xizmatlari oldindan toʻlovlarni amalga oshirilmasdan koʻrsatiladi, koʻrsatilgan xizmat toʻlovining oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 344-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/663/1765-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son; 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son; 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/610/0899-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.08.2023-y., 09/23/380/0611-son; 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.03.2026-y., 09/26/104/0248-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)