20.08.2019 yildagi PF-5785-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning (keyingi o‘rinlarda — mehnat migrantlari) huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordami ko‘rsatish va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari uchun ishonchli, shu jumladan uy-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash, moliyaviy yordam, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish masalalarida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, mehnat migrantlari va ular oila a’zolarining yashashi va mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish uchun vakolatli idoralar bilan respublikaning hamda xorijiy davlatlar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda muvofiqlashgan faoliyatni ta’minlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, davlat tomonidan ularning kundalik ehtiyojlari va orzu-umidlari to‘g‘risida har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, mamlakat hududida ham, uning tashqarisida ham ishonchli ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining takliflarini hisobga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joy qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadonni 1-ilovaga muvofiq ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan kredit to‘lovlarini “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyati va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasidan ketgan mehnat migrantlari ko‘proq yig‘ilgan Rossiya Federatsiyasi hududlarida “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyatining bank infratuzilmasini va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning masofaviy kanallarini kengaytirish choralarini ko‘rish.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migrantlariga — xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2 mln. so‘m miqdorida bir yil muddatga 2019-yilda taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasini o‘z ichiga olgan holda 10 foizlik stavkada 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda mikroqarzlar berish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta kompaniyalariga — yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun bir martalik subsidiyalar taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mehnat migrantlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro shartnomalarga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi (ratifikatsiya qilishi) bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, Vatanga qaytganlaridan so‘ng jamiyatga qo‘shilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda uning yakunlari bo‘yicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy ko‘maklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari har olti oyda kamida bir marta mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Respublika komissiyasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xorijiy mamlakatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan mehnat migrantlarining mehnat faoliyatini amalga oshirish va istiqomat qilishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ishga qabul qilishda ularning mehnat huquqlariga rioya etilishi, mehnat migrantlari uchun munosib yashash va maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, mehnat migrantlarining xorijda bo‘lishi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarni hal qilish masalalari bo‘yicha doimiy asosda yaqin hamkorlik munosabatlarini o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib amaliyotga joriy etilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik o‘zida mavjud ma’lumotlar hamda xususiy bandlik agentliklari va Agentlikning xorijdagi vakolatxonalaridan olingan ma’lumotlar asosida har oyning 5-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar va aniqlangan muammolar to‘g‘risidagi axborotni, ularni hal etish bo‘yicha aniq takliflar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda har oyning 10-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi holati, mehnat migrantlarini ko‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida yig‘ma-tahliliy ma’lumotni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berish va Respublika komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishlab chiqilayotgan “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “labor-migration” dasturiy majmuasini 2019-yil 1-oktabrga qadar joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga ish beruvchi mamlakatda bo‘lish qoidalari, mehnat, ijtimoiy, uy-joy va maishiy ta’minot sharoitlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy yordam choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va xususiy bandlik agentliklari faoliyati to‘g‘risida, shu jumladan ular ko‘rsatadigan xizmatlarning turlari va narxlari, xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, ushbu ish o‘rinlariga ishga joylashish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati monitoringi, shu jumladan kasbiy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, taqdim etilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, ko‘rsatilgan huquqiy va ijtimoiy yordam, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda og‘ir vaziyatga tushib qolgan va yordamga muhtoj mehnat migrantlari tomonidan masofadan turib murojaat yo‘llash imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migrantlari, ishga joylashish geografiyasi, ularning faoliyat yo‘nalishlari va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun 2020-yilda uy-joylar qurish parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risida, shu jumladan ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini ko‘zda tutuvchi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, ishtirokchi tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun ko‘p kvartirali uylarda uy-joy qurish bo‘yicha davlat dasturida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda xonadonlar qurilishiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning uyushgan shakllarini tubdan kengaytirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifasi etib belgilansin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mehnat migrantlarining ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat organlarining rahbariyati va vakillaridan tarkib topgan delegatsiyalarning xorijiy davlatlarga, eng avvalo Rossiya Federatsiyasiga tizimli ravishda safar qilishi amaliyoti joriy etilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlari mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishni talab qiluvchi masalalarda va ularga zarur yordam ko‘rsatish borasida sovuqqonlik, buyruqbozlik va sansalorlikka yo‘l qo‘yganlik uchun shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5785-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda ajratiladigan ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

xonadonlar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

210

2.

Andijon viloyati

420

3.

Buxoro viloyati

240

4.

Jizzax viloyati

120

5.

Qashqadaryo viloyati

300

6.

Navoiy viloyati

60

7.

Namangan viloyati

300

8.

Samarqand viloyati

450

9.

Surxondaryo viloyati

270

10.

Sirdaryo viloyati

90

11.

Toshkent viloyati

180

12.

Farg‘ona viloyati

420

13.

Xorazm viloyati

240

14.

Toshkent shahri

162

Jami:

3462

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

P.R. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari

3.

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublik�si kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari

4.

A.Z. Sa’dullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktori

5.

Kelishuvga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari

6.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

A.Sh. Inoyatov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

8.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

B.I. Zakirov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

10.

A.Y. Haydarov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

11.

F.F. Eshmatova

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

12.

A.X. Saidov

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

13.

K.M. Rafikov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

14.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari, Respublika komissiyasi mas’ul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 06/19/5785/3605-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)