Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyul,
PF-6021-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-837-son Farmonida:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining eksport-import hamda boshqa valyuta operatsiyalari boʻyicha xorijiy valyutadagi mablagʻlari harakati ustidan nazorat qilish Markaziy bank, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga yuklatilsin”;
ilovaning 10 va 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllaniladi.
11. Chet el valyutasidagi tushumni xorijiy banklarda ochilgan hisobvaraqlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda oʻtkazish chet el valyutasidagi tushumni yashirib qolish hisoblanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi “Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1831-son Farmonining 1-bandida:
uchinchi xatboshidagi “vakil banklarning” soʻzlari “tijorat banklarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-sentabrdagi “Jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi omonatlarini ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-2079-son Farmonida:
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
3-bandning birinchi xatboshisidagi “vakolatli banklariga” soʻzlari “tijorat banklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5032-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “soliq, bojxona va valyuta” soʻzlari “soliq va bojxona” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5099-son Farmoni 6-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5177-son Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablagʻlarni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-sentabrdagi “Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish toʻgʻrisida”gi PQ-2237-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tuzilgan shartnomalar doirasida ish haqini chet elda ochilgan hisobvaraqlariga xorijiy valyutani oʻtkazgan holda olish huquqiga egadirlar”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston — Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2602-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ilmiy-texnologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun Markazning chet ellik xodimlariga ish haqi hamda boshqa toʻlovlar miqdori Markazning Vasiylik kengashi tomonidan Yaponiya ilmiy va oliy taʼlim muassasalari stavkalari darajasida tasdiqlanadi hamda ularning xohishiga koʻra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlanadi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qaroriga 3-ilovaning 34-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzurida Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz koʻmagini jalb etgan holda oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2759-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnoparkning faoliyat koʻrsatishi uchun chet eldan jalb etiladigan pedagog va ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlari Vasiylik kengashi tomonidan Koreya universitetlari stavkalari darajasida tasdiqlanadi hamda ularning xohishiga koʻra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlanadi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida xorijiy olim, oʻqituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash ularning xohishiga koʻra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida amalga oshiriladi”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-son qarorida:
a) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
b) 6-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2972-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yangi gidroelektrostansiyalar qurish va faoliyat koʻrsatayotganlarini modernizatsiya qilishda qatnashishga xorij mutaxassislarini doimiy va vaqtinchalik asosda jalb etish, ularning faoliyatiga toʻlanadigan haqni milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlashga ruxsat berilsin”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-son qaroriga 1-ilovaning 33-pozitsiyasi “Davlat mulki obyektining nomi” ustunidagi “UK” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3135-son qarorining 5-bandida:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3175-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EIZ ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyoz hamda preferensiyalariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning xoʻjalik faoliyatiga aralashuvga yoʻl qoʻymaslikni”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Paxtakor” futbol klubi moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3227-son qarori rus tilidagi matnining 7-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“prinimat na rabotu visokokvalifitsirovannix inostrannix spetsialistov i osushestvlyat viplatu im zarabotnoy plati v natsionalnoy valyute ili inostrannoy valyute putem perevoda sredstv na ix zarubejnie scheta.”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “2018-yilda baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3505-son qarori rus tilidagi 8-bandidagi “AKIB “Ipoteka-bank”“ soʻzlari “Assotsiatsii “Uzbekbaliksanoat”.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3549-son qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishga belgilangan tartibda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni qabul qilish, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3657-son qarorida:
3-bandning uchinchi xatboshisidagi “soliq, bojxona va valyuta” soʻzlari “soliq va bojxona” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridan oshmaydigan” soʻzlari “bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarori 4-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarori 14-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar texnik qoʻmitalarining mutaxassislarini, ilgʻor loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalarining mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash”.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son qaroriga 3-ilovaning 24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4142-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish, shuningdek, ularga Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “OʻzbekistonRespublikasi Trnasport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4292-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish asosida milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “O`zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4390-son qarori 10-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish va ishga qabul qilish hamda ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin”.
Izoh: mazkur ilovaning 1 — 11, 13, 15 — 17, 19-bandlari, 20-bandning ikkinchi xatboshisi, 21-22, 24-25, 27 — 33-bandlari 2020-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1193-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1749-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-oktabrdagi “Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2084-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekicton Respublikasi Prezidenti farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-2772-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 15-noyabrdagi “Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3818-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4055-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmoniga oʻzgartish kiritish haqida”gi PF-4891-son Farmoni.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5197-son Farmoniga ilovaning 7-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5276-son Farmoni.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 17 va 20-bandlari.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-56-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1166-son qarori.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1317-son qarori.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1461-son qarori.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2344-son qarori.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2751-son qarori 2-bandi, shuningdek qarorga ilovaning 2-bandi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3383-son qarori.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarori 4-bandining “v” kichik bandi.
Izoh: mazkur ilova 2020-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)