Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 02.10.1998 yildagi PF-2084-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKSIYADORLIK TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari faoliyatini boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, bank xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o‘tkazish, kreditlar berish hamda ularning qaytarilishini ta’minlash uchun bankning rahbar va ijroiya organlari javobgarligini oshirish, shuningdek xususiy banklar tashkil etish jarayonini rag‘batlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik tijorat banki to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilova rus tilidagi matnida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik tijorat banki Kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yilning oxiriga qadar tijorat banklari, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq aksiyadorlik tijorat banklarining Kengashlari tuzilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda banklarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirishga hamda aksiyadorlar sarmoyasini qo‘shimcha ravishda jalb etishga, banklarning faoliyatini boshqarishda aksiyadorlarning roli va mas’uliyatini oshirishga, banklarning xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o‘tkazishga e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga maxsus komissiya tuzish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5189-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aksiyadorlik tijorat banki Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank filiallarining Boshqaruvi va rahbarlari bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, mazkur Namunaviy nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq kreditlar berilishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank Boshqaruvi raisi va a’zolarini tayinlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi tuzishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aksiyadorlik tijorat banklariga quyidagilar tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z nizomlari va ichki me’yoriy hujjatlarini ushbu Farmon bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq holga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilning oxirigacha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil qilib, ularda banklar Kengashlarining tarkiblarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. Bank Boshqaruvi raisi va a’zolarining belgilangan tartibda bank Kengashi tomonidan tayinlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv raisining va bank ichki audit xizmati rahbarining har chorakdagi ma’ruzalarini Kengash huzurida muntazam tinglab borishni amaliyotga joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilar tavsiya qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining faoliyati ustidan nazoratni oshirish, ular tomonidan operatorlik vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha talablarni kuchaytirish zarur hollarda banklar tomonidan aksiyadorlik tijorat banklari faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi va aksiyadorlarning huquqlari kamsitilganligi uchun ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, hatto bank litsenziyasini qaytarib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimlari bilan birga bir oy muddatda xususiy sarmoya ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan hamda ishlab turgan tijorat banklarining ustav kapitaliga aholi hamda xususiy tadbirkorlarning bo‘sh pul mablag‘larini investitsiyalash jozibadorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek xodimlar bilan ta’minlash, ularni o‘qitish va malakasini oshirish chog‘ida shunday banklarga amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-noyabrdagi PF-4055-sonli Farmoni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 48-son, 470-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddat ichida tijorat banklari oldidagi qarzdorlikni restrukturizatsiyalash dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin, bunda Hukumat qarorlariga binoan kechiktirilgan kreditlarni belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lash mexanizmini ko‘zda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston banklari uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda banklarning mijozlarini va ehtimol tutilgan sarmoyadorlarni o‘zlarining erkin pul mablag‘larini banklar tomonidan chiqariladigan aksiyalarga maqbul tarzda joylashtirishlari uchun keng axborot bilan ta’minlash borasidagi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilning 1-dekabriga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda banklarning moliyaviy holatini mustaqil reyting kompaniyalari baholarining natijalari bilan ommaviy axborot vositalarida muntazam suratda yoritib borish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bank omonatlarini notijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar o‘zlarining me’yoriy hujjatlarini ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2084-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 201-modda; 1999-y.,3-son, 66-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son,452-modda; 2008-y., 48-son, 470-modda)