01.05.2017 yildagi PQ-2939-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 07/18/4005/2165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qaroriga muvofiq Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida tashkil etilgan budjetdan tashqari Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tugatilsin.
mazkur qarorning 4-ilovasiga* muvofiq hududiy “Baliqsanoat” MChJlari va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 07/18/4005/2165-son)

Keyingi yillarda respublikada aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, sifatli baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha bir qancha dasturiy chora-tadbirlar qabul qilindi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2016-yilda qariyb 3 ming gektar yangi sun’iy hovuzlar tashkil etildi, ularda 900 taga yaqin yangi baliqchilik xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqda. Baliqchilik xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan 116 milliard so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi. Aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2016-yilda 76 ming tonnaga yaqin baliq yetishtirildi, bu 2015-yilga qaraganda 16 ming tonna ko‘pdir.

Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, baliq chavoqlari ishlab chiqarish hamda tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llardan samarasiz foydalanish baliqchilik tarmog‘ining eng zaif bo‘g‘ini hisoblanadi. Natijada sun’iy ko‘llarning hosildorligi bir gektarda 20 sentnerdan oshmaydi, bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha pastdir. Baliqchilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish va baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish alohida e’tiborni talab qiladi.

Baliqchilikni yanada rivojlantirish va aholini keng turdagi va arzon baliq mahsulotlari bilan ta’minlashdagi kamchiliklar, muammolar va mavjud imkoniyatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 27-aprel kuni Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish chog‘ida ko‘rsatib o‘tildi.

Baliqchilik tarmog‘idagi bu muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etiladi, uning tarkibiga joylarda baliqchilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiruvchi 13 ta hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati kiradi.

Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, baliq chavoqlarini takror ko‘paytirish va ozuqa bazani mustahkamlash, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llarning resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, baliq yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv texnologiyalarni joriy etish “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi.

Bundan tashqari, baliqchilik tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy va texnik yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi va Aydar — Arnasoy ko‘llar tizimida hamda respublikaning boshqa hududlarida uning filiallarini ochish belgilandi.

Tarmoq loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, maslahat, axborot-tahlil va marketing xizmatlari ko‘rsatish yo‘li bilan baliqchilikni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish uchun qarorda “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining investitsion kompaniyasini tashkil etish ma’qullandi va uning ulushi yangidan tashkil etilayotgan hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining ustav fondida kamida 51 foizni tashkil etadi.

Ilmiy-tadqiqot, seleksiya va naslchilik ishlarini moliyalashtirish, ozuqalarning zamonaviy retsepturalarini ishlab chiqish va baliqchilik tarmog‘iga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda ko‘maklashish, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash hamda tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish maqsadida “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasida Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasini, uning hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini va uyushma tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 2023-yilning 1-yanvarigacha urug‘, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliq mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlaridan yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda. Bunda bo‘shaydigan mablag‘lar, birinchi navbatda, belgilangan tartibda baliqchilik tashkilotlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga, baliqchilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur qaror bilan, shuningdek, baliq yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga, baliq chavoqlari bilan ta’minlashga, baliq yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan 2017 — 2021-yillarda baliqchilik tarmog‘ini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Yuqori mahsuldor baliq turlarini iqlimlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish hisobiga baliqlarning afrika laqqasi, tilyapiya, forel, vengriya sazani va osyotr turlarini ko‘paytirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu, o‘z navbatida, ichki bozorlarga uzluksiz ravishda keng assortimentdagi arzon va sifatli baliq mahsulotlari yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Shubhasiz, bu yutuqlarga erishish uchun bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan va amaliy vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish talab etiladi. Ular jumlasiga Aydar — Arnasoy ko‘llar tizimi va suv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qafas usulida baliq yetishtirishni keng joriy etish, baliq yetishtiruvchi va baliq ovlovchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator kasb-hunar kollejlarining ixtisoslashuvini qayta ko‘rib chiqish va Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash fakultetini tashkil etish, bu borada xalqaro tajribani o‘rganish va baliqchilik sohasida ishlash uchun chet el mutaxassislarini jalb etish kabi masalalar kiradi.

Qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi baliqchilik tarmo�ining barcha sohasini qamrab oluvchi va uning jadal rivojlanishini ta’minlovchi yagona boshqaruv tizimi tashkil etilishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, baliq yetishtirish hajmlarini keskin ko‘paytirishga, respublika aholisining baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga va sohaning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi.