Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 13.11.2017 yildagi PQ-3383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishda, amalga oshirilayotgan tarkibiy va iqtisodiy oʻzgartirishlardagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek bank faoliyatini tashkil etishning xalqaro standartlarini inobatga olgan holda boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi chet el banklari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan, shu jumladan, zamonaviy va xorijiy tajribada keng qoʻllanadigan oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy qilish va amalga oshirilayotgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish orqali hamkorlik munosabatlarini faol rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarida ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash, respublikaning eksport salohiyatini yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish va xalqaro maydonda bank imidjini oshirish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda bank vakolatxonalari, filiallari, shoʻba banklarini tashkil qilish, xorijiy hamkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining ishonchini mustahkamlash uchun bank ishini yuritishning ilgʻor tajribasi va amaliyotini faol joriy qilish orqali oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil qilish, yuritish va kengaytirish borasida amaliy va moliyaviy koʻmak berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan yangi investitsion va innovatsion gʻoyalarni topish va amalga oshirish, jahon bozorlarining tahlili, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportini moliyalashtirish masalalari boʻyicha bank xizmatlarining barcha turlarini, moliyaviy maslahatlar va axborot koʻmagi koʻrsatilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion tadbirkorlikning joriy qilinishini, yoshlarning, birinchi navbatda, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining yangi tadbirkorlik tashabbuslari — “startup” loyihalarini amalga oshirishni faol qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) chakana bank xizmatlarini koʻrsatish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlariga chakana bank xizmatlari koʻrsatilishini yanada rivojlantirish, amaldagi kredit, moliyaviy, hisob-kitob, kassa va boshqa chakana bank xizmatlarini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash orqali kengaytirish va takomillashtirish hamda ularning yangi turlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari uchun bank mahsulotlari va xizmatlarining, shu jumladan, yetakchi chet el banklari va moliyaviy institutlar tomonidan keng qoʻllanadigan yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlar orasida yuqori talabga ega boʻlgan mahsulot va xizmatlarni birgalikda joriy qilish uchun respublikaning moliyaviy institutlari bilan faol hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlarini real vaqt (onlayn) tartibida va plastik kartochkalar yordamida amalga oshirish imkonini yaratgan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzmilliybank yagona taʼsischisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlgan, oʻz faoliyatini xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona sifatida amalga oshiruvchi davlat banki hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzmilliybank ustav kapitali uning taʼsischisi tomonidan belgilanadigan miqdorda shakllantiriladi va taʼsischining tegishli qarorlari bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzmilliybankka quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, buning asosida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari eksportini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish hajmlarini oshirish maqsadida respublikamizning iqtisodiy hamkorlari boʻlgan xorijiy mamlakatlarda bank vakolatxonalari, filiallari, shoʻba banklarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini depozit sifatida jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzmilliybank Ustavining yangi tahririni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli qarorlarning tezkor qabul qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzmilliybank Kengashining yangilangan tarkibini, uning funksiya va vazifalarini tubdan qayta koʻrib chiqqan va aʼzolar sonini maqbullashtirgan holda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzmilliybankning Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-sonli qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning uchinchi xatboshisi va 4-banddagi “unitarnogo predpriyatiya “Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning 10-bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “unitarnogo predpriyatiya “Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raximov S.B. — predsedatel pravleniya Natsionalnogo banka vneshneekonomicheskoy deyatelnosti” satri chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzmilliybank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Kuchkarov va Oʻzmilliybank boshqaruvi raisi S.R. Xolmuradov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3383-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 07/17/3383/0241-son)