O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmoniga o‘zgartish kiritish haqida
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmonini bajarish yuzasidan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “7 ish kuni” so‘zlari “o‘n besh ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-dekabr,
PF-4891-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 579-modda)