O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 492-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov bir hafta muddatda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining funksional vazifalari to‘g‘risidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 28-fevraldagi 180-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining mudiri zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
224-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 224-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish;
uy-joy kommunal xo‘jalik, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish;
muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini, shuningdek, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash;
kapital qurilish sohasidagi islohotlar va pudrat ishlari dasturlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash;
qurilish va arxitektura sohasidagi ishlar sifatini nazorat qilish;
qurilish industriyasini rivojlantirish.
5. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining ishlarini tashkil etadi.
2-bob. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
7. Quyidagilar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish;
joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yig‘ilishlari va qo‘shma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida choraklik hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholi bandligini ta’minlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish.
8. Quyidagilar Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son va “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qarorlariga muvofiq asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari, tarkibiy va institutsional tub o‘zgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish va tahlil kilish, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, tezkor hal etish bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati bo‘yicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-xuquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga muvofiq davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishlok xo‘jaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, iste’mol narxlari indeksi, bandlik ko‘rsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlari hisobga olingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlarini, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha rivojlantirish dasturlarini, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bog‘liq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarining, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy tub o‘zgartirishlar bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, biznes-subyektlarni jadal va barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini ta’minlash uchun hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirishga ko‘maklashish;
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
v) aholi hayotining sifati va darajasini oshirish sohasida:
demografik jarayonlarni va hududlar aholisining jinsi va yosh tarkibini, bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qaroriga muvofiq joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining bandlik holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
aholining daromadlari o‘sishini ta’minlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste’mol bozorini to‘ldirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning salomatligini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va o‘zgartirish, shuningdek, oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga muvofiq aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari berish ko‘lamini yanada kengaytirish, xususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonini va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini ta’minlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlarining amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy ishlarning holati va natijalari to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlash;
aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rganish va takliflar kiritish;
g) aholi bilan o‘zaro hamkorlik va muloqot sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirish choralarini ko‘rish;
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha aholining fikri va qonuniy talablarini o‘rganish va tahlil qilish;
aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoniga muvofiq aholi bilan o‘zaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash masalalari bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish;
d) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
“Davlat chegarasi to‘g‘risida”, “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya kilish masalalari bo‘yicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yig‘ish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
e) chegarabo‘yi muammolarini hal qilish sohasida:
“Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
Davlat chegaralarini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq ma’lumotlarni, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamda chegarabo‘yida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olishni tashkil etish;
j) kommunal xo‘jaligi sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-son Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini ta’minlash, tahlil etish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirishdagi sifatli o‘zgarishlar va tendensiyalarni baholash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, “yo‘l xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat ko‘rsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun o‘zbekiston respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarorini amalga oshirish doirasida suv ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish harajatlarini, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlash;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini, uy-joy-kommunal xo‘jaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qyta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
z) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yul xaritlalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va o‘zaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son va “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonlariga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qo‘llash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush ta’sirini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son va “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodxonlik va madaniyat, ta’limni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilish¸ ommalashtirish va tarqatish, ekologik ta’lim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
i) transport sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat ko‘rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda o‘zaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini amalga oshirish doirasida yo‘lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va o‘zlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida transport tarmog‘i korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga muvofiq transport tizimi va transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini ta’minlash;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan ta’minlashni, shuningdek, yo‘l ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qarorini muvofiq Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo‘jalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘l qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarin ko‘rish;
k) qurilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son va “O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo‘jalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
obyektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni ta’minlash;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari o‘tkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilg‘or tizimlarini joriy etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yo‘li bilan maxsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoni doirasida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yo‘li bilan chuqur o‘rganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
kapital qurilish sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ularning hududiy va idoraviy mansub bo‘linmalari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, to‘xtatib turish yoki taqiqlash choralarini ko‘rish;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini o‘rganish;
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini o‘rganish;
l) qurilish industriyasi sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta’minlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son qaroriga muvofiq respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga muvofiq qurilish materiallari sanoati korxonalarini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan ta’minlashning kompleks dasturlarini shakllantirishni ta’minlash;
qurilish materiallarining ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qaroriga muvofiq sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va o‘zlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yo‘li bilan chuqur o‘rganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son va “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorlariga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop va import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning hajmlarini ko‘paytirish, eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonlariga muvofiq xususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash va qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tahlil kilish;
m) konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlari, materiallari muntazam taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
9. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi, shuningdek, Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi, shuningdek, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining vakolatiga kiritilgan rejali masalalar ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlarga hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasin Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qiladi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalarini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Vazirlar Mahkamasi qarori talab qilinadigan masalalar bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qiladi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, mudir o‘rinbosarlari (hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha), bosh mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
Kotibiyat mudiri, mudir o‘rinbosarlari va bosh mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Kotibiyatda, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari markaziy apparatida lavozimlarga kadrlarni tanlash va ularning amaliy zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.
10. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi, shuningdek, tegishli komissiyalarga rahbarlik qiladi.
3-bob. Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
11. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari kollegial organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlariga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha davlatning boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
12. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari:
ushbu Nizomning 8 va 9-bandlaridagi o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi, shuningdek, tegishli ish uchastkalarida erishilgan natijalarning samaradorligi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatining har tomonlama va chuqur tahlil kilinishi, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyatini tashkil etish
13. Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
14. Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 224-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi apparati) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Kotibiyatga ushbu Nizomga muvofiq yuklangan vazifalar va funksiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatining tegishli axborot-tahlil guruhlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senta a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil yanvar oyida Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yig‘ilishlari va qo‘shma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholi bandligini ta’minlashni va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;
biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son va “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qarorlariga muvofiq asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari, tarkibiy va institutsional tub o‘zgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish va tahlil kilish, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati bo‘yicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-xuquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarorida Davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazish nazarda tutilgan.
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishlok xo‘jaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, iste’mol narxlari indeksi, bandlik ko‘rsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonini va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlari hisobga olingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlarini, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha rivojlantirish dasturlarini, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bog‘liq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarining, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy tub o‘zgartirishlar bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, biznes-subyektlarni jadal va barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini ta’minlash uchun hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirishga ko‘maklashish;
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
v) hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari bilan birgalikda murojaatlarga sabab bo‘lgan tizimli buzilishlar sabablari va sharoitlarini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkazish, uning natijalari asosida tizimli buzilishlar sabablari hamda sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan dasturlar, shuningdek, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar hamda takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining respublika hududlariga tashriflar yakunlari bo‘yicha topshiriqlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha joriy monitoringni amalga oshirish va nazorat qilish;
hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar, sessiyalar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish;
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha aholining fikrini va qonuniy talablarini muntazam o‘rganish hamda tahlil qilish;
aholining fikrini va qonuniy talablarini inobatga olgan holda, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda muhim muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritishga doir takliflar ishlab chiqish;
aholi bilan o‘zaro hamkorlik va muloqotni tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqishni ta’minlash masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan bog‘liq tahliliy materiallar tayyorlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini tahlil qilish;
g) aholining hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:
demografik jarayonlarni va hududlar aholisining jinsi va yosh tarkibini, bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qaroriga muvofiq joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining bandlik holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
aholining daromadlari o‘sishini ta’minlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste’mol bozorini to‘ldirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning salomatligini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va o‘zgartirish, shuningdek, oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga muvofiq aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari berish ko‘lamini yanada kengaytirish, xususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonini va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini ta’minlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlarining amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy ishlarning holati va natijalari to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlash;
aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rganish va takliflar kiritish;
d) aholi bilan o‘zaro hamkorlik va muloqot sohasida:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha aholining fikri va qonuniy talablarini o‘rganish va tahlil qilish;
aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoniga muvofiq aholi bilan o‘zaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash masalalari bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirish choralarini ko‘rish;
e) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
“Davlat chegarasi to‘g‘risida”, “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya kilish masalalari bo‘yicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yig‘ish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
j) chegarabo‘yi muammolarini hal qilish sohasida:
“Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
Davlat chegaralarini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq ma’lumotlarni, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamda chegarabo‘yida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olishni tashkil etish;
z) kommunal xo‘jaligi sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-son Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini ta’minlash, tahlil etish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirishdagi sifatli o‘zgarishlar va tendensiyalarni baholash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, “yo‘l xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat ko‘rsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni ta’minlaydigan mexanizmlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun o‘zbekiston respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarorini amalga oshirish doirasida suv ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4040-son qarorini amalga oshirish doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish xarajatlarini, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlash;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini, uy-joy-kommunal xo‘jaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
i) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yul xaritlari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va o‘zaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son va “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonlariga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qo‘llash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush ta’sirini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son va “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodxonlik va madaniyat, ta’limni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilish¸ ommalashtirish va tarqatish, ekologik ta’lim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
k) transport sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat ko‘rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda o‘zaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini amalga oshirish doirasida yo‘lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va o‘zlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida transport tarmog‘i korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga muvofiq transport tizimi va transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini ta’minlash;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan ta’minlashni, shuningdek, yo‘l ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo‘jalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘l qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarin ko‘rish;
l) qurilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son va “O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2020-yil 5-fevraldagi PQ-4586-son qaroriga muvofiq qurilish sifatini yaxshilab borish va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo‘jalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
obyektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni ta’minlash;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari o‘tkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish bo‘yicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilg‘or tizimlarini joriy etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yo‘li bilan maxsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoni doirasida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yo‘li bilan chuqur o‘rganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
kapital qurilish sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ularning hududiy va idoraviy mansub bo‘linmalari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, to‘xtatib turish yoki taqiqlash choralarini ko‘rish;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini o‘rganish;
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini o‘rganish;
m) qurilish industriyasi sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta’minlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son qaroriga muvofiq respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirish, shuningdek, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga muvofiq qurilish materiallari sanoati korxonalarini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan ta’minlashning kompleks dasturlarini shakllantirishni ta’minlash;
qurilish materiallarining ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qaroriga muvofiq sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va o‘zlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yo‘li bilan chuqur o‘rganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son va “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorlariga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop va import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning hajmlarini ko‘paytirish, eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonlariga muvofiq xususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash va qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tahlil kilish;
n) konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlari, materiallari muntazam taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
8. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda o‘rganilishi va nazorat qilinishini ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari huzurida ko‘rib chiqish uchun Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan rejalashtirilgan masalalarni kiritadi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar va davlat qo‘mitalarining raislari lavozimlariga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ijro intizomining holatini tahlil qiladi, tahlil natijalari haqida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleks va sifatli ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bulinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularni himoya qilishni tashkil etadi;
yuklangan vazifalarga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
Kotibiyat o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, hududiy maqsadli dasturlar, tegishli tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tashkil etilishi, yuritilishi, muntazam to‘ldirib borilishi va yangilanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari o‘tkazadigan majlislarga, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘lik materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosini nazorat qilishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarining materiallari tayyorlanishi hamda ularning o‘tkazilishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat kiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda ko‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etadi va muvofiklashtiradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini, jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishini, ular bo‘yicha takliflar va xulosalar umumlashtirilishini tashkil etadi, ularning puxta ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida himoya qilinishini, ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qilinishi hamda amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishi va tizimli nazorat qilinishini, zarur tuzatishlar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga yuklangan vazifalar bajarilishi bo‘yicha ularning faoliyati samaradorligini tahlil kiladi va tahlil natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ushbu rahbarlar bo‘yicha takliflar kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari faoliyatini tahlil kiladi, Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga o‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonlari bilan birgalikda murojaatlar uchun asos bo‘lgan tizimli huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash maqsadida tahlil o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan bog‘liq tahliliy materiallar tayyorlaydi;
xalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha arxiv va boshqa materiallarni yig‘ish, tizimlashtirish va har tomonlama tahlil qilish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etadi;
bajarilishi uchun mas’uliyat Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga yuklanadigan masalalar va vazifalar hal etilishini ta’minlaydi.
Kotibiyat o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi masalalari bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarini to‘xtatib turish va bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Kotibiyat:
ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan va o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda ish jarayonlarida erishilgan natijalarning samaradorligi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil kilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyat tuzilmasiga:
Kotibiyat mudiri;
Kotibiyat mudirining o‘rinbosari (hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha bosh mutaxassis;
Andijon, Namangan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahar bo‘yicha bosh mutaxassis;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Chegarabo‘yi muammolarini hal etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari materiallarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Kotibiyat mudirining o‘rinbosari (kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari);
Arxitektura, loyihalashtirish, hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish, kapital qurilish, pudrat ishlari dasturlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Uy-joy qurilishini va qurilish industriyasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va issiqlik ta’minotini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ichimlik suv ta’minotini va oqova suv tizimini rivojlantirish, obodonlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Temir yo‘l va aviatsiya transporti masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (investitsiya, eksport va xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish logistikasi masalalaridan tashqari);
Avtomobil yo‘llarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis (investitsiya, eksport va xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish logistikasi masalalaridan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining yordamchisi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining inspektori;
Kotibiyat inspektori kiradi.
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Kotibiyat ishiga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
13. Kotibiyat mudiri, mudir o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
14. Kotibiyat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, mudir o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat mudirining o‘rinbosarlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyatning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringi bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlar yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali ta’minlanadi.
15. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z o‘rinbosarlari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishini va ma’lumotlar bankining shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
vazifalarning o‘rinbosarlar va mutaxassislar o‘rtasida taqsimlanishini, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining o‘rinbosarlari va bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlar amaliy zaxirasini tayyorlash hamda moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini qo‘llash choralarini ko‘radi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
17. Kotibiyat mudirining o‘rinbosarlari:
Kotibiyat mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga mo‘ljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni o‘rganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
tegishli masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda to‘ldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar to‘g‘risida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Kotibiyat mudirining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha Kotibiyat mudiriga takliflar kiritadi;
Kotibiyat mudiriga tegishligi bo‘yicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish hamda jazolash to‘g‘risida takliflar taqdim etadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Kotibiyatning bosh mutaxassisi:
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;
ma’lumotlar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlarining) tarkibiy bo‘linmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga mo‘ljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni o‘rganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudirining o‘rinbosariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
sohani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishlarini ta’minlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul kiladi, shuningdek, o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining hududlarga tashriflariga oid ma’lumotlarni tayyorlaydi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Respublikaning tegishli hududlari bo‘yicha bosh mutaxassislar Kotibiyatga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun har oyda joylarga boradilar.
19. Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining yordamchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini ta’minlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga axborot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berish uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga har choraklik tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni o‘rganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri va Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari ko‘rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va majlislarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiriga va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan muddatlarda axborot beradi;
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari nomiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar bo‘yicha axborot beradi va xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;
Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini qabul qilishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir birinchi o‘rinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va Kotibiyat mudirining topshirig‘iga binoan fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, yig‘majildlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/224/0436-son)