07.03.2019 yildagi PQ-4231-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida qator choralar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida, viloyat, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika bo‘linmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari” (keyingi o‘rinlarda — Markazlar);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida bo‘linmalar;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilmasida Aholi tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida tegishli sektorlar tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish va monitoring yuritishni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarmalar va filiallarda maxsus bo‘limlar ochish hamda boshqarma (bo‘lim)lar faoliyatiga bevosita rahbarlikni rais o‘rinbosariga biriktirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.A. Vafayev mas’ul etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi asosida beriladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlari Dastur koordinatorlari etib belgilansin hamda ularga:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tuman (shahar)larda dastur ijrosini ta’minlashda ishtirok etadigan tijorat banklarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilayotgan resurslarni hududlarning salohiyati, mablag‘larni o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda hududlar va banklar kesimida taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni tijorat banklari hamda hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash vakolatlari berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablag‘lardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilsin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Respublika komissiyasiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratishning miqdorlari va shartlariga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dastur koordinatorlari va tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar ixtisoslashuvi hamda aholi ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun mahalliy hokimliklar bilan birgalikda qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va mahallalarda aholining oilaviy biznesni rivojlantirish borasidagi takliflari va xohish-istaklaridan kelib chiqib hamda dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan viloyat Markazlariga ko‘rsatmalar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmoni, 2018-yil 7-iyundagi ““Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son va 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarorlari asosida imtiyozli kreditlar:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar yoki tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan oilalarning xohish va istaklari, tadbirkorlik subyektlari va yoshlarning loyihalari, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligi chuqur o‘rganilib, har bir oila va tadbirkorlik subyektlarining taklif etayotgan loyihalariga kredit ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida beriladigan xulosalar asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va uyushmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda barcha tuman (shahar)larda aholi va muhtoj oilalarni foydali mehnatga jalb etgan holda eksportbop, bozor talabiga to‘liq javob beradigan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonini qamrab olgan klaster tizimini keng joriy etish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash jarayonida aholining, birinchi navbatda, muhtoj oilalarning ishtirokini va moddiy manfaatdorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ulardan mahalliy sharoitlarda keng foydalanish, klaster tizimini joriy qilishda xorijiy mutaxassislarni va mazkur sohada yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekish, naslli chorva mollarini yetishtirish, tayyor mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va Markazlar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik sohasida muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorni ularning soha va imkoniyatlarini o‘rgangan holda tajriba orttirish, ko‘nikma shakllantirish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anasi asosida maslahatlarni berish bo‘yicha imtiyozli kreditlar olayotgan tashabbuskor, ayniqsa yosh tadbirkorlarga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining, ayniqsa yoshlarning biznes g‘oya va startaplarini amaliyotga tatbiq etishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda “biznes inkubatorlar”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va Markazlarga hududlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish, imtiyozli kreditlar mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklari inobatga olingan holda ajratilishiga e’tibor qaratish vazifasi yuklatilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan sektor rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan hududlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi ta’minlanishida va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishiga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin hamda bu borada tijorat banklariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklariga, xonadonlarga tashrif buyurgan holda imtiyozli kreditlardan foydalanish samarasi, natijadorligi va belgilangan muddatlarda qaytarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4231-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi

B.E. Zaxidov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisi o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari rahbarlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4231/2724-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son; 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)