1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan havo kemalari parkini yangilash, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash, aeroportlar infratuzilmasini, havo harakatini boshqarish va malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha izchil choralar koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatimizning fuqaro aviatsiyasida uning jahon aviatashishlar bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash va ushbu tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun tarkibiy islohotlarni yanada amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, oʻzida davlat tomonidan tartibga solish hamda tijorat faoliyatiga oid funksiyalarni mujassamlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof boʻlmagan tizimi tarmoq korxonalarida menejmentning zamonaviy tizimini joriy etish, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini taʼminlash imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatashishlarining, shu jumladan erdagi infratuzilmadan foydalanishning haddan ziyod monopollashuvi ushbu sohada xizmatlar koʻrsatishning jahon darajasidan ancha ortda qolib ketishiga, shuningdek mamlakatdagi ayrim aeroportlarning norentabelligiga sabab boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqaruvning zamonaviy shakllari va usullarini jadal joriy etish, tarmoqdagi korxonalarni jahon tendensiyalari va standartlariga muvofiq tarkibiy oʻzgartirish, aviatashishlar bozorida raqobatni rivojlantirish va tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK deb yuritiladi) quyidagi usullarda qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, shuningdek, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi” davlat unitar korxonalari negizida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Airways” AJ deb yuritiladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga 1-ilovaga muvofiq aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Airports” AJ deb yuritiladi) unga 2-ilovaga muvofiq xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushini oʻtkazish yoʻli bilan tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK negizida “Uzbekistan Nelicopters” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Uzbekistan Airways” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalari parkidan, shu jumladan parvozlarning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirish va geografiyasini kengaytirish yoʻli bilan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizim va texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviaparkni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalari bortida yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan servis xizmatlari, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarning aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida yoʻlovchilar, yuk, pochta va bagaj tashish sohasida qulay tarif siyosatini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini, shu jumladan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi xavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish sifatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviakompaniyani xalqaro aviatashuvchilar hamjamiyatiga integratsiya qilish, aviatashishlar sohasida mintaqaviy yetakchi darajasiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Uzbekistan Airports” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik va yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish mexanizmlaridan foydalangan holda jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlarda aviatashuvchilar yoʻlovchilariga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlar tegishli xizmatlarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, yoʻlovchilar, yuk, pochta va bagajga xizmat koʻrsatish jarayonini optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aerodromlarni parvozlarga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash, parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, aerodromlarni taʼminlash va ularni taʼmirlashning zamonaviy usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalariga yoqilgʻi quyish va xizmat koʻrsatish uchun foydalaniladigan yoqilgʻi va boshqa yoqilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, ularning sifatini qatʼiy nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika sohasida xizmatlarni sifatli koʻrsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yoʻlovchilarga bank va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy obyektlar tarmogʻini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Uzbekistan Airways” AJ Jahon banki guruhi va boshqa xalqaro maslahatchilarni jalb qilgan holda aviakompaniyaning rentabelligini taʼminlovchi aktivlarning maqbul tuzilmasini hisobga olgan holda oʻz faoliyatining barqaror biznes-modeli ishlab chiqilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airways” AJ shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi” davlat unitar korxonalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar boʻyicha tegishli ravishda qayta tuzilayotgan davlat korxonalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzaeronavigatsiya” DUK) shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning aeronavigatsiya qismi doirasida huquqiy voris hisoblanadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airways” AJ ustav kapitali qayta tuzilayotgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi” davlat unitar korxonalarining mol-mulkini qoldiq qiymati, shuningdek, tashkil etilayotgan “Uzbekistan Nelicopters”, “Uzbekistan Air technics”, “Oʻquv-mashgʻulot markazi” va “Ketring” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining davlat ulushini nominal qiymat boʻyicha oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airports” AJ ustav kapitali mazkur Farmonning 2-ilovasida koʻrsatilgan korxonalarning ustav kapitalidagi nominal qiymat boʻyicha oʻtkazib beriladigan davlat ulushlari hisobiga shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va qayta tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarining qonun hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan mol-mulki qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalarga tasarruf etish huquqisiz bepul foydalanish uchun oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amaliy koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan davlat korxonalarini qayta tashkil etish boʻyicha tadbirlar rejasini unda har bir tadbir oʻtkaziladigan aniq muddatlar va masʼul shaxslarni koʻrsatgan holda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2019-yil 15-yanvarga qadar transport tarmogʻini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solishga oid barcha kompleks masalalar uchun masʼul Transport vazirligini tashkil etish yuzasidan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2019-yil 1-mayga qadar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalar ustav kapitali (fondi)ga oʻtkaziladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan hamda qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalarga tasarruf etish huquqisiz bepul foydalanish uchun oʻtkaziladigan mol-mulki roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2019-yil 1-iyunga qadar aviatashishlar bozoridagi qoʻshimcha kompaniyalar, shuningdek, kam budjetli aviakompaniyalar (loukosterlar) va tijorat aviatsiyasi xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, ushbu Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — aviatashishlar bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini boshqarishning yangi tarmoq siyosatini ishlab chiqish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga — potensial investorlarni izlash va aviatsiya transporti sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — aviatsiya transporti sohasidagi loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish mexanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda Ishchi komissiya tomonidan mazkur Farmonning 6-bandida koʻrsatilgan roʻyxatlar tasdiqlanganidan keyin olti oy muddatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalar qayta tashkil etilishini oxiriga yetkazishni, shuningdek, ularning ustav kapitallari shakllantirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki guruhi oʻrtasida Aviatsiya transportini isloh qilish va mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilishga doir uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga koʻmaklashish toʻgʻrisida bitim tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-mayga qadar Jahon banki guruhi tomonidan oʻtkazilgan ishlar yakunlari boʻyicha 2019 — 2030-yillarda aviatsiya transporti sohasini isloh qilish va aeroportlarni rivojlantirishga xususiy, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini keng jalb qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ Jahon banki guruhini jalb qilgan holda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-aprelga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalar amalga oshiriladigan aeroport yoki aeroportlar guruhi aniqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvarga qadar tanlangan aeroport yoki aeroportlar guruhida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun tanlovlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aerodrom atrofidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishga oid vakolatlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ishchi komissiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq, “Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK tomonidan foydalanilayotgan AN-2 havo kemalarini va tegishli aviatsiya mol-mulkini qoldiq qiymati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Oʻzaeronavigatsiya” davlat korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun xorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini aeronavigatsiya xizmatlari koʻrsatilganligi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 12 oy davomida undirish huquqini berish. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun xorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini undirish imkoniyati boʻlmaganda, “Oʻzaeronavigatsiya” DUK kechiktirilgan debitorlik qarzdorlik uchun jarima sanksiyalarini qoʻllashdan keyingi 12 oy muddatga ozod qilinsin.
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonga muvofiq tuziladigan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik jamiyatlari) ijro etuvchi organlarining aʼzolari yetakchi aviakompaniyalarda yetarlicha ish tajribasiga hamda korporativ boshqaruv, menejment va moliya sohasida zarur malakaga ega boʻlgan mutaxassislar, shu jumladan chet el fuqarolari orasidan tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonga muvofiq tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari davlat paketi boʻyicha aksiyadorning huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonga muvofiq oʻtkaziladigan va qabul qilinadigan mol-mulkning qiymati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqishda soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yildan boshlab xoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy hisoboti xalqaro standartlar asosida shakllantiriladi, yetakchi xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda yillik mustaqil tashqi auditdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan yigʻimlar summasi;
(14-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun Agentlik xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 80 foizi;
(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzaeronavigatsiya” DK sof foydasining 20 foizi;
(14-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviatsiya xavfsizligi uchun undiriladigan yigʻimlar summasining 3 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamgʻarmaning mablagʻlaridan faqat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini moddiy-texnik taʼminlash, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish, oʻqitish va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-mayga qadar xorijiy kreditlar (qarzlar) boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasining toʻlov majburiyatlari yuzasidan avval taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyunga qadar aeroportlarni rivojlantirish va havo transporti qatnovini boshqarish uchun avval jalb qilingan kreditlarni “Uzbekistan Airports” AJ va “Oʻzaeronavigatsiya” DKga qayta rasmiylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-mayga qadar chegirmalarning qulay tizimini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga aeronavigatsiya va aeroport xizmatlarini koʻrsatish uchun yagona stavkalar hamda yigʻimlarni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-martga qadar rentabelligi past boʻlgan ichki yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar uchun zararlarni kompensatsiya qilishni moliyalashtirishning barqaror mexanizmini shakllantirishga oid takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davavinazorat Adliya vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtqi boʻlimlarda taʼlim olgan fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarining maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilishga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy, shu jumladan ishlab chiqaruvchilar sertifikatlarini tan olishni nazarda tutuvchi tajribadan kelib chiqib, havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash uchun olib kiriladigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, detallarni sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi tizimi (IATA Clearing Nouse) va oʻzaro hisob-kitoblarning boshqa xalqaro tizimlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzaeronavigatsiya” davlat korxonasiga Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini taʼminlash tashkiloti (EUROCONTROL) orqali xorijiy aviakompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalarga taqdim qilingan imtiyoz va preferensiyalar mazkur Farmonga muvofiq tashkil etilayotgan xoʻjalik jamiyatlariga tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samolyotlar (TIF TN boʻyicha kodi: 8802, 8803 va 8805), shu jumladan olib kirilgan vaqtga qadar ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan samolyotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchungina foydalaniladigan servis inventari va jahon brendidagi alkogol ichimliklari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan va tuzilayotgan korxonalarning avtotransport vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan va tuzilayotgan korxonalarning koʻchmas mulkiga oid kadastr hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan korxonalarning taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yigʻimlar va bojlarni undirmasdan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlar uchun ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish;
(21-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining xodimlarini uch baravar tarif koeffitsiyentini joriy etishni nazarda tutuvchi moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi mustaqil, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ ijro etuvchi organlari tashkiliy tuzilmalari, shuningdek, kuzatuv kengashlari tarkiblarining tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga fuqaro aviatsiyasi sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʻrib chiqish funksiyalarini davlat organlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 251-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davavianazorat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5584-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladigan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK davlat unitar korxonalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
“Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi” DUK
2.
“Ketring” DUK
3.
“Oʻquv-mashq markazi” DUK
4.
“Andijon” xalqaro aeroporti” DUK
5.
“Buxoro” xalqaro aeroporti” DUK
6.
“Qarshi” xalqaro aeroporti” DUK
7.
“Navoiy” xalqaro aeroporti” DUK
8.
“Namangan” xalqaro aeroporti” DUK
9.
“Nukus” xalqaro aeroporti” DUK
10.
“Samarqand” xalqaro aeroporti” DUK
11.
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” DUK
12.
“Termiz” xalqaro aeroporti” DUK
13.
“Urganch” xalqaro aeroporti” DUK
14.
“Fargʻona” xalqaro aeroporti” DUK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatiga oʻtkaziladigan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.
“Andijon” xalqaro aeroporti” MChJ
2.
“Buxoro” xalqaro aeroporti” MChJ
3.
“Qarshi” xalqaro aeroporti” MChJ
4.
“Navoiy” xalqaro aeroporti” MChJ
5.
“Nukus” xalqaro aeroporti” MChJ
6.
“Namangan” xalqaro aeroporti” MChJ
7.
“Samarqand” xalqaro aeroporti” MChJ
8.
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” MChJ
9.
“Termiz” xalqaro aeroporti” MChJ
10.
“Urganch” xalqaro aeroporti” MChJ
11.
“Fargʻona” xalqaro aeroporti” MChJ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi komissiya raisi
2.
Ramatov A.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari
3.
Qoʻchqorov J.A.
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri
4.
Xolmurodov S.R.
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
5.
Abduhakimov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari
6.
Raxmatov F.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi
7.
Maqsudov D.S.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi
8.
Davletov R.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
9.
Igamov D.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari
10.
Abdullayev A.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
11.
Sharipov N.Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
12.
Burxanov A.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri oʻrinbosari
13.
Mahkamov I.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
14.
Musayev B.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
15.
Akkulov A.U.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori vazifasini bajaruvchi
19.
Obidov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)