Investitsiya loyihalarining davlat va hududiy dasturlar bilan o‘zaro bog‘liq holda samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, loyiha boshqaruvi jarayonida ayrim davlat organlarining mas’uliyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining vazifa va funksiyalarini raqamli iqtisodiyot va sifatli loyiha boshqaruvini ustuvor rivojlantirishni hisobga olgan holda optimallashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining:
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKni “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK etib qayta nomlagan holda o‘tkazish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Agentlikning baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlashni ta’minlash bo‘yicha vakolatlarini o‘tkazish;
v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Agentlik va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” DUKning:
qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi shaxslarni akkreditatsiya qilish bo‘yicha vakolatlarini o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga uni davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ etib belgilagan holda Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlarini o‘tkazish. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi portalida qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha operator etib belgilansin;
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
d) O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” DUKni “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK etib qayta nomlagan holda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK va “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKning (keyingi o‘rinlarda markazlar deb yuritiladi) qonunchilikda nazarda tutilgan vakolatlari, taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalari, xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari, shuningdek, zarur hollarda yetishmayotgan qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan qoplagan holda moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
4. Agentlik ikki hafta muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga hujjatlar, shuningdek, markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, avval berilgan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalari, kontraktlar, shu jumladan import kontraktlari, tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda boshqa materiallarning topshirilishini ta’minlasin.
ushbu Farmonning talablaridan kelib chiqib, zarur hollarda, o‘tkazilayotgan vakolatlarni tartibga solishning amaldagi usullarini qayta ko‘rib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining vazifa, funksiya va tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritsin;
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizomni tasdiqlasin;
markazlarni joylashtirish choralarini ko‘rsin, zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi uchun ularni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari hamda boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlasin;
“O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKning Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF)ga to‘laqonli a’zo sifatida kirishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markazlarni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan, shuningdek, ularni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini (keyingi o‘rinlarda dasturlar deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb yuritiladi) amalga oshirishga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini majburiy ravishda jalb etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) loyihalar ijrochilarini tanlashda boshqa teng sharoitlar bo‘lgan hollarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidentlari ustunlikka ega bo‘ladi;
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarni normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalariga kiritish mazkur loyihalar elektron reyestrga majburiy ravishda kiritilgandan keyingina amalga oshiriladi, elektron reyestrni yuritish tartibi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM:
(9-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
dasturlar doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalar, loyihaviy va texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi, natijasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
dasturlar maqsadlariga binoan loyihalarni muvofiqlashtirishni yaxshilash va samarali amalga oshirish uchun ularning parametrlariga tuzatish qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha har yilgi tanlovlarni o‘tkazadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi quyidagilarni hisobga olgan holda tugatilsin:
davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga uning ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini balans qiymati bo‘yicha “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJga (keyingi o‘rinlarda Yagona integrator deb yuritiladi) o‘tkazish;
“Elektron hukumat” tizimi hamda davlat axborot tizimlarining ishlash imkoniyatini ta’minlab turgan boshqa mol-mulk va aktivlar, tovar-moddiy boyliklar, axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslarni tegishli davlat organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy bo‘linmalariga beg‘araz asosda o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — davlat xaridlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi, shu jumladan shaffoflik, maqsadga muvofiqlik, mutanosiblik va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga rioya etilishi yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori D.R. Li zimmasiga — ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga — “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning samarali faoliyat yuritishi yuzasidan;
O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D.N. Sattorov zimmasiga — “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUKning samarali faoliyat yuritishi hamda O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (ILAC, IAF)ga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishi va kelgusida uni amalga oshirish yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga — ushbu Farmonga muvofiq Agentlik vakolatlari o‘tkazilishi munosabati bilan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini amalga oshirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlarini, ma’lumot bazalarini, dasturiy mahsulotlarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalarni yaratish hamda joriy etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK faoliyatini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120-son Farmoni 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi ishlashini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5215-son Farmoni 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5445-son Farmonida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “ so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5446-son Farmoni 5-bandi ikkinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmoni 17-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ma’qullangan yoki ishlab chiqilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonida:
1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Liga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-son qarori 2-bandi yettinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-927-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 4-bandi “l” kichik bandidagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1843-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 141-pozitsiyasi “Naimenovaniye organov i organizatsiy” ustunidagi “Natsionalnoye agentstvo proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstvo stroitelstva” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3150-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 164 nafar bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish (keyingi o‘rinlarda — Yagona milliy axborot tizimi);
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi va shaffofligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va har tomonlama tahlil qilinishini ta’minlash;
Yagona milliy axborot tizimi ishlashini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarda joriy etish;
uchinchi xatboshi “milliy standartlarni” so‘zlaridan keyin “reglamentlar, uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturlari” so‘zlari “davlat va hududiy dasturlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“loyiha boshqaruvi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlaydi”;
“d) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashishni ta’minlash, norentabelli va samaradorligi past loyihalarni aniqlash sohasida:
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli ekspertiza organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan samarali, sifatli va o‘z vaqtida ekspertiza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda loyiha faoliyatining rejalashtirilishi, joriy etilishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi;
loyihalarni ro‘yobga chiqarish jarayonining tizimli tahlili asosida xulosalar tayyorlaydi va ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun loyiha boshqaruvi guruhlariga yuboradi;
loyiha boshqaruvi guruhlari rahbarlari va ijrochilari ishlarining sifatini baholaydi hamda ularning egallab turgan lavozimiga munosibligi masalasini ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha boshqaruvi bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarini kelishadi”;
“loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida”;
investitsiya iqlimi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga va raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi hamda ishbilarmonlik muhiti va investitsiya iqlimi yaxshilanishiga ta’sir qiluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi”;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan material va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3237-son qarorida:
3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3246-son qarori 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida”gi PQ-3464-son qarorida:
3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, Markazni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga beriladigan mulk”;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3487-son qarori 2-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512-son qarori rus tilidagi matnining 1-bandi o‘n oltinchi xatboshidan “po soglasovaniyu s Natsionalnim agentstvom proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-fevraldagi “Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3527-son qarorida:
1-bandning uchinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodikov” so‘zlari “Bosh vaziri A.N. Aripov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3 va 4-ilovalar griflaridagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning grifidagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente” so‘zlari “Ministerstve ekonomiki i promishlennosti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-martdagi “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3624-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshidagi “Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddan “, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov” so‘zlari chiqarib tashlansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3643-son qarorida:
b) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) ilovaningrus tilidagi matni nomlanishidagi nomlanishidagi “Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” so‘zlari “Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3662-son qarori 6-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3693-son qarori 5-bandi uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-maydagi “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3712-son qarori 2-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-maydagi “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3756-son qarorida:
oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish huquqiga ega”;
v) 4-banddagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3764-son qarori 1-bandi “b” va “v” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3874-son qarori 6-bandi birinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3877-son qarori 4-bandi uchinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3948-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshidagi va 5-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4077-son qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.