13.02.2018 yildagi PQ-3527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dasturlar doirasidagi texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, loyihalar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli va “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida” 2018-yil 8-yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan ijobiy xulosa berilgan holdagina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda loyihalar texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari bo‘yicha Markazning o‘rnatilgan tartibdagi kompleks ekspertizasi natijalari bo‘yicha ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmagan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va pudrat tashkilotlarining nomini ko‘rsatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandidagi talablar O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari, tarmoq va hududiy rivojlantirish konsepsiyalari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalarining, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i tegishli xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan boshqa loyihalarga nisbatan joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3527-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 07/18/3527/0687-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)