Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2026 24.04.2019 yildagi 349-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmonini bajarish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish milliy tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini taʼminlagan holda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, oʻzining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya boʻyicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqllansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnomalar haqiqiy hisoblanadi va Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra, akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilsa, ushbu guvohnomalar bunday qaror qabul qilingan sanadan boshlab oʻzining amal qiladigan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi xodimlarining lavozim maoshi 2 baravar miqdordagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlarga muvofiq belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyadan oʻtkazishda, davriy baholashdan oʻtkazishda va ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Akkreditatsiya markazi faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi va taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akkreditatsiya markaziga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarayotgan xodimlarga oʻz mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror talablariga muvofiq Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akkreditatsiya markazi rahbari zimmasiga quyidagilar uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash sohasidagi ILAC, IAF talablariga va ISO/IEC standartlariga asoslangan prinsiplarga soʻzsiz rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya boʻyicha ishlarni bajarishda xolislik, betaraflik va mustaqillikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashni amalga oshirishda ishtirok etmagan Akkreditatsiya markazining malakali shaxslari bilangina akkreditatsiya boʻyicha qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya boʻyicha faoliyatning xolisligi, betarafligi va mustaqilligini shubha uygʻotishi mumkin boʻlgan xizmatlarni koʻrsatmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
349-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR REJASI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼullar

I. Muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Qonun hujjatlariga ISO/IEC 17000 seriyasi xalqaro standarti va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (keyingi oʻrinlarda ILAC deb ataladi) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumi (keyingi oʻrinlarda IAF deb ataladi) talablariga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) muvofiqlikni baholash organlarning akkreditatsiya va inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish huquqini berish yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2019-yil

1-iyulgacha

“Oʻzstandart”

agentligi

2.

ILAC va IAF tomonidan qabul qilingan standartlar bilan bir xil boʻlgan akkreditatsiya sohasidagi asos boʻluvchi xalqaro standartlarni amalga kiritish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil

1-iyulgacha

“Oʻzstandart”

agentligi

II. Akkreditatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish

3.

ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablari va tavsiyalariga muvofiq Akkreditatsiya markazida sifat menejment tizimini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash.

Tartibot hujjatlari, yoʻriqnomalar va nizomlar

2019-yil
1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

4.

Akkreditatsiya markazi mutaxassislari, akkreditatsiya qilingan obyektlar, professional institutlar, tartibga soluvchi organlar, mustaqil ekspertlar vakillaridan iborat boʻlgan laboratoriyalar va sertifikatlash organlarning akkreditatsiyasi boʻyicha texnik qoʻmitalar tashkil etish.

Idora hujjatlari

2019-yil
1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

5.

Akkreditatsiya markazini xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirishga tayyorlash uchun xorijiy maslahatchilarni shartnoma asosida jalb etish.

Hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart”
agentligi

6.

Akkreditatsiya markazini xorijiy tillarni egallagan va xalqaro maydonda respublikaning manfaatlarini ilgari surish salohiyatiga ega boʻlgan malakali va yosh mutaxassislar bilan taʼminlash.

Mehnat bitimi

2019-yil
1-maygacha

Akkreditatsiya
markazi

III. Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirish boʻyicha tayyorgarlik ishlari

7.

ILAC, IAF va akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (keyingi oʻrinlarda APAC deb ataladi) talablariga muvofiq tartibot va majburiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Idora hujjati

2019-yil

1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

8.

Akkreditatsiya markazi faoliyatini ISO/IEC 17011 talablariga mosligini malakali xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda dastlabki tarzda baholash.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019-yil

1-sentabrgacha

Akkreditatsiya

markazi

9.

Xorijiy akkreditatsiya organlari vakillari bilan muvofiqlikni baholash organlarining qoʻshma sayyor baholashlarini oʻtkazish.

Baholash toʻgʻrisida hisobot

2019-yil

1-sentabrgacha

(jadval boʻyicha)

Akkreditatsiya
markazi

10.

Akkreditatsiya milliy tizimining baholash natijalarini olish va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019-yil

1-noyabrgacha

Akkreditatsiya
markazi

11.

Akkreditatsiya markazi xodimlarini xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga oʻqitish.

Oʻqitish toʻgʻrisida sertifikat

2019-yil

aprel — dekabr

Akkreditatsiya
markazi

12.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida Akkreditatsiya markazi vakillari ishtiroki hamda mazkur tashkilotlar ekspertlari tomonidan baholashni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida ishtirok etish toʻgʻrisida hisobot

2019-2020-yillar

Akkreditatsiya
markazi

IV. Muvofiqlikni baholash milliy organlari faoliyati darajasini oshirish

13.

Muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari (oxirgi tahririda) talablariga muvofiq baholash.

Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma

Jadvalga muvofiq

2020-yil

1-fevralgacha

Akkreditatsiya markazi

14.

Laboratoriyalararo taqqoslash yoʻli bilan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar malakasini tekshirishga doir faoliyatni yanada rivojlantirish.

Tadbirlar majmuasi

2019-yil
1-maygacha

“Oʻzstandart”

agentligi

15.

Xalqaro standartlarga (ISO, IEC, EN, Codex Alimentarius) mos keladigan sinashning (oʻlchashning) zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish.

Idora hujjatlari

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart” agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

muvofiqlikni baholash organlari

16.

Muvofiqlikni baholash organlari sinov bazasini modernizatsiyalash va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

17.

Muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish.

Reja-jadval,

Oʻqitish toʻgʻrisida sertifikat

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart”

agentligi,

Akkreditatsiya markazi

V. Xalqaro ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga aʼzo boʻlish

18.

APAC ning toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

APACga buyurtmanomani yoʻllash

2019-yil

1-dekabrgacha

Akkreditatsiya
markazi

19.

APAC ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

APAC ekspertlarining baholash toʻgʻrisida hisoboti

2020-yil

mart — iyul

Akkreditatsiya
markazi

20.

APAC ning toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish.

APAC qarori

APAC Assambleyasi yakuni boʻyicha

Akkreditatsiya
markazi

21.

Akkreditatsiya markazining APAC-MRA koʻp tomonlama bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

APAC-MRA bitimi

2020-yil

noyabr

Akkreditatsiya
markazi

22.

ILAC va IAF ga toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

ILAC va IAF ga buyurtmanomani yoʻllash

APAC-MRA imzolangandan keyin 2 hafta muddatda

Akkreditatsiya
markazi

23.

ILAC va IAF ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

ILAC va IAF ekspertlarini baholash toʻgʻrisida hisobot

ILAC va IAF bilan kelishilgan xolda 3 oy mobaynida

Akkreditatsiya
markazi

24.

ILAC va IAF toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish

ILAC va IAF toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish toʻgʻrisidagi qarori

ILAC va IAF Assambleyasi yakunlari boʻyicha

Akkreditatsiya
markazi

25.

Akkreditatsiya markazining ILAC-MRA va IAF-MLA koʻp tomonlama oʻzaro tan olish bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

ILAC-MRA va IAF-MLA bilan bitim imzolash

toʻla huquqli aʼzosi maqomini olgandan keyin bir oy mobaynida

Akkreditatsiya
markazi

26.

ILAC, IAF va APACning tegishli texnik qoʻmitalari va boshqa boʻlinmalari bilan ish yuzasidan hamkorlikni taʼminlash.

ILAC, IAF va APAC ga safarlar uyushtirish

doimiy asosda

Akkreditatsiya
markazi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu rejada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjatning shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjat birlashtirilganda, tegishli bandlarni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda), 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 92-modda) ilovaning 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 16.04.2025-y., 09/25/230/0349-son; 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)