27.07.2017 yildagi PQ-3150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5120-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktoriga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash, Agentlik xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini mustaqil ravishda belgilash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sugʻurta bozorini, elektron tijoratni, Internet jahon axborot tarmogʻida lotereyalar, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini, shu jumladan, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini tartibga solish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda, shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori, elektron tijorat, lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish huquqiga ega;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlik tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etilmagan holda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya (keyingi oʻrinlarda — Laboratoriya) faoliyat koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Laboratoriya faoliyatiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi, qonunchilikda belgilangan taqiqlarga rioya qilish talabi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan ajratmalar;
(3-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Agentlik homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan kripto-aktivlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs boʻyicha sotishga haqli;
(3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Agentlik tomonidan Agentlikka homiylik xayriyalari, grantlar va qarzlar sifatida berilgan kripto-aktivlar manbalari majburiy tartibda tekshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) hamda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi;
(3-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik direktori ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega boʻlgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirishni taʼminlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sugʻurta bozori va elektron tijorat sohalarida, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari va shartlariga rioya etilishi borasida tekshiruvlarni oʻtkazadi, belgilangan tartibda jarima sanksiyalarini qoʻllaydi, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllaydi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3150-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhr va blankaga, budjet hamda qonunchilikda belgilangan davlat bojlari va boshqa yigʻimlar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, grantlar, kreditlar, qarz va homiylik xayriyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sugʻurta bozorini, elektron tijoratni, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish, shu jumladan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan, jumladan, ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish orqali oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, qisqartirilgan nomi — Istiqbolli loyihalar agentligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — National Agency for Prospective Projects of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — NAPP;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Natsionalnoye agentstvo perspektivnix proyektov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo perspektivnix proyektov.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida (keyingi oʻrinlarda — tartibga solinadigan sohalar) yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining sugʻurta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlar va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarda qonunchilikni takomillashtirish va kelgusida rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash borasida takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarda davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohalarni huquqiy tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalar masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tartibini belgilaydi va amalga oshiradi, shuningdek, litsenziya va ruxsat berish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga ilovaga muvofiq faoliyat olib boradigan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarda qoidalar, normalar va standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining tartibga solinadigan sohalardagi masalalari boʻyicha oʻqishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-taʼlim muassasalari bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini tartibga solinadigan sohalari boʻyicha tayyorlash masalalarida hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari haqida, shu jumladan, qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar oshkoraligini taʼminlash orqali investorlar va jamoatchilikni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarning mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka guvohnomalarini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish va roʻyxatdan oʻtkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mablagʻlari yetarli darajada boʻlishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklovchi koʻrsatkichlarni oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarini tizimli tahlil qiladi hamda tartibga solinadigan sohalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida qonun buzilishlari aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarining rivojlanish holati toʻgʻrisida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etadi, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) rasmiy veb-saytida kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarining rivojlanish holati yuzasidan doimiy ravishda maʼlumotlarni chop etadi, hamda aholining kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida savodxonligi darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining sugʻurta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida sugʻurta faoliyati sohasini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, sugʻurta bozori sohasida ruxsat etish tartib-taomillari amalga oshiradi hamda litsenziya va ruxsat etish talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp hajmi va jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan koʻp hajmini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlarning hisobini yuritish va ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va ular tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) investitsiya faoliyatini amalga oshirishi va aktuar xizmatlari koʻrsatishi tartibi va shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun oʻquv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihonini oʻtkazadi, qonunchilikda belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalarning, shuningdek malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylarning reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi va ularga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro qilinishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va ularning moliyaviy barqarorligining boshqa talablari taʼminlanishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar buzilganligi uchun sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorida, belgilangan tartibda jarima soladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq yoki ayrim sugʻurta turlariga (klasslariga) nisbatan toʻxtatib turadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat toʻgʻrisida yillik hisobotlarni, shuningdek sugʻurta bozorining moliya yili davomidagi faoliyati haqidagi statistik maʼlumotlarni har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan xavflarni oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi hamda aniqlangan xavflarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalardagi amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot va maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan begʻaraz shartlar asosida hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari faoliyatiga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etish borasida professional tayyorgarlik darajasini oshirishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish borasida xorijiy davlatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalarida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning turli sohalarida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish haqidagi takliflarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, biznes hamjamiyatlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasidan va boshqa eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) global elektron platformalar bilan oʻzaro hamkorlik sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global elektron platformalar bilan elektron tijorat, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurtani rivojlantirishga koʻmaklashish masalalari hamda Agentlik faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlarning noqonuniy aylanishiga, elektron tijoratni amalga oshirish, qimmatli qogʻozlar muomalasi, sugʻurta xizmatlari koʻrsatish, bukmekerlik faoliyatini va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etishning belgilangan tartibi buzilishiga, shuningdek, notoʻgʻri reklama va taqiqlangan faoliyat turlari reklamasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzuvchi boshqa materiallar tarqatilishiga qarshi kurashish sohasida global elektron platformalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global elektron platformalarning Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi va vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global elektron platformada eʼlon qilingan axborot resursi yoki materialni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani tegishli vakolatli davlat organiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global elektron platformalar bilan birgalikda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻquv tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global elektron platformalar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
(9-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-371-sonli qaroriga asosan “j” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning vakolatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik quyidagi vakolatlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan material va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalashda, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarida, shuningdek, tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni tartibga solishda va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va sugʻurta faoliyati bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan jismoniy, shu jumladan, mansabdor shaxslardan yozma tushuntirishlar va maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha sudga daʼvo taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan boʻlmagan mablagʻlar hisobiga xarid qilingan va oʻz balansida hisobi yuritilgan mol-mulkni, shu jumladan, koʻchmas mulkni, mustaqil ravishda hisobdan chiqarish yoki boshqa tarzda boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari, grantlar, kreditlar va qarzlar sifatida qabul qilingan, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya faoliyati davomida olingan, shuningdek, sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan kripto-aktivlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida milliy kripto-birjada sotish kunida shakllangan kurs boʻyicha sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talab va shartlariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar oʻtkazish va natijasi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida qonun buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va sudga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qonun buzilishi holatlari va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ogohlantirish, xulosa va ijro uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va taqdimnomalar kiritish;
(10-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilib, belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan sohalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari, shuningdek, ilmiy institutlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global elektron platformada eʼlon qilingan axborot resursi yoki materialni, shu jumladan, internetdagi axborot resursining identifikatsiya maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritish va undan chiqarish toʻgʻrisida koʻrsatmani ijro uchun tegishli vakolatli davlat organiga kiritish;
(10-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-371-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qoʻllash tavsiyaviy tusga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar, kreditlar va qarzlar, shu jumladan, kripto-aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdordagi Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, shu jumladan, kripto-aktivlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar ustav fondi (kapitali)da Agentlikka tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha qonunchilikda belgilangan miqdorda olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tuzilmasi va shtatlar birligini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni oʻrganish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus laboratoriya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el davlatlari vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari va kompaniyalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimining (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) umumiy qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) deganda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalarni (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihalari) joriy etayotgan yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tajriba-sinov loyihalarini sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish tushuniladi (keyingi oʻrinlarda — maxsus rejim).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish yoki toʻlovni qabul qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus rejimni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus rejimni taqdim etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va tajriba tariqasida amalga oshirish uchun maydoncha yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi talablarga javob bermaydigan meʼyorlar aniqlangan taqdirda, yangi tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish va sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tokenlarni chiqarish yuzasidan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlar turlarini, shu jumladan, eksportga moʻljallangan yechimlarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonlarida tegishli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim doirasida oʻtkazilgan tajribalar asosida yangi tartibga solish uslublarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bozoriga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni olib chiqish muddatini va sarf-xarajatlarni qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning maxsus rejim doirasidagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejimni taqdim etish, ishtirokchilarni maxsus rejimda roʻyxatdan oʻtkazish tartibini, ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni, tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazgan holda qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatida istisno qilish haqida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning oʻz vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vakolatli davlat organi bilan tuzilgan shartnomalar asosida maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan shaxsga doir egasizlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini, shuningdek, ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus rejim ishtirokchilarini tajriba-sinov loyihalari muddati davomida tashkiliy-huquqiy, konsultativ qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ishtirokchilarning maxsus rejimdagi maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus rejim ishtirokchilari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtganlaridan soʻng tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati, shuningdek, ularning tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida boshqa subyektlar bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlari Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan huquqiy rejimlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus rejim ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari — subyektlar bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati, shuningdek, maxsus rejimda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida mijozlarning cheklangan soni Agentlik bilan kelishilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maxsus rejimda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddat oʻtgach Agentlik tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli normalarni tarqatish yoxud tegishli asoslarni koʻrsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 728-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son; 12.12.2025-y., 07/25/371/1156-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)