21.05.2008 yildagi 789-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 21.05.2008 yildagi 789-I-son
Kuchga kirish sanasi
21.05.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlaridan kelib chiqadigan vazifalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlari mustaqil Oʻzbekiston xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari va normalariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda uning huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yoʻlidagi, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini real taʼminlashga qaratilgan demokratik oʻzgarishlarni izchil davom ettirish borasidagi muhim qadamdir. Mustaqillik yillarida yaratilgan hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari va normalarini oʻzida qamrab olgan inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik tizimi mazkur jarayonlarning tasdigʻidir. Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha 60 tadan ziyod xalqaro hujjatning, shu jumladan oltita BMT asosiy shartnomasining ishtirokchisi boʻlib, oʻzining xalqaro majburiyatlarini izchillik bilan bajarmoqda hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan aniq tadbirlarni amalga oshirmoqda. Inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishi, shuningdek inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning qoidalari bajarilishi ustidan parlament nazorati izchil olib borilmoqda, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura fuqarolar huquqlari himoya qilinishini taʼminlovchi muhim element boʻlib, u mamlakatda inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash taʼsirchan mexanizmining ajralmas elementiga, fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylandi, advokatura faoliyatining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida mustahkamlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ishida advokaturaning tashkiliy mustaqilligini, advokatlarning kasbiy tayyorgarligi oshirilishini, ularning mustaqilligini kafolatlari kuchaytirilishini taʼminlaydi, sud jarayonidagi tortishuvda ayblov va himoya taraflarining teng huquqliligi ana shunda namoyon boʻladi. Bu sud-huquq tizimini liberallashtirishning mantiqiy davomidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlarida belgilab berilgan tadbirlar maʼlumot va ogʻishmay ijro etish uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari 2008 — 2009-yillarda fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquq va erkinliklarini himoya qilishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonunlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish, shuningdek bu sohada qabul qilingan qonunlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga doir tadbirlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha ish samaradorligi oshirilishiga erishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-ilovasida mustahkamlangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturining ayrim bandlari amalga oshirilishi uchun quyidagilar masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi — 1.1, 1.2, 1.5, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5-bandlar uchun (Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi bilan birgalikda), 4.3-band uchun (barcha qoʻmitalar bilan birgalikda), 5.5-band uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi — 1.3-band uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi — 1.4-band uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili — 1.1, 1.2, 4.3, 5.1, 5.4, 5.5, 5.7-bandlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga 2008 — 2009-yillarda quyidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning bajarilishi monitoringini oʻtkazish topshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt (Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, shuningdek Qonuchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Mehnat va ijtimoiy masalalar, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari bilan birgalikda, shuningdek Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiynoqlar hamda muomalada boʻlish va jazolashning shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlariga qarshi konvensiya (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya (Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, shuningdek Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, shuningdek Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosi va fohishabozlikdan uchinchi shaxslarning foydalanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya (Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, shuningdek Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili qonunlarga rioya etilishi monitoringini amalga oshirishda mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar bilan bogʻliq, inson huquq va erkinliklarining zarur kafolatlarini, soʻz erkinligini, davlat va jamiyat tuzilmalari ishining ochiqligini, huquqni qoʻllash sohasida mansabdor shaxslar masʼuliyati oshirilishini taʼminlovchi qonunlar roʻyobga chiqarilishiga alohida eʼtibor qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan “Advokatura toʻgʻrisida”gi hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi 5-bandida koʻrsatilgan qonunlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlarining mohiyati hamda mazmunini tushuntirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga soʻrovlar yuborish, qonun hujjatlarining ijrosi masalalari yuzasidan mansabdor shaxslarni eshitib borish qismiga alohida eʼtibor qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Siyosiy partiyalarning fraksiyalariga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish, parlament nazoratining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllaridan keng foydalanish, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonunlar ogʻishmay ijro etilishiga erishish, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlariga taʼsir koʻrsatish maqsadida mahalliy Kengashlar deputatlarini ishga samarali jalb etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
789-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 280-modda)